Huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda profilaktika inspektorining ta’lim muassasalari bilan hamkorligi

Annotasiya

Bugungi kunda xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim muassasalarida ko‘pincha voyaga yetmaganlar ta’lim oladi.Shuning uchun ham profilaktika inspektori tomnidan hozirgi davr mobaynida ta’lim muassasalari bilan hamkorligi asosida huquqbuzarliklami oldini olish, bartaraf ctishda yangicha tizim,yangicha g‘oya talab etmoqda. Chunki hozirgi kunda voyaga yetmaganlarga ko’plab imkoniyatlar yaratilgan bo’lib, ular nafaqat yurtimizda balki, chet el mamalakatlarida o’qish va ishlash imkoniyatlariga ega va xozirgi kunda ko’plab voyaga yetmaganlar bu imkoniyatlardan foydalanmoqda.Bu esa profilaktika inspektoriga zamon talabi asosida ish faoliyatini olib borishva ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik qilishni talab etmoqda. Ular bilan bevosita hamkorlik qilish davomida voyaga yetmaganlarni Vatanga muhabbat, qonunlar va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash,ularning huquqbuzarliklar va jinoyat sodir etishini oldini olish, bartaraf etish,g‘ayriijtimoiy xulq-atvorida bo’lgan o'zgarishlar vahuquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo'lgan voyaga yetmaganlar bilan ishlash, ulami ijtimoiy moslashtirish choralarini ko’rishdan iboratdir.

CC BY f
63-67
302

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Turdaliyev, M. (2024). Huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda profilaktika inspektorining ta’lim muassasalari bilan hamkorligi. Ўзбекистонда хотин-қизларнинг ҳуқуқларини таъминлаш ва оилавий зўравонликни олдини олишнинг долзарб масалалари, 1(1), 63–67. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ensuring-womens-rights/article/view/36693
Muhammadali Turdaliyev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
kunduzgi ta ’lim kursanti
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bugungi kunda xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim muassasalarida ko‘pincha voyaga yetmaganlar ta’lim oladi.Shuning uchun ham profilaktika inspektori tomnidan hozirgi davr mobaynida ta’lim muassasalari bilan hamkorligi asosida huquqbuzarliklami oldini olish, bartaraf ctishda yangicha tizim,yangicha g‘oya talab etmoqda. Chunki hozirgi kunda voyaga yetmaganlarga ko’plab imkoniyatlar yaratilgan bo’lib, ular nafaqat yurtimizda balki, chet el mamalakatlarida o’qish va ishlash imkoniyatlariga ega va xozirgi kunda ko’plab voyaga yetmaganlar bu imkoniyatlardan foydalanmoqda.Bu esa profilaktika inspektoriga zamon talabi asosida ish faoliyatini olib borishva ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik qilishni talab etmoqda. Ular bilan bevosita hamkorlik qilish davomida voyaga yetmaganlarni Vatanga muhabbat, qonunlar va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash,ularning huquqbuzarliklar va jinoyat sodir etishini oldini olish, bartaraf etish,g‘ayriijtimoiy xulq-atvorida bo’lgan o'zgarishlar vahuquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo'lgan voyaga yetmaganlar bilan ishlash, ulami ijtimoiy moslashtirish choralarini ko’rishdan iboratdir.


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

63

2023 йил 6 декабрь

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISHDA

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING TA’LIM MUASSASALARI BILAN

HAMKORLIGI

Turdaliyev Muhammadali Ummatali o‘g‘li,

О ‘zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi kunduzgi ta ’lim kursanti

Bugungi kunda xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim muassasalarida ko‘pincha

