Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
200
OʻZBEKISTONDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARINI SUBSIDIYALASH AMALIYOTI:
UNIVERSITETLARNI VA TALABALARNI SUBSIDIYALASHNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
PhD
Valiyev Shamsiddin Eshpulatovich
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
ORCID: 0009-0000-9698-4320
DSc, dots.
Xolmuminov Shuxrat Shayzakovich
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
ORCID: 0000-0003-4967-2206
Annotatsiya.
Davlat moliyasida oliy taʼlim muassasalarini subsidiyalash jarayoni
yoʻnalishlari universitetlar va talabalarga nisbatan qanday shaklda tashkil etilishi koʻpgina
tadqiqotlar asosida oʻrganilgan. Ushbu tadqiqotda mamlakatimizda oliy taʼlimni subsidiyalashni
tashkil etishda soʻnggi yillarda OTMlar va talabalarga nisbatan asosiy tendensiyalar tahlil
qilingan. Subsidiyalashning asosiy yoʻnalishlari xususiyatlari va jihatlari borasidagi oʻzgarishlar
borasida xulosalar olingan hamda takliflar shakllantirilgan.
Kalit soʻzlar:
oliy taʼlim muassasalari, OTMlarni subsidiyalash, oliy taʼlimga sarflar, davlat
byudjeti xarajatlari, taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi.
ПРАКТИКА СУБСИДИРОВАНИЯ ВЫСШИХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ В
УЗБЕКИСТАНЕ: ОСНОВНЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ СУБСИДИРОВАНИЯ
УНИВЕРСИТЕТОВ И СТУДЕНТОВ
PhD
Валиев Шамсиддин Эшпулатович
Университет цифровой экономики и агротехнологий
DSc, доц.
Холмуминов Шухрат Шайзакович
Университет цифровой экономики и агротехнологий
Аннотация.
Пути процесса субсидирования вузов в рамках государственных
финансов в отношении вузов и студентов изучены на основе многих исследований. В
данном исследовании проанализированы основные тенденции в организации
субсидирования высшего образования в нашей стране за последние годы в отношении
вузов и студентов. На основе анализов и изучений сделаны выводы и предложения по
изменению особенностей и аспектов основных направлений субсидирования.
Ключевые слова:
высшие образовательные учреждения, субсидирование вузов,
затраты на высшее образование, расходы государственного бюджета, фонд
финансирования образовательных кредитов.
UOʻK: 336.561
II SON - FEVRAL, 2025
200-210
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
201
PRACTICE OF SUBSIDIZING HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN:
MAIN CHARACTERISTICS OF SUBSIDIZING UNIVERSITIES AND STUDENTS
PhD
Valiev Shamsiddin Eshpulatovich
University of Digital Economics and Agrotechnologies
DSc, assoc. prof.
Kholmuminov Shukhrat Shayzakovich
University of Digital Economics and Agrotechnologies
Abstract.
The ways of the process of subsidizing universities within the framework of state
finances in direction to universities and students have been studied on the basis of many studies.
This article analyzes the main trends in the organization of subsidizing higher education in
Uzbekistan, in recent еars in the direction to universities and students. Based on the analyses and
studies, conclusions and proposals were made to change the features and aspects of the main areas
of subsidization.
Keywords:
higher education institutions, subsidizing higher education institutions, higher
education costs, state budget expenditures, educational loan financing fund.
Kirish.
Oliy taʼlim tizimini moliyalashtirishda davlat moliyaviy resurslarini ajratish, ularni
taqsimlash va manzilli moliyalashtirilishini tashkil etish deyarli barcha mamlakatlarda davlat
moliyasining eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda oliy taʼlim sohasiga
sarflangan moliyaviy resurslarning samaradorligi, natijadorligi va mutanosibligini taʼminlash
masalasi davlatning ijtimoiy sohalarni moliyalashtirilishini tashkil etishida asosiy
yoʻnalishlardan biri sifatida namoyon boʻladi.
