55
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].
IJTIMOIY FANLAR
Xakimov Zafar Ibragimovich
Iqtisod fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Xakimova Nasiba Abduraimovna, magistrant
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
UO‘K: 33/2964
OZIQ-OVQAT XAFSIZLIGI MUAMMOSINI BARTARAF ETISHDA AHOLI
TOMORQA YERLARIDAN SAMRALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI
ВОЗМОЖНОСТИ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ
ПРИУСАДЕБНЫХ ЗЕМЕЛЬ ДЛЯ УСТРАНЕНИЯ ПРОБЛЕМЫ
ОТСУТСТВИЯ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ
Хакимов Зафар Ибрагимович
доктор философии (PhD) по экономическим наукам
Хакимова Насиба Абдураимовна, магистрант
Денауский институт предпринимательства и педагогики
Ключевые
слова:
приусадебных
участков,
фермерские
хозяйства,
Аннотация.
В данной статье изучались льготы,
предоставляемые государством, играют важную роль в
эффективном
использовании
земель
населения
в
устранении проблемы отсутствия продовольственной
безопасности.
В
частности,
был
изучен
анализ
статистических данных о подсобных и фермерских
хозяйствах. Изучая практику вторичного распределения
Kalit soʻzlar:
tomorqa xoʻjaligi,
dehqon xoʻjaliklari,
dotatsiya, subsidiya,
moliyalash
mexanizmi,
“Tomorqa xizmati”
MCHJ, soliq
imtiyozlari,
jamgʻarma
mablagʻlari,
investitsiya.
Annotatsiya.
Mazkur
maqolada
oziq-ovqat
xafsizligi
muammosini bartaraf etishda aholi tomorqa yerlaridan samrali
foydalanishda davlat tomonidan beriladigan imtiyozlarning
muhim rol oʻynashi tadqiq etilgan. Xususan, aholi tomorqalari
va dehqon xoʻjaliklariga oid statistik maʼlumotlar tahlili
oʻrganildi. Mamlakatimizda aholiga ajratiladigan yerlarni
ikkilamchi taqsimlash amaliyoti oʻrganilgan holda, mahsulot
ishlab chiqarish dinamikasiga taʼsiri aniqlandi. Aholi tomorqa
yerlaridan foydalanishga ijobiy va salbiy taʼsir qiluvchi omillar
aniqlandi. Tomorqa xoʻjaligini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash
mexanizmlari va yer unumdorligini oshirish, yangi sugʻorish
texnologiyalarini jalb qilish va suvdan oqilona, tejab-tergab
foydalanishni aholi daromadlarini oshirishdagi taʼsiri boʻyicha
asoslangan xulosalar shakllantirilgan.
56
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].
дотация,
субсидия,
механизм
финансирования,
налоговые
льготы,
сберегательные
фонды,
инвестиции.
земли, выделенной населению в нашей стране, было
определено влияние на динамику производства продукции.
Определены положительные и отрицательные факторы,
влияющие на использование населением приусадебных
земель. Сформированы выводы, основанные на механизмах
финансового обеспечения приусадебного хозяйства и
влияния повышения продуктивности земель, привлечения
новых технологий орошения, рационального, экономного
водопользования на повышение доходов населения.
POSSIBILITIES OF EFFECTIVE USE OF HOUSEHOLD LAND TO
ELIMINATE THE PROBLEM OF FOOD INSECURITY
.
Khakimov Zafar Ibrahimovich
Doctor of Philosophy (PhD) in Economics
Khakimova Nasiba Abduraimovna, master student
Denau institute of entrepreneurship and pedagogy
Key words:
personal plots,
farms,
subsidies,
subsidies,
financing
mechanism,
tax incentives,
savings funds,
investments.
Annotation .
