Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Expression of the Uzbek national character through
phraseological units
Yusuf KHODJIEV
1
Gulistan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
10 April 2025
Accepted 2 May 2025
Available online
25 June 2025
This article analyzes how the core values of Uzbek national
character are expressed through phraseological units. It
explores how family devotion, love for children, patience,
gender roles, and social relationships of the Uzbek people are
reflected in the language through idioms. The study focuses on
the lexical-semantic analysis of idioms expressing such values
as family unity, devotion, hard work, modesty, forgiveness, and
patience. Special attention is given to idioms like "bir boshi ikki
bo‘ldi," "qo‘sha qarimoq," "ko‘z ochib ko‘rgan," "bir etak bola,"
"jonini bermoq," "fotiha bermoq," and "javobini bermoq," which
represent unique Uzbek cultural views on marriage and family.
The article also highlights the gender aspects of idioms,
especially those representing typical qualities of Uzbek women
such as patience, modesty, and selflessness.
2181-3701
/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss6
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
national character,
Uzbek phraseology,
family values,
linguistic and cultural
studies,
love for children,
gender roles,
phraseological semantics.
O‘zbek milliy xarakterining frazemalar orqali ifodalanishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
milliy xarakter,
o‘zbek frazeologizmi,
oila qadriyatlari,
lingvomadaniyatshunoslik,
bolajonlik,
erkak va ayol roli,
iboralar semantikasi.
Ushbu maqolada o‘zbek milliy xarakteridagi asosiy
qadriyatlar frazeologik birliklar orqali qanday ifodalanishi tahlil
qilingan. Maqolada o‘zbek xalqining oilaparvarlik, bolajonlik,
sabr-toqat,
erkaklar
va
ayollar
rollari,
jamiyatdagi
munosabatlarga doir milliy xususiyatlari tildagi frazemalar
orqali namoyon bo‘lishi ko‘rsatilgan. Oilaparvarlik, fidoyilik,
sabr-toqat, mehnatkashlik, andisha, kechirimlilik kabi
xususiyatlarni ifoda etuvchi frazemalar leksik-semantik tahlil
qilingan. Ayniqsa, bir boshi ikki bo‘ldi, qo‘sha qarimoq, ko‘z
ochib ko‘rgan, bir etak bola, jonini bermoq, fotiha bermoq,
javobini bermoq kabi fraze
malar orqali o‘zbek xalqi oilaga
1
PhD, Gulistan State University, Syrdarya, Uzbekistan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
209
munosabatining o‘ziga xosligi ochib berilgan. Maqolada
frazeologik birliklardagi gender xususiyatlar, ayniqsa, o‘zbek
ayollariga
xos
sabrlilik,
andishalilik,
fidoyilik
kabi
xususiyatlarning frazemalarda ifodalanishiga alohi
da e’tibor
qaratilgan.
Выражение узбекского национального характера
через фразеологизмы
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
национальный характер,
узбекская фразеология,
семейные ценности,
лингвокультурология,
любовь к детям,
гендерные роли,
семантика
фразеологизмов.
В статье анализируется, как выражаются ключевые
ценности узбекского национального характера через
фразеологические
единицы.
Автор
рассматривает
особенности отношения узбекского народа к семье, детям,
терпению, мужским и женским ролям, а также к
общественным отношениям, которые отражаются в языке
через фразеологизмы. Исследуются фразеологизмы,
выражающие
семейные
ценности,
преданность,
трудолюбие, терпимость, прощение и скромность.
Особое внимание уделено фразеологизмам «бир боши икки
бўлди», «қўша қаримоқ», «кўз очиб кўрган», «бир etak bola»,
«jonini bermoq», «fotiha bermoq», «javobini bermoq».
В
статье
подробно
рассматриваются
гендерные
особенности фразеологических единиц, отражающих
качества, присущие узбекским женщинам, такие как
терпеливость, скромность и самоотверженность.
