Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
139
KORXONALARDA TIJORAT RISKI DARAJASINI PASAYTIRISHNING
RISK-MENEJMENT KONSEPSIYASI
Sharipova Gulmira Toxirovna
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Annotatsiya.
Maqolada zamonaviy korxonalarda risk-menejment strategiyasini ishlab
chiqish uchun ilmiy farazlar va g‘oyalar, qonunlar, maqsad va vazifalar, boshqaruv tamoyillari va
funksiyalarini, boshqaruvli ta’sir ko‘rsatish usullari hamda metodologiyasiga oid
nazariy va
uslubiy masalalarni yaxlit ifodalashga qaratilgan tijorat risklarini boshqarish konsepsiyasini
ishlab chiqish yoritilgan. Taklif etilayotgan risk-menejment konsepsiyasi asosida zamonaviy
tijorat, tijorat menejmenti, strategik menejment va risk-menejment tushunchalarining asosiy
qoidalariga asoslangan holda ularni boshqarish mohiyatini falsafiy va konseptual anglashga,
tijorat risklarining vujudga kelishi mumkin bo‘l
gan manbalariga aniqlik kiritishga, risk-
menejmentga doir ilmiy bilimlar majmuining menejment fanining turli sohalari bilan
aloqadorligini, tijorat risklarini boshqarishga doir muhim g‘oyalar va maqsadlarni
aniqlashtirishga imkon beradigan konseptual model taklif qilingan.
Kalit so‘zlar:
tijorat
riski, boshqaruv tamoyillari, tijorat menejmenti, risk-menejment,
konseptual yondashuv
КОНЦЕПЦИЯ РИСК
-
МЕНЕДЖМЕНТА УПРАВЛЕНИЯ СНИЖЕНИЕ
КОММЕРЧЕСКОГО РИСКА НА ПРЕДПРИЯТИЯХ
Шарипова Гулмира Тохировна
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация.
В статье рассматривается разработка концепции управления
коммерческими рисками, направленной на целостное представление научных гипотез и
идей, закономерностей, целей и задач, принципов и функций менеджмента,
теоретических и методологических вопросов, связанных с методами управления и
методологией разработки стратегий управления рисками на современных
предприятиях. На основе предложенной концепции управления рисками предложена
концептуальная модель, позволяющая философски и концептуально осмыслить суть
управления ими на основе основных правил современных концепций коммерческого,
коммерческо
-
управленческого, стратегического менеджмента и управления рисками,
прояснить возможные источники коммерческих рисков, прояснить взаимосвязь
комплекса научных знаний по управлению рисками
Ключевые слова:
коммерческий риск, принципы управления, коммерческий
менеджмент, управление рисками, концептуальный подход.
UO‘K:
330.131.7
I SON - YANVAR, 2025
139-145
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
140
THE CONCEPT OF RISK MANAGEMENT REDUCING COMMERCIAL RISK IN ENTERPRISES
Sharipova Gulmira Tokhirovna
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
The article discusses the development of a commercial risk management concept
aimed at a holistic presentation of scientific hypotheses and ideas, patterns, goals and objectives,
principles and functions of management, theoretical and methodological issues related to
management methods and methodology for developing risk management strategies in modern
enterprises. Based on the proposed risk management concept, a conceptual model is proposed that
makes it possible to philosophically and conceptually comprehend the essence of risk management
based on the basic rules of modern concepts of commercial, commercial management, strategic
management and risk management, clarify possible sources of commercial risks, clarify the
interrelation of a complex of scientific knowledge on risk management.
Keywords:
commercial risk, management principles, commercial management, risk
management, conceptual approach.
Kirish.
Jahonda
biznes muhitining o‘zgaruvchan kon’yunkturasi iqtisodiyot sub’ektlari
taraqqiyot strategiyasining tashqi muhit omillariga tezda moslashishda nafaqat moliyaviy
resurs ta’minotiga, balki risklarni boshqarish yo‘nalishidagi ilmiy
-amaliy tadqiqotlarni ham
amalga oshirishni taqozo etadi. Shu boisdan ham yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarid
a, ilg‘or
kompaniyalar faoliyatida bozor kon’yunkturasining noaniqligi bilan bog‘liq tijorat riskini
kamaytirish, optimal darajasini aniqlash asosida baholash va kamaytirishga qaratilgan ilmiy
tadqiqotlarning kengayishiga urg‘u qaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik sub’ektlari uchun barqarorlik r
eytingini tashkil
etish asosida yuqori tadbirkorlar uchun barcha soliq tekshiruvlari bekor qilish, soliq turlari
bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni tezkor hisoblashish, tovarlarni import qilishda va sotishd
a
qo‘shilgan qiymat solig‘ini bojxona va soliq organlarida o‘zaro hisobga olish imkoniyatining
yaratilishi ko‘p jihatdan korxonalarda tijorat riski darajasini kamaytirishga qaratilgan
boshqaruv mexanizmini ishlab chiqishni, shu asosda iqtisodiy barqarorligini oshirish
zaruratini keltirib chiqaradi.