Oʻzbekistonda ham soʻnggi 6-7 yilda oliy taʼlim bilan qamrov darajasi keskin oʻsishi
kuzatildi. Oliy taʼlimning qisqa, cheklangan qamrov darajasi oʻrniga ommaviylashuv va yuqori
qamrov koʻrsatkichlari davri kirib keldi. Ushbu oʻzgarishlar natijasida oliy taʼlim tizimining
“moliyaviy landshafti” ham tubdan oʻzgarishi yuz bermoqda. Xususan, davlat oliy taʼlim
muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish, ularning oʻzini-oʻzi moliyalashtirishiga zamin
yaratish, OTMlar boshqaruviga korporativ boshqaruv qoidalarini joriy etish, tarmoqda xususiy
oliy taʼlim tashkilotlari ulushining keskin oshishi, mutaxassislar tayyorlashda davlat
buyurtmalari va grantlari taqsimoti institutini nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari
uchun ham kiritish kabi bir qancha oʻzgarishlarni misol qilib keltirish mumkin. Qayd etilgan
islohotlar natijasida oliy taʼlimga sarflangan davlat budjeti mablagʻlari tarkibida ham tub
oʻzgarishlar yuz berayotganligi kuzatilmoqda. Moliyalashtirish shakllari, usullari va tartiblarida
tarkibiy oʻzgarishlar joriy etish orqali moliyalashtirishning xalqaro, zamonaviy va tan olingan
samarali tizimlariga oʻtish borasida chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Ushbu tadqiqot ishida yuqorida qayd etilgan qarashlar hamda tizimli oʻzgarishlarga
asoslanib, OTMlarni subsidiyalashning bevosita va bilvosita usullarining ilmiy asoslarini
sharhlash va ular asosida mamlakatimizda oliy taʼlim sohasini moliyalashtirish holatini tahlil
qilish koʻzda tutilgan. Tadqiqotning adabiyotlar tahlili qismida OTMlarni subsidiyalashda olib
borilgan tadqiqotlar sharhlash koʻzda tutiladi va tadqiqotlarda urgʻu berilishi lozim boʻlgan
yoʻnalishlarni belgilab olish nazarda tutiladi. Tadqiqot tahlillarini olib borish va tizimlashtirish
hamda xulosalarni umumlashtirish maqsadida tadqiqotning metodologiyasi ishlab chiqilishi
ham koʻzda tutiladi. Tahlil va natijalar muhokamasida ishlab chiqilgan metodologiya asosida
OTMlarni subsidiyalashning nazariy, tashkiliy-huquqiy va amaliy jihatlarini atroflicha tahlil
qilish rejalashtirilgan. Tadqiqot yakunida tahlillar va natijalar muhokamasi asosida xulosalar
qilish va takliflar shakllantirish maqsad qilingan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
202
Adabiyotlar sharhi.
Butun dunyoda oliy taʼlimni subsidiyalash darajasi davlatlar xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda OTMlar budjetining sezilarli qismini tashkil etadi. Xususan, Skandinaviya
davlatlarida subsidiyalar hajmi 90 foizdan ortiqni tashkil etsa, Buyuk Britaniya va AQSh kabi
davlatlarda ushbu koʻrsatkich 30 foizga ham еtmaydi (Winter va Pfitzner, 2013). Umumiy qilib
aytganda deyarli barcha mamlakatlarda taʼlim jumladan, oliy taʼlim xarajatlari davlat moliyasi
asosida tashkil etilishi amal qiladi (Tilak,2004). Masalaning konseptual jihati shundan iboratki,
davlat moliyasi orqali ajratilayotgan moliyaviy resurslar qaysi tartib yoki shaklda amalga
oshirilishi samaraliroq ekanligi koʻpgina tadqiqotlarning obyekti boʻlganligini koʻrishimiz
mumkin. Tadqiqotlarda davlat tomonidan moliyaviy resusrlarni transfer qilish mexanizmlari
quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshirish amaliyotda koʻp uchraydi va aynan ularni
takomillashtirish kun tartibida turadi (Albrext va Ziderman,1992):
a)
Davlat tomonidan oliy taʼlim muassasalariga maxsus organlar koʻmagida (buffer
organizations) subsidiyalar ajratish mexanizmi;
b)
Davlat tomonidan talabalarga vaucherlar yoki moliyaviy qarz (taʼlim kreditini orqali
qoʻllab-quvvatlash) ajratish orqali moliyalashtirish mexanizmi.
Oliy taʼlim muassasalarini subsidiyalashda davlat organlarining OTMlarga bevosita
moliyaviy resurslar ajratishi soʻngi yillarda nisbatan cheklanishi va moliyalashtirishning
innovatsion usullariga murojaat qilinmoqda (Salmi,2010). Subsidiyalashning talabalar orqali
taqsimlash amaliyoti koʻpgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ommalashganligi
tadqiqotlarda sharhlangan (Belyakov, 2005). Shuningdek, aksariyat tadqiqotlarda
subsidiyalashni talabalar orqali amalga oshirishda qaysi mezonlar va tartiblarni qoʻllash
samaraliroqligi borasida ham izlanishlar olib borilgan (Jonston va Markuchi, 2010). Davlat
moliyasi orqali oliy taʼlim sohasini moliyalashtirishda asosiy trendlar borasida natijaga
yoʻnaltirilgan moliyalashtirish mexanizmlariga (performance-based financing) urgʻu
berilayotganligi ham tadqiqotlarda koʻrib chiqilgan (Hauptman, 2007).