SUMMARY
This study investigates the reflection of Uzbek national character through
phraseological units. It highlights the ways in which traditional family values,
intergenerational relationships, and gender-specific roles are expressed in the Uzbek
language. The article analyzes idioms related to family, marriage, patience, generosity,
and moral qualities from a linguistic and cultural perspective. Idioms such as "bir boshi
ikki bo‘ldi" (to get married), "qo‘sha qarimoq" (to grow old together), "ko‘z ochib
ko‘rgan
" (first spouse), "bir etak bola" (having many children), "jonini bermoq"
(to sacrifice oneself), "fotiha bermoq" (to give a blessing), and "javobini bermoq" (to
divorce) are explored in detail. The research also addresses gender-specific expressions,
focusing on qualities attributed to Uzbek women, including patience, modesty, and
diligence. The study emphasizes that these idioms serve as linguistic markers of Uzbek
national identity and cultural heritage.
KIRISH
Lingvomadaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan Milliy xarakterni xalqning
madaniyatida shakllangan qadriyatlar, ularning tildagi semantik va lingvokognitiv modeli
sifatida ta’riflash mumkin. Milliy xarakter uzoq vaqt davomida shakllanib, ma’lum bir
millatning deyarli butun tarixini qa
mrab oladi. Xalqning o‘ziga xos xarakter xususiyatlari
uning an’analari, madaniyati, ijtimoiy qadriyatlari, tashqi, tabiiy muhitiga qarab
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
210
shakllanadi. O‘z navbatida, uni o‘rganishning qulay va universal vositasi bu milliy tildir.
Taniqli tilshunos V.Maslova milliy xarakterni qanday tadqiq etish mumkin? -degan
savolni qo‘yadi hamda unga “birinchi navbatda, milliy til orqali”
-degan javobni beradi.
“Inson o‘zining jismoniy qiyofasini, ichki holatini, his
-
tuyg‘ulari va aql
-idrokini, xatti-
harakatlari va xarakte
rini tilda muhrlab qo‘ygan”
[1, 37].
Milliy xarakter xususiyatlari, millatning stereotiplari va madaniy me’yorlarini aks
ettiruvchi lisoniy birliklar sirasida frazemalar alohida o‘rin tutadi. Ular shakllanishi uzoq
davrni talab qiladigan, individuallik xos
bo‘lmagan xalqning qadim madaniyatidan darak
beruvchi birliklar sanaladi. Frazemalarga berilgan turli-
tuman ta’riflar orasida eng
umume’tirof etilgan xususiyat: frazemalar ko‘chma ma’noli turg‘un konstruksiyalardir.
“
Frazeologik birliklar xalqning madaniy
ati, tasavvuri, odatlari, qadimiy an’analari,
obrazli tafakkuri va oʻziga xos xulq
-
atvori bilan bogʻlanganligi sababli tilning eng koʻp
madaniy ma‘lumotlar tashuvchisi hisoblanadi. FBlarda xalq donishmandligi, etnosning
qadriyatlar olami manzarasi muhrlanib qolmasdan, predmetlarning zohiriy tartibi
hamda inson botiniy olami haqidagi faol va passiv bilimlar yigʻindisi aforistik shaklda
ifodalanadi. Frazeologik birliklarning tabiati ularni antroposentrik paradigma doirasida
tadqiq qilishni taqozo qiladi
”
[2, 36].
ADABIYOTLAR TAHLILI
A.
Mamatov “Zamonaviy tilshunoslik” nomli monografiyasida frazeologik
birliklarning milliy-madaniy semantikasini quyidagi uch qismga ajratadi:
1.
Frazeologimzlar milliy madaniyatni yaxlit, kompleks tarzida
o‘zining idiomatik
ma’nosi bilan aks ettiradi. Rus tilida “mazali” ma’nosini “пальчики оближешь”
frazemasi, o‘zbek tilida esa
og‘zidan so‘lagi oqadi
frazemasi aks ettiradi.
2.
Frazeologizmlar milliy madaniyatni o‘z tarkibidagi mavjud komponentlari, ya’ni
so‘zlar yordamida ochib beradi. Bu so‘zlarning ayrimlari ekvivalentsiz so‘zlarga to‘g‘ri keladi.
