Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
120
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA
XIZMATLARIDAN FOYDALANISH
Rajaboyev S
hahboz Shodi o‘g‘li
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0000-0002-0997-6689
Xamidova Pokiza Mansurovna
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0009-000609414789
Annotatsiya.
Mazkur maqola axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
xizmatlaridan foydalanishning o‘sishini, uning iqtisodiyotning turli sohalariga ta’sirini va keltirib
ch
iqaradigan yangi imkoniyatlar va muammolarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda AKT
xizmatlaridan foydalanishning samaradorligi va iqtisodiy o‘sishga ta’siri, shuningdek, iqtisodiy
t
engsizlik va kiberxavfsizlik kabi muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisodiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT),
kiberxavfsizlik, iqtisodiy tengsizlik, raqamlashtirish, axborot-kommunikatsion xizmatlar faoliyati.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННО
-
КОММУНИКАЦИОННЫХ УСЛУГ
В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ
Ражабоев Шахбоз Шоди угли
Самаркандский институт экономики и сервиса
Хамидова Покиза Мансуровна
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация.
Данная статья посвящена анализу роста использования услуг
информационно
-
коммуникационных технологий (ИКТ), его влияния на различные
отрасли экономики, а также новых возможностей и проблем, которые он создает. В
исследовании рассматривается эффективность использования услуг ИКТ и их влияние
на экономический рост, а также такие важные аспекты, как экономическое неравенство
и кибербезопасность.
Ключевые слова:
цифровая экономика, нформационно
-
коммуникационные
технологии (ИКТ), кибербезопасность, экономическое неравенство, цифровизация,
информационно
-
коммуникационные услуги.
UO‘K:
338.47
I SON - YANVAR, 2025
120-124
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
121
USING INFORMATION AND COMMUNICATION SERVICES IN THE
CONTEXT OF THE DIGITAL ECONOMY
Rajaboyev Shahboz Shodi ogli
Samarkand Institute of Economics and Service
Khamidova Pokiza Mansurovna
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
This article is devoted to the analysis of the growth of the use of information and
communication technologies (ICT) services, its impact on various sectors of the economy, and the
new opportunities and problems it creates. The study examines the effectiveness of using ICT
services and their impact on economic growth, as well as important aspects such as economic
inequality and cyber security.
Keywords:
digital economy, information and communication technologies (ICT), cyber
security, economic inequality, digitization, information and communication services.
Kirish.
Dunyo miqyosida fan va texnologiya jadallik bilan rivojlanib kelmoqda, insoniyatning
bilim va tajribasini qo‘llash orqali yangi texnologiyalarni yaratish, takomillashtirish va qo‘llash
jarayoni doimiy va uzluksiz davom etib, hamda jamiyatning barcha jihatl
ariga ta’sir
ko‘rsatadigan murakkab jarayon sifatida bo‘lib kelmoqda, jumladan raqamli iqtisodiyotning tez
fursatlarda rivojlanishi axborot-kimmunikatsiyon (AKT) xizmatlaridan foydalanishni tubdan
o‘zgartirdi, hamda ularni iqtisodiyotning turli sohalarida
muhim omilga aylantirdi. Bugungi
kunda AKT xizmatlari nafaqat aloqa vositalari, balki ishlab chiqarish, savdo, ta’lim, sog‘liqni
saqlash va boshqa sohalarda samaradorlikni oshirib, dunyo miqyosida hamkorlik qilish
imkoniyatini beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Ushbu mavzuda izlanish olib brogan xalqaro tadqiqotchilardan:
Klaus Schwab "To‘rtinchi sanoat inqilobi" tushunchasini ilgari surgan. U raqamli
texnologiyalar
va iqtisodiyot integratsiyasining ahamiyatini ta’kidlagan. AKT xizmatlari
raqamli transformatsiyada asosiy dvigatel ekanligini aytgan.
