Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
152
YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILARNING SOLIQ MA’MURCHILIGINI
AMALGA OSHIRISHNING XORIJ TAJRIBASI
Muzaffarov Dilshod Shuxratovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0004-4637-7062
Annotatsiya.
Mazkur maqolada yirik soliq to‘lovchilarning soliq ma’murchiligini amalga
oshirishning xorij tajribasi tahlil qilingan bo‘lib, bu tahlillar natijasida O‘zbekiston Respublikasi
soliq qonunchiligini takomillashtirish masalalari, yirik soliq to‘lovchilarning soliq ma’murchiligini
yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
soliq, byudjet siyosati,
byudjet, soliq ma’murchiligi, yirik soliq to‘lovchilar,
xorij tajribasi, soliq salohiyati, soliq yuki, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari.
ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ВНЕДРЕНИЯ НАЛОГОВОГО АДМИНИСТРИРОВАНИЯ
ДЛЯ КРУПНЫХ НАЛОГОПЛАТЕЛЬЩИКОВ
Музаффаров Дилшод Шухратович
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье проанализирован зарубежный опыт внедрения
налогового администрирования для крупных налогоплательщиков, в результате
которого разработаны предложения и рекомендации по вопросам совершенствования
налогового законодательства Республики Узбекистан, а также по дальнейшему
совершенствованию налогового администрирования для крупных налогоплательщиков.
Ключевые
слова:
налог,
бюджетная
политика, бюджет,
налоговое
администрирование, крупные налогоплательщики, зарубежный опыт, налоговый
потенциал, налоговая нагрузка, налоговая ставка, налоговые льготы.
FOREIGN EXPERIENCE IN IMPLEMENTING TAX ADMINISTRATION
OF LARGE TAXPAYERS
Muzaffarov Dilshod Shukhratovich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes foreign experience in implementing the tax administration
of large taxpayers, and as a result of this analysis, issues of improving the tax legislation of the
Republic of Uzbekistan, proposals, and recommendations for further improving the tax
administration of large taxpayers were developed.
Keywords:
tax, budget policy, budget, tax administration, large taxpayers, foreign
experience, tax potential, tax burden, tax rate, tax benefits.
UO‘K:
336.221.4
III SON - MART, 2025
152-160
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
153
Kirish.
Soliq to‘lovchilarni turli xil xususiyatlariga ko‘ra, toifalarga ajratish, ularning bu
xususiyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy nufuzi jihatidan yondashgan holda ularga nisbatan alohida
soliq
rejimlariga asoslangan ma’murchilikni qo‘llash tajribasi dunyo mamlakatlarida anchayin
takomillashib bormoqda. Bunday yondashuvlarning asosiy o‘zagiga qaraydigan bo‘lsak, bir
tomondan soliq to‘lovchilarning faoliyatini davlatning moliyaviy instrumentlarida
n samarali
foydalanish asnosida davlatning moliya siyosatini soddalashtirishga qaratilgan bo‘lsa, boshqa
tomondan har qaysi davlatning bosh fiskal masalasi bo‘lgan davlat byudjeti daromadlarini
qulay va maksimal darajada shakllantirishga qaratilgan siyosatning samaradorligiga
erishishdan iborat bo‘ladi. Bu esa, yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi korxonalarni
aniqlash, ularning faoliyatini soliqlar vositada optimal boshqarish masalalarini rivojlantirish
borishni taqozo etadi.
Adabiyotlar sharhi.
Yirik soliq to‘lovchilar soliq ma’murchiligini takomillashtirish yuzasidan bir qancha
olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, ushbu mavzu keng miqyosdagi dolzarb
tadqiqot yo‘nalishi sifatida o‘rganilib kelinmoqda.
Jumladan, avstraliyalik olimlar Akhand va Grob tomonidan rivojlanayotgan
mamlakatlarda yirik soliq to‘lovchilarni boshqaruvini maxsus bo‘linmalar tomonidan nazorat
qilish tizimini joriy etishda erishilgan yutuqlar va kamchiliklar tadqiq qilingan. Ahmed
ta
dqiqotida yirik soliq to‘lovchilar soliq ma’muriyatchiligiga oid Pokiston tajribasi keltirilgan.
Rossiyalik olimlardan Yunak tadqiqotlarida yirik soliq to‘lovchi tushunchasini belgilovchi
normalar, yuridik shaxslarni belgilangan soliq to‘lovchilar toifasiga tasniflash mezonlari, soliq
nazorati va hisobining o‘ziga xos xususiyatlari, qonunlar bilan bel
gilanishi lozimligi asoslagan.
Sitnikova Rossiya Federatsiyasi misolida konsolidatsiyalashgan soliq to‘lovchini soliqqa tortish
bo‘yicha amaliyotidagi kamchiliklarni aniqlagan.
Pepelyaev (2010) tadqiqotlarida soliq organlari faoliyatidagi huquqiy va funksional
kamchiliklarga baho berilgan. Shu bilan birga, yirik soliq to‘lovchilarning soliq
ma’muriyatchiligi oid tadqiqotlar kengayib, Karataev (2011), Aytxojina (2011), Belugina
(
2015) kabi tadqiqotchilar yirik soliq to‘lovchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy
-amaliy
jihatdan tadqiq qilgan. Goncharenko tadqiqotlarida yirik soliq to‘lovchilarning transfer
narxlardan foydalanish muammolarini tadqiq qilgan, Novosyolov va Korolevalar soliq
to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan alohida tuzilmasini joriy etilishining muhimligini ilmiy
asoslagan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada qiyosiy tahlil hamda induksiya va deduksiya baholash usullaridan
foydalanildi. Qiyosiy usuldan foydalanilib, soliq imtiyozlariga doir ma’lumotlar va ularni
tahlillar amalga oshirilib ilmiy xulosalar berildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi
.
