Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
175
OʻZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA
YASHIL INVESTITSIYALARNING ROLI
Qodirova Gulufar Nizomiddin qizi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
ORCID: 0009-0008-5915-553X
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni
rivojlantirishda yashil
investitsiyalarning roli va ahamiyati tahlil qilingan. Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan
iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va
ekologik toza texnologiyalarni joriy etishda yashil investitsiyalarni joriy qilish imkoniyatlari
oʻrganilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda mavjud yashil investitsiya loyihalari oʻrganilib, ularni
kengaytirish yoʻlidagi asosiy toʻsiqlar tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar berilgan.
Kalit
soʻzlar
:
yashil iqtisodiyot, yashil investitsiya, barqaror rivojlanish, yashil
moliyalashtirish, qayta tiklanuvchi energiya, ekologik texnologiyalar.
РОЛЬ ЗЕЛЕНЫХ ИНВЕСТИЦИЙ В РАЗВИТИИ
ЗЕЛЕНОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Кодирова Гулуфар Низомиддин кизи
Международная исламская академия Узбекистана
Аннотация.
В статье анализируется роль и значимость зеленых инвестиций в
развитии зеленой экономики в Узбекистане. Рассмотрены возможности внедрения
зеленых инвестиций для стимулирования экономической деятельности, не наносящей
ущерба окружающей среде, развития возобновляемых источников энергии и внедрения
экологически чистых технологий. Также исследуются существующие зеленые
инвестиционные проекты в Узбекистане, анализируются основные препятствия на
пути их расширения, и предлагаются соответствующие выводы и рекомендации.
Ключевые слова:
зеленая экономика, зеленые инвестиции, устойчивое развитие,
зеленое финансирование, возобновляемая энергия, экологические технологии.
THE ROLE OF GREEN INVESTMENTS IN THE DEVELOPMENT
OF GREEN ECONOMY IN UZBEKISTAN
Qodirova Gulufar Nizomiddin qizi
International Islamic Academy of Uzbekistan
Abstract.
This article analyzes the role and importance of green investments in the
development of the green economy in Uzbekistan. It explores the opportunities for implementing
green investments to promote environmentally friendly economic activities, develop renewable
energy sources, and introduce ecological technologies. Furthermore, existing green investment
projects in Uzbekistan are examined, the main barriers to their expansion are analyzed, and
appropriate conclusions and recommendations are provided.
Keywords:
green economy, green investment, sustainable development, green financing,
renewable energy, ecological technologies.
UOʻK:
330.341.1:502.131.1(100)
III SON - MART, 2025
175-180
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
176
Kirish.
Bugungi kunda yashil iqtisodiyot jahon miqyosida barqaror rivojlanishning muhim
yoʻnalishlaridan biri boʻlib, ekologik muammolarni
kamaytirish va tabiiy resurslardan samarali
foydalanish orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlashga qaratilgan model hisoblanadi. Yashil
iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida yashil investitsiyalar alohida oʻrin tutadi. Ushbu
investitsiyalar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, ekologik toza
texnologiyalarni joriy etish va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan iqtisodiy faoliyatni
ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan moliyaviy mablagʻlardir.
Oʻzbekiston yashil iqtisodiyot konsepsiyasini amalga oshirishga katta eʼtibor qaratmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyevning PQ
-4477-sonli Qaroriga
muvofiq, 2019-2030-
yillarda Oʻzbekiston Respublikasining “Yashil iqtisodiyotga oʻtish
strategiyasi” doirasida mamlakatda ekologik muammolarni hal qilish va barqaror rivojlanishni
taʼminlash maqsadida keng qamrovli chora
-tadbirlar ishlab chiqildi (Qaror, 2019). Jumladan,
qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini qoʻllab
-quvvatlash, ekologik toza transport tizimlarini
rivojlantirish va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish borasida qator dasturlar
amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekistonda yashil investitsiyalar hajmini oshirish uchun xalqaro
moliyaviy institutlar va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish dolzarb masala boʻlib qolmoqda.
Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, yashil investitsiyalar iqtisodiy barqarorli
kka erishishda va
ekologik muammolarni bartaraf etishda muhim omil hisoblanadi. Shu sababli, ushbu maqolada
yashil investitsiyalarning Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrni va
istiqbollari tahlil qilinadi.
