Ночь Мираджа в поэмах "Семь планет" и "Стенa Искандера"

Аннотация

В данной статье анализируются главы наата (восхваления пророка) в поэмах "Хамса" великого поэта Низомиддина Мира Алишера Навои — султана слова. В классической восточной литературе трудно представить восхваления пророка (алейхиссалам) без упоминания Исра и Мираджа. Как известно, ночь Исра и Мираджа занимает достойное место в произведениях наших классиков, в том числе в творчестве Хазрата Навои.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
CC BY f
106-113

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Расулов B. (2025). Ночь Мираджа в поэмах "Семь планет" и "Стенa Искандера". Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 3(6/S), 106–113. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/133943
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье анализируются главы наата (восхваления пророка) в поэмах "Хамса" великого поэта Низомиддина Мира Алишера Навои — султана слова. В классической восточной литературе трудно представить восхваления пророка (алейхиссалам) без упоминания Исра и Мираджа. Как известно, ночь Исра и Мираджа занимает достойное место в произведениях наших классиков, в том числе в творчестве Хазрата Навои.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The Night of Mi'raj in the Epics Sab’ai Sayyor and Saddi

Iskandariy

Boboravshan RASULOV

1

Alisher Navo’i Tashkent State

University of Uzbek Language and Literature

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

10 April 2025
Accepted 2 May 2025
Available online

25 June 2025

This article analyzes the na‘t

(eulogies of the Prophet)

chapters in the Khamsa epics by the sultan of the realm of

words, Nizomiddin Mir Alisher Navoi. In classical Eastern

literature, it is difficult to imagine praise of the Prophet (peace
be upon him) without mention of the Isra and Mi'raj night. It is

well known that the night of Isra and Mi'raj holds a significant

place in the history of our Islamic religion and in the works of

our classical writers, including that of Hazrat Navoi.

2181-3701

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss6

/S

-pp106-113

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Isra,

Mi'raj,

ascension,

journey,

seventh heaven,

verse (ayah),

hadith,

basmala,

praise (hamd),

supplication (munajat),

epic,

perfect human,

na‘t,

angel,

Buraq steed.

“Sab’ai sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlarida Me’roj

tuni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Isro,

Me’roj,

ko‘tarilish,

sayr,

yettinchi osmon,

oyat,

hadis,

Ushbu maqolada so‘z mulkining sultoni Nizomiddin

Mir Alisher Navoiy hazratlarining “Xamsa” dostonlaridagi na’t

boblari tahlil etiladi. Sharq mumtoz adabiyotida payg‘ambar

alayhissalom

na’tlarini Isro va Me’roj tunisiz tasavvur etishimiz

qiyin. Bizga ma’lumki, islom dinimiz tarixida Isro va Me’roj tuni

mumtoz adiblarimiz, jumladan, hazrat Navoiyning asarlarida

munosib o‘rin egallagan.

1

PhD student, Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature

.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

107

basmala,

hamd,

munojot,

doston,

komil inson,

naʼt,

farishta,

Buroq oti.

Ночь Мираджа в поэмах «Семь планет»

и «Стенa

Искандера»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Исра,

Мирадж,

восхождение,

путешествие,

седьмое небо,

аят,

хадис,

басмала,

хвала,

мольба,

поэма,

совершенный человек,

наат,

ангел,

конь Бурак.

В данной статье анализируются главы наата

(восхваления пророка) в поэмах «Хамса»

великого поэта

Низомиддина Мира Алишера Навои –

султана слова.

В классической восточной литературе трудно представить

восхваления пророка (алейхиссалам) без упоминания Исра

и

Мираджа. Как известно, ночь Исра и Мираджа занимает

достойное место в произведениях наших классиков, в том

числе в творчестве Хазрата Навои.

Mumtoz adabiyotimizni basmala, hamd va na’tlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Mumtoz shoir va yozuvchilarimiz asar ta’lif qilishda albatta “odobi tasnif”ga amal

qilishgan. Muqaddima boblari alohida ahamiyat kasb etgan. Alloh taologa hamd,

payg‘ambarga na’t, munojot boblari qatorida me’roj tuni ta’rifiga alohida e’tibor beriladi.