Tadqiqotlarda yana bir eʼtibor berilgan jihat bu oliy taʼlimni subsidiyalashning fiskal
samarasi (ijobiy taʼsirlari) orqali tushuntirilishi bilan bogʻlangan ilmiy xulosalardir (Deklerk va
Ervin,2020). Unga koʻra oliy maʼlumotli mutaxassislarning kelajakda daromadlari oshishi
hisobiga (qabul va muvaffaqiyatli tugallash koʻrsatkichlarining oʻsishi hisobiga) budjetga soliq
tushumlari oshadi va bugungi ajratilayotgan subsidiyalar oʻzini oqlashi taʼminlanishi
tushuntiriladi. Ammo ushbu fiskal ijobiy taʼsirlar xilma-xil shakllanganligi tufayli ilmiy
xulosalar nisbiy ahamiyatga ega (Deklerk va Ervin,2020).
Fikrimizcha, tadqiqotlarda oliy taʼlim xizmatlarining Oʻzbekistondagi soʻngi oliy taʼlim
islohotlarini hisobga olgan holda boyitilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot ishida dastaval oliy taʼlim xizmatlarini davlat moliyasi orqali tashkil etish va
OTMlarni subsidiyalash amaliyoti va subsidiyalashning tashkiliy-huquqiy jihatlari atroflicha
tahlil qilinadi. Tadqiqotda olib boriladigan tahlillar va ilmiy-nazariy yondashuvlar mantiqiy
hamda uzviy boʻliqlikda oʻrganiladi va ular asosida yakuniy xulosalar olinadi. Tadqiqot
yakunida olingan xulosalar asosida tegishli takliflar shakllantiriladi (1-rasm).
1-rasm. Oliy taʼlim muassasalarini subsidiyalashga tegishli
tadqiqot ishining taxminiy bosqichlari
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Oliy ta'lim moliyasining
huquqiy jihatlarini sharhlash
OTMlarni subsidiyalashning
tashkiliy jihatlarini yoritish
OTMlarni subsidiyalash
amaliyoti tahlili
Umumiy xulosalar va
takliflarni shakllantisih
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
203
Tadqiqot ishida monografik tahlil, nazariy va empirik tahlil, statistik kuzatuv, sintez,
induktiv va deduktiv tahlil orqali yondashuv va qiyoslash usullaridan foydalanilgan.
Statistik maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ijtimoiy
sohalar iqtisodiyoti va moliyasi departamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Statistika agentligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va
innovatsiyalar vazirligi rasmiy saytidan olingan. Tashkiliy-huquqiy va normativ baza sifatida
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari Milliy bazasidan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
OTMlarni subsidiyalashning tashkiliy-huquqiy jihatlari
. Taʼlim sohasi moliyasini tashkil
etishning huquqiy asosi eng avvalo mamlakatimizning asosiy qomusi, Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Konstitutsiyaning 50-moddasiga koʻra: “Davlat uzluksiz taʼlim
tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini
taʼminlaydi” – deb belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, aynan ushbu moddaga asosan: “Davlat bepul
umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlaydi” – deb qayd qilib
qoʻyilgan.
2-rasm. Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirishni
davlat moliyasi orqali amalga oshirish tashkiliy tuzilmasi
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Asosiy qomusimizning 51-moddasiga koʻra: “Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida
tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli” ekanligi belgilab qoʻyilgan. Ushbu
normalarga asosan mamlakatimizda taʼlim, xususan oliy taʼlimning moliyasi tashkil etiladi.
Bundan tashqari mamlakatimizda taʼlim sohasi uchun asosiy qonun hisoblangan “Taʼlim
toʻgʻrisida”gi qonun asosida ham oliy taʼlim sohasini moliyalashtirishga doir asosiy normalar
belgilab qoʻyilgan. Ushbu qonunning 9-bobida taʼlimni moliyalashtirish va davlat tomonidan
qoʻllab-quvvatlash masalalariga oid huquqiy normalar belgilab berilgan. Jumladan, qonunning
62-moddasi birinchi xatboshisiga asosan: “Davlat taʼlim muassasalarini moliyalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan, tumanlar va shaharlar
budjetlaridan, kadrlar buyurtmachilarining mablagʻlari hisobidan, shuningdek budjetdan
tashqari mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga
Davlat moliyasiga tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini qabul qiluvchi va
nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi
Tijorat banklari
Oliy ta’lim muassasalari
Tasarrufida OTMlar
mavjud davlat vazirlik va
idoralari
Talabalar va
ularning ota-onalari
(kafillari)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
204
oshiriladi.” – deb belgilangan boʻlib, ushbu normaga asosan oliy taʼlim muassasalarini
moliyalashtirish tashkil etiladi.
