ОБЩАЯ ОПИСАНИЕ, КЛАССИФИКАЦИЯ И ЭТНОТЕРРИТОРИАЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ОКРЕСТНОСТЕЙ СУРХОНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация

В Узбекистане реализовано множество реформ, направленных на повышение роли соседства как традиционной социальной структуры в управлении государством и обществом, предприняты эффективные усилия по поднятию его на уровень структуры самоуправления, не имеющей аналоги в мире. Особое внимание уделено вопросу повышения общественно-политической активности граждан в органах самоуправления, поднятия их на уровень структуры с правом принятия практических мер по обеспечению сильной социальной защиты, занятости женщин и молодежи. будучи направленным. Это дает жителям возможность активно участвовать в процессах местного управления.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2020
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
22-34
52

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Муминов U. ., & Абдуллаев J. . (2025). ОБЩАЯ ОПИСАНИЕ, КЛАССИФИКАЦИЯ И ЭТНОТЕРРИТОРИАЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ОКРЕСТНОСТЕЙ СУРХОНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ. Предпринимательства и педагогика, 3(4), 22–34. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/59220
Улмас Муминов, Денауский институт предпринимательства и педагогики
Доктор философии по историческим наукам (PhD)
Жамшид Абдуллаев , Денауский институт предпринимательства и педагогики
Преподаватель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В Узбекистане реализовано множество реформ, направленных на повышение роли соседства как традиционной социальной структуры в управлении государством и обществом, предприняты эффективные усилия по поднятию его на уровень структуры самоуправления, не имеющей аналоги в мире. Особое внимание уделено вопросу повышения общественно-политической активности граждан в органах самоуправления, поднятия их на уровень структуры с правом принятия практических мер по обеспечению сильной социальной защиты, занятости женщин и молодежи. будучи направленным. Это дает жителям возможность активно участвовать в процессах местного управления.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

22

IJTIMOIY FANLAR

SURXONDARYO VILOYATI MAHALLALARINING ETNOHUDUDIY

XUSUSIYATLARI

MUMINOV ULMAS RAVSHANQULOVICH

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Email:

umuminov1989@gmail.com

UDK: 39:308:394

https://orcid.org/0009-0007-7144-7298

ABDULLAYEV JAMSHID IZZATULLAYEVICH

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi

Email:

abdullayevjamshid19900131@gmail.com

Kalit so‘zlar:

Mahalla, jamiyat,
davlat, islohot,
fuqaro, rais,
ijtimoiy, yoshlar,
oila, ayollar.

Annotatsiya:

O‘zbekistonda davlat va jamiyat boshqaruvida

mahallaning an’anaviy ijtimoiy tuzilma sifatidagi rolini oshirish
borasida talay islohotlar amalga oshirilib, uni dunyoda
o‘xshashi yo‘q o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmasi darajasiga
ko‘tarish borasida samarali ishlar qilindi. Ayniqsa o‘zini o‘zi
boshqarish organlarida fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirish, ularni kuchli ijtimoiy himoyalash, xotin-qizlar va
yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish
huquqiga ega tuzilma darajasiga ko‘tarish masalasiga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Bu esa aholiga mahalliy boshqaruv
jarayonlarida faol ishtirok etish imkoniyatini bermoqda.

ОБЩАЯ ОПИСАНИЕ, КЛАССИФИКАЦИЯ И

ЭТНОТЕРРИТОРИАЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ОКРЕСТНОСТЕЙ

СУРХОНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

Ключевые слова:

Махалла, община,
государство,
реформа,
гражданин,
председатель,
социальный,
молодежь, семья,
женщины.

Аннотaция:

В Узбекистане реализовано множество

реформ, направленных на повышение роли соседства как
традиционной социальной структуры в управлении
государством и обществом, предприняты эффективные
усилия по поднятию его на уровень структуры
самоуправления, не имеющей аналоги в мире. Особое
внимание уделено вопросу повышения общественно-
политической

активности

граждан

в

органах

самоуправления, поднятия их на уровень структуры с


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

23

правом принятия практических мер по обеспечению
сильной социальной защиты, занятости женщин и
молодежи. будучи направленным. Это дает жителям
возможность активно участвовать в процессах местного
управления.

GENERAL DESCRIPTION, CLASSIFICATION AND ETHNO-

TERRITORIAL CHARACTERISTICS OF SURKHONDARYO REGION

MAHALLA

Key words

:

Mahalla,
community, state,
reform, citizen,
chairman, social,
youth, family,
women.

Abstract:

In Uzbekistan, a number of reforms have been

implemented to increase the role of the mahalla as a traditional
social structure in state and public governance, and effective
work has been done to elevate it to the level of a self-
government structure that has no analogues in the world. In
particular, special attention is paid to the issue of increasing
the socio-political activity of citizens in self-government
bodies, raising them to the level of a structure with the right to
take practical measures to ensure their strong social protection,
and employment of women and youth. This gives the
population the opportunity to actively participate in local
governance processes.

