Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
72
DEMOGRAFIK DIVIDENDLARDAN SAMARALI
FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Asqarova Muhabbat Ibraximovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi
“Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning
ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy
-tadqiqot markazi
ORCID: 0009-0002-0121-7925
Annotatsiya.
Ushbu maqolada demografik dividend haqida fikr yuritiladi. Unda demografik
dividend toʻgʻrisidagi olimlarning nazariy
qarashlari, demografik dividendning afzalliklari,
foydalilik tomonlari, olish bosqichlari, demografik dividendga erishish uchun muhim boʻlgan
omillar, sabablar va
yoʻnalishlar oʻrganilgan.
Kalit soʻzlar:
demografik dividend, mehnatga layoqatli aholi, aholining yosh tarkibi,
t
ugʻilish, yuqori tugʻilish darajasi,
birinchi demografik dividend
,
ikkinchi demografik dividend,
iqtisodiy o
‘
sish, inson kapitali,
yalpi ichki mahsulot, demografik oʻtish davri, oilani rejalashtirish.
ВОЗМОЖНОСТИ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ
ДЕМОГРАФИЧЕСКИХ ДИВИДЕНДОВ
Аскарова Мухаббат Ибрахимовна
Научно
-
исследовательский центр
«Научные основы и проблемы развития экономики Узбекистана»
при Ташкентском государственном экономическом университете
Аннотация.
В данной статье обсуждается демографический дивиденд. В ней
рассматриваются теоретические взгляды ученых на демографический дивиденд,
преимущества и выгоды демографического дивиденда, этапы его получения, а также
факторы, причины и направления, важные для достижения демографического
дивиденда.
Ключевые слова:
демографический дивиденд, население трудоспособного возраста,
возрастная структура населения, рождаемость, высокая рождаемость, первый
демографический дивиденд, второй демографический дивиденд, экономический рост,
человеческий капитал, валовой внутренний продукт, демографический переход,
планирование семьи.
UO‘K:
314.143
III SON - MART, 2025
72-79
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
73
OPPORTUNITIES FOR EFFECTIVE USE OF DEMOGRAPHIC DIVIDENDS
Askarova Mukhabbat Ibrahimovna
Scientific Research Center "Scientific Foundations and Problems
of the Development of the Economy of Uzbekistan"
under Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article discusses the demographic dividend. It examines the theoretical views
of scientists on the demographic dividend, the advantages and benefits of the demographic
dividend, the stages of obtaining it, and the factors, causes, and directions that are important for
achieving the demographic dividend.
Keywords:
demographic dividend, working-age population, age structure of population,
birth rate, high birth rate, first demographic dividend, second demographic dividend, economic
growth, human capital, gross domestic product, demographic transition, family planning.
Kirish.
Demografik dividend ko'p yillardan buyon iqtisodiy rivojlanishning muhim omili sifatida
qarab kelinmoqda, ya'ni demografik dividend butun dunyo bo'ylab barqaror rivojlanish
maqsadlariga erishish va iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash uchun mos siyosatlar
haqidagi munozaralarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Demografik dvidend deganda aholining yosh tarkibidagi siljishlar natijasida yuzaga
kelishi mumkin bo'lgan iqtisodiy o'sish potensiali tushuniladi. Bu jarayon odatda yoshlar va
keksalar orasida mehnatga layoqatli aholining ko'pligi bilan tavsiflanadi. Demografik dividend
mamlakatda mehnatga layoqatli aholining ulushi bolalar va qariyalar ulushidan oshib ketganda
va tug'ilishning pasayishi natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy o'sish kuzatilganda sodir
bo'ladi. Rivojlangan dunyo aholisining tez qarib borayotgani, jahon iqtisodiyotining turli
tarmoqlarida ishchi kuchi ta'minoti uchun potentsial muammolarni keltirib chiqarayotganini
hisobga olsak, bu muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Demografik dividend
–
bu aholi yosh tarkibining o'zgarishi, birinchi navbatda mehnatga
layoqatli yoshdagi aholining ulushi mehnatga layoqatsiz yoshdagi aholining ulushidan yuqori
bo'lgan vaziyat bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy o'sish salohiyatidir
(Cyberleninka.ru, 2021).
