DENOV DENDRARIYSI YUKSAK O‘SIMLIKLARIDA ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARNING TARQALISHI

Annotasiya

Ushbu maqolada Surxon vohasida joylashgan Denov dendrariysidagi  yuksak o‘simliklarda tarqalgan zamburug‘li kasalliklar haqida ma’lumotlar berilgan. Denov dendrariysi yuksak o‘simliklari mikromitsetlarini o‘rganish jarayonida hududda  un-shudring, zang, sitosporoz, septorioz, filloksitoz, morsonioz kabi zamburug‘li kasalliklar tarqalganligini kuzatilgan. Denov dendrariysi yuksak o‘simliklarida un-shudring kasalligini keltirib chiqaradigan zamburug‘larning 21 ta turi aniqlanib, 16 ta oila va 19 ta turkumga mansub 22 ta turdagi yuksak o‘simliklarni kasallantirishi, 8 ta tur zang zamburug‘lari 5 ta turdagi yuksak o‘simliklarni zararlashi aniqlangan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
32-40
28

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sodiqova , D., & Mardonov , S. (2024). DENOV DENDRARIYSI YUKSAK O‘SIMLIKLARIDA ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARNING TARQALISHI. Tadbirkorlik Va Pedagogika, 3(2), 32–40. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/44607
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Surxon vohasida joylashgan Denov dendrariysidagi  yuksak o‘simliklarda tarqalgan zamburug‘li kasalliklar haqida ma’lumotlar berilgan. Denov dendrariysi yuksak o‘simliklari mikromitsetlarini o‘rganish jarayonida hududda  un-shudring, zang, sitosporoz, septorioz, filloksitoz, morsonioz kabi zamburug‘li kasalliklar tarqalganligini kuzatilgan. Denov dendrariysi yuksak o‘simliklarida un-shudring kasalligini keltirib chiqaradigan zamburug‘larning 21 ta turi aniqlanib, 16 ta oila va 19 ta turkumga mansub 22 ta turdagi yuksak o‘simliklarni kasallantirishi, 8 ta tur zang zamburug‘lari 5 ta turdagi yuksak o‘simliklarni zararlashi aniqlangan.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

32

TABIIY FANLAR

DENOV DENDRARIYSI YUKSAK O‘SIMLIKLARIDA ZAMBURUG‘LI

KASALLIKLARNING TARQALISHI

SODIQOVA D.G‘., MARDONOV SH.U.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

E-mail:

dilfuza1775@mail.ru

UO‘K: 582.28. 581.2. (575.1141)

Kalit so‘zlar:

geterotrof,

introduksiya, Denov
dendrariysi, un-shudring,
zang, sitosporoz,
septorioz, filloksitoz,
morsonioz, patogen,
mikromitset.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Surxon vohasida

joylashgan Denov dendrariysidagi yuksak
o‘simliklarda tarqalgan zamburug‘li kasalliklar
haqida ma’lumotlar berilgan. Denov dendrariysi
yuksak o‘simliklari mikromitsetlarini o‘rganish
jarayonida hududda un-shudring, zang, sitosporoz,
septorioz, filloksitoz, morsonioz kabi zamburug‘li
kasalliklar tarqalganligini kuzatilgan. Denov
dendrariysi yuksak o‘simliklarida un-shudring
kasalligini keltirib chiqaradigan zamburug‘larning
21 ta turi aniqlanib, 16 ta oila va 19 ta turkumga
mansub 22 ta turdagi yuksak o‘simliklarni
kasallantirishi, 8 ta tur zang zamburug‘lari 5 ta
turdagi yuksak o‘simliklarni zararlashi aniqlangan.

РАСПРОСТРАНЕНИЕ ГРИБКОВЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ У

ВЫСШИХ РАСТЕНИЙ ДЕНДРАРИЯ ДЕНАУ

Ключевые слова:

гетеротроф,
интродукция,
дендрарий Денау,
мучнистая роса,
ржавчина,
цитоспороз,
септориоз,
филлокситоз,
морсониоз,
возбудитель,
микромицет.

Аннотация.

В этой статье представлена информация

о грибковых заболеваниях, распространенных у
высших растений в дендрарии Денау, расположенном
в Сурхандарьинском оазисе. В ходе изучения
микромицетов высших растений дендрария Денау
было отмечено распространение на территории таких
грибковых заболеваний, как мучнистая роса,
ржавчина, цитоспороз, септориоз, филлокситоз,
морсониоз. На высших растениях дендрария Денова
выявлен 21 вид грибов, вызывающих болезнь
мучнистой росы, 22 вида из 16 семейств и 19 родов
поражают высшие растения, 8 видов грибов ржавчины
поражают 5 видов высших растений.