KIRISH

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning

ko‘plab milliy modellari ishlab chiqilgan bo‘lib, bunday tuzilmalar davlatlarning
hududiy tuzilishi, siyosiy rejimi, aholi turmush tarzini tashkil etish kabi yo‘nalishlarga
ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa ilg‘or Yevropa mamlakatlarida o‘zini o‘zi boshqarish
organlari ya’ni, munitsipal hokimiyat organlari davlat hokimiyati organlari bilan birdek
vakolatlarga ega ekanligi xarakterlidir. O‘zini o‘zi boshqarish organlari va davlat
hokimiyati organlari o‘rtasidagi muvofiqlikka asosan fuqarolar mahalliy doirada o‘z
xohish-irodasini erkin ifodalash, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish, o‘z haq-
huquqlarini himoya qilish kabi imkoniyatlariga ega ekanligi, ushbu tuzilmalarning
samarali faoliyat yuritayotganligidan dalolatdir. Shu boisdan o‘zini o‘zi boshqarish
tizimi har qanday demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlagan davlatlar ijtimoiy hayotining
o‘ziga xos atributi hisoblanganligi bois, turli shart sharoitlar va taraqqiyot darajasidagi
davlatlarda o‘ziga xos milliy boshqaruv modellarini va strategiyasini shakllantirish
masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Xorijdagi nufuzli ilmiy tadqiqot muassasalarida mahalliy boshqaruv organlari va

munitsipalitetlarining boshqaruv modellarini nomarkazlashtirish, ular avtonomiyasini


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

24

konstitutsiyaviy tartibga solishga yo‘naltirilgan huquqiy normalarni shakllantirish,
mahalliy tuzilmalarning alohida ijtimoiy institut sifatidagi nufuzini oshirish, tuzilmalar
faoliyati uchun zarur subsidiyalar ajratishga oid masalalarda ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Jumladan, zamonaviy ijtimoiy rivojlanishning asosiy tendensiyasi sifatida
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda
hududlarning mas’uliyatini oshirish, joylarda o‘zini o‘zi boshqarishning eng samarali
shakllarini joriy etish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga davlat
boshqaruvi va mahalliy boshqaruvning o‘zaro kombinatsiyasini yuzaga chiqarish,
mahalliy boshqaruv tuzilmalarining hududiy vakillik organi sifatidagi rolini oshirish,
davlat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyani
ta’minlash masalalari dolzarb ilmiy muammolar sifatida tadqiq etilmoqda.

MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI

Tadqiqot olib borish jarayonida tarixiy-qiyosiy tahlil (comparative analysis),

taqqoslash, tizimli tahlil, davriy izchillik, obyektivlik, og‘zaki tarix kabi ilmiy tadqiqot
usullaridan foydalanilgan.

O‘zbekiston mustaqilligi yillarida mahallaning keng qamrovli faoliyati turli

yo‘nalishlarda chop etilgan asarlar, ilmiy maqolalar va ayrim tadqiqotlarda o‘z aksini
topgan. Jumladan, G.Umarova, Z.Arifxanova, V. Ishquvatov, F.Tolipov, B. Eshov, O.
Bo‘riyev, A. Tursunov, X. Sharopov, Ochilov A, I. Bobojonov, X. Raxmonov kabi
tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlarni kiritish mumkin. Mazkur
tadqiqotlarda o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususan mahallaning o‘tmishdagi va
bugungi kundagi keng qamrovli faoliyati tarixiy va tarixiy-etnografik yo‘nalishda
tadqiq etilgan. Ammo ularda O‘zbekistonning janubiy viloyatlari, xususan Surxondaryo
viloyati mahallalariga oid ayrim ma’lumotlar uchrasa-da, mahallaning mustaqillik
yillaridagi keng qamrovli faoliyati tarixiy aspektda alohida olib o‘rganilmagan.

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Dunyo tarixiy tajribasidan ma’lumki, har doim jamiyatni modernizatsiyalash

masalasi zamonaviy ijtimoiy fanlarning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan.
Jamiyatdagi o‘zgarishlar va ularning holati qay darajada ekanligi hozirgi ijtimoiy
o‘zgarishlar jarayonida muhim ahamiyat kasb etib, ularning muqarrarligi ijtimoiy
hayotning barcha jabhalariga ta’sir qiluvchi ijtimoiy o‘zgarishlar, doimiy harakatda
bo‘lgan, qaytarib bo‘lmaydigan jarayonlar va yana ko‘plab omillar bilan bog‘liq tarzda
rivojlanadi. Ijtimoiy o‘zgarishlar faqat bitta kontekstda rivojlanmaydi, zero inson, aqlli
mavjudot sifatida, yuksak texnologiyalar tufayli dunyoni yaxshilashga harakat qiladi,
jamiyatda ma’lum bir qarama-qarshilik paydo bo‘ladi. O‘tgan yillar tajribasidan farqli
o‘laroq, ma’lum texnologik o‘zgarishlar bir necha asrlar davomida o‘zini namoyon
qiladi, ko‘pgina texnologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi [1].

Bu borada ijtimoiy, iqtisodiy, texnik va texnologik nuqtayi nazardan turlicha

qarashlar mavjud bo‘lib, bu xususda o‘z fikrini bildirgan sotsiolog V. Moore jamiyatni


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

25

modernizatsiyalashning va ijtimoiy o‘zgarishlarning o‘nta modelini ajratib ko‘rsatadi
[2]. Uning fikricha, ular o‘z yo‘nalishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi:

1) bosqichma-bosqich va uzluksiz o‘sish;
2) bosqichma-bosqich evolyutsion o‘sish;
3) evolyutsiyaning nomutanosib sur’atlari tamoyiliga asoslangan notekis
rivojlanish;
4) siklik o‘sish;
5) tarmoqlangan, ko‘p chiziqli dinamik o‘sish;
6) siklik vektorsiz dinamika;
7) logistik o‘sishi;
8) logistik egri chiziqqa mos ravishda pasayish;
9) eksponensial o‘sish;
10) kamayib boruvchi eksponensial tarzda pasayish.