In this article, it became known that the benefits
provided by the state play an important role in the efficient use of
the household lands of the population in eliminating the problem of
food insecurity. In particular, the analysis of statistical data on
households and farms was studied. In our country, the practice of
secondary distribution of land allocated to the population was
studied, and its impact on the dynamics of production was
determined. Positive and negative factors affecting the use of
homestead land by the population were determined. Conclusions
based on the mechanisms of financial support for homesteading and
the impact of increasing land productivity, attracting new irrigation
technologies, and rational, economical use of water in increasing the
incomes of the population have been formed.
KIRISH
Tomorqa xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirishni koʻpaytirish orqali aholi
daromadini oshirish, ichki bozorni arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan
toʻldirish, tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini
yaratish, har bir hududda tomorqa yer egalari oʻrtasida ishlab chiqaruvchilar bilan
kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan
iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sanaladi. Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligida
foydalanish uchun yaroqli deb hisoblangan yer maydonlarining kamligi tufayli mavjud
yerdan foydalanishning samarali yoʻllarini izlashni davrning oʻzi taqozo qilmoqda.
Jahonda oziq-ovqat mahsulotlari xafsizligi muammosini bartaraf etishda qishloq
57
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].
xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga alohida eʼtibor
qaratilmoqda. Bunda aholini tomorqa yerlaridan foydalanish koʻlamini oshirish va
qoʻllab –quvvatlash boʻyicha samarali mexanizmlarni qoʻllash dolzarblik kasb etadi.
Adabiyotlar sharhi.
Bu borada mamlakatimiz olimlari va mutaxassisslari
tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida batafsil bayon etilgan. Jumladan,
Professor A.S. Altiyev oʻzining tadqiqot ishida aholiga tegishli yer resurslaridan
samarali foydalanishda yerning meliorativ holatini yaxshilash va davlat tomonidan
moliyalashga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidlab oʻtadi [1].
Shuningdek, tadqiqotchi
Ch.P.Xujakeldiyev aholi tomorqalarini soliqqa
tortishda yerlarni bonitet ballaridan kelib chiqib, yuqori unumdorlikka erishgan
tomorqa yer egalari uchun soliq stavkalarini kamaytirib borishni taklif qiladi [2].
Tadqiqotchi U.T.Tulakov yerdan olinadigan soliqlarni undirishda yer
unumdorligiga qarab koefitsentlar qoʻllash orqali ularga yengilliklar taqdim etish
lozimligini taʼkidlaydi [3].
Professor N.Quziyeva qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni
moliyalashda xorijiy moliyaviy institutlar mablagʻlaridan foydalanish qulay va
samarali usul ekanligini taʼkidlaydi [4].
Tadqiqotchi Sh.T. Xasanov qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan oqilona
foydalanishda davlat tomonidan taʼsir choralari sifatida iqtisodiy vositalardan keng
foydalanish va yerning unumdorligini oshiruvchi shaxslarga nisbatan yengilliklar
taqdim etish lozimligini takidlaydi [5].
Bizning fikrimizcha, aholi tomorqalarida mahsulot yetishtirishni qoʻllab-
quvvatlash maqsadida xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan qarz mablagʻlarini
jalb qilish, tomorqadan samarali foydalanishda yer unumdorligini oshirishga alohida
eʼtibor qaratish, zamonaviy sugʻorish texnologiyalaridan foydalanish, koʻproq hosil
beruvchi va bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulotlarini yetishtirish, mahsulotlarni
sotishda “marketpleys” usulini qoʻllash, mahsulotlarni yetishtirishda masofaviy onlayn
maslahatlar koʻrsatuvchi platformadan foydalanish va yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi
mahsulotlarini saqlash, qayta ishlashda “Tomorqa xizmati” MCHJlar xizmatidan
foydalanish lozim.
Tahlil va natijalar.
Jahonda globallashib borayotgan oziq-ovqat xavfsizligi
muammosini bartaraf etishda dehqon va fermer xoʻjaliklari qatori aholi tomorqalaridan
samarali foydalanish dolzarblik kasb etadi.