Ya'ni, 15-64 mehnatga layoqatli aholi soni va 14 yoshgacha va 65 yoshdan oshgan mehnatga
layoqatli bo'lmagan aholi soni o'rtasidagi farqdir. Bundan ham qisqaroq aytadigan bo'lsak,
ishchilar soni ishlamaydiganlar sonidan ko'p bo'lsa, bu demografik dividendir. Buning asosiy
sababi, avval o'lim darajasi, keyin tug'ilish darajasi pasayadi, bu esa o'z navbatida aholi
o'sishining sekinlashishiga olib keladi. Aholining tez o'shishi esa mutahasisslarning fikriga
ko'ra vaqtinchalik hodisa hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) ma'lumotlariga
ko'ra, demografik dividend "aholining yosh tarkibidagi o'zgarishlar natijasida yuzaga kelishi
mumkin bo'lgan iqtisodiy o'sish potentsialini, asosan, mehnatga layoqatli aholining ulushi (15
dan 64 gacha) bo'lmagan aholidan ko'proq bo'lganda" degan ma'noni anglatadi
(Drishti IAS,
2019).
Adabiyotlar sharhi.
Demografik dividendga ko'plab olimlar tamonidan ta'riflar keltirilgan bo'lib, 1997-yilda
Mason (2016) mehnatga layoqatli aholining o'sishi va iqtisodiy taraqqiyot o'rtasidagi
bog'liqlikni ta'kidlab, ''demografik dividend'' tushunchasini joriy etgan. Xitoylik olim Liu (2010)
olib borgan dastlabki tadqiqotlarda asosan demografik dividendning ta'rifi va uning iqtisodiy
o'sishga ta'siri to'g'risida asosiy tushunchani izohlashga qaratilgan. Ushbu bosqich mehnatga
layoqatli aholining o'sishi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlikni ta'kidladi. Keyingi
tadqiqotlar turli mamlakatlar va mintaqalarda demografik dividendlarning ta'sirini empirik
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
74
tahlil qilgan. U o'zining ilmiy tadqiqotlarida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi Sharqiy
Osiyo mamlakatlariga e'tibor qaratgan. So'nggi tadqiqotlar demografik dividend bilan bog'liq
potentsial muammolarga, shu jumladan mehnat bozori bosimi, ortiqcha resurslarni iste'mol
qilish, atrof-muhit muammolari va qarish muammolariga tobora ko'proq e'tibor qaratmoqda
(Niu et al., 2018).
Haqiqiy demografik dividend atamasi 2000-yillarning boshlarida Bloom, Canning va
Malaney tomonidan ishlab chiqilgan, ammo demografik o'tishni boshdan kechirayotgan va
tug'ilishning pasayishini boshdan kechirayotgan mamlakatlar yoshdagi qaramlik pasayishi va
mehnatga layoqatli yoshdagi aholining ulushi ko'payishi bilan samaradorlikni oshiradi degan
g'
oya bundan oldin juda yaxshi о
'rganilgan va ''Demografik oyna'' sifatida namoyon bo'lgan(Niu
et al., 2018).
Demografik dividend past va o'rta daromadli mamlakatlar uchun ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishni rag'batlantirish uchun noyob imkoniyat sifatida o'tkaziladi (Groth va May, 2017).
Biroq, bunga erishish uchun mamlakatlarlar inson kapitalini rivojlantirish, makroiqtisodiy
barqarorlik va yaxshi boshqaruvga investitsiyalar bilan tavsiflanadigan demografik
dividenddan foydalanish uchun qulay bo'lgan (Bloom et al., 2017).
Demografik dividend aholining umumiy sonida ish bilan band bo'lganlarning ulushi
yuqori bo'lgan taqdirda yuzaga keladi, chunki bu ko'proq odamlar ishlab chiqarish va
iqtisodiyotning о
'sishiga hissa qo'shish imkoniyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Mehnatga
layoqatli aholi salohiyatidan foydalanish maqsadida to'g'ri siyosat va sarmoya kiritilsa, bu holat
mamlakat iqtisodiy о
'sishiga hissa qo'shib, jamg'arma va investitsiyalarning oshishiga olib
kelishi mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy tadqiqot olib borish jarayonida qiyosiy tahlil, guruhlash, tizimli yondashuv,
umumlashtirish, statistik tahlil, abstrakt-tahliliy usullar va boshqalardan foydalanildi.
