Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
155
O‘ZBEKISTONDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA VALYUTA
KURSINING TA’S
IRI
Sobirov Asadbek Sherali o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0002-9771-6138
Yo‘ldoshova Dilrabo Oybek qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0009-6926-7380
dilraboyoldoshova561@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash
jarayonida valyuta kursining roli va ahamiyati
oʻrganil
gan
. Asosiy eʼtibor milliy valyutaning kurs
o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy oqibatlarga, xususan, inflyatsiya d
arajasi,
tashqi savdo balansi va iqtisodiy o‘sishga qaratilgan.
Maqolada Markaziy bankning valyuta
siyosati, milliy iqtisodiyotda valyuta zaxiralarini boshqarish usullari va tashqi iqtisodiy faoliyatga
taʼsir etuvchi omillar tahlil qilingan. Maqolada valyuta kursining o‘zgaruvchanligi va uning
iqtisodiy barqarorlikka bo‘lgan ta’siri xalqaro tajribalar asosida ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston
sharoitida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali mexanizmlar taklif qilingan.
Kalit so‘zlar:
valyuta siyosati, makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsiya, eksport, import,
investitsiyalar.
ВЛИЯНИЕ ВАЛЮТНОГО КУРСА НА ОБЕСПЕЧЕНИЕ МАКРОЭКОНОМИЧЕСКОЙ
СТАБИЛЬНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Собиров Асадбек
Ташкентский государственный экономический университет
Йулдашова Дилрабо
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье рассматриваются роль и значение валютного курса
в процессе обеспечения макроэкономической стабильности в Узбекистане. Основное
внимание уделяется экономическим последствиям изменения курса национальной
валюты, в частности, на уровень инфляции, внешнеторговый баланс и экономический
рост. В статье анализируется валютная политика Центрального банка, методы
управления валютными резервами в национальной экономике, факторы, влияющие на
внешнеэкономическую деятельность. В статье на основе международного опыта
рассматривается волатильность обменного курса и ее влияние на экономическую
стабильность, а также предлагаются эффективные механизмы, которые можно
использовать в условиях Узбекистана.
Ключевые слова:
валютная политика, макроэкономическая стабильность,
инфляция, экспорт, импорт, инвестиции.
U
O‘
K: 330.101.541
I SON - YANVAR, 2025
155-161
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
156
THE INFLUENCE OF THE EXCHANGE RATE ON ENSURING MACROECONOMIC
STABILITY IN UZBEKISTAN
Sobirov Asadbek
Tashkent State University of Economics
Yuldoshova Dilrabo
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article examines the role and significance of the exchange rate in ensuring
macroeconomic stability in Uzbekistan. The focus is on the economic consequences arising from
changes in the national currency’s exchange rate, particularly on inflation levels, the bal
ance of
foreign trade, and economic growth. The study analyzes the Central Bank's currency policy,
methods of managing foreign exchange reserves in the national economy, and factors affecting
external economic activities. The article reviews the volatility of the exchange rate and its impact
on economic stability based on international experiences, offering effective mechanisms that can
be applied in the context of Uzbekistan. This article holds theoretical and practical significance for
specialists, researchers, and public administration representatives dealing with currency policy
and macroeconomic stability.
Keywords:
exchange rate, macroeconomic stability, inflation, export, import, investments.
Kirish.
O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi yillarda izchil o‘zgarish va rivojlanish jarayonlarini
boshdan kechirmoqda.
Ushbu jarayonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash muhim
strategik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning ichki va tashqi ba
rqarorligini
mustahkamlashda valyuta kursi asosiy omillardan biri sifatida maydonga chiqmoqda. Valyuta
kursining dinamikasi savdo balansidan tortib inflyatsiyaga, investitsiyalarga va aholining
daromadlariga qadar keng ko‘lamli iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi.