Alisher Navoiy o‘z dostonlarida an’anaviy muqaddima boblarni to‘liq keltirgan,

jumladan, Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam tavalludi, nabiyligi, mo‘jizalari va me’roji

haqida alo

hida boblar keltiradi. Na’t boblar dostonlarning kirish qismida an’anaviy

boblar sifatida hamd va munojotlardan so‘ng keladi. Alisher Navoiy ijodida na’tlar muhim

ahamiyatga ega. Ularda shoirning islomga bo‘lgan munosabati aks etgan. Hazrati Navoiy

Muhammad sallallohu alayhi vasallamni insoniyat tarixida yangi, haq dinni joriy etgan

ulug‘ zot, karomatli va sharofatli inson sifatida kuchli muhabbat bilan tasvirlagan.

“Xamsa” asari hazrati Navoiyning emas, balki turkiy adabiyotning ham durdonasi

hisoblanadi.

Ushbu beshlikning to‘rtinchi dostoni hisoblangan “Sab’ai sayyor” dostonida

an’anaviy hamd, na’t boblariga alohida e’tibor berilgan. Uchinchi bobida payg‘ambarimiz

Muhammad sallalohu alayhi vasallam madhi keltiriladi.

Bobda Payg

ambarimizning asli qurayshiy, yerlari abtahi, mazhablari hoshimiy,

manzillari Yasrib ekanligi aytilgach, U zotning nuri “Lot” bilan “Uzzo” ismli butlarni

shikastlagani, ismlarining harflari yechilganda, ikkita “mim” harfining etaklari osilib, kufr

eli mota

mining zulmatiga, din elining esa ulug‘vorligiga aylanishi aytiladi.

“Sab’ai sayyor” dostonning to‘rtinchi bobida Me’roj tuniga ta’rif berilgan.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam huzuriga elchi Jabroil alayhissalom kelib, Haq

taoloning salomini ye

tkazganligi va oshiq o‘z mahbubining visoliga erishmoq niyatida


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

108

ekanligini xabar qilgani, payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Yaratuvchining

huzuriga borganlarida ummatlarining gunohini kechirishni iltimos qilganlari va barcha

istaklari qabul qilinga

nligi haqida so‘z yuritiladi.

Dostonda na’t 92 baytdan iborat bo‘lib, Isro va Me’roj kechasiga bag‘ishlangandir.

U “

Ul musofiri bavodiypaymo, balki ul rokibi samo-

votpaymo me’roji kechasining ta’rifikim,

buroqi barqgomliq va payki buroq xiromliq qildi va ul raxsh bila payk xayol yetmas ergacha

chopti va ul chopmoq bila hakimi xirad fahmi bovar etmas nimalar topti

”, –

deb nomlanadi.

Mazkur na’t quyidagi baytlar bilan boshlangan:

Ul kechakim edi abir sirisht,

Qadr aro g‘ayrati savodi bihisht,

Hur gisular

in jahong‘a ochib,

Anbaru mushkin osmong‘a sochib.

Gisuyi mushkbo‘ jahonni tutub,

Mushkining atri osmonni tutub.

Halqai zulfdin ruxi anvar,

Haryon ul tunda ko

rguzub axtar.

Yo`qki, havro yoyib jahon uza dom,

Yuz sori halqa mo‘yi mushkinfom.

Suvdek ul dom ichinda chehra ochib,

Qatra xaylardin anda dona sochib.

Kim, chu davlat qushi buyon etgay,

Bu suvu dona birla sayd etgay.

Yo tuman ming charog

i bayzogun,

Hayatu tab’ ichinda gunogun.

Shom zebolari qilib zohir,

Tun shabistonida bo

lib soyir.

Ochibon har charog

i kofuriy,

Dud ila bir niqobi zanburiy…

“Saddi Iskandariy” dostoni beshlik dostonlarining xotimasi hisoblanadi. Dostonda

hukmdor

Iskandar ta’rifi keltiriladi. Xamsanavislarning maqsadi Iskandar obrazini

podshoh, hukmdor emas, balki odil, ilm-

ma’rifatli inson sifatida tasvirlash edi.

