Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
96
K
O‘
CHMAS MULK OBYEKTLARI BAHOLANISHINING
MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI OSHIRISHDAGI
O‘
RNI
Fayziyev Farrux Abdullaxojaevich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0001-8541-2367
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
ko‘chmas mulklarning iqtisodiy ahamiyati ko‘rsatilib, ko‘chmas
mulklarni bozor narxiga yaqin narxlarda baholash uning raqobatbardoshligini oshirishi, soliq solish
bazasini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi tahliliy asoslanib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
mahalliy soliq,
mulkning bozor qiymati, ko‘chmas mulk, kadastr qiymati, shaxsiy
kartochka, soliq elementlari, dasturiy mahsulot, inventar qiymat.
РОЛЬ ОЦЕНКИ НЕДВИЖИМОСТИ
В УВЕЛИЧЕНИИ ДОХОДОВ МЕСТНОГО БЮДЖЕТА
Файзиев Фаррух Абдуллахажаевич
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация
.
В данной статье показано экономическое значение недвижимости и
разработаны соответствующие рекомендаци на основе аналитической базы о том, что отценка
недвижимости по ценам, близким к рыночной, повышает ее конкурентоспособност и имеет
важное значение при определении налоговой базы.
Ключевые слова:
местный налог, рыночная стоимост имущества, недвижимост,
кадастровая стоимост, личная карточка, налоговые элементы, программный продукт,
инвентарная стоимост
.
THE ROLE OF REAL ESTATE VALUATION
IN INCREASING LOCAL BUDGETS' REVENUES
Fayziev Farrukh Abdulloxojaevich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
In this article, the economic importance of real estate, the fact that real estate taxation
increases the competitiveness of property and has an important place in determining the tax base, are
developed based on the analysis, and relevant recommendations are developed
.
Keywords:
local tax, market value of property, real estate, cadastral cost, personal card, tax
elements, software product, inventory cost.
UO‘K:
332.62
III SON - MART, 2025
96-104
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
97
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 martdagi «Ko‘chmas mulkni ommaviy
baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi PF
-43-
sonli Farmoni ko‘chmas mulk ob’ektlarining
bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlashning zamonaviy usullari va mexa
nizmlarini joriy
etish va keng qo‘llash, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy aktivlari o‘sib borishi uchun qulay
shart-sharoit yaratish masalalari yoritib berilgan asosiy xujjatlardan biri hisoblanadi (Farmon,
2025).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2022 yil 28 yanvardagi “2022 —
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning I. Inson qadrini
yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo
etish bo‘limida
“
Xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi
rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini
oshirish, mahalliy byudjetni shakllantirish va naz
orat qilish bo‘yicha ularning mas’uliyatini
kuchaytirish lozim deb belgilandi (Farmon, 2022).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 martdagi «Ko‘chmas mulkni ommaviy
baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi
PF-43-sonli Farmoni bilan:
Ko‘chmas mulk ob’ektlarining bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlashning
zamonaviy usullari va mexanizmlarini joriy etish va keng qo‘llash, ko‘chmas mulkni ommaviy
baholash tizimining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Ushbu Farmonga qadar ko‘c
hmas
mulklarni bozor bahosida baholanishini bevosita tartibga soluvchi hujjatlar mexanizmi
bugungi kun talabi bo‘yicha takomillashtirilmagan edi.
Darhaqiqat ko‘chmas mulklarni baholash ma’muriyatchiligi mexanizmlarining
samarasizligi oqibatida ularning baholash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab
chiqish hamda keng qo‘llash orqali ushbu masalaga tizimli yondashish kerakligini taqozo
etadi.
Adabiyotlar sharhi.
Hozirgi davrda soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida byudjet daromadlarini
oshirish, soliqqa tortish ma’muriyatchiligini takomillashtirish orqali mahalliy byudjet
daromadlari bazasini kengaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish qaraladi.
Mol-
mulk va yer soliqlari davlat byudjetini shakllantirishda o‘z o‘rniga ega. Yer va mol
-
mulkni soliqqa tortish tizimi azaldan mavjud bo‘lib iqtisodiy soha olimlari uni soliqqa tortish
bo‘yicha turli xil qarashlarini ifoda etib kelganlar. Quyida keltirilga
n 1-jadvalda iqtisodiy
olimlarning bu boradagi fikrlari jadval shakliga keltirilgan.