Mamlakatimizda 4,5 mln aholi ixtiyorida
502,8 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlari mavjud.Ulardan samarali
foydalanish orqali yiliga 2 mln. tonnadan ortiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirib
kelmoqda. Ortiqcha yetishtirilgan mahsulotlar eksportga yoʻnaltirilib, yalpi ichki
mahsulotning oshishiga xizmat qiladi.
58
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].
Sogʻlikni saqlash tashkilotining qayd etishlaricha, insonning uzoq umr koʻrishi va
salomatligi uchun har bir kishiga oʻrtacha yillik 113 kilogramm sabzavot, 19,3
kilogramm poliz, 21,3 kilogramm meva va uzum, 50,4 kilogramm kartoshka, 40
kilogramm goʻsht, 140 litr sut, 121 dona tuxum, 0,8 kilogramm asal va boshqalar talab
qilinadi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, yurtimiz hududining 85 foizi choʻl hamda
yarimchoʻl yerlardan tashkil topgan. Jami sugʻoriladigan yerlarning 49 foizi turli
darajada shoʻrlangan boʻlib, uning qariyb 18 foizi kuchli va oʻrta darajada shoʻrlangan,
23 foizdan ortigʻi esa ball boniteti past (0-10 ball) yerlar toifasiga kiradi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi yer fondi 20,2
mln gektarni tashkil etib, bu yerlarning bor yoʻgʻi 20,7 foizi, yoki 4,2 mln gektari
sugʻoriladigan yerlar hisoblanadi. Soʻnggi 20 yil mobaynida sugʻoriladigan yerlar
aholi jon boshiga hisoblaganda 23 sotixdan 16 sotixgacha, yaʼni 24 foizga kamaygan
(1- rasm).
1-rasm. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi uchun ajratilgan ekin maydonining oʻzgarish dinamikasi.
Soha vakillarining prognoz qilishicha, yaqin 30 yilda sugʻoriladigan yer
maydonlari yana 20-30 foizga qisqarishi mumkin. Yerdan foydalanish boʻyicha
huquqiy asoslarning takomillashmaganligi investitsiyalarni jalb qilishni cheklab
qoʻymoqda. Oxirgi 5 yilda ushbu muammolarni bartaraf etish boʻyicha izchil chora-
tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Qishloq xoʻjaligida muammolarni oʻrganib chiqqan holda huquqiy asoslarni
ishlab chiqish, sohani modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, aholi tomorqalaridan
foydalanish samaradorligini oshirishga har doimgidan ham koʻproq ahamiyat
berilmoqda. Qishloq xoʻjaligini tabiiy resurslar tejamkorligi asosida rivojlantirish
orqali yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, energiya resurslaridan tejab-tergab
foydalanish boʻyicha vazifalar belgilab berildi.
Mamlakatimizda yer resurslaridan samrali foydalanish evaziga qishloq
xoʻjaligida qoʻshilgan qiymatning yillik oʻsishini 2018-yildagi 117,3 trln soʻmdan
3 778,3
3 647,5
3 708,4
3 694,2
3 396,1
3 260,7
2000
2005
2010
2015
2020
2021
Qishloq xo'jaligi ekinlari ekin maydoni, ming gektar
59
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].
120,8 trln soʻmga, 2025-yilda 126,89 trln soʻm va 2030-yilda 133,2 trln soʻmga
yetkazish vazifasi qoʻyilgan.
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti hajmining oshishi mos
ravishda 2018-yildagi 2,3 mlrd AQSH dollaridan 2021-yilda 3,5 mlrd AQSH
dollariga, 2025-yilda 10 mlrd AQSH dollariga v 2030-yilda 20 mlrd AQSH dollariga
yetkazish lozimligi taʼkidlangan. Aholi oʻrtasida toʻyib ovqatlanmaydiganlar ulushi
2018-yildagi 6,3 foizdan 2030-yilgacha butunlay tugatish prognoz qilingan boʻlsa,
qishloq xoʻjaligida mehnat unumdorligini oshirish (bir nafar ishchiga bir yilda
dollarda) 2018-yildagi 3 960 AQSH dollaridan 2030-yilga borib 6 500 AQSH dollariga
yetkazish vazifasi qoʻyilgan [7]. .