SPREAD OF FUNGAL DISEASES IN TALL PLANTS OF DENOV

ARBORETUM

Key words

heterotrophic,

Abstract.

This article provides information about fungal

diseases spread on tall plants in the Denov arboretum


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

33

introduction, Denov
Arboretum, un-dew,
rust, cytosporosis,
septoriosis,
phylloxytosis,
morsoniasis,
pathogenic,
micromycete.

located in the Surkhan oasis. During the study of
micromycetes of high plants of the Denov Arboretum, it
was observed that fungal diseases such as powdery
mildew, rust, cytosporosis, septoriosis, phylloxytosis,
and morsoniosis spread in the area.

21 species of fungi

causing powdery mildew disease have been identified on
the higher plants of the Denova arboretum, 22 species
from 16 families and 19 genera affect higher plants, 8
species of rust fungi affect 5 species of higher plants.

Kirish.

Zamburug‘lar geterotrof organizmlar hisoblanib,ular organik

moddalarni mustaqil o‘zlashtira olmaydi. K.V.Popkova maʼlumotlariga ko‘ra,
fitopatogen turlarning xo‘jayin o‘simlikga taʼsir qilishi bio va nekrotroflarga
bo‘linadi. Kasallik belgilarining namoyon bo‘lishi, ularning biotrof yoki nekrotrof
ekanligi bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi [1].

Biotrof oziqlanishda parazit, o‘simlikning tirik to‘qimalaridan oziq

moddalarni so‘rib olish bilan birga, o‘simlik to‘qimalarida yashash uchun yuqori
darajada moslashgan bo‘lib, rivojlanishining maʼlum bosqichida o‘simlikga deyarli
zarar keltirmaydi. Faqatgina, keyingi bosqich yaʼni mitseliy rivojlanishining oxirgi
bosqichlarida va spora hosil qilish oldidan yaqqol parazitlikni namoyon qilib,
o‘simlik to‘qimalarini nobud qiladi [2].

Gulli o‘simliklarning taxminan 300 000 turi patogen zamburug‘lar tomonidan

hujumga uchraydi. Biroq, bitta o‘simlik turi faqat bir nechta zamburug‘ turlariga
xo‘jayin o‘simlik bo‘lishi mumkin va shunga o‘xshash, ko‘pchilik zamburug‘lar
odatda cheklangan xo‘jayin o‘simliklar oralig‘iga ega. Evolyutsiya natijasida
fitopatogen zamburug‘larning alohida o‘simlik turlari uchun yuqori ixtisoslashuvi
hamda o‘simlik-zamburug‘larning o‘zaro taʼsirida ixtisoslashuvning turli darajalari
kuzatilishi mumkin[3].

Materiallar va usullari.

Denov dendrariysi yuksak o‘simliklarida aniqlangan

mikromitsetlar tahlil qilinganda 124 ta turi parazit mikromitsetlar bo‘lib, jami
aniqlangan zamburug‘larning 86,7% ini, 19 ta turi esa saprotrof bo‘lib,13,3% ni
tahskil etdi.

Denov dendrariysi yuksak o‘simliklari mikromitsetlarini o‘rganish

jarayonida, patogen zamburug‘larga alohida eʼtibor qaratildi va ular keltirib
chiqaradigan kasallik belgilari, xo‘jayin o‘simliklarida rivojlanishi va zararlash
darajalari o‘rganildi.

Un-shudring kasalliklari.

Un-shudring keng tarqalgan, oson ko‘zga

tashlanadigan, keng tarqalgan va osongina tanish mumkin bo‘lgan o‘simlik kasalligi
hisoblanadi. Un-shudring zamburug‘lari o‘simliklarning obligat parazitlari bo‘lib,
1600 dan ortiq turkumga mansub o‘simliklarning 10 000 ga yaqin turiga taʼsir qiladi.
Obligat biotroflar sifatida un-shudring zamburug‘lari ozuqa moddalarini maxsus
oziqlantiruvchi organlar - gaustoriy orqali o‘simliklarning tirik hujayralaridan oladi.
Un-shudring zamburug‘lari oziqlanish va patogenezning samarali yashirin
usullarini, xo‘jayin o‘simlikning himoyasini zararsizlantiradigan mudofaa
mexanizmlarini yoki mudofaa signallarining samarali usullarini ishlab chiqishgan


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

34

[4].