- tadqiqotning dastlabki bosqichidan uning oxirgi bosqichigacha qiyosiy tahlili, statistik
tahlil, tizimli yondoshuv usulidan foydalanildi, shuning natijasida ilmiy xulosalar qilindi;
-
maʼlumot, koʻrsatkichlarni tahlil va sintez qilishda statistik usullardan foydalanildi.
-
demografiyani oʻrgangan olimlarning ilmiy
- nazariy qarashlari, ilmiy yondoshuvlari,
bergan taʼriflari tahlili va sintezi usullaridan foydalangan holda,
amiyatli va muhim tomonlari
izohlab oʻtildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Demografik dividendning afzalliklari (Luoma, 2016): mamlakat o'zgaruvchan yosh
tarkibiga ega bo'lsa, odatda imtiyozlar yoki dividendlar topiladigan to'rtta soha mavjud. Bular:
1. Mehnat ta'minoti:
iqtisodiyot ko'proq ishchilarni jalb qilish va samarali ishlashga
qodir; ayollar ko'proq uydan tashqarida ishlashadi.
2. Tejamkorlik:
s
haxsiy jamg'armalar o'sib boradi va iqtisodiyotni ta'minlash uchun
manba bo'lib xizmat qilishi mumkin.
3. Inson kapitali:
tug'ilish darajasining pasayishi ayollarning sog'lom bo'lishiga va uyda
iqtisodiy bosimning kamayishiga olib keladi; ota-onalar har bir bolaga ko'proq mablag'
sarflashlari mumkin, bu esa sog'liq va ta'limda yaxshi natijalarga olib keladi.
4. Iqtisodiy o'sish:
a
holi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulotning o'sishi,
qaramlik darajasining pasayishi.
Bundan tashqari
iqtisodchilarning fikricha, demografik dividendning to‘rtta foydasi bor:
➢
Mehnat ta‘minotini yaxshilash;
➢
Jamg‘armalarning o‘sishi;
➢
Inson kapitali;
➢
Ichki bozorni kengaytirish;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
75
Demografik dividend о
'zining asosiy shaklida tug'ulish darajasi yuqori bo'lgan
rivojlanayotgan mamlakatlarda tug'ulishning dunyoviy pasayishi natijasida yuzaga kelishi
mumkin. Bu
pasayish yosh tarkibining о
'zgarishiga olib keladi, yoshlarning qaramlik
koeffitsientini pasaytiradi va mehnatga layoqatli aholi ulushini oshiradi, shu bilan aholi jon
boshiga to'g'ri keladigan daromadlar bo'yicha turmush sharoitini oshiradi (Canning, 2003).
Iqtisodiy о
'sishning demografik imkoniyatlari keng ko'lamli potentsial oqibatlari
–
aholining
keyingi qarishi bilan bevosita bog'
liqdir. Keksa odamlar soni qanchalik tez о
'ssa, demografik
dividendning muqarrar qisqarishi shuncha tezlashadi (Demografiya portal, 2022). Demografik
dividend asosan mamlakatlarga investitsiya kiritish orqali yuzaga kelishi mumkin.
Ammo dividendlarni olish uchun ko'proq ishlarni amalga oshirish lozim hisoblanadi ya'ni
bular: qizlar va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, yangi iqtisodiy imkoniyatlarga
moslashtirilgan sifatli ta'lim tizimini yuqori darajada ta'minlash, xavfsiz bandlikni kengaytirish
kabi vazifalarni bajarish lozimdir.
Bundan ko'
rinib turibdiki dемографик dividend olish uchun mamlakatlar dastlab
demografik o'tishni amalga oshirish kerak.
1- rasm. Demografik dividend olish bosqichlari.
Manba:
internet ma
'
lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirilgan.