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv
resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son
Farmoni bilan 2019-2030-yillarda foydalanishdan chiqqan jami 1,1 mln. gektar
yerlarni qayta tiklash va foydalanishga kiritish belgilangan boʻlib, shundan, 2019-
2024-yillarda 298 ming 563 gektar qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan
sugʻoriladigan yerlarni foydalanishga kiritish rejalashtirilgan [8].
Xususan, 2020-yilda respublikada foydalanishdan chiqib ketgan jami 72,6 ming
gektar yer maydoni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida (39,1
ming gektar sugʻoriladigan va 33,5 ming gektar yer osti suvidan foydalanish hisobidan)
foydalanishga kiritildi.
2021-yilda amaliy ishlar davom etirilib, 90,7 ming gektar yer maydonlari qishloq
xoʻjaligi foydalanishiga kiritildi shundan 62,8 ming gektar sugʻoriladigan yerlarni
qayta foydalanishga kiritish hisobidan hamda 27,9 ming gektari yer osti suvlaridan
foydalanish hisobidan amalga oshirildi.
Yerlarni foydalanishga kiritish uchun davlat byudjetidan 358,4 mlrd. soʻm
mablagʻlar yoʻnaltirildi. 39,7 ming gektar yer maydonlari qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari yetishtiruvchilarning 167 mlrd. soʻm mablagʻlari hisobidan amalga
oshirildi.
Ushbu foydalanishga kiritilgan maydonlarning 41 ming gektariga 2021-yil hosili
uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtirildi, jumladan, 6,3 ming gektariga ozuqa
ekinlari, 5,7 ming gektariga sholi, 4,8 ming gektariga dukkakli, 2,7 ming gektariga
moyli, 2,7 ming gektariga sabzavot, 1,7 ming gektariga poliz, 44 gektariga kartoshka,
1,6 ming gektariga paxta, 1,1 ming gektariga gʻalla va 5 ming gektariga boshqa ekinlar
ekildi.
Lekin, shuni alohida taʼkidlashimiz kerakki, bugun tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash borasida qator muammolar ham
yuzaga chiqmoqda:
-
yerlar ajratilishida shaffoflik asosida ajaratilishi tizimi mavjud emas;
60
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].
-
yer maydonlarini haqiqiy olim, agronom va qishloq xoʻjaligi sohasida
malakasi mavjud yer egalariga topshirilmaydi, yer maydonlarining ajratilishida
ularning salohiyati oʻrganilmaydi. Maʼlumot darajasi oʻrganilganda qishloq xoʻjalik
mahsuloti yetishtiruvchilarning 16 foizigina oliy maʼlumotli mutaxassislar
hisoblanadi;
-
yerlarga egalik huquqi talab darajasida himoyalanmagan. Buning natijasida yer
strukturasi buzilishi va foydalanishdan chiqib ketishi holatlari mavjud;
-
davlat tomonidan yer maydonlariga ekin joylashtirish amaliyoti yerdan yanada
koʻproq foydalanish imkonini bermaydi;
-
mahalliy qishloq aholisining katta qismida yil davomida yerdan foydalanishda
suv resurslarining yetishmasligi kabi qator muammolar mavjud.