2017-yilda amalga
oshirilgan valyuta
liberallashuvi O‘zbekiston iqtisodiyotini jahon iqtisodiyoti bilan
integratsiyalashuviga yo‘l ochib berdi. Islohotlarning jadallashuvi natijasida valyuta kursining
bozor mexanizmlari asosida shakllanishi eksport salohiyatining oshishi, import qaramligining
kamayishi va iqtisodiy raqobatbardoshlikni kuchaytirish uchun imkoniyat yaratdi. Shu bilan
birga, valyuta kursining tebranishlari makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkinligi ham kuz
atildi, jumladan inflyatsiya sur’atining oshishi v
a tashqi qarz xizmatlariga
bo‘lgan xarajatlarning ortishi kabi muammolar paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining Taraqqiyot Strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash va valyuta kursining ahamiyati katta o‘rin tutadi. Ushbu strategiyaning do
lzarbligi
mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish, tashqi shoklarga qarshi chidamlilikni oshirish va
ijtimoiy farovonlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan chora
-
tadbirlar bilan bog‘liqdir.
O‘zbekistonning
2021-
2030 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot Strat
egiyasi mamlakatning
uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishini ta’minlashga qaratilgan. Asosiy yo‘nalishlari iqtisodiy o‘sish
va investitsiyalarni jalb qilish, ijtimoiy barqarorlik va makroiqtisodiy barqarorlikni
t
a’minlashga qaratilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda valyuta
kursining o‘rni, uning eksport va importga ta’siri, investitsion muhit va inflyatsiya
ko‘rsatkichlariga bo‘lgan ta’siri tahlil qilinadi.
Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularni hal
etish yo‘llari ha
qida fikr yuritiladi. Maqola davomida valyuta kursining iqtisodiy barqarorlikka
ta’siri haqidagi dalillar ilmiy manbalar va rasmiy statistik ma’lumotlarga asoslangan holda
yoritiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
157
Adabiyotlar sharhi.
Valyuta kursi va makroiqtisodiy barqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish,
O‘zbekistonning iqtisodiy siyosatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Valyuta kursining
o‘zgaruvchanligi inflyatsiya darajasini oshirishi va iqtisodiy o‘sishni seki
nlashtirishi mumkin
(Xodjaev va Tashpulatov, 2010). Shu sababli, valyuta kursining boshqarilishi inflyatsiyani
nazorat qilish va investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi
(Tursunov va Kholikov, 2016)
O‘zbekistonning Taraqqi
yot strategiyasi, ilmiy adabiyotlar va
rasmiy manbalar, valyuta kursining iqtisodiy barqarorlikka ta'sirini chuqur tahlil qilish
imkoniyatini yaratadi.
Valyuta kursining barqarorligi iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, tashqi savdo va
investitsiyalarga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro tashkilotlar, masalan, Jaho
n Banki va
Xalqaro Valyuta Fondi, O‘zbekistonning iqtisodiy holati va valyuta kursi masalalarida muhim
tahlillarni taqdim etadi.
Global iqtisodiy sharoitlar, masalan, neft narxlarining o‘zgarishi yoki
boshqa mamlakatlarning iqtisodiy siyosati O‘zbekistonni
ng valyuta kursi va umumiy iqtisodiy
holatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin (Karimov, 2018). O‘zbekiston iqtisodiyotidagi valyuta
kursining global moliyaviy bozorlar bilan bog‘liqligi ham iqtisodchi olimla
r tomonidan tahlil
etilgan. U global iqtisodiy holatlar
, masalan, valyutalarning dunyo bo‘yicha o‘zgarishi
O‘zbekistonning ichki iqtisodiyotiga ta’sir qiladi (Rahmonov, 2019). Bundan tashqari,
O‘zbekistonning valyuta kursi siyosati va uning eksport
-import
balansiga ta’siri ham ko‘rib
chiqildi (Tursunov, 2011).
U, shuningdek, valyuta kursining o‘zgarishlari eksportchilarga foyda
keltirishi, ammo import qiluvchilarga iqtisodiy yukni oshirishi mumkinligini ko‘rsatgan.
Valyuta kursining ichki bozor narxlari va
ishbilarmonlik muhitiga ta’siri barqaror valyuta
siyosa
tining iqtisodiy o‘sish va investitsiyalarni jalb qilish uchun muhimligini ham ta’kidlash
lozim (Tursunov va Kholikov ,2022).
O‘zbekiston Markaziy Banki va Moliya Vazirligi tomonidan
amalga oshirilgan siyosatlar, valyuta kursining barqarorligini ta'minlas
hda muhim rol o‘ynaydi.