3.
Frazeologizmlar milliy madaniyatni o‘z prototiplari bilan aks ettiradilar.
Frazeologik birikmaga aylanib qolgan erkin birikmalar ma’lum bir urf
-odatlarni,
an’anal
arni, turmush va madaniyatning tafsilotlarini, tarixiy voqealarni va boshqa
ko‘plab narsa
-hodisalarni tasvirlagan [3, 138-139].
O‘zbek tilshunosligida frazeologik birliklarning milliy
-madaniy xususiyatlari
chog‘ishtirma aspektda tadqiq qilingan [4; 5; 6;
7; 8]. Masalan, G.S.
Qurbonovaning “Fransuz
va o‘zbek tillarida onomastik komponentli frazeologizmlarning milliy
-
lisoniy xususiyatlari”,
A.A.
Nasirovning “Fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi proverbial frazeologizmlarning
semantik-
stilistik va milliy-
madaniy xususiyatlari”, M.A.
Radjabovaning “Onomastik komponentli
frazeologik birliklarning lingvomadaniy jihati va tarjima muammolari (ingliz, o‘zbek va rus
tillari materialida)” nomli dissertatsiyalari shular jumlasidandir [1
0; 11; 12].
O‘zbek milliy xarakteri aks etuvchi frazemalarning tadqiqiga bag‘ishlangan
maxsus monografik tadqiqot mavjud emas. Ammo muayyan tadqiqotning tarkibida yoki
ilmiy maqola shaklidagi tahlillar mavjud. Masalan, P.Nishonov, M.Primovalarning
“Fransuz
va o‘zbek tillarida xarakter ifodalovchi frazeologik birliklarning chog‘ishtirma
tahlili” nomli maqolasida asosiy e’tibor frazemalarning struktur tuzilishiga qaratiladi va
asosan fransuz iboralari tahlil qilinadi. O‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning
tahliliga
alohida e’tibor qaratilmagan
[13, 76-91].
F.
Abdujalilovaning “Frazeologik birliklarda milliy
-
madaniyatning aks etishi”
nomli maqolasida esa “non” konseptini ifodalovchi
non yemoq, noni butun, noni yarimta
boldi, non ursin
kabi
frazemalar tahlil qilingan. Yana sog‘lik
-kasallik va boylik va
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
211
kambag‘allik kabi aksiologik juftliklarni ifodalovchi frzeologik birliklar tahlil qilingan.
Masalan kasallikni ifodalovchi frazemlar xususida quyidagicha fikr bildirilgan:
“
Antiqadriyat hisoblangan kasallikka ham turli munosabatlar bildirilgan. Masalan,
kasallik qilingan gunohlar, Allohning sinovlari, kimningdir nazari, yomon odamlarning
turli sehrlari, noto
ʻ
g
ʻ
ri ovqatlanish, makon va zamon (fasllar) bilan sharhlangan.
Xalqimizning bu ikki tushunchaga bo
ʻ
lgan qarashlari, albatta, frzemalarda ham o
ʻ
z aksini
topgan. Kasallik so
ʻ
ziga antisemik munosabatdagi frazemalar:
tutday g
ʻ
arq pishmoq,
barq urmoq, barq urib ko
ʻ
karmoq, bahri-dili ochilmoq, omon-eson bo
ʻ
lmoq, yostiqdan bosh
ko
ʻ
tarmoq. Tutday to
ʻ
kilmoq, boshi yostiqqa. etganda, mazasi qochmoq, ko
ʻ
z oldi
qorong
ʻ
ilashmoq, badanidan o
ʻ
tib ketmoq
kabi frazemalar sog
ʻ
lik leksemasi bilan
antisemiya munosabatini hosil qiladi.
Milliy xarakterni ifodalovchi frazemalarning ilmiy tahlili M. Rahimova va
F.