Adabiyotlar sharhi.
Iqtisodiy adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, tijorat riskni boshqarish
metodologiyasi ko‘p jihatdan tijorat riskning me’yoriy darajasini aniqlashga qaratilgan.
Korxonalarni turli xa
tarlar va ularning salbiy ta’siri(darajasi)dan himoyala
sh masalalari
iqtisodchi olimlar tomonidan turli ilmiy munozaralar mavjud. Jumladan, korxonani “riskdan
himoya qilish” nuqtai nazaridan yondashuvi Zubova (
2010
) tomonidan risk-menejment
konsepsiyasini korxonaning rivojlanish va barqarorlik tushunchalari bi
lan bog‘lashga harakat
qilingan. Ularning fikricha:"... korxonaning risklardan himoya qilish darajasi qanchalik yuqori
bo‘lsa, uning iqtisodiy rivojlanishi, ichki va tashqi tahdidlarga chidamliligi va
moslashuvchanligi
shunchalik yuqori bo‘ladi”
Mashkov (
2015
) tomonidan, risklarni boshqarishga ko‘proq tashkiliy
-funksional jihatdan
yondashilgan. “... korxonalarning tashkiliy tuzilmasida boshqaruv pog‘onalari qanchalik kam
bo‘lsa, u tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarga shunchalik tezda moslashadi, uning
riskdan
himoyalanishi shunchalik yuqori bo‘ladi, shu bilan birga menejerlarning riskka javobgarlik
darajasi ham sezilarli darajada oshadi”
O‘z navbatida, Zolotaryov, Popova va Shevchenkolar riskka imm
unitet tizimining asosiy
parametrlari sifatida “riskbardoshlik” va “risk immunitet” ni alohida ajratib ko‘rsatadi. “...
korxonani risklardan himoya qilish − iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining amaldagi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
141
sharoitidada tashqi tomondan boshqaruvli ta’sir
ko‘rsatish sifatida, shu bilan birga
korxonaning rejal
ashtirish va boshqarishga asoslangan ichki boshqaruvli ta’sir ko‘rsatish
orqali ham amalga oshiriladi” (
Zolotarev va boshq
,
2012
).
Mamlakatimiz tadqiqotchilaridan Muxiddinov tomonidan “Xatarlarni boshq
arish
bo‘yicha umumiy konseptual yondashuvlar sifatida
xavfli vaziyatda tadbirkorlik faoliyatining
mumkin bo‘lgan oqibatlarini aniqlash; xavf omillari to‘liq hisobga olinmagan ta’sirga yo‘l
qo‘ymaslik, oldini olish yoki zararni kamaytirishga imkon bermaydi
gan choralarni ishlab
chiqish” (
Muhiddinov, 2021
) kabil
ar ko‘rsatib berilgan bo‘lib, tadqiqotchi tadbirkorlikni
xatarlarga moslashtirishning tizimini amalga oshirish, uning yordamida nafaqat salbiy
ehtimoliy natijalarni zararsizlantirish yoki kompensatsiya qilish, balki yuqori tadbirkorlik
daromadlarini olish
imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish mumkinligini ta’kidlaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot davomida induksiya va deduksiya, guruhlash, mantiqiy tahlil usullardan
foydalanilgan. Tadqiqot natijalarini umumiy yaxlit tarzda ifodalash maqsadida jadval va
rasmlardan foydalanilgan. Tadqiqot metodologiyasi gipotezaga asoslangan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bugungi iqtisodiy sharoitlarda korxonalarda tijorat risklarini boshqarish turli xatarli
vaziyatlarga o‘z vaqtida tezkor va faol javob qay
tarish lozimligidan kelib chiqib, tijorat risklarini
boshqarishning konseptual modelini ishlab chiq
ish vazifasi o‘ta dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda. Tashqi muhitning murakkabligi va dinamikasi savdo korxonalarini boshqarish
tizimini yaratish uchun yangi innovatsion yondashuvlar va usullarni izlashni talab qiladi.