Umuman, qisqacha aytganda shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi globallashuv

davrida har bir jabhada o‘zgarishlar, yangilanishlar sodir bo‘lmoqda. Xususan,
O‘zbekistonda ham jamiyat hayotining turli sohalarida kechayotgan jarayonlar mahalla
tizimini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Ya’ni, dunyoda o‘xshashi yo‘q bo‘lgan tuzilma
mahalla tizimi va uning faoliyatida ham ulkan yangilash hamda modernizatsiya
jarayonlari kechmoqda. Bunda fuqarolarning jamiyatda va mahallada o‘z o‘rni bo‘lishi
kerakligini, ya’ni, tezkor, shiddatli davrda mahallaning har bir fuqarosi o‘z mahallasida
faollik bilan mehnat qilishi, axborotlashgan dunyoda yangicha dunyoqarash,
stereotiplar, farazlarga asoslangan holda yashashi va o‘z faoliyatini amaliyotga joriy
etmog‘i lozim. Shundagina inson bugungi yangilanayotgan jamiyatning bir bo‘lagi
bo‘la oladi. Ushbu zaminda uni to‘ldirib turuvchi inson sifatida munosib o‘rin va
pozitsiyaga ega bo‘ladi. Bu esa mahalla uyushmasining bugungi kundagi holati,
rivojlanishi, kishilar turmush tarzi va dunyoqarashidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq tarzda
ularning munosib faoliyati uchun o‘ta ahamiyatlidir.

Endi ilmiy tadqiqot ishining asosiy masalasi bo‘lgan Surxondaryo viloyati

mahallalarining umumiy tavsifi va etnohududiy xususiyatlariga umumiy ta’rif berib
o‘tamiz. Ya’ni, bu borada olib borilgan tadqiqotlar shuni anglatmoqdaki, qadimdan
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarishning alohida, o‘ziga xos uyushmasi mahalla tizimi
shakllanib kelgan. Ushbu tuzilma o‘z mohiyati, mazmuni va funksiyalariga ko‘ra
an’anaviy boshqaruv tizimi hisoblanadi. Mahalla o‘zbeklarga xos jamoa bo‘lib yashash
tarzining o‘ziga xos shakli bo‘lib, uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllangan va
aholi turmush tarzining etnik xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan.

Bu borada B. Eshovning yozishicha, antik davrda Shimoliy Baqtriyaning ko‘hna

shaharlarida kulolchilikka ixtisoslashgan mahallalar mavjud bo‘lib, ularda bir vaqtning
o‘zida bir nechta xumdonlar ishlab turgan [3]. Ulardagi idishlarni pishirish xonalarida
bir pishirishda yuzdan ortiq idishlar sig‘dirilgan. Kulolchilik xumdonlarining


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

26

qishloqlarda bo‘lmaganligi yoki kamligi shundan dalolat beradiki, kulollar o‘z
mahsulotlari bilan nafaqat shahar, balki, qishloq aholisining ham talab-ehtiyojlarini
qondirgan. Ko‘hna shaharlarda temirni qayta ishlaydigan hunarmandchilik ustaxonalari
ham bo‘lgan. Ular temirdan har xil buyumlar tayyorlaganlar. Termizdan temirchilar
mahallasi aniqlangan. Temir va misni qayta ishlash hunarmandchiligining qoldiqlari
Sho‘rtepadan ham aniqlangan.

Shahar va qishloqlarda hunarmandchilikning ko‘plab sohalari – kulolchilik,

temirchilik, teriga ishlov berish, zargarlik, toshtaroshlik, to‘qimachilik kabi o‘nlab
turlari rivojlangan edi. Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, yirik
shaharlarda hunarmandchilikning ma’lum sohasiga ixtisoslashgan ustalarning
mahallalari mavjud bo‘lgan. Demak, mahalla tuzilmasining ilk kurtaklari antik
davrlardayoq shaharlarda aholining ma’lum kasb-kori bo‘yicha joylashishi va yashash
tarzini aks ettirgan.

Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning janubiy viloyati hisoblanib, bu yerda ham

o‘zini o‘zi boshqarishning alohida, o‘ziga xos uyushmasi mahalla tizimi mavjud.
Yuqorida qayd etilganidek, ushbu tuzilma o‘z mohiyati, mazmuni va funksiyalariga
ko‘ra dunyoning boshqa mamlakatlarida uchramaydigan mahalliy boshqaruv tizimi
hisoblanadi. Mahalla o‘zbeklarga xos jamoa bo‘lib yashash tarzining o‘ziga xos shakli
bo‘lib, uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllangan va aholi turmush tarzining etnik
xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan. Ayniqsa mustaqillikka erishgan O‘zbekistonda
barcha tuzilmalar qatori mahallaga ham alohida e’tibor qaratilib, uning faoliyatini
takomillashtirishga hamda vakolat doirasini yanada kengaytirishga katta ahamiyat
berila boshlandi. U quyi hokimiyat boshqaruv organi, boshlang‘ich ijtimoiy tashkilot
maqomini oldi, uning bajaradigan vazifalari kengaytirildi. Bu esa xalqimiz tarixiy
an’analarini tiklanishida, fuqarolarimiz ongida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda mahalla faoliyatini samarali tashkil etish

ishini yanada takomillashtirish, uning huquqiy maqomini yanada kengaytirish, xalqimiz
turmush tarzi bilan bog‘liq an’analari va tarixiy tajribasini o‘rganish muhim o‘rin tutadi.
Mahallada yoshlarning ongiga ma’naviyatimizni, milliy g‘oyani chuqur singdirish,
doimiy asosda kelajak yosh avlodning ma’naviy kamolotini aqliy salohiyati bilan teng
ravishda rivojlantirib borish muhim o‘rin tutmoqda. Shu o‘rinda oila, mahalla, ishlab
chiqarish muassasalari va ta’lim muassasalari faoliyatini barkamol avlod tarbiyasi
masalasida yangi bosqichga ko‘tarish dolzarb vazifalardan hisoblanadi, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi [4].

