Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The role of "Turkiston viloyatining gazeti" in shaping
public opinion in Turkistan
Sayyora KHALIMOVA
1
Journalism and Mass Communications University of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
10 April 2025
Accepted 2 May 2025
Available online
25 June 2025
This article analyzes the role of "Turkestan viloyatining
gazeti", the first periodical publication in Turkestan, in shaping
public opinion and fostering a local journalistic intelligentsia.
Particular attention is given to the contributions of Jadids such
as Mahmudkhoja Behbudi, Hodji Muin, Said Riza Alizoda,
Sadriddin Aini, and Isakhan Ibrat in the development of the
newspaper and the formation of socio-political views of the
time.
2181-3701
/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss6
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
typography,
Russian Empire,
newspaper,
essay,
Russification,
periodical press,
public opinion.
Turkistonda ijtimoiy fikrni
shakllanishida “Turkiston
viloyatining gazeti”ning o‘rni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
matbaa,
chor imperiyasi,
gazeta,
ocherk,
ruslashtirish,
vaqtli matbuot,
tafakkur,
ijtimoiy fikr.
Mazkur maqolada Turkistonda ilk vaqtli matbuot nashri
bo‘lgan “Turkiston viloyatining gazeti”ning mahalliy ziyoli
jurnalist kadrlarni shakllanishidagi o‘rni misollar asosida tahlil
etilgan. Xususan, bunda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Hoji Muin,
Said Rizo Alizoda, Sadriddin Ayniy, Isoqxon Ibrat singari jadid
ma’rifatparvarining ushbu gazetadagi ishtiroki, ijtimoiy
-siyosiy
qarashlarining shakllanishiga e’tibor qaratildi.
1
Candidate of Philological Sciences, Associate Professor, Journalism and Mass Communications University of
Uzbekistan. E-mail: sayyorahalimova1971@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
164
Роль «Туркистон вилоятининг газети»
в формировании
общественного мнения в Туркестане
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
типография,
Российская империя,
газета,
очерк,
русификация,
периодическая прес
.
В статье проанализирована роль первого периодического
печатного издания в Туркестане –
«Туркистон вилоятининг
газети» –
в формировании общественного мнения и
становлении местной журналистской интеллигенции.
В частности, особое внимание уделено участию в этой газете
таких просветителей
-
джадидов, как Махмудходжа Бехбуди,
Ходжи Муин, Саид Ризо Ализода, Садриддин Айни, Исхакхон
Ибрат, и влиянию этого участия на формирование их
общественно
-
политических взглядов.
KIRISH
Ma’lumki, Turkistonda vaqtli matbuot XIX asrning so‘nggi choragida, Rossiya
imperiyasining mustamlakachilik siyosati davrida yuzaga keldi. Dastlab 1870-yil
28-apreldan
rus tilida “Turkestanskie vedomosti”gazetasi, keyinchalik
“Turkiston
viloyatining gazet
i” mahalliy aholi uchun asosiy axborot manbaiga aylandi.Ushbu ilk
davriy nashrlar “avtoritar nazariya qoidalariga ko‘ra Rossiya imperiyasi va uning
imperatori manfaatlariga xizmat qildi [1]. Ushbu nashrlar zimmasiga
“Rus aholisida
“Turkistonning haqiqiy eg
alari
–
biz” degan tushunchani shakllantirish va mustahkam
o‘rnatish”, “Turkiston aholisini
Rossiyaning sodiq, itoatkor fuqarolariga, aniqrog‘i
qullariga, o‘lkani imperiyaning arzon xomashyo yetkazib beruvchi bir mintaqasiga
aylantirishda mustabidlarga yor
dam berish” vazifasi
yuklatilgan edi [2]. Haqiqatan,
gazeta chorizmning ruslashtirish siyosatiga, mahalliy aholini sodiq fuqarolik ruhida
tarbiyalashga xizmat qildi. Ammo Turkistonda milliy uyg‘onish davri publitsistikaning
yuzaga kelishiga, millatning taf
akkur dunyosi o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
MAVZUGA OID ADABIYATLARNING TAHLILI
“Turkiston viloyatining gazeti”da ( rus tilida: “Turkestanskaya tuzemnaya gazeta”)
–
1890-
yildan boshlab o‘zbek shoirlarining she’rlari, yo‘l ocherklari, hajviy asarlari chop
etiladi. Dastlab Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat, Mashrab, Muqimiy, Kamiy,
So‘fizoda, Mirmuhsin Shermuhammedov, Tavallo, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Said Rizo
Alizoda, Vasliy Samarqandiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Sadriddin Ayniy, keyinchalik,
ijtimoiy publitsistika sohasida mahalliy ziyolilardan Sattorxon, Ishoqxon Ibrat, ibn Yamin
Xudoyorxonov, Nozimaxonim, Ibrohim Davron, Nodim Namangoniy, Hoji Muin
muntazam qatnasha
boshlagan. “Turkistonda o‘zbek tilida bu gazetaning nashr etilishi
ko‘plab tarixchi, tilchi, adabiyotchi olimlarning, shoirlarning voyaga yetishiga,
ziyolilarning ijtimoiy-siyosiy qarashlari shakllanishiga, jadidchilik oqimining yuzaga
kelishiga hamda 1906
–
1917-
yillarda o‘zbek ziyolilari tomonidan turli yo‘nalishlarda
tashkil etilgan hamda nashr etilgan gazetalarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi” [3].
