Spring Imagery in Omon Matjon's Poetry

Abstract

This article discusses the image of spring in the poetry of the people's poet of Uzbekistan Omon Matjon. The poet's skill in expressing the image of spring is revealed.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
CC BY f
58-62
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdusharifova, S. (2025). Spring Imagery in Omon Matjon’s Poetry. Foreign Linguistics and Lingvodidactics, 3(6/S), 58–62. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/124287
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the image of spring in the poetry of the people's poet of Uzbekistan Omon Matjon. The poet's skill in expressing the image of spring is revealed.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Spring Imagery in Omon Matjon's Poetry

Sarvinoz ABDUSHARIFOVA

1

Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

10

May 2025

Accepted 2 April 2025
Available online
25 June 2025

This article discusses the image of spring in the poetry of the

people's poet of Uzbekistan Omon Matjon. The poet's skill in

expressing the image of spring is revealed.

2181-3701

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss6

/S

-pp58-62

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Omon Matjon,

landscape,

spring,

tradition and innovation.

Omon Matjon she’riyatida bahor tasviri

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Omon Matjon,

peyzaj,

bahor,

an’ana va yangilik.

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon

she’riyatidagi bahor tasviri xususida fikr yuritiladi.

Bahor

tasviri ifodasidagi shoir mahorati ochib beriladi.

Образ весны в творчестве Омона Матжона

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Омон Матжон,

пейзаж,

весна,

традиция и новаторство

В статье рассматривается образ весны в поэзии

народного

поэта

Узбекистана

Омона

Матжона,

раскрывается мастерство поэта в передаче этого образа.

Omon Matjon she’riyati o‘zining betakrorligi, badiiy topilmalarga boyligi bilan

ajralib turadi. Shoir biror ma

vzuda qalam tebratar ekan, unga o‘ziga xos tasvir kiritadi va

bunday tasvir hamma ijodkorlarda ham uchrayvermaydi. Maqolada uning bahor tasviri

bilan bog‘liq o‘rinlari mavjud bo‘lgan she’rlari tahlilga tortiladi.Shoirning quyidagi
she’rida ham boshdan oyoq

bahor tasviri qo‘llangan:

1

Student, Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni. E-mail: abdusharifovasarvinoz@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

59

Bir oz ma’yus tortib iqror bo‘laman:

Bahor keldi deyish shodlig-u tugal,

Mayin iztirob ham bor, lekin bunda,

Bahor, kimligingni ayon et bu gal

[1:240]

She’rni endi o‘qiyotgan kitobxon ushbu bandning birinchi va uchinchi

misralarini

o‘qir ekan, unda bir savol tug‘ilishi tabiiy: xo‘sh, lirik qahramonda nima uchun mayin

iztirob paydo bo‘ldi, u nimaga iqror bo‘ldi? Bir qarashda tushkunlik ohangi sezilgan

ushbu misralarda lirik qahramon ko‘rkam bahorning turfa o‘zgarishlaridan

,

tovlanishlaridan ajablanadi, uning aslida kim yoki nima ekanini, uning shunchalik ulkan

qudrat manbai nimada ekanligini bila olmay mayin iztirobga tushadi. Shoirning o‘zi ham

bahor tarovati tugal shodlig-

u quvonchdan iborat ekanligiga bir oz ma’yus torti

b iqror

bo‘ladi va har yili keladigan bahordan bu gal barcha sir

-

asrorlarni bayon etishini, o‘zining

kimligini bildirishini so‘raydi. Ijodkor ushbu bandda bahor fasliga murojaat etish orqali

uni jonlantirib, tashxis san’atini yuzaga keltirgan hamda bandda undalma qo‘llab, nido

san’atidan foydalangan.

Bir boqsam, sallasi qiyshayib tog‘ning,

Tili chiqib qopti kam suv buloqning

Yuki og‘irlashmish shiydam butoqning

Bahor, kimligingni ayon et bu gal

[1:240]

She’rning ikkinchi bandida bahor faslining manzaralari jonlantirish san’ati orqali

go‘zal chizgilar bilan tasvirlangan. Lirik qahramon tog‘ cho‘qqisidagi qorlarni sallaga

o‘xshatadi. Go‘yoki bahor kelishi bilan tog‘ qorlari erib, tog‘ning sallasi qiyshayadi. Erigan

qorlar suvga aylanib, suvi kam bu

loqning ko‘zi ochilib, tili chiqadi.