Shunday qilib, zamonaviy biznes maydonida, cheklangan resurslar va haridor uchun kurash
sharoitida strategik va taktik moslashuvchanlik, maqsadlarga muvofiqligi, marketingni
boshqarish qarorlarini q
abul qilish samaradorligi rivojlanishning maqsadli yo‘nalishlariga
erishishga, yuqori samaradorlik
va raqobatbardosh barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.
Tijorat risklari savdo korxonalarini boshqarish tizimining barcha jabhalariga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. Uning salbiy ta’siri va oqibatlarining namoyon bo‘lishini eng kam darajaga keltirish
uchun tijorat risklarini boshqarishning risk-menejment tizimiga zarurat mavjud, chunki
tijoratga doir samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinmaguncha risklar tufay
li yo‘qotish
darajasi juda yuqori potensialga egadir. Korxonalarda tijorat risklarini boshqarish bi
lan bog‘liq
vazifalarining murakkabligi va serqirraligi ularni boshqarishga nisbatan yangicha
konsepsiyalarni ishlab chiqish va ilmiy-amaliy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslash
masalasini dolzarblashtiradi.
Fikrimizcha, nazariy yondashuvlar, savdo ko
rxonalarida risklarni tadqiq etish bo‘yicha
izlanishlar tijorat risklarini boshqarishdagi asosiy muammolar sifatida quyidagilarga asosiy
urg‘u qaratish lozimligini ko‘rsatdi:
–
korxonalarida faoliyat samaradorligini oshirishda tijorat risklarning mohiyatini
tavsiflovchi va ta’sirini baholovchi tashkiliy
-funksional tuzilmaning mavjud emasligi;
–
korxonalarda tijorat risklarini boshqarishning eng maqbul usullari va uslubiyatini
tanlash bo‘yicha yetarlicha ilmiy tadqiqotlar hamda amaliy tavsiyalarning yetarli
emasligi;
–
korxonalarda tijorat risklarining tarmoq, soha, tovar turi va faoliyat xususiyatiga bog‘liq
holda risk-menejment tizimining asosiy tamoyillarining tizimlashtirilmaganligi;
–
korxona faoliyatini rejalashtirishda tijorat risklarini boshqarishning strategik
yo‘naltirilmaganligi va tizimsizligi;
–
strategik rejalashtirish jarayonida tijorat risklarining bo‘lish jihatlarini aniqlash va
baholash bilan
bog‘liq murakkabliklar;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
142
–
savdo menejerlari va marketologlarning tijorat risklarini boshqarish sohasi
vakolatlarining yetarli emasligi va shu kabilar.
Korxonaning tijorat risklarini boshqarish tizimi, har qanday tizim kabi, samarali
boshqaruvni tashkil qi
lish va ko‘zlangan maqsadlarga erishish imkonini beradigan ma’lum
tamoyillarga tayanadi. Ushb tamoy
illarni boshqaruv tizimiga xos bo‘lgan va umumiy bo‘lgan
tamoyillarga ajratgan holda tizimlashtirishimiz mumkin (1-rasm).
1-rasm. Tijorat risklarini boshqarish tamoyillari
Manba:
muallif ishlanmasi.
Korxonalarda tijorat risklarini boshqarishning risk-menejment tizimining funksiyalari
umumiy boshqaruv va tijorat risklarini
boshqarishga oid funksiyalarining o‘zaro
integratsiyalashuvi natijasida shakllanadi (2-rasm).
Tijorat risklarini boshqarishning samarali konseptual modelini ishlab chiqishda eng
muhimi ushbu tushuncha mohiyatini ochib beruvchi ilmiy atamalarga, tijorat risklarni
TIJORAT RISKLARINI BOSHQARISHNING TAMOYILLARI
Ilmiylik
egiluvchanlik
Tizimlilik
Teskari aloqaning mavjudligi
yaxlitlik
Maxsus malaka va uquv talab qilishi
dinamiklik
Sug‘uralanganlik
rasmiylik
Prognozlashtirish
moslashuvchanlik
Zahira mavjudligi
murakkablik
Asoslilik
sinergiya
Dasturiy-
vositaviy ta’minot
mavjudligi
ixtiyoriylik
nazorat
tartiblilik
inertsiya
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
143
boshqarishga doir konseptual modellarni shakllantirish, asosiy jihatlarni konseptuallashtirish,
risk-menejment tizimining tarkibiy jabhalarini shakllantirish, tijorat risklarini boshqarish
tizimining alohida elementlarini boshqarishning uslubiy jiha
tlariga aniqlik kiritish bog‘liq
masalalarni hal etish maqsadga muvofiq.
