PRODUCTION OF SIRKORIAN CERAMICS IN TERMEZ AND CHAGANYAN AND ITS PLACE IN THE CERAMICS OF MOVARUNNAHR

Abstract

This article will examine in detail items related to the ceramics of Termez and Chagonian of the 10th-11th centuries. Information is also provided about samples of ceramic dishes found in other cities of the Middle Ages, and about the scientists who studied them. Laboratory analysis of samples of Sirkor ceramics is also reported. This article will also discuss the history, development and significance of ceramics found in the archaeological sites of Old Termez.

Source type: Journals
Years of coverage from 2020
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xudoyberdiyev , R. . (2024). PRODUCTION OF SIRKORIAN CERAMICS IN TERMEZ AND CHAGANYAN AND ITS PLACE IN THE CERAMICS OF MOVARUNNAHR. Entrepreneurship and Pedagogy, 3(3), 73–91. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/48311
Rakhim Xudoyberdiyev , Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
The 1st year doctoral student of the Department of History and Philosophy
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article will examine in detail items related to the ceramics of Termez and Chagonian of the 10th-11th centuries. Information is also provided about samples of ceramic dishes found in other cities of the Middle Ages, and about the scientists who studied them. Laboratory analysis of samples of Sirkor ceramics is also reported. This article will also discuss the history, development and significance of ceramics found in the archaeological sites of Old Termez.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

73

IJTIMOIY FANLAR

TERMIZ VA CHAGʻONIYONDA SIRKORI KULOLCHILIK

ASHYOLARINING YASALISHI HAMDA UNING MOVAROUNNAHR

KULOCHILIGIDAGI OʻRNI

XUDOYBERDIYEV RAXIM BAXTIYOROVICH

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

«Tarix va falsafa» kafedrasi 1- kurs tayanch doktoranti

Email:

r.xudoyberdiyev@dtpi.uz

Тel: +998 99 331 93 23

https://orcid.org/0009-0003-5456-2623

Kalit soʻzlar:

Markaziy Osiyo,
Xorazm, Samarqand,
Toshkent, Xuroson,
Movarounnahr,
Soʻgʻd, Qoratepa,
Fayoztepa, Ko‘za.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Termiz va Chagʻoniyonning

X-XI asrlar sirkori kulolchiligi oid ashyolar haqida atroflicha
toʻxtalib oʻtiladi. Shuningdek, oʻrta asrlarga oid boshqa
shaharlardan topilgan sirkori kulolchilik namunalari va ularni
oʻrgangan olimlar haqida ham maʼlumot beriladi. Sirkor
kulolchilik namunalarining laboratoriya tahlili haqida ham
maʼlumot berilgan. Shuningdek, ushbu maqolada Eski
Termizning arxeologik yodgorliklardan topilgan kulolchilik
buyumlarning yasalish tarixi, rivoji hamda ahamiyati haqida
toʻxtalib oʻtiladi.

ПРОИЗВОДСТВО СИРКОРИЙСКОЙ КЕРАМИКИ В ТЕРМЕЗЕ И

ЧАГАНЯНЕ И ЕЕ МЕСТО В КЕРАМИКЕ МОВАРУННАХРА

Ключевые слова:

Средняя Азия,
Хорезм, Самарканд,
Ташкент, Хорасан,
Моваруннахр,
Согд, Каратепа,
Фаязтепа, Кувшин.

Аннотация:

В данной статье будут подробно

рассмотрены предметы, относящиеся к керамике Термеза
и Чагонияна X-XI веков.

Также приведены сведения об

образцах керамической посуды, найденных в других
городах средневековья, и об учёных, их изучавших.
Сообщается также о лабораторном анализе образцов
керамики Сиркора. Также в этой статье будет
рассмотрена история, развитие и значение керамики,
найденной в археологических памятниках Старого
Термеза.



background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

74

PRODUCTION OF SIRKORIAN CERAMICS IN TERMEZ AND

CHAGANYAN AND ITS PLACE IN THE CERAMICS OF MOVARUNNAHR

Key words:

Central Asia,
Khorezm, Samarkand,
Tashkent, Khorasan,
Movarunnahr,
Sogd, Karatepa,
Fayaztepa, Jug

Abstract:

This article will examine in detail items related to

the ceramics of Termez and Chagonian of the 10th-11th
centuries. Information is also provided about samples of
ceramic dishes found in other cities of the Middle Ages, and
about the scientists who studied them. Laboratory analysis of
samples of Sirkor ceramics is also reported. This article will
also discuss the history, development and significance of
ceramics found in the archaeological sites of Old Termez.

KIRISH

Vatanimiz tarixini o‘rganishda moddiy madaniyat namunalarining o‘rni

beqiyosdir. Chunki moddiy madaniyat namunalari xalqimizning eng qadimgi davrida
hali yozuv mavjud bo‘lmagan vaqtdagi tarixini ham o‘rganishimizga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi har bir tarixiy yodgorlik davlat muhofazasida
bo‘lishi, tariximizga, o‘tmishimizga bo‘lgan hurmatdir. Tarixiy obyekt bor ekan, unda
albatta, xalqimizning o‘tmishi, kechagi kundagi ishlari, mehnati mavjuddir [1].