3-rasm. OTMlarni turli manbalar hisobidan moliyalashtirish tizimining taxminiy
sxemasi
(Татарникова, 2006)
Mamlakatimizda oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirishni tashkil etishda ushbu
tizimga tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini qabul qilish, ularning ijrosini nazorat qilish
borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi, Prezident
administratsiyasi, Hisob palatasi kabi organlarning oʻz vakolatlari doirasida belgilangan
funksiya va vazifalari mavjuddir. Moliyalashtirishni tashkil etish, ijro va monitoring hamda
hisobdorlik nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining oʻz vakolatlari hamda vazifalari belgilangan.
Tarmoq davlat organi (lari) sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar
vazirligi hamda tasarrufida OTMlar mavjud davlat vazirlik va idoralari ham moliyalashtirishni
tashkil etishda asosiy tashkiliy tuzilmalar sifatida namoyon boʻladi. Shuningdek,
subsidiyalanadigan taʼlim kreditlarini ajratish va moliyalashtirishda tijorat banklarining ham
qonunchilik asosida belgilangan vazifa va vakolatlari mavjuddir. Ular talabalar va ularning
kafillari tomonidan shartnoma toʻlovlarini taʼlim kreditlari asosida moliyalashtirish hamda
Oliy ma’lumot olishni
hohlovchi shaxs
Tanlovdan o‘tgan
Tanlovdan o‘tmagan
Oliy ta’lim muassasasi
To‘lov shartnomasi tuzish
Davlat kadrlar
dasturi asosida
talab
Davlat
budjetidan
moliyalashtirish
h
Korxonalar
tomonidan
moliyalashtirish
Oila budjetidan
moliyalashtirish
Ta’lim
kreditlari
tizimi
Maqsadli qabul
Maqsadli bo‘lmagan qabul
Talaba, OTM va davlat organi o‘rtasida uch
tomonlama shartnoma tuzish
Mehnat faoliyatini davom ettirishga motivatsiya
Mavjud emas
Mavjud
Davlat subsidiyalarini
qaytarish
Iqtisodiyotning real sektori (mehnat bozori)
Kelishilgan muddatni
ishlab berish
Mehnat faoliyatini davom ettirishga
motivatsiya
Mavjud emas
Mavjud
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
205
davlat subsidiyalanadigan foizli sarflari borasida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
Moliya vazirligi hamda OTMlar oʻrtasidagi asosiy oraliq (buffer) tashkilot sifatida namoyon
boʻladi. Albatta OTMlar ushbu tuzilmada (3-rasm) soʻngi benefitsiar tashkilot sifatida ishtirok
etadi. OTMlarning bu boradagi faoliyati esa budjet qonunchiligi va qonunosti aktlari bilan
tartibga solinadi.
Oliy taʼlim olish istagidagi shaxs, oʻrnatilgan tartibda belgilangan tanlovlardan oʻtganidan
soʻng maʼlum mezonlar asosida davlat kadrlar tayyorlash dasturining maqsadli parametrlari
doirasida OTMlar va tegishli vazirlik idoralar bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishadi.
Oʻrnatilgan shart va majburiyatlar doirasida maqsadli koʻrsatkichlarga asosan oliy taʼlim olgan
shaxs muddatli ishlab berish majburiyatlarini bajarishi yoxud subsidiyalarni qoplash
shartlarini amalga oshirishi talab etiladi. Mamlakatimizda Iqtisodiyot va moliya vazirligi
tomonidan ushbu davlat grantlari orqali moliyalashtiriladigan yoʻnalishlardan tashqari
maqsadsiz, maʼlum bir ijtimoiy reestrlar asosida belgilanuvchi mezonlar asosida ham
subsidiyalash amalga oshirilishi mumkin. Ijtimoiy mezonlar asosida subsidiyalash belgilangan
tartiblar boʻyicha ijro etiladi va nazorat amalga oshiriladi. Umumiy maʼnoda subsidiyalash
hajmlari maqsadli va maqsadsiz shakllarda davlat budjeti parametrlarida oʻz aksini topadi.
Davlat moliyasi orqali oliy taʼlimni moliyalashtirishning yana bir asosiy yoʻnalishlaridan
biri bu taʼlim kreditlari dasturlari orqali amalga oshiriluvchi mexanizm deb aytish mumkin.