Muhammadqodirovalarning “O‘zbek tilida milliy xarakter bilan bog‘liq iboralarning
lingvokulturologik tadqiqi” nomli maqolasida ko‘zga tashlanadi. Ushbu maqola uncha
katta
hajmli bo‘lmay, unda o‘n ikkita frazemaning milliy xarakterni o‘zida aks ettirishi
yoritilgan. U o‘zbek tilshunosligidagi milliy xarakterni frazemalar tahlili amalga
oshirilgan ilmiy maqola ekanligi bilan ahamiyatlidir. Masalan, bahri dilini ochmoq
farzema
si quyidagicha tahlil qilingan: “Bu iborada ham o‘zbek xalqining so‘zni qo‘llash
mahorati naqadar kuchli ekanini ko‘rishimiz mumkin. Insonlar birovga yaxshilik qilsa
yoki shu yaxshilik o‘ziga qaytib kelsa, biror xushmanzara joyni ko‘rsa kayfiyati ko‘tarila
di
va shu lahzada
bahri dilim ochildi
degan iborani ishlatadi”
[14, 413-415].
TAHLILLAR VA NATIJALAR
O‘zbek milliy qadriyatlaridan biri oila, milliy xarakteri tashkil etuvchi
xususiyatlardan biri esa oilaparvarlikdir. Har bir millat oila quradi va oilani aziz deb
biladi. Lekin oilaviy munosabatlar millatlararo bir-
biridan farq qiladi. O‘zbek millatida
a
n’anaviy oilasi bobo
-buvi, ota-
ona, farzandlar va nabiralardan iborat bo‘lib, bir nechta
avlod vakillaridan tashkil topadi. Har bir oilada avlodlararo iqtisodiy
va ma’naviy
bog‘liqliknining mustahkamligi oilaning asosiy tayanchi sanaladi. Katta avlod vakillari o‘z
hayotiy tajribalari orqali yoshlarga tarbiya beradilar, ajdodlardan avlodlarga o‘tib
kelayotgan qadriyat, urf-
odat va an’analarni meros qilib
qoldiradi. Imkoni boricha katta
avlod vakillari kichiklarni moddiy tomondan ham qo‘llab
-quvvatlaydi. Kichik avlod
vakillari o‘z navbatida katta avlod vakillarini doim qadrlaydi, hurmat qiladi, umrining
oxirigacha xizmatini qiladi. An’anaviy o‘zbek oilalari
da erkaklar oilaning tayanchi,
iqtisodiy jihatdan ta’minlovchisi, muhim qarorlarni qabul qiluvchisi sanaladi. Odatda
ko‘chmanchi turkiy qabilalarda erkaklar oila uchun mas’ul bo‘lgan va Islom dinining oila
muqaddasligi xususidagi qarashlar natijasida o‘zbe
k millliy mentalitetida oilaparvarlik
tushunchasi shakllangan.
Mazkur oilaparvarlik xususiyati milliy xarakterning bir bo‘lagi bo‘lib, frazemalar
orqali ham anglashiladi.
Bosh(i) ikki [
ta] bo‘ldi
,
bir boshi ikki bo‘lmoq
kabi frazemalarda
oila qurishdagi milliy qarashlar aks etadi. Zero, an’anaviy o‘zbek oilalarida oila muqaddas
sanalgan, nikoh abadiy hisoblangan. Ya’ni
,
uylanish bu ikkita boshli bo‘lishdir. Inson hech
qachon boshidan voz kechmaydi. Demak, oila o‘zbek mil
latida hoyu-xavasga qurilmaydi,
u shu naslni davom ettiruvchi bir bo‘g‘in bo‘lib, undan voz kechish “boshdan” –
o‘zlikdan
kechishdir.
“Bosh” komponentli frazemalar ayollarga ham xos bo‘lib,
boshi ochiq, boshi bog‘liq,
boshini bog‘lamoq
kabi frazemalarda oilali bo‘lgan ayolning endi boshida himoyachisi bor,
uni qo‘riqchisi bor kabi ko‘chma ma’no anglashiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
212
Demak, o‘zbek milliy xaraketerida oilani imkon qadar bir marta qurish, birinchi
nikoh bilan oxirigacha yashash tendensiyasi kuchlidir. Oila erkak va ayol uchun bir
umrlik qaror, katta mas’uliyat ekani
qo‘sha qarimoq
frazemasida yaqqol aks etadi.