voyaga yetmaganlar ta’lim oladi.Shuning uchun ham profilaktika inspektori
tomnidan hozirgi davr mobaynida ta’lim muassasalari bilan hamkorligi asosida
huquqbuzarliklarni oldini olish, bartaraf etishda yangicha tizim,yangicha g‘oya talab
etmoqda. Chunki hozirgi kunda voyaga yetmaganlarga ko‘plab imkoniyatlar
yaratilgan bo‘lib, ular nafaqat yurtimizda balki, chet el mamalakatlarida o‘qish va
ishlash imkoniyatlariga ega va xozirgi kunda ko‘plab voyaga yetmaganlar bu
imkoniyatlardan foydalanmoqda.Bu esa profilaktika inspektoriga zamon talabi
asosida ish faoliyatini olib borishva ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik
qilishni talab etmoqda. Ular bilan bevosita hamkorlik qilish davomida voyaga
yetmaganlarni Vatanga muhabbat, qonunlar va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor
normalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash,ularning huquqbuzarliklar va jinoyat
sodir etishini oldini olish, bartaraf etish,g‘ayriijtimoiy xulq-atvorida bo‘lgan
o‘zgarishlar vahuquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan voyaga yetmaganlar
bilan ishlash, ularni ijtimoiy moslashtirish choralarini ko‘rishdan iboratdir.

Ta’lim muassasalari organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidadagi

faoliyatiga kirishdan avval biz bir nechta savollarga javob topishimiz lozim, yani:

1)

Huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘zi nima?

2)

Huquqbuzarliklar profilaktikasi qanday ish?

3)

Hamkorlik deganda nima tushuniladi?

4)

Huquqbuzarliklar profilaktikasini qaysi organlar tashkil etadi?

5)

Ta’lim muassasalari organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasiga qanday

aloqasi bor?

Huquqbuzarliklar profilaktikasi

- huquq-tartibotni saqlash hamda

mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek,
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-
sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladigan huquqbuzarliklar
umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy,
ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi;

Huquqbuzarliklar profilaktikasi ishi

-tor manoda, vakolatli subektlar

tomonidan huquq-tartibotni saqlash hamdamustahkamlash, huquqbuzarliklar va
oldini olishga, aniqlashga, to‘xtatishga hamda bartaraf etishga qaratilgan faoliyat
tushunilsa, keng manoda, jamiyatning xar bir xar bir azosi, jumladan xar bir korxona
, muassasa , tashkilotlar, davlat organlari, Fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy
axborot vositalari va axolining jamiyatda sodir etilishi mumkin bo‘lgan, sodir
etilayotgan va sodir etib bo‘lingan muayyan bir salbiy xolat, voqea , xodisa yoki
jarayonni oldini olish, aniqlash , to‘xtatish, sodir etilishiga imkon berayotgan shart-


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

64

2023 йил 6 декабрь

sharoitlarni bartaraf etish, agar ushbu xolat sodir etilib bo‘lgan bo‘lsa, uning keyingi
oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar yig‘indisi tushuniladi.

Hamkorlik

- ushbu faoliyat bilan shug‘ulanuvchi subyektlarning qonun va

qonun osti normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib, o‘zaro krlishilgan holda
faoliyatining shakl va usullari, xizmat vakolatlaridan samarali foydalanishi bo‘lib
bunda ikki yoki undan ortiq xizmat yoki boshqaruvning bir-biriga bo‘ysunmagan
alohida ishtirokchilari o‘z harakatlarini o‘zaro kelishib bajarishidir.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini quyidagi organ va muassasalar tashkil

etadi:

>

ichki ishlar organlari;

>

prokuratura organlari;

>

Davlat xavfsizlik xizmati organlari;

>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari;

>

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari;

>

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;

>

adliya organlari;

>

davlat bojxona xizmati organlari;

>

davlat soliq xizmati organlari;

>

mehnat organlari;

>

ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari;

>

davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash

muassasalari;

>

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

davlat qo‘mitasi organlari;

>

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy

bo‘linmalari.

Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalariga

“Hquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasida qayd qilib
o‘tilgan ya’ni quyidagicha bayon etilgan:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va

amalga oshirishda ishtirok etadi;

ta’lim oluvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi

shaxslar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqa-
di, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

ta’lim oluvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi

shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

65

2023 йил 6 декабрь

mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan
shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

ta’lim oluvchilarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularga

jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga
yo‘naltirilgan dasturlar hamda uslublarni ishlab chiqadi va ta’lim muassasalarining
ish amaliyotiga joriy etadi;

ta’lim oluvchilar orasida huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs-

larni aniqlaydi hamda ularga nisbatan ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy
moslashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi;

ta’lim oluvchilarning bandligini va bo‘sh vaqti mazmunli o‘tkazilishini

ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida hammabop sport seksiyalari, texnik va
boshqa to‘garaklar, klublar tashkil etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok

etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari ichki

ishlar organlariga:

huquqbuzarliklar faktlari haqida;
odamlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar

to‘g‘risida va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbuzarliklar haqida;

ta’lim oluvchi shaxs g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzarliklar sodir

etishga jalb etilganligi haqida;

huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar haqida xabar qilishi

shart.