Ushbu yoʻnalishda maxsus fondlar tashkil etish orqali hamda kapital bozorlaridagi foiz
stavkalari va taʼlim krediti stavkalari orasidagi tafovvutlarni subsidiyalash orqali
moliyalashtirish tashkil etilishi nazarda tutiladi. 4-rasmga koʻra OTMlarni turli manbalar
hisobidan moliyalashtirish tizimining taxminiy sxemasini tasavvur qilish mumkin. Umuman
olganda moliyalashtirishning deyarli koʻpgina boʻgʻinlari va yoʻnalishlarida davlat moliyasining
bevosita yoxud bilvosita ishtirokini koʻrish mumkin. Bunda oliy taʼlim olish istagida boʻlgan
shaxsning tanlovlar hamda shartnomaviy munosabatlar asosida mehnat bozorida faoliyatini
boshlagungacha boʻlgan bosqichlarda davlat va markazlashgan, shuningdek markazlashmagan
moliyalashtirish tizimlarining oʻzaro ketma-ketligini hisobga olgan holda jarayonlarni tashkil
etish nazarda tutilishi kerak.
2-jadval
2020-2025-yillarda davlat budjetidan taʼlimga xarajatlar toʻgʻrisida maʼlumot
Koʻrsatkichlar
2020
2021
2022
2023
2024
(kutilma)
2025
(reja)
Yalpi ichki mahsulot (mlrd.
soʻm)
668038 820537 995573 1192163
1301759
1630000
Davlat budjeti xarajatlari,
jami (mlrd. soʻm)
144143 188257 236692 281097
312921
344600
Ijtimoiy xarajatlar (mlrd.
soʻm)
74232
92014 117692 137247
151504
178200
Taʼlimga xarajatlar (mlrd.
soʻm)
29961
39641
50271
61220
69076
84000
Kadrlar tayyorlashga sarflar
(mlrd. soʻm)
3205
4408
6981
9815
12675
14545
Oliy taʼlimga sarflar (mlrd.
soʻm)
1969
2736
4849
4525
6047
6683.6
Davlat OTMlarida talabalar
soni (ming nafar)
551
851
1014
1054
1068
1093
Manba:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy saytlari ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
OTMlarni subsidiyalash amaliyoti tahlili
. Mamlakatimizda ijtimoiy soha moliyasi davlat
budjeti xarajatlarida eng asosiy oʻrinni egallaydi. Davlat budjetining 50% ga yaqini aynan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
206
ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Davlatning ijtimoiy sohadagi maqsad va
vazifalarini toʻlaqonli ijro etishi hamda ijtimoiy sohaga tizimli investitsiyalar yoʻnaltirilishini
taʼminlash davlat budjetida ushbu sarflarning ham miqdoran ham ulushi nuqtai nazaridan
doimo asosiy yoʻnalish boʻlib qolishini anglatadi.
2-jadvalga ko‘ra, mamlakatimizda davlat budjetidan ijtimoiy sarflar tarkibida ta’limga
sarflar asosiy qismni tashkil etadi. Xususan, 2024-yilda jami ijtimoiy xarajatlarning taxminan
46 foizi ta’limning turli bo‘g‘inlariga yo‘naltirilishi kutilmoqda. 2023-yilda esa ushbu
ko‘rsatkich taxminan 45 foizni tashkil etgan. 2024-yilda davlat budjetidan ta’limga qilinishi
ko‘zda tutilgan xarajatlarning 18 foizdan ortig‘i kadrlar tayyorlash uchun sarflanishi
belgilangan. Kadrlar tayyorlashga taaluqli bo‘lgan sarflar professional ta’lim muassasalari,
akademik litseylar va oliy ta’lim sohasiga qilingan sarflardan tashkil topgan bo‘lib, 2024-yilda
kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladigan mablag‘larning 48 foizga yaqini oliy ta’lim sohasiga
ajratilishi mo‘ljallangan. 2023-yilda esa mos ravishda ushbu ko‘rsatkich 46 foiz atrofida
bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatimizda 2020-2024-yillar davomida davlat
budjetidan oliy taʼlimga sarflarning ulushi 2020-yildagi 1.37 foizdan 2024-yilda 1.93 foizni
tashkil etishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich 2022-yilda 2.05 foizgacha oshgan bo‘lsada, keying
yillarda nisbatan pasayish tendensiyasiga egaligini ko‘rishimiz mumkin (4-rasm).
4-rasm. 2020-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlimga davlat
sarflarining davlat budjeti va YaIMdagi ulushi
Manba:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy saytlari ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
Shuningdek, oliy taʼlimga sarflarning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi ham
2020-yildagi 0.29 foizdan 2024-yilga kelib 0.46 foizgacha oshishi kutilayotganligini koʻrishimiz
mumkin. Ushbu koʻrsatkich ham soʻnggi yillarda nisbatan pasayish tendensiyasiga egaligining
guvohi boʻlishimiz mumkin. Bunday pasayish asosan mamlakatimizda oliy taʼlimni
moliyalashtirishning bilvosita usullariga oʻtilayotganligi bilan ham tushuntirilishi mumkin.
Yaʼni mamlakatimizda talabalarga va ijtimoiy reestrga kiradigan aholi qatlamiga maqsadli
moliyalashtirishni tashkil etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar natijasida davlat budjetidan
toʻgʻridan-toʻgʻri sarflar nisbatan kamayganligi kuzatilgan deyish mumkin.
2020-2024-yillar davomida mamlakatimizda davlat budjetidan oliy taʼlimga
xarajatlarning taʼlimga jami sarflardagi ulushi 7-10 foiz atrofida boʻlganligini koʻrish mumkin
(5-rasm). Soʻnggi yillarda ushbu nisbat ham nobarqaror tus olayotganligini koʻrish mumkin.
Albatta, ushbu nisbat (10/90) ITHT mamlakatlarida bugungi kunda mavjud nisbatlardan
1,37%
1,45%
2,05%
1,61%
1,93%
0,29%
0,33%
0,49%
0,38%
0,46%
0,00%
0,50%
1,00%
1,50%
2,00%
2,50%
2020- Y I L
2021- Y I L
2022- Y I L
2023- Y I L
2024- Y I L
( KUT I L MA)
Davlat budjeti xarajatlarida oliy ta'limga sarflarning ulushi (%)
YaIMga nisbatan oliy ta'limga sarflarning ulushi (%)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
207
keskin farq qiladi. Ushbu nisbatlar rivojlangan mamlakatlarda 70/30 koʻrsatkichni tashkil
etadi. Yaʼni rivojlangan mamlakatlarda davlat budjetining taʼlimga sarflarining 70 foizi oliy
taʼlimga yoʻnaltiriladi. Bu quyi taʼlim boʻgʻinida bir nafar oʻquvchiga sarflarning pastligi (kam
sarfligi), ushbu mamlakatlarda oliy taʼlim bilan qamrovning yuqoriligi hamda oliy maʼlumotli
mutaxassis tayyorlashning kamida 4-5 baravar qimmatligi bilan izohlanadi (Birdsall,1996;
Jahon banki, 2020). Shuningdek, hozirgi vaqtda mamlakatimizda oliy taʼlimga davlat budjetidan
sarflarning taxminan 1/3 qismi talabalarga stipendiyalar shaklida amalga oshiriladigan sarflar
boʻlib (Byudjet loyiha, 2024), ushbu sarflar oliy taʼlim jarayoni sifatini va OTMlarning
salohiyatini oshirishga nisbatan taʼsirchan sarflar hisoblanmaydi. 2025-yil uchun eʼlon qilingan
davlat budjeti loyihasida oliy taʼlimga jami sarflar 6 683.6 mlrd. soʻm boʻlishi rejalashtirilgan
boʻlib, undan 2 014.5 mlrd. soʻm qismi talabalarga stipendiyalar uchun ajratilishi moʻljallangan.
5-rasm. 2020-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashga va oliy
taʼlimga xarajatlar dinamikasi
Manba:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy saytlari ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
2021-yildan soʻng Oʻzbekistonda oliy taʼlim sohasini moliyalashtirish borasida bir qancha
islohotlar amalga oshirildi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-
iyuldagi “Oliy va professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada
kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5203-son qarori asosida bir qancha islohotlar
amalga oshirildi. Ushbu qaror asosida 2021/2022-oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt
asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyildi. Qarorga asosan
quyidagilar belgilab berildi:
-
tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan resurslar hisobidan taʼlim
kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratishi;
-
taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng
еttinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytarilishi;
-
taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad
manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchi sifatida
qatnashishiga ruxsat etilishi;
-
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan taʼlim krediti uchun
garov va kafilliklar talab etilmasligi.
6,57
6,90
9,65
7,39
8,75
0,00
2,00
4,00
6,00
8,00
10,00
12,00
-
10 000,00
20 000,00
30 000,00
40 000,00
50 000,00
60 000,00
70 000,00
80 000,00
2020-yil
2021-yil
2022-yil
2023-yil
2024-yil (kutilma)
Ta'limga xarajatlar (mlrd.so'm)
Kadrlar tayyorlashga sarflar (mlrd.so'm)
Oliy ta'limga sarflar (mlrd.so'm)
Oliy ta'limga sarflarning ta'limga sarflardagi ulushi (%)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
208
Shuningdek, Taʼlim kreditlari boʻyicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan
taʼminlash uchun Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi
tashkil etildi. Jamgʻarmaga Davlat budjetidan 2021-yilda kamida 1 trillion soʻm, keyingi yillarda
haqiqiy talabdan kelib chiqib mablagʻlar ajratilishi belgilandi.
3-jadval
2022-2025-yillarda Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi asosiy
koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumot (mlrd. soʻmda)
Koʻrsatkichlar
2022
2023
2024 (kutilma)
2025 (reja)
Daromadlar
1 037
162
246
500
Transfertlar
1 000
1 947
2 991
2 800
Xarajatlar
11
150
350
550
Yil yakunida depozit qoldigʻi
2 026
3 288
6 173
8 923
Talabalarga ajratilgan mablag‘lar
1 714
1 915
-
-
Mablag‘ ajratilgan talabalar soni
174 677
170 100
-
-
Manba:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida
muallif ishlanmasi.
2022 va 2023-moliya yillari davomida mos ravishda 174 677 ta va 170 100 ta talabalarga
ushbu jamgʻarma orqali 3.6 trln. soʻmdan ortiq mablagʻlar ajratilgan. Ushbu davr mobaynida
jami 161 mlrd. soʻm mablagʻlar foizlarni subsidiyalash uchun yoʻnaltirilgan boʻlib, 2024-2025-
yillar davomida ushbu maqsadlarda 900 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻlar sarflanishi kutilmoqda
(3-jadval).
6-rasm. Oʻzbekistonda 2017-2024-yillarda davlat oliy taʼlim muassasalarida tushumlar
tarkibi oʻzgarishi (foizda)
Manba:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy saytlari ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
3-jadval asosida xulosa qilish mumkinki, so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda davlat
budjetidan ajratilgan mablag‘lar hajmi keskin oshib borayotganligi kuztilmoqda. Demak, oliy
ta’limni talabalar orqali subsidiyalash mexanizmlari ham davlat moliyasida sezilarli ta’sirga ega
yo‘nalish sifatida shakllanib borayotganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
2024/2025-oʻquv yilidan boshlab taʼlim kreditlari ajratish tartiblari takomillashtirilishi
natijasida quyidagi tartiblar belgilandi:
28
26
23
19
23
25
28
72
74
77
81
77
75
72
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
80%
90%
100%
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2024 (9 oy)
Davlat budjetidan tushumlar ulushi
To'lov-kontrakt asosida tushumlar ulushi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
209
a) oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim
tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratilishi;
b) oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni
oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average):
“3” dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida
ajratilishi, bunda kredit toʻlov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan
toʻlangandan keyin ajratilishi;
“3” va undan yuqori boʻlgan taqdirda va (yoki) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga
kiritilgan oilalarning taʼlim olayotgan aʼzolari uchun taʼlim krediti toʻlov-kontrakt summasi
miqdorida ajratilishi.
Hozirda taʼlim krediti jami talabalar sonining 20 foizini qamrab olayotganligi va 2025-
yilda Jamgʻarmadan 550 mlrd. soʻmdan ortiq xarajatlar qilinishi koʻzda tutilayotganligini
hisobga olsak, davlatning talabalar orqali oliy taʼlimni subsidiyalash hajmlari ham sezilarli
darajada shakllanib borayotganligini xulosa qilish mumkin.
2017-2024-yillar uchun davlat OTMlar tushumlari tarkibi dinamikasiga nazar
tashlaydigan boʻlsak, 2021-yildan soʻng davlat budjetidan tushumlar ulushi nisbatan
oshganligini koʻrish mumkin (6-rasm).
Kelajakda toʻlov-kontrakt tushumlarida ham taʼlim kreditlari miqdorlarining oshib
borishi natijasida davlat budjetidan ushbu kreditlar foizlarini subsidiyalashga sarflarning oshib
borishi kutilishi mumkin. Shuningdek, Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini
moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida
oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish toʻgʻrisidagi nizomga asosan respublikadagi davlat oliy
taʼlim muassasalari, xususiy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallari
talabalariga kontrakt toʻlovlari uchun kredit ajratish nazarda tutilgan. Shunga koʻra ushbu
taʼlim kreditlari foizlarini subsidiyalash davlat budjeti sarflarida oshib borishini anglatadi.
Xulosa va takliflar.
Oʻzbekistonda soʻngi yillarda oliy taʼlimning ommaviy qamrov davriga oʻtishi davlat
moliyasida oliy taʼlim sohasini subsidiyalash tartiblarida bir qancha jihatlarni namoyon qildi.
Jumladan, davlat budjeti mablagʻlarining manzilli, adolatli, mutanosib va samarali ishlatilishini
taʼminlash maqsadida OTMlarni bevosita hamda bilvosita moliyalashtirish mexanizmlari joriy
etilmoqda. Ushbu islohotlarni hisobga olgan holda ayrim xulosalar qilinishi mumkin:
Birinchidan
, davlat OTMlariga moliyaviy mustaqillik berish orqali ularning oʻzini-oʻzi
moliyalashtirish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan islohotlar joriy etilmoqda. Shuningdek,
ushbu jarayonda moliyaviy qarorlar qabul qilishda korporativ boshqaruv usullaridan
foydalanishga urgʻu berilmoqda.
Ikkinchidan
, davlat OTMlari, xorijiy OTM filiallari, nodavlat OTT va davlat boshqaruv
organlari oʻrtasida davlat maqsadli kadrlar tayyorlash borasida davlat buyurtmasi institutidan
foydalanish tartiblari izchillik bilan joriy etilmoqda.
Uchinchidan
, oliy taʼlim olish istagidagi shaxslarga tanlov va ijtimoiiy mezonlarga asosan
moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali talabalar orqali OTMlarni subsidiyalash
mexanizmlarini ham takomillashtirish siyosati olib borilmoqda.
Toʻrtinchidan
, oliy taʼlimni subsidiyalashda taʼlim kreditlari jamgʻarmasi orqali
talabalarning ijtimoiy maqomi, akademik oʻzlashtirishi kabi omillarni hisobga olgan holda
tartiblarni kiritish orqali moliyalashtirish borasida ham bir qancha islohotlar amalga
oshirilmoqda.
Fikrimizcha, Oʻzbekistonda oxirgi yillarda oliy taʼlim tizimini subsidiyalash tartiblari
borasidagi olib borilayotgan islohotlar, jahon tajribasi va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqqan holda tadqiqotlar va ularni amaliyotga joriy qilish
borasidagi ayrim yoʻnalishlarda eʼtibor berilishi talab etiladigan jihatlar mavjuddir. Odatda
jahon tajribasida oliy taʼlim xizmatlarining iqtisodiy mohiyati va ijtimoiy ahamiyati nuqtai
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
210
nazaridan bir qancha omillarni hisobga olgan holda tashkil etish nazarda tutiladi. Yaʼni
davlatning oliy taʼlimni subsidiyalash borasidagi moliyaviy siyosati ushbu omillar asosida
shakllantiriladi. Bunday omillarga oliy taʼlimdan iqtisodiy va ijtimoiy qaytim (sarflar va
nafliklarni baholash asosida), oliy taʼlimdan yuzaga keluvchi ijobiy taʼsirlar (externalities), oliy
taʼlimni moliyalashtirishda kapital bozorlari faoliyatining holati, oliy taʼlimni kuchli va kuchsiz
signallar (strong and weak signalling) asosida baholash amaliyoti hamda oliy taʼlimdan yuzaga
keluvchi subyektiv qarorlarning holatiga bogʻlangan empirik tahlillarni keltirish mumkin.
Bundan tashqari, bugungi soliq toʻlovchilarning mablagʻlarini oliy taʼlimni
subsidiyalashga yoʻnaltirishdan kelajakda yuzaga keluvchi fiskal samaralar (fiscal
externalities) qanday kutilishi mumkin degan savolga ham javob topish talab etiladi. Muxtasar
qilib aytganda, oliy taʼlimni subsidiyalash orqali hozirda qilingan investitsiyalar kelajakda
xususiy daromadlarning oshishi orqali budjetga soliq tushumlarini oshirishi kerak. Aynan
shunda adolat va mutanosiblik hamda samaradorlik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq
subsidiyalash tashkil etilgan deb baholanishi mumkin boʻladi. Oliy taʼlim muassasalarini
bevosita yoxud bilvosita subsidiyalanishi borasidagi tadqiqotlar va empirik xulosalar ushbu
omillarga tayangan holda amalga oshirilishi davlat moliyasining oliy taʼlimga nisbatan
samarasini yaxshilashi mumkin.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Edu.uz. (2023). O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. [online]
Available at: http://www.edu.uz.
mf.uz (2023). Iqtisodiyot va moliya vazirligi. [online] undefined. Available at:
Tilak J. B. G. (2004) Public subsidies in education in India //Economic and Political Weekly.
С. 343-359.
Tilak J. B. G. (2008) Higher education: A public good or a commodity for trade? Commitment
to higher education or commitment of higher education to trade //Prospects.– Т. 38. – С. 449-466.
Winter S., Pfitztner A. (2013) Externalities and subsidization of higher education.
World Bank. (n.d.). World Bank Group - International Development, Poverty, &
Sustainability. [online] Available at:
Бюджет (2024) Фуқаролар учун бюджет 2025 лойиҳа.
Татарникова А. А. (2006) Механизм введения целевых образовательных субсидий в
рамках бюджетного финансирования государственных вузов //Вестник Томского
государственного педагогического университета.– №. 12. – С. 48-52.
