РОЛЬ РАЗВИТИЯ ГОСТИНИЧНЫХ УСЛУГ В РАЗВИТИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ

Аннотация

В статье рассматриваются вопросы совершенствования организационно-экономического механизма эффективного развития рынка гостиничных услуг в условиях реализации стратегии развития устойчивого туризма, а также ускоренного развития сферы туризма и превращения ее в одну из перспективных отраслей национальной экономики. Изучены основные аспекты развития гостиничного хозяйства, даны предложения и рекомендации.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
133-137
20

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Мансуров Z. (2025). РОЛЬ РАЗВИТИЯ ГОСТИНИЧНЫХ УСЛУГ В РАЗВИТИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ . Экономическое развитие и анализ, 3(3), 133–137. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/80135
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматриваются вопросы совершенствования организационно-экономического механизма эффективного развития рынка гостиничных услуг в условиях реализации стратегии развития устойчивого туризма, а также ускоренного развития сферы туризма и превращения ее в одну из перспективных отраслей национальной экономики. Изучены основные аспекты развития гостиничного хозяйства, даны предложения и рекомендации.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

133


MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA

MEHMONXONA XIZMATLARI RIVOJINING

O‘RNI

Mansurov Zokir Xusanovich

Farg‘ona davlat universiteti

ORCID: 0009-0001-8319-9531

zokirmansurov1982@gmail.com

.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada turizmni barqaror rivojlantirish strategiyasini amalga

oshirishda mehmonxona xizmatlar bozorini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy

mexanizmini takomillashtirish

hamda turizm sohasini tez surʼatlar bilan rivojlantirishga va milliy

iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlaridan biriga aylantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Mehmonxona sohasini rivojlantirishning asosiy jihatlari o‘rganilib, taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

turizmni rivojlantirish, mehmonxona, strategiya, madaniyat, tabiat, turizm

klasterlari, mehmonxona xizmatlari,

mehmonxona xo‘jaligi, xizmat, rivojlanish.

РОЛЬ РАЗВИТИЯ ГОСТИНИЧНЫХ УСЛУГ

В РАЗВИТИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ

Мансуров Зокир Хусанович

Ферганский государственный университет

Аннотация.

В статье рассматриваются вопросы совершенствования

организационно

-

экономического механизма эффективного развития рынка гостиничных

услуг в условиях реализации стратегии развития устойчивого туризма, а также
ускоренного развития сферы туризма и превращения ее в одну из перспективных

отраслей национальной экономики. Изучены основные аспекты развития гостиничного

хозяйства, даны предложения и рекомендации.

Ключевые слова:

развитие туризма, гостиница, стратегия, культура, природа,

туристические кластеры, гостиничные услуги, гостиничный менеджмент, сервис,

развитие.

THE ROLE OF HOTEL SERVICES DEVELOPMENT

IN THE DEVELOPMENT OF THE NATIONAL ECONOMY

Mansurov Zokir Xusanovich

Fergana State University

Abstract.

The article examines the issues of improving the organizational and economic

mechanism for the effective development of the hotel services market in the context of

implementing the strategy for the development of sustainable tourism, as well as the accelerated

development of the tourism sector and turning it into one of the promising sectors of the national

economy. The main aspects of the development of the hotel industry are studied, proposals and
recommendations are given.

Keywords:

tourism development, hotel, strategy, culture, nature, tourism clusters, hotel

services, hotel management, service, development.

UO‘K:

338.484.2

III SON - MART, 2025

133-137


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

134

Kirish.

Hozirgi paytda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning asosiy

maqsadlaridan biri ustuvor strategik yo‘nalishlarni tanlab olishdan iborat. Shu tufayli bugungi

kunda butun dunyo nazari Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan t

araqqiyot

strategiyani amalga oshirishga qaratilgandir. “Strategiyaning “Milliy iqtisodiyotni
rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash”ga bag‘ishlangan

ustuvor yo‘nalishida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafarda

n oshirish hamda

respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish” vazifasi

qo‘yilgan (norma.uz, 2025).