Dastlabki bosqichda bolalar soni tez o'sadi, chunki o'lim darajasi kamayadi. Keyinchalik,
oraliq bosqichda tug'ilish pasaya boshlaydi, bolalar soni kamayadi va mehnatga layoqatli aholi
ulushi ortadi. Kechki bosqichda past o'lim va tug'ilish keksa aholi ulushini oshiradi, bu jarayon
aholining qarishi deb ataladi. Oraliq bosqichdagi mamlakatlar birinchi demografik dividenddan
foydalanish imkoniyatiga ega. Ikkinchi dividend oraliq fazaning oxirida boshlanadi va kech
bosqichga o'tadi, ammo ikkinchi dividendni amalga oshirish siyosati eng yaxshi oraliq
bosqichda belgilanadi.
Demografik dividendlarning sodir bo'lishi to'g'ridan to'g'ri tug'ilish darajasiga bog'liqdir.
Misol uchun, Yaponiyada, 1930 va 1940-yillarda eng yuqori tug'ulish darajasi kuzatilgan bo'lsa
bu holat 1950 va 1960-
yillarda aholi sonining о
'
sishi davrida ishchi kuchining tez о
'sishiga olib
kelgan. Bu holat Yaponiya iqtisodiyotidagi oltin davr edi. 1980-yillarga kelib tug'ilish
darajasining turg'un pasayib ketishiga sabab bo'ldi va yana odatdagidek ishchi kuchi
yetishmasligi muammosi paydo bo'ldi. Demografik jarayonlar malum darajada katta ta'sir
ko'rsatmasada ammo mehnat resurslarining rivojlanishida, demografik dividendlarning paydo
bo'lishida qisman ahamiyatga egadir
(Foot, n.d.).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
76
2-rasm. Demografik dividendga erishish yo'lida uchta muhim omil.
Manba:
internet ma
'
lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirilgan.
Aholi yosh tuzilishining iqtisodiy rivojlanishga ta'sir qilishi mumkinligi haqidagi g'oya
dastlab Yevropa va Osiyoda, xususan, Yaponiyada, keyinchalik Janubiy Koreya, Tayvan,
Gonkong va Singapurda paydo bo'ldi mamlakatlar jadal rivojlanishning urushdan keyingi
bosqichini empirik kuzatishlar natijasida belgilab berdi. Shu qatorda Singapur davlati
demografik dividentlarini rivojlantirishda ta'limga alohida urg'u berib kelmoqda. Ta'lim yoki
inson kapitalining iqtisodiy о
'sishga qay darajada hissa qo'sha olishi mumkinligi jamlangan
omil tushunchasining muvofiqlashuvidan kelib chiqadi. Aksariyat holatlarda aholi о
'sishi va
kapital investitsiyalarini hisobga olgandan so'ng qoladigan qoldiq mamlakatlar iqtisodiyatida
muhim ahamiyat kasb etadi. Bloom va Williamson (1998) bor ilmi va salohiyatini Osiyo
iqtisodiy mo'
jizalarini qulay demografik usulda о
'rganish va yangi muqobil yo'llarni yaratishga
bag'ishladi. Benhabib va Spiegel (1994) ta'
lim darajalari iqtisodiy о
'sish bilan to'g'ridan-to'g'ri
bog'lanmagani, lekin inson kapitalining jamlangan ta'siri ishlab chiqarishiga hissa qo'shganini
aniqladilar.
Past tug'ilish darajasi va ayniqsa barqaror migratsiyaning birlashgan ta'siri Singapurda
aholining yosh tuzilish ko'rsatkichlariga katta ta'sir olib keladi. Bu demografik rivojlanishning
uchinchi bosqichi uchun kichik bir turtki bo'lgan bo'lsa-da, aniq va
keskin о'zgarishlar
urushdan keyingi jadal tug'ilish davrida dunyoga kelgan farzandlarning 65 yoshga etganidan
keyin sodir bo'lgan.
Demografik dividendlar
–
sabablari
а
holi tarkibidagi o'zgarishlar tufayli yuzaga keladi:
1.
Tug'ilish darajasining pasayishi;
2.
Tug'ilish darajasi past;
3.
Uzoq umr ko'rish;
Tug'ilishning pasayishi va tug'ilish darajasining pasayishi xarajatlarning qisqarishiga
yordam beradi, uzoq umr ko'rishning oshishi mehnatga layoqatli aholi sonining ko'payishiga
olib keladi.