Iqtisodiyotning samaradorligini oshirishda, mamlakatda yirik soliq to‘lovchilarni soliqqa
tortish oqali
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash, uning ko‘lamini kengaytirish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliq nazorati tadbirlari natijalari:
2024-
yilning 12 oyi davomida 771 ta subyektda kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilib
(o‘tgan yil mos davrida 327 ta 2 724,5 mlrd.so‘m), 3 386,4 mlrd.so‘m qo‘shimcha soliqlar
hisoblangan. Shuningdek, dekabr oyida 101 ta subyektda kameral soliq tekshiruvlar
i o‘tkazilib
(o‘tgan yil mos davrida 20 ta 17,9 mlrd.so‘m), 131,6 mlrd.so‘m qo‘shimcha soliqlar hisoblangan.
2024-
yilning 12 oyi davomida 119 ta subyektda sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib (o‘tgan yil
mos davrida 39 ta), natijada 2 304,6 mlrd.so‘mlik tova
r moddiy boyliklar tafovuti (kamomad,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
154
ortiqcha) aniqlangan. Sayyor soliq tekshiruvi natijasida 513,1 mlrd.so‘m soliq va moliyaviy
jarimalar hisoblangan. Bundan tashqari, dekabr oyida 8 ta subyektda sayyor soliq tekshiruvi
o‘tkazilgan (o‘tgan yil mos davrida 3 ta), natijada 3,8 mlrd.so‘mlik mah
sulotlar kamomadi
aniqlangan. 2024-yilning 12 oyi davomida 195 ta soliq auditi va jinoyat ishlari bo`yicha taftish
tadbirlari tashkil etilib (o‘tgan yil mos davrida 217 ta 1051,7 mlrd.so‘m), 1004,5 mlrd.so‘m
qo‘shimcha soliq hisoblangan. Jumladan, dekabr o
yida 12 ta soliq auditi tadbirlari tashkil etilib
(o‘tgan yil mos davrida 32 ta 59,2 mlrd.so‘m), 130,7 mlrd.so‘m qo‘shimcha soliq hisoblangan.
O‘ta yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliq nazorati tadbirlari natijalari:
2024-
yil davomida 59 ta subyektda kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilib (o‘tgan yil mos
davrida 70 ta 1 581,6 mlrd.so‘m
-
asosiy qismi “O‘ZTRANSGAZ” hamda “OKMK” hissasiga to‘g‘ri
keladi), 359,7 mlrd.so‘mlik soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish haqid
a talabnomalar
yuborilgan. Jumladan, dekabr oyida 6 ta subyektda kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilib 75,7
mlrd.so‘mlik soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish haqida talabnomalar yuborilgan. 2024
-
yilning 12 oyi davomida 9 ta subyektda sayyor soliq teks
hiruvi o‘tkazilib (o‘tgan yil mos davrida
7 ta), natijada 54,1 mlrd.so‘mlik mahsulotlar kamomadi aniqlangan. Sayyor soliq tekshiruvi
natijasida 17,4 mlrd.so‘m soliq va moliyaviy jarimalar hisoblangan. Joriy yilning dekabr oyida
o‘ta yirik soliq to‘lovchilarda sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilmagan va mahsulotlar kamomadi
va ortiqchaligi holatlari aniqlanmagan. 2024-yil 12 oy davomida 59 ta soliq auditi tadbirlari
tashkil etilib (o‘tgan yil mos davrida 71 ta 621,8 mlrd.so‘m), 2 249,9 mlrd.so‘m qo‘shimcha soli
q
hisoblangan. Shunigdek, dekabr oyida 8 ta soliq auditi tadbirlari tashkil etilib (o‘tgan yil mos
davrida 9 ta 32,2 mlrd.so‘m), 1 830,5 mlrd.so‘m qo‘shimcha soliq hisoblangan.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 2024
-yilning yanvar-sentabr oylari davomida nol
darajali stavka qo‘llanilishi hamda xarid qilingan tovar (ish, xizmat)larni hisobga olish
natijasida hosil bo‘lgan 19 641,6 mlrd.so‘m ortiqcha summalarni qaytarish bo‘yicha
jami 1 822
ta ariza kelib tushgan bo‘lib, 624 tasi bo‘yicha 10 099,2 mlrd.so‘mga Moliya vazirligiga ortiqcha
summalarni qaytarish uchun xulosalar yuborildi. 1 198 ta holatda kamchiliklar aniqlanganligi
sababli arizalar qayta ko‘rib chiqish uchun soliq to‘l
ovchiga qaytarildi. Shu jumladan, 2024-
yilning III choragi davomida nol darajali stavka qo‘llanilishi hamda xarid qilingan tovar(ish,
xizmat)larni hisobga olish natijasida hosil bo‘lgan 4 428,8 mlrd.so‘m ortiqcha summalarni
qaytarish bo‘yicha jami 218 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, 94 tasi bo‘yicha 2 706,9 mlrd.so‘mga
Moliya vazirligiga ortiqcha summalarni qaytarish uchun xulosalar yuborildi. 124 ta holatda
kamchiliklar aniqlanganligi sababli arizalar qayta ko‘rib chiqish uchun soliq to‘lovchiga
qaytarildi. 2024-yilning yanvar-
sentabr oylari davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha
o‘tkazilgan tahlillar natijasida 101 ta holatda 1 176,9 mlrd.so‘mga qayta hisobotlar olinib,
mablag‘lar to‘liq undirildi.