Qonunlar va normativ hujjatlar valyuta kursining nazoratini ta'minlashda zarur huquqiy asos
yaratadi.
Shamsiyevning fikriga ko‘ra, 2017
-
yildan boshlab O‘zbekistonning milliy va
lyutasi
—
so‘mning bozor kursiga o‘tishi iqtisodiy barqarorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Biroq, valyuta
kursining keskin o‘zgarishi va tashqi iqtisodiy sharoitlar, masalan, pandemiyaning ta’siri
inflyatsiya bosimini kuchaytirgan (2020).
Shuni ham ta’kidl
ash joizki, valyuta kursining barqarorligi iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va xalqaro savdoni rivojlantirish uchun zaruriy omil sifatida ko‘riladi (Mirzaev
2021).
Umuman olganda, valyuta kursining o‘zgarishi O‘zbekiston iqtisodiyotining barq
arorligi
va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Iqt
isodiy siyosat va makroiqtisodiy tahlillar bu
jarayonni boshqarish va optimallashtirishda asosiy omil bo‘ladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi ishsizlik darajasi va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha
statistik ma'lumotlar to‘plamasi amalga oshiriladi. Bu ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi
Statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot Vazirligi, va boshqa muvofiqlashtirilg
an tashkilotlardan
olingan. Tadqiqot jarayonida mavzuga oid statistik ma’lumotlar va nazariyalarni o‘rganishda
tahlilning iqtisodiy-statistik tahlil, tanlanma kuzatish hamda tajriba kabi usullardan
foydalanilgan. Mavzuni yoritishda ilmiy-amaliy hamda xalqa
ro anjuman to‘plamlari,
shuningdek, internet ma’lumotlaridan foydalanildi.
Tahlillar va natijalar muhokamasi.
Valyuta kursi mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu ko‘rsatkichning
dinamikasi mamlakatning ichki va tashqi
iqtisodiy muhitiga ta’sir
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
158
ko‘rsatadi. Valyuta kursi milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini ifodala
ydi
va uning o‘zgarishi turli iqtisodiy omillar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Birinchidan, valyuta kursining o‘zgarishi inflatsiyaga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Agar milliy
valyuta qadrsizlansa, xorijdan import qilinadigan mahsulotlarning narxi oshadi. Bu esa ichki
bozorga import qilinadigan mahsulotlarning umumiy narxlar darajasini oshiradi, natijada
inflatsiya kuchayadi. Shu bilan birga, valyutaning qadrsizlanishi eksport qilinadigan
mahsulotlar narxini xorijiy valyutalarda nisbatan arzonlashtiradi, bu esa eksport hajmining
oshishiga olib kelishi mumkin.
Ikkinchidan, valyuta kursi mamlakatning tashqi savdo balansi uchun hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Milliy valyutaning qadrsizlanishi eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit
yaratadi, chunki ularning mahsulot
lari xorijiy bozorlarda raqobatbardosh bo‘ladi. Biroq, import
qilinadigan tovarlarning narxi oshadi, bu esa iste‘molchilar uchun xarajatlarni ko‘paytiradi. Shu
sababli, valyuta kursining o‘zgarishi iqtisodiyotning turli sektorlari uchun turlicha ta’sir
ko‘
rsatadi.
Uchinchidan, valyuta kursining dinamikasi tashqi qarzga bo‘lgan yukni oshirishi yoki
kamaytirishi mumkin. Milliy valyutaning qadrsizlanishi xorijiy valyutada olingan qarzlarning
milliy valyutadagi qiymatini oshiradi, bu esa davlat va xususiy sektor uchun qarz xizmatini
qiyinlashtiradi. Shu bilan birga, qarz yukining oshishi iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul
qilingan qarorlar valyuta bozorini liberallashtiris
hga va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga
qaratilgan.
1-rasm Valyuta kursi va Makroiqtisodiy indikatorlar
Valyuta kursi yil sayin oshib, 2019-
yildagi 9,507 so‘mdan 2023
-
yilda 12,875 so‘mga
yetgan. Bu so‘mning AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishini an
glatadi. Bu holat eksport
qiluvchilar uchun foydali bo‘lsada, import qiluvchilar uchun xarajatlarning oshishiga sabab
bo‘ladi.