Termizda kulolchilik tarixi yaqin vaqtlargacha maxsus o‘rganilmagan edi. Chunki

Termizda arxeologik ishlar olib borgan olimlar ko‘proq Termiz hokimlari saroyi,
Qoratepa, Fayoztepa kabi noyob obidalarini o‘rganishga qaratganlar. Vaholanki, o‘tgan
asrning 30-yillarning o‘rtalaridayoq professor M.Ye.Masson Termizning bir necha
joylarida turli asrlarga oid kulollar mahallasi borligini qayd qilgan edi. Qadimdan sopol
idishlarni pishirishda har bir hududning o‘ziga xos maktabi bo‘lgan. Sopol idishlarni
pishirishda asosan xumdonlarda odatda o‘txonasi yerga qazib qurilgan. Sopol
pishiradigan xonaning usti gumbazsimon ko‘rinishda bo‘lgan. Gumbazning o‘rtasida
yoki bir chekkasida maxsus teshikcha bo‘lib, u orqali xumdonga sopol idishlarni
pishirish uchun joylashtirganlar va tayyor bo‘lgan idishlarni olishgan. Pishirish
jarayonida bu teshikchalar yopib qo‘yilgan. Sopollarni yaxshi, sifatli pishirish uchun
xumdonda 800-900 daraja issiqlik bo‘lishi zarur [2, 3]. Eski Termiz hududida o‘rta
asrlarga oid juda ko‘plab topilmalar ko‘plab tarixchi qadimshunoslar tomonidan topib
o‘rganilgan. O‘ziga xos metall idishlarga taqlidan yasalgan Termizning sopol idishlari
haqida to‘xtalib o‘tamiz. Tadqiqotlarimizdan kelib chiqadigan bo‘lsak, o‘rta asrlarda
Chag‘aniyon va Termiz viloyatlarida sirlangan va sirlanmagan kulolchilik buyumlari
ishlab chiqarish ancha yuqori darajada bo‘lgan. Sopollar turli xil assortimentlar, yuqori
texnologik jihatlari, bezakli naqshlar va kompozitsiyalarning boyligi, murakkabligi
bilan ajralib turadi. U boshqa o‘rta asr sopol markazlarida rivojlangan an’analarga amal
qiladi va shu bilan birga bir qator mahalliy farqlarga ega bo‘lgan, bu ishlab chiqilgan


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

75

vaqtda mavjudligi haqidagi savolni ko‘tarishga imkon beradi. O‘rta asrlarda
Termizning kulolchilik maktabi shakllangan [4].

Termiz viloyatidagi ikkinchi yirik shahar Hoshimgird yoki Hoshimjird ham

Termizdan bir kunlik yo‘l masofada joylashgan. XI-XII asrlarda Hoshimgird tilga
olinmaydi. Uning yeri xususida turli fikrlar mavjud. M.Ye.Masson u Navshahar
hududida joylashgan deb taxmin qilsa, O.G.Bolshakov Sherobod atrofida,
E.V.Rtveladze Angor yaqinidagi Kaptarxona qishlog‘i yaqinida deb taxmin qilgan.
Shamsiddin Kamoliddinovning ta’kidlashicha bu joy Sherobod tog‘laridan oqib
chiqqan daryo bo‘yida Sherobod shahri yaqinida joylashgan deb ta’kidlaydilar [5].

IX-XIII asrlar davomida Termiz va Chag‘oniyonda hunarmandchilik ham ravnaq

topgan. Hunarmand ustalar mahallalari Termiz va Chag‘oniyon shaharlari bilan bir
qatorda qishloqlarda ham o‘rganilgan. Termizda kulollar mahallasi bilan bir qatorda
temirchi va shishasozlar mahallalari ham bo‘lgan. Temirchi ustalar mehnat qurollari,
uy-ro‘zg‘or buyumlari bilan bir qatorda antiqa shamdonlar, qosh tergich va ko‘zgularni
quyma va bolg‘alash uslubida yasaganlar. Misgar ustalar buyumlarga bezak berishda
chizma naqsh usullaridan keng foydalanganlar. Budrach yodgorligi (Chag‘oniyon
shahari)ni qazish davomida topilgan mis idishlar xazinasi o‘lkada misgarlikning
taraqqiyotidan dalolat beradi. XI asrga oid og‘irligi 300 kilogrammga yaqin bu xazina
turli idishlardan, jumladan katta-katta qozonlar, hovoncha, shamdon va ko‘zalardan
iborat. Ushbu xazinaning eng noyob namunalari mazkur zalning markaziy qismida
namoyish etilmoqda. IX-XIII asrlar davomida o‘lka hunarmandlari ko‘k, havorang
shishadan qadahlar, bankasimon, butilkasimon idishlarni, kimyogarlar foydalanadigan
kolbalar, grafinlar va pardoz-andoz buyumlarini juda mohirlik bilan yasaganlar. Zal
ko‘rgazmalarining katta qismi kulolchilik namunalaridan tarkib topgan. IX asr oxiridan
Termiz va Chag‘oniyonda sirkori idishlar yasash o‘zlashtirilgan. X asrning sopol
idishlari, xususan lagan, kosa, taqsimcha, ko‘zalar yashil, jigarrang va sarg‘ish sirlarga
bo‘yalgan. Bir tur idishlar esa oq ranga bo‘yalib, sir ustidan kufiy uslubida bitilgan qora
va jigarrang yozuvlar bilan bezalgan. X-XI asrlarda idishlarning turlari yanada boyib,
turfa rangli bo‘yoqlarga bezalib, naqshlari ustidan yaltiroq sir bilan qoplangan.
Termizlik kulollar o‘rta asrlarda simob ko‘zachalar yasashda ham mashhur bo‘lganlar.
Bugungi kunda Termiz arxeologiya muzeyi ko‘rgazma zallari hamda asosiy fondida
ko‘plab eng noyob ashyolar saqlanmoqda va namoyish etib kelinmoqda. Ana shunday
topilmalardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tsak, SVAM 391, INV 452. Kichik hajmdagi
idish bo‘lib, Eski Termiz. IX-X asrlar. O‘lchami: 2,5x11x4,5 sm ni tashkil etib, mazkur
ashyo arxeologik to‘liq saqlangangan. Kulolchilik charxida yasalgan. Materiali sopol.
O‘rta asrlarga xos tarzda sirkori. Gardish qismi tashqariga qarab gorizantal holatda
tasvirlangan. Hovuzchasi aylana shaklda bo‘lib, devorlari juda past qilib ishlangan. Tag
qismi disksimon shaklda. Jigar rang va yashil rangda islimiy naqshlar bilan bezatilgan.
Tashqi tomoni sirlanmagan. Ichki qismida gorizontal yashil chiziqlar bilan bezatilib,