Ushbu vazifaning bajarilishi makro darajada turizm sohasini rivojlantirish, YaIMdagi

ulushini oshirish, aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida, raqamli iqtisodiyotga

o‘tish sharoitida turistik xizmatlarni diversifikasiya qilish va sifatini

yaxshilash, xalqaro

standartlar asosida yangi turistik xizmatlar assortimentini ko‘paytirish, yangi yo‘nalishlardagi
turistik marshrutlarni ko‘paytirish, turistlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish

tadbirlarini tashkil qilish, zamonaviy turizm infratuzilmasini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishni jadallashtirish bo‘yicha ilmiy

-tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Fedorovning (2013)

ilmiy tadqiqotida (“malaya forma gostinichno biznesa ekonom

-

klassa”) “kichik mehmonxona mehmonxona sohasining arzon joylashtirish vositasi” xostellar

olis hududlarni turizm jozibadorligini oshirib, kam daromadli turistlar oqimini ko‘paytirishga

xizmat qil

adi. Shuningdek, chekka hududlardagi aholini bandligini ta’minlaydi. Fedorov

mehmonxona va xostellarni biznes nuqtai nazardan solishtirganda tasischiga bir hil daromad

keltiradi. Biroq, mehmonxona va xostellarni rentabelligi nuqtai nazardan qaraganda,

hostellarning faoliyati mehmonxonaga qaraganda barqarorligi aniqlangan.

Raximov va Norkulovalarning (2020)

ko‘rsativ o‘tishlaricha

mehmonxona xizmatlari

ishlab chiqarish va iste’molida sifat masalalari juda muhim rol o‘ynaydi. Sifatli xizmat

kursatmaydigan mehmonxona korxonasi o‘zining asosiy maqsadlariga erisha olmaydi. Turli

mehmonxona korporatsiyalari rivojlanishining tarixi foyda sifatning mahsuli ekanligini

ko‘rsatadi. Mehmonxona korxonasi oldida xizmat ko‘rsatish sifatini kerakli darajada saqlab

turish

kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish

xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish

strategiyasini ishlab chiqish vazifasi turadi.

Tuхliуеv vа bоshqаlаr (2010) ushbu tushunсhаgа: “Turizm –

bu mеhmоnхоnаlаr vа

jоуlаshtirish vоsitаlаri, trаnsроrt vоsitаlаri, umumiу оvqаtlаnish оb’еktlаri, kо‘ngil осhish

оb’еktlаri vа vоsitаlаri, bilim оrttirish, dаvоlаsh, sоg‘lоmlаshtirish, sроrtgа dоir, diniу

mаrоsimсhilik, ishbilаrmоnlikkа vа bоshqа mаqsаdlаrgа mоlik vоsitаlаr, turizm ореrаtоri vа
turizm аgеntligini аmаlgа оshiruvсhi, shuningdеk, turistik

-

еkskursiуа vа gid

-

tаrjimоnlik

хizmаtlаrini tаklif qiluvсhi tаshkilоtlаr mаjmuidir”.

Ryabuxaning (2006) ilmiy tadqiqotida

“Turistik imkoniyatlarga ega bo‘lgan, xizmat

ishlab chiqaruvchilar sotadigan va turist o‘z tashrifi uchun tanlaydigan hudud yoki inshootlar

destinatsiya bo‘lishi mumkin”.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, turizm sohasida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda

mehmonxona xizmatlarini oshirish, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab

-

quvvatlash, turistik xizmatlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish, sohada raqamli

texnologiyalarning samarali usullarini ishlab chiqish, mintaqalardagi turizm resurslaridan
samarali foydalanish, maxsus turizm zonalarini tashkil etish, investitsiyalarni jalb qilish orqali

infratuzilmani takomillashtirish, yangi ish o‘rinlarini yarat

ish, turizm sohasini YaIMdagi

ulushini oshirish hamda turizmni rentabelli sohaga aylantirishga kabi yo‘nalishlardagi

tadqiqotlarni olib borish alohida ahamiyat kasb etmoqda.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