Masalan, gazetada Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatning “Bo‘mbey, Kashmirga qilgan
sayohati”, “Toshkent erkaklar gimnaziyasi”, “Toshkent shahridagi ko‘rgazma haqida”
maqolalari va o‘nlab she’rlari, sayohatnomalari chop etilgan.
Ijodkorning aksariyat
maqolalarida ilmsizlik, jaholat va nodonlik tanqid etilgan. Bu xususda professor
M.Xudoyqulov o‘z tadqiqotida keng tahlil etgan. Masalan, “Odamzod ko‘nglining avsofi”,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
165
“Ba’zi madrasalar xususida” deb nomlanuvchi maqolalarida o‘zi ko‘rgan asosli faktlar
asosida ijtimoiy illatlarni tanqid qiladi. Ilmli odamning ko‘nglini oltin va kumushga,
ilmsiz, johil kishilar ko‘nglini tosh va qumga qiyos etadi [4]. Furqatning “Bir ho‘qandlik
tolibi ilmning xati” ruknida berilgan maqolasi Toshkentdagi o‘g‘il bolalar gimnaziyasi
haqida yozilgan.
“Toshkand shahridag‘i podshohlik madrasasi, ya’ni o‘g‘il bolalar
o‘qiydurg‘on gimnaziyaning boshlig‘i ijozati birlan ho‘qandlik kamina Zokirjon Furqat va
hoji Zohur ul gimnaziyani ko‘rub tomosha qilduq” [5]. Muallif gimnaziya o‘quv dasturi
bilan o‘quvchini tanishtiradi. Gimnaziyada bolalarning ilm olishi uchun barcha asbob
-
uskunalar mavjudli
gi, o‘quvchilar, lotin, nemis va rus tillarini o‘rganishlari hikoya
qilingan.
Maqola so‘nggida esa Toshkent shahrining ruslar turadigan qismida mavjud
gimnaziyalar ro‘yxati berilgan. Furqat nafaqat
shoir, ma
’
rifatparvar sifatida ilmning
mohiyatini
“Ilm
xos
iyati”,
“Gimnaziya”,
“Suvorov”
asarlari orqali ham
keng targ‘ib etgan.
“Furqatning
fikricha, qoloqlik va iqtisodiy qashshoqlikdan qutilishning yagona
yo‘li
Yevropa
ilg‘or
madaniyatiga
murojaat qilishdir”
[6]. Jadid publisistikasining asoschisi
Mahmudxo‘ja Behbudiy esa “Turkiston viloyatining gazeti”da 1903
-yildan boshlab
qatnasha boshlagan [7]. Masalan, uning “Ilmning foydasi haqida”, “Saylovlar
haqida
”,
“Saylov ham soliq to‘g‘risida”, “Samarqanddan maktub” (Saylov haqida), “Bir vafodor
zaifa ha
qida hikoya”, “Davlat Dumasiga saylovlar oldidan”, “Geografiya darsligi haqida”,
“Jo‘g‘rofiya ilmi” sarlavhali
turli janrlarda 80 ga yaqin materiallari chop etilgan. Bu haqda
Sadriddin Ayniy shunday yozadi: “Mahmudxo‘ja Hijoz safaridan so‘ngra Turkiston
xalqining ilmiy va ijtimoiy ahvoliga doir xotiriga kelgan ba
’
zi-bir fikrlarni (boshqa gazeta
yo‘qligi uchun) “Turkiston viloyatining gazeti”da yozib turgon. Yozg‘on narsalarini qo‘liga
ko‘tarib majlisga borib o‘qib yurg‘on”
[8]. Bundan tashqari, gazeta sahifalarida
Said Rizo Alizodaning
“Musulmonlar o‘g‘il
-
qizlarining tarbiyasi xususida”, Mirmuhsin
Shermuhammedovning
“Oqsoqollar saylovidagi tasodif”, “Musulmonlar hayotidan”,
“Nosvoyning zarari haqida”, “Faryod”, Mulla Olimning
“Qozilarning tajribalari haqida”,
Sadriddin Ayniyning “Qizlarni ham zamona ilmidan xabardor etayluk”, “Redaksiyaga xat”,
Hoji Muinning esa
“Gazeta o‘qimoqning manfaati”, “Nasihat umumiy”, “O‘zbekka javob”,
“Yangi asarlar”, Isoqxon Ibrat,
Ibrohim Davron qalamiga mansub 20 dan ortiq materiallar
chop etilgan. E
’
tiborli jihati, tadqiqotimizda janrlar xilma-xilligini kuzatdik. Jumladan,
mahalliy mualliflar tomonidan tanqidiy, tahliliy maqolalar, taqrizlar, sayohatnomalar,
reportajlar, hikoyalar, felьetonlar, sharhlar, yo‘l ocherklari
chop etilgan.