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

76

aynan ichki qismida kosaga o‘xshash qilib chuqurcha ishlangan. Mazkur chuqurcha
qismida yashil chiziqlar tushirilganligini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, o‘sha
davrda ijtimoiy hayot uchun eng zarur ashyolardan biri moy chiroqlar bo‘lib, zulmatni
yoritishda muhim rol o‘ynagan. Chiroqlarga sir berish madaniy hayotning rivoj topishi
bilan alohida xarakterlidir. SVAM 680, INV 1030, Sirkori chiroq topilgan joyi Eski
Termiz. IX-X asrlarga oid bo‘lib, o‘lchami: 3,2x4x5 sm ni tashkil etadi. Arxeologik
to‘liq (o‘rta). Kulolchilik charxida yasalgan. Materiali sopol. Chiroqning bir tomonida
baldog‘i bo‘lib, ikkinchi tomonida pilig uchun maxsus, tashqariga qarab torayib
borgan. Hovuzchasi esa markazida joylashgan bo‘lib, yuqori qismi ichkariga qarab
biroz qaytarilgan Tag qismi tekis. Chiroqning ichki va tashqi qismida yashil rangda
angob berilib, sirkori. (1-rasm)

MATERIAL VA METODLAR

Ma‘lumki, oʻtgan asrning 30-yillarida M.Ye.Masson rahbarligida tashkil etilgan

TAKE tomonidan katta arxeologik tadqiqotlarning tashkil etilishi fanda hali deyarli
oʻrganilmagan [6] 1936-1938-yillarda TAKE (Termiz arxeologik komplek
ekspeditsiyasi)

ilk

bor

keng

masshtabda

tadqiqot

olib

borgan.

Shimoliy Toxaristonning VII-XIII asr boshlari siyosiy tarixi davri borasida yangi sahifa
ochdi. Jumladan XX asrning 50-60 yillarda I.A.Suxarevning

Toshkent vohasining

IX–XII-asrlarga oid sirlangan kulolchilik buyumlari

nomli kitobida atroflicha qayd

etadi [7]. Shuningdek, A.I.Terenojkin [8]

Toshkent vohasining 9–12-asrlarga oid

sirlangan kulolchilik buyumlari

nomli kitobida ilk bor bu davr sirkori idishlarining

oʻrganilishiga katta hissa qoʻshdi. Oʻtgan asrning 80-90 yillarda esa G.V.Shishkina [9],
A.G.Brusenko [10], A.Anarboyevlar [11] va DJ.Ilyasov hamda S.Ilyasovalar [12].
ilmiy izlanishlar olib borishdi va ilmiy tadqiqot ishlari hali-hanuz oʻrganilib
kelinmoqda.

NATIJALAR VA ULARNING MUXOKAMASI

SVAM 3521/2 INV 1043 Sirkori chiroq

Eski Termizdan topilgan. IX-X asrlar.

O‘lchami:3,4x2,5x3,8 sm. Arxeologik to‘liq. Kulolchilik charxida yasalgan. Materiali
sopol. Chiroqning bir tomonida baldog‘i bo‘lib, ikkinchi tomonida pilig uchun maxsus,
tashqariga qarab torayib borgan. Chiroq baldog‘i yon tomonga singan joyi mavjud.
Hovuzchasi esa markazida joylashgan bo‘lib, yuqori qismi ichkariga qarab biroz
qaytarilgan. Tag qismi tekis. Chiroqning ichki va tashqi qismida ko‘k rangda bo‘yoq
berilib,sirkori. (2-rasm)


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

77

Idishlarga sir berish an’anasi bizga savdo munosabatlari orqali arab tujjorlari yoki

Eron savdogarlari tomonidan olib kelingan. Sababiga to‘xtalsak, yuqorida ham
atroflicha to‘xtaldik, boisi shuki davriga e’tibor qaratishimiz lozim. Ayni bizning
hududlarga VIII asrning oxirlari IX asrning boshlarida kirib kelishi qadimgi Xitoy
hududlarida savdo qilgan islom diniga e’tiqod qiluvchi savdogarlar tomonidan kirib
kelishi kuzatildi. Keltirilgan idishlarda o‘simliklar, geometrik naqshlar va boshqalar.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, nega aynan islom diniga e’tiqod qilgan savdogarlar
orqali kirib keldi. Bizning hududimizdagi so‘g‘d savdogarlari nafaqat mintaqamiz,
balki Xitoydan to Kavkaz hududlariga qadar savdo munosabatlarida yetakchilik qilgan.
Endi mana shu savolga javobni biz qadimgi sivilizatsiya o‘choqlaridan biri bo‘lmish
Xitoy davlatidan olamiz. Xitoyda azal-azaldan hunarmandchilikning sirlari nihoyatda
qattiq qo‘riqlanganligi evaziga bu mahsulotlar bizning yurtimizga savdo yo‘llari orqali
olib kelingan ammo ishlab chiqarish bizning hududlarga Eron savdogarlari tomonidan
olib kelingan.

SVAM 3546. Sirkori lagan

Eski Termiz hududidan topilgan. IX-X asrlarga oid

boʻlib, laganning oʻlchami: 4x19,5x9,5 sm boʻlib, arxeologik toʻliq. Kulolchilik
charxida yasalgan. Materiali sopol. Laganning Gardish qismi ichkariga qarab bir oz
qaytarilgan. Tag qismi disksimon. Lagan yuzasi oq rangda boʻyoq berilib sirkori. (3
rasm).

SVAM 34376. Sirkori kosa

Eski Termizdan topilgan. IX-X asrlarga oid.

