МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ ЗАНЯТИЙ МУЗЫКОЙ, СООТВЕТСТВУЮЩИЕ ВОЗРАСТУ УЧАЩИХСЯ

Аннотация

В данной статье освещены вопросы организации уроков музыки в соответствии с возрастными особенностями учащихся. В каждом возрастном периоде слух детей, уровень восприятия музыки, эмоциональное состояние и творческое мышление различаются. Поэтому содержание урока, формы занятий и задания должны быть выбраны в соответствии с возрастом учащихся. В статье даны методические рекомендации по подбору музыкальных произведений, подходящих для возрастных групп, пробуждению у детей интереса к музыке, вовлечению их в активный учебный процесс и направлению к творческой деятельности. Также на уроках показаны способы достижения результативности за счет использования простых и понятных методов, эффективного использования визуальных и слуховых средств. Данная научная статья служит полезной методической основой для использования в практической деятельности и служит повышению качества музыкального образования.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2020
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
275-282
10

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Шодиева B. . (2025). МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ ЗАНЯТИЙ МУЗЫКОЙ, СООТВЕТСТВУЮЩИЕ ВОЗРАСТУ УЧАЩИХСЯ. Предпринимательства и педагогика, 4(3), 275–282. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108710
Бахтигул Шодиева , Узбекско-финский педагогический институт
Магистрант 1 курса направления "Музыкальное образование и искусство"
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье освещены вопросы организации уроков музыки в соответствии с возрастными особенностями учащихся. В каждом возрастном периоде слух детей, уровень восприятия музыки, эмоциональное состояние и творческое мышление различаются. Поэтому содержание урока, формы занятий и задания должны быть выбраны в соответствии с возрастом учащихся. В статье даны методические рекомендации по подбору музыкальных произведений, подходящих для возрастных групп, пробуждению у детей интереса к музыке, вовлечению их в активный учебный процесс и направлению к творческой деятельности. Также на уроках показаны способы достижения результативности за счет использования простых и понятных методов, эффективного использования визуальных и слуховых средств. Данная научная статья служит полезной методической основой для использования в практической деятельности и служит повышению качества музыкального образования.


background image



275

2025/№ 3

PEDAGOGIKA

O‘QUVCHILAR YOSH XUSUSIYATLARIGA MOS MUSIQA DARSLARINI

TASHKIL ETISHNING METODIK ASOSLARI

SHODIYEVA BAXTIGUL XASAN QIZI

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Musiqa ta’lim va san’at yo‘nalishi 1-bosqich magistranti

E-maіl:

baxtigulshodiyeva23@gmail.com

UDK: 786.2

https://orcid.org/0009-0001-2721-7571

Kalit so‘zlar:

amaliy dars, musiqa
ta’limi yosh
xususiyatlari,
metodik asoslar,
individual
yondashuv, musiqiy
qobiliyat, ijodiy
tafakkur, mahorat.

Annotatsiya:

Mazkur

maqolada

musiqa

darslarini

o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda tashkil
etish masalalari yoritilgan. Har bir yosh davrida bolalarning
eshitish qobiliyati, musiqani idrok etish darajasi, emotsional
holati va ijodiy fikrlashi turlicha bo‘ladi. Shu sababli dars
mazmuni,

mashg‘ulot

shakllari

hamda

topshiriqlar

o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda tanlanishi lozim.
Maqolada yosh guruhlariga mos musiqiy asarlarni tanlash,
bolalarda musiqaga qiziqish uyg‘otish, ularni faol dars
jarayoniga jalb etish va ijodiy faoliyatga yo‘naltirish bo‘yicha
metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek, darslarda oddiy va
tushunarli usullardan foydalanish, vizual hamda eshituv
vositalaridan samarali foydalanish orqali natijadorlikka
erishish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu ilmiy maqola
amaliy faoliyatda foydalanish uchun foydali metodik asos
bo‘lib xizmat qiladi va musiqa ta’limi sifatini oshirishga
xizmat qiladi.

МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ ЗАНЯТИЙ МУЗЫКОЙ,

СООТВЕТСТВУЮЩИЕ ВОЗРАСТУ УЧАЩИХСЯ

Ключевые слова:

практическое
занятие, возрастные
особенности
музыкального

Аннотация:

В данной статье освещены вопросы

организации

уроков

музыки

в

соответствии

с

возрастными особенностями учащихся. В каждом
возрастном периоде слух детей, уровень восприятия
музыки,

эмоциональное

состояние

и

творческое


background image



276

2025/№ 3

образования,
методические
основы,
индивидуальный
подход,
музыкальные
способности,
творческое
мышление,
мастерство.

мышление различаются. Поэтому содержание урока,
формы занятий и задания должны быть выбраны в
соответствии с возрастом учащихся. В статье даны
методические рекомендации по подбору музыкальных
произведений, подходящих для возрастных групп,
пробуждению у детей интереса к музыке, вовлечению их
в активный учебный процесс и направлению к творческой
деятельности. Также на уроках показаны способы
достижения результативности за счет использования
простых

и

понятных

методов,

эффективного

использования визуальных и слуховых средств. Данная
научная статья служит полезной методической основой
для использования в практической деятельности и служит
повышению качества музыкального образования.

METHODOLOGICAL BASIS FOR ORGANIZING MUSIC LESSONS

APPROPRIATE TO THE AGE OF PUPILS

Keywords:

practical lesson,
age characteristics
of music education,
methodological
foundations,
individual approach,
musical ability,
creative thinking,
mastery.

Abstract:

This article highlights the issues of organizing

music lessons in accordance with the age characteristics of
students. In each age period, children’s hearing ability, the
level of musical perception, emotional state, and creative
thinking are different. Therefore, the content of the lesson, the
forms of classes, and the assignments should be selected in
accordance with the age of the students. The article provides
methodological recommendations for selecting musical works
suitable for age groups, awakening children’s interest in
music, involving them in the active learning process, and
guiding them towards creative activity. Also, ways to achieve
effectiveness through the use of simple and understandable
methods in lessons, the effective use of visual and auditory
aids are indicated. This scientific article serves as a useful
methodological basis for use in practical activities and serves
to improve the quality of music education.

KIRISH

Bugungi zamonaviy ta’limning har bir yo‘nalishi o‘quvchini har tomonlama

rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, musiqiy ta’lim ham bu jarayonning ajralmas va


background image



277

2025/№ 3

muhim tarkibiy qismidir. Musiqiy tarbiya yosh avlodda estetik didni shakllantirish,
milliy madaniy merosimizni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida
tarbiyalash bilan bir qatorda, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Hurmatli Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“San’at va madaniyat – bu millat qalbi, yosh avlod tarbiyasining asosiy omilidir” [1].

Bolalar musiqa va san’at maktablarida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar

bolalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ularning musiqiy qobiliyatlarini
shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish imkonini beradi. Dars samaradorligi, avvalo, bolalarning yosh
xususiyatlari va individual imkoniyatlariga mos tashkil etilishiga bog‘liq.

Ta’lim jarayonida har bir o‘quvchining psixofiziologik rivojlanish darajasi,

qobiliyati va musiqiy idroki turlicha bo‘ladi. Shu bois, amaliy darslarda yagona
metoddan foydalanish emas, balki o‘quvchilar darajasiga moslashtirilgan, samarali va
maqsadga yo‘naltirilgan yondashuvlarni qo‘llash lozim. Bu esa o‘z navbatida
pedagogdan ilmiy asoslangan, tizimli va natijaga yo‘naltirilgan metodik yondashuvni
talab etadi.

O‘zbek xalq cholg‘u asboblarini o‘rganishda samarali metodik yondashuvlarni

ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Amaliy darslarni samarali
tashkil etishda metodik yondashuvlarning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi,
yosh xususiyatlari va individualliklarning inobatga olinmasligi kabi muammolar
yuzaga kelmoqda.

O‘zbek xalq cholg‘ulari milliy san’at va madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib,

ularni yosh avlodga o‘rgatish – milliy merosni saqlab qolish va uni kelajak avlodga
yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

O‘zbek xalq cholg‘u sozlarini o‘rganish hamda amaliy darslarni samarali tashkil

etish borasida ko‘plab ilmiy tadqiqotchilar va professorlar tomonidan izlanishlar olib
borilgan, ularning natijalari turli manbalarda o‘z ifodasini topgan.