“Saddi Iskandariy” dostonining ilmiy

-tanqidiy matni 60-

yillar boshida o‘zbek

matnshunos olimi P. Sha

msiyev. tomonidan tuzilgan edi. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra

matn chop etilmagan. Matnda so‘z boshi va ilmiy izohlar mavjud emas. Hozirda mazkur

mant O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Hamid Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar

instituti arxivida saqlanadi. Hozirgi kundagi dostonning zamonaviy nashrlari ushbu

ilmiy-tanqidiy matnga ham tayangan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

109

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” debochasida “Farhod va Shirin” va “Sab’ai

sayyor” debochalarini takrorlamagan holda yozishga harakat qilgan. Buning qiyinchiligi

shunda

ediki, debocha bobida nafaqat o‘zini o‘zi, balki salaflarni (boshqa xamsanavislar)

ham takrorlamasligi zarurati bor edi. Biroq chinakam iste’dod sohiblari, tajribali adiblar
bu sinovlarni muvaffaqiyat bilan yengib o‘tishni uddalagan, jumladan, hazrat Navo

iy

“Saddi Iskandariy” debochasini o‘z

-

o‘zini va salaflarini takrorlamagan holda qalam

tebratgan.

“Saddi Iskandariy” dostonining III–IV boblari “Payg‘ambar adabiyoti” namunalari

bo‘lib, uchinchi bobda sayyidul mursalin Muhammad sallallohu alayhi vasallam va

sf

qilinadi. Bob boshidagi Navoiy fikrlari “Nuri Muhammadiy” (Muhammad nuri) haqidagi
qarashlarga asoslangan. Unga ko‘ra, “..payg‘ambarimiz, sallallohu alayhi va olihi vasallam,
garchi shahodat olamida payg‘ambarlarning oxirgisi edi, ammo g‘ayb olamida ula

rning

avvalidir. Payg‘ambar alayhissalom buyurdilar: “Kuntu nabiyyan va Odamu baynal mo‘i
vat tiyni”, ya’ni Odam hali suv ila tuproq orasida ekanida men payg‘ambar edim.

Bu hadisning ma’nosi shuki, buyuklik va saxovat sohibi avvallarning avvalida (azalda) –

u zamonda tanho Alloh bo‘lib, boshqa narsalar yaratilmagan edi, hech qanday o‘zga
vujudsiz o‘ziga ilk tajalli qilganida har narsaning asli yolg‘iz Allohning o‘zida edi

. Bunda

mavjudotning haqiqati ilohiy zotdan ayro bo‘lmaganidek, bir biridan ham farqli emasdi.
Bu martabani “taayyyuni avval” va “haqiqati muhammadiy” deydilar va boshqa barcha

mavjudotning haqiqatlari u haqiqatning juzlari va tafsilotidir. Ularning surati

bilan voqe’

bo‘lgan tajalliyot g‘ayb olamida u haqiqat suratidagi tajallidan yoyilgandir”.

Dostonning uchinchi bobi “sayyid ul

-

mursalin” (payg‘ambarlar ulug‘i) Rasuli

akram vasfi na’tdan iborat. Navoiy dastlabki baytlarda payg‘ambarlik nuri haqida gapirar

ekan, Odam Ato (a.s.) unga o‘g‘il, qolganlar nabira qatoridadir deydi va barcha muqaddas
kitoblarda uning xususiyatlari bayon qilinganligini ta’kidlaydi. Na’tda ilohiy kitoblarning
nomi keltirilganligi va Allohning dini so‘nggi ilohiy kitob

Qur’oni kari

m bilan kamol

topganligining ta’kidlanishi bevosita “Xamsa”ning takmiliga ham ishora edi. Navoiy
Payg‘ambar (s.a.v.)ning barcha payg‘ambarlardan ustun ekanliklari va muhri nubuvvat
bilan bog‘liq baytlarni keltirar ekan, dostonning bosh qahramoni Iskandarni

ng dunyo

hukmdori bo‘lib, barcha shohlardan ustun ekanligiga ishora qiladi.

Rasuli akramning tug'ilishi

go‘yo

ko‘kda yana bir quyoshning porlashiga

o'xshatiladi:

Sening tug‘mog‘ing ravshan aylab jahon,

Aningdekki, tuqqay quyosh nogahon.