Oʻlchami:6x7sm ni tashkil etadi. Arxeologik toʻliq (oʻrta). Qizil loydan kulolchilik
charxida yasalgan. Materiali sopol. Tovoqning Gardish qismi tashqariga qarab bir oz
qaytarilgan. Tag qismi disksimon. Idishning ichki devoriga toʻliqligicha oq rang rang
bilan qoplangan. Ichki qismida toʻrt tomonga qaratilgan uch qatorlik koʻk rangda
chiziqlar vertikal shaklda tortilgan. Ichki qismining markazida arab yozuvi bilan lilloh

هوليل

soʻzi saqlanib qolgan. (4- rasm)


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

78


SVAM 34373. Sirkori kosa

Eski Termizdan topilgan. IX-X asrlarga taalluqli.

O‘lchami:7,5x21x10 sm. Sirkori kosa arxeologik jihatdan to‘liq. Kulolchilik charxida
yasalgan. Materiali sopol. Sirkori kosaning gardish qismi ichkariga qarab bir oz
qaytarilgan. Tag qismi disksimon. Ichki qismiga sariq yashil qora ranglarda bo‘yoq
berilib islimiy naqshlar bilan bezatilgan va sirkori. Avvalo kosaning ichki qismida
qaymoq rang fon berilgan so‘ng ustidan gardishidan biroz pastroqda qora chiziq bilan
aylana halqa chizilgan. Mazkur halqa qora rangli chiziqlar bilan panjarasimon qilib
ishlangan. Panjara bezakning ichida ko‘k, va sariq berilgan. Kosaning markazida ikkita
qora chiziq ichma-ich qilib ishlangan ayni shu kvadrat bezakning ichki qismida sakkiz
qirrali bezak va uning markazida yana bir kichik aylana ishlangan. Ayni markazidagi
kichik aylanadan kosaning gardishiga qadar bargsimon to‘rtta bezak vertikal holda
ishlangan. Barg tasviri tushirilgan bezak qismi ikkita qora chiziqlar bilan ishlanib, qora
chiziqlarning ichi yashil va sariq rang bilan bo‘yalgan. (5-rasm)

SVAM 266 INV 289

.

Sirkori kosa.

Eski Termizdan topilgan. X - XI asrlarga

oid boʻlib, kosaning oʻlchami:3,6x12,8x5,2 sm. Arxeologik toʻliq (oʻrta). Kulolchilik
charxida yasalgan. Materiali: sopol. Gardish qismi ichkariga qarab biroz qaytarilgan.
Tag qismi disksimon shaklda. Ichki tomoniga oq angob ishlangan boʻlib, jigar rangda
parallel chiziqlar yordamida toʻrt qismga boʻlingan. Parallel chiziqlar orasida qizil
rangda bittadan chiziq tortilgan.Toʻrtga boʻlingan qismlarda qora rangda gʻuncha
shaklida islimiy naqshlar bilan bezak berilgan. (6- rasm)

SVAM 34852 Sirkori kosa

Eski Termizdan topilgan bo‘lib, IX-XI asrlarga oid.

O‘lchami:8x11x21sm. Arxeologik to‘liq, qizil loydan kulolchilik charxida yasalgan.
Materiali sopol. Tovoqning Gardish qismi ichkariga qarab bir oz qaytarilgan. Tag qismi
disksimon. Ichki qismiga islimiy naqshlar bilan bezak berilib sirkori. Kosaning tashqi
qismi sirlanmagan hamda ichki qismida qo‘llanilgan bezaklar o‘ziga xos tarzda
ishlangan. Bezakda jigar rang bilan o‘simlik novdalari ishlangan bo‘lsa, barg qismi


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

79

yashil rangga bo‘yalgan. (7-rasm).

SVAM 1975 INV 314. Sirkori ko‘za

Eski Termizdan topilgan. IX - XI asrlarga

oid bo‘lib, o‘lchami: 19x7sm. Arxeologik to‘liq ( yaxshi). Kulolchilik charxida
yasalgan. Materiali: sopol. Ko‘za keng og‘izli, bo‘yin qismi uzun, qorin qismi
yarimsharsimon shaklda, tag qismi disksimon qilib ishlangan. Ustki qismi sirkori.
Bo‘yin qismida sariq rangda chiziqlar tortilgan. Qorin qismida zanjir halqasi
ko‘rinishida bir necha bezaklar qo‘yilgan. Halqalar qora rangda chegaralanib, ichki
qismi oq rangda berilgan. Halqalar orasi oq nuqtachalardan iborat pushti rangdagi
fondan bilan bezatilgan. Ko‘zaning gardishidan to qorin qismigacha ya’ni bo‘yni
qismida biroz yorqin ammo jigar rangli to‘lqinsimon chiziqlar yordamida
bezalganligini ko‘rishimiz mumkin. Ko‘zaning gardishi singan lekin bo‘yni yaxshi
saqlangan. (8-rasm)

SVAM 1976 INV 315. Sirkori mustaxara

Eski Termizdan topilgan mazkur

ashyo IX - XI asrlarga oid bo‘lib, o‘lchami:17x13,5 sm. Arxeologik to‘liq (o‘rta).
Kulolchilik charxida yasalgan. Materiali: sopol. Mustaxara sirkori bo‘lib. Baldog‘i va
gardishi saqlanmagan. Qorin qismida tashqariga qarab bo‘rtib chiqqan bezagi bor.
Ustki qismi islimiy naqshlar bilan bezatilgan. (9-rasm)