2-rasm. Korxonaning risk-menejment tizimi va uning funksional vazifalari
Manba:
muallif ishlanmasi.
Tijorat risklarini boshqarishning konseptual modeli
–
tijorat faoliyati bilan bog‘liq risklar,
riskli vaziyatlarga oid barcha tushunchalarni o‘zaro bog‘lashga, kogni
tiv jarayonni tashkil
qilishga, to‘plangan nazariy va amaliy bilim va tajribalarni yaxlit v
a va batafsil shaklda
ifodalovchi konsepsiya hisoblanadi.
Risklarni boshqarish o‘z ichiga texnologiyalar, ishlab
chiqaruvchilarning sifat boshqaruviga munosabati, talablar va ularning bajarilishi holatlari,
mijozlar, shartnomalar va bozor singari jihatlarni uzluksiz nazoratini olib borish, loyihaning
hayotiyligi, logistika, resurslar va uning uchun byujdetning shakllanmasi, shuningdek uzluksiz
risklarni baholash va ularni nazorat qilib borishni qamrab oladi (
Xudaynazarova, 2024
).
Tijorat risklarini boshqarish konsepsiyasi risk-menejment strategiyasini ishlab chiqish
uchun ilmiy farazlar va g‘oyalar, qonunlar, maqsad va vazifalar, boshqaruv tamoyillari va
funksiyalarini
, boshqaruvli ta’sir ko‘rsatish usullari hamda metodologiyasiga
oid nazariy va
uslubiy masalalardan o‘zaro bog‘liqlik tizimi sifatida foydalanishni ta’minlab beradi. Shu bilan
birga, risk-
menejment konsepsiyasi tijorat risklarini boshqarish bo‘yicha ilmiy
asoslangan
tijorat risklarini boshqarishni takomillashtirish vositalari va imkoniyatlaridan foydalanish va
uni amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga oid kompleks yondashuvni ham aks
ettirgan holda korxonaning tijorat risklariga chidamlilig
ini ta’minlashga yordam beradi.
Taklif etilayotgan tijorat risklarini boshqarish risk-menejment konsepsiyasi zamonaviy
tijorat, tijorat menejmenti, strategik menejment va risk-menejment tushunchalarining asosiy
qoidalariga asoslangan holda ularni boshqarish mohiyatini falsafiy va konseptual anglashga,
tijorat risklari
ning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan manbalariga aniqlik kiritishga, risk
-
menejmentga doir ilmiy bilimlar majmuining menejment fanining turli sohalari bilan
aloqadorligini, tijorat risklarini b
oshqarishga doir muhim g‘oyalar va maqsadlarni
aniqlashtirishga imkon beradi (3-rasm):
Menejmentning umumiy
funksiyalari
−
rejalashtirish;
−
tashkil etish;
−
motivatsiya;
−
muvofiqlashtirish;
−
nazorat
Tijorat funksiyalari
−
marketing tadqiqotlari va bozor
analitikasi;
−
tovar sifati assortimentini boshqarish
−
taqsimot kanallarini boshqarish;
−
reklama va sotishni rag
‘batlash
Biznes muhiti tahlili
risk-menejment tizimini tartibga
solish nazorat qilish
Tijorat risklarini rejalashtirish va
prognozlash
Tijoratda risk-menejment tizimini
tashkil qilish
Risk-menejment tizimini
motivatsiyalash
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
144
2-rasm. Korxonalarda tijorat riskini boshqarishning risk-menejment konsepsiyasi (konseptual model)
Manba:
muallif ishlanmasi.
Tijorat risklarini boshqarishning marketing
konsepsiyasi
Tijorat risklarini boshqarishning marketing konsepsiyasini amalga oshirish bilan
bog‘liq shart
-sharoitlar
Tayanch tushunchalar:
risk, tijorat riski, risk darajasi, tashkiliy risklar, sotish bilan bog‘liq risklar,
narx riski logistik risklar, HR-risklar, risk-menejment, tijorat risklarini boshqarish, tijorat risklarini
boshqarishning konseptual modeli
TIJORAT RISKLARINI BOSHQARISH
Tijorat risklarini o‘z vaqtida aniqlash,
darajasini baholash va salbiy ta’sirini
kamaytirish, shuningdek, korxonaning
strategik maqsadlariga erishishga
qaratilgan rejalashtirish, tashkil qilish,
muvofiqlashtirish, motivatsiya va nazorat
jarayonlaridir.