Profilaktika inspektorlari tomonidan o‘quvchilarning ta’lim muassasalaridagi

davomatini nazorat qilish,ijtimoiy xavfli holatda bo‘lgan va ta’lim muassasalariga
qatnamaydigan voyaga yetmaganlar va yoshlar, shuningdek, ushbu toifadagi
shaxslarning ota-onalari bilan profilaktik ishlarni olib borish vakolati yuklatilgan
bo‘lib, ushbu vakolatni amalga oshirish davomida voyaga yetmaganlar va yoshlar-
ning jamiyatga salbiy ta'sir etuvchi xatti-harakatlarga qo‘shilib ketishlarining oldini
olish maqsadida ta'lim massasalarida davomatning yuqoriligini ta'minlash,dars
mashg‘ulotlariga sababsiz qatnashmayotgan o‘quvchilarni ta'limga qaytarish
bo‘yicha 93 769 marotaba "Davomat" tadbirlari o‘tkazilib, dars mashg‘ulotlariga
sababsiz qatnashmagan 9 017 nafar o‘quvchilar ta'limga qaytarildi, 1 586 nafar
farzandlarini nazoratsiz qoldirgan ota-onalarga hamda 248 ta ta'lim muassasalari
xodimlariga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi, tadbirlar davomida o‘quv
mashg‘ulotlarida qatnashmay yurgan 3 706 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib,
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarga 1 590 ta hujjat yuborildi.

Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli isloxatlar yoshlarimizga keng

ko‘lamda yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda .Ushbu isloxatlar natijasida
yoshlarimizning ta’lim-tarbiya va ma’naviat- marifat soxasida, sport soxasida
ko‘plab imkoniyatlar ochmoqda. Lekin ayrim yoshlarimiz orasida turli
huquqbuzarlik va jinoyatchilik oshib borilayotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan voyaga
yetmaganlar bilan ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish uchun 2021-yil 2-aprel kuni qabul


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

66

2023 йил 6 декабрь

qilingan “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va
jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida Ichki ishlar
vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining «Xavfsiz ta’lim muassasasi» tamoyili asosida
voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha
manzilli choralarni nazarda tutuvchi quyidagi takliflari ma’qullandi. Tuman, shahar
ichki ishlar organlari tarkibida 2 000 ta shtat birliklaridan iborat voyaga yetmaganlar
masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog (keyingi o‘rinlarda — inspektor-psixolog)
lavozimlarini joriy etish hamda ularning bevosita xizmat o‘tash joyi etib umumiy
o‘rta ta’lim muassasalarini belgilandi. Joylarda inspektor- psixologlar zimmasiga har
bir o‘quvchi kesimida umumiy o‘rta ta’lim muassasal- arida psixologik muhitni
yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida qonunbuzilish- larga murosasiz
munosabatda bo‘lish hissini shakllantirish, muammoli o‘quvchilar bilan ularning
yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash vazifalarini yuklash.
Belgilab qo‘yildiki, 2021-yilda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 2 000 ta
psixolog shtat birligini 2021-yilning 1-iyulidan qisqartirish evaziga 1 100 ta
inspektor-psixolog shtat birligi kiritiladi va 2022-yilda qo‘shimcha 900 ta shtat
birligini kiritish orqali ularning soni 2 000 yetkazish belgilab berildi.

Mamlakatimizda oilaviy qadriyatlar ustun hisoblanib,har bir bola avvalo oilada

tarbiya oladi.Shuning uchun ota-onalar farzandlarining tarbiyalariga yaxshi e’tibor
qaratishlari lozim. Lekin jamiyatimizda farzandlarining tarbiyasiga e’tibor- siz ota-
onalar ham mavjud. Profilaktika inspektorklari ana shu ota-onalarga tushuntirish
ishlarini amalga oshirish,huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmagan- larning ota-
onalarini javobgarlikka tortish orqali ularning zimmalariga yuklatilgan
majburiyatlarni talab darajasida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchay-
tirish,ta’lim olishiga jiddiy yondashishiga erishilsa bu voyaga yetmaganlar va yoshlar
tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning pasayishiga xizmat
qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi - T., - 2021.