Xususan, bo‘lim xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijasida 2024
-yilning sentabr
oyida “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ QKdan 52,6 mlrd.so‘mga (QQSga), “ANGREN PIPE
PLANT” MCHJdan 2,1 mlrd.so‘m va “UZGASTRADE” AJdan 33 mlrd.so‘mga (aksiz solig‘i)
a
niqlashtirilgan hisobotlar olinib, hisoblangan soliqlar undirilishi ta’minlangan. Qo‘shilgan
qiymat solig‘i bo‘yicha 2024
-yilning yanvar-dekabr oylari davomida nol darajali stavka
qo‘llanilishi hamda xarid qilingan tovar (ish, xizmat)larni hisobga olish natijasida hosil bo‘lgan
23 898,9 mlrd.so‘m ortiqcha summalarni qaytarish bo‘yicha jami 2 019 ta ariza kelib tushgan
bo‘lib, 716 tasi bo‘yicha 12 570,9 mlrd.so‘mga Moliya vazirligiga ortiqcha summalarni qaytarish
uchun xulosalar yuborildi. 1 299 ta holatda kamchiliklar aniqlanganligi sababli arizalar qayta
ko‘rib chiqish uchun soliq to‘lovchiga qaytarildi. Shu jumladan, 2024
-yilning IV choragi
davomida nol darajali stavka qo‘llanilishi hamda xarid qilingan tovar(ish, xizmat)larni hisobga
olish natijasida hosi
l bo‘lgan 4 257,2 mlrd.so‘m ortiqcha summalarni qaytarish bo‘yicha jami
197 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, 90 tasi bo‘yicha 2 413,7 mlrd.so‘mga Moliya vazirligiga
ortiqcha summalarni qaytarish uchun xulosalar yuborildi. 103 ta holatda kamchiliklar
aniqlang
anligi sababli arizalar qayta ko‘rib chiqish uchun soliq to‘lovchiga qaytarildi. 2024
-
yilning yanvar-
dekabr oylari davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
155
natijasida 135 ta holatda 1 325,6 mlrd.so‘mga qayta hisobotlar olinib, mablag‘lar to‘liq
undirildi. Xususan, bo‘lim xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijasida 2024
-yilning
dekabr
oyida
“Temiryo‘linfratuzilma”
MChJdan
89
mlrd.so‘mga
(QQSga),
“Temiryo‘linfratuzilma” AJdan 42,2 mlrd.so‘m va “Enter Engineering pte.ltd mto” DMdan 39,6
mlrd.so‘mga (QQSga) aniqlashtirilgan hisobotlar olinib, hisoblangan soliqlar undirilishi
ta’minlangan.
Yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish borasida yirik soliq to‘lovchilar toifasiga
kiruvchi yuridik shaxslarni aniqlash mezonlari qayta ko‘rib chiqilib, Adliya vazirligida 2024
-yil
1-iyulda 3172-3-
son bilan ro‘yxatga olindi hamda DSQ buyruqlari bilan
jami 957 ta (shundan
60 tasi elektron tijorat asosida faoliyatini amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari hamda
holati nofaol (yakuniy va bankrotlik asosida tugatilgan va boshqa korxona tarkibiga
qo‘shilganlar) bo‘lganlar 56 ta) yirik soliq to‘lovch
ilar tarkibi qayta tasdiqlandi. Mazkur yirik
soliq to‘lovchilarning 691 nafariga Yirik soliq to‘lovchilarga ximat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan
kuratorlik asosida xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bo‘limga 2024
-
yilning yakuni bo‘yicha jami
13966,1 mlrd.so‘m soliq tushumlari rejasi tasdiqlangan bo‘lib, 13 225,0 mlrd.so‘mga yoki 95
foizga bajarilishi ta’minlandi. Bundan tashqari, yanvar
-dekabr oylarida belgilangan prognoz
ijrosini ta’minlash maqsadida yirik soliq to‘lovchilarga biriktirilgan mas’ul hodimlar tomonidan
korxonalar bilan hamkorlikda tegishli ishlar amalga oshirildi. Bo‘lim tomonidan budjetga
qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish hamda yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan
soliqlar bazasini kengaytirish maqsadida korxonalar soliq hisobotlari muntazam ravishda tahlil
qilinib, 2024-
yilning IV choragi davomida o‘tkazilgan tahlillar natijasida 285,6 mlrd.so‘mga
qayta hisobotlar olinib, mablag‘lar to‘liq undirilishiga erishildi. Xususan, oktabr
-dekabr
oylarida, dastlabki tahlil natijalariga asosan yirik s
oliq to‘lovchilardan 150,5 mlrd.so‘m soliqlar
qo‘shimcha aniqlanib, bartaraf etilishi yoki asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etilishi yuzasidan
xabarnomalar jo‘natildi. Shu bilan bir qatorda joriy yilning IV choragida Soliq qoʻmitasining
tegishli xodimlar
i bilan hamkorlikda davlat ulushi mavjud boʻlgan 53 ta yirik soliq toʻlovchi
korxonalarning 2023-
yil yakuni boʻyicha oʻz sof foydasining 50 foizi miqdorida ajratma va
davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishi hamda budjetga undirilishi yuzasidan moli
yaviy
va foyda soligʻi hisobotlari tahlil qilinib, ushbu korxonalarga 10
-iyun kuni xabarnomalar
yuborildi. Mazkur yo‘nalishda tashkil etilgan ishlar natijasida hozirgi kunga qadar 3 187 358
mln.so‘m budjetga undirilishi ta’minlandi.
