Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
5
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA JAHON DAVLATLARI SOG‘LIQNI SAQLASH
TIZIMLARINING RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Abdusattorov Sarvar Shokirovich
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tibbiyot sohasini raqamlashtirish masalalari hamda xorijiy tajribasi
o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish borasida olib
borilayotgan amaliyot va bu sohada xorijiy davlatlarning tajribalari tadqiq etilgan. Shuningdek, statistik
ma’lumotlar asosida mamlakat tibbiyot sohasi rivojlanish tendensiyalari tahli
l qilinib tibbiyot
korxonalarida axborotlarni raqamlashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
tibbiyot, raqamlashtirish, aholi, tibbiyot muassasasi, shifokor, statsionar,
ambulatoriya, Big Data.
АНАЛИЗ ПОКАЗАТЕЛЕЙ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ ЗДРАВООХРАНЕНИЯ РЕСПУБЛИКИ
УЗБЕКИСТАН И ГОСУДАРСТВ МИРА
Абдусатторов Сарвар Шокирович
Ташкентский педиатрический
медицинский институт
Аннотация.
В настоящей статье изучены вопросы цифровизации медицинской сферы и
зарубежный опыт. Исследованы практика цифровизации системы здравоохранения Республики
Узбекистан и опыт зарубежных стран в этой сфере. Также на основе статистических данных
проанализированы тенденции развития медицинской сферы страны и разработаны
предложения и рекомендации по эффективной организации процессов цифровизации информации
на медицинских предприятиях.
Ключевые слова:
медицина, цифровизация, население, медицинское учреждение, врач,
стационар, амбулатория, Big Data.
ANALYSIS OF HEALTH SYSTEM DEVELOPMENT INDICATORS OF THE REPUBLIC
OF UZBEKISTAN AND THE STATES WORLD
Abdusattorov Sarvar Shokirovich
Tashkent pediatric medical institute
Annotation.
This article examines the issues of digitalization of the medical sphere and foreign
experience. The practice of digitalization of the healthcare system of the Republic of Uzbekistan and the
experience of foreign countries in this area have been studied. Also, on the basis of statistical data, trends
in the development of the country's medical sphere were analyzed and proposals and recommendations
were developed for the effective organization of information digitalization processes at medical
enterprises.
Keywords:
medicine, digitalization, population, medical institution, doctor, hospital, outpatient
clinic, Big Data.
UO‘K: 614.23
VII SON - NOYABR, 2023
5-10
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
Kirish.
So‘ngi 5
-
6 yillarda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasini tubdan isloh qilish, tizimni
takomillashtirish, xalqimizga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, aholining reproduktiv salomatligini
mustahkamlash, sog‘lom avlod tarbiyasi uchun zarur shart
-sharoitlar yaratish borasida amalga
oshirilayotgan islohotlar, bajarilayotgan ishlar ko‘lami yanada ortib bormoqda. Eng muhimi,
mamlakatimiz tibbiyot sohasidagi ijobiy o‘zgarish va yangilanishlar vatanimiz fuqarolarining hayotida,
turmush tarzida ijobiy aks etmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Maqolada asosan statistik ma’lumotlar muallif tomonidan tahlil qilingan bo‘lib, asosiy
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi va O‘zbekiston
Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari hisoblanadi. Shuningdek, A. Uralovning
(2020)
“The Estimation of the Covid
-19 Pandemic on the Macroeconomic indicators suggestions for
Uzbekistan” nomli maqolasida pandimeya davrining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri va makroiqtisodiy
omillar haqida fikr bildirilgan. Katerina Bolgova, Sergey Kovalchuk va boshq. (2020)
“
Human Computer
Interaction During Clinical Decision Support With Electronic Health Records Improvement”
maqolasida
klinikalarda elektron xizmatlar ko‘rsatish xaqida fikrlar tahlil qilingan.
Amine Rghioui, Jaime Lloret and
Abedlmajid Oumnad (2020)
tomonidan chop etilgan “
Big Data Classification and Internet of Things in
Healthcare”
deb nomlangan maqolasida katta ma’lumotlarning saqlanishi haqida fikr bildirilgan.
