Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Madness as a Sufi concept in Askar Makhkam's poetry
Gulshoda BAKHTIYOROVA
1
Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
10 April 2025
Accepted 2 May 2025
Available online
25 June 2025
Askar Makhkam, a true devotee of truth, also embraced Sufi
and mystical ideas in his creative works. This article analyzes
the concept of madness and the image of a madman expressed
in the poet's poems, based on Sufi principles.
2181-3701
/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss7/S-pp49-56
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Askar Makhkam,
Sufism,
madness,
madman,
dervish,
poem,
divine love.
Asqar Mahkam she’riyatida devonalik tasavvufiy istiloh
sifatida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Asqar Mahkam,
tasavvuf,
devonalik,
devona,
darvesh,
she’r,
ilohiy ishq.
Haq oshig‘i Asqar Mahkam o‘z ijodida tasavvuf va tasavvufiy
g‘oyalarga ham ergashgan. Ushbu maqolada shoirning
she’rlarida ifodalangan devonalik tushunchasi va devona obrazi
tasavvufiy g‘oyalar asosida tahlil qilinadi.
1
Student, Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni. E-mail: bakhtiyorovagulshoda@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-3701
238
Безумие как суфийский термин в поэзии Аскара
Махкама
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Аскар Махкам,
суфизм,
безумие,
безумец,
дервиш,
поэзия,
божественная любовь.
Влюбленный в Истину Аскар Махкам
в своем творчестве
также следовал суфизму и суфийским идеям. В данной
статье анализируются понятие безумия и образ безумца,
выраженные в стихах поэта, на основе суфийских
концепций.
Tasavvuf ta
’
limoti uzoq yillik tarixiy taraqqiyotga ega bo
‘
lib, islom olamida VIII asr
o
‘
rtalarida shakllangan.
Nazariy asoslari esa IX asr boshlarida paydo bo‘la boshlagan.
Bu ta’limotning asosiy maqsadi komil inson tarbiyasi va nafsni yengishdir. U ta’limot
bo‘libgina qolmay, adabiyotning ham bir bo‘lagidir. Tasavvu
f adabiyoti Mansur Halloj,
Robiya Adaviyyalardan tortib Jaloliddin Rumiy, Ahmad Yassaviy, Mashrablargacha va
undan keyin ham adabiyotning asosi, ajralmas bo‘lagi bo‘lib kelmoqda. Keyingi davrlar
she’riyatida bu holat kam uchrab, ko‘proq falsafiy, odamni o‘
ylashga majbur qiladigan
modernistik ruhdagi she’rlar yozilayotgan bo‘lsa ham uni butunlay yo‘qolib ketgan deb
ayta olmaymiz. Xususan, Asqar Mahkamning she’rlarini ana shunday xususiyatga ega
adabiyot durdonalari qatoriga kirita olamiz. Shoirning tasavvufi
y g‘oyalar aks etgan
she’rlarida ilohiy ishq bilan birgalikda devonalik ham tarannum etiladi. Ko‘pchilik
maxsus ma’lumotga ega bo‘lmaganlar devona deganda aqldan ozgan yoki qashshoq
odamni tushunishadi. Tasavvuf adabiyotida esa devona Allohning vasliga yetishish
umidida zikr-
u sanoga berilib, bu dunyo ishlaridan voz kechgan so‘fiy, darveshsifat odam
hisoblanadi. Najmiddin Komilovning “Tasavvuf” kitobida devona tushunchasining o‘rnida
darvesh so‘zi sinonim sifatida ishlatiladi. Darvesh ham, tasavvufiy ma’nod
agi devona ham
Haq roziligi va jamoliga erishish uchun butun borlig‘idan, havaslaridan, nafsoniy
istaklaridan voz kechadi. Kamtarlik hamda xokisorlikni o‘ziga kasb qilib oladi. Faqat
zikrda, toat-
ibodatda bo‘lib, so‘fiyona qarashlarga ega bo‘ladi. Ular tas
hqaridan
kambag‘al, nochor bo‘lib ko‘rinsalar
-
da, ma’naviy olami boy, ilohiy ishqni qalbi bilan his
qiladigan eng boy insonlar bo‘ladilar. Demak, devonalik Haqqa oshiqlik va nafsni jilovlay
olish degani. Asqar Mahkamning devonalik tasavvufiy tushuncha, devona esa tasavvufiy
obraz sifatida ifoda etilgan she’rlariga “Shod o‘lma…” she’ri, mazmuni har xil, sarlavhasi
bir xil ikkita “Devonalik” she’rini misol qilib keltira olamiz. Shoirning 1999
-yil 11-
oktabrda yozilgan “Devonalik” she’rida devonalik qilishga da’vat ruhi yaqqol sezilib
turadi.