Demografik o'tishdan olingan imtiyozlar avtomatik yoki kafolatlangan emas. Har qanday
demografik dividend hukumatning ta'lim, sog'liqni saqlash, boshqaruv va iqtisodiyot kabi
sohalarda to'g'ri siyosat olib borishiga bog'liq. Bundan tashqari, mamlakat oladigan
demografik dividend miqdori yoshlarning mehnat unumdorligi darajasiga bog'liq bo'lib, bu o'z
navbatida maktabda ta'lim darajasiga, mamlakatdagi mehnat amaliyotiga, bola tug'ish vaqti va
chastotasiga, shuningdek, iqtisodiy yosh ota-onalarning ishlashini osonlashtiradigan siyosat.
Birinchidan, tug'ilish darajasini pasaytirish, bunga ko'proq ta'lim
takliflari,
zamonaviy
kontratseptiv
vositalardan
foydalanishni
yaxshilash va qizlar va ayollar uchun teng huquqlar orqali erishish
mumkin. Shundagina odamlar keyinchalik qachon va qancha farzandli
bo'lishni xohlashlarini erkin hal qilishlari mumkin.
Ikkinchi omil - sog'liqni saqlashni yaxshilash. Agar kamroq bolalar
o'lsa, ota-onalar odatda kichikroq oilalarni tanlashadi. Bundan
tashqari, sog'liq - bu o'z-o'zini belgilab beradigan kelajak va uzoq
umrning asosiy shartidir.
Sog‘lom
insonlar uzoqroq mehnat qilib,
o‘z
mamlakati taraqqiyotiga hissa
qo‘shishi
mumkin.
Uchinchidan, yoshlar demografik dividendga hissa
qo‘shish
uchun
avvalo yaxshi
ta’lim
olishlari, keyin esa munosib mehnat qilishlari
kerak.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
77
Dividend miqdori, shuningdek, soliq imtiyozlari, sog'liqni saqlash dasturlari, pensiya va
pensiya siyosatiga bog'liq bo'lgan keksa odamlarning unumdorligiga bog'liq.
Mamlakat demografik dividendlarni topishi mumkin bo'lgan to'rtta asosiy yo'nalish
mavjud (Brock, 2024):
➢
Jamg'arma:
Demografik davrda shaxsiy jamg'armalar o'sib boradi va iqtisodiyotni
rag'batlantirish uchun ishlatilishi mumkin.
➢
Mehnat ta'minoti:
Ish kuchiga ko'proq ishchilar, shu jumladan ayollar ko'proq
qo'shiladi.
➢
Inson kapitali:
Tug'ilishning kamayishi bilan ota-onalar har bir bola uchun ko'proq
resurslarni ajratishlari mumkin, bu esa ta'lim va sog'liqni saqlash sohasida yaxshi natijalarga
olib keladi.
➢
Iqtisodiy o'sish:
aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot qaramlik darajasining
pasayishi hisobiga o'sdi .
Shuni aytish joizki, demografik dividend ishlab chiqaruvchi, yangi imkoniyatlardan
foydalana oladigan iqtisodiy masalalarni yangi ma'lumotlatga, innovatsiyalarga asoslangan
holatda olib bora oladigan qobilyatli insonlarga (mehnat resurslariga) bog'liqdir. Ta'lim
tarbiyaning ahamiyati demografik dividendlarning shakillanishida muhim hisoblanadi. Umr
davomida foydalaniladigan ta'
lim sohasida о
'rnatiladigan sifatli milliy siyosat demografik
dividendlarning sifatli, malakali, ko'
p qirrali ya’ni mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy hissa qo
'sha
oladigan mehnat resurslarining shakillanishiga sabab bo'lishi mumkin.
Ma'
lumki aholining о
'sishi tug'
ilish va о‘lim bilan hajmi belgilanadi. Ko
'plab mamlakatda
bu ikki shkalada ham juda jiddiy о
'zgarishlar kuzatilmoqda. Olimlarning ta'kidlashicha, dunyo
bo'
ylab о
'lim va tug'ilish darajasi yildan-
yilga pasayib bormoqda. Biroq, о
'lim
ko'rsatkichlarining pasayishi va tug'ilish darajasining pasayishi faqat populyatsiyaning nima
sababdan о
'
sishini anglatmaydi. Agar bu о
'
zgarishlar bir vaqtning о
'zida ro'y bergan bo'lsa,
aholi sonida о
'sish kuzatilmaydi.