135

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur ilmiy maqolada bilish nazariyasining mantiqiy yondashuv, induksiya va

deduksiya, qiyosiy va omilli taxlil, zamon va makon, taqqoslash, monografik ko‘zatish kabi

usullardan foydalanildi.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Yangi

O‘zbekistonni barpo etish jarayonida turizmni rivojlantirishga katta eʼtibor

qaratilmoqda. Xususan, turizmni barqaror rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda

mehmonxona xizmatlar bozorini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini
takomillashtirish

hamda turizm sohasini tez surʼatlar bilan rivojlantirishga va milliy

iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlaridan biriga aylantirish alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

“Aslida mamlakatimizda bu sohadagi salohiyat bundan ancha yuqori. Mehmonxona, madaniyat,

ta

biat, etno va gastronomik markazlarni bog‘laydigan turizm klasterlari tashkil etish, “turistlar

uchun mehmondo‘st muhit sertifikati”ni joriy qilish lozim”

(president.uz., n.d.). Ushbu

vazifalarni amaliy jiha

tdan samarali hal etish, mehmonxonalarning xizmat ko‘rsatish

salohiyatni oshirish, ularga tashkiliy-boshqaruv va texnologik innovatsiyalarni joriy etish,

barcha toifadagi mehmonlar uchun zamonaviy qo‘shimcha xizmat turlarini taklif etish,

mehmonxona xizmatlaridan qoniqishi, ishonchini paydo qilish hamda mehmonxona imijini

oshirish, mehmonxonalar tomonidan xizmat ko‘rsatilgan tashrif buyuruvchilar soni,

turistlarning tunab qolishini hisobga olgan holda mehmonxonalarni rivojlantirishning prognoz

ko‘rsatkichla

ri ishlab chiqish asosida mehmonxona biznesini rivojlantirishning tashkiliy

iqtisodiy-mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish
maqsadga muvofiqdir.

Mehmonxona sohasini

rivojlantirishda uchta jihatning ahamiyati o‘rganildi. Birinchidan,

mehmonxona xizmatlari bozorida yuqori sifatli va barqaror xizmat ko‘rsatishni ta’minlash

ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq. Bu jarayon xizmatlarning samaradorligini

oshirish va resurslardan oqilona foydalanishni talab qiladi. Mehmonxona infratuzilmasini

rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, xizmatlarni diversifikatsiya

qilish orqali turizm talablariga moslashish imkoniyati yaratiladi. Ikkinchidan, mehmonxona

sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasi va ish sifati mijozlar qoniqishining asosiy
omillaridan biridir. Xodimlarning kasbiy rivojlanishini ta’minlash, ular uchun qulay mehnat

sharoitlari yaratish va rag‘batl

antirish mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga

ega. Bandlikni oshirish orqali nafaqat mehmonxona sohasining rivojlanishi ta’minlanadi, balki

mahalliy aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, ijtimoiy barqarorlik mustahkamlanadi.

Uchunchidan, mehmonxona sohasidagi mehnat bozorining samarali faoliyati uchun davlat

tomonidan normativ-

huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi va ularning amalda to‘liq qo‘llanishi

zarur. Bu xodimlarning huquqlarini himoya qilish, ularning ish sharoitlarini yaxshilash va

xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi. Mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilish,

xodimlarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash va sohaga nisbatan qo‘llaniladigan soliq

imtiyozlari mehnat bozorining barqaror rivojlanishiga hissa qo

‘shishi kabi omillar desertatsiya

ishida o‘rganildi.

Mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirish va uning barqarorligini ta’minlashda yuqorida

ko‘rsatilgan institutsional kuchlarni tizimli ravishda nazorat qilish va rivojlantirish katta
ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish, yuqori malakali kadr

larni tayyorlash va

bandlikni oshirish, shuningdek, mehnat bozorini tartibga solish orqali mehmonxona sohasida

nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki xizmat ko‘rsatish sifati va mijozlar qoniqishini oshirish

ham mumkin. Shu tariqa, ushbu kuchlarni yanada takomillashtirish orqali turizm va

mehmonxona sohasining mamlakat va hudud iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi sezilarli

darajada oshadi.