Fiziokratlar ta’limotining asoschisi Kene (1694–
1774) Davlat xarajatlarini qoplashning
asosiy ko‘rinishlaridan yo‘nalishidan biri deb quyidagilarni ko‘rsatib o‘tdi:
- yer egalaridan olinadigan soliq
-
uy yoki ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarin soliqqa tortish orqali
davlat xarajatlarini qoplash yo‘llaridan biri sifatida e’tirof etdi.
Biz ham bu fikrga qo‘shilamiz va bu amaliyot O‘zbekiston Respublikasining har yilgi
davlat byudjeti parametrlarida o‘z aksini topmoqda.
Kene (1757) bunday daromad olish usuli soliq to‘lovchi uchun ortiqcha harajat va og‘ir
mehnatga asoslanmagan foydani tashkil qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Amerikalik siyosiy iqtisodiy soh
a bo‘yicha olim Saymon
(1943), iqtisodchi olim Netser
(1966) ijaraga berilgan ob’ektlar uchun olinadigan yer va ko‘chmas mulk solig‘i summasi
ularning haqiqiy ijara qiymatidan olinishi-
ko‘chmas mulkka bo‘lgan talabni va ijara haqi
to‘lovlarini pasayishiga xizmat qiladi deb ta’kidlab o‘tdi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan olimlarning qarashlarida aholining ijtimoiy kam daromad
oladigan qatlami yetarlicha inobatga olinmagan deb hisoblaymiz.
O‘zbek olimlaridan Niyazmetov
(2008) ham bu borada fikr yuritib, uning tadqiqotlari
ko‘chmas mulkni soliqqa tortishning konseptual asoslarini ishlab chiqish tarixiy ravishda soliq
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
98
munosabatlariga yer va ko‘chmas mulk ob’ektlarini qo‘shishga asoslangan degan xulosaga olib
keladi. Iqtisodchining ta’kidlashicha, "yer va mol
-mulk so- liqlari mamlakatdagi eng samarasiz
soliq bo‘lib, ularni hisoblab chiqarish va undirish bilan bog‘liq soliq ma’murchiligi davlatga
ancha qimmatga tushmoqda. Shu sababli, O‘zbekistonda mulkiy soliqlar mexanizmlarin
takomillashtirish orqali ularni ta’sirchanligi va fiskal ahamiyatini oshirish lozim.
1-jadval.
Ko‘chmas mulkni o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda soliqqa tortish va
soliq solish tushunchalarini asoslashga nazariy yondashuvlar
Mulk obyekti
Foydalanish maqsadi
Soliqqa tortish yondashuvi
Yer uchastkasi
Ishlab chiqarish
- yetishtirilgan maxsulotga qarab (Djorj)
- soliqqa tortish baholangan yoki haqiqiy ijara
qiymatiga nisbatan asoslanish (Smit)
Shahar yerlari
-
o‘sish qiymati ta’minlanmagan binolarni
musodara qilish (Mill)
- binolar ostida joylashgan yerni soliq solish
bazasidan chegirish (Tyurgo)
Binolar va kapital
qurilishning boshqa
ob’ektlari
Ijara
- ijaradan olingan daromaddan soliq-qa tortish
(fiziokratlar) qurilish xarajatlari va yer ijarasi-dan
kelib chiqib soliqqa tortish (Smit)
Quyidagi ko‘chmas mulklar soliq solish ob
yekti sifatida qaralmaydi
Yashash uchun
mo‘ljallangan binolar
Turar joy
-
soliq to‘lovchining daromadidan kelib chiqib
soliqqa tortilmaydigan minimumni belgilash
(Tyurgo, 2008)
Hashamat
-
asosiy extiyojdan ortgan ob’ektlar
-ni soliqqa
tortish bazasiga kiritish. (Turgenev) (Yanjul);
-
soliq to‘lovchiga taaluqli bo‘lgan ko‘chmas mulk
ob’ektlarini hisobga olgan holda
progressiv soliq
tizimini joriy etish (Yanjul)
Manba:
muallif tomonidan o‘rganishlar asosida mustaqil tayyorlangan.