O‘zbek matbuotida dastlabki ilk jurnalistlardan yana biri ma'rifatparvar
ziyoli Sattorxon Abdug‘afforov (1843–
1902-
y.y.) hisoblanadi. U “Turkiston viloyatining
gazeti”da 1883
-
yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Bu haqda professor B.
Do‘stqoraev ham
alohida qayd etib o‘tgan: “Mahalliy
aholidan chiqqan dastlabki jurnalistlar, asosan,
“Turkiston viloyatining
gazeti”iga yozishdan boshlaganlar. Mulla Olim Abulqosimov,
Sattorxon Abdug‘afforov, Ibn Yaminbek Xudoyorxonov, Furqat kabi
publisistlarning
qalami shu tarzda charxlandi”
[9].
Sattorxon Abdug‘afforovning “Qo‘qon
xonligi ichki
ahvolining qisqacha
ahvoli”,
“Musulmon
eshonlari”,
“Bilimni egallash”,
“Turkistondagi
eshonlar va xalqni
o‘z
-
o‘zini
boshqarishi haqida
mulohazalar”,
shuningdek,
“
Sattorxon
maktublari”
sarlavhali asarlarida siyosiy-huquqiy masalalarga doir muallif qarashlari aks
etgan. Sattorxon ijodida
Qo‘qon xonligi tarixi, ma’
rifatparvarlik
g‘oyalari
o‘ziga xos
ifodasini topgan.
Yosh Cho‘lpon esa rus
tilini
o‘rganish
zarurati haqida maxsus maqola
yozib,
“Turkiston
viloyatining
gazeti”da
chop ettirganida 15 yoshga
to‘lmagandi.
O‘zini
qiziqtirgan savollar bilan shu yoshda
Ismoil G‘aspiraliga maktub bilan murojaat etadi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
166
savollar shu qadar dolzarb ediki, alloma o‘z javobini “Turki
ston viloyatining
gazeti”da e’
lon qiladi [10]. 1912-
yilda Fitratning “Munozara” asarini Hoji Muin
o‘zbek tiliga tarjima qilib, “Turkiston viloyatining gazeti”da e’lon qildirdi. Bu asar
Buxoro ziyoli ulamolarining jaholat botqog‘iga botganligi,
amirlik aholisining
qashshoqlikda kun kechirishi, Rossiya hukumatining zulmi sabab
mustamlaka bo‘lib
qolganligi farangi va mudarrisning munozarasi asosida ochib berilgan. Asar
Turkiston ziyolilarini siyosiy xushyorlikka chorlagan. Garchi gazeta chor
ma’murlarining g‘o
yaviy mafkurasiga xizmat qilsa-da, Turkiston ziyolilarining
uyg‘oq tafakkuriga befarq bo‘lmadi. Ushbu nashr millat ziyolilari uchun fikr minbari
va va kelajakda o‘zbek publisistikasining shakllanishiga yordam berdi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Jadid matbuoti haqidagi dastlabki ma’lumotlar orasida Z.
Said, A. Avloniy,
N. Abduazizova, M. Xudoyqulov, B.
Do‘stqoraev qalamiga mansub asarlar alohida
ahamiyatga ega [11]. Mazkur asarlarda XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida
Turkistonda yo‘lga qo‘yilgan milliy nashrlar tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar
berilgan. Ayniqsa, professor Boybo‘ta Do‘stqoraevning “O‘zbekiston jurnalistikasi
tarixi” darsligi va yosh olimlarning Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ubaydulla
Asadullaxo‘jaev, Cho‘lpon, Hoji Muin va boshqa jadid
larning muharrirlik va
publisistik faoliyati bo‘yicha dissertasiyalar himoya qilindi. “Al
-
Isloh”, “Oyina”,
“Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnallari, “Sadoi Turkiston” gazetasi bo‘yicha alohida
tadqiqotlar
yaratildi.