G. Sharipova va Z. Xodjayevalarning “Musiqa o‘qitish metodikasi” darsligida

musiqiy ta’lim jarayonida o‘qitish metodikasining asosiy bosqichlari, pedagogik
tamoyillari hamda darsni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar batafsil yoritilgan
[4]. Unda umumta’lim va ixtisoslashtirilgan musiqa maktablarida qo‘llaniladigan
uslubiy vositalar va didaktik materiallar orqali metodik yondashuvlarning
samaradorligi ilmiy-nazariy asosda tahlil qilingan.

G. Davronovaning “Musiqa o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasida esa

musiqa ta’limining mazmuni, darslarni tashkil etish usullari hamda metodik
yondashuvlar haqida keng qamrovli ma’lumotlar berilgan [9].


background image



278

2025/№ 3

U. Matyakubovaning “Musiqiy ta’limda o‘zbek xalq cholg‘u ijrochiligining

pedagogik imkoniyatlari” nomli ilmiy maqolasida esa o‘zbek xalq cholg‘ulari orqali
o‘quvchilarda musiqaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning estetik didini
shakllantirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari nazariy va amaliy
jihatdan tahlil etilgan. Muallif cholg‘ularni o‘rgatishda yosh xususiyatlariga mos
yondashuvlarni hamda xalq ijodi namunalaridan foydalanish metodikasini ko‘rsatgan.
Ushbu maqola pedagogik faoliyatda o‘qituvchilar uchun nazariy asos va amaliy
tavsiya vazifasini bajaradi [7].

M. Parpiyevaning “Metodik qo‘llanma”sida dars maqsadi va metodik

yondashuvlar bayon etilgan bo‘lib, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos holda
darsni tashkil etish usullari yoritilgan [5].

O. Abdullayevaning “O‘zbek xalq cholg‘ulari va ularni o‘qitish metodikasi”

nomli kitobida esa o‘zbek xalq cholg‘ularining turlari, ularning kelib chiqish tarixi va
ta’lim jarayonida o‘rgatish metodikasi yoritilgan. Muallif amaliy darslarda cholg‘u
asbobini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchining qobiliyatiga mos yondashish hamda metodik
ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini batafsil ochib bergan [8].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Amaliy darslarni samarali tashkil etishda o‘quvchining sinf darajasiga qarab,

ma’lum bir cholg‘u asbobini o‘rgatish bo‘yicha metodik yondashuvlar quyidagi
metodologik asoslar asosida amalga oshiriladi:

Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish

– o‘zbek xalq cholg‘ulariga oid ilmiy-nazariy

adabiyotlar, o‘quv dasturlari va metodik qo‘llanmalar o‘rganilib, ularning tahlili
asosida tegishli xulosalar chiqariladi.

Kuzatuv usuli

– bolalar musiqa va san’at maktablaridagi amaliy darslar bevosita

kuzatilib, dars o‘tish metodlari, o‘quvchilarning ishtiroki va o‘qituvchining
yondashuvi tahlil qilinadi.

Suhbat va so‘rovnoma usullari

– tajribali o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan

o‘tkazilgan og‘zaki suhbatlar hamda yozma so‘rovnomalar orqali ularning fikr-
mulohazalari, duch kelayotgan muammolari va takliflari umumlashtiriladi.

Taqqoslash va umumlashtirish usullari

– turli yosh guruhidagi o‘quvchilar bilan

olib boriladigan dars metodlari o‘zaro taqqoslanib, qaysi metodik yondashuv
samaraliroq ekani aniqlanadi.