Yirik soliq to‘lovchi korxonalarga biriktirilgan mas’ul kuratorlar tomonidan korxonalar
faoliyatida soliq masalalarida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish maqsadida telegram
ijtimoiy tarmog‘ida gruppalar ochilib, zarur ma’lumotlarni o‘zaro tezkor almashish yo‘lga
qo‘yilgan bo‘lib, soliq to‘lovchilarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda. Shuningdek,
oktabr-dekabr oylarida 310 tadan ortiq korxonaning tovar-transport yuk xati
rasmiylashtirilishi boʻyicha savol hamda murojaatlari oʻrganilib, k
amchiliklar yuzasidan
tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 10-
iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ
-4389-sonli qarori
hamda “YST ma’murchiligi” axborot tizimini ishlab chiqish va sinov tariqasida amaliyotga joriy
etish to‘g‘risida”gi Soliq qo‘mi
tasining 2024-yil 25-sentabrdagi 302-
son buyrug‘lari bilan 2024
-
yilning 1-
oktabridan bo‘limning faoliyati samaradorligi KPI baxolash tizimi orqali amalga
oshirish amaliyoti joriy etildi. Mazkur ATga jami 28 nafar soliq xodimlari biriktirilgan bo‘lib,
ushbu
xodimlarning faoliyati 26 ta mezonlar bo‘yicha belgilanadigan 100 balli samaradorlik
ko‘rsatkichi orqali baholanib ushbu ball tizimi orqali rag‘batlantirilmoqda. AT orqali 2024
-yil
IV choragida bo‘lim erishgan o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichi 72 ballni
(yaxshi) shundan,
oktabr oyida 71 ballni, noyabr oyida 70 ballni, dekabr oyida 74 ballni tashkil etdi. AT mezonlari
va ma’murchilik bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar bartarafi natijasida 2024
-yilning oktabr-
dekabr oylarida bo‘lim xodimlari tomonidan byudjetga jami 2 929,7 mlrd. so‘m (ixtiyoriy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
156
taqdim etilgan qayta hisobotlar bilan) soliqlar qo‘shimcha hisoblanishida bevosita o‘z hissasini
qo‘shdi.
O‘ta yirik soliq to‘lovchilar ma’muriyatchiligi bo‘yicha jami 150 ta korxona (115 ta
korxona va 35 ta bank) soliq ma’muriyatchiligi amalga oshirilmoqda. Bo‘lim tomonidan 2024
-
yilning aprel-
dekabr oylari davomida 78 031,7 mlrd.so‘m soliq tushumlari rejasi
tasdiqlangan
bo‘lib, tushumlar 78 678,7 mlrd.so‘mga yoki 100,8 foizga bajarildi. Jumladan, joriy yilning II
choragida 16 010,7 mlrd.so‘m (QQSdan tashqari) soliq tushumlari rejasi tasdiqlangan bo‘lib,
tushumlar 16 336,7 mlrd.so‘mga yoki 102,0 foizga, III choragida 23 360 mlrd.so‘m soliq
tushumlari rejasi tasdiqlangan bo‘lib, belgilangan reja prognozi ijrosini ta’minlash maqsadida
korxonalarga biriktirilgan mas’ul hodimlar tomonidan korxonalar bilan birgalikda tegishli
ishlar amalga oshirilib, tushumlar III
chorak yakuniga 24 756 mlrd.so‘mga yoki 105 foizga
bajarildi. Bo‘lim tomonidan budjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish hamda o‘ta yirik soliq
to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bazasini kengaytirish maqsadida korxonalar soliq
hisobotlari muntazam ravishda tahlil qilinib, 2024-yilning aprel-dekabr oylari davomida
o‘tkazilgan tahlillar natijasida 895 mlrd.so‘mga qayta hisobotlar olinib, mablag‘lar to‘liq
undirildi. Xususan, may oyida, dastlabki tahlil natijalariga asosan 42 ta soliq to‘lovchida
1 255,0
mlrd.so‘m soliqlar qo‘shimcha aniqlanib, bartaraf etilishi yoki asoslantiruvchi hujjatlarni
taqdim etilishi yuzasidan xabarnomalar jo‘natildi. Shunga ko‘ra aniqlangan holatlar bo‘yicha
hozirgacha 10 ta korxona tomonidan 124,8 mlrd.so‘mga qayta his
obotlar taqdim etildi, 1 ta
korxona 536,1 mlrd.so‘mga asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etdi va 303,0 mlrd.so‘mlik
aniqlangan holat to‘liq asoslantirilmaganligi sababli Soliq kodeksining 140
-moddasi 5-bandiga
asosan soliq auditi tayinlanishi yuzasidan inspeksiyaning 2024-yil 16-maydagi 34/23-27584-
son xati Soliq qo‘mitasiga jo‘natildi. Shuningdek, iyun oyida dastlabki tahlil natijalariga asosan
35 ta soliq to‘lovchida 519,6 mlrd.so‘m soliqlar qo‘shimcha aniqlanib, bartaraf etilishi yoki
asoslantiruvchi hujja
tlarni taqdim etilishi yuzasidan xabarnomalar jo‘natildi. Masalan
“Hududgazta’minot” AJ tomonidan 2023
-yil va 2024-yil I chorak uchun taqdim qilingan soliq
hisobotlari tahlil qilinganda daromadlar 473,5 mlrd.so‘mga kamaytirib ko‘rsatganligi, shu bilan
birg
a xarajatlar 441,9 mlrd.so‘mga oshirib ko‘rsatilganligi natijasida qo‘shimcha 137,8
mlrd.so‘m foyda solig‘i hisoblandi. Shuningdek, jamiyat tomonidan 2024
-yil yanvar-mart oylari
uchun taqdim qilingan aksiz solig‘i hisobotida sof tushum 5 866,9 mlrd.so‘m ko‘rsatilgan bo‘lib,
jamiyatning qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotlarida esa ushbu tushumlar 5 459,5 mlrd.so‘m
ko‘rsatilganligi sababli 48,9 mlrd.so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shimcha hisoblandi.
Yuqorida aniqlangan holat bo‘yicha jamiyatga 2024
-yil 31-may kuni 34/23-30771-sonli
xabarnoma yuborilib, 71,3 mlrd.so‘mga qayta hisobotlar olinishi ta’minlandi. Shu bilan bir
qatorda joriy yilning iyul oyida dastlabki tahlil natijalariga asosan 256 mlrd.so‘mga qayta
hisobotlar olinib, mablag‘lar to‘liq undirildi.