Kukun yopishganday qahrabo, toshga,

Ko‘l bo‘yi to‘libdi ming turli qushga,

Yangidan o‘t ketgan go‘yo quyoshga,

Bahor, kimligingni ayon et bu gal

[1:240]

Shoir bahor kelishi bilan ko‘l bo‘ylarini ming turlik qushga to‘lishini qahrabo,

toshga kukun yopishishiga o‘xshatadi. Keyingi misrada shoir bahor kelganda quyosh

nurlarining yanada porlashini

yangidan o‘t ketgan go‘yo quyoshga

deya ta’riflaydi va yana

undan kimligini ayon etishini so‘raydi.

Yashillik men deya, yerdanmas, nogoh

Gumbazga darz solib unibdi giyoh,

Tarixni buzmasdan qil qilsang isloh,

Bahor, kimligingni ayon et bu gal

[1:240]

Ushbu bandning dastlabki misralaridanoq biz shoirning novatorligiga yana bir bor

guvoh bo‘lamiz. Mudrab yotgan yerni uyg‘otib, maysaning chiqishini umumiy o‘xshatish

sifatida barcha shoirlarning tasvirida uchratish mumkin. Biroq endilikda Omon Matjon

uni shakliy o‘xshatish vositasida yuzaga keltirib, original tashbeh yaradi. Go‘yo giyoh

unib, gumbazdek bo‘lib turgan yerga darz sol

adi. Yerning gumbazini yorib chiqadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

60

Goho tongingman deb, yoshlik chalg‘itar,

Suv ber, bog‘ingman deb, dashtlik chalg‘itar,

Yulduz menda deb, tun

bo‘shliq chalg‘itar,

Bahor, kimligingni ayon et bu gal!

[1:240]

Oldingi bandlarda peyzaj, ya’ni tabiat

tasviri yetakchilik qilsa, endilikda ushbu

bandda shoirning dunyoni anglashga qaratilgan falsafiy qarashlari yuzaga chiqadi. Inson

dunyoga kelar ekan, hayoti davomida eng yorqin davri uning yoshlik chog‘i bo‘lib

tuyuladi. Shoir bu misralar orqali umr faqat

yorug‘ kunlardan iborat emasligiga, kun

botib, ortidan zulmat ham paydo bo‘lishiga, umr faqat yoshlik lazzatidan emas, balki

qarilik qismatidan ham iboratligiga ishora qiladi. Suvsiz qaqrab yotgan dashtliklarga suv

berish befoyda bo‘lgani kabi umrni ham f

oydasiz yumushlarga behuda sarflash

nodonlikdan emas shoir nazdida.

Bilaman, fasl tez yozga almashar,
Gullarga kunlik rizq-

ro‘zga almashar,

Bu demak, ko‘pini ozga almashar,

Bahor, kimligingni ayon et bu gal

[1:241]

Shoir o‘zining poetik fikrlarini davom

ettirar ekan, vaqti yetib fasllar almashib,

bahor o‘rnini yoz egallashini, ko‘klamda daraxtlarda ochilgan gullar yozda rizq

-

ro‘zga

aylanishini ushbu band mazmuniga singdiradi.

Aslida, xayoldek hurdir tabiat,
Aslida, biz bilan birdir tabiat,

Aslida, so‘ngs

iz bir sirdir tabiat,

Bahor, kimligingni ayon et bu gal

[1:241]

Shoir bandda tabiatni xayol kabi hur, erkin deya ta’riflar ekan, shu bilan birga

butun bir insoniyat va tabiat o‘rtasida azaliy birlik, butunlik borligini ta’kidlaydi,

bu tabiatning esa biz bilmagan sir-

sinoatlari hali so‘ngsiz, talaygina.

Umrimga sen chindan do‘st fasl bo‘lsang,

Quruq umid emas, tub, asl bo‘lsang,

Bir lahzalik emas, mutassil bo‘lsang,

Bahor, kimligingni ayon et bu gal!

[1:241]


Endilikda shoir agar bahor uning umriga

chinakamiga yo‘ldosh, quruq umid,

bir lahza, oniy emas, balki mutassil, boqiy bo‘lsa, undan kimligini ayon etishini so‘raydi.

Qo‘lingni qo‘limga cho‘z, ildiz otsin!