Mumtoz adabiyot

imiz an’anasiga muvofiq, na’tdan so'ng me’roj tuni ta’rifi keladi.

Navoiy mazkur bobda payg‘ambarimizning birin

-

ketin osmonga ko‘tarilganlari,

sayyoralarning bu holatni ko‘rib, hayratga tushgani, nihoyat Lomakon olamiga sayr qilib,
70 ming qavat parda ko‘t

arilib, Yaratgan Zot bilan diydorlashganlari jarayonini kuchli

pafos bilan tasvirlaydi. Ularning yerga qaytishlari ham falak ahli va maloyiklar tomonidan

chuqur hayrat bilan kuzatilgani betakror badiiy san’atlar vositasida tasvirlaydi:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

110

Falak ahli ichra alolo tushub,

Malak xaylig‘a sho‘r

-

u g‘avg‘o tushub.

Maloyik tutub yo‘l boshin javq

-javq,

Tamoshosida borcha ko‘nglida shavq.

Jamolig‘a chun ko‘zlarin ochibon,

Tabaq nurlar boshig‘a sochibon.

Anga nur sochmoqqa monand bu

Ki, sochqay kishi Bahri Ummonga suv.

Navoiy an’anaviy boblar ifodasida originallikni ta’minlash uchun, asosan, ikki xil

yo‘ldan boradi. Birinchi ijodiy prinsip debochani tegishli asar mavzusi va mazmuni bilan
muvofiqlashtirish bo‘lsa, ikkinchi ijodiy prinsip turg‘un ma’no va hod

isalar tasvirida

poetik variatsiya imkoniyatlaridan keng foydalanish, bir holat yoki voqeaning turli

jihatlariga e’tibor qaratib, yangi

-

yangi poetik mazmun yaratishdir. Navoiy ko‘pincha

mana shu ikki yo‘lni omixta qilib debochalar originalligiga erishadi. Xususan, “Saddi
Iskandariy” debochasida quyidagi baytni keltiradi:


Xudoyo, musallam xudoliq sanga,

Birov shahki, da’bi gadoliq sanga.

Ya’ni, ey Xudo, xudoliq –

hukmdorlik sengagina xos, kimdakim shoh bo‘lmasin,

odati senga gadolik qilishdan iboratdir.

Shuni ta’kidlash lozimki, me’roj ta’rifiga oid boblar hajm jihatdan beshta dostonda

turlicha: “Hayratul abror”da 53 bayt, “Farhod va Shirin”da 68 bayt, “Layli va Majnun”da
100 bayt, “Sab’ai sayyor”da 92 bayt, “Saddi Iskandariy”da 122 baytni tashkil etadi.

Hazrat

Navoiyning “Xamsa”dan tashqari oltinchi dostoni “Lisonut tayr”da 53 baytdan iborat.
“Saddi Iskandariy” dostoni hajm jihatdan “Xamsa” tarkibidagi dostonlarning eng kattasi

hisoblanadi. Doston hajm jihatidan ham, mazmun jihatidan ham eng katta hisoblanadi.

Me’roj voqeasi tunda bo‘lib o‘tganligi hammamizga ma’lum. Navoiy Me’rojnoma

boblarni tun tasviri bilan boshlaydi. “Saddi Iskandariy”dagi bobda keltirilgan birinchi

baytda kechani

me’roj voqeasi bo‘lib o‘tgan tunni koinot jamoliga chiroy qo‘shuvchi

xolga

o‘xshatadi. Keyin ruju’ san’atini qo‘llagan holda fikridan qaytib uni qop

-qora,

mushkin sochga qiyoslaydi:


Demay xolkim, gesuyi mushkrez,
Qilib ofaninish uza mushkbez.

Bu baytda ishtiqoq san’atini qo‘llab sochning qora ekanligi, tunning ham qora, ham

x

ushbo‘y ekanligini nazarda tutadi. Kecha ta’rifida davom ettirib, uning juda ajoyib va

go‘zalligi keltiriladi.

Kecha ta’rifidan so‘ng Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam tavsifiga o‘tiladi

hamda o‘sha kecha Ummu Honiyning uyida edi deb keltiriladi:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

111

Qu

yoshdek ulusdin nihoniy bo‘lub,

Yeri hujrai Ummu Honiy bo‘lub.