Masalan, “Navoiyuran” DK 2024 yil birinchi yarim
yillik uchun taqdim etilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar va budjetga kutilayotgan tushumlar
to‘g‘risidagi ma’lumotga asosan, ushbu davrda daromadlar 4 670 mlrd.so‘mni va xarajatlar 2
530 mlrd.so‘mni tashkil eti
shi tasdiqlangan. Biroq, joriy yil II chorak uchun taqdim etilgan foyda
solig‘i hisobotida xarajatlar 2 819 mlrd.so‘m qilib ko‘rsatilgan bo‘lib, soliq hisobotidagi
xarajatlar tasdiqlangan 289 mlrd.so‘mga yoki 11 foizga oshirib ko‘rsatilganligi natijasida s
oliq
bazasi 159 mlrd.so‘mga kamaygan. Korxona tomonidan hisoblanishi kutilayotgan foyda solig‘i
kamayishi yuzasidan aniqlik kiritish bo‘yicha Inspeksiyaning 2024
-yil 23-iyuldagi 34/23-
41854-
sonli xabarnomasi jo‘natildi. Shunga asosan, korxona tomonidan ani
qlashtirilgan foyda
solig‘i hisoboti taqdim etilib, budjetga qo‘shimcha 104 mlrd.so‘m hisoblanishi ta’minlandi.
Shuningdek, 2024-
yil birinchi yarim yillik uchun taqdim etilgan foyda solig‘i hisobotida
aniqlangan 100 mlrd.so‘m tafovut bo‘yicha “OKMK” AJga I
nspeksiyaning 2024-yil 25-iyuldagi
34/23-42348-
son xabarnomasi jo‘natildi. Xabarnomada aniqlangan tafovutlar bartaraf etilib,
korxona tomonidan 90 mlrd.so‘mga aniqlashtirilgan hisobot taqdim etildi.
Soliq qoʻmitasining tegishli xodimlari bilan hamkorlikda davlat ulushi mavjud boʻlgan 62
ta oʻta yirik soliq toʻlovchi korxonaning 2023
-
yil yakuni boʻyicha oʻz sof foydasining 50 foiz
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
157
miqdorida ajratma va davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishi hamda budjetga
undirilishi yuzasidan moliyaviy va foyda soligʻi hisobotlari tahlil qilinib, ushbu korxonalarga
10-iyun kuni xabarnomalar yuborildi.
Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosarining joriy yil 14
-
iyundagi topshirigʻiga
muvofiq qoʻmitaning mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun
tovar-
transport yuk xati rasmiylashtirilisi yuzasidan onlayn seminar oʻtkazil
di. Xususan, iyun
oyida 100 tadan ortiq korxonalarning TTY boʻyicha savol hamda murojaatlari oʻrganilib,
kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Kuratorlar tomonidan korxonalar
faoliyatida soliq masalalarida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish maqsadida telegram
ijtimoiy tarmog‘ida gruppalar ochilib, zarur ma’lumotlarni o‘zaro tezkor almashish yo‘lga
qo‘yilgan bo‘lib, soliq to‘lovchilarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.
Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi bo‘yicha 2024
-yil davomida quyidagi
yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirildi:
1. Eksport va importni tahlil qilish orqali qo‘shimcha manba aniqlash yo‘nalishi bo‘yicha
tashqi manbalardan olingan ma’lumotlarga asosan jami 1593,9 mlrd.so‘m, jumladan, import
qilingan xizmatlar
(ishlar, royalti) uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 509,9 mlrd.so‘m;
norezidentlarning daromadidan soliq agenti tomonidan to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan
foyda solig‘i bo‘yicha 1084,0 mlrd.so‘m qo‘shimcha manba aniqlandi.
2. Muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarni bartaraf qilish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga
oshirildi:
463 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning 2 125 ta shartnomasi doirasida 2 672,0 mln.dollar
bo‘lgan qarzdorlikni bartaraf etilishini ta’minlash yoki hisoblangan 5, 10 va 35 foizlik 6 362,5
mlrd.so‘m miqdoridagi jarimani ixtiyoriy to‘lab berishlari yuzasidan t
alabnomalar yuborildi;
185 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning 524 ta shartnomasi doirasida yuzaga kelgan 1254,1
mln.dollar miqdoridagi muddati o‘tgan debitor qarzdorlik bartaraf etildi;
27 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan jami 1188,4 mln.so‘m miqdoridagi jarima
ixtiyoriy to‘lab berildi;
Iqtisodiy sudlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo shartnomalari
doirasida yuzaga kelgan muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarga nisbatan 364,2 mlrd.so‘m
jarima qo‘llash toʻgʻrisida qaror chiqarildi.
Elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy korxonalar faoliyatini monitoringi
bo‘yicha 2024
-
yilda quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirildi:
Elektron xizmat koʻrsatuvchi chet el korxonalari tomonidan 2022
-2023-yillar va
2024-yilning yanvar-
iyun oylari davomida koʻrsatilgan elektron xizmatlar qiymati hamda
taqdim qilingan QQS hisoboti solishtirilib, tahlil qilindi.
Tahlil natijalariga asosan 21 ta kompaniyaga jami 174,2 mlrd. soʻm qoʻshimcha soliq
hisoblanib, xabarnoma yuborildi.
Shuningdek, respublika hududida QQS toʻlovchi sifati roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat
yuritayotgan chet el kompaniyalari tahlil qilini, 30 ta korxonaga belgilangan taribda roʻyxatdan
oʻtishlari yuzasidan xabarnomalar yuborilib, 2024
-yil davomida 6 ta kompaniy
a QQS toʻlovchi
sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi.
Bundan tashqari, Qozogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi mutaxassislari bilan elektron
shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi chet el korxonalarini soliqqa tortish masalalari yuzasidan
muzokara oʻtkazilib, oʻzaro tajribalar almashildi.