YaIM 2019-yildagi yuqori darajadan (5,5%) 2020-
yilda pandemiya ta’sirida 1,6% gacha
pasaydi. Keyinchalik iqtisodiy islohotlar va barqarorlik choralari natijasida 2021-yilda 7,4% ga
ko‘tarilgan. Natijada, valyuta kursining barqarorligi iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan va
eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarning rivojlanishi YAIM o‘sishini qo‘llab
-quvvatlagan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
159
2019-yilda yuqori darajadagi 15,2% inflyatsiya 2023-yilda 8,8% ga tushgan. Biroq,
2022-
yilda o‘sish (12,3%) kuzatilishi natijasida valyuta ku
rsining qadrsizlanishi import
tovarlarining narxini oshirib, inflyatsiyani keltirib chiqargan. 2023-yilda inflyatsiyani
pasaytir
ish bo‘yicha samarali siyosat amalga oshirilgan.
Har yili tashqi savdo balansi manfiy ko‘rsatkichga ega bo‘lgan. 2023
-yilda salbiy balans
biroz yaxshilanib, $6,0 milliardga kamaygan. Shu sababli eksportning o‘sishi tashqi savdo
balansini bir oz yaxshilagan
, ammo import hajmining yuqoriligi sabab salbiy ko‘rsatkich
saqlanib qolgan hamda Valyuta kursining qadrsizlanishi ichki ishlab chiqarishni rivojlantirishni
rag‘batlantirgan. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, valyuta kursining o‘zgarishi makroiqtisodiy
indik
atorlarga bevosita ta’sir qiladi: inflyatsiyani oshiradi, YAIM o‘sish sur’atiga ta’sir qiladi va
savdo balansidagi salbiy tendensiyalarni keltirib chiqaradi.
Muhokama. 2017-yil 2-
sentabrda “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi
navbatdagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon qabul qilindi. Ushbu farmon orqali valyuta
bozorini erkinlashtirish va milliy valyutaning
konvertatsiyasini ta’minlashga asos solindi.
Mazkur chora-tadbirlar iqtisodiyotni yanada ochiqroq qilishga va xorijiy investitsiyalarni jalb
etishga xizmat qildi.2019-
yilda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun esa
valyutaga oid davlat siyosatini yanada mustahkamlashga qaratilgan edi. Ushbu qonun doirasida
valyuta operatsiyalari erkinligi ta’minlandi va iqt
isodiy subyektlarga keng imkoniyatlar
yaratildi. Natijada, valyuta bozoridagi tartib-qoidalar ancha takomillashtirildi va milliy
iqtisodiyotning barqarorligini mustahkamlash uchun shart-sharoitlar yaratildi.Valyuta
kursining makroiqtisodiy barqarorlikka ta
’siri sezilarli darajada bo‘lib, uning dinamikasi
iqtisodiy ko‘rsatkichlarga turlicha ta’sir qiladi. Ushbu ta’sirni samarali bos
hqarish orqali
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va uzoq muddatli rivojlanishga erishish mumkin. Shu sababli,
valyuta kursini nazorat qilish va tartibga solish davlat iqtisodiy siyosatining muhim
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Valyuta kursining o‘zgarishi eksport va import hajmiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Past
valyuta kursi eksportni rag‘batlantiradi, ammo import xara
jatlarini oshiradi. Shu sababli,
O‘zbekistonning chet el valyutasi bozoridagi siyosati eksport va import o‘rtasidagi
muvozanatni saqlashga qaratilgan.Eksport va import balansi iqtisodiyotning tashqi savdo
faoliyatini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkich bo‘lib
, u valyuta kursining dinamikasiga sezilarli
ta’sir qiladi. Eksport –
mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning chet elga
sotilishi, import esa xorijiy mahsulot va xizmatlarning milliy bozorga kiritilishidir. Ushbu
jarayonlarning muvozanati tashqi savdo balansini shakllantiradi.
Valyuta kursining eksport va import balansiga ta’siri bir nechta asosiy om
illar orqali
amalga oshadi. Birinchidan, milliy valyutaning qadrsizlanishi (devalvatsiya) eksport qiluvchilar
uchun qulay sharoit yaratadi. Mill
iy mahsulotlar xorijiy bozorlarda arzonroq bo‘lib,
raqobatbardoshlik oshadi. Natijada, eksport hajmi o‘sishi mum
kin. Shu bilan birga, import
qilinadigan mahsulotlarning narxi oshib, import hajmi qisqaradi. Bu jarayon tashqi savdo
balansining yaxshilanishiga olib keladi.