O‘zbekiston geografik joylashuvi, etnodemografik holati, geosiyosiy va

geoiqtisodiy omillariga ko‘ra mintaqaning boshqa davlatlaridan birmuncha farq qilgani
bois, uning hududida joylashgan shahar va qishloqlar, ya’ni mahallalar ham bir-biridan
ma’lum xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi. Surxondaryo viloyati ana shunday geografik


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

27

joylashuvi, tabiiy sharoiti, etnodemografik holatiga ko‘ra ajralib turuvchi janubiy
viloyatdir.

Tadqiqot obyekti hisoblangan Surxondaryo viloyati — 1941-yilda tashkil etilgan

bo‘lib, 13 ta tuman va 1 ta Termiz shaharni o‘z ichiga oladi. Umumiy yer maydoni 20,1
ming km. Yaqin o‘tmishga murojaat qilinsa, 2010-yilgacha 8 shahar — Boysun, Denov,
Jarqo‘rg‘on, Termiz, Sharg‘un, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, 7 shaharcha Angor,
Do‘stlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon bekati, Hurriyat aholi punkti bo‘lgan.
Aholisi 2110412 ming nafar jumladan shahar aholisi 782852 ming nafar kishini tashkil
etgan [5].

2020 yil yakuniga ko‘ra esa viloyatda aholi soni 2 mln. 654 ming 794 nafarni

tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil 1-avgustgacha viloyat aholisi 2 million 743 ming 196
nafar kishini tashkil etgan. Ularda 461 ming 317 ta xonadon va 628 ming 959 ta oila
mavjud. Shundan, 1 mln. 329 ming 223 nafari xotin-qizlardir [6]. Hozirgi kunda
viloyatda jami 721 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, shundan 51 tasi
chegara mahallalar va 2 ta mahalla jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi [7].

Demak viloyat aholisi demografik statistikaga ko‘ra yildan- yilga o‘sib borgan va

ular hududning tabiiy-geografik sharoiti, iqlim xususiyatlariga bog‘liq tarzda ko‘payib
borgan va o‘zgarib turgan. Bunda mahallalarning joylashuv xususiyatlari ham muhim
rol o‘ynagan.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalarida faoliyat yurituvchi xodimlar soni va

uning o‘sishi bo‘yicha demografik statistikaga ko‘ra esa 2020-yil viloyat mahalla va
oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lib, u yerdagi xodimlarning
jami soni 26 nafardan (5 nafari ayollar) iborat bo‘lib barchasi oliy ma’lumotga ega.
Shulardan 13 nafari (52 %) tizimda avvaldan ishlagan xodimlarni tashkil etadi.
Shuningdek, shahar va tumanlar bo‘limlarida 165 nafar (43 nafar ayollar) xodimlar ham
shakllantirilgan. Ulardan 141 nafari (85,4 %) oliy ma’lumotli, 24 nafari (14,6 %) o‘rta-
maxsus ma’lumotga ega.

Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning janubiy qismida joylashganligi tufayli

viloyatdagi barcha 721 ta fuqarolar yig‘inlari aholi soni, mahallalardagi ijtimoiy-
ma’naviy muhit va hududiy geografik joylashuvi bo‘yicha toifalarga ajratilgan va ularda
ma’lum dinamik o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Mintaqadagi 51 ta mahalla qo‘shni davlatlar
bilan chegaradoshdir.

2020-yilning iyun oyida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 302-sonli

qaroriga ko‘ra Jarqo‘rg‘on tumandagi “Bobur” mahallasi hududida joylashgan Kakaydi
harbiy garnizonidagi harbiy shaharchada “Janub qalqonlari” nomli yangi mahalla
fuqarolar yig‘ini tashkil etilgan. Kakaydi harbiy garnizonidagi yangi tashkil etilgan
“Janub qalqonlari” mahalla fuqarolar yig‘inida 2019-yil 18-iyul kuni Oliy Majlis Senati
Kengashi tomonidan 2019-yil 15-fevralda “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)
sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 507-III-sonli qarori


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

28

asosida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovi tashkil etilgan. Surxondaryo viloyatida
2019-yil iyul oyiga qadar 718 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lgan bo‘lsa,
“Janub qalqonlari” mahalla fuqarolar yig‘ini tashkil topganligi sababli 2021-yilda
mahallalar soni 721 taga yetgan[8]. Bundan tashqari chegara hududlarda 2020-yil
holatiga ko‘ra 51 ta mahalla joylashgan bo‘lsa, anklav hududda joylashgan fuqarolar
yig‘inlari mavjud emas.

Mahallalarga umumiy tavsif berar ekanmiz ularning hududiy joylashuv

xususiyatlari ham e’tiborni tortadi. Masalan, viloyat hududidagi 21 ta mahalla
(Qumqo‘rg‘on tumanida “Yangi qishloq”, “G‘alaba”, “Yangi yer”, “Tayfang”,
“Bo‘ston”, Sariosiyo tumanida “Extirom”, “Chosh”, “Shoxqishloq”, Boysun tumanida
“Chor chinor”, “Pulhokim”, “Mehrobod”, Oltinsoy tumanida “Mo‘minqul”,
Jarqo‘rg‘on tumanida “Beshbuloq”, “Bobur”, “Ismoil tepa”, Denov tumanida
“Bobotog‘”, “Ibn Sino”, Sherobod tumanida “Galaguzar”, Sho‘rchi tumanida “Qora
ariq” mahalla fuqarolar yig‘inlari tuman mrkazlaridan uzoqda joylashgan. Bu esa
mazkur mahallalar bilan ishni tashkil etish, ularni nazorat qilish borasida birmuncha
qiyinchiliklar tug‘dirish shubhasiz. E’tiborli tomoni shundaki, viloyatda mahallalar
faoliyatini takomillashtirish borasida bosqichma bosqich olib borilayotgan islohotlar o‘z
amaliy natijasini bermoqda. Xususan, fuqarolar yig‘inlari orasida jamoatchilik asosidagi
faoliyat olib borgan mahallalar soniga e’tibor qaratilsa, ular 2020-yilda 54 tani tashkil
etgan bo‘lib, asosan Surxondaryo, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga
to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2021-yil holatiga ko‘ra ularning soni 44 taga kamayib, bugungi
kunda 10 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha mavjud 10 ta fuqarolar yig‘ini
davlat byudjetidan moliyalashtirilmagan holda jamoatchilik asosida (oylik ish haqisiz)
faoliyat yuritib kelmoqda, shulardan 2 tasi Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi.