Elektron xizmat koʻrsatuvchi chet el korxonalarining faoliyatini tartibga solinishi
yuzasidan Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Soliq
qoʻmitasiga takliflar yuborildi.
Shuningdek, mazkur toifadagi korxonalarning soliq toʻlovlari va qamrovining toʻliqligini
oʻrganishni tashkil etish hamda natijalariga koʻra, mazkur sohada samarali nazoratni
ta’minlaydigan mexanizmlarni joriy etish boʻyicha Istiqbolli loyihalar milliy agen
tligiga,
Raqamli iqtisodiyot vazirligiga murojaatlar yoʻllandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
158
Soliq qarzi 2024-yil 1-
yanvar holatiga jami 985,3 mlrd.so‘mni tashkil qilib,
2025-yilning 1-
yanvar holatiga 1 259,1 mlrd.so‘mni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan
273,8 mlrd.so‘mga oshdi. Jumladan, “Hududgazta’minot” AJning 226,6 mlrd.so‘m, “Epsilon
development company” MCHJning 225,3 mlrd.so‘m, “O‘ztransgaz” AJning 145,2 mlrd.so‘m
qarzdorliklari undirilmasdan qoldi. Jumladan, 2024-yil davomida soliq qarzi mavjud
korxonalarning shaxsiy kabinetiga soliq qarzini undirish to‘g‘risida 29 099 ta 61 832,3
mlrd.so‘m talabnomalar yuborilib natijada 26 663 ta talabnomadan 54 745,5 mlrd.so‘m soliq
qarzi qisqartirildi. Yuzaga kelgan soliq qarzdorliklarini qarzdor korxonaning bankdagi milliy va
valyuta hisob raqamlariga 27 804 ta holatda 2 424,9 mlrd.so‘m mablag‘ inkasso topshiqnomasi
qo‘yilishi hisobiga undirildi. Soliq kodeksining 114
-moddasiga asosan 570 ta korxonaning mol-
mulki hisobidan majburiy undirish bo‘yicha 1 170 ta 3 647,9 mlrd.so‘mlik xatlov qarorlari
shakllangan bo‘lib qarzdor korxonalarning 468 ta noturar bino
-inshoatlari hamda 730 ta
avtotransport vositalari xatlandi hamda xatl
ov natijasida 2 350,6 mlrd.so‘m soliq qarzi
undirildi. Shuningdek, inspeksiya tomonidan qarzdor korxonalarning mol-mulklariga nisbatan
taqiq qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlariga asosan 114 334 ta taqiqlar qo‘yildi. Majburiy ijro
byurosiga joriy yil davomida 2
603 ta 3 442,9 mlrd.so‘mlik Soliq majburiyatiga ega shaxsning
mol-
mulki hisobidan soliq qarzini undirish bo‘yicha qarorlar yuborilgan bo‘lib, shundan MIB
bilan hamkorlikda samarali ishlar tashkil qilinishi natijasida 2 324 ta holatda 2 865,0 mlrd.so‘m
solq qarzi undirildi. Soliq kodeksining 120-moddasiga asosan jami 8 ta korxonaning debitorlari
hisobidan 123,0 mlrd.so‘m undirildi. Shuningdek, 9 ta korxonananing murojaatiga asosan
moliyaviy qiyinchilikka uchragani sababli, soliq qarzini bo‘lib bo‘lib to‘las
h imkoniyati berildi.
Xavfni va transfert narxlarini tahlil qilish bo‘limi tomonidan korxonalar faoliyati tahlili
natijalariga ko‘ra kameral soliq tekshiruvi otkazish uchun 2024
-yilning yanvar-dekabr oylarida
“Soliq xavfini kompleks boshqarish” avtomatlashtirilgan tizimi “SRM inspektor” moduliga 284
ta nomzod ro‘yxatga kiritildi.
Tahlil natijasida 2023-2024 yillarda 42 ta korxona tomonidan import tovarlar qiymati
bojxona qiymatidan past qiymatda olib kirilganligi aniqlandi. Farq summasi 2,4 trln.so‘mni
tashkil etadi. Elektr tarmoqlari korxonalari tahlili. “O’zbekiston Milliy Elektr
Tarmoqlari” AJ va
"Hududiy Elektr Tarmoqlari" AJ korxonalarining zarar bilan faoliyat yuritishi hamda soliq
tushumlari kamayishi sabablari o‘rganildi. Farmasevtika mahsulotlari ulgurji savdosi faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi 82 ta yirik soliq to‘lovchi
korxonalarning faoliyati tahlil qilindi. Mol-mulk
solig‘i tahlili. Qurilishi tugallangan ob’ektlar (kvartiralar) uchun mol
-
mulk solig‘i
to‘g‘rixisoblanishi o‘rganilganida qo‘yidagilar aniqlandi:
-Mol-
mulk solig‘i xisoblanishi lozim bo‘lgan, qiymati 28 mlrd.so‘mlik 305 ta obyekt (11 ta
korxonaga tegishli).
Natijada, 421 mln.so‘m mol
-
mulk solig‘i xisoblanmasdan qolayotganligi xavfi aniqlandi.