Maxkamovning (2023)
“Raqamli iqtisodiyot sektorini rivojlantirishda mahalliy xususiyatlar asosida
tadqiq qilish” mavzusidagi maqolasida
Mamlakatimizning raqamli iqtisodiyot sektorini rivojlanishi,
elektron tijorat, onlayn savdo yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar va unga ta’sir etuvchi omillar
haqida ma’lumotlar keltirilg
an.
Maxkamov, Ismoilova va boshqalarning
(2023)
”ELEKTRON TIJORAT
INFRATUZILMASI VA UNING GEOIQTISODIY AHAMIYAT” mavzusidagi
maqolada mualliflar tomonidan
elektron tijorat infratuzilmani rivojlantirish va uni takomillashtirish uchun olib boriladigan ishlar tahlil
qilingan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishda raqamli statistika, so`rovnoma va
amaliy tahlil usullaridan foydalangan holda sog‘liqni saqlash sohasida elektron xizmatlarni joriy
qilishning o‘ziga xos jihatlari bashorat qilingan. Shuni
ngdek, regression tahlil qilish orqali qaysi xizmat
turlarini raqamlashtirishga bo`lgan talab va uning qamrov darajasiga ta`siri bo`yicha tahlil -natiijalar
keltirilgan
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari asosida
shakllantirilgan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tavsiflovchi asosiy
ko‘rsatkichlarning 2000
-2022-
yillar bo‘yicha ma’lumotlari keltirilgan.
Dastlabki bosqichda biz bu ko‘rsatkichlarning so‘ngi 22 yil davomida o‘zgarish holatini aniqlash
maqsadida 2000 va 2022-
yillar bo‘yicha ko‘rsatkichlar miqdorini o‘zaro taqqoslab tahlil qilishni, hamda
sog‘liqni saqlash tizimi bevosita inson salomatligi ta’minlash bilan bog‘lik bo‘lganligi uchun bu
ko‘rsatkichlarni aholining demografik o‘sish darajasi bilan ham taqqosladik.
2000-
yil oxiriga kelib mamlakatimiz aholisining soni 24813,1 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa
2022 yil oxiriga kelib bu demografik ko‘rsatkich 145,2 foizga oshib
36024,9 kishini tashkil etgan (1-
jadval). Shu bilan birga mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida shu yillarda olib borilgan
islohotlarga, xususiy tibbiyot tashkilotlari ochish borasida yaratib berilgan imkoniyatlarga qaramay
davolash muassasalar soni 6009 tadan 7390 taga (123 foiz) oshgan, jumladan shifoxonalar soni 1162
tadan 1295 taga (111,4 foiz), aholini davolash tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ambulatoriya
-
poliklinika muassasalari 4847 tadan 6095 taga (125,7 foiz) o‘sgan.
Ta’kidlab o‘tish joizki, mamlakat sog‘liqni saqlash sohasini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlar biri
hisoblangan mamlakatimizdagi shifoxonalardagi mavjud bemorlar uchun statsionar shifoxona o‘rinlari
soni 2000 yilda 138,6 mingtani tashkil etgan bo‘lsa bu ko‘rsatkich 2022 yilga kelib 117,5 foizga o‘sib
162,9 mingtani tashkil etgan. Lekin qayd etib o‘tish lozimki, bu ko‘rsatkich bilan bog‘liq o‘n ming aholiga
to‘g‘ri keladigan shifoxona o‘rinlari soni 55,9 o‘rin bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib 45,2 o‘ringa (
80,9 foiz)
tushib ketgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
7
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasi asosiy ko‘rsatkichlarining
2000 va 2022-yillar qiyosiy tahlil jadvali
T/r
Sog‘liqni
saqlash sohasi
ko‘rsatkichlari
O‘lchov
birligi
2000
2022
Farqi
Miqdor
Foizda
1
Mamlakat aholisi soni
ming kishi 24813,1 36024,9
11211,8
145,2
2
Davolash muassasalari soni
dona
6009
7390
1381,0
123,0
Jumladan:
3
Shifoxona muassasalari soni
dona
1162
1295
133,0
111,4
4
Ambulatoriya - poliklinika
muassasalari soni
dona
4847
6095
1248,0
125,7
5
Shifoxona o‘rinlari son, jami
ming o‘rin
138,6
162,9
24,3
117,5
6
Shu ko‘rsatkich
10 000 aholiga
o‘rin
55,9
45,2
-10,7
80,9
7
Statsionarlarda bir yilda davolangan
bemorlar soni, jami
ming kishi
3514,4
6097,3
2582,9
173,5
8
Bir
shifoxona o‘rniga to‘g‘ri keladigan
aholi soni
kishi
179
221
42,0
123,5
9
Ambulatoriya-poliklinika
muassasalarining quvvati, bir
smenada qatnovlar soni, jami
ming kishi
391,5
585,6
194,1
149,6
10
Barcha mutaxassislikdagi
shifokorlarning soni, jami
ming kishi
81,5
93,9
12,4
115,2
11 Bir
shifokorga to‘g‘ri keladigan aholi
soni:
kishi
304
384
80,0
126,3
12
O‘rta
malakali tibbiyot xodimlari soni,
jami
ming kishi
259,7
367,6
107,9
141,5
Aholi sonining o‘sishi sur’atlariga nisbatan bu ko‘rsatkichlarning ortda qolishi yoki mavjud
statsionar shifoxonalarda bir yilda davolangan bemorlar sonining keskin o‘sib ketishiga olib keldi
(1-rasm).
2000-yilda mamlakatimizda statsionarlarda davolangan bemorlar soni 3514,4 ming kishini
tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil oxiriga kelib 173,5 foizga o‘sib 6097,3 ming kishini tashkil etdi. Ta’kidlab
o‘tish lozimki kasalxonalarda davolangan bemorlar sonining o‘sishi
ga 2020-2021-yillarda dunyo
bo‘ylab koronavirus infeksiyasi tarqalganganligi bois COVID
-
19 pandemiyasi sabab bo‘lganligini ham
e’tirof etish o‘rinli.
Yana bir ko‘rsatkich bir birlik shifoxona o‘rniga to‘g‘ri keladigan aholi soni bo‘yicha ma’lumotlarni
taqqoslaganimizda ma’lum bo‘ldiki, 2000 yilda bir birlik shifoxona o‘rniga 179 ta bemor to‘g‘ri kelgan
bo‘lsa 2022 yilga kelib bu ko‘rsatkich miqdori 42 birlikka yoki 123,5 foizga o‘sib 221 bemor sonini
tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich miqdori ham mamlakatda aholi sonining dinamikasiga nisbatan ancha
ortda qolayotganligi ko‘rsatmoqda.
Yana bir muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblangan aholi salomatligini ta’minlab berish uchun
xizmat qiladigan malakali shifokorlar sonini qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2000 yilda mamlakat
sog‘liqni saqlash tizimida mehnat qilayotgan barcha mutaxass
islikdagi shifokorlarning soni 81,5 ming
kishini tashkil etgan bo‘lsa 2022 yila kelib bu ko‘rsatkich miqdori 93,9 ming kishini (o‘sish sur’ati 115,2
foiz) tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich miqdorini mamlakatimiz aholisi sonini o‘sish sur’atlariga taqqoslaganda tibbiyot
tizimidagi barcha mutaxassislikdagi shifokorlarning sonining o‘sish sur’atlari ancha orqada qolganligini
kuzatish mumkin. Buning oqibatida 2000 yilda bir malaka
li shifokorga to‘g‘ri keladigan aholi soni
o‘rtacha 304 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib bir shifokorga to‘g‘ri keladigan ahli soni 126,3
foizga o‘sib 384 kishiga yetgan. Bu holat yildan yilga mutaxassislik shifokorlarga to‘g‘ri kelayotgan
kasbiy bosimning oshib borishini izohlaydi.
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги статистика агентлиги (www.stat.uz) ва Ўзбекистон Республикаси соғликни
сақлаш вазирлиги (www.ssv.uz) маълумотлари асосида муаллиф томонидан ишлаб чиқилган
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
8
1-
rasm. Sog‘liqni saqlash sohasi asosiy ko‘rsatkichlarining 2000
-yilga nisbatan
2022-
yilda o‘sish sur’atlari
Mamlakatimizda faoliyat yuritayogan o‘rta malakali tibbiyot xodimlari soni 2000
-yilda 259,7
ming kishini tashkil etgan bo‘lsa 2022
-
yilga kelib mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat
yuritayotgan o‘rta malakali tibbiyot xodimlari soni 367,6 ming kishi tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich
141,5 foizga o‘sgan bo‘lib mamlakat aholi demografik ko‘rsatkichining o‘sishiga yaqin (145,2 f
oiz)
hisoblanadi.