Bugungi kunda yurtboshimiz tomongidan mavjud muammolarni bartaraf etishda,
aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda aholi bandligini taʼminlash va
daromadini oshirishni qoʻllab-quvvatlab, qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarni
xususiylashtirishning shaffof mexanizmlarini yaratish borasida quyidagi takliflarni
ilgari surmoqda:
-
tomorqa xoʻjaliklarida 100 bosh parranda, 20 bosh quyon, 5 bosh qoʻy va
echki, 5 ta asalari uyasi, 5-10 bosh kurka, suvli hududlarda intensiv baliq boqishni
yoʻlga qoʻyish;
-
aholiga qishloq xoʻjaligi yerlarini taqsimlashning bozor mexanizmlariga
asoslangan shaffof tizimini joriy etish hamda yerga boʻlgan ijara huquqini sotish va
sotib olishni elektron tizimda, onlayn platformada amalga oshirish;
-
yer egalariga yerdan samarali foydalanish uchun imtiyozlar (mulk huquqi,
yerdan toʻliq foydalanish huquqlarini mustahkamlash va soliqqa tortish tizimini
takomillashtirish) berish;
-
ekin yerlaridan foydalanish tizimini raqamlashtirish, barcha qishloq xoʻjaligi
yerlarining elektron xaritalarini yaratish;
-
mahalliy qishloq axolisiga katta daromad olish imkonini yaratish, temir
daftariga kiritilgan aholini ish bilan taʼminlash;
-
zamonaviy va bozor mexanizmlariga asoslangan davlatni qoʻllab-quvvatlash
tizimiga oʻtish choralarini koʻrish.
Shu oʻrinda tomorqa xoʻjaligini yanada rivojlantirishning imkoniyatlari, har bir
oila oʻz tomorqa xoʻjaligidan foydalanishi qanchalik darajada unumdor ekanligi,
tomorqada ekin ekishning boshqa faoliyat turlariga taʼsiri, shu jumladan uy
hayvonlarini parvarishlashda ozuqa bazasini shakllantirishga ijobiy taʼsirini
oʻrganishga boʻlgan intilishlar ortib borayotganligi bejizga emas. Yer uchastkalarini
ikkilamchi ijara asosida aholiga taqsimlab oborotdan chiqib, qarovsiz qolgan yerlarni
61
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].
yer fondi zahirasiga qaytarish orqali yerdan foydalanish samaradorligini oshirish
mumkin.
Qishloq xoʻjaligini suv resurslarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Suvdan tejab-
tergab foydalanish asosida aholining tomorqa xoʻjaligidan samarali foydalanish
galdagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Oʻzbekistonda suv resurslarining deyarli 80 foizi transchegaraviy suv havzalari
hisobiga shakllanadi. Ushbu holat Oʻrta Osiyoda suv resurslaridan samarali
foydalanish
uchun
mintaqaviy
hamkorlikning
dolzarbligini
belgilaydi.
Mamlakatimizda irrigatsiya tizimining 70 foizi filtiratsiyaga qarshi qoplamaga ega
emas, natijada suvning maʼlum qismi dalagacha yetib borguncha yoʻqotilmoqda.
Mavjud irrigatsiya tizimi, yaʼni nasos stansiyalarining salmoqli qismi 30-40
yildan ortiq ishlatilganligi oqibatida eskirgan. 2018-yil maʼlumotlariga koʻra,
sugʻoriladigan yerlarning bor yoʻgʻi 1,7 foizi tomchilatib sugʻorish orqali amalga
oshirilgan. Suv resurslarining yetishmasligi oqibatida aholi tomorqalarini sugʻorishda
muammolar kelib chiqmoqda.
Jahon yer resurslari fondi prognoz qilishicha, 2040-yilga borib, Oʻzbekiston suv
tanqisligi eng yuqori boʻlgan 33 ta mamlakatning biriga aylanadi. Hosildorlikning
kamayishi oqibatida oziq-ovqat xavfsizligi va eksport salohiyati pasayish tendensiyasi
kuzatiladi. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash
mexanizmining ishlab chiqilmaganligi yoki moliyaviy resurslarning yetishmasligi suv
tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilishga toʻsqinlik qilmoqda.
Suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi
yerlarining umumiy maydonining kengayishi 2018-yilda 1,7 foizni tashkil etgan
boʻlsa, 2030-yilga borib 32 foizga yetkaziladi [9].