Xotif bu kun qildi nido:
“May ol qo‘lingga bedavo,
Shuldir senga Haqdan jazo,
Devona bo‘l!
Devona bo‘l!
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-3701
239
Ushbu banddagi xotif so‘zi g‘aybdan ovoz yuboruvchi, chaqiruvchini ifodalaydi.
Bu obrazni yana mumtoz
adabiyot namunalarida ham uchratamiz. She’rda nazm
etilishicha, g‘aybdan “May ol qo‘lingga, bedavo…” chaqirig‘i keladi. Tasavvuf adabiyotida
may ilohiy ishqni ifodalaydi. Bu chaqiriq aynan bedavoga qaratilgan. Bedavo deganda biz
har xil insonni tushunamiz. Jismi kasallarni ham, ruhi dardga chalinganlarni ham. Biror
og‘ir dardga yo‘liqqan, tibbiyot ham kasalining davosini topa olmagan tanasida dardi bor
insonlar ham, qalbi va ruhi hasaddan, yovuzlikdan, nafsdan to‘lib ketgan ma’naviy
bemorlar ham, ko‘ngli boshqalarning zulmidan ozor ko‘rgan mazlumlar ham bedavo deya
ta’riflanadi. Ularga g‘aybdan qo‘liga may olishlari, ya’ni Allohga ishonish, Unga nisbatan
ko‘ngilda ilohiy ishq hosil qilishlari xitob qilinadi. Bu ular uchun ijobiy ma’nodagi
“jazo”dir. Aslida esa bu eng oliy mukofot bo‘ladi. Chunki hamma ham chin dildan Allohga
bog‘lanib, ilohiy ishqni butun vujudi bilan his qila olmaydi. Devonalar esa bu baxtga
muyassar bo‘lganlardir. Ular devona bo‘lmasdan oldin, albatta, bedavo bo‘lganlar.
Bedavoda dard bo‘la
di, lekin u devonaga aylansa, bu dardlar uning uchun bir zarrachalik
ham ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi. Negaki uning butun borlig‘i ilohiy ishq bilan limmo
-
lim, dardlarga esa o‘rin yo‘q.
Bilsang, bu dunyo xorlik,
Bechora-yu nochorlik,
Qo‘y qilma bozorgon
lik
Devona bo‘l!
Devona bo‘l!
Yuqoridagi bandda esa shoir bu dunyoni “xorlik”, “bechora
-
yu nochorlik” deb
ta’riflaydi. Buni ikki xil ma’noda tushunamiz, xususan, bir tomondan xorlik deganda
dunyo tashvishlaridan, azoblardan insonlarning chorasiz holatga t
ushishi, xor bo‘lishi
nazarda tutilgan bo‘lsa, boshqa tomondan, aslida, bu o‘tkinchi dunyoning ne’matlariga
mukkasidan ketish, nafsoniy istaklarga berilish chin ma’nodagi nochorlik, ruhan
bechoralik sifatida baholanadi. Dunyo bir bozor bo‘lsa, u yerda bozorgonlik, ya’ni
savdogarlik qilmay, devonalik qilish yagona va eng afzal chora sifatida ko‘rsatiladi.
Bilsang, bu dunyo pastdir,
Zol-u zalil nokasdir,
Haqdir, o‘shalkim mastdir,
Devona bo‘l!
Devona bo‘l!
Bu bandda esa ijodkor dunyoni “past” deya ta’riflaydi. Chunki u doimo kajraftor,
teskari aylanadi. Yomonlar farog‘atda, yaxshi insonlar esa qiyinchiliklar ostida qoladi.
Ikkinchi misradagi “zol”, “zalil” so‘zlari mumtoz so‘zlar bo‘lib, shoir ulardan ham
mohirona foydalana olgan. Zol _ adashgan, makkor kampir, zalil _ xor, nokas _ pastkash
degan ma’nolarni bildiradi. Shoirning fikricha, bu o‘tkinchi dunyo insonlarni makkor
kampirdek aldaydi. Xor qiladi, ming bir dardga duchor qiladi. Pastkashlik va adolatsizlik
qiladi. Buni faqat ilohiy ishqdan mast
bo‘lganda, devona bo‘lgandagina yengish mumkin.