Sanoat energetika guruhi. Sanoat energetika guruhi, “ERIELL” va “ENTER ENGINEERING”
doimiy muassasalari faoliyati tahlil qilindi. Qazib olingan xomashyodan qayta ishlangan
mahsulotlar realizatsiyasi kamaytirib ko‘rsatilishi natijasida 453,9 mlrd.so‘mlik (176,2
-2022
yil, 277,7 mlrd.so‘m
-2023-
yil) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq byudjetga kam
hisoblanganligi aniqlandi. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi. 2023
-yilda 1 tonna xomashyoni
qayta ishlashdan olingan foyda 240 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024
-yil 5 oylik davrda
xarajatlarni haqiqatdagiga nisbatan oshirib ko‘rsatish natijasida 1 tonna xomashyoni qayta
ishlashdan olingan foyda 50 ming.so‘mga qadar tushib, haqiqiy foyda 233 mlrd.so‘mga
kamaytirilib, foyda solig‘i 35 mlrd.so‘mga kam hisoblangan. “ERIELL” va “ENTER
ENGINEERING” doimiy muassasalari. Import qilingan tovarlarni bozor qiymatidan past
(faktura qiymati) qiymatda o‘zaro aloqador korxonalarga real
izatsiya qilish natijasida
“ERIELL”da 58 020,0 mln.so‘m, “ENTER ENGINEERING”da 175 066,7 mln.so‘m QQS budjetga
hisoblanmasdan qolayotganligi ko‘zatilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar
raxbariyatga taqdim qilindi. "REVO CHARGE CA” MChJ f
aoliyati tahlili. Korxona tomonidan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
159
tovarlarga ustama qo‘yilmasdan o‘z narxida ta’sischi hisoblangan OOO "Revo Chardj Rus"
(Rossiya) korxonasiga transfert narxlarda reeksport qilingan.
Natijada korxona yilni zarar bilan yakunlab foyda solig‘i to‘lamagan. Shunga ko‘ra (ustama
14 foiz deb hisoblaganda) 194 mlrd.so‘m foyda solig‘i bazasi transfert narxlarni qo‘llash
natijasida kamaytirilgan hamda byudjetga 29,1 mlrd.so‘m foyda solig‘i to‘la
nmagan. Amalga
oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar raxbariyatga taqdim qilindi. Transfert narxda 1,3
trln.so‘mlik reeksportni amalga oshirgan "REVO CHARGE CA” MChJni transfert narxlar
yuzasidan tekshirish o‘tkazishga nomzod taqdim etildi. Sement zavodl
ar tahlili.
“Bekobodsement” AJ, “Uzlogistic” MChJ QK, “O`ztransgaz” AJ, “Navoiy kon
-metallurgiya
kombinati” AJlarda soliq xavfi darajasi tahlili asosida soliq tekshiruvlarini tashkil etish
yuzasidan tahliliy xisob-
kitoblar amalga oshirildi, natijalari bo‘
yicha takliflar raxbariyatga
taqdim etildi.
Soliq xavfi aniqlangan 6 ta korxonaga xabarnoma jo‘natgan holda aniqlangan xavflarni
bartaraf etish taklif etildi. Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 6 apreldagi 185-son qarori (3-ilova
16-band) bilan tasdiqlangan foydalanish uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni
yo‘q qilish va ularni belgilangan tartibda utilizasiyaga chiqarish bo‘yicha tuzilgan komissiya
tarkibini yangilash yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Yirik soliq to‘lovchilar tomonidan
rasmiylashtirilgan fakturalarning kontragent korxonalar tomonidan qabul qilinmaslik holatlari
tahlil qilindi. LUKOIL OVERSEAS SUPPLY TRADING kompaniyasi mahsulot taqsimotiga oid
bitim doirasida QQS va aksizdan ozod etilgan. Keyingi ishtirokchilar realizatsiyasi QQS va
aksizga tortilishi sababli, ular tomonidan haqiqatda olingan tovar uchun fakturalarni kirim
qilmaslik hamda realizatsiyada aks ettirmaslik orqali soliqdan qochish sxemasidan
foydalanilganligi shubxa ostiga olinmoqda.
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida mahsulot tannarxining shakllanishi hisobiga soliq
bazasini kengaytirish bo‘limi tomonidan mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash
yuzasidan sanoat sohasidagi korxonalarda tannarx shakllanishi hamda xarajatlar tarkibi tahlil
qilindi
va joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazilgan, jumladan:
Respublikada faoliyat olib borayotgan 6 ta issiqlik elektr stansiyalarining 2023 yildagi
asosiy faoliyatdan daromadi 21 186 mlrd.so‘m, tannarx xarajatlari 21 016 mlrd.so‘mni, ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlar 11 871 mlrd.so‘m (shundan ust
avga kiritilgan
ulush 4 614 mlrd.so‘m), xarajatlar esa 12 237 mlrd.so‘mni tashkil etgan holda 169 mlrd.so‘m
zarar bilan yakunlangan. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJda 2024
-yil yanvar-avgust oylarida 1
kVt elektr energiyani o‘rtacha sotish narxi 598 so‘m,
avgust oyida 639 so‘mni tashkil etib, elektr
energiyani o‘rtacha tannarxi 934 so‘mga to‘g‘ri kelgan, shundan 169 so‘m moliyaviy faoliyat
bo‘yicha xarajatlarga to‘g‘ri kelgan, 129 so‘m moliyaviy daromadlarni inobatga olingan holda
sotuv narxlari ishlab chi
qarish tannarxini qoplamagan qismi 166 so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, 2024-
yil yarim yillikda xarajatlarni oshishiga mazut sarfi (475 mlrd.so‘m),
kurs farqidan zararlar (2 802 mlrd.so‘m) kabi omillar sabab bo‘lgan. Issiqlik elektr
stansiyalarida ishlab turgan eski enerbloklarda sarflanayotgan tabiiy gaz yangi o‘r
natilgan
bug‘
-
gaz qurilmalariga nisbatan ikki baravar ko‘p sarflanmoqda. “Navoiy issiqlik elektr
stansiyasi” AJda 2023
-yilda haqiqatda qilingan xarajatlar belgilangan rejadagi xarajatlarga
nisbatan 708 mlrd.so‘mga oshgan. Jumladan, asosiy vositalarning aso
siy komponentlari, kapital
qurilish ishlariga sarflari 283,5 mlrd.so‘m, qurilish davom etayotgan loyihalar bo‘yicha olingan
bank kreditlariga hisoblangan foizlar 10,5 mlrd.so‘m joriy xarajatlar sifatida hisobda aks
ettirilgan. Shuningdek, qayta tashkil etish jarayonida ajratib chiqarilgan 3 ta jamiyat tomonidan
haqiqatda resurslar sarflanmagan holda, qayta tashkil etish jarayonida buxgalteriya balansi
nomuvofiqligi hisobidan yuzaga kelgan, nomoddiy aktiv qismida 4 469 mlrd.so‘m gudvil
yaratilgan va ushbu gu
dvil bo‘yicha 2023 yilda 8,7 mlrd.so‘m va 2024
-yil yarim yillikda 37,1
mlrd.so‘m amortizatsiya xarajatlari hisoblangan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
160
Xulosa va takliflar.