Demografik dividendlar davomida foyda keltiriladigan to'rtta mexanizm mavjud
(Wikipedia Contributors, 2019):
1.
Birinch mexanizm - ishchi kuchi taklifining ortishi. Biroq, bu foydaning kattaligi
iqtisodiyotning sof demografik sovg'a bo'lishdan ko'ra, qo'shimcha ishchilarni o'zlashtirishi va
unumli ishga olish qobiliyatiga bog'liq ko'rinadi. Shu bilan birga bilvosita ta'sir ham mavjud,
chunki kamroq bolalar (va ko'proq maktabda o'qish, quyida ko'rib chiqing) ayollarning ish
kuchining yuqori darajada ishtirok etishiga imkon beradi.
2.
Ikkinchi mexanizm - jamg'armalarning ko'payishi. Qaramog'idagilar sonining kamayishi
bilan odamlar ko'proq tejashlari mumkin. Milliy jamg'arma stavkalarining bunday o'sishi kapital
tanqisligiga duch kelgan rivojlanayotgan mamlakatlarda kapital zaxirasini oshiradi va to'plangan
kapital sarmoya kiritilishi natijasida hosildorlikning oshishiga olib keladi.
3.
Uchinchi mexanizm - inson kapitali. Tug'ilish darajasining pasayishi ayollarning
sog'lom bo'lishiga va uyda iqtisodiy bosimning kamayishiga olib keladi. Bu, shuningdek, ota-
onalarga har bir bolaga ko'proq mablag' sarflash imkonini beradi, bu esa sog'liq va ta'lim
natijalarini yaxshilaydi.
4.
O'sishning to'rtinchi mexanizmi - aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning o'sishi
va qaramlik koeffitsientining pasayishi natijasida ichki talabning ortishi. Bu uy xo'jaliklari
ishlab chiqarishining pasayishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ikkinchi darajali
ta'sirni o'z ichiga oladi, chunki uydan uzoqda ovqatlanish va tayyor kiyim sotib olish kabi tashqi
ta'minot bilan almashtiriladi.
Ko'pgina mamlakatlar yosh tarkibidagi o'zgarishlarga duch kelishi mumkin bo'lsa-da,
bunday o'zgarishlarning o'zi demografik dividendni kafolatlamaydi.
Darhaqiqat, mamlakatlarda hech qanday iqtisodiy o'
sish kuzatilmagan holda tug‘ilish va
o'lim ko'rsatkichlarining kamayishi odatiy hol emas. Muhimi, o'sib borayotgan ishchi kuchining
kengaytirilgan salohiyatiga mos keladigan etarli ish imkoniyatlari mavjud bo'lishi kerak.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
78
Mamlakat demografik dividendni boshdan kechirishining sabablaridan biri demografik
dividendlar bitta tushuntirish emas, balki omillarning birlashuvi bilan belgilanadi. Biroq,
demografik dividendning ajralmas qismi mehnatga layoqatli aholining mehnat unumdorligini
oshirishdir. Odatda, bu tug'ilishning pastligi - qaramog'idagilardan tashkil topgan umumiy
aholi ulushining kamayishi, shuningdek, o'lim darajasining pasayishi - mehnatga layoqatli
aholining ko'payishi bilan bog'liq.
Demografik dividendga erishish ucun sog'liqni saqlash, ta'lim va gender tengligini
yaxshilash kerak. Oilani rejalashtirish demografik dividendlar uchun shart-sharoitlarni
yaratish uchun zarur bo'lsa-da, bolalar salomatligi, ta'lim va gender tengligiga investitsiyalar
oilani rejalashtirishdan foydalanish va iqtisodiy o'sishga hissa qo'shadigan muhim qo'shimcha
qadamlardir.
Demografik dividend yo'nalishini belgilash uchun hukumat ta'limga ham e'tibor qaratdi.