Ikkinchidan, milliy valyutaning qadri oshganda (revalvatsiya), aksincha, eksport
mahsulotlari xor
ijiy bozorlarda qimmatroq bo‘lib, raqobatbardoshligini yo‘qotadi. Natijada,
eksport hajmi qisqarishi mumkin. Biroq, import mahsulotlari arzonlas
hadi va iste‘molchilar
tomonidan ko‘proq talab qilinadi. Bu esa tashqi savdo balansining salbiylashishiga olib k
elishi
mumkin.
Valyuta kursining eksport va import balansiga ta’siri faqat narx omillari bilan
cheklanmaydi. Bundan tashqari, iqtisodiy siyosat, ishlab chiqarish quvvatlari, logistika tizimi
va xalqaro talab kabi omillar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, 2017-yilda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan valyuta siyosatini
liberallashtirish choralari milliy valyutaning real qiymatini belgilashga va eksport salohiyatini
oshirishga xizmat qilgan edi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
160
Shuningdek, eksport va impor
t balansining barqarorligini ta’minlash uchun
diversifikatsiya siyosati muhim rol o‘ynaydi. Bu siyosat yangi bozorlarga chiqish, turli
sohalarda
eksport salohiyatini oshirish va ichki ishlab chiqarishni rivojlantirishni o‘z ichiga
oladi. Importning yuqori
hajmini kamaytirish uchun milliy ishlab chiqarishni qo‘llab
-
quvvatlash va strategik tovarlarni mahalliylashtirish zarur.
Makroiqtisodiy barqarorlik indikatorlari iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni baholash
uchun asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. 2018
-2022-yillar davomida ushbu indikatorlarning
asosiy ko‘rsatkichlari va ularning dinamikasi yoritilgan.
2-rasm. Makroiqtisodiy Barqarorlik indik
atorlarining o‘zgarishi
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sish sur‘ati 2018
-
yilda 5,1% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2019
-
yilda 5,6% gacha oshdi. 2020-
yilda pandemiya ta’siri tufayli 1,6% gacha pasaydi. 2021
-yilda
iqtisodiy tiklanish natijasida 6,2% o‘sish kuzatili
b, 2022-yilda 5,9% ni tashkil etdi.
Inflatsiya darajasi 2018-
yilda 14,3% bo‘lib, 2019
-yilda 15,2% gacha oshgan. 2020-yilda
inflatsiya darajasi 11,1% gacha pasaygan bo‘lsa, 2021
-yilda 10% ga tushgan, 2022-yilda esa
12,3% gacha ko‘tarilgan.
Ishsizlik darajasi 2018-
yilda 9,1% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2019
-yilda 9% gacha pasaygan.
2020-yilda pandemiya sababli 10,5% gacha oshgan, 2021-yilda 9,8% gacha pasaygan va 2022-
yilda 9,4% ni tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkichlarning dinamikasi makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sir qiluvchi
omillarni, jumladan pandemiya, inflatsiya va iqtisodiy tiklanish jarayonlarini ochib beradi.
Makr
oiqtisodiy barqarorlik indikatorlari mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini o‘lchash
uchun muhim ahamiyatga ega. YaIMning o‘sishi iqtisodiy tiklan
ish va rivojlanishni aks ettirsa,
inflatsiya va ishsizlik darajasi iqtisodiy barqarorlikka tahdid soluvchi asosiy omillar sifatida
e‘tiborga olinadi. Ushbu indikatorlarni doimiy kuzatib borish va ularni barqarorlashtirish
iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nal
ishi hisoblanadi.
Valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki omillarga mamlakatda amalga oshirilayotgan pul
-
kredit siyosati, aholi va tadbirkorlarning valyuta kursi o‘zgarishi va inflatsiya bo‘yicha
kutilmalari kiradi. Xususan, Markaziy bank tegishli pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali
pul massasi yuqori sur’atlarda o‘sishining oldini olish hamda milliy valyutadagi aktivlarning
jozibadorligini oshirish yo‘li bilan chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif darajasiga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Bund
a amaldagi qayta m
oliyalash stavkasi bo‘yicha bank tizimiga
likvidlilik berish yoki uni jalb qilish, tijorat banklari uchun majburiy rezerv talablarini
o‘zgartirish va boshqa choralarni qo‘llagan holda pul
-kredit siyosati instrumentlaridan faol
foydalaniladi. Monetar siyosa
t, shu jumladan, valyuta kursi siyosatining shaffofligini ta’minlash
hamda aholining bu siyosatlardan kutayotgan o‘zgarishlarni o‘rganish maqsadida Markaziy
bank jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
161
Ushbu maqsadlarga erishish uchun davriy ravishda pul-kredit sohasida amalga
oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan chora-
tadbirlarni tavsiflovchi tahliliy ma’lumotlar
ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi. Xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifg
a hamda
valyuta ku
rsi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tashqi omillarga O‘zbekistonning asosiy savdo
hamkorlari bo‘lgan mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyat va ularda amalga oshirilayotgan pul
-
kredit, shu jumladan kurs siyosati, tashqi bozorlardagi kon’yunktura ha
mda respublikaga jalb
qilinayotgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar, tashqi qarzning qaytarilishi borasida
bo‘layotgan o‘zgarishlar va ularning dinamikasi kiradi. Ushbu omillarning barchasi mamlakat
to‘lov balansiga, ya’ni respublikaga valyuta mablag‘l
arining kirib kelishi va undan chiqib ketishi
hajmlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Valyuta kursining bozor mexanizmlari asosida
shakllanishi va uning tashqi iqtisodiy sharoitlarga mos ravishda o‘zgarib borish xorijiy
valyutaga bo‘lgan talab va taklifni m
uvozanatlashtirish imkonini beradi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, aynan bozor mexanizmlari asosida shakllanadigan valyuta kursi
tashqi sharoitlar o‘zgarishiga tez moslashish va uning salbiy oqibatlarini minimallashtirish
orqali “avtomatik
st
abilizator” funksiyasini bajaradi. Tashqi omillarning ta’siri kuchaygan
sharoitda
ayirboshlash
kursini
barqarorlashtirish
bo‘yicha
pul
-kredit
siyosati
imkoniyatlarining cheklanganligini inobatga olgan holda Markaziy bankning asosiy e’tibori
valyuta kursi o
‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatishga, ya’ni ichki narxlar oshishining
oldini olishga qaratiladi. Xususan, devalvatsiya jarayonlari yuzaga kelganda Markaziy bankning
foiz siyosati monetar omillarning inflatsiyaga ta’sirini kamaytirish, so‘mni
ng xarid qobiliyatini
saqlab qolish va milliy valyutadagi moliyaviy aktivlarning (aholi va xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning jamg‘armalari) qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratiladi.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Gregory Mankiw N. “Macroeconomics”
(2021) , “WORTH” publishers ninth edition.
Karimov X., (2018) “O‘zbekiston iqtisodiyoti va valyuta kursining global iqtisodiyotga
ta’siri”.
Mirzaev N., (2021) “Valyuta kursining barqarorligi va iqtisodiy islohotlar”.
Rahmonov D. (2019),
“O‘zbekistonning v
alyuta kursi va uning global moliyaviy bozorlar
bilan bog‘liqligi”.
Romer D. (2022)“Advanced Macroeconomics” , “McGraw
-
Hill Education” publisher fifth
edition.
Shamsiyev A (2017) “O‘zbekistonning milliy valyutasi —
so‘mning bozor kursiga
o‘tishi va
iqtiso
diy barqarorlik”.
Tursunov B., (2011) “O‘zbekistonning valyuta kursi siyosati va eksport
-import balansiga
ta’siri”.
Tursunov T. va Kholikov A., (2022). “Valyuta kursining ichki bozor narxlari va ishbilarmonlik
muhitiga ta’siri”.
Tursunov T., A.Kholikov, (2
016) “Valyuta kursi va uning iqtisodiyotni boshqarishdagi roli”.
Xodjaev I. va Tashpulatov N. (2010). “Valyuta kursi va uning iqtisodiyotdagi roli”.
