433
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
“PROVIZORSKIY" GEPATOPROTEKTOR BALZAMINI O’TKIR ZAHARLILIGINI
O`RGANISH
G.A.Alimdjanova
Z.T.Fayziyeva
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi
е
https://doi.org/10.5281/zenodo.17341902
Dolzarbligi.
O`simlik tarkibli ko`p komponentli preparat bo`lib,turli davolash mexanizmiga ega
organizm uchun nojo`ya ta`sir ko`rsatmaydi.Shundan kelib ciqqan holda,”Provizorskiy”
gepatoprotektor balzamini farmakologik xususiyati ekspremental modellarda o`rganildi.
Maqsadi:
”Provizorskiy” gepatoprotektor balzamini o`tkir zaharliligini o`rganish.
Material va usullar.
O‘tkir zaharlilikni umumiy qabul qilingan uslub bo‘yicha, tana massasi
180-220 g bo‘lgan zotsiz oq (erkak jinsdagi) kalamushlarda o‘rganildi. Har bir guruhda 6 tadan
sichqon bo‘lib, jami 30 ta sichqondan foydalanildi. Nazorat guruhidagi sichqonlarga bir marotaba
ogíz orqali (per os) mahsus temir olivali zond yordamida, ekvivalent hajmdagi distillangan suv
ichirildi. Balzamni tajriba hayvonlariga bir marotaba ogíz orqali (per os) mahsus temir olivali zond
yordamida, 20% suvli suspenziya ko‘rinishida: 2000 mg/kg (2 ml/200 g), 4000 mg/kg (4 ml/200 g),
5000 mg/kg (5ml/200g), 6000 mg/kg (6 ml/200 g) dozalarda yuborildi. So‘ngra hayvonlarni guruhlar
bo‘yicha alohida qafaslarga joylanib, bir soat davomida to‘xtovsiz kuzatildi, keyin birinchi sutka
davomida har soatda, qolgan 13 kun ichida esa kuniga bir martadan tekshirib nazorat qilinib turildi
(kuzatishning umumiy muddati 14 kun). Bunda hayvonlarning umumiy ahvoli, ularning o‘zini tutishi,
qaltiroq borligi va tavsifi, harakatlar muvozanati, skelet mushaklari tonusi, tashqi qo‘zg‘atuvchilarga
reaktsiyasi, nafas olish tezligi va chuqurligi, yurak qisqarish maromi, jun va teri qoplami holati, shilliq
qavatlar rangi, dum holati, axlat massasining holati va konsistentsiyasi, ozuqa va suv iste'mol
qilinishi, shuningdek toksik ta'sirni tavsiflovchi boshqa ko‘rsatkichlar hisobga olindi. Eksperiment
vaqtida barcha hayvonlarni vivariyning standart sharoitlarida saqlandi va to‘liq ozuqa va suvli
ratsionda boqildi. Tadqiqot natijalari 1-2-3 jadvallarda ko’rsatilgan.
Tajriba natijalari.
O’rganilayotgan balzam nisbatan kichik 2000 mg/kg dozada deyarli salbiy
reaksiyalardan holi ekanligi aniqlandi. Tajriba hayvonlarida sezilarli o’zgarishlar kuzatilmadi.
Balzamning dozasini 4000; 5000 va 6000 mg/kg dozagacha oshirilganda hayvonlar harakatini qisman
cheklanishi, qisqa muddatga ularni bir yerga to’planib olishi, nafas harakatini biroz yuzaki bo’lishi
va nafas olish sonini tezlashishi, bir qism hayvonlarda esa peshob ajralishini kuchayishi kuzatildi.
Ko’rsatib o’tilgan o’zgarishlar, 30-60 daqiqa o’tgach o’zining oldingi holatiga qaytib keldi. Butun
tajriba davomida biror bir guruh hayvonlarida o’lim holati qayd etilmadi. Shu sababli LD50 ni
aniqlash imkoni bo’lmadi.
Demak, ”Provizorskiy” gepatoprotektor balzami A.V. Stefanovning moddalarning zaharlilik
klassifikatsiyasiga ko’ra, o’rganilgan dozalarda, V sinfga – ya’ni, amalda zaharli bo’lmagan moddalar
guruhiga kiradi.
Xulosa.
”Provizorskiy” gepatoprotektor balzami bir marta og’iz orqali yuborilganda
o’rganilgan dozalarda tajriba hayvonlari uchun kam zaharli hisoblanadi.