Shunga o‘xshash misralar Navoiyning boshqa dostonlarida ham uchraydi.

Jumladan, “Layli va Majnun”da:


Bir xobgahi nihoni ichra,
Manzilgohi Ummu Honiy ichra.

“Sab’ai sayyor”da:

Bo‘yla tun ul mohi Muniri Jahon,

Ummu Honiy uyida erdi nihon.

Agar yuqoridagi baytlarni tahlil qilsak, hammasidan Ummu Honiyning uyida edi

ma’nosi kelib chiqadi. Me’roj haqidagi manbalarda Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam
o‘sha tunda Ka’baning Hatiym qismida yotganligi aytib o‘tiladi [Alixonto‘ra Sog‘uniy:

94-b

et]. Yana ba’zi asarlarda ammasi –

amakisi Abu Tolibning qizi Ummu Honiyning

uyida edi deb keltiriladi [Lutfiy A.: 105-bet].

Shu ma’lumotlarga tayangan holda Navoiyning baytlarini Ummu Honiy uyida edi

tarzida tahlil qilishni ma’qul topdik. Keyingi baytlar

da Jabroil alayhissalom va Buroq

ta’rifi beriladi:


Ki nogoh chaqildi bir tez barq,

Ki ofoqni qildi nur ichra g‘arq.


Demay barqkim, toyiri barqsayr,

Qo‘lida bir ul nav’kim barqtayr.

Buroqning so‘zining o‘zagi “barq” (yashin) dan olingan, Navoiy shung

a ishora qilib,

uning tez yurishini nazarda tutgan holda yuqoridagi baytlarni keltiradi.

Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam me’roj kechasida Alloh

taologa ikki yoy oralig‘ida yaqin kelganligi aytiladi. Ushbu holatni hazrat Navoiy

quyidagicha keltiradi:

Bo‘lib qosh uchidin ishoratnamoy,

Berib qoba qavsayndin mujda yoy.

Me’roj tuni tasvirlanar ekan Qur’oni karimdan ham iqtiboslar olinganligiga guvoh

bo‘lamiz:

Qalamg‘a yetib maqdamidin kushod,

Yozib chashmzaxmi uchun “in yakod”.

Baytdagi “in yakod” ko‘z tegmasligi uchun o‘qiladigan duoning ilk jumlasi

hisoblanib, “Qalam” surasining 51

-52-oyatlaridandir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

112

Bob yakunida, Alisher Navoiy me’rojning oddiy voqea emasligini, Alloh inoyati

bilan bo‘lganligini, oddiy insonning unga aqli yetmasligini quyidagicha ta’kidlaydi:


Munungdek safarkim emas xalq ishi,
Ki sharhi oning anglay olmas kishi.

“Saddi Iskandariy” dostonining 122 baytlik to‘rtinchi na’ti Isro va Me’roj kechasiga

bag‘ishlangan. U “Ul humoyi balandparvoz tayronining sur’ati ta’rifidakim, me’roj
shabistonida ko‘zi nargisi bila ko‘ngli g‘unchasi “mozog‘al

-

basaru va mo taro” jo‘yboridin

shodobdurur va taqarrub ayvonida muqavvas qoshlari “qoba qavsayni av adno”
e’tiboridin bahrayob”, –

deb nomlanadi. Mazkur na’t quyidagi baytlar bi

lan boshlangan:


Ne shom ul shabistoni farxundafol,

Bulub ofarinish uzorig‘a xol.


Demay xolkim, gesuyi mushkrez,
Qilib ofarinish uza mushkbez.

Chu oning bo‘lub oshkoro isi,

Jahonni tutub mushkisoro isi.

Taaniy bila junbish aylab nasim,

Yoyib mushk zimnida avroqi sim.

Ne simin varaq, balki yuz lam’a nur,

Qilib ul shabistonda har yon zuhur.

Ul anvordin jirmi g‘abro yorub,

Ne g‘abro, shabistoni xazro yorub.

Falak gulshani ravza bo‘stonidek,

Sipehr axtari xuld rizvonidek.