Amaliy tajriba

– maqolada ilgari surilgan metodik yondashuvlar dars jarayonida

amaliyotda sinovdan o‘tkaziladi, so‘ngra olingan natijalar chuqur tahlil qilinadi.


background image



279

2025/№ 3

NATIJALAR

Ushbu tadqiqot davomida bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘tkazilayotgan

amaliy darslar mazmuni, metodik yondashuvlari va ularning samaradorligi keng tahlil
qilindi. Kuzatuv va suhbatlar asosida aniqlangan muammolar quyidagicha yoritiladi:

1. Turli yosh toifasidagi o‘quvchilarga mos kelmaydigan metodlar:

Darslarda

faqat an’anaviy yondashuvlar qo‘llanilganda, ya’ni barcha o‘quvchilarga bir xil
metod asosida yondashilganda, o‘quvchilarning qiziqishi sustlashadi, faol qatnashish
darajasi pasayadi, natijada ta’lim samaradorligi kamayadi. Amaliy darslarda
o‘quvchilarning yoshiga mos cholg‘ular tanlanganda, ularning musiqa asbobiga
bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqi ortgani, ijrochilik mahorati esa tezroq shakllangani
aniqlandi.

Masalan, 7 yoshli o‘quvchiga doira cholg‘usining murakkab texnikasi (tez urish,

noan’anaviy ritmlar) darhol o‘rgatildi. Biroq o‘quvchi bu topshiriqlarni tushunmadi
va natijada cholg‘u asbobiga bo‘lgan qiziqishi asta-sekin yo‘qola boshladi. Aksincha,
oddiy ritmik mashqlarni bosqichma-bosqich, o‘yin metodi asosida o‘rgatish orqali
o‘quvchida cholg‘u asbobiga nisbatan qiziqish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish
mumkin.

2. Individuallik:

Ansambl darslarida o‘quvchilar bir guruh bo‘lib, birgalikda asar

ijro etishadi. Yangi asarni o‘rgatish jarayonida ba’zi muammolar yuzaga keladi.
Masalan, jamoada 8 nafar o‘quvchi bo‘lsa, shundan 5 nafari musiqiy qobiliyatga ega
bo‘lsa, qolgan 3 nafari o‘zlashtirishi sekinroq bo‘lgan o‘quvchilardir.

Yangi asarni o‘rgatishdan oldin uning mazmuni va undagi bastakor g‘oyasi

o‘quvchilarga tushuntirilib, nota yordamida takt bilan ishlanadi. Darsdan so‘ng
o‘zlashtirishi sust bo‘lgan o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanish, bola
psixologiyasidan kelib chiqib, yangi qiziqarli metod-usullar (o‘yin metodi, gradatsiya
usuli, rag‘batlantirish hamda ijobiy baholash) qo‘llansa, bu samarali bo‘ladi.

3. Madaniy-estetik kontekstning yetishmasligi:

Masalan, nay cholg‘usida

“Tanovar” kuyini o‘rganish darsida o‘qituvchi kuyning kelib chiqishi va tarixiy
mazmuni haqida hech narsa aytmasa, bu o‘quvchilarda befarqlik uyg‘otadi. Aslida,
mazkur kuy milliy madaniyatimizning qadimiy namunalaridan biridir. Shu sababli,
kuy haqida qisqacha tushuntirish, eslatmalar hamda tarixiy voqealar keltirish orqali
o‘quvchilarda milliy g‘urur hissini oshirish mumkin.

4. Ijodiy yondashuvning yetishmasligi:

9 yoshli o‘quvchi biror cholg‘u asbobida

qiziqish bilan yangi ohang ijro eta boshlasa, ammo o‘qituvchi bu harakatni “to‘g‘ri
emas” yoki “boshqa kuy ijro etma” deb to‘xtatsa, bu boladagi ishtiyoqni so‘ndiradi.
Aslida, bu holat o‘quvchining ijodiy fikrlash qobiliyatini rag‘batlantirish uchun ajoyib
imkoniyatdir. Bunday vaziyatda o‘qituvchiga darsdan keyin o‘quvchi bilan


background image



280

2025/№ 3

improvizatsiya mashqlari bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.

5. Vizual va eshituv materiallarining samaradorligi:

Cholg‘u sozini

o‘rganayotgan o‘quvchilarga dars jarayonida faqat og‘zaki tushuntirish bilan
cheklanish kam samarali bo‘lmoqda. Ayniqsa, 5-7-sinf o‘quvchilari uchun darslarda
vizual, eshituv (masalan, konsert dasturlaridan video lavhalar yoki rasmlar) va
harakat bilan bog‘liq metodlardan foydalanish bugungi kunda yuqori samara
bermoqda.