Buning uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soliqlari bazasini
unifikatsiyalagan holda ularni yagona "qo‘chmas mulk solig‘i”ga birlashtirish maqsadga
muvofiq", degan taklifni ilgari surgan. Shuningdek, uning ilmiy ishlarida xorij tajribalaridan
kelib chiqqan holda, ko‘chmas mulkka nisbatan soliqqa tortilmaydigan minimum joriy qilish
g‘oyalari ham o‘rin olgan
(Niyazmetov, 2008).
Boymurotovning (2021)
tadqiqotlarida "mamlakatimizda yer resurslari va ko‘chmas
mulklardan solik undirishda amaldagi mol-
mulkning o‘rtacha qoldiq qiymatidan soliq
hisoblash o‘rniga, xalqaro soliqqa tortish qoidalariga muvofik ko‘chmas mulklarning bozor
narxlarida baholab soliqa tortish tartibiga bosqichma-
bosqich o‘tish maqsadga muvofiq" deb
hisoblangan.
Biz ham yuqoridagi aytilgan fikrga qo‘shilgan holda ko‘chmas mulk solig‘ini bosqichma
-
bosqich joriy etish va unda quyidagilarni inobatga olish zarurligini ta’kidlamoqchimiz:
- yuridik shaxslar uchun mol-
mulk solig‘ini belgilashda o‘rtacha yillik qoldiq qiymati
inobatga olish;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
99
- jismoniy shaxslar uchun kadastr yoki (bozor) narxiga yaqin narxda belgilash tizimlarini
rivojlantirish lozimligini ta’kidlamoqchimiz.
Fikrimizcha ko‘chmas mulk solig‘ini joriy etish negizida ko‘chmas mulklarni bozor
narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash aholining mulkka bo‘lgan huquqlarini yanada
mustahkamlash darajasi yotadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib resurs hamda mulkni soliqqa tortish tizimini bozor
iqtisodiyoti talablari asosida shakllantirish zarurdir.
Tadqiqot metodologiyasi
.
Mazkur tadqiqotda statistik jadval va analitik taqqoslash, mantiqiy va taqqoslama tahlil,
guruhlash usullari hamda mavzuga oid xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqot ishlaridan keng
foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Davlatning soliq siyosatini to‘g‘ri belgilashi ko‘chmas mulkdan oqilona foydalanishni
ta’minlaydi.
1-rasm.
Ko‘chmas mulkni soliqqa tortishdan maqsad
Manba:
muallif tomonidan o‘rganishlar asosida mustaqil
tayyorlangan.
Bugungi kunda ko‘chmas mulkka soliq solish dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlariga
amal qiladi. Ba’zi mamlakatlarga mulkka nisbatan soliq mavjud emas. Jumladan Estoniyada
ko‘chmas mulk soliqa tortilmaydi. Slovakiya va Shvesiya ham shular qatorida. Har bir d
avlatda
mulk solig‘ining o‘ziga xos tizmim mavjud.
Jahon amaliyotida ko‘chmas mulk uchun soliq yer va uning ustida qurilgan bino, yashash
yoki tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun mo‘ljallangan inshootlar uchun undiriladi.
Ba’zi mamlakatlarda mol
-
mulk va yer solig‘i o‘rniga ikkita soliqni qo‘shgan holda
ko‘chmas mulk solig‘i joriy etilgan. (AQSh, Italiya, Ispaniya, Yaponiya va boshqalar). Rossiya
Federatsiyasida bu soliqni amaliyotga joriy etish taklifi 2002 yilda ilgari surilgan edi. Bu soliq
Rossiya Federatsiya-
sining ayrim hududlariga qo‘llanila boshladi
(Dusiyarov, 2021).
Quyida keltirilgan
2-
jadvalda xorijiy maml
a
katlarda qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk
solig‘ining elementlarini ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, soliqqa tortish maqsadida ko‘chmas mulkni qiymatini
bozor baholarida belgilanishi asosiy soliq bazasi hisoblanadi.
Ko‘chmas mulkni kadastr yoki bozor narxiga yaqin qilib belgilanishi mulkning
raqobatbardoshligini oshirib, mulk egasining huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Ko‘chmas mulk qiymatini aniqlash usullarining turli xilligi har ikkala tomonning o‘zaro
manfaatlariga xizmat qiladi.