("To‘rtinchi sanoat inqilobi" 2016)
Manuel Castells AKT va "axborot jamiyati" tushunchasini rivojlantirishga katta hissa
qo‘shgan. Axborot
-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy va
siyosiy jihatdan o‘zgartirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatgan. ("Axborot asri: iqtisodiyot,
jamiyat va madaniyat" 1996-1998).
Don Tapscott Raqamli iqtisodiyot va blockchain texnologiyalarining rivojlanishi haqidagi
kitoblari bilan
mashhur. U axborot xizmatlari biznes modellarini qanday o‘zgartirishini
o‘rgangan. ("Raqamli iqtisodiyot: yangi iqtisodiy tartibotning va’dalari va xavflari" 1995)
.
Robert Solow Raqamli texnologiyalar iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim omil
ekanligi
ni ta’kidlagan. Ammo u "texnologiyalarni iqtisodiy statistika orqali o‘lchash qiyin"
ekanligini ham qayd etgan. ("Texnologiya va iqtisodiy o‘sish" 1957)
.
Shundan O‘zbekistonlik olimlar
ham jumladan, Rustam Karimov AKT rivoji va raqamli
iqtisodiyot masalala
rini o‘rganib, xizmatlar sohasidagi texnologik jarayonlarni
tezlashtirishning ahamiyatini yoritgan. ("O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi:
holati, muammolari va istiqbollari" 2020).
Botir Xo‘jayev O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotga o‘tish
strategiyasi va AKT
infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy ishlari bilan tanilgan. ("Raqamli iqtisodiyotga
o‘tish: O‘zbekiston tajribasi" 2021).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
122
O‘zbekiston Prezidentining 2020
yil 28 apreldagi farmoni Ushbu farmonda raqamli
iqtisodiyotni rivojlan
tirish bo‘yicha O‘zbekistonda "Raqamli O‘zbekiston –
2030" dasturi ishlab
chiqildi. Ushbu dastur raqamli xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot ishi
ni bajarishda kuzatish, ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, taqqosla
sh,
mahalliy va xorijiy olimlarning iqtisodiyotda AKTni qo‘llash faoliyatidagi iqtisodiy qarashlari,
sohadagi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha izlanishlari hamda sohaga doir qo
nuniy
va me’yoriy
-
huquqiy hujjatlar o‘rganilib, xulosa va takliflar ish
lab chiqildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
“Raqamli iqtisodiyot” yoki “Digital Economy” atamasi barcha rivojlangan davlatlarda keng
qo‘llanishidan xabardormiz. Raqamli iqtisodiyot
atamasi birinchi bor 1995-yilda amerikalik
olim Don Tepkott tomonidan asos solingan va aynan shu yilda dasturchi Nikolas Negraponte
tomonidan amaliyotga kiritilgan. Raqamli iqtisodiyot
–
bu iqtisodiy faoliyat hisoblanib, bunda
obyekt va subyekt o‘rtasidagi
bog‘lanishlar (faoliyat) ya’ni raqamli kommunikatsiyalar,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi.
Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasi, hamda kriptovalyutalar raqamli iqtisodiyotning bir
bo‘lagi hisoblana
di. Masalan: elektron savdo va xizmatlar, texnologiyalarga asoslangan
innovatsiyalar (sun’iy intellekt), masofaviy ish,
onlayn ta’lim, elektron bank xizmatlari va
boshqalar. Bundan ma’lumki, bu iqtisodiyot turning afzalliklari ichida qulaylik, samaradorlik
,
va ko‘proq imkoniyatlar mavjud.