Filologiya
fanlari
nomzodi,
dotsent B.
Do‘stqoraevning “O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi” darsligi asl manbalarga
asoslanganligi va tahlillarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ammo aynan jadid
publisistlarining
shakllanishiga taʼsir etgan nashrlar faoliyati, xususan, “Turkiston
viloyatining g
azeti” hali to‘liq tadqiq etilmagan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Jadid ma’rifatparvarlik harakatining yuzaga kelishida “Tarjumon” va
“Turkiston viloyatining gazeti” ijtimoiy fikrni shakllanishida muhim rol o‘ynagan.
Xususan, “Turkiston viloyatining gazeti” garchi chor hukumatining nashri bo‘lgan
bo‘lsa
-
da, ammo mahalliy ziyolilar uchun dastlabki matbuot minbari bo‘lgan.
Shuningdek, gazetada Turkistonning 47-yillik ijtimoiy-siyosiy, madaniy va tarixiy
hayoti
o‘rin
olgan.
1870
–
1917-
yillar oralig‘ida o‘rgangan tadqiq
otchi S.
Shodmonova: “bu gazetalar
Turkistonda davriy matbuotning shakllanishi va rivojlanishi uchun sharoit hozirlab,
matbuotning paydo bo‘lishiga tamal toshini qo‘ydi” degan xulosani beradi” [12].
Haqiqatan, Turkistonda vaqtli matbuotning yuzaga kelishi matbaa sohasini
rivojlanishiga, ilk jurnalist kadrlarni shakllanishiga, eng muhimi, axborot
almashinuvining kengayishi oqibatida omma tafakkurining o‘sishiga yordam berdi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbek jurnalistikasining shakllanishi va rivojlanish bosqini xo
lis baholashda
tarixiy manbalar, vaqtli matbuot nashrlari muhim ahamiyatga ega.Jumladan,
Turkistonda o‘zbek tilidagi ilk vaqtli matbuot nashri “Turkiston viloyatining gazeti”
salkam
47-yil chop etilgan. Garchi gazeta chor imperiyasining mustabidlik siyosatiga xizmat
qilgan bo‘lsa
-da, mahalliy publitsistlarni shakllanishida, jamiyatda ijtimoiy fikrni
paydo bo‘lishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Shu bois, ushbu tarixiy asl manba
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
167
taxlamlarini chuqur o‘rganish, tahlil etish, mahalliy ijodkorlar faoliyatini yaxlit
tizimli, mavzular tasnifi asosida tadqiq etish zarur. Tarixni xolis baholash
–
demokratik ruhdagi o‘zbek matbuoti asosini yaratishda muhim manba bo‘lib xizmat
qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR RO‘YXATI
:
1.
Saidov H. Jamiyatning demokratlashuvi jarayonida axbort janrlarining
rivojlanish omillari.Filol.fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
dissertasiya.T:.2021.-B.62.
2.
Do‘stqoraev B. O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi: darslik. –
T.: G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.
–
B. 71-78.
3.
“Turkiston viloyatining gazeti”ga tuzilgan bibliografik ko‘rsatkich. T.: Alisher
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2008.
-B.5.
4.
“Turkiston viloyatining gazeti”, 1890 yil, 10 oktyabr.
5.
“
Turkiston viloyatining gazeti
”
, 1890 yil, 11 aprel.
6.
Tursunova D. Samarqand jadidchilik maktabi.T.: Navro‘z, 2017.
-B.24.
7.
Saidov H. M.Behbudiyning publisistik va muharrirlik faoliyati.Fil.f.n. bo‘yicha
diss. T., 1998. -B.16.
8.
Sadriddin Ayniy. Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlarining qis
qacha tarjimai holi /
/ “Mehnatkashlar tovushi”. 1920, 8 –
aprel.
9.
Do‘stqoraev B. O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti,
2009. -B.318.
10.
Jadid ma'rifatparvarlik harakatining g‘oyaviy asoslari. T.: Toshkent Islom
universiteti, 2016. -B.11.
11.
Said Z. O‘zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar./1870
-1927/.Toshkent-
Samarqand: O‘zbekiston, 1927.36
-b.
12.
Avloniy A. Burung‘i o‘zbek vaqtli matbuotining tarixi. // Turkiston,1924 yil 24
iyun, Abduazizova N. O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. T.: Sh
arq, 2002.
13.
Do‘stqoraev B. O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. T.: Ma'naviyat, 2009.
14.
Shodmonova S. Turkiston tarixi
–
matbuot ko‘zgusida. –
T.: Yangi nashr, 2011.
B. 30.
