“GEPA-LAYK” QURUQ EKSTRAKTI TARKIBIDAGI FLAVONOIDLAR MIQDORINI ANIQLASH

Аннотация

Bugungi kunda jigar kasalliklari dunyo miqyosida eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri hisoblanadi. O‘tkir va surunkali gepatitlar, toksik gepatozlar, alkogolli jigar zararlanishlari, steatoz va sirroz kabi holatlar nafaqat rivojlanayotgan, balki rivojlangan davlatlar sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Mahalliy xom ashyo asosida jigar kasalliklariga qarshi dori vositasini olish uchun izlanishlar olib borildi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2021
inLibrary
Google Scholar
f
370-371
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Iminova , I., & Sodiqova , G. (2025). “GEPA-LAYK” QURUQ EKSTRAKTI TARKIBIDAGI FLAVONOIDLAR MIQDORINI ANIQLASH. Евразийский журнал академических исследований, 5(10(MPHAPP), 370–371. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ejar/article/view/138501
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda jigar kasalliklari dunyo miqyosida eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri hisoblanadi. O‘tkir va surunkali gepatitlar, toksik gepatozlar, alkogolli jigar zararlanishlari, steatoz va sirroz kabi holatlar nafaqat rivojlanayotgan, balki rivojlangan davlatlar sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Mahalliy xom ashyo asosida jigar kasalliklariga qarshi dori vositasini olish uchun izlanishlar olib borildi.


background image

370

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

GEPA-LAYK

QURUQ EKSTRAKTI TARKIBIDAGI FLAVONOIDLAR

MIQDORINI ANIQLASH

Iminova I.M.

Sodiqova G.A.

Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent, O'zbekiston

e-mail: noyatiminova@gmail.com

тел

. (+99890)3596457)

https://doi.org/10.5281/zenodo.17337867

Dolzarbligi:

Bugungi kunda jigar kasalliklari dunyo miqyosida eng keng tarqalgan surunkali

kasalliklardan biri hisoblanadi. O‘tkir va surunkali gepatitlar, toksik gepatozlar, alkogolli jigar
zararlanishlari, steatoz va sirroz kabi holatlar nafaqat rivojlanayotgan, balki rivojlangan davlatlar
sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Mahalliy xom
ashyo asosida jigar kasalliklariga qarshi dori vositasini olish uchun izlanishlar olib borildi.

Tadqiqotning maqsadi:

yuqoridagilarni inobatga olgan holda mahalliy xom ashyolar

mahalliy Artishok (Cynara scolymus) va Rastoropsha (Silybii marianum) oʻsimliklari asosida olingan
jigar kasalliklarini davolash uchun qo’llaniladigan “Gepa-layk” quruq ekstraktini sifatini baholash va
tahlil usullarini oʻrganish maqsad qilib olindi.

Usul va uslublar:

tadqiqot ob’ekti sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona talabiga ko’ra

mahalliy xom ashyo Artishok (Cynara scolymus) va Rastoropsha (Silybii marianum) o’simligi
asosida olingan “Gepa-layk” quruq ekstrakti olindi. Olingan “Gepa-layk” quruq ekstrakti sifatini
baholash uchun uning tarkibidagi asosiy biofaol moddalarni sifat tahlil usullarining YuSSX usulida

optimal sharoitlari ishlab chiqildi.

Natijalar:

bunda xromatografiyalash Agilent Technologies -1260, USA rusumli YuSSX dan

foydalanildi. Adabiyotlarda steroidlar va flavonoidlarni YuSSX bilan aniqlashda elyuyent sifatida
fosforli, atsetatli bufer sistemalari va atsetonitrildan foydalanilgan. Biz fosfatli bufer sistemasi hamda
atsetonitrildan foydalandik.

Xromotografiya sharoitlari:
-Xromotograf Agilent-1200 (avtodozator bilan jihiozlangan)
-Kolonka Exlipse XDB C 18, 5 mkm, 4,6 x250mm
-Diod matritsali detektor (DAD), 254 nm, 276 nm identifikatsiya qilindi. Oqim tezligi 0,8

ml/min. Elyuyent fosfatli bufer: atsetonitril, 0-5 min 95:5, 6-12 min 70:30, 12-13 min 50:50, 13-15
min 95:5, termostat harorati 300 C

o

,-10 mkl kiritilgan miqdor.

Xromotografga dastlab, ishchi standart eritmalar, keyinchalik tayyorlangan ishchi eritmalar

kiritildi. Ta’sir etuvchi moddalarning miqdorini quyidagi 1-jadval orqali bilib olishimiz mumkin:
1-jadval

Flavonoidlar

Gepa layk

konsentratsiya (mg/gr)

Digidrokversitin

1,62

Lyutionin

1,02

Rutin

28,31

Salidrozid

10,14

Rozavin

11,59

Quruq ekstrakt tarkibidagi Digidrokversitin, Lyutionin, Rutin, Salidrozid va Rozavinlarning

xromatogrammalardagi ushlanish vaqtlari, standart moddalarning ushlanish vaqtlariga mos ekanligi
aniqlandi.


background image

371

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

Xulosalar:

1. “Gepa-layk” quruq ekstrakti tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalar-

flavonoidlar miqdorini aniqlashning YuSSX usuli ishlab chiqildi. Quruq ekstrakt tarkibida Rutin
(28,31 mg/gr), Salidrozid (10,14 mg/gr) va Rozavin (11,59 mg/gr) flavonoidlari miqdori aniqlandi.
Quruq ekstrakt tarkibidagi Digidrokversitin (1,62 mg/gr) va Lyutionin (1,02 mg/gr) flavonoidlari
ham borligini ko’rishimiz mumkin.