Soliq tizimida ko‘chmas mulkni soliqqa
tortish quyidagi maqsadlarni belgilaydi:
Fiskal-mahalliy
budjetga tushumlar
kelib tushadi
Ijtimoiy maqsadi
–
aholi
qatlamlari o‘rtasidagi
farqni kamaytiradi
Ijtimoiy maqsadi
–
aholi
qatlamlari o‘rtasidagi
farqni kamaytiradi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
100
2-jadval
Jahon amaliyotida ko‘chmas mulk solig‘ining elementlari
№
Soliq elementlari
Izoh
1
Soliq
to‘lovchilari
Ko‘chmas mulk egalari va ijarachilar
2
Soliq ob’ekti
Yer va mulklar (yer ustidagi bino, inshoot va boshqalar)
3
Soliq bazasi
Bozor qiymati yoki baholash organlari tomonidan bozor
yaqinlashtirilgan baholangan qiymat
4
Ko‘chmas mulk
qiymatini
aniqlash usullari
Daromad usuli, xarajat usuli, taqqoslash usuli
5
Ko‘chmas mulkni baholovchi
organlar
Soliq organlari, baholash organlari
6
Soliq stavkasi
Qat’iy va foizlarda
7
Imtiyoz
Ijtimoiy qatlam doirasidagi aholiga beriladi.
8
Soliq turi
Mahalliy
Manba:
muallif tomonidan o‘rganishlar asosida mustaqil tayyorlangan.
Xorijiy davlatlarda ko‘chmas mulk solig‘i o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, turli mulk
solig‘ini belgilash orqali amalga oshiriladi. Mamlakatimizda hozirda isloh qilinayotgan mol
-
mulkni soliqqa tortish tizimi uchun rivojlangan mamlakatlarning soliq undirish
mexanizmlarini o‘rganib chiqib uning mamalakatimiz iqtisodiyotiga, aholi mintalitetidan kelib
chiqib qabul qilish muhim ahamiyatga ega.
Quyida keltirilgan 3-jadvalda xorijiy mamlakatlarda mol-
mulk solig‘ini undirishda ayrim
elementlar
ko‘rsatib o‘tilgan
.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki har bir mamlakatlarda ko‘chmas mulkni soliqqa
tortishda o‘ziga xos xususiyatlar mavjud.
So‘ngi yillarda soliq tizimini isloh qilish maqsadida Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi
mutaxassislari jalb qilinib ular tomonidan bildirilgan tegishli takliflar o‘rganib chiqilib amaliyotga joriy
etilmoqda.
O‘zbekiston amaliyotida 2018 yilning 1 yanvariga qadar bino va inshootlarning inventar narxida
belgilash tizimi amaliyotda edi.
Bu tizimning o‘ziga xosligi shundan iboratki, bunda mulklarning
haqiqiy real bozor narxi inobatga olinmaydi. Bu esa o‘z navbat
ida bu soliqni undirishdagi xarajatlarni
oshishiga, davlat byudjetiga ushbu soliq turi bo‘yicha tushumlar miqdorini kamayishiga olib keladi.
Quyida keltirilgan 4-
jadvalda O‘zbekiston Respublikasida mol
-
mulk solig‘ini undirishda
qo‘llanilgan qiymatlar aks ettirilgan
.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2018 yilga qadar ko‘chmas mulkka nisbatan
soliq hisoblashda shartli belgilangan qiymatlar 20,328 mln.so‘mni va 8,833 tashkil qilganligi,
bu qiymatlar mulkning haqiqiy qiymatini o‘zida aks ettirmagan. Bu qiymatlar
natijasida
hisoblangan soliq summasi ham iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamagan deb hisoblaymiz.
Soliq islohotlari olib borilishi va ko‘chmas mulklardan samarali foydalanilishini ta’minlash
maqsadida 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab soliq solish maqsadida ko‘chmas mulk ob’ektlari
qiymatini kadastr baholarida belgilash tizimi joriy qilinishi natijasida mulkning bozor narxiga yaqin
kadastr qiymati shakllandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
101
3-jadval
Dunyo mamlakatlarida mol-
mulk solig‘ini undirishdagi ayrim elementlar
№
Dunyo
mamlakatlari
Soliq obekti
Soliq stavkasi
Imtiyozlar
1
Belorussiya
Respublikasi
Kadastr qiymatidan.