Mamlakatimizda aholining demografik o‘sishi bilan sog‘liqni saqlash sohasi asosiy
ko‘rsatkichlarining 2022
-yil yakunlari bilan 2000-
yilga nisbatan o‘sish sur’atlari bo‘yicha qiyosiy
ma’lumotlari asosida shakllantirilgan diagramma 2 –
rasmda keltirilgan.
2-rasm. 2000-2022 yillarda a
holining demografik hamda sog‘liqni saqlash sohasi asosiy
ko‘rsatkichlari o‘sish dinamikasi
2
Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги статистика агентлиги (www.stat.uz) ва Ўзбекистон Республикаси соғликни
сақлаш вазирлиги (www.ssv.uz) маълумотлари асосида муаллиф томонидан ишлаб чиқилган
3
Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги статистика агентлиги (www.stat.uz) ва Ўзбекистон Республикаси соғликни
сақлаш вазирлиги (www.ssv.uz) маълумотлари асосида муаллиф томонидан ишлаб чиқилган
145,2
111,4
125,7
117,5
173,5
123,5
115,2
126,3
0,0
50,0
100,0
150,0
200,0
Мамлакат аҳолиси сони
Шифохона муассасалари сони
Амбулатория - поликлиника муассасалари сони
Шифохона ўринлари сони
Стационарларда даволанган беморлар жами сони
Бир шифохона ўрнига тўғри келадиган аҳоли сони
Барча мутахассисликдаги шифокорлар сони
Бир шифокорга тўғри келадиган аҳоли сони:
145,2
115,2
126,3
117,5
100
185,86
196,36
173,5
50
90
130
170
2
0
0
0
2
0
0
1
2
0
0
2
2
0
0
3
2
0
0
4
2
0
0
5
2
0
0
6
2
0
0
7
2
0
0
8
2
0
0
9
2
0
1
0
2
0
1
1
2
0
1
2
2
0
1
3
2
0
1
4
2
0
1
5
2
0
1
6
2
0
1
7
2
0
1
8
2
0
1
9
2
0
2
0
2
0
2
1
2
0
2
2
Стационарларда
даволанган
беморлар сонининг
Аҳоли сонининг
ўсиши
Битта шифокорга
тўғри келадиган
аҳоли сони ўсиши
Шифохона
ўринлари
сонининг ўсиши
Шифокорлар
сонининг
ўсиши
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
9
E’tiborli holat shudaki, aholining demografik o‘sish ko‘rsatkichlari 2000 yilga nisbatan 145,2
foizga
o‘sgan bo‘lsa, kasalxonalarda davolangan bemorlar soni ko‘rsatkichi 173,4 foizga o‘sgan,
kuzatilgan yillar ichida, 2020-2021 yillarda, jahon miqiyosida koronavirus COVID-19 pandemiyasi
infeksiyasi tarqalganganligi bois ko‘rsatkich keskin o‘sganligini e’tirof etish o‘rinli hisoblanadi.
Yana bir holatga e’tibor qaratish lozimki, sog‘liqni saqlash tizimida muhim hisoblangan
ko‘rsatkichlar bo‘yicha, masalan shifoxonalarda mavjud o‘rinlar soni, bitta shifokorga to‘g‘ri keladigan
aholi soni,tizimda faoliyat yuritayotgan shifokorlar soni bo‘yi
cha kuzatilgan yillarda mazkur
ko‘rsatkichlar dinamikasi mamlakatimiz aholisi sonining o‘sish dinamikasidan sezilarli darajada ortda
qolganligini ta’kidlash lozim.
Bizning fikrimizcha, yuqorida keltirib o‘tilgan ko‘rsatkichlar mamlakatlar sog‘liqni saqlash
tizimlari faoliyatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlar tarkibiga kirsada, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati
samaradorligini yoki mamlakatda tibbiy xizmatlar ko‘r
satish sifati hamda mamlakat aholisining tibbiy
xizmatlardan qanotlanganlik darajasini xolisona ifodalash imkonini bermaydi.