Qalbimga ul ishqli ko‘z ildiz otsin,

Yerda tinchlik, ezgu so‘z ildiz otsin,

Bahor, qudratingni ayon et bu gal!

[1:241]


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

61

She’rni yakunlanuvchi bandini shoir go‘zal misralar bilan yakunlaydi. Bandda u

ezgu niyatlarini bayon etib, butun yer yuzida doimo tinchlik-xotirjamlik, odamlar

o‘rtasida mehr

-

oqibat ila ezgu so‘z hukm surishini tilaydi. Shoir she’rning har bandida

takror qo‘llanuvchi misrani so‘nggi bandda o‘zgartirib qo‘llaydi, ya’ni band oxirida
kimligini emas, balki bor qudratini ayon etishini so‘raydi. She’rni tahlil qilar ekanmiz,
biz unda shoirning bu faslga o‘zgacha mehrini sezishimi

z mumkin, bu bejiz emas,

albatta.

Har yili o‘zining mo‘jizalari bilan tabiatga ko‘rk bag‘ishlaydigan bahor o‘zining ezgu

orzu-istaklarga debochaligi bilan barchaga birdek aziz.

Shoir ijodida mansub quyidagi she’riy parchada ham bahor obrazi qo‘llangan

bo

‘lib, u uyg‘onish fasli bo‘lib gavdalanadi:

Quyoshdan bir nurli ko‘chki qo‘zg‘otgan,

Qishning muz choyshabin parchalab otgan,

G‘aflat uyqusidan yerni uyg‘otgan,

Bu bahor emasmi,
Savolim shuldir?!

[2:5].

“Uyg‘onish” she’rining mazkur dastlabki bandida

shoir bahorga murojaat qilar

ekan, uni jonlantiradi, ya’ni bahor qishning yerga to‘shagan muz choyshabini
parchalab otgan, quyosh nurlaridan bir ko‘chki qo‘zg‘otib, olamni nurafshon etgan,
g‘aflat uyqusidan yerni uyg‘otgan fasl bo‘lib tasvirlanadi.

Yillar

o‘tdi. Bahorning sho‘x suvlari yanglig‘

Tomirimda yuzdi mavjkor bo‘tana bir qon.

Yolqin tushdi ko‘zlarimga, tushdi sonsiz cho‘g‘,

Yuragimda sharsharalar soldilar suron

[3:48].

“Seni yaxshi ko‘raman” to‘plamidan joy olgan mazkur she’rida ham shoir

navbati

bilan bahorga yuzlanib, u orqali yoshlik, jo‘shqinlikni tarannum etadi. Lirik

qahramon ulg‘aygani sari go‘yo bahor faslida ariqlarda suvlar mavjlanib oqqani kabi
uning tomirida ham mavjkor bo‘tana qon oqadi.

Yillar o‘tib borar chaqmoqlarsimon,

Poyonsiz

sahroda bir o‘choq yotar.

Uni eslab kelar har yil Bahorjon,

Butun qirga lola gulxanlar yoqar!

[3:68]

Mazkur she’rda esa bahor “eski o‘choq”qa gulxan yoquvchi, undan har yili xabar

olib, dalalarga lola gulxan yoquvchi dardkash yo‘lovchi sifatida talqin q

ilinadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Omon Matjon bahor faslini tarannum

etar ekan, faqat uning ko‘rk

-

u tarovatini madh qilish yo‘lidan bormadi. Uni tasvirlash

orqali o‘zining dilini o‘rtagan ayrim o‘rinlarni bu fasl vositasida yoritdi. Shoir baho

rni

vasf etar ekan, bu umr hamisha ham bahor faslidek quyoshli bo‘lmasligini, inson ham
umrbod yosh bo‘lmasligini kitobxonga eslatadi. Omon Matjon bahorning go‘zalligini


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

62

kuylabgina qolmasdan odamlarni bu umr faqat shodlik-

u go‘zallikdan iborat

emasligini bilishga chorlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Omon Matjon. Iymon yog‘dusi. –

T.: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti, 1995.

2.

Omon Matjon. Ming bir yog‘du. –

T.: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti, 1989.

3.

Omon Matjon.

Seni yaxshi ko‘raman.

T.: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti, 1981.

References

Omon Matjon. Iymon yog‘dusi. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1995.

Omon Matjon. Ming bir yog‘du. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989.

Omon Matjon. Seni yaxshi ko‘raman. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981.