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi “Voyaga

yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi
to‘g‘risida”gi qonuni.

3.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi

Kodeksi. Rasmiy nashr. - T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2021.

4.

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar

profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni.

5.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil

16 sentabrdagi “Ichki ishlar

organlari to‘g‘risida”gi qonuni.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-son qarori.


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

67

2023 йил 6 декабрь

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining

huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-sonli qarori.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar

organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish
sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-sonli qarori.

9.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 151-sonli “Ichki ishlar organlarining

huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017-yil 12-iyul buyrug‘i.

10.

Lex.uz (normative hujjatlarbazasi).

11.

Югай,

Л.

Ю.

"КРИМИНАЛИСТИЧЕСКИЕ

АСПЕКТЫ

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БИОМЕТРИЧЕСКИХ ДАННЫХ, СОДЕРЖАЩИХСЯ В
СОЦИАЛЬНЫХ

СЕТЯХ." А437

Актуальные

проблемы

борьбы

с

преступлениями и иными правонарушениями: материалы двадцатой
международной научно-практической конференции/под ред.. 2022.

12.

Югай, Людмила Юрьевна. "БИОМЕТРИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ

КАК ИНСТРУМЕНТ В БОРЬБЕ С ТЕРРОРИЗМОМ И ЭКСТРЕМИЗМОМ
BIOMETRIC TECHNOLOGIES AS A TOOL IN THE FIGHT AGAINST
TERRORISM AND EXTREMISM." ЭКСТРЕМИЗМ–НОВЫЕ ВЫЗОВЫ
РЕГИОНАЛЬНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ (2022): 81.

13.

Югай, Людмила. "Биометрическая идентификация как инновация в

криминалистике." Общество и инновации 3.7/S (2022): 238-248.

14.

Югай, Людмила. "Вопросы классификации биометрической

идентификации личности в эпоху цифровизации." Актуальные вопросы и
перспективы цифровизации судебно-правовой деятельности 1.01 (2022): 181-
187.

15.

Yugay, Lyudmila. "Biometric identification as an innovation in

criminalistics." Society and innovations, Special 7 (2022): 289.

Bibliografik manbalar

0‘zbcksiton Rcspublikasi Konstitutsiyasi - T., - 2021.

O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi. Rasmiy nashr. - T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2021.

0‘zbckiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni.

CVzbekiston Respublikasining 2016-yil 16 sentabrdagi “Ichki ishlar

organlari to‘g‘risida”gi qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-sonli qarori.

O‘zbckiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-aprcldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi HVning 151-sonli “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boMinmalari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017-yil 12-iyul buyrug‘i.

Lex.uz (normative hujjatlarbazasi).

И. Югай, Л. Ю. "КРИМИНАЛИСТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БИОМЕТРИЧЕСКИХ ДАННЫХ, СОДЕРЖАЩИХСЯ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ." А437 Актуальные проблемы борьбы с преступлениями и иными правонарушениями: материалы двадцатой международной научно-практической конференции/под ред.. 2022.

Югай, Людмила Юрьевна. "БИОМЕТРИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ КАК ИНСТРУМЕНТ В БОРЬБЕ С ТЕРРОРИЗМОМ И ЭКСТРЕМИЗМОМ BIOMETRIC TECHNOLOGIES AS A TOOL IN THE FIGHT AGAINST TERRORISM AND EXTREMISM." ЭКСТРЕМИЗМ-НОВЫЕ ВЫЗОВЫ РЕГИОНАЛЬНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ (2022): 81.

Югай, Людмила. "Биометрическая идентификация как инновация в криминалистике." Общество и инновации 3.7/S (2022): 238-248.

Югай, Людмила. "Вопросы классификации биометрической идентификации личности в эпоху цифровизации." Актуальные вопросы и перспективы цифровизации судебно-правовой деятельности 1.01 (2022): 181-187.

Yugay, Lyudmila. "Biometric identification as an innovation in criminalistics." Society and innovations, Special 7 (2022): 289.