O‘simliklarda un-shudring kasalligini Ascomycota bo‘limi, Erysiphales

tartibi, Erysiphaceae oilasiga mansub zamburug‘lar keltirib chiqaradi hamda ular
xo‘jayin o‘simlikning bargi, poyasi, novdasi va mevalarini zararlaydi. Dastlab
kasallangan o‘simlikning zararlangan aʼzolari (ko‘pincha barglar) yuzasida mayin
oqimtir, to‘rsimon mog‘or qatlam (zamburug‘ mitseliysi) paydo bo‘ladi.
Keyinchalik, kasallikning rivojlanishi natijasida barg yuzasi to‘liq mog‘or bilan
qoplanadi (1-rasm).

Kasallik o‘simlik barglarining yuqori qismida ko‘proq uchraydi, lekin u

barglarning pastki qismiga, yosh kurtaklar va poyalarga, gullarga va yosh mevalarga
ham taʼsir qiladi. Un-shudring kasalliklari madaniy va manzarali o‘simliklar orasida
doim mavjud hamda juda keng tarqalgan. Ular o‘simliklarning rivojlanishiga va
hosildorligida katta taʼsir etadi. Har yili barcha ekinlarda bo‘ladigan umumiy
yo‘qotishlarning katta qismi un-shudring tufayli yuzaga keladi. Un-shudring
zamburug‘lari kamdan-kam hollarda xo‘jayin o‘simlikni nobud qiladi. Аksincha
ularning ozuqaviy moddalaridan foydalanadi, fotosintezni kamaytiradi, nafas olish
va transpiratsiyani kuchaytiradi, o‘simlikning o‘sishini susaytiradi va hosilini
kamaytiradi.

1-rasm.

Un-shudring

bilan zararlangan

Prunus cerasifera

barglari

Maʼlum vaqtdan so‘ng mog‘or qatlam ustida mayda qora nuqtachalar

shaklidagi zamburug‘ning meva tanalari (kleystotettsiylar) rivojlanadi.
Kleystotettsiylar zamburug‘ning qishlashi va ko‘payishi uchun muhim rol o‘ynaydi
[4], [10].

Un-shudring kasalligi bilan zararlanish darajasi quyidagi 5 balli shkala

bo‘yicha hisoblandi:

Balllar
0

– sog‘lom o‘simlik;

1

– barglarda kasallikning belgilari juda kam bo‘lgan;

2

– barglarning ¼ qismi zamburug‘ mitseliysi bilan qoplangan;

3

– barglarlarning 50% i zararlangan;

4

– barglar zamburug‘lar bilan to‘liq qoplangan, uchlari quriy boshlagan


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

35

[ 5].

Natijalar va muhokama.

Tadqiqotlarimiz davomida Denov dendrariysi

yuksak

o‘simliklarida

un-shudring

kasalligini

keltirib

chiqaradigan

zamburug‘larning 21 ta turi hamda 4 ta formasini aniqladik. Mazkur zamburug‘lar
dendrariydagi 16 ta oila va 19 ta turkumga mansub 22 ta turdagi yuksak o‘simliklarni
kasallantirishi aniqlandi [6].

Aniqlangan zamburug‘lar o‘simlik oilalari bo‘yicha tarqalishi tahlil

qilinganda quyidagi natijalar olindi: Rosaceae-3 ta tur, Oleaceae-2 ta tur,
Salicaceae-2 ta tur, Fagaceae-1 ta tur, Juglandaceae-2 ta tur, Sapindaceae-1 ta tur,
Ulmaceae-1 ta tur, Fabaceae-2 ta tur, Convolvulaceae-1 ta tur, Platanaceae-1 ta tur,
Polygonaceae-1 ta tur, Moraceae-1 ta tur, Vitaceae-1 ta, Bignoniaceae-1 ta tur
hamda Grossulariaceae-1ta tur. Ushbu turlar yuksak o‘simliklarni turli xil darajada
zararlashi maʼlum bo‘ldi ( 2-rasm)

2-rasm. Un-shudring zamburug‘larni xo‘jayin o‘simliklar oilalarida

tarqalishi

Eng yuqori ko‘rsatkich 5 ballik shkala bo‘yicha,

Vitis vinifera, Quercus robur

L., Robinia pseudoacacia L.

hamda

Platanus orientalis L

. o‘simlik turlarida 4

ballgacha zararlanish kuzatildi ( 1-jadval).