Agar boshqa viloyatlar bilan taqqoslansa, shunday mahallalar Andijonda – 1 ta,

Samarqandda – 2 ta Toshkent viloyatida – 5 ta bo‘lib, davlat byudjetidan
moliyalashtirilmagan holda (oylik ish haqisiz) faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan
tashqari, chegara va anklav hududda joylashgan fuqarolar yig‘inlari soni respublika
miqyosida 2016-yilga (552 ta) nisbatan 22 taga ko‘payib, 2021-yilda 574 tani tashkil
etgan. Eng ko‘p chegara va anklav hududda joylashgan fuqarolar yig‘inlari Farg‘ona
(97 ta) va Toshkent (90 ta) viloyatiga, eng kami esa Navoiy (8 ta) viloyatiga to‘g‘ri
keladi [9].

Viloyatning geografik joylashuvi hamda hududiy xususiyatlari, etnoijtimoiy

xususiyatlari va ularning o‘ziga xosligi, viloyat hududida yangidan aholi manzilgohlari
va yashash joylarining tashkil topishi, o‘z navbatida mahallalar soniningo‘sishiga, yangi
mahallalarni tashkil topishiga turtki bermoqda. Agar buni respublika miqyosida olinsa,
xususan, 2016-yilda respublikada 8973 ta fuqarolar yig‘inlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa,
2021-yilning dastlabki choragida ular soni 9199 tani tashkil etgan. Tadqiqotlarga ko‘ra
2019 – 2021-yillar davomida Surxondaryo viloyatida ham yangi mahallalar tashkil


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

29

etilgan. Xususan, mazkur yillar davomida Oltinsoy tumanida “Sohibkor” va Uzun
tumanida “”Sahovat” mahallalari tashkil etilgan.

Surxondaryo viloyati tabiiy sharoiti birmuncha qulay, shu bilan birga xom ashyo

va mehnat resurslari yetarli hududlar qatoriga kiradi. Bugungi kunda Surxondaryo
viloyatida faoliyat olib borayotgan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ayrim
xususiyatlari bilan farqlanadi. Buni quyidagi mahalliy omillar ham tasdiqlaydi:

1)

Etnik tarkibi xilma xil boʻlgan mahalla fuqarolar yigʻinlari

(Termiz shahri,

Angor, Sherobod, Qiziriq, Sariosiyo, Uzun, Bandixon, Qiziriq, Boysun tumanlari);

2)

Shahar va tuman markazidan uzoqda, togʻ va togʻoldi hududlarida

joylashgan

mahallalar (Boysun, Bandixon, Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari);

3)

Qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh mahallalar

(Qumqoʻrgʻon, Shoʻrchi,

Sariosiyo, Termiz, Jarqoʻrgʻon, Sariosiyo, Angor tumanlari) kabi turlarga boʻlish
mumkin.

Bunday bo‘linish viloyatning nafaqat hududiy, balki, geografik, etnik va

etondemografik xususiyatlarini aks ettirganligi tadqiqotchilar uchun ham qiziqarlidir.
Mahallalar aholisining ijtimoiy-demografik tavsifiga ko‘ra agar o‘tmishga nazar
tashlansa, XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Surxondaryo hududidagi jami aholining
5, 0 foizi shaharlarda, 6,6 foizi shaharchalar va tuman markazlarida, 6,3 foizi faqat
qishloqlarda istiqomat qilgan. Jumladan, Boysun tumani jami aholisining 13,5 foizi
shaharlarda, 6,1 foizi shaharchalar va tuman markazlarida, 5,2 foizi faqat qishloqlarda,
Sherobod tumani aholisining jami 4,0 foizi shaharlarda, shaharcha va tuman
markazlarida 7,6 foizi, faqat qishloqlarda 7,3 foizi yashaganligi qayd etiladi. Endi
mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining ish faoliyatlari va ularning ijtimoiy va jinsiy
tarkibiga e’tibor qaratilsa, viloyatda 2020-yil yakuniga 20 ta mahalla fuqarolar yig‘ini
raisi lavozimi vakant bo‘lib, 701 nafar MFY raisi amalda faoliyat olib bormoqda.
Shundan, raislar orasida ayollar 59 nafarni tashkil etadi.

Viloyat aholisining ko‘payishi tarixan shakllangan mahalliy an’analar ta’sirida va

aholining doimiy migratsiyasi tufayli sodir bo‘lgan. Bunday vaziyat mahallalarda
istiqomat qiluvchi aholining etnik-ijtimoiy tarkibiga ta’sir qilmasdan qolmagan. Bu
holat bugungi kunda ham o‘z aksini topmoqda. Masalan, 2004-yildan boshlab
Surxondaryo viloyati aholisining o‘sish sur’atlari oldingi davrlarga qaraganda keskin
orta boshlagan. Respublika miqyosida aholi sonining nisbatan tez o‘sishi mamlakat
mintaqalari o‘rtasida eng ko‘p Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri
kelishi ham bejiz emas (15,0 %).