Qo‘sha
qarimoq
frazemasi “umrning oxirigacha birgalikda uzoq yashamoq” ma’nosini anglatib,
ijobiy semantikali birlik sanaladi. Bu frazema yaxshi niyatlar bilan tilaklar bildirilganda
qo‘llanadi. Masalan, Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asarida:
“Yanga bo‘lmish og‘ayni
-jamoa qoshiga bordi. Oymomo sukutini aytdi.
Sovchilar dasturxonga o‘ralmish nonni o‘rtaga qo‘ydi.
Qalin aytish boshlandi.
–
Xo‘
-
o‘sh...
–
Elga qarab ayting-da.
–
Xo‘
-
o‘p... –
Bo‘ldi
-ye, hech kim qiz uzatib boyigan emas.
–
O‘nta qo‘y... shularga rozimisizlar?
–
Qani, ilohi omin, ikki yosh qo‘sha qarisin,
Olloh-akbar!
Yangasi qiz onasi o‘rnida fotiha o‘qidi.
Non sindirildi.
Sovchilar ohorli belqars o‘rab ketdi”
.
(Tog‘ay Murod)
Yuqoridagi kabi mazmunni
ko‘z ochib ko‘rgan
frazemasida ham aks etadi.
O‘zbeklar
shaxsiy tuyg‘ularidan oiladagi farzandlar kamolini, ularning ota
-ona bilan yashashi
kerakligini ustun qo‘yadilar. Shu bois birinchi (yagona) nikoh xalqda qadrlanadi.
Mana shu xususiyat esa Y.Odilov mazkur frazemaning enantiosemik xususiyatini tahlil
qilar ekan, mazkur frazema nikoh kunidagi “oyna ko‘rsatar” marosimi motivi asosida
shakllanganligini aytadi: “
Ko‘z ochib ko‘rgan
.
Bu birgina ibora “xotinga nisbatan
birinchi er” va “erga nisbatan birinchi xotin” ma’nolarini bildiradi. Masalan, “U kis
hi...
bolalarimning otasi...
ko‘z ochib ko‘rganim
(Tohir Malik, Murdalar gapirmaydilar)”
jumlasida “er” ma’nosida qo‘llangan. Xuddi shu ibora quyidagi gapda “xotin” ma’nosida
kelgan:
Ag‘darilib yotgan simyog‘ochlar, pachoqlangan yengil mashinalar oralab yu
gurib
borayotgan Shavkat tinmay pichirlardi:
–
Botirjon, bolam!.. Surayyo, jonim!..
Ko‘z ochib
ko‘rganim!
(Sharof Boshbekov, Falakning gardishi)...
To‘ydan keyin kelin
-kuyovni
qo‘shib qo‘yish oldidan o‘tkaziladigan “Oyna ko‘rsatar” marosimi, bu marosimda kelin
-
kuyovning oynaga qarab: “Osmondagi oyni ko‘rdim, ko‘zimni ochib sizni ko‘rdim” deyishi
va bu bilan biri ikkinchisini ilk erkak, ilk ayol sifatida tan olishi
ko‘z ochib ko‘rgan
iborasida “xotinga nisbatan birinchi er” va “erga nisbatan birinchi xotin” ma’nolarining
yuzaga kelish motivlaridir”
[15].
O‘zbek xalqining bolajonlik xarakterga egaligi ma’lum.
Bir etak bola
frazemasi esa
mana shu xususiy
atni o‘zida aks ettiradi:
“
Jahlim chiqib, shundoq kofirligim tutuvdi-
ku…
Bu sho‘rtumshuqning ko‘z yoshini ko‘rib, yuragim o‘lgur tag‘in ezilib ketdi. Har balo
bo‘lsayam, hovli sotilmasin. Bir etak bola
-ya!
.” (H.
Sultonov).