Yirik soliq to‘lovchilarni tekshirish soliq majburiyatlarini bajarish, daromadlarni
undirish, adolatli va shaffof soliq tizimini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Yirik soliq
to‘lovchilarning umumiy soliq tushumiga hissa qo‘shishdagi ahamiyatini inob
atga olgan holda,
samarali ijroni ta’minlash va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini minimallashtirish uchun
tekshirish jarayonlarini doimiy ravishda takomillashtirish va kuchaytirish zarur. Ushbu taklif
yirik soliq to‘lovchilarni tekshirishni kuchaytirish bo‘yicha asosiy chora
-tadbirlarni belgilaydi.
Tekshiruv harakatlarini yuqori xavfli hududlarga va potentsial nomuvofiqliklarga
yo'naltirish uchun xavfga asoslangan yondashuvni amalga oshiring. Bu soliq to'lashdan bo'yin
tovlash yoki rioya qilmaslik ehtimoli yuqori bo'lgan hududlarni aniqlash uchun ma'lumotlar
tahlili, ilg'or texnologiyalar va keng qamrovli xavflarni baholash modellaridan foydalanishni o'z
ichiga oladi. Bunday yondashuv soliq organlariga tekshirish resurslarini samarali va samarali
taqsimlash imkonini beradi.
Soliq organlari va boshqa tegishli davlat organlari, masalan, moliya institutlari, bojxona
organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestrlari o‘rtasida uzluksiz ma’lumotlar
almashinuvi va hamkorligiga ko‘maklashish. Ushbu ma'lumot almashinuvi soliq
to'lovchilarning moliyaviy faoliyati, operatsiyalari va aktivlarini yaxlit ko'rish imkonini beradi,
xavflarni baholash va maqsadli tekshiruvlar uchun qimmatli tushunchalarni beradi.
Yirik transmilliy korporatsiyalar tomonidan soliq toʻlashdan boʻyin tovlash va agressiv
soliq rejalashtirishga qarshi kurashish uchun xalqaro soliq organlari bilan hamkorlik va
axborot almashishni kuchaytirish.Soliq bilan bog'liq ma'lumotlar, shu jumladan transfer
narxlari bo'yicha hujjatlar almashinuvi soliqdan qochishning mumkin bo'lgan sxemalarini
aniqlashga va chegaralar bo'ylab adolatli soliqqa tortishni ta'minlashga yordam beradi.
Katta hajmdagi soliq toʻlovchilar maʼlumotlarini tahlil qilish, qoidabuzarlik holatlarini
aniqlash va potentsial soliq risklarini aniqlash uchun ilgʻor tahliliy vositalar va texnologik
yechimlardan foydalaning. Ma'lumotlarni qidirish, mashinani o'rganish va sun'iy intellekt soliq
tekshiruvlarining samaradorligi va samaradorligini oshirishi mumkin, bu esa soliq organlariga
talablarga javob bermaydigan xatti-harakatlarni aniqlash va zudlik bilan tegishli choralarni
ko'rish imkonini beradi.
Yirik soliq toʻlovchilar uchun ularning huquq va majburiyatlari, soliq tekshiruvi
jarayonlari va soliq organlaridan kutilayotgan talablar boʻyicha aniq va shaffof yoʻriqnomalarni
taqdim etish. Soliq qonunlari, me'yoriy-huquqiy hujjatlar va tekshirish tartib-qoidalarining
aniq bayon etilishi soliq organlari va soliq to'lovchilar o'rtasida hamkorlik muhitini ta'minlaydi,
nizolarni kamaytiradi va ixtiyoriy rioya qilishga yordam beradi.
Yirik soliq to‘lovchilarni o‘tmishdagi har qanday qoidabuzarlik yoki qoidabuzarliklarni
faol ravishda oshkor qilishga rag‘batlantiradigan ixtiyoriy oshkor qilish dasturlarini
yarating.Bunday dasturlar soliq to'lovchilarni o'zlarining soliq ishlarini to'g'rilashga,
to'lanmagan soliqlarni to'lashga va jarimalar yoki huquqiy oqibatlardan qochishga undaydi.
Ixtiyoriy oshkor qilish dasturlari yashirin soliq majburiyatlarini ochishga yordam beradi va
umumiy soliq qonunchiligini yaxshilashga yordam beradi.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Kodeks (2020)
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
-
Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyot
uyi.- 640 b.
Айтхожина Г.С.
(2011)
Особенности планирования выездных налоговых проверок
крупнейших налогоплательщиков // Вестник Омского университета. Серия: Экономика.
№ 1.С. 190–
192.
Белугина
М.В.
(2015)
Налоговое
администрирование
крупнейших
налогоплательщиков: проблемы, пути совершенствования // Инновационное развитие
экономики. № 5 (29). С. 27–
30.
Каратаев А.С.
(2011)
Налоговая политика государства в отношении крупнейших
налогоплательщиков // Инновационное развитие экономики. № 2. С. 23–
32.
Пепеляев С.Г.
(2010)
Актуальные проблемы законодательства и правопри
менительной
практики
налогового
администрирования
крупнейших
налогоплательщиков // Правовые проблемы налогового администрирования крупнейших
налогоплательщиков.
/
Экономические науки. № 69. С. 153–
156.