Adabiyotlar sharhi.
Bugungi kunda yashil investitsiyalar barqaror iqtisodiyot va ekologik muvozanatni
taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Olimlar yashil investitsiyalarni turlicha taʼriflagan va
ularning iqtisodiy hamda ekologik ahamiyatini tadqiq etganlar.
Amerikalik iqtisodchi Carney (2015) yashil investitsiyalarni “uglerod neytralligi va
barqaror rivojlanishga hissa qoʻshadigan kapital mablagʻlar” deb taʼriflagan. U yashil
moliyalashtirish mexanizmlarining iqtisodiyotdagi barqarorlikni taʼminlashda muhim
a
hamiyat kasb etishini taʼkidlagan.
Xitoylik olimlardan Jiang, Zhang va Chen (2023) yashil investitsiyalarning korporativ
xatti-
harakatlarga taʼsirini oʻrganib, yashil obligatsiyalar barqaror moliyalashtirish
kompaniyalarning ekologik javobgarligini oshirishini taʼkidlagan.
Taghizadeh-
Hesary va Yoshino (2020) oʻzlarining tadqiqotlarida, yashil moliyalashtirish
samaradorligini oshirish uchun davlat va xususiy sektor hamkorligi muhim ahamiyat kasb
etishini aytib oʻtishgan. Xususan, ular yashil obligatsiyalar, barqaror moliyaviy
tizimlar va
davlat tomonidan qoʻllab
-
quvvatlanadigan investitsiyalar yashil iqtisodiyotga oʻtishda asosiy
omillar ekanligini taʼkidlaydi.
Mokhov, Chebotareva va Khomenko (2018) yashil investitsiyalar xavfini modellashtirish
boʻyicha tadqiqot olib borishgan boʻlib, ularning fikriga koʻra yashil investitsiyalar bilan bogʻliq
xavflarni baholash va minimallashtirish uchun matematik modellashtirish muhim ahamiyatga
ega.
Shunday qilib, yashil investitsiyalar olimlar tomonidan turlicha talqin qilinsada, ularning
zamirida ekologik barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish va ijtimoiy
farovonlikni oshirish maqsadida yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlari yotadi
.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur tadqiqotda Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda yashil
investitsiyalarning roli va ahamiyatini oʻrganish maqsad qilingan. Tadqiqot davomida mahalliy
va xorijiy olimlar tomonidan yashil investitsiyalar, ularning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
177
hamda yashil iqtisodiyotga tasiri boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning xulosalari tahlil
qilindi. Tadqiqotda iqtisodiy tahlil, guruhlash va qiyosiy tahlil kabi usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Koʻplab rivojlangan mamlakatlar singari Oʻzbekiston ham yashil iqtisodiyotni
rivojlantirish uchun yashil investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
Mamlakatning yashil iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi doirasida qayta tiklanuvchi
energiya manbalarini kengaytirish, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va barqaror
qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston hukumati xalqaro moliyaviy institutlar va xususiy sektor
bilan hamkorlikda yirik yashil investitsiya loyihalarini amalga oshirishga kirishdi.
Oʻzbekistonda yashil investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan muh
im
loyihalardan biri
–
Navoiy quyosh elektr stansiyasi (Nur Navoi Solar PV) hisoblanadi. Bu loyiha
mamlakatning qayta tiklanadigan energiya bozorini rivojlantirish hamda energiya ishlab
chiqarishda ekologik toza texnologiyalardan foydalanishni kengaytirishga xizmat qiladi. Navoiy
quyosh elektr stansiyasi 100 megavatt (MW) quvvatga ega boʻlib, yillik 270,000 MWh elektr
energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu har yili 150,000 tonna karbonat angidrid (CO₂)
chiqindilarining oldini olish imkonini beradi
va 31,000 ta uy xoʻjaligining elektr energiyasiga
boʻlgan ehtiyojini qondirishga yordam beradi. Ushbu loyiha 267 gektar maydonda joylashgan
boʻlib, u yerda 328,750 ta quyosh panellari oʻrnatilgan. Loyihaga 120 million AQSh dollari
miqdorida investitsiya k
iritilgan boʻlib, uni Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar
kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Masdar Oʻzbekiston hukumati va “Oʻzbekiston
milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan hamkorlikda loyihani ishlab chiqdi va 25 yil davomida uni
ekspluatatsiya qi
lish huquqiga ega boʻldi.