1-jadval

Denov dendrariysi yuksak o‘simliklarida tarqalgan un-shudring

kasalliklarining ro‘yxati (2020-2023 yy.)

Qo‘zg‘atuvchi

zamburug‘

O‘simlik nomi

Zararlangan

qismi

kas.d.,

ball

Uncinula necator

Vitis vinifera

Barg,novda,meva

4

Uncinula ulmi

Ulmus pumila

Barg,novda

2

Erysiphe

cichoracearum f.

cousiniae

Cousinia radians

Barg

3


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

36

Erysiphe

cichoracearum

Taraxacum sect.

Taraxacum

(=Taraxacum

officinale)

Barg,novda

3

Erysiphe alphitoides

Quercus

robur

Barg,novda

4

Erysiphe salicis

Populus bolleana

Barg,novda

3

Salix alba

Barg,novda

3

Erysiphe prunastri

Prunus

cerasifera

Barg,novda,

meva

3

Erysiphe communis

Robinia pseudoacacia

Barg,novda

4

Erysiphe convolvuli

Convolvulus arvensis

Barg

3

Erysiphe platani

Platanus orientalis

Barg,novda

4

Erysiphe polygoni var

Rumex acetosa l.

Barg

3

Leveillula

bignoniacearum

f.

C

atalpae

Catalpa bignonioides

Barg,novda

2

Leveillula

leguminosarum

f.

Sophorae

Styphnolobium

japonicum (=Sophora

japonica)

Barg, novda

3

Leveillula taurica

Ribes nigrum

Barg,novda

3

Microsphaera

juglandis

Juglans regia

Barg,novda

2

Juglans Nigra

Barg,novda

2

Phyllactinia fraxini

Fraxinus sogdiana

Barg

2

Phyllactinia populi

Populus bolleana

Barg

3

Phyllactinia moricola

Morus alba

Barg

3

Phyllactinia babayani

Prunus avium

(=Prunus dulcis)

Barg,novda

3

Phyllactinia mali

Crataegus

pseudoheterophylla

Barg,novda

2

Erysiphe salicis

Wint. zamburug‘i boshqa turlarga nisbatan tarqalish areali

kengligi ajralib turdi. Mazkur tur

Populus bolleana

Mast.,

Salix alba

L.

o‘simliklarini kuchli (3 ballgacha) zararlashi aniqlandi.

Denov dendrariysidagi yuksak o‘simliklarda keng tarqalgan va kuchli

zararlaydigan un-shudring zamburug‘lariga quyidagilar kirishi aniqlandi:

Uncinula

necator, Erysiphe cichoracearum, Erysiphe platani, Erysiphe alphitoides,
Phyllactinia babayani.

Mazkur turlar xo‘jayin o‘simliklarining barglari, novdasi va

mevalarini kuchli zararlashi kuzatildi.

Zang kasalliklari.

O‘simliklarda zang kasalliklarini Pucciniales tartibiga

mansub zamburug‘ turlari qo‘zg‘atadi. Pucciniales (Fungi, Basidiomycota,
Pucciniomycotina) tartibi zamburug‘lari o‘simlik patogenlarining eng katta guruhini
ifodalaydi. Ular xo‘jayin o‘simlik to‘qimalarining yuzasida namoyon bo‘ladigan to‘q
sariq, jigarrang yoki qizg‘ish rangli spora massalari bilan tavsiflanadi. Zang
zamburug‘lari obligat biotroflar bo‘lib, ular hayotiy rivojlanish bosqichlarini
yakunlashi uchun tirik hujayralarga to‘liq bog‘liqdir [7]. Zang zamburug‘lari odatda tor


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

37

doiradagi xo‘jayin o‘simliklar diapazoniga ega bo‘lgan yuqori darajada ixtisoslashgan
patogenlar bo‘lib, shuning uchun ular xo‘jayin o‘simliklari bilan umumiy evolyutsiya
tarixiga ega [ 8 ]. Zang zamburug‘lari ko‘pchilik o‘simliklar oilalarini, shu jumladan
ignabargli daraxtlar, paporotniklar va moxlarni zararlashga qodir va butun dunyoda
asosiy ekinlar va o‘rmon o‘simliklari kasalliklarining sababchisi hisoblanadi [ 10].
Zang kasalligi taʼsirida o‘simliklarning bargi, novdasi, poyasi, gullari hamda
mevalari zararlanadi. Ushbu kasallikning o‘ziga xos belgilari kasallangan
o‘simlikning to‘qimalarida epidermisni yorib chiquvchi, qo‘ng‘ir, sariq - qizg‘ish
tusdagi yostiqchalarning namoyon bo‘lishidir.