An’anaviy o‘zbek oilalarida bolalar soni ko‘p bo‘lishi ma’lum. Oiladagi bolalar
sonining miqdori esa “bir etak” bilan o‘lchanmoqda. Har bir millatning o‘ziga xos o‘lchov
birliklari bo‘lib, o‘zbek xalqida “bir” kopmonentli
bir shingil, bir hovuch, bir etak, bir
qarich
kabi o‘lchovlar bor. Ushbular agar to‘g‘ri ma’noda qo‘llansa, frazema bo‘la olmaydi:
bir etak paxta, b
ir shingil uzum, bir hovuch tuproq, bir qarich mato.
Lekin ko‘chma
ma’noda qo‘llanganda esa frazeologik birlik sifatida talqin qilinadi:
bir etak bola.
“Bermoq” komponentli
fotiha bermoq, jonini bermoq, jonini jabborga bermoq,
erga
bermoq, javobini bermoq
kabi
frazemlarda ham millat xarakteriga xos xususiyatlar aks
etadi. O‘zbek mentalitetida oila qurishda kattalarning, xususan, ota
-onaning duosi,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
213
fotihasi, roziligini olish muhimdir. Farzandlarning to‘yini qilish, o‘ziga munosib inson
bilan turmush qurishini ta’minlash an’anaviy o‘zbek oilasida ota
-onaning vazifasi
sanaladi. Odatda, ota-
onalar aralashuvi bilan turmush o‘rtoq tanlanadi yoki tanlangan
nomzod uchun ota-ona roziligi olinadi. Ularning roziligi, duosi bilan oila qurish har bir
o‘zbek farzandning asosiy
burchidir. Mana shunday milliy xususiyatlar
fotiha bermoq, oq
fotiha
kabi frazemalarda namoyon bo‘ladi.
Jonini bermoq, jonini jabborga bermoq
frazemalari bir qancha fodiyilik talab qilingan
holatlar uchun qo‘llanadi. Shunday qo‘llashlardan biri ayolning farzandi uchun qilgan
fidoyiligidir. O‘zbek ayolining tabiatida oilasi uchun fidokorlik birlamchi ahamiyat kasb
etadi.
U o‘zining barcha orzu
-u
midlarini, baxtini oilasi farzandlari bilan bog‘laydi.
Erga bermoq
frazemasida
oilada erkak kishining ustuvorligi, ayoliga mas’ulligi
xotinning unga berilishi kabi motivlarga asos bo‘lgan. Bunday xususiyat turkiy
ajdodlardagi patriarxat tuzum va Islom dinidagi ayolning erga omonatligi asnosida
shakllangan:
“Hasanali palovg‘a urnash uchun tashqariga chiqdi.
Otabek mehmonlarga
choy quyib uzatdi. Homidning haligi so‘zidan keyin oradag‘i bahs kesilgan edi. Uchovlari
ham bir narsaning xayolini surgandek ko‘
rinar edilar. Bir necha vaqt shu holda qolishib
Rahmat tog‘asidan so‘radi:
–
Mirzakarim aka qizini erga berdimi, eshitdingizmi?
Bu savoldan nima uchundir Homidning chehrasi buzildi va tilar-tilamas javob berdi:
–
Bundan xabarim bo‘lmadi. Gumonimcha, bermag
andir
”
. (A. Qodiriy).
Oilaning buzilishidagi qaror, ajrimlar ham erkak kishining zimmasida ekanligi
javobini bermoq, patta(si)ni qo‘l(i)ga bermoq
frazemalarida namoyon bo‘ladi. Lekin
o‘zbek millatiga mansub erkaklar bu masalada vazmin, bosiq xarakter namoy
on qiladilar.
Chunki bolalikdan er kishilarga oilani mustahkamlash lozimligi va bu vazifa erkak
kishining burchi ekanligi, behudaga uni buzmaslik, vazmin bo‘lish kerakligi uqtiriladi.
Mana shunday vaziyatlar erkaklar xarakterining shakllanishida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Og‘ir bo‘lmoq, keng bo‘lmoq, keng fe’l
kabi frazemalar shu xususiyatni yaqqol aks
ettiradi. O‘zbek xalqi duolarida ham “keng fe’l, ketmas davlat” so‘raladi.