Bu loyiha Oʻzbekistonga xalqaro yashil investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha muvaffaqiyatli
namunadir. Mamlakat 2030-yilga borib elektr energiyasining 25 foizini qayta tiklanadigan
manbalardan ishlab chiqarish rejasini belgilagan boʻlib, Navoiy quyosh ele
ktr stansiyasi bu
strategiyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi (Energetika vazirligi, 2022).
Shuningdek, mamlakatimizdagi yana bir muvaffaqiyatli yashil investitsiya loyihalaridan
biri bu Zarafshon shamol elektr stansiyasi hisoblanadi. Zarafshon shamol elektr stansiyasi
Markaziy Osiyodagibeng yirik shamol energiya loyihalaridan biri boʻlib, umumiy
quvvati 500
MW va yiliga 1,6 TWh elektr energiya ishlab chiqaradi. Ushbu loyihaga 600 million AQSh dollari
miqdorida Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi tomonidan investitsiya
kiritilgan. Zarafshon shamol elektr stansiyasi har yili atmosfera havosiga 1,1 million tonna
karbonat angidrid gazi chiqarilishini oldini oladi, bu esa Oʻzbekistonning 2030
-yilgacha elektr
energiyasining 25%ini qayta tiklanadigan manbalardan olish maqsadiga erishishiga katta hissa
qoʻshadi (Energetika vazirligi, 2022).
Shu bilan birga, KOICA (Korea International Energy Agency) Oʻzbekistonda yashil
iqtisodiyotni rivojlantirishni kengaytirish va Orol dengizi inqirozlarini yumshatish maqsadida
“Aral Sea GRIP” loyihasini moliyalashtirdi. Ushbu tashabbus GGGI (Global Green Gr
owth
Institute) bilan hamkorlikda amalga oshirilib, yashil investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha muhim
natijalarga erishganligini aytishimiz mumkin. Mazkur loyiha doirasida 1 milliard AQSh dollari
miqdorida yashil obligatsiyalar chiqarildi. SQB (Sanoat qurilish bank) orqali 575 million AQSh
dollarida 14 ta yashil va ijtimoiy tashabbuslar uchun London fond birjasida obligatsiyalar
chiqarilgan boʻlsa, Agrobank orqali 455 million AQSh dollari miqdoridagi pul mablagʻlari
iqlimga mos qishloq xoʻjaligi loyihalariga yoʻnaltirildi. Ushbu loyiha xususiy va xalqaro
investitsiyalarni jalb qilish orqali Oʻzbekistonda yashil moliyalashtirish mexanizmlarini
mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yashil investitsiyalar ushbu kabi loyihalarga nafaqat ekologik, balki iqtisodiy jihatdan
ham katta foyda keltiradi. Xususan:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
178
-
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish milliy energetika sektorining modernizatsiya
qilinishiga yordam beradi;
-
Energiya
mustaqilligini taʼminlash orqali tashqi energiya resurslariga boʻlgan
qaramlikni kamaytiradi;
-
Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish orqali tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish imkoniyatlari kengayadi;
-
Yashil texnologiyalar va sanoat rivojlanishi orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi
farovonligini oshirish maqsadlariga erishiladi;
Quyidagi jadvalda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekistonda amalga
oshirilayotgan asosiy yashil investitsiya loyihalari va ularning maqsadlari keltirilgan.