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

80

SVAM 687, INV 1038. Sirkori tovoq

Eski Termizdan topilgan IX-X asrlarga oid

bo‘lib, o‘lchami: 9x21,5x10,7 sm. Arxeologik to‘liq. Kulolchilik charxida yasalgan.
Materiali sopol. Tovoqning Gardish qismi ichkariga qarab biroz qaytarilgan. Tag qismi
disksimon Ichki qismiga. sariq va yashil rang bilan bo‘yalgan. Sirkori idishning tashqi
qismi sirlanmagan. Ichki qismida qo‘llanilgan bezaklar to‘xtaladigan bo‘lsak, kosaning
ichki qismiga oq rang bilan fon berilib, gardishining yuqori qismidan aylana shaklda
yashil rang bilan aylana shaklda bo‘yalgan. Sirkori idishning ichki qismida olti dona
uchburchaksimon sariq chiziqli bezaklar idish devori bo‘ylab chizilgan. Idishning ichki
qismi markazida yashil aylana halqa ishlangan bo‘lib uning ichki qismida oq rangli
sirni ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, sirkori idishning ichki qismida yuqorida
ta’kidlangan sariq rangli uchburchak bilan birga yonma-yon yashil rangda bargga
o‘xshash bezaklar orqali vertikal holatda qo‘llanilgan. (10-rasm)

SVAM 687/2, INV 1038. Sirkori tovoq

Eski Termizdan topilgan. IX-X asrlarga

oid bo‘lib, o‘lchami:11x27,5x13,2sm ni tashkil etadi. Arxeologik to‘liq. Kulolchilik
charxida yasalgan. Materiali sopol. Gardish qismi ichkariga qarab biroz qaytarilgan.
Tag qismi disksimon. Ichki qismiga sariq, yashil va jigar ranglar bilan aralash holda
bezak berilib sirkori. Mazkur idishda ham tashqi qism sirlanmaganligini ko‘rishimiz
mumkin. (11-rasm)

SVAM 687/2, INV 1038. Sirkori tovoq

Eski Termizdan topilgan. IX-X asrlarga

oid bo‘lib, o‘lchami:10,5x26,5x11,3sm ni tashkil etadi. Arxeologik to‘liq. Kulolchilik
charxida yasalgan. Materiali sopol. Gardish qismi ichkariga qarab biroz qaytarilgan.
Tag qismi disksimon. Ichki qismiga oq angob berilgan bo‘lib, angob ustidan gardish
ichki tomonidan yarim aylana shaklida idishni to‘rt qismga bo‘lgan. Bo‘lingan
qismlarda sariq va yashil ranglarda islomiy naqshlar berilgan. Markazda romb shaklda
sariq rangda bezak berilgan. Romb va yarim aylana chiziqlar orasidagi oq fonda malla
rangda qo‘shtirnoq shaklidagi bezaklar qo‘yilgan. Romb ichida qora rangda xochsimon
belgi chizilgan. (12-rasm)


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

81

SVAM 3523. Sirkori ko‘za

Sherobod tumani Dabilqo‘rg‘on yodgorligidan

topilgan. Mazkur ko‘zaning davri IX-XII asrlar bo‘lib, o‘lchami:13x7sm ni tashkil
etadi. Arxeologik jihatdan to‘liq. Kulolchilik charxida yasalgan. Materiali: sopol.
Ko‘zaning yuqori qismi ya’ni gardishi saqlanmagan. Qorin qismi sharsimon shaklda
bo‘lib, tag qismi disksimon. Ko‘zaning ustki qismiga kul rangda bo‘yalgan. Angob
ustidan ko‘zaning qorin qismida oq va qora rangda labirintga o‘xshash belbog‘
chizilgan. Belbog‘ yuqori qismida hayvon tasviri tushirilgan. Mazkur ko‘zada kiyik
tasviri ishlangan bo‘lib, qora rang bilan ishlangan tanasi malla rang bilan
bo‘yalgan.(13-rasm)

SVAM 3524. Sirkori kosa.

Sherobod tumani Dabilqo‘rg‘on yodgorligidan

topilgan. IX-XII asrlarga oid bo‘lib, o‘lchami: 8,5x20,5x10,5sm. Arxeologik jihatdan
to‘liq. Qizil loydan kulolchilik charxida yasalgan. Materiali:sopol. Gardish qismida
singan joylari mavjud. Kosa konussimon shaklda. Tag qismi disksimon. Ichki qismi
sirkori. Ichki tomon naqshlari besh qismga bo‘lingan bo‘lib, qora rangda nuqtalar
shaklida bezak berilgan va sariq rang bilan gul bargiga o‘xshash tasvir tushirilgan. (14-
rasm)

SVAM 265. Sirkori kosa

XIV-XV asrlarga oid bo‘lib, Eski Termizdan topilgan.

O‘lchamlari:9x7x19,5 sm. Arxeologik to‘liq. Sopol Texnikasi: kulolchilik charxida
yasalgan. Kosa doirasimon shaklda bo‘lib, gardishlarining biroz qismi sinib qolgan
(gardishlarida yemirilgan joylari bor). Ichki hamda tashqi tomonlarida arksimon
shakldagi moviy va qora rangli bezaklari bor. Tag qismi tekis. Idishning ichki qismi
kulrang fon berilgan so‘ngra ustidan moviy rang bilan bargsimonga o‘xshash bezaklar
idish devori bo‘ylab berilgan. Kosaning ichki qismi markazida ikki aylan chiziq
ishlangan so‘ng mazkur chiziqlar ichma-ich ishlangan bo‘lib, orasida moviy rang


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

82

nuqtalar bilan bezak ishlangan. Mazkur aylana bezakning ichiga olti qirrali yulduz
ishlangan. So‘ngra mazkur olti qirrali bezakning ichidan yana xuddi shunday olti qirrali
yulduz uning ichda ham jigar rang solingan parallel chiziqlar ishlangan. (15-
rasm)

SVAM 3418, INV 1333. Sirkori kosa

XIV-XV asrlarga oid bo‘lib, Eski

Termizdan topilgan. O‘lchamlari:8,5x17,5x7sm. Arxeologik to‘liq sopol Texnikasi:
kulolchilik charxida yasalgan. Kosaning ko‘rinishi doirasimon shaklda. Gardishining
bir yon bo‘lagi singan. Saqlanib qolgan qismi esa biroz yemirilgan.kosaning ichki
qismi oq rang bilan dastavval sirkori so‘ngra moviy va qora rangli bo‘yoq bilan gul
chizilgan. Ehtimol ﻮ arab alifbosi bo‘yicha vov tovushini belgini ishlatgan bo‘lishi ham
mumkin. Idish devorida uchta qora rangli uchta moviy rangli harf ishlangan. Idishning
tag qismi tekis disksimon ishlangan. (16-rasm)