Shu o‘rinda milliy xarakterning gender farqlari kuzatiladi. O‘zbek erkaklari odatda
og‘ir, vazmin, kamgap; ayollar esa nisbatan xushchaq
chaq, sergap, qiziquvchan tabiatli
bo‘ladilar. Er kishi oilaga xos gaplarni sir saqlaydigan, uni birovga aytishni or biladigan
xarakterga ega bo‘lsa, ayollar ichidagini yaqinlari bilan bo‘lishadigan fe’lga ega. Shu tariqa
elakka chiqqan ayolning ellik og‘i
z gapi bor, ich(i) qizidi, ich(i)ni qizitmoq, ichini
bo‘shatmoq, dardini doston qilmoq, og‘z(i) bilan yurmoq, og‘z(i) bo‘sh
kabi frazemalar
shakllangan. Ayollarning sergapligi, dardini
o‘zgalar bilan bo‘lishishga intilishi ularning
sabrli xarakteriga ta’sir qilmaydi. O‘zbek ayollari o‘ta sabrli, ko‘nikuvchan, fidoyi, vafodor,
uyatchan, andishali, mehnatkash, bolajon, kechirimli, ochiq yuzli va ozodadirlar. Mazkur
xarakter quyidagi frazeologik birliklarda aks etadi:
1-jadval.
O‘zbek ayollariga xos milliy
xarakterning frazemalarda aks etishi
Milliy xususiyatlar
Frazeologik birliklar
sabrli
o‘z yog‘iga o‘zi qovurilmoq, dami ichida, dami ichida qoldi, sabr kosasi
to‘ldi, toqati toq bo‘ldi, bardosh bermoq
andishali
yuziga qaray olmaslik, terisi yupqa, yuzingda ko‘zing bormi demay
(antiqadriyat)yuz xotir qilmoq, yuzidan o‘ta olmaslik, labini tishlamoq,
tili
bormadi, terisi yupqalik qildi
, xijolat tormoq, yuzidan o‘ta olmaslik
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
214
fidoyi
o‘zdan kechmoq, jon fido
qilmoq
mehnatkash
oyoq-
qo‘li yengil
kechirimli
ko‘ngl(i) bo‘sh,
yuz xotir qilmoq
mehribon
ich(i) achidi, ko‘ngl(i) bo‘sh
ochiq yuzli
ochiq chehra bilan, sodda dil, ochiq ko‘ngil –
ko‘ngl(i) ochiq, ochiq yuz
bilan, ochiq yuz, sof dil
ozoda
yog‘ tushsa –
yalagudek
tadbirkor
yo‘qni yo‘ndirmoq
qiziquvchan
ich(i) qizidi, ich(i)ni qizitmoq,
sergap
labi labiga tegmay, labi labiga tegmaydi
ichida gap turmaydigan
yuragini bo‘shatmoq,
ko‘nlini bo‘shatmoq, og‘z
i
da doston bo‘lmoq
,
dardini dastruxon qilmoq
Biz bu o‘rinda mazkur frazemalar faqat ayollarga nisbatan qo‘llanadi degan fik
hdan
yiroqmiz. Bu frazemalar gender
farqlanishlarga ega emas. Ammo ko‘proq ayollarning
milliy xarakterini o‘zida ifoda etadi
.
O
timni boshqa qo‘yaman
,
og‘ir tabiatli
, qanoti ostiga olmoq, qoni qaynadi,
so‘nggi
tomchi qoni qolguncha,
so‘z bermoq, bel bog‘lamoq, belida belbog‘i bor
,
ro‘zg‘or tebratmoq
kabi frazemalar orqali esa erkak kishilarning jur’atli, qat’iyatli, oriyatli, bir o‘rinda
vazmin, bir o‘rinda esa qiziqqon tabiati aks etgan.