Bundan tashqari, mehmonxona va joylashtirish vositalarining tashkil etilishi,

mamlakatlar kesimida sohaning rivojlanish ko‘rsatkichlari va unga tashrif buyuradiganlarga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

136

yaratilayotgan turizm xizmatlari orqali ish o‘rinlari ko‘paytirish mumkinligi hamda

mehmonxona xizmatlarining mazmun mohiyati ochib berildi.

Shu bilan birga, turizmini rivojlantirishda mehmonxonalar rolining muhimligi tahlil

qilingan. Bunda, mehmonxonalarda mijozlarga sifatli xizmatlar turini kengaytirish orqali

korxona va mahalliy iqtisodiyotga foyda keltirish aniq misollarda yoritildi.

Yurtimizda joylashtirish vositalarining o‘sish tendensiyasi o‘rganildi. Shuningdek, sohaga

ta’sir qiluvchi omillar, turizm va mehmonxona biznesini rivojlanishiga davlat tomonidan

yaratilayotgan shart-sharoitlar tadqiq etildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mehmonxona xizmatlarinining sifatini oshirish

uchun iqtisodiyotning barcha nomoddiy tarmoqlarini rivojlantirish, turli turizm

xizmatlarinining tarixiy ahamiyatini tahlil qilish, ularning

faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni

aniqlab olish va shu asosida rivojlantirish istiqbollarini rejalshtirish taklif qilindi.

O‘zbekistonda mehmonxona, joylashtirish vositalari fondi tahlil qilinganda, 2024

-yilda

624 ta yangi joylashtirish vositalari (17826 ta o‘rin), shundan, 136 ta mehmonxonalar, 226 ta

xostellar, 320 ta oilaviy mehmon uylari, 168 ta boshqa joylashtirish vositalari tashkil etilib,

ularning jami soni 6022 taga, o‘rinlar soni 124,2 mingtani tashkil qilgan.

1-rasm.

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish vositalarining o‘sishi

dinamikasi

O‘zbekistonda 2016

-yildan boshlab turizm sohasini rivojlantirish borasida bir qancha

normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi natijasida sohada tadbirkorlik rivojlandi. Jumladan,

2016-

yilda O‘zbekistonga 2 mln nafar atrofida, 2019

-yilda 6.7 mln nafar atrofida, 2022-yilda

5.2 mln nafar atrofida, 2023-yilda 6.6 mln atrofida 2024-yilda 10.5 xorijiy turistlar tashrif

buyurgan. Bu o‘z navbatida mehmonxonalar fondining oshishiga olib kel

gan.

Xulosa va takliflar.

Mehmonxona bu “Mahsulotini” xizmatlar to‘plami shaklida sotish orqali foyda olishni

maqsad qilgan korxona bo‘lib, xizmat ko‘rsatish orqali pudratchi va iste’molchi o‘rtasidagi
to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri o‘zaro munosabatlar, shuningdek, iste’molchi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha

pudratchining o‘z faoliyati davomida erishgan natijasidir.

Xizmat nomoddiy tushuncha bo‘lib, uni o‘lchash mumkin emas, faqat baholanishi

mumkin. Mehmonxona mahsulotining asosiy xususiyati shundaki, mijoz o‘zi

foydalanadigan

tovarlarga egalik qilmaydi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

137

Adabiyotlar /Литература/Reference:

Fedorov R. G. (2013) “Sovremennye tendentsii razvitiya malix form gostinicnogo biznesa

ekonom-klassa na territoriax s nizkim urovnem turistskoy

privlekatelnosti” Sochi.

- 16-15-bet.

Mirziyov Sh.M. (2017) Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib

-intizom va shaxsiy javobgarlik

har bir

rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan

majlisidagi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 16 yanvar, №11.