Maloyik inib ravshan axtar kibi,
Uchub dahr davrida shabpar kibi.

Bu qushlar jinohi eli chun etib,

Shayotin g‘uborini barbod etib,

Bu yanglig‘ kecha ul charog‘i sipehr,

Yuzi toza gulbargi bog‘i sipehr…

Xulosa qilib, hazrat Nizomiddin Mir Navoiy Me’roj voqe

asini tasvirlashda har bir

asarda o‘zgacha o‘xshatish, o‘zgacha tasvirlardan foydalangan. “Xamsa” dostonlarida
Me’roj kechasini chuqur vasf qiladi. Ularning eng mukammali hisoblangan, biz yuqorida
o‘rgangan bob ham badiiy adabiyotdagi Me’roj voqeasi tasvirining go‘zal namunasi
hisoblanadi. Me’rojnoma boblarda Navoiy o‘zining ham diniy, ham falsafiy, ham kosmik


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

113

qarashlarini badiiy yo‘l bilan ifodalab bergan. Me’roj voqeasi inson kamolotining eng

cho‘qqisi sifatida doim Navoiyni hayratga solib kelgan va buni

baytlaridan ham anglab

olishimiz mumkin. Navoiy she’riyatida chuqur ma’nolarni o‘zida qamragan diniy

-

ma’rifiy

fikrlarni teran anglash uchun, avvalo, kishidan Qur’oni karim oyatlarini yaxshi bilish,
muayyan diniy bilimlarga ega bo‘lish va diniy

-tasavvufiy s

o‘zlarning istilohiy ma’nolarini

yaxshi bilish talab etiladi. Me’rojnoma boblar va me’rojnoma g‘azallar orqali komillikka
intilish g‘oyasini ilgari surilgan. Bunday boblar va asarlarni o‘rganish biz uchun har

taraflama foydalidir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Sirojiddinov Sh, Davlatov O, Yusupova D. Navoiyshunoslik.

Toshkent:

Akademnashr, 2018.

B.

76.

2.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами, 15

-

том. –

Тошкент: Фан, 1999.

3.

Turdiyev J. Turkiy tildagi me’rojnomalarning qiyo

siy matniy tadqiqi. F.f.f.d

(diss). Аvtoreferat. Тоshkent, 2022.

4.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. 4

-

томлик. 3

-

том. –

Тошкент: Фан, 1984

5.

А. Навоий «Хамса»си талқини манбалари (ХV–ХХ аср боши). –

Тошкент:

Тамаддун, 2018.

6.

Abdulxayrov M. “Navoiy asarlarining izohli lug’ati”. –

T.: «O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2018.

7.

Сирожиддинов Ш. Алишер Навоий. Манбаларнинг қиёсий

-

типологик,

текстологик таҳлили. –

Тошкент: Академнашр, 2011.

8.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 7

-

том. Ҳайратул

аброр. –

Тошкент. Фан, –

1991

9.

Qudratov E. Xamsa dostonlarida Isro da Me’roj bayoni va matniy tadqiqi. Mag.

Diss.

Toshkent, 2023.
10.

http://www. ziyouz.com

Библиографические ссылки

Sirojiddinov Sh, Davlatov O, Yusupova D. Navoiyshunoslik. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – B. – 76.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами, 15-том. – Тошкент: Фан, 1999.

Turdiyev J. Turkiy tildagi me’rojnomalarning qiyosiy matniy tadqiqi. F.f.f.d (diss). Аvtoreferat. Тоshkent, 2022.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. 4-томлик. 3-том. – Тошкент: Фан, 1984

А. Навоий «Хамса»си талқини манбалари (ХV–ХХ аср боши). – Тошкент: Тамаддун, 2018.

Abdulxayrov M. “Navoiy asarlarining izohli lug’ati”. – T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2018.

Сирожиддинов Ш. Алишер Навоий. Манбаларнинг қиёсий-типологик, текстологик таҳлили. – Тошкент: Академнашр, 2011.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 7-том. Ҳайратул аброр. – Тошкент. Фан, – 1991

Qudratov E. Xamsa dostonlarida Isro da Me’roj bayoni va matniy tadqiqi. Mag. Diss. – Toshkent, 2023.

http://www. ziyouz.com