«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
160
Annotatsiya:
Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi zaru-
riy shartlaridan biri bu - bank aktivlarining barqaror daromadlilik darajasiga erishishi
hisoblanadi. Maqolada tijorat banklari aktivlarining daromadliligini oshirish samarador-
ligi yoritilgan.
Kalit so‘zlari:
bank aktivlari, tijorat banklari, daromad, mulkchilik, kredit.
KIRISH
Bugungi kunda respublikamizda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilayot-
gan bank kreditlari hajmining oshishi, bank kreditlaridan foydalanayotgan turli
mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidagi mijozlar miqdorining ko‘payishi va
banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni oqilona joylashtirish va ular sama-
radorligini oshirish, berilgan kreditlar hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni
o‘z vaqtida undirib olishni ta’minlash banklar aktiv operasiyalari tarkibida yuqori
salmoqqa ega bo‘lgan kredit operasiyalari ustidan doimiy kuzatib borish asosiy
ish deb talab qilinmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq hukumatimiz tomonidan bank tizimini
rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda, chunki bank sektori mamlakat moli-
yaviy barqarorligining muhim jihati hisoblanadi. Umuman olganda, O‘zbekis-
tonRespublikasining bank sektori uchun so‘nggi o‘n yil aholi va korxonalarga
bank xizmatlarini taqdim etishning jadal o‘sishi va kengayishi yillari bo‘ldi.
Hozirgi kunda banklar iqtisodiyotda, xususan dunyoning ko‘plab mamlakatlar-
ining moliya tizimlarida katta rol o‘ynaydi. Mablag‘larning katta qismi banklar
orqali yo‘naltiriladi va bu banklarni eng muhim moliyaviy institutlardan biriga
aylantiradi. Banklarning iqtisodiyotdagi muqarrar roli tartibga solish va nazorat-
ning maxsus shakllarini, shuningdek o‘zlarining faoliyatini tekshirishni talab
qiladi. Daromadlilik banklar faoliyatining keng tarqalgan ko‘rsatkichlaridan biridir.
Shu jihatdan, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi
zaruriy shartlaridan biri bu - bank aktivlarining barqaror daromadlilik darajasiga
erishishi hisoblanadi. Umuman olganda tijorat banklari aktivlarining daromadlili-
gini oshirish bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi, ularni hal etishga qaratilgan
ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi mavzuning dolzarbligini bel-
gilaydi. Bizga ma’lumki, tijorat banklarning mablag‘larni jalb qilish qobiliyati qan-
chalik yuqori bo‘lsa, banklar uchun mablag‘larni zayomlar shaklida yo‘naltirish im-
koniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, bankning daromad
ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH
TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti
NOSIROV JA’FARBEK NODIRJON O‘G‘LI
TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti
talabasi
BANKLARINING MOLIYAVIY
BARQARORLIGINI
TA’MINLASHDA BANK
AKTIVLARINING AHAMIYATI
https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp158-161
STARS International University
161
foyda olish ehtimoli oshadi. Ushbu holatda banklarning daromadliligi aktivlarning
yuqoriligi yordamida aniqlanadi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
moliya bozorlarini va tijorat banklarining investisiyaviy imkoniyatlarini barqa-
rorlash tirishga qaratilgan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini
belgilash tizimini takomillashtirish, tijorat banklari tomonidan jalb qilingan va o‘z re-
surslari hisobidan xorijiy valyutani tegishli qoidalarga rioya qilgan holda erkin sotish
tizimini joriy qilish belgilab olingan. Harakatlar strategiyasining 3-ustuvor yo‘nal-
ishida “... bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash,
banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy
barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari ham-
da kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytir-
ish” belgilab berilgan.
1
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlarining tarkib-
ini optimallashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish,
ilmiy xulosalarni shakllantirish aktivlarning amaldagi tarkibini ularning likvidliligi,
daromadliligi va riskliligi jihatidan baholashni taqozo etadi.
O.Sattarov o‘z ilmiy maqolasida shunday deb ta’kidlagan – “Banklar rentabel-
ligini oshirib borish uning barqarorligini ta’minlashda eng muhim jihatlardan biri
hisoblanadi. Shuning uchun tijorat banklari yoki bank tizimi aktivlari ko‘rsatkichla-
rini doimiy tahlil etib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki aynan ushbu
ko‘rsatkich orqali bank risklarini baholash imkoniyati paydo bo‘ladi. Aktivlarni tahlil
etish natijasida banklarning kredit riski, foiz riski, likvidlik riski, operatsion risk ham-
da bank foydalilik darajasiga ta’sir etuvchi har qanday risklarini baholash imkoni
paydo bo‘ladi”.