Shu bilan birga Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Yaponiya kabi dunyoning yetakchi
d
avlatlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston ham, bu sohani davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof
etgan. Hozirgi kunda mamlakatda raqamli iqtisodiyotlarni integratsiya qilish, davlat
boshqaruvi, tibbiyot, ta’lim, taransport, bank
-moliya va boshqa sohalarni raqamlashtirish
bo‘yicha bir qator muhim ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
tomonidan 2020-yil 5-
oktabrda “Raqamli O‘zbekiston
-
2030” strateg
iyasi qabul qilindi. Ushbu
strategiyaning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalarining
raqamlashtirishga qaratilagn bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni raqamlashtirish nazarda tutiladi:
•
elektron hukumat tizimini rivojlantirish;
•
sun’iy intell
ekt texnologiyalarini rivojlantirish;
•
raqamli infrotuzilmani kengaytirish;
Raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda “Yalpi ichki mahsulot” hajmi va aholi son
boshiga ulushi ham yuqoridir.
Raqamli iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiyon texnologiyalar yordamida tannarxni
kamaytirish va buning natijasida optimallashuv, hamda samaradorlik oshishiga erishiladi.
XX-asr oxiri
–
XXI-asr boshlari
da jahon iqtisodiyoti raqamli transformatsiyadan o‘tdi yoki
AKT foydalanishga
asoslangan iqtisodiyotga o‘tish boshlandi. Bu o‘tish bir necha omillar bilan
bog‘liqdir, bular;
Texnologik taraqqiyot: Kompyuter texnologiyalari rivojlanishi, internetning keng
t
arqalishi, mobil aloqa texnologiyalari, dasturiy ta’minotning rivojlanishi;
Ijtimoiy-
madaniy omillar: Ma’lumotga bo‘lgan talabning oshishi, odamlarning yangi
texnologiyalarga moslashuvi;
Iqtisodiy omillar; Globalizatsiya, bozorning liberallashuvi va investitsiyalar oqimi;
Mazkur omillar bir-
biri bilan chambarchas bog‘liq bolib, bir
galikda Axborot-
Kommunikatsiyon Texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirdi.
AKT xizmatlarining iqtisodiyotga ta’siri:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
123
➢
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish: AKT vositalari ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish va ischi kuchini samaraliroq boshqarish imkonini beradi. Bu esa
unumdorlikning oshishi va xarajatlarning kamayishiga olib keladi.
➢
globalizatsiya va bozorlarga kirish: AKT xizmatlari kompaniyalarga chet el bozorlariga
kirishni osonlashtiradi, xalqaro hamkorlikni kuchaytiradi va global qiymat zanjirlariga
integratsiyalashish imkonini beradi.
➢
yangi biznes modellarining paydo bo‘lishi: Elektron tijorat, platform bizneslari
(masalan, Uber, Airbnb), fintech va boshqa raqamli biznes modellarining rivojlanishi AKT
xizmatlari
ga bog‘liq. Bu yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va innovatsiyalarni rag‘batlantirishga
olib keladi.
AKTning ko‘plab imkoniyatlari mavjud bo‘lsada uning bir nechta muammolari ha
m
mavjuddir. Ushbu muammolar turli xil darajada, jamiyat, shaxslar va butun dunyo miqyosida
nomoyon bo‘ladi. Quyida AKTning asosiy muammolari kelririlgan:
➢
kiberxavfsizlik. Shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari, moliyaviy resurslari va
tizimlarining xavfsizligi
ga tahdid solibgina qolmasdan ularning muhim ma’lumotlarining
o‘g‘irlanishi yoki sotishi oqibatida katta zararlar keltirishi mumkin.
➢
iqtisodiy tengsizlik. Internetga kirish imkoniyatining teng bo‘lmaganligi ta’lim, ish va
boshqa imkoniyatlarning tengsizlik
ka olib kelishi mumkin, hamda ba’zi odamlar yangi
texnologiyalarga moslashishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shuningdek, avtomatlashtirish
tufayli ba’zi ish o‘rinlari yo‘qolishi mumkin.
➢
ijtimoiy muammolar. Internet va ijtimoiy tarmoqlarga ortiqcha qaramlik odamlarning
hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. On
layn aloqa yuzma-
yuz muloqotning o‘rnini to‘liq
bosa olmaydi va bu ijtimoiy izolyatsiyaga olib keladi. Soxtalashtirilgan yangiliklar va
dezinformatsiya jamoatchilik fikriga salbiy ta’sir ko‘rsat
ib oqibatda ijtimoiy tartibsizliklarga
sabab bo‘lishi mumkin.