Shuningdek, kuchli shoʻrlangan yerlarning ulushini kamaytirish borasida
ishlarni jadallashtirish, yaʼni, 2018-yildagi 45 foizlik natijadan 2030-yilda 37
foizgacha qisqartirish koʻzda tutilgan. Atrof muhitni kislorod bilan boyitish va yashil
maskanga aylantirish borasida oʻrmon bilan qoplangan maydonlar hajmini 2018-
yildagi 3,2 mln gektardan 2030-yilda 30 foizga oshirish maqsad qilingan [10]. Bunda
oʻrmon xoʻjaligi yerlarini ikkilamchi ijara asosida aholiga taqsimlab berish orqali
aholini bandligini taʼminlash va real daromadini oshirishga erishiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qiladigan boʻlsak, mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini barqaror
rivojlantirishda yer resurslaridan samarali foydalanish, aholi daromadlarini
koʻpaytirishning aosiy manbai hisoblanadi. Ayniqsa, tomorqadan foydalanish
samaradorligini oshirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-
quvvatlash dolzarblik kasb etadi. Chunki, aholining aksariyat qismi qishloq joylarda
istiqomat qilib, tomorqa xoʻjaliklaridan olingan daromad evaziga kun kechiribgina
62
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].
qolmay balki, olinadigan daromad dinamikasida salmoqli oʻrinni egallaydi. Aholining
yirik ijtimoiy xarajatlarini qoplash aynan tomorqa xoʻjaliklarida yetishtirilgan
mahsulotlar evaziga olingan foyda bilan belgilanadi. Hozirgi paytda hukumatimiz
tomonidan iqtisodiy sohada berilayotgan imtiyozlar, jumladan tomorqa yerlarini
sugʻorish uchun yer osti suvlarini burgʻulangan vertikal quduq qazish evaziga amalga
oshirishda berilayotgan subsidiya, yer unumdorligini oshirish bilan bogʻliq
xarajatlarining maʼlum bir qismini soliqdan beriladigan imtiyozlar hisobiga qoplash
amaliyoti, bojxona bojlaridan berilayotgan yengilliklarning zamirida aholi
tomorqalaridan foydalanishni yaxshilash asosiy maqsad qilib qoʻyilgan. Keyingi
yillarda aholi sonining keskin oʻsishi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan extiyojni
oshishiga sabab bulmoqda. Birgina mamlakatimizda aholining mavjud yer
zahiralaridan foydalanishni yaxshilash har yili qoʻshimcha 2 mln. tonnagacha oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga sabab boʻladi. Bu bilan maydon birligi
hisobiga olinadigan daromad bir necha barobarga oshishiga, aholi bandligini
taʼminlashga va kambagʻallikni qisqartirishga olib keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Altiyev A.S. Yer resurslaridan foydalanish tizimini tartibga solish muammolari. –
T.: Fan, 2018. Monografiya -274 b.
2.
Xujakeldiyev Ch.P.Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari unumdorligini
oshirishni ragʻbatlantirish. - Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi avtoreferati. –T.: 2022. –6-7 b.
3.
Tulakov U.T., Koʻchmas mulkni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish
Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. –T.:
2022. –12 b.;
4.
Quziyeva.N. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar moliya va kredit
mexanizmini takomillashtirish yoʻllari. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2006, 296 b.;
5.
Xasanov Sh.T. Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan foydalanish
samaradorligini oshirish. Iqt. fan.dok. ... dis. – Toshkent, 2017.- 242 b.;
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston respublikasi qishloq
xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini
tasdiqlash toʻgʻrisida” gi PF-5853-son farmoni. 2019-yil 23-oktyabr.
7.
Oʻzbekiston Respubliksi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “Aholi
tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora -
tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-4767-son Qarori.
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi “Suv
taʼminoti
ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida
63
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].
foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish ishlarini
davlat tomonidan
qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
gi
PQ-459
-
sonli
qarori.
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktyabrdagi PQ-4486-son
“Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi Qarori.