Risk-menejment texnologiyasi
Marketing tadqiqotlari, statistik usullar,
ekspert baholash, integral baholash;
minimaks qoidasi, risklarning ro‘y berish
ehtimoli va ta’sir matritsasi, risklarni
boshqarishning strategik kartasi
Risk-menejment tamoyillar
Umumiy:
ilmiylik, insoniylik, rasmiylik,
boshqaruvning reglamentga asoslanganligi,
tizimlilik, sinergiya samarasining
mavjudligi; moslashuvchanlik, dinamiklik,
teskari aloqa.
Maxsus tamoyillar:
Sug‘urtalanganlik,
variativlik, xatarlilik, zahiralanganlik,
ke
lajakka yo‘naltirilganlik
Risk-menejment funksiyalari:
Marketing
tadqiqotlari, ichki va tashqi muhit tahlili,
tijorat risklarini rejalashtirish va
prognozlashtirish, risklarni boshqarish,
motivatsiya, risklarni boshqarish
jarayonini nazoratqilish va tartibga solish
Boshqaruv qonunlari
Umumiy qonunlar:
Samarali boshqarish
;
Boshqaruvchi va boshqariluvc
hi tizimning o‘zaro
bog‘liqligi;
Boshqaruvda teskari aloqa tamoyilining mavjudligi;
Boshqaruv qonunlariningn umumiyligi.
Xususiy qonunlar:
Boshqaruv funksiyalarining o‘zgaruvchanligi;
Boshqaruv darajalarining o‘zgaruvchanligi;
Maxsus qonunlar:
Risklarning doimiy mavjudligi;
Risklarning turli zarar va yo‘qotishlar bilan
bog‘liqligi;
Foyda va risk darajasining teskari bog‘liqligi.
Risk-menejment usullari.
Risk darajasini
pasaytirish, risklardan qochish, optimal risk
darajasini saqlab qolish, risk-autsorsingi, xejirlash,
dissipatsiya
Maqsadi.
Korxonada tijorat riskining salbiy
ta’sirini kamaytirish
Ob’ekti.
Korxonada tijorat riski darajasini
pasaytirish bilan bog‘liq jarayonlar
Predmeti.
Korxonada tijorat risklarini
boshqarishning mexanizm va vositalari
Boshqaruv konsepsiyasi.
Strategik
menejment, risk menejment, marketing
www.e-itt.uz
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
145
Xulosa va takliflar.
korxonani tijorat riskidan himoya qilish
–
risk-menejment tizimining ichki xususiyati
bo‘lib, tashqi va ichki muhit omillarining salbiy ta’sirida korxonada tijorat faoliyatining eng
maqbul darajasini ta’minlashga imkon beradi.
Tijorat risklarini boshqarishning samarali konseptual modelini ishlab chiqishda ushbu
tushuncha mohiyatini ochib beruvchi ilmiy atamalarga, tijorat risklarni boshqarishga doir
konseptual modellarni shakllantirish, asosiy jihatlarni konseptuallashtirish maqsadga muvofiq
Risk-menejment tizimining tarkibiy jabhalarini shakllantirish, tijorat risklarini
boshqarish tizimining alohida elementlarini boshqarishning uslubiy jihatlariga aniqlik kiritish
bog‘liq masalalarni hal etish maqsadga muvofiq.
Adabiyotlar / Литература / Reference:
Золотарёв, Ю. С. .
(20
12). Рискоспособность предприятия. понятие и
сущность.
Bulletin of the South-Russian State Technical University (NPI) Series Socio-Economic
Sciences,
(4),
205
–
211.
извлечено
от
tu.ru/index.php/vestnikSRSTU/article/view/386
Зубова Л. В. (2010) Хозяйственные риски в торговом предпринимательстве //
Проблемы
экономики
и
юридической
практики.
№3.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/hozyaystvennye-riski-v-torgovom-predprinimatelstve
Машков Д
.
М
. (2015)
. Формирование проектной системы управления рисками
промышленных
предприятий
//
Статистика
и
экономика.
https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-proektnoy-sistemy-upravleniya-riskami-
Мухитдинов Ш. З. (2021). Тадбиркорлик субъектларида хатарларни бошқаришнинг
назарий
-
услубий
асослари
//
Scientific
progress.
№6.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/tadbirkorlik-subektlarida-hatarlarni-bosh-arishning-nazariy-
Номозова, Қ. (2024).
Микросуғурта рискларни бошқаришнинг инновацион механизми
сифатида.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(8), 338
–
345.
https://doi.org/10.60078/2992-877X-
Худайназарова, Д. (2023). Тўқимачилик саноати корхоналарини бошқаришдаги риск
ва механизмларнинг назарий асослари.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 1(2), 317
–
322.
itt.uz/index.php/eitt/article/view/79