Kvartiralar, hovlilar
dachalar, bog‘ uylari,
0,1- jismoniy shaxs va
yakka tartibdagi
tadbirkorlar 0,2- ikki va
undan ortiq kvartiraga ega
bo‘lgan jismoniy shaxs va
yakka tartibdagi
tadbirkorlik sub
’
ektlari
Jismoniy shaxslar uchun:-
jismoniy shaxsga tegishli
bo‘lgan ko‘p xonali
uyning
bir xonasi;- pensionerlar;
–
I va II guruh nogironlari;
- Yuridik shaxslar uchun:-
obekt ishga tushirilgan
birinchi yili koeffitsient
belgilanmaydi:
2 yili
–
0,2 koeffitsient;
3 yili
–
0,4 koeffitsient;
4 yili
–
0,6 koeffitsient;
5 yili
–
0,8 koeffitsient;
qolgan yillar soliq
stavkasining o‘zi qo‘llaniladi.
2
Rossiya
Federatsiyasi
Kadastr qiymatidan.
Ko‘chmas mulk,
kvartira, uylar,
yashash uchun
mo‘ljallangan har
qanday ob
’
ektlar;
0,1%
–
50 kv. m.
oshmaydigan ob
’
ektlar,
yashash va tomorqa
xo‘jaligini olib borishga
mo‘ljallangan va qurilishi
tugallanmagan yashash
uchun mo‘ljallangan joylari
uchun;
2%
–
300 ming rublgacha
summaga baholangan
mulklarga nisbatan
Imtiyoz summasi kvadrat
metrga nisbatan beriladi:
- 50 kv. m.
–
uylar uchun;
- 20 kv. m.
–
kvartiralar
uchun;
- 10 kv. m. qiymatidan bir
xona uchun;
0,5%
–
boshqa barcha soliq
obektlaridan. Shuningdek:
- urush veteranlari;
- pensionerlar;
- I,II guruh nogironlari
soliqdan to‘liq ozod
etiladi;
3
Kanada
Yer va mulkning
birlashgan holdagi
bozor qiymatidan.
1
–2% ko‘chmas mulkning
qiymatidan.
Quyidagi jismoniy shaxslar
soliqdan ozod etiladi:-
pensionerlar;
-
kam ta’minlanganlar;
- pensioner ota-onasini
ta’minlaydigan oilalar;
-pullik tibbiy xizmatdan
foydalanuvchilar;
- dori
vositalarini o‘zlarini
hisoblaridan xarid qiladigan
fuqarolar
4
Fransiya
Mulkning bozor
qiymatidan.
Ko‘chmas mulkda
yashaganlik uchun
soliq, ko‘chmas mulk
solig‘i
0,5
–
1,5% mulkning bozor
qiymatidan.
Quyida keltirilganlar soliq
to‘lovchi
hisoblanmaydi:
- davlat yoki mahalliy
hokimiyat organlariga
tegishli bo‘lgan bino va
inshootlar;
- boshqa davlatga tegishli
bo‘lgan
binolar(elchixonalar);
- davlat tashkilotlari binolari
(universitetlar, gospitallar va
boshqalar);
- diniy tashkilotlar binolari;
-
qishloq xo‘jaligi faoliyatini
olib borish uchun
foydalaniladigan qurilmalar
Manba:
muallif tomonidan o‘rganishlar asosida mustaqil tayyorlangan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
102
4- jadval
Ko‘chmas mulkka nisbatan soliq hisoblashda shartli
belgilangan qiymatlar
(mln.so‘m.)