1-jadval
Oʻzbekistonda asosiy yashil investitsiya loyihalari
Loyiha nomi
Sohalar
Investitsiya
miqdori
Hamkorlar
Loyiha maqsadi
Navoiy quyosh elektr
stansiyasi (100 MWt)
Quyosh
energetikasi
$ 100 million
Masdar (BAA),
Oʻzbekiston
hukumati
𝐶𝑂
2
emissiyasini
kamaytirish
Zarafshon shamol
elektr stansiyasi
(500 MWt)
Shamol
energetikasi
$ 600 million
Masdar (BAA),
Oʻzbekiston
hukumati
𝐶𝑂
2
emissiyasini
kamaytirish
KOICA
–
Aral Sea
GRIP
Qishloq xoʻjaligi,
suv
$ 1 mlrd
KOICA (Koreya),
GGGI, Oʻzbekiston
hukumati
Orolboʻyi hududining
yashil tiklanishi, suv
resurslarini boshqarish
SQB yashil
obligatsiyalari
Yashil
moliyalashtirish
$ 575 million
SQB, London fond
birjasi
Yashil loyihalarni
moliyalashtirish
Agrobank yashil
obligatsiyalari
Qishloq xoʻjaligi
$ 455 million
Agrobank, GGGI,
London fond
birjasi
Barqaror qishloq xoʻjaligini
rivojlantirish
Tomchilatib
sugʻorish dasturi
Qishloq xoʻjaligi
$ 288 million
Jahon banki,
Oʻzbekiston
hukumati
Suv samaradorligini
oshirish, hosildorlikni
koʻpaytirish
Yashil ipoteka
dasturlari
Uy-joy sektori
$ 100 million
Oʻzbekiston
hukumati, tijorat
banklari
Ekologik uy-joy qurilishini
ragʻbatlantirish
Manba:
Oʻzbekiston Elektr energiya vazirligi, Global Green Growth Institute (GGGI) maʼlumotlari
asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Shuni taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda bir qancha yashil
investitsiya loyihalarini amalga oshirgan boʻlsa
-da, hali ham ushbu sohada qator cheklovlar
mavjud:
1.
Yashil texnologiyalarni moliyalashtirishga kirish imkoniyati cheklanganligi.
Yashil investitsiyalarni kengaytirish uchun moliyaviy resurslarning yetarli boʻlishi
muhim. Biroq, Oʻzbekistonda yashil loyihalarni moliyalashtirish asosan yirik davlat va xalqaro
moliya institutlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Mahalliy banklar yashil k
reditlash boʻyicha
yetarli tajribaga ega emas va aksariyat hollarda faqat yirik loyihalarni moliyalashtirishga
yoʻnaltirilgan. Shu sababli, kichik va oʻrta biznes subyektlari yashil texnologiyalarni joriy
etishda moliyaviy cheklovlarga duch kelmoqda. Shu bilan birga, past foizli yashil kreditlar va
subsidiyalar yetishmovchiligi ham investitsiyalar hajmining cheklanishiga olib kelmoqda.
2.
Normativ-huquqiy bazaning murakkabligi.
Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekistonda qator strategik hujjatlar qabul
qilingan boʻlsa
-
da, qonunchilik hali ham toʻliq shakllanmagan. Yashil investitsiyalarni tartibga
soluvchi huquqiy normalarning barqaror boʻlmagani va baʼzi jarayonla
rning murakkabligi
investorlarni chalgʻitadi. Shuningdek, turli davlat idoralari tomonidan beriladigan
ruxsatnomalar va litsenziyalash jarayoni uzoq davom etishi, xususiy sektorning ushbu sohada
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
179
faol ishtirok etishiga toʻsqinlik qiladi. Qonunchilikning aniq va shaffof boʻlmagani, jumladan,
yashil obligatsiyalar va uglerod bozorini rivojlantirish boʻyicha aniq qoidalar yoʻqligi ham
investorlarning ishonchini pasaytiradi.
3.
Texnologik va infratuzilma cheklovlari.
Yashil investitsiyalar samarali boʻlishi uchun zamonaviy texnologiyalar va rivojlangan
infratuzilma talab etiladi. Biroq, Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya, ekologik qishloq
xoʻjaligi va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha ilgʻor texnologiyal
arni keng joriy etish
hali ham sust kechmoqda. Koʻpgina korxonalar va fermer xoʻjaliklari ekologik toza
texnologiyalarni sotib olish va ulardan samarali foydalanish uchun zarur boʻlgan bilim va
malakaga ega emas. Bundan tashqari, elektr tarmoqlari va energiya saqlash texnologiyalarining
eskirganligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan quvvatni tarmoqqa ulashda
muammolarni yuzaga keltiradi.
4.