1950-1960-yillar orasida Janubiy Koreyaning ta'lim strategiyasi maktab yoshidagi bolalarning
atigi 54 foiziga xizmat ko'rsatadigan majburiy boshlang'ich ta'limdan odamlarga iqtisodiy
rivojlanishga erishish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni beradigan ''Ishlab
chiqarishga yo'naltirilgan'' ta'
limga о
'tdi.
Demografik dividend aholi yosh strukturasidagi о‘zgarishlarning iqtisodiy rivojlanishga
ijobiy ta'sir ko'rsatadigan kontseptual stereotiplarni taqdim etadi. Biroq, demografik dividend
murakkab tushuncha bo'lib, u paydo bo'lganidan beri yondashuvlar xilma-xil bo'lib qolmoqda.
Demografik dividend iqtisodiy o'sishni tezlashtirish uchun imkoniyatlar oynasi
sifatida qaraladi, lekin bu avtomatik emas va amalda amalga oshirilishi yoki amalga
oshirilmasligi mumkin. Bu to'liq imkoniyatlarni kapitallashtirish va samarali siyosatni amalga
oshirishga bog'liq. Dastlabki demografik dividend bosqichidagi mamlakatlar uchun asosiy
siyosat tavsiyalari inson kapitaliga investitsiyalarga qaratilgan; mehnat bozorining
harakatchanligini oshirish; ayollar mehnatida ishtirok etish uchun to'siqlarni kamaytirish;
jamg'armalar uchun shart-sharoitlarni kuchaytirish va bandlik uchun yangi imkoniyatlar
yaratish.
Dividendlar miqdori har bir yoshda odamlarning qancha ishlab chiqarishi va
iste'mol qilishiga bog'liq.
Xulosa va takliflar.
Olib brogan tadqiqotlarimizga asoslanib quyidagi hulosalarga keldik:
❖
Demografik dividendlar juda muhim. Tarixan demografik dividend rivojlangan
mamlakatlarda umumiy o'sishning 15% gacha hissa qo'shgan. Demografik dividend ishchi
kuchini ko'paytirishga yordam beradi, tez urbanizatsiya va sanoatlashuv bo'ladi. Bu jismoniy
va insoniy infratuzilmaga ko'proq sarmoya kiritishga olib keladi. Ishchi kuchining ko'payishi
hisobiga mamlakat iqtisodiyotining unumdorligi oshadi. Demografik dividend o'rta sinf
jamiyati tomon katta siljishning guvohi bo'lishga yordam beradi;
❖
Demografik dividendning foydalari avtomatik emas. O'z-o'zidan tug'ilishning
kamayishi farovonlikka kafolat bermaydi. Demak, demografik dividendning kattaligi
tug'ilishning pasayish sur'ati va aholining o'sish sur'atlariga, qo'shimcha ishchi kuchini unumli
ishga olish qobiliyatiga hamda mamlakatlar tomonidan amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy
va ijtimoiy islohotlarning tabiatiga bog'liq;
❖
Demografik o'tishdan olingan imtiyozlar avtomatik yoki kafolatlangan emas. Har
qanday demografik dividend mamlakatning ta'lim, sog'liqni saqlash, boshqaruv va iqtisodiyot
kabi sohalarda to'g'ri siyosat olib borishiga bog'liq. Bundan tashqari, mamlakat oladigan
demografik dividend miqdori yoshlarning mehnat unumdorligi darajasiga bog'liq bo'lib, bu o'z
navbatida maktabda ta'lim darajasiga, mamlakatdagi mehnat amaliyotiga, bola tug'ish vaqti va
chastotasiga, shuningdek, iqtisodiy yosh ota-onalarning ishlashini osonlashtiradigan siyosat.
Dividend miqdori, shuningdek, soliq imtiyozlari, sog'liqni saqlash dasturlari, pensiya va
pensiya siyosatiga bog'liq bo'lgan keksa odamlarning unumdorligiga bog'liq;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
79
❖
Demografik dividendlar jarayonini boshlanishi uchun mamlakatlar quyidagi
harakatlar orqali tug'ilish va bolalar o'limini sezilarli darajada kamaytirishga ustuvor ahamiyat
berishlari kerak:
1.
Bolaning omon qolish va sog'lig'ini saqlash dasturlariga sarmoya kiritish;
2.