Aholining o‘sish tendensiyalari asosida D. Tashmuhamedova va boshqalar

tomonidan taqdim etilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2019-yilgacha Surxondaryo
viloyati demografiya integral indeksi tahlili natijalarida Angor va Sariosiyo tumanlari
eng past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, Angor tumanida onalar va go‘daklar o‘limi ko‘pligi
va Sariosiyo tumanida ajrashishlar va erta nikohlarning yuqoriligi bilan, salomatlik


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

30

integral indeksi tahlili natijalarida Denov va Muzrabot tumanlari eng past
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, Denov tumanida bolalikdan miya falaji kasallanishi va erta
tug‘ruqlar yuqoriligi va Muzrabot tumanida abortlar soni yuqoriligi bilan izohlanadi.
Bandlik va farovonlik integral indeksi tahlili natijasida Uzun va Denov tumanlarida eng
past ko‘rsatkichlar aniqlangan. Uzun tumanida bandlik darajasi pastligi va kam
ta’minlangan oilalar yuqoriligi, Denov tumanida esa bandlik darajasi va aholining uy-
joy bilan ta’minlanishi past darajada bo‘lgan.

Qishloq aholisi masalasiga kelsak, tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Surxondaryo va

Qashqadaryo viloyatlarida O‘zbekiston qishloq aholisining 1/5 qismi yashaydi. Ammo
qishloq aholisining soni bo‘yicha hamon Samarqand viloyati oldinda, ularning har
birida respublika qishloq aholisining 12,8 va 12,3 foizi istiqomat qiladi. Surxondaryo,
Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlari qishloq aholisining o‘sish koeffitsiyenti
1991,1995, 2000, 2005, 2012 -yillarda respublikada eng yuqori darajaga chiqqan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning demografik taraqqiyotida qishloq aholisi

soni muntazam ravishda o‘sib borib, 1991-yilda 59,5 foiz, 2006-yilda 63,8 foiz, 2010-
yilda 48,8 foiz, 2016-yilda 49,4 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, qishloqlar shahar
posyolkalariga aylantirilishi natijasida qishloq aholisi soni jami aholi soniga nisbatan
kamayib borganligini ham ko‘rish mumkin.

Bu borada viloyat mahallalari kesimidagi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2021-yil

1-yanvar holatiga eng ko‘p aholi soni Denov tumani 392,3 ming kishini (viloyat aholisi
sonidagi ulushi 14,6 % ni) va Qumqo‘rg‘on 238,7 ming kishini (8,9 %), Jarqo‘rg‘on
222,1 ming nafar kishini (8,3 %), aksincha eng kam aholi soni Bandixon tumanida 76,5
ming nafar kishi (2,9 %) tashkil etdi. Hududlar kesimida aholining eng yuqori o‘sish
sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan Termiz shahri 1,8 % ni, Denov tumani 2,0 %
ni va Sariosiyo 1,8 % ni, aksincha eng kam o‘sish sur’ati Qiziriq tumanida –1,6 % ni
tashkil etgan.

Shu o‘rinda viloyat mahallalarida yoshlarning o‘rni va nufuzi hamda ularga e’tibor

xususida. Jumladan, viloyatda profilaktik hisobda turgan 154 nafar yoshlar mavjud.
Umuman, biz quyidagi jadvalda viloyatda yoshlarning salmog‘iga oid statistik
ma’lumotlarni taqdim etamiz:

Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonlarini yo‘lga solish

uchun maktabgacha ta’lim muassasalari, o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining
o‘rni katta. Xususan, viloyat markazidan uzoq bo‘lgan Boysun tumanida Vazirlar
Mahkamasining “2019 — 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanini
kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq “Obi”,
“Ketmonchi”, “Mehriobod”, “Kosiblar”, “Pasurxi”, “Temir darvoza”, “Ko‘lqamish”,
“Hunarmandlar”, “Inkaobod”, “Sho‘rsoy” mahallalarida Davlat-xususiy sherikchiligi
asosida maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish mo‘ljallangan. Bu ham
mahallalarda bog‘cha yoshidagi bolalar qamrovini oshishiga olib keldi va aholi


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

31

bandligini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Bu esa mahallalarning turli hududiy mintaqalarda joylashganligi ularning

daromadida ham o‘z aksini topadi. Ya’ni, mahallalarda aholining daromadi o‘z o‘rnida
turlichadir. Masalan, 90 yillar boshida viloyat mahallalarida shaxsiy tomorqa
xo‘jaliklarining kengayishi hisobiga oilaviy tadbirkorlik oziq-ovqat mahsulotlarining
salmoqli qismini bergan va oilalar daromadini ma’lum ma’noda ta’minlagan. Jumladan,
1996-yil ma’lumotlariga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlikdan bir oilaga to‘g‘ri keladigan
daromad viloyat oilalarida 100,5 so‘mni tashkil etgan.