Bozor mexanizmlarining cheklanganligi
Yashil moliyalashtirish vositalari, jumladan yashil obligatsiyalar va uglerod kreditlari
joriy etilgan boʻlsa
-da, ularning bozordagi ulushi hali past. Investorlar va tadbirkorlar yashil
obligatsiyalar orqali kapital jalb qilish imkoniyatlari haqida yetarli
cha maʼlumotga ega emaslar.
Shuningdek, uglerod bozorlarining yetarlicha rivojlanmagani ham yashil investitsiyalarni
ragʻbatlantirish imkoniyatlarini cheklaydi. Yashil investitsiyalar sohasida davlat
-xususiy
hamkorlik mexanizmlarining yetarlicha yoʻlga qoʻ
yilmagani ham muhim omillardan biridir.
Ushbu toʻsiqlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston yashil moliyalashtirish
mexanizmlarini kengaytirishi, xalqaro tajribani mamlakatimizda qoʻllash va davlat
-xususiy
sheriklikni mustahkamlash kabi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishi maqsadga
muvofi
qdir. Yashil kreditlar va subsidiyalarni koʻpaytirish, qonunchilikni takomillashtirish
hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish yashil investitsiyalarni yanada rivojlantirishga
xizmat qiladi. Agar ushbu masalalar tizimli ravishda hal etilsa, Oʻzbeki
ston yashil iqtisodiyot
boʻyicha Markaziy Osiyodagi yetakchi davlatlardan biriga aylanishi mumkin.
Xulosa va takliflar.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan boʻlsak, yashil investitsiyalar Oʻzbekiston
iqtisodiyotining barqaror va ekologik jihatdan xavfsiz rivojlanishida muhim oʻrin egallaydi..
Ular ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanish va resurslardan samarali foydalanishni ragʻbatlantirish orqali atrof
-muhitga zarar
yetkazmaydigan iqtisodiy oʻsishni taʼminlaydi. Shu bilan birga, yashil invest
itsiyalar ish
oʻrinlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni
kuchaytirishga xizmat qiladi.
Mamlakatda yashil iqtisodiyotning rivojlanishi uchun davlat siyosatini takomillashtirish,
qonunchilik asoslarini mustahkamlash va biznes muhitini yanada yaxshilash muhim ahamiyat
kasb etadi. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, moliyaviy mexanizmlar, jumlad
an, yashil
obligatsiyalar, subsidiyalar va soliq imtiyozlari, ushbu jarayonda katta oʻrin tutadi. Shu sababli,
Oʻzbekistonda yashil investitsiyalarni jalb qilishga yoʻnaltirilgan strategik chora
-tadbirlarni
kuchaytirish, xususan, xususiy sektor va xorijiy investorlar ishtirokini oshirish zarur.
Shunday qilib, yashil investitsiyalar nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilish, balki iqtisodiy
oʻsishning yangi manbalarini yaratish, innovatsion yechimlarni joriy etish va aholi farovonligini
oshirishga ham xizmat qiladi. Bu boradagi izchil saʼy
-harakatlar
Oʻzbekistonning ekologik va
iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanishiga mustahkam zamin yaratadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
180
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Hepburn, C. (2019). Green Finance and Investment Strategies. Oxford University Press.
Jiang, L., Zhang, W., & Chen, Y. (2023). The effect of green investment on corporate behavior.
JSTOR.
Mokhov, V. G., Chebotareva, G. S., & Khomenko, P. M. (2018). Modelling of "green"
investments risks. Bulletin Of The South Ural State University Series-Mathematical Modelling
Programming & Computer Software.
Qaror (2019), Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining 2019
-yil 4-
oktabrdagi “2019
-2030-
yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi toʻgʻrisida”gi
PQ-4477-sonli Qarori.
Taghizadeh-Hesary, F. & Yoshino, N. (2020). Sustainable solutions for green financing and
investment in renewable energy projects. Energies.
Vahabov, A. & Xajibakiyev, Sh. (2020). “Yashil iqtisodiyot”. Darslik. Toshkent: Universitet, p. 16.
Vahabov, A. Xajibakiyev, Sh. X. (2021). “Qayta tiklanadigan energiya isteʼmolining tarkibi va
rivojlanish istiqbollari”. Academic Journal of Digital Economics and Stability.