SVAM 1215, INV 441. Sirkori kosa

XIV-XV asrlarga oid Eski Termizdan

topilgan. O‘lchamlari:8,5x19,2x7,3 sm. Arxeologik to‘liq Texnikasi: kulolchilik
charxida yasalgan. kosaning ko‘rinishi doirasimon,gardishlari zigzag qilib yasalgan.
Oq rang bilan bo‘yalib sirkori. Tag qismi tekis disksimon ishlangan. (17-rasm)

SVAM 381. Sirkori chiroq

XIV-XV asrlarga oid bo‘lib, Eski Termizdan

topilgan. O‘lchamlari:13,5x9,5x7 sm. Arxeologik to‘liq (o‘rta) sopol Texnikasi:
kulolchilik charxida yasalgan. chiroqning gardishi disksimon bo‘lib, birozginasi sinib
qolgan. Bo‘yni tor, qorni keng va ichi kovak, tumshug‘ining o‘rtasi ikki qismga
bo‘lingan uzunchoq. Yuzasi ko‘k rang bilan sirkorlangan, ba’zi bir joylari uchgan. Tag
qismi tekis . (18-rasm)


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

83

SVAM 34389. Sirkori chiroq

XIV-XV asrlarga oid Eski Termizdan topilgan.

O‘lchamlari: 10x5,5x3,5 sm. Arxeologik to‘liq, sopol Texnikasi: kulolchilik charxida
yasalgan. gardishi ingichka, og‘zi tor, tumshug‘i uzun uchli, baldog‘i qayrilgan holatda
qo‘ndirilgan. Qorin qismining bir yon tomoni sinib qolgan. Tashqi va ichki tomonlari
ko‘k rangli bo‘yoqlar yordamida sirkorlangan. Tagi tekis yassi holatda ishlangan. (19-
rasm)

SVAM 2249. Sirkori lagan

XIV-XV asrlarga oid Eski Termizdan topilgan.

O‘lchamlari: 32x9,5 sm. Arxeologik to‘liq, kulolchilik charxida yasalgan. Laganning
Gardish qismi ichkariga qarab bir oz qaytarilgan.. Laganning ichki qismida yuzasida
aylanasiman bezak berilib to‘rt tomonga qaragan qora va moviy rangda lola tasviri
tushirilgan. Lagan gardishlarida islimiy shaklda bezaklar berilib sirkori. Tag qismi
disksimon. Laganning ichki qismida ko‘k rang bilan fon berilgan bo‘lib, so‘ng ustidan
qora rang bilan parraksimon 4 qismli bezak berilgan bo‘lib, markazida qora nuqtalar
bilan aylana bezak qo‘llanilgan. Idishning ichki qismi lagan gardishining biroz pastki
qismidan qora nuqtalar gardishi bo‘ylab bezak berilgan. (20-rasm)

SVAM 34849. Sirkori kosa

Eski Termizdan topilgan bo‘lib, XI - XIII asrlarga

oid. O‘lchami: balandligi-8 sm, dioganali-19 sm. Saqlanish holati Arxeologik to‘liq.
Qizil loydan kulolchilik charxida yasalgan. Kosaning ichki qismida kulrang bilan
dastavval sirkori bo‘lib, idishning tashqi qismi sirlanmagan. Idish devorining ichki
qismida gardishidan biroz pastroq qismida gulli to‘lqinsimon naqshlar bilan bezak
berilgan. Naqshlarning tag qismidan jigar rang bilan aylana bezak qo‘llanilgan.
(21-rasm)


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

84

SVAM 2023. Arab yozuvi tushirilgan sirkor lagan bo‘lagi.

Eski Termiz.

Termiz tumani. IX-X asrlar. O‘lchami: 7x13 sm bo‘lib, Arxeologik to‘liq emas (o‘rta).
Kulolchilik charxida yasalgan. Materiali: sopol. Laganning bir qismi saqlanib qolgan.
Laganga oq fon ustiga kufiy uslubida yozuv tushirilgan. Laganning yuza qismida jigar
rang bilan epigrafik bitikda “Lilloh yoki Yo lix” so‘zlari bitilgan bo‘lib, ma’nosi
shunday-ki “Alloh uchun, Allohniki, Allohga” degan ma’noni anglatadi. Lagan
bo‘lagining yarmidan yelim (kley) bilan ta’mirlangan. Mazkur topilma hozirgi kunda
Termiz Arxeologiya muzeyi O‘rta asrlar davriga oid fondda saqlanmoqda. (22-
rasm)

SVAM 1972. Sirkor lagan.

Eski Termiz. Termiz tumani. IX-XI asrlar. O‘lchami:

5x17,5 sm bo‘lib, Arxeologik to‘liq. Kulolchilik charxida yasalgan. Materiali: sopol.
Laganning ichki qismi jigar rang bilan fon ustiga geometrik usulda naqsh tushirilgan.
Laganning yuza qismi gardishidan biroz pastki qismidan jigar rang halqa, so‘ngra
uning paski qismidan oq chiziq bilan aylana halqa ishlangan. Lagan markazidan to‘rt
bargdan iborat gullar atrofida oq chiziqli gullar ishlangan ichki qismi to‘q jigar rang
bilan bo‘yalgan. Mazkur topilma hozirgi kunda Termiz Arxeologiya muzeyi O‘rta
asrlar davriga oid ko‘rgazma zalda saqlanmoqda. (23-rasm).


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

85

SVAM 32478.