Ko‘rgazmali qurollar, o‘yin elementlari va qisqa musiqiy mashqlar

o‘quvchilarning e’tiborini ushlab turadi hamda o‘zlashtirish darajasini oshiradi. 10-12
yoshdagi o‘quvchilar uchun esa mustaqil mashqlar, musiqiy ifoda, asar tahlili va
ijodiy topshiriqlar samarali hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalar musiqiy fikrlash va
eshituv xotirasini shakllantirishga tayyor bo‘ladilar.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, amaliy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda nazariy

bilimlar ham bosqichma-bosqich singdirilishi zarur. Jumladan:

Cholg‘u asboblarining tarixi va tuzilish imkoniyatlari;

O‘zbek xalq kuylarining mazmun-mohiyati;

Ijro jarayonida, yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, ifoda vositalarini

tushuntirish.

Bu yondashuvlar o‘quvchilarning umumiy musiqa madaniyatini oshirishda

muhim ahamiyat kasb etadi.

Qobiliyat – musiqiy xotira va musiqiy tasavvurning asosiy negizidir. Musiqiy

eshitish qobiliyati – musiqani to‘la-to‘kis idrok etish layoqatidir. Bu qobiliyat
quyidagi turlarga bo‘linadi:

Mutlaq eshitish qobiliyati – musiqiy tovushlarning mutlaq balandligini, etalon

tovushlarga solishtirmasdan aniqlay olish qobiliyati;\

Nisbiy (yoki interval) eshitish qobiliyati – kuy, intervallar va akkordlardagi

tovushlar soni, ular orasidagi masofa hamda balandligini sezish va aniqlay olish. Bu
uchun, kamida bitta tovush oldindan ma’lum bo‘lishi kerak;

Ichki eshitish qobiliyati – musiqiy asarning butun tarkibini hayolida tasavvur

qila olish layoqati.

Ushbu qobiliyatlar musiqiy faoliyat jarayonida bosqichma-bosqich rivojlanadi

[2, 15].

Har bir bola musiqaning qaysi yo‘nalishini o‘rganishidan qat’i nazar, o‘qituvchi

bolaning yosh xususiyatlari va psixologik rivojini nazarda tutmog‘i lozim. Bolaning
musiqiy rivoji – to‘g‘ri va uzluksiz yo‘lga qo‘yilgan, tizimlashtirilgan faol musiqiy
jarayon natijasidir. Bu rivojlanish bosqichlari quyidagicha ifodalanadi:

a) Hissiy munosabat – oddiy musiqiy tasavvurlardan boshlab, murakkab va ko‘p


background image



281

2025/№ 3

qirralik musiqiy asarlarni tushuna olishgacha;

b) Musiqani eshitish qobiliyati – musiqaning tembri, tovush balandligi va ifoda

vositalarini sezish;

v) Ijrochilikning ilk shakllari – bola o‘z bilim va ko‘nikmalariga tayanib, tanish

musiqiy asarlarga matn yoki raqs elementlarini ijro etishi.

Musiqa tarbiyasi aniq reja asosida uzluksiz olib boriladigan jarayon bo‘lib, har

bir mashg‘ulot ma’lum maqsad sari bosqichma-bosqich yo‘naltiriladi. Bu jarayonda
musiqa rahbari sardor vazifasini bajarib, o‘quvchilarni o‘zi ortidan ergashtiradi.
Jarayonning muhim jihatlaridan biri – har bir bolaning individual dunyoqarashi va
iqtidorini inobatga olishdir [2, 22].

Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik musiqa o‘qituvchilari vokal ijroda

kuchli mahoratga, cholg‘u ijrochiligida esa yuqori texnikaga ega bo‘lsa-da, bu bilim
va tajribani o‘quvchilarga yetarli darajada yetkaza olmaydi. Kimdir musiqa nazariyasi
yoki tarixini chuqur biladi, ammo ijrochilik ko‘nikmalari sust rivojlangan bo‘lishi
mumkin.