Demografik o'tishga erishish uchun oilani ixtiyoriy rejalashtirishga qaror qilish;
3.
Turmushga chiqqan va turmushga chiqmagan yoshlarning reproduktiv salomatlik
ehtiyojlariga sarmoya kiritish;
4.
Ta'limga, ayniqsa, qizlar uchun o'rta ta'limga ustuvor ahamiyat berish.
❖
Ikkinchi dividendning qancha qismi amalga oshirilishi jamiyatning keksalarni qanday
qo'llab-quvvatlashiga bog'liq. Rivojlanayotgan mamlakatlarda keksalar oilalari va davlat
sektori tomonidan qo'llab-quvvatlanadi, biroq, qo'shimcha ravishda, ular ishlagan yillar
davomida to'plagan mol-mulkiga - uy-joy, jamg'arib boriladigan pensiyalar va shaxsiy
jamg'armalarga va boshqa narsalarga bog'liq. Aholining yoshi ulg'aygan sari, oilalar va davlatga
yuklangan qo'llab-quvvatlash yuki YaIMga nisbatan ortib boradi, bu ko'plab mamlakatlarda
katta tashvish uyg'otadi. Ammo ikkinchi dividend orqali, agar siyosat ishchilarni nafaqaga
chiqish uchun tejashga undasa, o'rta yoshli ishchilar sonining ko'payishi YaIMga nisbatan
kapitalni sezilarli darajada oshirishi mumkin;
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Abdurahmonov Q.X., Abduramanov X.X. (2011) Demografiya. O'quv qo'llanma. T.:Noshir, 194-b.
Cyberleninka.ru. (2021). O‘zbekistonda demografik dividendning shakllanishi va undan
samarali foydalanish yo‘llari. [online] Available at:
https://cyberleninka.ru/article/n/o-
zbekistonda-demografik-dividendning-shakllanishi-va-undan-samarali-foydalanish-yo-llari
Drishti IAS. (2019). India’s Demographic Dividend. [online] Available at:
https://www.drishtiias.com/to-the-points/paper1/india-s-demographic-dividend.
Mason, A.; Lee, R.; Jiang, J.X. (2016), Demographic Dividends, Human Capital, and Saving. J.
Econ. Ageing 7, 106
–
122.
Liu, L. (2010), China's Population Trends and Their Implications for Fertility Policy. Asian
Popul. Stud. 6, 289
–
305.
Niu, E.; Li, C.; Zhang, R. (2018), International talent inflow, human capital on innovation
efficiency
—
Based on stochastic frontier model. Popul. Econ. 06, 12
–
22.
Groth H., May J.F. (2017) (Eds.), Africa’s Population: in Search of a Demographic Dividend,
Springer, Switzerland, pp. 1-8.
Bloom D.E., Kuhn M., Prettner
K. (2017) Africa’s prospects for enjoying a demographic
dividend J. Demogr. Econom., 83 (01) , pp. 63-76, 10.1017/dem.2016.1.
Luoma
K.
2016
What
is
the
Demographic
Dividend?
Available
at
https://populationeducation.org/what-demographic-dividend/ .
Canning D., Bloom D. E., Sevilla J., (2003) The Demographic Dividend: A New Perspective on
the Economic Consequences of Population Change.
Demografiya portal. (2022). Demografik dividend - Demografiya portal. [online] Available
at: https://demografiya.uz/wiki/demografik-dividend/.
Foot, D. (n.d.). Population Aging Population Aging: Unwinding the Demographic Dividend
Population Aging, the Demographic Dividend and Demographic Transition Theory. [online]
Available at: https://www.suntory.com/sfnd/jgc/forum/005/pdf/005_foot.pdf.
Brock, T. (2024). GDP Per Capita Defined: Applications and Highest Per Country. [online]
Investopedia. Available at: https://www.investopedia.com/terms/p/per-capita-gdp.asp.
Wikipedia Contributors (2019). Demographic dividend. [online] Wikipedia. Available at:
https://en.wikipedia.org/wiki/Demographic_dividend.
AFRICA 2.0. (n.d.). Available at: https://www.unicef.org/uzbekistan/media/686/file/
Generation%202030%20Uzbekistan.pdf.