Mirziyoyev Sh.M.

(

2016).

Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda

barpo etamiz”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag’ishlangan Oliy majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi/ Sh.Mirziyoyev. Toshkent:

O‘zbekist

on, 56 b.

Norma.uz (2025). Информационно

-

правовой портал. Қонунчиликдаги янгиликлар.

[online] Available at: https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/2022-2026_yillarga

president.uz. (n.d.). Turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar ko‘rsatib

o‘tildi. [online] Available at:

https://president.uz/oz/lists/view/6095.

Raximov Z.O., Norkulova D.Z. (2020), Turistik destinatsiyalarni loyihalashtirish. O‘quv

qo‘llanma. –

Samarqand: SamISI, 188 bet.

Tuхliуеv I.S.,

va boshqalar (2010)

Turizm аsоslаri. О‘quv qо‘llаnmа. Qауtа ishlаngаn vа

tо‘ldirilgаn 3

-

nаshri.

-

S.: SаmISI, 284 b.

Рябуха А.Ю. (2006). Управление развитием местных сообществ на основе

использования туристского пространства: дис. ... канд. экон. наук. –

Краснодар:–

156 с.

Тухлиев И.С. ва бошқалар.

(2010)

. Туризмни режалаштириш. Дарслик. –

389 б.

Тухлиев И.С., Ибадуллаев Н.Е. (2011) Туризм операторлик хизматини

ташкиллаштиришнинг асослари. Ўқув қўлланма. –

С.:

СамИСИ, 256 б.

Тухлиев И.С., Қудратов Ғ.Ҳ., Пардаев М.Қ. (2010) Туризмни режалаштириш. Дарслик.

Т.:

«Иқтисод

-

молия»–

263 б.

Ҳайитбоев

Р., ва бошқалар.

(2016).

Туризм маршрутларини ишлаб чиқиш. Ўқув

қўланма. –

С.: СамИСИ, 2016.

-

176 б.

Библиографические ссылки

Fedorov R. G. (2013) “Sovremennye tendentsii razvitiya malix form gostinicnogo biznesa ekonom-klassa na territoriax s nizkim urovnem turistskoy privlekatelnosti” Sochi. - 16-15-bet.

Mirziyov Sh.M. (2017) Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 16 yanvar, №11.

Mirziyoyev Sh.M. (2016). “Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi/ Sh.Mirziyoyev. Toshkent: O‘zbekiston, 56 b.

Norma.uz (2025). Информационно-правовой портал. Қонунчиликдаги янгиликлар. [online] Available at: https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/2022-2026_yillarga

president.uz. (n.d.). Turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi. [online] Available at: https://president.uz/oz/lists/view/6095.

Raximov Z.O., Norkulova D.Z. (2020), Turistik destinatsiyalarni loyihalashtirish. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: SamISI, 188 bet.

Tuхliуеv I.S., va boshqalar (2010)Turizm аsоslаri. О‘quv qо‘llаnmа. Qауtа ishlаngаn vа tо‘ldirilgаn 3-nаshri.- S.: SаmISI, 284 b.

Рябуха А.Ю. (2006). Управление развитием местных сообществ на основе использования туристского пространства: дис. ... канд. экон. наук. – Краснодар:– 156 с.

Тухлиев И.С. ва бошқалар. (2010). Туризмни режалаштириш. Дарслик. – 389 б.

Тухлиев И.С., Ибадуллаев Н.Е. (2011) Туризм операторлик хизматини ташкиллаштиришнинг асослари. Ўқув қўлланма. – С.: СамИСИ, 256 б.

Тухлиев И.С., Қудратов Ғ.Ҳ., Пардаев М.Қ. (2010) Туризмни режалаштириш. Дарслик. – Т.: «Иқтисод-молия»– 263 б.

Ҳайитбоев Р., ва бошқалар. (2016). Туризм маршрутларини ишлаб чиқиш. Ўқув қўланма. – С.: СамИСИ, 2016.-176 б.