Olib borgan tadqiqotlarimiz natijasiga ko‘ra, Denov dendrariysi yuksak

o‘simliklarida 8 ta tur zang zamburug‘lari aniqlandi. Mazkur zamburug‘lar
dendrariydagi 3 ta oila va 4 ta turkumga mansub 5 ta turdagi yuksak o‘simliklarni
zararlashi aniqlandi .

Aniqlangan zamburug‘larni o‘simlik oilasi bo‘yicha tahlil qilganimizda

ularning xo‘jayin o‘simliklar oilalarida quyidagicha tarqalganligiga guvoh bo‘ldik:
Salicaceae -3 ta tur, Rosaceae -1 ta tur, Malvaceae -1 ta tur. Mazkur aniqlangan turlar
yuksak o‘ simliklarni turli darajada zararlashi qayd etildi (3-rasm).


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

38

3-rasm.

Melampsora larici-tremulae

bilan zararlangan

P.orientalis

barglari

Eng yuqori ko‘rsatkich 5 ballik shkala bo‘yicha,

Populus bolleana Mast.,

Salix alba L., R. canina L

. o‘simliklarida 4 ballni tashkil etdi (2-jadval).

2-jadval

Denov dendrariysi yuksak o‘simliklarida tarqalgan zang

kasalliklarining ro‘yxati (2020-2023 yy.)

Zang zamburug‘i

O‘simlik nomi

Zararlangan

qismi

kas.d.,

ball

Melampsora larici-tremulae

Populus alba

Barg

4

Melampsora pruinosa

Populus alba

Barg

2

Melampsora tremulae

Populus bolleana

Barg

4

Populus alba

Barg

3

Melampsora populina

Populus alba

Barg

4

Melampsora salicina

Salix alba

Barg

4

Melampsora hissarica

Salix alba

Barg

4

Phragmidium tuberculatum

R. canina

Barg, meva

4

Puccinia Malvacearum

Malva neglecta

Barg

3


Zang kasalligini qo‘zg‘atuvchisi

Melampsora hissarica

zamburug‘i

Salix alba

o‘simligida qayd etildi. Bu zamburug‘ o‘simlikning barglarini zararlashi kuzatildi.

Populus alba

o‘simlik turida zang zamburug‘larining 3 ta yaʼni

Melampsora larici-

tremulae

Kleb.,

M. tremulae

Kleb.,

M. populina

Kleb. turlari zang kasalligini

qo‘zg‘atishi kuzatildi. Bulardan

Melampsora larici-tremulae

Kleb. va

M. populina

Kleb. zamburug‘lari o‘simlikni 4 ballgacha zararlashi qayd etildi.

M. pruinosa

Tranz., va

M. tremulae

Kleb. zamburug‘lari o‘simlikda kuchsiz rivojlanib,

o‘simlikni 1-2 ball atrofida zararlashi kuzatildi. (4-rasm).

M. tremulae

Kleb. zamburug‘i terakning 2 ta

Populus alba

L. hamda

Populus

bolleana

Mast. turlarini zararlashi aniqlandi.



background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

39
















4-rasm.

Melampsora populina

– Terakdagi zang kasalligi


Xulosa.

Surxon vohasi Denov dendrariysidagi 16 ta oila va 19 ta turkumga

mansub 22 ta turdagi yuksak o‘simliklar un-shudring kasalligi bilan zararlanishi
kuzatildi. Mazkur kasallikni zamburug‘larning 21 ta turi hamda 4 ta formasi keltirib
chiqarishi maʼlum bo‘ldi. Aniqlangan zamburug‘larni o‘simlik oilasi bo‘yicha taxlil
qilganimizda ularning xo‘jayin o‘simliklar oilalarida quyidagicha tarqalganligiga
guvox bo‘ldik: Rosaceae-3 ta tur, Oleaceae-2 ta tur, Salicaceae-2 ta tur, Fagaceae-1
ta tur, Juglandaceae-2 ta tur, Sapindaceae-1 ta tur, Ulmaceae-1 ta tur, Fabaceae-2 ta
tur, Convolvulaceae-1 ta tur, Platanaceae-1 ta tur, Polygonaceae-1 ta tur, Moraceae-
1 ta tur, Vitaceae-1 ta, Bignoniaceae-1 ta tur hamda Grossulariaceae-1ta tur.