Bundan tashqari, jamoaviy kuylash mashg‘ulotlarida o‘quvchilar darslikda

berilgan asarni to‘g‘ri o‘rganishlari zarur bo‘ladi. Bunday holatlarda o‘qituvchi
qo‘shiqni nafaqat og‘zaki, balki cholg‘u asbobi yordamida ham ijro etib o‘rgatishi,
nota cho‘zimlarini hisobga olib, qo‘shiq so‘zlarini bo‘g‘inlarga bo‘lib tushuntirishi
maqsadga muvofiqdir. Shunday hollarda o‘qituvchidan qo‘shiq aytish va cholg‘u
chalish qobiliyatlarini birgalikda namoyon etish talab etiladi [9, 17].

XULOSA

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xalq cholg‘ulari asosida olib boriladigan

amaliy darslarni samarali tashkil etish uchun bolalarning yosh xususiyatlari va
individual qobiliyatlarini inobatga olgan holda metodik yondashuv zarur.

Differensial yondashuv, ko‘rgazmali vositalardan foydalanish va bosqichma-

bosqich o‘qitish tamoyillariga asoslangan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning darsni
chuqurroq o‘zlashtirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Amaliy darslarning sifati esa
o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga mos metodik materiallarning tanlanishi hamda
ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan topshiriqlarning qo‘llanilishi orqali yanada oshiriladi.
Mazkur yondashuvlar xalq cholg‘ularini o‘qitish jarayonini takomillashtirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.




background image



282

2025/№ 3

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

2.

Soipova D. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi: o‘quv qo‘llanma. –

Toshkent, 2009. – B. 15-22.

3.

Sharipova G., Xodjayeva Z. Musiqa o‘qitish metodikasi: darslik. – Toshkent:

NIF MSH, 2020.

4.

Parpiyeva M.U. Metodik qo‘llanma: o‘quv qo‘llanma. – Namangan, 2024.

5.

Matyakubova U.G‘. Musiqiy ta’limda o‘zbek xalq cholg‘u ijrochiligining

pedagogik imkoniyatlari // Ilmiy maqola. – 2024.

6.

Abdullayeva O. Cholg‘ushunoslik. – Toshkent: Musiqa nashriyoti, 2018.

7.

Davronova G.M. Musiqa o‘qitish metodikasi. – Samarqand: SamDU

nashriyoti, 2021. – B. 161.

8.

Davronova G., Shodiyeva B. Amaliy darslarda o‘zbek xalq cholg‘u sozlarini

o‘rgatishning samarali metodik yondashuvlari // Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlar. –
2025, №2. – B. 1402.

9.

Davronova G. Individual yondashuvlar asosida musiqa o‘qitish metodikasini

takomillashtirish // Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plami: “Musiqa
ta’limi va san’atining bugungi globallashuv sharoitida milliy - ijtimoiy
ahamiyati: muammo va yechimlar”. – Nordic_Press, 2024. T. 5(0005).

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

Soipova D. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2009. – B. 15-22.

Sharipova G., Xodjayeva Z. Musiqa o‘qitish metodikasi: darslik. – Toshkent: NIF MSH, 2020.

Parpiyeva M.U. Metodik qo‘llanma: o‘quv qo‘llanma. – Namangan, 2024.

Matyakubova U.G‘. Musiqiy ta’limda o‘zbek xalq cholg‘u ijrochiligining pedagogik imkoniyatlari // Ilmiy maqola. – 2024.

Abdullayeva O. Cholg‘ushunoslik. – Toshkent: Musiqa nashriyoti, 2018.

Davronova G.M. Musiqa o‘qitish metodikasi. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021. – B. 161.

Davronova G., Shodiyeva B. Amaliy darslarda o‘zbek xalq cholg‘u sozlarini o‘rgatishning samarali metodik yondashuvlari // Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlar. – 2025, №2. – B. 1402.

Davronova G. Individual yondashuvlar asosida musiqa o‘qitish metodikasini takomillashtirish // Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plami: “Musiqa ta’limi va san’atining bugungi globallashuv sharoitida milliy - ijtimoiy ahamiyati: muammo va yechimlar”. – Nordic_Press, 2024. T. 5(0005).