Sirkor kosa. Eski Termiz. Termiz tumani. XI-XII asrlar. Oʻlchami:

4,5x5,5 sm boʻlib, Arxeologik toʻliq emas. Kulolchilik charxida yasalgan. Materiali:
sopol. Kosanning ichki qismi oq rang bilan fon ustiga arab yozuvi vertikal shaklda
tushirilgan. Kosaning gardishidan pastki qismiga qadar bir qismi saqlangan. Kosaning
tag qismi ichki devorida jigar rang bilan qalampir shaklda naqsh ishlangan. Kosaning

markaziga

yaqin

qismida

arab

alifbosida

forscha

هباجا

“ajabalah”

soʻzi yozilgan boʻlib, maʼnosi

“togʻlik”, “togʻlik odam”

maʼnolarini

anglatadi. Mazkur topilma hozirgi kunda Termiz Arxeologiya muzeyi Oʻrta asrlar
davriga oid koʻrgazma zalda saqlanmoqda. (24-rasm)

SVAM 32475. Sirkor kosa.

Eski Termiz. Termiz tumani. XI-XII asrlar.

O‘lchami: 8x10 sm bo‘lib, Arxeologik to‘liq emas. Kulolchilik charxida yasalgan.
Materiali: sopol. Kosaning ichki qismi oq rang bilan fon ustiga uchburchak shaklda
ichida uchib ketayotgan qush tasviriga xos bezak tushirilgan. Kosaning gardishidan
pastki qismiga qadar bir qismi saqlangan. Kosaning tag qismi ichki devorida jigar rang
bilan ishlangan naqsh nihoyat darajada estetik didning yuqori ekanligidan dalolat. (25-
rasm)


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

86

SVAM 32473. Sirkor kosa.

Eski Termiz. Termiz tumani. XI-X asrlar. O‘lchami:

3,5x10x5 sm bo‘lib, Arxeologik to‘liq. Kulolchilik charxida yasalgan. Materiali: sopol.
Kosaning ichki qismi yashil rang bilan fon bezatilgan. Kosaning tashqi qismiga qadar
to‘liq sir berilgan. Kosa to‘liq yashil rang ishlangan. O‘rta Osiyo jumladan Termizga
yashil rang bilan sir berish ilk ranglardan biridir. (26-rasm)

Ilmiy ko‘makchi 10496 Sirkor lagan

. Eski Termiz. Termiz tumani. IX-XI asrlar.

O‘lchami: 2,5x27,5 sm bo‘lib, Arxeologik to‘liq. Kulolchilik charxida yasalgan.
Materiali: sopol. Laganning ichki qismi oq rang bilan fon ustiga idish devorining
yuqoridan pastga tomon to‘lqinsimon (yaxmalakka o‘xshash forma) usulda naqsh
tushirilgan. Naqshning yuqori va pastki qismidan aylana halqa ichiga ishlangan.
Mazkur topilma hozirgi kunda Termiz Arxeologiya muzeyi O‘rta asrlar davriga oid
ilmiy ko‘makchi fondida saqlanmoqda. (27-rasm)


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

87

NATIJALAR

Axsikentdagi idishlar

SEM-EDS taxlili asosida idishlarning polixrom tahlili


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

88

Sirlangan sopollarning tarkibida ishqor aralashma tahlili


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

89

SIRKOR KULOLCHILIKDA QOʻLLANILGAN RANGLAR HUSUSIYATI

Qoʻrgʻoshin bilan

sirkori polixrom

turlari

Tavsifi

Angob

100-200 µm(mikrongacha) qalinligi, odatda qalin
tomonida.

Bir nechta qatlam koʻrinishi mumkin.

Gil komponenti kvars va boshqa aluminiy-silikatlarga
boy minerallar - loy giliga oʻxshash, ammo taqqoslash
qiyin qoʻshilgan komponentlar.

Sirdan yuvilgan PBO oʻz ichiga oladi.

Sirkori (qora rang)

Qalinligi 100 µm (mikrongacha,) lekin juda oʻzgaruvchan

Angob-idishning yuqori qismida qoʻllaniladi.

Angobga oʻxshash loy tarkibi.

Rangni hosil qilish uchun temir va marganes minerallari.

Fye

2

O

3

va MnO sirga kirib, qorongʻi rangga boʻyaladi

qizil jigarrang

Zaytun rang

Yuqoridagi kabi, lekin rang beruvchi xromitdir.

Xromit zarralari toʻliq erimaydi, lekin sirni boʻyaladi
ammo yashil sargʻish rang hosil boʻladi.

Qizil rang

Yuqoridagi

kabi,

ammo

rang

beruvchi

temir

minerallardir.

Amaldagi gil temirga boy, ammo temir minerallari
qoʻshilgan boʻlishi mumkin.

Boshqa sirlardan yoki angoblardan biroz yuqori
alyuminiy oksidi

Temir oksidi sir bilan singib ketishi mumkin yoki
boʻlmasligi mumkin.

Qora pigment

Koʻpincha qora bezak uchun ishlatiladi.

Temir va marganes minerallari bilan boʻyalgan

Shisha yoki qoldiq izlariga pigment minerallari butunlay
tarqalishi mumkin.

Rangsiz sir

75 - 100 µm qalinligi - odatda ingichka tomonida
qoʻllanilgan.

Oʻrtacha 53,8 ogʻirlik% PbO bilan yuqori qoʻrgʻoshin.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

90

Qoʻrgʻoshin tarkibi juda oʻzgaruvchan, lekin odatda 50%
dan yuqori

Aluminiy oksidi oʻrtacha 3%

Kichik elementlar past - 5% dan kam.

Kichik elementlar 5% dan – kam

SEM-EDS: SEM / EDS tahlillari skanerlash elektron mikroskopi (SEM) va

energiya dispersiv rentgen spektroskopiyasi (YEDS) namunaviy yuzalarni maqsadli
tahlil qilishga imkon beradi. Ushbu texnikalar materialning sirtini tahlil qilish,
mahsulotning ishdan chiqishini tekshirish, teskari muhandislik, ifloslantiruvchi
moddalarni aniqlash, lehim qoʻshimchalarini tahlil qilish va boshqalar uchun keng
qoʻllaniladi.