Ushbu muammolarni hal qilish uchun turli xil choralar ko‘rish kerak. Albatta bu
muammolarni engish va AKTning afzalliklaridan xavfsiz va samarali foydalanishni ta’minlash
zarur.
Xulosa va takliflar.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida AKT xizmatlaridan foydalanishning ijobiy tomonlari juda
ko‘p. U iqtisodiy o‘sishni tezlashtiradi, ijtimoiy hayotni yaxshilaydi va innovatsiyalarni
rag‘batlantiradi. Biroq, raqamli tengsizlik, kiberxavfsizlik va ijtimoiy
muammolar kabi
qiyinchiliklarni hisobga olib, AKT xizmatlaridan oqilona va samarali foydalanish uchun
strategiya va siyosatlar ishlab chiqish va amalga oshirish juda muhimdir. Bu esa AKT
infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli savodxonlikni oshirish, kib
erxavfsizlikni ta’minlash va
raqamli tengsizlikni kamaytirish
choralarini o‘z ichiga oladi. Faqat shu yo‘l bilan raqamli
iqtisodiyotning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish va jamiyatning barcha a’zolari
uchun adolatli va barqaror rivojlanishni ta’m
inlash mumkin.
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
Botir Xo‘jayev
(2021)
"Raqamli iqtisodiyotga o‘tish: O‘zbekiston tajribasi"
.
Don Tapscott (1995)
"Raqamli iqtisodiyot: yangi iqtisodiy tartibotning va’dalari va
xavflari".
Klaus Schwab (2016)
"To‘rtinchi sanoat inqilobi"
.
Manuel Castells (1996-1998) Axborot asri: iqtisodiyot, jamiyat va madaniyat" .
Rajaboev S. S. Technologies of Using Multimedia Tools in Teaching Economic Sciences
//Spanish Journal of Innovation and Integrity.
Rajaboyev S. Экологическое образование в целях устойчивого развития территорий
//Scienceweb academic papers collection.
–
2022.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
124
Rajaboyev, S. (2024). ZAMONAVIY SHAROITDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Iqtisodiy taraqqiyot
va tahlil, 2(12), 160
–
166.
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss12-pp160-166
Robert Solow (1957)
"Texnologiya va iqtisodiy o‘sish"
.
Rustam Karimov (2020)
"O‘zbekistonda raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishi: holati,
muammolari va istiqbollari".
Shodiyevich, R. S. ., Xusniddin Qizi, J. S. ., & Zafar qizi, O. F. . (2024). Benefits of Social
Networks in the Field of Services. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development,
3(2), 84
–
https://www.bjisrd.com/index.php/bjisrd/article/view/1533
Shodiyevich, R. S., Shodiyevich, R. S., & o‘gʻliU. S. B. (2023). ACCOUNTING ISSUES IN T
HE
DIGITAL ECONOMY. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER
SCIENCES, 4(6),
80-84.
Retrieved
from
https://cajmtcs.centralasianstudies.org/index.php/CAJMTCS/article/view/475
Ражабоев Ш. Ш. РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ТЕХНОЛОГИЧЕСКОМ
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВЕ //ББК 65.29 я43 Т384. –
2022.
–
С. 54.
Ражабоев Ш. Ш. ЦИФРОВИЗАЦИЯ И ЗЕЛЕНЫЙ СЕКТОР В УСТОЙЧИВОМ РАЗВИТИИ
//ББК 65.05 П 78. –
С. 596.
Ражабоев Ш. Ш. Экологическое образование в целях устойчивого развития
территорий.–
2022 //Kielce: Laboratorium Wiedzy Artur Borcuch.
–
2022.