№
Yillar
Viloyat markazlari va
Toshkent shahri uchun
boshqa shaharlar va
qishloq joylarda
Izoh
1 2016
20,328
8,833
Inventar bahosi mavjud
bo‘lmaganda shartli qiymat
2 2017
20,328
8,833
Inventar bahosi mavjud
bo‘lmaganda shartli qiymat
3 2018
210,0
90,0
Kadastr qiymati mavjud
bo‘lmaganda shartli qiymat
4 2019
210,0
90,0
Kadastr qiymati mavjud
bo‘lmaganda shartli qiymat
5 2020
210,0
84,0
Kadastr qiymati mavjud
bo‘lmaganda shartli qiymat
6 2021
210,0
84,0
Kadastr qiymati mavjud
bo‘lmaganda shartli qiymat
7 2022
210,0
84,0
Kadastr qiymati mavjud
bo‘lmaganda shartli qiymat
8 2023
210,0
84,0
Kadastr qiymati mavjud
bo‘lmaganda shartli qiymat
9 2024
210,0
84,0
Kadastr qiymati mavjud
bo‘lmaganda shartli qiymat
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga tegishli qo‘shimchalar kiritilib, 2020 yilda mol
-
mulkning shartli qiymati uchun baza
qirq ikki million so‘m qilib belgilandi
.
Mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida
shartli qiymatning besh baravari, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa
–
shartli qiymatning ikki
baravari miqdorida kam bo‘lmasligi belgilab qo‘yildi.
2-rasm. Byudjet tushumlarida mol-
mulk solig‘ining ulushi (mln.so‘m)
Manba:
ushbu
diagramma Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan
.
Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinadiki 2019
-2020 yillarda koronavirus pandemiyasi davrida
iqtisodiyotni qo‘llab
-quvvatlash, pandemiya davridan keyin davrda tadbirkorlik
sub’ektlariga faoliyatini
amalga oshirishda ko‘maklashish, pandemiya oqibatlarini yumshatish maqsadida soliqlardan ozod
etish, bo‘lib
-
bo‘lib to‘lash, stavkalarni pasaytirilishi natijasida soliq tushumlarida kamayish kuzatildi.
2 606.1
2 408.7
2 021.2
2 457.3
4 015.0
5 097.7
6 785.0
0.0
1 000.0
2 000.0
3 000.0
4 000.0
5 000.0
6 000.0
7 000.0
8 000.0
2018
2019
2020
2021
2022
2023
2024
Soliq summasi (mlrd.so'm)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
103
2022-2024 yillardan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan mol-
mulk solig‘i stavkalarining
indeksatsiyalanishi, yuridik shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha kamaytirilgan soliq
stavkalari miqdorining ortishi, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-
mulk solig‘ini indeksatsiya
qilinishi, soliq to‘lovchilar sonining oshishi natijasida tushumlarning o‘sishi kuzatildi
.
Rivojlangan davlatlar tajribasida ko‘chmas mulkdan undiriladigan soliqlar jami soliq
tushumlarida sezilarli o‘ringa ega. Ushbu soliqlardan tushgan tushumlar mahalliy byudjet
daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Ushbu soliqlardan tushgan tushumlar hududlarning
ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilashga, tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
3-rasm
. Rivojlangan davlatlada ko‘chmas mulkdan undiriladigan soliqlarning jami soliq
tushumlaridagi ulushi
Manba:
Yevropa Ittifoqining rasmiy sayti ma’lumotlari va O‘zbekiston Respublikasi b
yudjet
parametrlari asosida shakllantirildi.
Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda mulkdan soliq undirishning ulushi
kam foizni tashkil etmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri
mahalliy soliq va yig‘imlarning
ma’muriyatchiligi mexanizmlarining samarasizligi oqibatida ularning yig‘iluvchanlik darajasi yetarli
emasligi, shuningdek, ko‘chmas mulk va yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va qiymatini ob’ektiv
aniqlashning imkoni mavjud emasligi deb hisoblaymiz.
Shuningdek soliq xizmati organlari bilan kadastr tashkiloti ma’lumotlar bazasining
integratsiyalashuvida ba’zi bir ma’lumotlarining nomuvofiqligi yuzaga kelmoqda. Jumladan kadastr
tashkilotining dasturlarida quyidagi kamchiliklar ko‘rinmoqda:
-
kadastr raqami berilgan ob’ektning egasi bilan haqiqatdagi egasi
-ning boshqaligi. Kadastr
raqami terilganda mulk egasi boshqa shaxs bo‘lib chiqadi;
-
bitta mulk egasining nomiga bir nechta kadastr raqamlari birikti-rilgan;
-
kadastr tashkiloti dasturga ob’ekt kiritganda bu ob’ekt soliq organi bazasiga ma’lumot kiritilgan
kunning o‘zida ko‘rinmaydi.
Soliq to‘lovchining ma’lumotlari kadastr tashkilotining kadastr hisobini yuritadigan dasturiga
kiritilgach ma’lumotlar to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri soliq organining tegishli dasturi bazasiga ko‘rinmaydi.
Kadastr tashkiloti dasturining to‘g‘ri shakllantirilmaganligi soliq undirishda noqulayliklarni, soliq
to‘lovchilar soni va bazasini aniqlash imkoniyatini murakkablashtirmoqda.
6.7
7.0
5.9
6.6
8.4
7.4
5.5
0.0
1.0
2.0
3.0
4.0
5.0
6.0
7.0
8.0
9.0
Ispaniya
Gretsiya
Portugaliya
Islandiya
Fransiya
Belgiya
O‘zbekiston
Ko'chmas mulk solig'ining ulushi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
104
Xulosa va takliflar.
Hozirgi kunda jismoniy shaxslar egaligidagi mol-mulk va yer soliqlarini hisobga olishda bozor
bahosiga yaqin bahoning belgilanishidan maqsad quyidagilardir:
-
respublikadagi
mavjud
8
milliondan
ortiq
turar
va
noturar
joylar,
7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;
-
ko‘chmas mulk ob’ektining soliq solish, oldi
-
sotdi qilish, garovga qo‘yish, jamoat ehtiyojlari
uchun olib qo‘yish va boshqa holatlar uchun aniqlanadigan qiymati o‘zaro mutanosib bo‘lishini
ta’minlash;
-
ko‘chmas mulk bozoriga oid ishonchli, to‘liq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot
bazani yaratish;
- soliq solishda adolatlilik tamoyilini yanada keng joriy etish
Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagilarni taklif qilamiz:
1. 2025 yildan boshlab bosqichma-
bosqich barcha ko‘chmas mulk ob’ektlari ularning bozor
narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida mamlakatdagi barcha ko‘chmas mulk ob’ektlarini
davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkazilishi.
2. Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy yo‘nalishida malakat miqyosida vakolatli tashkilotni
belgilash.
3. Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash bo‘yicha normativ
-huquqiy, uslubiy, axborot va
dasturiy ta’minot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Buning natijasida aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy aktivlari o‘sib borishi uchun qulay
shart-
sharoit yaratilib, ularning huquiy, iqtisodiy manfaatlari kafolati ta’minlanadi.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Boymurotov, S.R. (2021). Maxalliy byudjetlar daromadlarini barqaror-lashtirishda yer va
mol-mulk soliqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari. PhD ilmiy darajasini olish
uchun tayyorlangan dissertatsiya avtoreferati. - T. - 57 b.
Dusiyarov Sh. (2021) Kichik tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy faoliyatiga soliqlarning
ta’siri tahlili. Iqtisodiyot va ta’lim. 6
-son.
Farmon (2022)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022 –
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida» gi PF
-60-
sonli Farmoni.
Farmon (2025)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 martdagi «Ko‘chmas
mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi PF
-43-sonli Farmoni.
Kene, F. and Tyurgo, P.S. (2008)
Fiziokratы. Izbrannыe ekonomicheskie proizvedeniya/ F.
Kene, A.R.J. Dyupon de Nemur. [tarj. frans., angl., nem.]
–
M.: Eksmo,
–
1200b.
Niyazmetov I.M. (2008) Soliq yukining tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy faoliyatiga va
budjet daromadlariga ta’siri tahlili. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dis.
-T.:-99 b.
Taxation and Customs Union. (2023). Data on Taxation Trends. [online] Available at:
https://taxation-customs.ec.europa.eu/taxation/economic-analysis/data-taxation-trends_en.
Vazirlik (2024) “Fuqarolar uchun byudjet: 2025 loyiha” axborot nashri BMT Taraqqiyot
Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “O‘zbekistonda
barqaror rivojlanishni moliyalashtirish” qo‘shma loyihasini amalga oshirish dasturi doirasida
tayyorlangan/ © BMTTD.