XULOSALAR

Movarounnahr butun O‘rta Osiyo tarixida o‘z o‘rni beqiyosligi bilan ajralib

tursa, Eski Termiz Movarounnahrning eng rivojlangan va qulay strategik
markazlaridan biri sanalganini ko‘rishimiz mumkin. Mazkur maqolada yoritilgan davr
mobaynida bu ikki daryo oralig‘ida tashkil topgan barcha davlatlar Arab xalifaligidan
tortib Saljuqiylar, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davlati ham Shimoliy Tohariston,
Termiz va uning atrofi ustidan o‘z nazoratlarini o‘rnatishga urinishgan. Bu uzoq davr
mobaynida yuz bergan katta siyosiy voqealar albatta yozma manbalar, undan so‘ng
arxeologik manbalar asosida yoritilib kelgan, bo‘lsa-da ko‘plab kamchiliklar va
chalkashliklardan ham xoli emas. Eski Termizda amalga oshirilgan tadqiqotlar tufayli
uning rabot qismida kulollar mahallasi va uning bilan bog‘liq ustaxonalar o‘rganilgan.
Eski Termiz Movarounnahrning va Xurosonning Samarqand, Buxoro, Shosh singari
kulolchilik mahsulotlari u yoki bu turi bilan mashhur bo‘lgan.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

91

Adabiyotlar roʻyxati:

1.

Mirziyoyev Sh.M. “Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, muqaddas dinimizning
sofligini asrash-davr talabi” mavzusidagi anjumanda soʻzlagan nutqi // Xalq
soʻzi. – 2017. – 16-iyun.

2.

Pidayev Sh.. Qadimiy Termiz. Toshkent. Fan nashriyoti. 2001-yil.

3.

Pidayev Sh. Termiz.

Moziydan sado jurnali. 2013 y 2/58

4.

Isxaqov M. X. IX-XII asrlarda Chagʻoniyon va Termiz kulolchiligi. QADIMGI
VA OʻRTA ASR SHARQIDAGI BAQTRIYA TOXARISTON. Maʼruzalar,
konferensiyalar, arxeologik ekspeditsiyalarning tezislari, “Ilm” nashriyoti. Sharq
adabiyoti bosh tahririyati. Moskva 1983-yil.

5.

Shamsiddin Kamoliddin. Termiz vohasi shaharlari. Moziydan sado jurnali. 2013
y 2/58.

6.

Массон М.Е. Терезская археологическая экспедиция, работы 1936-1938
гг//КСИИМК.VI. М.-Л.1940 ;

7.

Глазурованная керамика Ташкентского оазиса IX–XII веков. ... И. А.
Сухарев Комната XII века на площади II приамударьинской части. “Фан”
1950. С 25.

8.

Тереножкин А.И. Глазурованная керамика Ташкентского оазиса IX–XII
веков. Фонд Марджани ... Впервые выявлено в 1929 г.

9.

Шишкиной Г.В."Глазурованная керамика Согда" Ташкент, 1979 г. С 53-65

10.

Глазурованной керамики XIII—XIV вв. Ответственные редакторы: С. Г.
Бочаров, В. Франсуа, А. Г. Ситдиков, Брусенко Л. Г. 1986. С 36

11.

Анарбаев А. О применении кубуров в водоснабжении и канализации
городов ... Л.Г. Брусенко. Зооморфные мотивы в глазурованной керамике
Бинкета X-XII вв.

12.

Ильясов Д.Ж., Ильяьсова. С.. "Нет блага в богатстве...": глазурованная
керамика Ташкентского оазиса IX-XII веков. Москва. Фонд маржани. 2016.
С 53-68.

References

Mirziyoyev Sh.M. “Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash-davr talabi” mavzusidagi anjumanda soʻzlagan nutqi // Xalq soʻzi. – 2017. – 16-iyun.

Pidayev Sh.. Qadimiy Termiz. Toshkent. Fan nashriyoti. 2001-yil.

Pidayev Sh. Termiz. Moziydan sado jurnali. 2013 y 2/58

Isxaqov M. X. IX-XII asrlarda Chagʻoniyon va Termiz kulolchiligi. QADIMGI VA OʻRTA ASR SHARQIDAGI BAQTRIYA TOXARISTON. Maʼruzalar, konferensiyalar, arxeologik ekspeditsiyalarning tezislari, “Ilm” nashriyoti. Sharq adabiyoti bosh tahririyati. Moskva 1983-yil.

Shamsiddin Kamoliddin. Termiz vohasi shaharlari. Moziydan sado jurnali. 2013 y 2/58.

Массон М.Е. Терезская археологическая экспедиция, работы 1936-1938 гг//КСИИМК.VI. М.-Л.1940 ;

Глазурованная керамика Ташкентского оазиса IX–XII веков. ... И. А. Сухарев Комната XII века на площади II приамударьинской части. “Фан” 1950. С 25.

Тереножкин А.И. Глазурованная керамика Ташкентского оазиса IX–XII веков. Фонд Марджани ... Впервые выявлено в 1929 г.

Шишкиной Г.В."Глазурованная керамика Согда" Ташкент, 1979 г. С 53-65

Глазурованной керамики XIII—XIV вв. Ответственные редакторы: С. Г. Бочаров, В. Франсуа, А. Г. Ситдиков, Брусенко Л. Г. 1986. С 36

Анарбаев А. О применении кубуров в водоснабжении и канализации городов ... Л.Г. Брусенко. Зооморфные мотивы в глазурованной керамике Бинкета X-XII вв.

Ильясов Д.Ж., Ильяьсова. С.. "Нет блага в богатстве...": глазурованная керамика Ташкентского оазиса IX-XII веков. Москва. Фонд маржани. 2016. С 53-68.