Shu bois biz navbatdagi bosqichda biz mamlakatlar tomonidan sog‘liqni saqlash tizimiga
yo‘naltirilayotgan mablag‘lar bilan mamlakatning sog‘lig‘ini saqlash tizimini tavsiflovchi muhim
ko‘rsaktich –
salomatlik indeksi bilan birgalikda tahlil qilishga harakat qilamiz. Bu bizga mamlakat
hukumati tomonidan sog‘liqni saqlash tizimi uchun ajratilayotgan mamlag‘lar qanchalik darajada
mamlakat salomatlik indeksini yaxshilashi mumkinligini yoki yaxshilash uchun ijobiy ta’sir o‘tkaza
olayotganligini baholash imkonini beradi.
Biz tahlilimiz uchun ajratib olingan mamlakatlarni salomatlik reytingi bo‘yicha yuqori
ko‘rsatkichdan pastga qarab joylashtirib chiqdik hamda diagrammaning absitsa o‘qida
ushbu
davlatlarni nomlari bilan birgalikda salomatlik indeksi bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlarini aks ettirdik.
3-
rasm. Jahon mamlakatlarida bir fuqaro uchun ajratilayotgan mamlag‘lar
va salomatlik indeksi ko‘rsakichlari
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, jahondagi mamlakatlar mamlakat sog‘liqni saqlash tizimiga mablag‘
ajratish miqdori mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan bir xil emas. Tanlab olingan
davlatlarda mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 4 foizda (minimal) 17 foizgacha (maksimal)
miqdorda mamlakat sog‘liqni saqlash tizimiga mablag‘lar ajratiladi.
4
Жаҳон
соғлиқни
сақлаш
ташкилоти
(www.who.int)
ва
АнглиянингLegatum
институти
аналитик
марказ
https://wisevoter.com/country-rankings/best-healthcare-in-the-world/
маълумотлари асосида муаллиф томонидан ишлаб чиқилган
8
3
,8
8
3
,2
8
3
,1
8
2
,4
8
2
,2
8
1
,1
8
0
,9
8
0
,4
7
9
,1
7
7
,7
7
7
,6
7
7
,1
7
5
,5
7
5
,1
7
4
,5
7
3
,8
7
3
,6
7
2
,7
7
2
,2
7
1
,3
6
8
,5
6
8
,2
6
8
,1
6
5
,5
6
5
,2
6
4
,9
6
4
,8
6
4
,6
6
4
,5
6
2
,1
6
1
,2
5
9
,6
58
5
7
,7
5
7
,2
57
5
6
,4
5
3
,8
5
1
,2
2
2
,4
Швейцария-4; 9 417
Дания-11; 6 030
Куба-13; 1 004
АҚШ-30; 11 073
Ўзбекистон-48; 105
20
30
40
50
60
70
80
90
50
1 050
2 050
3 050
4 050
5 050
6 050
7 050
8 050
9 050
10 050
11 050
Соғлиқни сақлаш индекси
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
10
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi uchun
maqsadli mablag‘lar ajratish bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilik qilmoqda, ushbu
mamlakatda 2020 yil ma’umotlariga ko‘ra har bir fuqarori sog‘ligini ta’minlash uchun yiliga 11073 AQSh
dollari miqdorida mablag‘ ajratilar ekan. Mablag‘ ajratish borasida ikkinchi o‘rinda Shveysariya davlati
joylashgan bo‘lib, bu davlatda har yili bir fuqaro salomatligini ta’minlash 9417 AQSh dollari miqdorida
mablag‘ yo‘
naltirilmoqda. Daniya davlatida (3-
o‘rin) 6030 AQSh dollarida mablag‘ mamlakat fuqarosini
sog‘ligini ta’minlash uchun yo‘naltirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6 foiz miqdorida mamlakat sog‘liqni
saqlash tizimiga mablag‘ ajratilib, bu bir fuqarorini sog‘ligini ta’minlash uchun yo‘naltirilgan xarajatlar
yiliga 105 AQSh dollarni tashkil etib, tahlil uchun t
anlab olingan davlatlar orasida past ko‘rsatkichlardan
biri hisoblanadi.