Vitis

vinifera

,

Quercus robur

,

Robinia pseudoacacia

. hamda

Platanus orientalis

o‘simlik

turlari un-shudring bilan kuchli zararlanish mumkin ekan.

Denov dendrariysi yuksak o‘simliklarida zang kasalligini keltirib

chiqaradigan 8 ta tur zamburug‘lari aniqlandi. Mazkur zamburug‘lar dendrariydagi
3 ta oila va 4 ta turkumga mansub 5 ta turdagi yuksak o‘simliklarni zararlashi
maʼlum bo‘ldi. Ushbu zamburug‘lar Salicaceae, Rosaceae, Malvaceaeoilalariga
mansub o‘simliklarda patogenlik qilishi hamda

Populus bolleana

Mast

., Salix alba

L.,

R. canina

L. o‘simliklarini kuchli zararlashi maʼlum bo‘ldi.

Adabiyotlar ro‘yxati; Библиографические ссылки; References:

1.

Попкова К.В и др. Общая фитопатология. 2-изд. М.«Дрофа», 2005, - 448 с.

2.

Doehlemann G. et al. Plant pathogenic fungi //The fungal kingdom. 2017. – P. 71-
726.

3.

Hibbett D. S. et al. A higher-level phylogenetic classification of the Fungi
//Mycological research. 2007. 111( 5). –P. 509-547.

4.

Agrios G.N.

Plant pathology

. Elsevier, 2005. – 921р

5.

Чумаков А.Е., Минкевич И.И. и др. Основные методы фитопатологических
исследований. – Москва: Колос, 1974. – 189 с.

6.

Sodikova D. G. et al. Ecology of micromycetes of higher plants of the Denov
Arboratory //BIO Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 105. – С. 06003


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

40

7.

Cummins G.B., Hiratsuka Y.

Illustrated genera of rust fungi

(No. Ed. 3). American

Phytopathological Society (APS Press), 2003. – 40 p

8.

Sodiqova D., Mardonov Sh. Denov dendrariysi yuksak osimliklaridagi
мikromitsetlarning такsonomik таhlili // Ўзбекистон Миллий университети
хабарлари. – 2024. – Т. 3. – №. 3.1. – С. 131-134. (03.00.00; №9)

9.

Tavares S. et al. Genome size analyses of Pucciniales reveal the largest fungal
genomes //Frontiers in plant science. 2014, 5. 103605-pp.

10.

Takamatsu S. et al. First comprehensive phylogenetic analysis of the genus Erysiphe
(Erysiphales, Erysiphaceae) I. The Microsphaera lineage //Mycologia. 2015, 107(3).
–P. 475-489.




















Bibliografik manbalar

Попкова К.В и др. Общая фитопатология. 2-изд. М.«Дрофа», 2005, - 448 с.

Doehlemann G. et al. Plant pathogenic fungi //The fungal kingdom. 2017. – P. 71-726.

Hibbett D. S. et al. A higher-level phylogenetic classification of the Fungi //Mycological research. 2007. 111( 5). –P. 509-547.

Agrios G.N. Plant pathology. Elsevier, 2005. – 921р

Чумаков А.Е., Минкевич И.И. и др. Основные методы фитопатологических исследований. – Москва: Колос, 1974. – 189 с.

Sodikova D. G. et al. Ecology of micromycetes of higher plants of the Denov Arboratory //BIO Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 105. – С. 06003

Cummins G.B., Hiratsuka Y. Illustrated genera of rust fungi (No. Ed. 3). American Phytopathological Society (APS Press), 2003. – 40 p

Sodiqova D., Mardonov Sh. Denov dendrariysi yuksak osimliklaridagi мikromitsetlarning такsonomik таhlili // Ўзбекистон Миллий университети хабарлари. – 2024. – Т. 3. – №. 3.1. – С. 131-134. (03.00.00; №9)

Tavares S. et al. Genome size analyses of Pucciniales reveal the largest fungal genomes //Frontiers in plant science. 2014, 5. 103605-pp.

Takamatsu S. et al. First comprehensive phylogenetic analysis of the genus Erysiphe (Erysiphales, Erysiphaceae) I. The Microsphaera lineage //Mycologia. 2015, 107(3). –P. 475-489.