2
Quyidagi ma’lumotlari orqali respublikamiz tijorat banklari aktivlarining tarkibi-
ga baho berishimiz mumkin. Banklarning umumiy kapitali va depozit bazasining
yanada mustahkamlanishi ularning iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish jarayonlarini
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, investision faollikni rag‘batlantirishni ichki man-
balar hisobi ga amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirib, bank tizimi aktivla-
rining sifat hamda miqdor jihatdan oshishiga xizmat qilmoqda.
1-rasm. Tijorat banklarining jami aktivlari qoldig‘i, mlrd,so‘m.
3
1
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi da Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисидаги O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6- son. www.lex.uz
2
Sattarov O.B. Bank tizimi barqarorligini ta’minlash: nazariy va amaliy jihatlar. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron
jurnali. № 3 2018
3
Спицин И.О. Банковский маркетинг. – Тернополь: 2013.,126
«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
162
Tijorat banklari aktivlarining umumiy summasi 2021 -yil holatiga ko‘ra,
2019-yildagiga nisbatan 23,3 foizga oshib qariyb 80,4 trln. so‘mni tashkil etdi.
Xususan, iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari hajmi
2020-yilda 25,1 foizga oshib, 53,4 trln. so‘mga etdi. Mazkur kreditlarning 80
foizini investisiyaviy maqsadlarga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kreditlar tashkil
etdi.
Qayd etish lozimki, tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarning 86,8
foizi ichki manbalar hisobidan moliyalashtirilmoqda. Bu esa tijorat banklarining
hamda umuman, mamlakatimiz bank tizimining yetarli darajada shakllangan resurs
bazasiga ega ekanligidan va har qanday tashqi omillarning salbiy ta’sirlaridan
himoyalanganligidan dalolat beradi.
O‘z navbatida, xorijiy moliya institutlaridan jalb qilinayotgan mablag‘lar esa,
asosan infratuzilma ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari bo‘yicha
uzoq muddatli loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda, respublikamiz tijorat banklari
aktivlarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi xulosalarni
berishimiz mumkin:
Tijorat banklarining kassali aktivlariga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar quy-
idagilardan iborat:
• kassali aktivlarning likvidlilik darajasi nisbatan juda yuqori bo‘lganligi sababli
ularning daromadlilik darajasi sezilarli darajada pastdir;
• o‘z mablag‘lari va majburiyatlarini boshqarishga kompleks yondashuv tijorat
banklarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yordam beradi.
• kassali aktivlar moliya bozorlari rivojlanmagan mamlakatlarda tijorat bankla-
ri balansining likvidliligini ta’minlash imkonini beradigan yagona aktivlar guruhi
hisoblanadi;
• kassali aktivlar mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishiga, moliya
• bozorlarining segmentlaridagi o‘zgarishlarga nisbatan sezilarli darajada
ta’sirchan bo‘lgan aktivlar hisoblanadi.
1
Tijorat banklar o‘zlarining mustaqilligini ta’minlashi, ichki manbalar hisobidan
kapitalni ko‘paytirishga, asosan, bank aktivlarini barqarorligini ta’minlashga va
foyda olishga alohida e’tibor berishliklari lozim. Yakunda ularning moliyaviy
barqarorligini oshishiga va mustahkamlashishigi erishish mumkin bo‘ladi. Qaysi
bankning moliyaviy barqarorligi yuqori bo‘lsa, o‘sha bankning kreditlash salohiyati
kengayib boraveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Egamberdiyev E. Mikroiqtisodiyot.Darslik. – T.: 2005., 256
2. Qobilov SH R. Iqtisodiyot nazariyasi. – T.: 2013.,78
3. Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J. Marketing. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2009
., 236
4. Спицин И.О. Банковский маркетинг. – Тернополь: 2013.,126
1
www.sbu.uz Monetar siyosatning 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari
STARS International University
163
5. Umarov A. Z., Asrarova M.,B. Objectives of the provision of financial
stability of commercial banks. International Finance and Accounting 2017, vol.3
6. Sattarov O.B. Bank tizimi barqarorligini ta’minlash: nazariy va amaliy jihatlar.
“Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 3 2018
7. Zakhirov, M. M. Capital efficiency (return on equity) in banks and risks.
International Finance and Accounting 2017, vol.3
8. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6- son.. www.lex.
uz
9. www.sbu.uz Monetar siyosatning 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari
