Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
216
TIJORAT BANKLARINING BARQARORLIGINI TA’MINLOV
CHI AKTIVLARGA
TA’SIR QILUVCHI OMILLARNING EKONOMETRIK TAHLILI
PhD
Xolov Nabijon Qaxramonovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya.
Mazkur ishda tijorat banklarining barqarorligini ta’minlovchi aktivlar tarkibi
va ularga
ta’sir qiluvchi omillar ekonometriya usullari yordamida tahlil qilingan. Tadqiqotda
banklarning aktiv sifati, likvidlik
ko‘rsatkichlari, kredit portfeli tuzilishi hamda tashqi iqtisodiy
omillar kabi omillarni o‘rganish asosiy maqsad qilib olingan. Ekonomet
riya usullari orqali
olingan natijalar tijorat banklari barqarorligini oshirishda muhim qarorlarni qabul qilishda
yordam beradi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, u bank faoliyatini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan strategiyalarni shakllantirishda met
odik asos vazifasini bajaradi.
Kalit so‘zlar:
barqarorlik, korrelyatsion bog
‘
liqlik, aktivlar, tijorat banklari, statistik panel,
ekonometrik panel, resurs (uzun pullar) bazasi.
ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА УСТОЙЧИВОСТЬ
АКТИВОВ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
PhD
Холов Набижон Кахраманович
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация
.
В данной работе проанализирована структура активов,
обеспечивающих устойчивость коммерческих банков, и факторы, влияющие на них, с
помощью методов эконометрики. Основной целью исследования было изучение таких
факторов, как качество активов банков, показатели ликвидности, структура
кредитного портфеля, а также внешнеэкономические факторы. Результаты,
полученные с помощью методов эконометрики, помогают коммерческим банкам
принимать важные решения по повышению своей устойчивости. Практическая
значимость исследования заключается в том, что оно служит методической основой
при формировании стратегий, направленных на развитие банковской деятельности.
Ключевые слова:
стабильность, корреляционная зависимость, активы,
коммерческие банки, статистическая панель, эконометрическая панель, ресурсная
(длинные деньги) база данных.
UO‘K:
336.71
I SON - YANVAR, 2025
216-224
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
217
ECONOMETRIC ANALYSIS OF FACTORS AFFECTING THE STABILITY OF
COMMERCIAL BANKS' ASSETS
PhD
Kholov Nabijon Kakhramanovich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This paper analyzes the structure of assets that ensure the stability of commercial
banks and the factors affecting them using econometric methods. The main purpose of the study
was to study such factors as the quality of banks' assets, liquidity indicators, the structure of the
loan portfolio, as well as external economic factors. The results obtained using econometrics
methods help commercial banks make important decisions to improve their sustainability. The
practical significance of the research lies in the fact that it serves as a methodological basis for the
formation of strategies aimed at the development of banking activities.
Keywords:
stability, correlation dependence, assets, commercial banks, statistical panel,
econometric panel, resource (long money) database.
Kirish.
Tijorat banklarining barqarorligi mamlakat moliy
aviy tizimining asosiy poydevori bo‘lib,
uning samarali faoliyati iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlikni ta'minlashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Banklarning barqarorligi esa, asosan, ularning aktivlari sifati, likvidligi va
rentabellik darajasi bilan be
lgilanadi. Shu boisdan tijorat banklari aktivlariga ta’sir qiluvchi
omillarni tahlil qilish masalasi bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda.
Mazkur mavzu doirasida tijorat banklarining aktivlari tarkibi va ular
barqarorligiga ta’sir
qiluvchi ichki v
a tashqi omillarni ekonometrik usullari yordamida o‘rganish tadqiqotning
asosiy maqsadi sifatida belgilandi. Kredit portfeli sifati, likvidlik ko‘rsatkichlari, kapital hajmi,
foiz stavkalari dinamikasi, inflatsiya va i
qtisodiy o‘sish kabi omillar bank faol
iyatiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu omillarni statistik va ekonometriya metodlari asosida tahlil qilish orqali
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab
chiqilishi mumkin.
Adabiyot sharhi.
Demirgüç
-Kunt va Huizinga (2004) "Market Discipline and Deposit Insurance" (Journal of
Monetary Economics). Ushbu tadqiqotda depozit sug‘urtasi tizimining banklar barqarorligiga
ijobiy va salbiy ta’sirlari o‘rganilgan. Raqobat kuchi va davlat ko‘magi o‘rtasidagi muvo
zanat
muhimligi qayd etilgan. Levine va Beck (2004) "Bank Concentration, Competition, and Crises:
First Results" (Journal of Banking & Finance). Tadqiqot banklarning konsentratsiya darajasi va
raqobatbardoshlikning inq
irozlarga chidamliligiga ta’sirini tah
lil qiladi. Barqarorlikni oshirish
uchun sog‘lom raqobatni ta’minlash zarurligi ta’kidlangan. Barth, Caprio va Levine (2012)
"Guardians of Finance: Making Regulators Work for Us". Moliyaviy nazorat va tartibga solish
tizimlarining tijorat banklari
barqarorligiga ta’siri o‘rganilib, samarali nazoratning muhimligi
ta’kidlangan. Goetz (2018) "Competition and Bank Stability" (Journal of Financial Economics).
Banklar o‘rtasidagi raqobatning moliyaviy barqarorlikka ta’siri tahlil qilingan. Ko‘p raqobatli
muhitda yaxshi boshqaruv banklarni barqaror saqlashi ko‘rsatilgan. Adrian va Shin (2020)
"Liquidity and Leverage" (Review of Financial Studies). Banklarning likvidlik boshqaruvi va
qarz olish imkoniyatlari moliyaviy barqarorli
kni ta’minlashda muhim omillar
sifatida tahlil
qilingan.
Tadqiqot natijalari bank faoliyatini boshqarishda ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish
uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek, ushbu tahlil tijorat banklari strategiyasini
takomillashtirish va ularning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladigan metodik
asoslarni shakllantirishga hissa qo‘shadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
218
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada tijorat banklarining ishda tijorat banklarining barqarorligini ta'minlovchi
aktivlar tarkibi va ularga ta’sir qiluvchi
omillar bilan bog'liq faoliyatini aniqlash uchun
ekonometrik va korrelyatsion
bog’liqlik
usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tijorat banklar barqarorligi ta’minlovchi aktivlariga makro va mikro darajadagi omillar
ta’siri yaqqol namoyon bo’ldi. Shundan
kelib chiqqan holda, tadqiqotimizda tijorat banklari
aktivlariga ta’sir etuvchi makro va mikro darajadagi omillar va ularning korrelyatsion
bog’liqligi bo’yicha tahlillarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq ko’rdik. To’plagan
ma’lum
otlarimiz, jumladan ma
xsus ko’rsatkich, ya’ni panel ma’lumotlari
asosida tahlil qilinib,
xususan ushbu panel birliklari sifatida aktsiyadorlik tijorat «O’zsanoatqurilishbank» bankning
10 filialining aktivlari jami qiymati, kapitallashuvi darajasi, resurs (uzun pullar) bazasi, debit
aylanmasi eng kam ish haqidan 5000 bar
obaridan yuqori bo’lgan mijozlar soni, ushbu
banklarini kreditining o’rtacha foiz stavkasi hamda xududlardagi raqobatchi banklar soni
ma’lumotlar 2009
-
2024 yillarda bo’yicha aks ettirilgan
(ekonometrik tahlilning asosiy
jadvallari ilova qismida berilgan).
Mazkur, ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, panel
ma’lumotlari asosida regression va korrelyatsion tahlilni amalga oshirildi. Panel ma’lumotlar
asosida ekonometrik tahlilni amalga oshirish ak
tsiyadorlik tijorat «O’zsanoatqurilishbank»
bankning aktivlariga
ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini aniq baholash imkoniyatini beradi.
Tadqiqotimizda birinchi bo’lib, statistik panel modelidan foydalangan holda omillar
ta’sirini regression tahlilning en
g kichik kvadratlar usulidan foydalanib, amalga oshirish
maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Panel modelning ekonometrik ko’rinishini quyidagi formulada
ko’rishimiz mumkin:
𝑌
𝑖𝑡
= 𝛽
0
+ 𝑋
𝑖𝑡
𝐼
𝛽 + 𝜖
𝑖𝑡
(1)
Bu yerda:
i
-
tanlagan obe’ktlar;
t
- tanlangan yillar;
𝑋
𝑖𝑡
𝐼
-
erksiz o’zgaruvchilar vektorining k
-
o’lchami;
𝐵
𝑜
-
o’zgarmas (intercept),
t
va
i
bog’liqligi;
𝐵
-
a (K×1) vektor burchagi (
slope),
t
va
i
bog’liq holda;
𝜖
𝑖𝑡
–
xatoliklar,
t
va
i
turlicha bo’lgan holda.
Yuqoridagi ekonometrik panel modelining eng kichik kvadratlar usulidan foydalangan
holda, xatoliklarni mustaqil va bir xil tarzda taqsimlanganligini
iid 𝜖
𝑖𝑡
(0,
𝜎
𝜖
2
)
tekshirishda
gipotezalardan foydalanamiz. Mazkur gipoteza farazidan foydalangan holda, statistik panel
model ko’rsatkichlarining tahlilini amalga oshiramiz. Bundan tashqari, o’z navbatida, statistik
panel modelining ko’rsatkichlari alohida xususiyatlarini inobatga o
lsak, ushbu modelga
𝑧
𝑖
qo’shiladi. Natijada modelning ko’rinishi quyidagi holatga keladi.
𝑌
𝑖𝑡
= 𝛽
0
+ 𝑋
𝑖𝑡
𝐼
𝛽
1
+ 𝑧
𝑖
𝐼
𝛽
2
+ 𝜖
𝑖𝑡
(2)
Odatda, tadqiqot ob’ekti doirasida o’rganilayotgan predmet ko’rsatkichlari statistik panel
modelida hisoblanganda, tahlillar asosan uchta modeldan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Mazkur modellar quyidagilar iboratdir;
1) Yig’ma model (
pooled model);
2) O’zgarmas effektlar modeli
(Fixed effects model);
3) Tasodifiy effektlar modeli (Random effects model).
Yig’ma modelning ekonometrik ko’rinishi yuqoridagi formulada (2) keltirilgan.
O’zgarmas ta’sirlar modelining ekonometrik formulasini quyidagi formulada ko’rishimiz
mumkin.
𝑌
𝑖𝑡
= 𝛼
𝑖
+ 𝑋
𝑖𝑡
𝐼
𝛽 + +𝑢
𝑖𝑡
(3)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
219
Bu yerda,
𝛼
𝑖
alohida o’zgarmas bo’lib, tanlagan ob’ekt uchun o’zgarmasdir. Mazkur
modelda hamma o’zgarmaslar omillar odatda
inobatga olinmaydi.
Bitta o’zgarmasni erkli
o’zgaruvchiga ta’siri tahlil qilinadi. Ushbu tahlil amalga oshirilayotgan paytda vaqt o’zgarmas
faraziga tayangan holda, amalga oshiriladi. Mazkur modelning gipotezasi shuni ko’rsatadiki,
xatolarning normal taqs
imoti va o’zgarmaslarning alohida ta’sirini aniqlaydi. Bundan tashqari,
mazkur model eng kichik kvadratlar usulidan foydalanib, maksimal ehtimollikni baholashni
(maximum likelihood estimation) amalga oshiradi (
Goetz, 2018)
.
Tasodifiy ta’sirlar modelining
ekonometrik formulasi
ni quyidagi formulada ko’rishimiz
mumkin.
𝑌
𝑖𝑡
= 𝛽
0
+ 𝑋
𝑖𝑡
𝐼
𝛽 + 𝛼
𝑖
+ 𝑢
𝑖𝑡
(4)
Bu yerda,
𝛼
𝑖
dispersiya ko’rsatikich bo’lib, xatolik
lari bir xil taqsimlangan
𝛼
𝑖
̴̴
iid
(0,
𝜎
𝛼
2
)
𝑢
𝑖𝑡
̴
iid
(0,
𝜎
𝛼
2
)
bo’lishi inbotga olingan holda, tahlil amalga oshiriladi. Tasodifiy ta’sirlar modeli ham
eng kichik kvadratlar usuldan foydalangan holda topilib, o’zgarmas (
constant) va xatoliklarni
normal taqsimotiga ta’sirni turli davrlardag
i holatini aniqlaydi. Mazkur, modelda dammiy
(dummy) o’zgaruvchi bo’lmaganiligi sababli, o’zgarmasni (constant) xatolikni normal
taqsimotiga ta’sirini aniqlaydi. Biroq, ushbu modelning xususiyati shun
dan iboratki, mavjud
xatoliklar bashoratni amalga oshi
radigan o’zgaruvchiga ta’sir qilmasligini ko’rsatadi.
Natijada,
ushbu model yordamida erkli o’zgaruvchi bilan erksiz o’zgaruvchining o’rtasidagi bog’liqlik
mavjudligini aniqlaydi. Tadqiqotimizda tadqiq
otimizda erksiz o’zgaruvchi sifatida
aktsiyadorlik tij
orat «O’zsanoatqurilishbank» bankining aktivlari qiymati tanlangan. O’z
navbatida, erkli o’zgaruvchi sifatida esa, bir nechta mikro va makro darajadagi o’zgaruvchilar,
jumladan, mikro darajadagi o’zgar
uvchilar sifatida kapitallashuvi darajasi, resurs (uzun pullar)
bazasi, debit aylanmasi eng kam ish haqidan 5000 barobaridan yuqori bo’lgan mijozlar soni,
ushbu banklarini kreditining o’rtacha foiz stavkasi
tanlab oldik. Makro darajadagi erkli
o’zgaruvchi
sifatida esa,
xududlardagi raqobatchi banklar soni ma’lumotlar ko’rsatkichlari
tanlab ekonometrik tahlilni amalga oshirishni maqsadga muvofiq, deb topdik. Mazkur
o’zgaruvchilarni inbotga olgan holda, aktsiyadorlik tijorat «O’zsanoatqurilishbank» bankining
aktivlari qiymatiga ta’sir qiluvchi omillar kelib chiq
ib, quyidagi sodda matematik formula
ko’rinishida ifodalaymiz.
AS=F (CR, LM, NC, AR, NB,)
(5)
Bu yerda,
AS
–
aktsiyadorlik tijorat «O’zs
anoatqurilishbank
»ni filiallarining aktivlari
qiymati;
CR
–
aktsiyadorlik tijorat
«O’zsanoatqurilishbank»ni filiallarining
kapitallashuvi darajasi;
LM
–
aktsiyadorlik tijorat «O’zsanoatqurilishbank»ni filiallarining resurs “uchun pullari”
qiymati
NC
–
akts
iyadorlik tijorat «O’zsanoatqurilishbank»ni filiallarining
debit aylanmasi eng
kam ish haqidan 5000 barobaridan yuqori bo’lgan mijozlar soni;
AR
–
aktsiyadorlik tijorat «O’zsanoatqurilishbank»ni filiallarining kreditini o’rtacha foiz
stavkasi;
NB
–
xududlardagi raqobatchi banklar soni.
Matematik funktsiyani shakllantirganimizdan so’ng, tanlangan o’zgaruvchilarni natural
logarifmga o’tkazib, birinchi navbatda, panel modelida ishlatiladigan o’zgaruvchilarning
tasviriy statistikasini amalga oshiramiz (1-jadval).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
220
1-jadval
Panel modelida ishlatiladigan o’zgaruvchilarning tasviriy statistikasi
O’zgaruvchilar
Kuzatuvlar
O’zgaruvchi
-
larning
o’rtachasi
Standart
chetlanish
O’zgaruvchi
-
larning minimum
nuqtasi
O’zgaruvchi
-
larning maksimum
nuqtasi
ln_as
120
24,4706
242,1604
21,5710
29,2226
ln_cr
120
21,3872
394,6960
17,7090
27,6497
ln_lm
120
23,5805
258,4179
20,8719
29,2017
ln_nc
120
4,1218
31,7083
2,6390
5,7365
ln_ar
120
2,7127
1,0399
2,4025
2,9519
ln_nb
120
4,1192
14,4679
3,5263
5,1179
1-jadvaldagi pa
nel ma’lumotlari asosida o’zgaruvchilarning tasviriy statistikasidan
aktsiyadorlik tijorat «O’zsanoatqurilishbank»ni filiallari aktivlar qiymati (ln_as) o’rtacha
tebranishi 24,4706 bandni tashkil etsa, mazkur o’zgaruvchining maksimum nuqtasi
29,2226
bandni minimum nuqtasi 21,5710 bandni, standart chetlanish esa, 242,1604 bandni tashkil
etganligini ko’rishimiz mumkin. Bu esa, aktsiyadorlik tijorat «O’zsanoatqurilishbank»ni
filiallari aktivlarning qiymati qay darajada volatilitiligi ko’rsatadi.
Kapitallashuvi darajasi esa,
(ln_cr) tasviriy statistikada tahlil qiladigan bo’lsak, o’rtacha tebranish ko’rsatkichi 21,3872
bandni, maksimum nuqtasi 27,6497 bandni, minimum nuqtasi 17,7090 bandni tashkil etib,
standart chetlanishi esa, 394,6960 bandni tashkil etganli
gini ko’rishimi
z mumkin. Bundan
ko’rinib turibdiki, bank filiallarning kapitallashuvining o’sish xajmi yuqori o’sish ekanligidan
dalolat beradi. Qolgan o’zgaruvchilar hisoblangan
asosiy debit aylanmasi eng kam ish haqidan
5000 barobaridan yuqori bo’lgan
mijozlar soni (ln_nc) va xududlardagi raqobatchi banklar soni
(ln_nb) ham
standart chetlanishi 10 va 35 oraliqdagi bandni tashkil qilgan bo’lib, ushbu
o’zgaruvchilarining volatiligi yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Hududlar kesimida filiallari
kreditinin
g o’rtacha foiz
stavkasi
(ln_ar) o’zgaruvchi esa, o’zgaruvchilar ichida
standart
chetlanishi
1,0399 bandni tashkil etgan bo’lib, volatiligi past darajada hisoblanadi. Ushbu
o’zgaruvchining o’rtacha tebranish 2,7127 bandni tashkil etgan bo’lsa, maksimum nuq
tasi
bandni 2,9
519 minimum nuqtasi 2,4025 bandni tashkil etdi. Bundan ko’rinib turibdiki, mazkur
o’zgaruvchi koeffitsientning tebranishi yuqori ekanligidan dalolat beradi. O’zgaruvchilarning
tasviriy statistikasi tahlilini amalga oshirganimizdan keyin, pan
el ma’lumotlari
asosida
korrelyatsion matritsani amalga oshiramiz. Chunki, tadqiqotimizda panel ma’lumotlar asosida
ko’p omilli chiziqli funktsiya shakllantiriladi. Biroq, ko’p omilli funktsiyani shakllantirishda
erksiz o’zgaruvchilar orasida qandaydir dar
ajada korreliya
tsiya mavjud bo’lib, bu esa
multikolliniarlik[8]
muammosini keltirib chiqaradi. Natijada, erksiz o’zgaruvchiga asosiy ta’sir
qiluvchi erkli o’zgaruvchining ta’siri yo’qolishiga olib keladi. Shundan kelib chiqqan holda,
multikolliniarlik muammosini hal qili
sh maqsadida tanlagan o’zgaruvchilarning korrelyatsion
matritsasini tuzdik, mazkur korrelyatsion matritsa quyidagi jadvalda o’z ifodasini topgan (2
-
jadval).
2-jadval
O’zgaruvchilarning korrelyatsion bog’liqlik matritsasi
O’zgaruvchilar
ln_as
ln_cr
ln_lm
ln_nc
ln_ar
ln_nb
ln_as
1
ln_cr
0,9621
1
ln_lm
0,9461
0,9403
1
ln_nc
0,8319
0,8502
0,8035
1
ln_ar
-0,3150
-0,3878
-0,3495
-0,3315
1
ln_nb
0,5763
0,6681
0,6476
0,5086
-0,6032
1
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
221
2-jadvaldagi korrelyatsion matritsadan k
o’rinib turibdiki, o’zgaruvchilar o’rtasida
multikollinarli muammosi mavjud. Ko’p omilli regressiya modelining nazariyasidan kelib
chiqqan holda, multikolliniarlik muammosi quyidagi tarzda aniqlanadi. Korrelyatsion matritsa
jadvali shuni ko’rsatadiki, ln_
n
c o’zgaruvchining korrelyatsiya koeffitsienti 0,8502 bo’lishi, ko’p
omilli regressiya modelini standart xatolik ko’rsatkichi ortib ketishiga olib keladi.
Bundan
tashqari, ln_ar o’zgaruvchining korrelyatsiya koeffitsienti minusda bo’lishi, barcha
o’zgaruvc
h
ilar teskari tasir qilishi aniqlandi. Natijada, ayrim erkli o’zgaruvchilarning erksiz
o’zgaruvchiga ta’siri yo’qolishiga olib keladi. Shundan kelib chiqqan holda, korrelyatsion
matritsadagi o’zgaruvchilarning koeffitsienti yuqori bo’lganligi uchun ko’p om
illi regression
modelidan chiqarib tashlanadi. Shu bilan birga, yuqori korrelyatsiyaga ega bo’lgan o’zgaruvchi
ln_nc hamda ln_ar olib tashlagan holda, panel modelllari hisoblandan yig’ma, o’zgarmas effekt
va tasodifiy effekt modellarining ko’rsatkichlarini
hisoblashni amalga oshiramiz (3-jadval).
3-jadval
Panel regression model ko’rsatkichlari natijalari
(
𝒀
𝒊𝒕
= 𝜷
𝟎
+ 𝑿
𝒊𝒕
𝑰
𝜷 + 𝝐
𝒊𝒕
)
(2009-
2024 yillar ma’lumotlari asosida)
Erksiz o’zgaruvchi
(ln_as)
(1)
(2)
(3)
Yig’ma model
O’zgarmas ef
fekt
modeli
Tasodifiy effekt
modeli
ln_cr
0.5436 ***
(0.0000)
0.6369***
(0.0000)
0.5841***
(0.0000)
ln_lm
0.3677***
(0.0000)
0.3606***
(0.0000)
0.3637***
(0.0000
)
ln_nb
-0.5459***
(0.0000)
-0.8493***
(0.0037)
-0.6692
***
(0.0000)
S(constant)
6.4205***
(0.0000)
5.8424***
(0.0137)
6.1570***
(0.0000)
Kuzatuvlar soni
120
120
120
R-kvadrat
0.9502
0.9684
0.9456
Bank filiallar soni
10
10
10
Qavslar ichidagi ko’rsatkichlar standart xatolik
P-qiymatdagi,
***
P<0,01,
**
P<0,05,
***
P<0,1
3-
jadvaldagi ma’lumotlardan uchta modeldagi tanlagan erkli o’zgaruvchilarining
P-
qiymati 0,001 dan kichik ekanligini ko’rishimiz mumkin. Ushbu ko’rsatki
ch shuni anglatadiki,
biz tanlagan o’zgaruvchilar, ya’ni ln_cr, ln_lm va ln_nb erkli o’zgaruvchilar erksiz o’zgaruvchiga
ln_as bevosita ta’sir qiladi. Agar biz mazkur erkli o’zgaruvchi
larni gipoteza testini amalga
oshirganimizda, uchta modelda ham ln_cr,
ln_lm va ln_nb o’zgaruvchilarning koeffitsienti 1
foizda statistik muhimlik darajasida ta’sir ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu shuni anglatadiki,
uchta ekrli o’zgaruvchilar erksiz o’zgaruvchiga ta’sir qilib, erkli o’zgaruvchining to’liq ta’sir
darajasini ifoda eta oladi. R-
kvadratlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, uchala modelda ham birga
yaqinligini ko’rishimiz mumkin. Ekonometrika nazariyasiga asosan
R-kvadrat qanchalik birga
yaqin bo’lsa, yaratilgan regression model standart xatoliklar to’g’ri chiziqqa y
aqinligini
anglatadi.
Ekonometrik tahlil natijasidan xulosa qilish mumkinki, erkli o’zgaruvchilar, xususan
kapitallashuvi darajasi, resurs “uchun pullari” qiymati, xududlardagi raqobat
chi banklar soni
boshqa omillari Aktsiyadorlik tijorat «O’zsanoatquril
ishbank
»ning aktivlariga
hajmiga ta’sir
qiladi (boshqa omillar o’zgarmagan
(ceteris paribus)
ta’sir qiladi).
Yuqoridagi uchta modelning
ekonometrik ko’rinishini quyidagi formulada o’z a
ksini topgan.
1. Yig’ma model
ln_as
it
=6.4205+0.5436 *
ln_cr
it
+0.3677*
ln_lm
it
-0.5459*
ln_nb
it
+e
it
(6)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
222
2. O’zgarmas effekt model
ln_as
it
=5.8424+0.6369*
ln_cr
it
+0.3606*
ln_lm
it
- 0.8493*
ln_nb
it
+e
it
(7)
3. Tasodifiy effekt model
ln_as
it
=6.1570+0.5841*
ln_cr
it
+0.3637*
ln_lm
it
- 0.6692*
ln_nb
it
+e
it
(8)
Hisoblangan yig’ma, o’zgarmas va tasodifiy effektlar modellarining ko’rsatkichlariga
nazar tashlasak, deyarli farq juda katta emasligini ko’rishimiz mumkin. Erkli o’zgaruvchilarning
koeffitsientlarida juda katta farq mavjud emas. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur,
modellardan qaysi biri yaxshiroq va prognoz qila oladigan model ekanligini aniqlash uchun
J.Xausman testidan foydalangan holda, aniqlandi. Jumladan, Xausman testida shuni
ko’rsatadiki, agar regressor (mustaqil o’zgaruvchi) va ta’sirlar o’rtasida korrelyatsion bog’liqlik
mavjud bo’lmasa, o’zgarmas va tasodifiy effektlar mavjud bo’lib, lekin o’zgarmas ta’sirlar
samarasiz hisoblanadi. Regressor va ta’sirlar
o’rtasida korrelyatsiya mavjud bo’lsa, o’zgarmas
ta’sirlar mavjud bo’ladi, lekin taso
difiy effektlar mavjud emas hisoblanadi. Nolinchi gipoteza
asosan quyidagi ekonometrik formula bilan aniqlanadi.
𝑊 = (𝛽
𝑅𝐸
− 𝛽
𝐹𝐸
)ˈ ∑
−1
(𝛽
𝑅𝐸
− 𝛽
𝐹𝐸
) ∿ χ2 (𝑘)
(9)
Agar W
statistik ahamiyatli bo’lsa, ya’ni ehtimolligi 5 foizdan kam bo’lsa, o’zgarmas
ta’sirlar modeli yaxshiroq model hisoblanadi. Agar mazkur ehtimollik ko’rsatkichi 5 foizdan
katta bo’lsa, tasodifiy ta’sirlar modeli yahshiroq model hisoblanadi. Ushbu, testning
tahlilini
quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin (
4-jadval).
4-jadval
J.Xausman testi natijalari
O’zgaruvchilar
O’zgarmas
effekt (a)
Tasodifiy effekt
(b)
O’zgaruvchilarning
farqi (a-b)
Ehtimolligi
darajasi
ln_cr
0.636926
0.584102
0.000559
0.0255
ln_lm
0.360667
0.363785
0.000956
0.9197
ln_nb
-0.849311
-0.669286
0.760076
0.8364
Chi
-
kvadrat (χ
2
)
statistikasi
Chi
-kvadrat
taqsimoti
Ehtimollik darajasi
Tasodifiy ta’sirlarning kross
-sektsioni
(Cross-section random)
24.861193
3
0.0000
4-jadvaldagi J.Xausm
an testi natijalari o’zgarmas effekt modeli boshqa modellarga
nisbatan yaxshiroq ekanligini ko’rsatmoqda. O’zgarmas effekt modeli yaxshiroq ekanligini
P-
qiymat ehtimolligi ko’rsatikichiga qarab nolinchi gipoteza va muqobil gipoteza fara
zidan
foydalanib an
iqlandi. Unga ko’ra, nolinchi gipotezada o’zgarmas effekt modeli qabul qilinadi.
Muqobil gipotezada tasodifiy effekt modeli inkor etiladi. Shundan kelib chiqqan holda, agar P-
qiymat ehtimolligi 5 foizdan kichik bo’lsa, nolinchi gipoteza to’g’ri, deb qabul
qilinadi.
Tadqiqotimizdagi Xausman testdagi
Chi
-
kvadrat (χ
2
)ni statistik muhimligi darajasi 5 foizdan
kichik bo’lagani, ya’ni
Chi
-
kvadrat (χ
2
) ehtimolligi P-
qiymat 0.0000 ga tengligi, o’zgarmas effekt
modeli boshqa modellarga nisbatan yaxshiroq ekanligini
ko’rsatadi. J.Xausman testidan keyin
tadqiqotimizda eng yaxshi model bu o’zgarmas effekt modeli hisoblanadi.
Mazkur testdan keyin, qoldiqlar (residuals)
o’rtasidagi korrelyatsion bog’liqlik testini
o’tkazamiz. Ushbu testning
natijasini quyidagi jadvalda k
o’rishimiz mumkin (
5-jadval).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
223
5-jadval
Tasodifiy ta’sirlar modelining qoldiqlari o’rtasidagi bog’liq testi natijalari
Test
Statistik qiymat
Erkinlik darajasi
Ehtimolligi darajasi
Breusch-Pagan LM
155.1550
66
0.0000
Pesaran scaled LM
6.715483
0.0000
Pesaran CD
10.07368
0.0000
5-
jadvaldagi qoldiqlar o’rtasidagi bog’liqlik testi qoldiqlar o’rtasida korrelyatsiya
mavjud emasligini ko’rsatadi. Chunki, nolinchi gipotezani o’tkazganimizda Breusch
-Pagan LMni
P-
qiymati 5 foizdan kichik bo’lib, unga ko’ra qoldiqlar o’rtasidagi korrelyatsiya mavjud emasligi
inkor etilib, muqobil gipotezaga ko’ra qoldiqlar o’rtasidagi korrelyatsiya mavjudligi qabul
qilinadi. Bundan ko’rinib turibdiki, xududlar kesimidagi asosiy ka
pitalga kiritilgan
markazlashgan investitsiya,
yalpi xududiy mahsulotni o’sishi va xorijiy investitsiyalarni o’sishi
xududning investitsiya hajmini o’sishiga ta’sir etishidan dalolat beradi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, panel ma’lumotlari asosida uchta modelni tahlil
qilgani
mizda o’zgarmas effekt modeli eng yaxshi hamda tijorat banklar aktivlarini
samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar ta’siri darajasini baholay oladigan model bo’lib
his
oblanadi. Mazkur modelning mustahkamligini aniqlash testi, ya’ni qoldiqlari o’rtasidagi
b
og’liqlik mavjud ekanligi modelni bashorat qilish imkoniyati mavjud ekanligidan dalolat
beradi.
Filiallar kesimida aktsiyadorlik tijorat «O’zsanoatqurilishbank»ning
aktivlariga, mazkur
banklarning kapitallashuvi darajasi, resurs “uchun pullari” qiymati, xu
dudlardagi raqobatchi
banklar soni omillar ta’siri regression va koreliyatsion ekonometrik modellar asosida
aniqlandi. Yig’ma, o’zgarmas va tasodifiy effekt modellari
dan foydalangan holda ATB
«O’zsanoatqurilishbank»ning aktivlariga ta’sir etuvchi omillar ta’siri baholandi. Ushbu
modellar tahliliga asosan,
o’zgarmas effekt modeli eng optimal model hisoblanib, unga ko’ra
boshqa omillar o’zgarmagan holda,
banklarni kapitallashuvi darajasi
bir foizga o’sishi,
banklarning aktivlar hajmini 0.6369 foizga o’sishi
ga,
resurs “uchun pullari”
hajmini bir foizga
o’sishi esa, banklarning aktivlar qiymatini 0.3606 foizga olib keladi, biroq xududlardagi
raqobatchi banklar soni bir fo
izga o’sishi banklarning aktivlar hajmini 0.8493 foizga
kamayishiga
olib
keladi
(boshqa
o
millar
o’zgarmagan
sharoitda).
ATB
«O’zsanoatqurilishbank»ning aktivlarini samaradorligiga ta’sir qiluvchi omil bu boshqa
banklarning soni ko’payishi ta’sir qiladi. Boshqa omillar o’zgarmagan holda yuqorida
ko’rsatilagan yuqorida ko’rsatilagna omillar birgalikda bir foizga o’sishi, xududlarining
investitsiya hajmini 0,1482 foizga o’sishini ta’minlaydi. ATB «O’zsanoatqurilishbank»ning
aktivlari hajmiga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirini baholash uchun
o’zgarmas
effekt modelidan
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi
.
Ekonometrik natijasi xulosasidan kelib chiqqan
holda «O’zsanoatqurilishbank»ning aktivlarini ko’payishiga quyidagilargi amalga oshirish
maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Birinchidan, tadqiqotimizda bank aktivlarini ko’payishiga bank filliallarining
kapitallashuvi darajsini oshirish lozim, bank kapitallashuvi oshib borishi bankning aktivlarini
oshishiga olib keladi.
Ikkinchidan «O’zsanoatqurilishbank»ning
aktivlarini oshirishda xududlardagi raqobatchi
banklar soni o’sishi inobatga olish lozim. Bu esa, o’z nabatida, xududlardagi banklarning soni
oshishini «O’zsanoatqurilishbank» xududlardagi filiallarning aktivlarni kamayishiga olib
kelishigi ko’rsatdi. Shuni inobatga olgan holda «O’zsanoatqurilishbank» filliallardagi bank
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
224
kreditlarning o’rtacha foizini p
aysaytirish lozim. Natijada, filliallardagi aktivlarin xajmini
ortishiga hamda samaradorligi ta’minlashga hizmat qiladi.
Adabiyotlar
/Литература/
Reference:
Barth J., Caprio G. va Levine R. (2012) "Guardians of Finance: Making Regulators Work for
Us"1. Р. 121
-123.
Demirgüç
-Kunt va H. Huizinga (2004) "Market Discipline and Deposit Insurance" (Journal
of Monetary Economics). Р.
175-178.
Go
etz M. (2018) "Competition and Bank Stability" (Journal of Financial Economics), Р. 125
-
130.
Haydarov O’. (2022)“Investitsiyalar”. darslik TDIU. –
T. 27-b.
Levine R. va Beck T. (2004) "Bank Concentration, Competition, and Crises: First Results"
(Journal of Banking & Finance)
4. Р. 83
-89.
Saipnazarov Sh.
(2021) “Tijorat banklarida qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini
rivojlantirishda moliyaviy injiniringni yo’llari”. (PhD) dissertatsiyasi
-T. 15-b.