Endi mahallalarning xizmat binolari bilan ta’minlanishi, ularning holati masalasiga

e’tibor qaratilsa, viloyatdagi 721 ta MFY larning 541 tasi o‘z xizmat binosiga ega,
qolgan 180 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 87 tasi ta’lim va tibbiyot muassasalari
hamda 93 tasi boshqa korxona tashkilotlar binolarida faoliyat yuritib kelmoqda.
Viloyatning 721 ta MFYlarda 449 ming 296 ta xonadonlarning jami 49 ming 472,3
gektar tomorqa yer maydonlari mavjud shundan tomorqasi mavjud hovlilar soni 481811
tani tashkil etadi. Surxondaryo viloyatida mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida
2020-2022-yillarga mo‘ljallangan Dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, Dasturga asosan 2020-
yilda 80 ta, 2021-yilda 69 ta, 2022-yilda 64 ta jami 213 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari
binolarini qurish rejalashtirilgan. (shundan 125 tasi Davlat xususiy sherikchilik asosida
88 tasi esa mahalliy byudjet hisobidan). Maxsus binolar ajratish bo‘yicha, viloyatda
2020-yil 80 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari dasturga kiritilgan bo‘lib, shundan; 21 ta
(Qumqo‘rg‘on tumanida “Yangi qishloq”, “G‘alaba”, “Yangi yer”, “Tayfang”,
“Bo‘ston”, Sariosiyo tumanida “Extirom”, “Chosh”, “Shoxqishloq”, Boysun tumanida
“Chor chinor”, “Pulhokim”, “Mehrobod”, Oltinsoy tumanida “Mo‘minqul”,
Jarqo‘rg‘on tumanida “Beshbuloq”, “Bobur”, “Ismoil tepa”, Denov tumanida
“Bobotog‘”, “Ibn sino”, Sherobod tumanida “Galaguzar”, Sho‘rchi tumanida “Qora
ariq”, Muzrabot tumanida “Al Hakim At-Termiziy", Termiz tumanida “Xalqobod”)
mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari yangi qurilib foydalanishga topshirildi hamda 4 ta
(Termiz shaharda “Ma’rifat”, “Temir yo‘lchi”, Oltinsoy tumanida “Sohibkor”, Uzun
tumanida “Madaniy turmush”) mahalla fuqarolar yig‘inlari balansiga bino olib berilgan
[10].

Viloyat mahallalarida aholining ijtimoiy-siyosiy faolligiga e’tibor qaratilsa, 1991-

2020-yillarda turli Davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga sazovor bo‘lgan xotin-
qizlar, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy unvonlari 62 ta, O‘zbekiston
Respublikasining ordenlari 110 ta, O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i 22 ta,
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari 28 ta, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni
sovrindorlari 35 ta, “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni sovrindorlari 8 tani tashkil
etganligi e’tiborga molikdir. Viloyatda 2010-yilda ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan
jami 23 nafar (xususan Angor tumanida 4 nafar, Denov tumanida 6 nafar, Qiziriq
tumanida 1 nafar, Sariosiyo tumanida 1 nafar, Uzun tumanida 2 nafar, Sherobod


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

32

tumanida 2 nafar hamda Termiz shahrida 7 nafar) xotin-qizlarni sog‘lom hayotga
qaytarish bo‘yicha ishlar olib borilgan.

Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan 2021-yildan mahalla instituti tizimida faoliyat

olib borayotgan 20 ming nafardan ortiq xodimlarni o‘qitish, ularga dolzarb masalalarni
o‘sha joyida hal etish bo‘yicha vazifalar berilgan edi. Bu esa ushbu tuzilma faoliyatida
o‘ziga xos o‘rin tutgan, o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalari obro‘yini ko‘tarishda alohida
xizmat ko‘rsatgan xodimlarning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy hamda madaniy jihatdan
bilim va ko‘nikmalarini oshirish va tuzilma faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda
muhim o‘rin tutdi. Shundan kelib chiqib viloyatda o‘zini o‘zi boshqarish organlarini
faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida soha xodimlarini muntazam malakasini
oshirib, ularga doimiy o‘quv seminarlari tashkil etib borish yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada
2018-yil 1-apreligacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika “Jamoatchilik
nazorati ishchi guruhi” vakillari mahallalarda ijtimoiy holatni o‘rganish maqsadida
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida bo‘lishib, aholini
qiynayotgan va “Xalq qabulxona”lariga kelib tushayotgan shikoyatlar yechimi
yuzasidan sayyor reydlar uyushtirilib, ko‘pgina muammolarni o‘sha yerlarning o‘zida
hal etishgan [11].

Surxondaryo viloyatining Boysun, Uzun, Sariosiyo, Bandixon tumanlarida

fuqarolar yig‘inlaridan ayrimlarining tuman markazlaridan 40 km va undan uzoq tog‘li,
chegara hududlarda joylashganligi o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati
samaradorligiga, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy holatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan,
viloyat va tuman markazlaridan olis masofada joylashgan fuqarolar yig‘inlarida mobil
aloqa va internet tizimidagi muammolar markaziy va mahalliy tashkilotlardan
beriladigan topshiriqlarning bajarilishiga, ovullar orasidagi masofaning uzoqligi esa
joylardagi mavjud muammolarni o‘rganish va bartaraf etishda salbiy ta’sirini o‘tkazadi.
Shundan kelib chiqib, yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash
vazirligi tomonidan respublika bo‘yicha viloyat va tuman markazlaridan olis masofada
joylashgan fuqarolar yig‘inlari rais (oqsoqol)larining ehtiyojidan kelib chiqib,
avtomashina bilan ta’minlash uchun imtiyozli kreditlar berish tartibini joriy etish, uzoq
masofada joylashgan fuqarolar yig‘inlari rais (oqsoqol) lari ish samaradorligiga ijobiy
ta’sirini o‘tkazadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, tadqiqotlar asosida bugungi kunda viloyatdagi

mahallalarning barcha faoliyatini etnik tarkibi turli xil bo‘lgan mahalla fuqarolar
yig‘inlari, geografik joylashuviga, aholi soni, joylashuviga ko‘ra shahar va tuman
markazida va markazdan uzoqda, tog‘ va tog‘oldi hududlarida joylashgan mahallalar,
joylashuviga ko‘ra viloyat markazida hamda qo‘shni davlatlar bilan chegara hududlarda
joylashgan mahallalarga bo‘lgan holda tahlil etish mumkinligi tasdiqladi. Surxondaryo
viloyati tabiiy sharoiti birmuncha qulay, ammo xom ashyo va mehnat resurslari yetarli


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

33

hududlar qatoriga kirganligi bois, ushbu viloyatda aholining turmush sharoiti, kichik
biznes, xususiy tadbirkorlik, an’anaviy hunarmandchilik hamda kasanachilikning
etnohududiy xususiyatlari ajralib turishiga guvoh bo‘ldik. Bu esa bugungi kunda
Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish
organlari ayrim xususiyatlari bilan farqlanishini tasdiqlaydi.