Xulosa va takliflar.
Inson salomatligini ta’minlash uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘lar qanchalik darajada
mamlakatda salomatlik indeksiga ijobiy ta’sir etayotganligini bilish maqsadida mamlakatda har bir
fuqaro salomatligini ta’minlash uchun ajratilayotgan mablag‘ bilan salomat indeksini taqqoslab ko‘rdik.
AQSh hukumati tomonidan katta mablag‘ ajratilsada mamlakat salomatlik indeksi 72,7 birlik bilan
jahonda 30-
o‘rinda bormoqda. Salomatlik indeksi bo‘yicha birinchi o‘rinda bo‘lgan (83,8 birlik)
Belgiyada har bir fuqaro salomat
ligi uchun yiliga 5121 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilmoqda.
Salomatlik indeksi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Yaponiya va uchinchi o‘rinda Shvesiya mamlakatlari
bormoqda, qayd etib o‘tish lozimki, mazkur davlatlarda fuqarolar salomatligini ta’minlash uc
hun
yo‘naltirilgan mablag‘lar samaradorligi yuqori hisoblanadi.
Yuqorida keltirilganidek, mablag‘ ajratish borasida ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Shveysariya davlati
salomatlik indeksi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. E’tiborga molik holat shundaki, Kuba davlati
har bir fuqaro salomatligi uchun yiliga 1004 AQSh dollari
miqdorida mablag‘ yo‘naltirilib salomatlik
indeksi bo‘yicha 77,6 birlik bilan 13
-
o‘rinda.
Bu holat bizga har doim ham yuqori darajada mablag‘ ajratish salomatlik indeksi bo‘yicha yuqori
pog‘onalarga ko‘tarilish imkonini bermasligigi isbotlamoqda. Biz yuqorida qayd etganimizdek,
O‘zbekiston Respublikasida har fuqarorini sog‘ligini ta’minlash uchun yo‘naltirilgan xarajatlar yiliga 105
AQSh dollarni tashkil etsada, salomatlik indeksi bo‘yicha mamlakatimiz 65,2 birlik dunyoning 167
davlati (indeksga ro‘yxatga kiritilgan) orasida 48
-
o‘rinda bormoqda.
Adabiyotlar / Literatura / Literature:
Amine Rghioui, Jaime Lloret and Abedlmajid Oumnad (2020)
“
Big Data Classification and Internet
of Things in Healthcare”
International Journal of E-Health and Medical Communications (IJEHMC) 11(2)
Copyright:
©
|Pages: 18. [Elektron resurs] /rejim dostupa:
https://www.igi-global.com/article/big-data-
classification-and-internet-of-things-in-healthcare
Katerina V. Bolgova, Sergey V. Kovalchuk, Marina A. Balakhontceva, Nadezhda E. Zvartau and Oleg
G. Metsker. (2020)
“
Human Computer Interaction During Clinical Decision Support With Electronic Health
Records Improvement”
International Journal of E-Health and Medical Communications (IJEHMC) 11(1)
Copyright:
© 2020
|Pages: 14. [Elektron resurs] /rejim dostupa:
https://www.igi-global.com/article/big-
data-classification-and-internet-of-things-in-healthcare/246076
Maxkamov B.S. (2023)
“RAQAMLI IQTISODIYOT SEKTORINI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLIY
XUSUSIYATLAR ASOSIDA TADQIQ QILISH Potomki Al-Fargani, 1(1), 8
–
12. izvlecheno ot https://al-
fargoniy.uz/index.php/journal/article/view/26
Maxkamov, B., Ismoilova, G., & Raximov, B. (2023). ELEKTRON TIJORAT INFRATUZILMASI VA UNING
GEOIQTISODIY AHAMIYAT Innovations in Technology and Science Education, 2(10), 974-983.
Uralov A. (2020)
“The Estimation of the Covid
-19 Pandemic on the Macroeconomic indicators
suggestions for Uzbekistan”
Asian Journal of Multidimensional Research, Vol 9,Issue 6, June ,: 121-128,
[Elektron resurs] /rejim dostupa:
https://www.tarj.in/Ajmr-Vol-9-Issue-6-june-2020.html