Ana shunday inson doimo nohaq emas, haq bo‘ladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-3701
240
Qo‘ysam qadam mayxonaga,
Ketsam cho‘kib paymonaga,
Devonalik qilgum kelur,
Devonalik qilgum kelur.
Ushbu she’riy parcha Asqar Mahkamning ikkinchi “Devonalik” she’ridan olingan
bo‘lib, unda ilohiy ishqni vujudi bilan his qilishni xohlaydigan inson tuyg‘ulari aks etgan.
Mayxona tasavvufiy ma’noda pirlar, murshidlar davrasi hamda majlisini ifodalaydi.
Ularning suhbati, nazari bilan ko‘ngilda ilohiy ishq
paydo bo‘ladi. Paymona esa Alloh ishqi
bilan to‘la ko‘ngildir. Shoir “ketsam cho‘kib paymonaga” deganda, qalbni ilohiy ishq bilan
limmo-
lim qilishni, boshqa hech narsaga o‘rin qoldirmaslikni nazarda tutyapti. Oxirgi
misralarda bir xil jumlaning takrorlani
shi ta’sirchanlikni oshirib, lirik qahramonning
emotsional holatini kuchaytirgan.
Boqsam umr karvon ekan,
Karvon tugal armon ekan,
Devonalik qilgum kelur,
Devonalik qilgum kelur.
Ushbu misralarda esa Asqar Mahkam dunyoni “karvon” deb ta’riflaydi. Chunki
to‘xtamay yuraveradi. Yo‘lovchilar qanday mashaqqatlarga duch kelmasin, manziliga
yetishmaguncha yo‘lida davom etaveradi. Dunyo ham ana shunday o‘tkinchi. Biz esa
undagi yo‘lovchilarmiz, bir manzilda to‘xtab turmaymiz, vaqt o‘tgan sari umrimiz ham
oxirlab
boraveradi. Lekin bu karvon “tugal armon”. Har bir o‘tgan kunimiz, oyimiz yoki
yilimizda bir nimalarnidir qilishni xohlagan bo‘lamiz, lekin qila olmaymiz. Bu esa
armonlarga aylanadi.
Kelsa, chopay deb do‘stimiz,
“Chopsang
-
da chop Mansurmiz”.
Devonalik qilgim kelur,
Devonalik qilgum kelur.
Yuqoridagi bandda lirik qahr
фmon do‘st niqobidagi dushman haqida gap
boshlaydi. Agar “do‘sti” “chopay deb” kelsa, ya’ni orqasidan pichoq sanchsa, ishonchini
poymol qilsa, xiyonat qilsa ham devonalik qilgisi
keladi. Chunki tasavvufiy ma’nodagi
devona Allohdan boshqa hech kimsaga, narsaga bog‘lanmaydi. Qalbida, aqlida, butun
borlig‘ida faqat Ugina bo‘ladi. Yomonliklarga uchrasa ham “Chopsang
-da, chop
Mansurmiz” deb turaveradi. Mansur Halloj o‘zining “Ana al
-Haq
”, ya’ni “Men Haqman”
jumlasi bilan tasavvuf adabiyotida mashhurdir. Zamondoshlari esa uni shu gapi sababli
shakkoklikda ayblashgan. Aslida, esa Mansur Halloj bu fikri bilan o‘zida Allohning bir
zarrasi borligini, U bizga jon tomirimizdan ham yaqinroq ekanligini nazarda tutgan.
Asqar Mahkamning tasavvufiy ma’nodagi devonalikka undash g‘oyalari ilgari
surilgan she’rlari illatlarni tark etib, go‘zal insoniy fazilatlar sohibi bo‘lishga, ezgulikka,
nafsni yengib, komil inson bo‘lishga, dunyoning o‘tkinchi ne’matlariga berilib, ma’naviyat
olamini esdan chiqarib qo‘ymaslikka da’vat etadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-3701
241
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Asqar Mahkam. Bu ishq edi. Toshkent.
“Tafakkur”, 2017
-y.
2.
Komilov N. Tasavvuf. Toshkent:
“Movarounnahr”
“O‘zbekiston”. 2009
-y.
3.
Shamsiyev P. Navoiy asarlari lug‘ati. Toshkent:
G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot
va san’at nashriyoti, 1972
-y.
4.
https://izoh.uz internet sayti.