Surxondaryo mahallalari ham tarixan ijtimoiy-hududiy maskan sifatida shakllanib,

aholi ijtimoiy kelib chiqishi, millati, ijtimoiy holati va yoshi turli bo‘lgan odamlardan
tashkil topganligini tasdiqladi. Mahalla oilaviy ahillikni saqlashni ta’minlashda hal
qiluvchi omil sifatida, oila va mahallada sog‘lom muhit yaratishga xizmat qilib, har
tomonlama sog‘lom, barkamol inson shakllantirishga asos bo‘ldi. Viloyat mahallalari
hayotidagi o‘zgarishlar, mahallada ijtimoiy institut sifatida jamiyat barqarorligi uchun
muhim bo‘lgan ijtimoiy me’yor va qadriyatlar saqlanib qolganligini ko‘rsatdi. Bu
mahallaning ijtimoiy institut sifatida moslashish salohiyatiga bog‘liq holda ijtimoiy
munosabatlar tizimida muhim rol o‘ynashini tasdiqladi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Побережников И.В. Теория модернизации: от классической к современной
версии // Северный регион: наука, образование, культура. Сургут, 2000. №
2. – С. 75-80.

2.

Moore W.E. Social Change. Englewood Cliffs, N.Y.: Prentice-Hall, 1974. P. 34-
46; Takje sm.: Vago S. Social Change. Englewood Cliffs, New Jersey: Prentice-
Hall, 1989. – P. 75-79; Штомпка П. Социология социальных изменений. М.:
Аспект Пресс, 1996. – С. 31-37.

3.

Eshov B. Oʻzbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi. // Darslik. – Toshkent.
2012.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-dekabrdagi “Mahalla”
maʼrifiy teleradiokanalini tashkil etish va raqamli telekoʻrsatuvlarni yanada
kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori // Oʻzbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari toʻplami. − Toshkent, 2014. 51-son, 603-modda; 2017. 2-son,
25-modda. – B. 9-11.

5.

Surxondaryo viloyati hokimligi iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi. 2010-
yil. – B. 73.

6.

https://sputniknews-uz.com/20220117/qaysi-viloyatda-doimiy-aholi-eng-kop-
22222001.html

7.

Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasining
2019-2020-yillar yakunlari boʻyicha Hisoboti va 2021-yilda amalga oshirilishi
moʻljallangan rejasi maʼlumotlari.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

34

8.

Oʻzbekiston mahallalari: tarix va hozirgi zamon. // Monografiya. – Toshkent.
2021. – B 323.

9.

Raxmonov X. Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy institutlar faoliyati tarixi
(Navoiy viloyati misolida). 07.00.01 – Oʻzbekiston tarixi. Tarix fanlari boʻyicha
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. –
Toshkenт., 2021. – B. 63.

10.

Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasining
2019-2020-yillar yakunlari boʻyicha Hisoboti va 2021-yilda amalga oshirilishi
moʻljallangan rejasi maʼlumotlaridan olindi.

11.

Ishquvatov V. Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rivojlanish
tarixi (1991-2020 yy). Tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun
yozilgan dissertatsiya. – Toshkent. 2022. – B 156.


Библиографические ссылки

Побережников И.В. Теория модернизации: от классической к современной версии // Северный регион: наука, образование, культура. Сургут, 2000. № 2. – С. 75-80.

Moore W.E. Social Change. Englewood Cliffs, N.Y.: Prentice-Hall, 1974. P. 34-46; Takje sm.: Vago S. Social Change. Englewood Cliffs, New Jersey: Prentice-Hall, 1989. – P. 75-79; Штомпка П. Социология социальных изменений. М.: Аспект Пресс, 1996. – С. 31-37.

Eshov B. Oʻzbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi. // Darslik. – Toshkent. 2012.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-dekabrdagi “Mahalla” maʼrifiy teleradiokanalini tashkil etish va raqamli telekoʻrsatuvlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami. − Toshkent, 2014. 51-son, 603-modda; 2017. 2-son, 25-modda. – B. 9-11.

Surxondaryo viloyati hokimligi iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi. 2010-yil. – B. 73.

https://sputniknews-uz.com/20220117/qaysi-viloyatda-doimiy-aholi-eng-kop-22222001.html

Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasining 2019-2020-yillar yakunlari boʻyicha Hisoboti va 2021-yilda amalga oshirilishi moʻljallangan rejasi maʼlumotlari.

Oʻzbekiston mahallalari: tarix va hozirgi zamon. // Monografiya. – Toshkent. 2021. – B 323.

Raxmonov X. Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy institutlar faoliyati tarixi (Navoiy viloyati misolida). 07.00.01 – Oʻzbekiston tarixi. Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. – Toshkenт., 2021. – B. 63.

Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasining 2019-2020-yillar yakunlari boʻyicha Hisoboti va 2021-yilda amalga oshirilishi moʻljallangan rejasi maʼlumotlaridan olindi.

Ishquvatov V. Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rivojlanish tarixi (1991-2020 yy). Tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent. 2022. – B 156.