XULOSALAR
Umuman olganda muayyan bir xususiyat barcha millat vakillarida uchrovchi milliy
xarakter darajasiga ko‘tarilar ekan, bu jarayon juda uzoq davrni talab qiladi. Mana
shunday asrlar osha shaklangan milliy fe’l
-atvor albatta millatning qadim madaniyatidan
darak beruvchi frazemalarda o‘z aksini topadi. Bunda millatga xos bo‘lgan milliy xar
akter
ijobiy semantikali, aksincha, shu xarakterga ega emaslik esa salbiy semantikali birliklar
bilan ifoda qilinadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek frazeologizmlarini chuqur tadqiq
etish xalq ongidagi axloqiy-estetik qadriyatlarni, milliy mentalitetni va madaniy
tafakkurni yanada yaxshiroq anglashga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Маслова, В. А. (2011). Национальный характер сквозь призму языка:
монография. Витебск: ВГУ имени П.М. Машерова.
2.
Nurmuhammedov, Y. (2021). Frazeologik birliklarning lingvomadaniy
xususiyatlari. Samarqand.
3.
Mamatov, A. (2020). Zamonaviy lingvistika (pp. 138
–
139). Toshkent: Tafakkur
avlodi.
4.
Усмонова, Ш. Р. (1998). Ўзбек ва турк тилларида соматик фразеологизмлар
(Филол. фан. номз. дисс.). Тошкент.
5.
Усманов,
Ф.
2024.
Қадрият
–
аксиолингвистика
ва
лингвомаданиятшунослик призмасида. Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika. 2, 6
(Nov. 2024), 210
–
216. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp210-216.
6.
Маслова, В. А., & Усманов, Ф. Ф. (2023). Взаимодействие культуры и языка в
гуманитарных
исследованиях.
URL:
https://journal.fledu.uz/wp
-
content/uploads/sites/3/2023/12/maslova-v.-usmonov-f.-literature-and-culture-5.pdf.
7.
Абдуллаев, Ш. Д. (2006). Таржима асарларда фразеологизмлар
семантикаси (Т. Қайипберганов асарларининг ўзбекча таржимаси асосида) (Филол.
фан. номз. дисс.). Тошкент.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
215
8.
Халикова, М. (1999). Фразеология как форма отражения национального
менталитета в языковой картине мира (на материале русского и узбекского
языков) (Автореферат дисс. канд. филол. наук.). Ташкент.
9.
Усманов, Ф. Ф. (2024). Ассоциативный анализ ценности оила –
семья на
фоне русского языка. URL: https://uza.uz/posts/605837.
10.
Qurbonova, G. S. (2019). Fransuz va o‘zbek tillarida onomastik komponentli
frazeologizmlarning milliy-lisoniy xususiyatl
ari (Filol. fan. bo‘yicha falsafa doktori dis.
avtoref.). Toshkent.
11.
Nasirov, A. A. (2016). Fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi proverbial
frazeologizmlarning semantik-stilistik va milliy-madaniy xususiyatlari (Filol. fanlari
doktori dis. avtoref.). Toshkent.
12.
Radjabova, M. A. (2020). Onomastik komponentli frazeologik birliklarning
lingvomadaniy jihati va tarjima muammolari (ingliz, o‘zbek va rus tillari materialida)
(Filol. fan. bo‘yicha falsafa doktori dis. avtoref.). Buxoro.
13.
Nishonov, P., & Primova, M. (202
3). Fransuz va o‘zbek tillarida xarakter
ifodalovchi frazeologik birliklarning chog‘ishtirma tahlili. O‘zbekistonda xorijiy tillar,
1(48), 76
–
91.
14.
Rahimova, M., & Muhammadqodirova, F. (2022, March 15). O‘zbek tilida milliy
xarakter bilan bog‘liq iboralarnin
g lingvokulturologik tadqiqi. Jamiyat va innovatsiyalar,
pp. 413
–
415.
15.
Sputnik News Uzbekistan. (2023, September 15). Iboralar. Retrieved from
https://sputniknews.uz/20230915/iboralar-38860833.html
16.
Usmanov, F. F. O‘zbek milliy
qadriyatlarining lingvomadaniy aspekti. 2024.
URL:https://api.ziyonet.uz/uploads/books/10001253/4jDnAqp39sMyEMc.pdf
