Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
50
AN’ANAVIY VA ISLOMIY BANKLARNING INTEGRATSIYASI: JAHON MOLIYA BOZORIDAGI
IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Eshimov Alisher Dusmurodovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huz
uridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini
rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy
-tadqiqot markazi
ORCID 0009-0006-8384-578X
Dadabayev Umidjon Abdusamat o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini
rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy
-tadqiqot markazi
ORCID: 0000-0001-7143-2351
Annotatsiya.
Ushbu maqolada an’anaviy v
a islomiy banklar faoliyatining integratsiyasi jarayonlari,
ularning global moliya bozoriga ta’siri va ushbu sohadagi imkoniyatlar hamda muammolar o‘rganiladi.
Tadqiqotda an’anaviy banklar tarkibida “Islom darchalari”ni tashkil etishning iqtisodiy samarado
rligi,
moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi roli va
moliya bozorini diversifikatsiya qilish imkoniyatlari tahlil
qilinadi. Shuningdek, ushbu integratsiyaning rivojlanayotgan mamlakatlarda bank tizimi barqarorligi va
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi ahamiyati empirik va nazariy yondashuvlar asosida yoritiladi.
Maqola xalqaro moliyaviy hamkorlik va islomiy moliyaning jahon moliya bozorida o‘rnini mustahkamlash
istiqbollarini ochib beradi.
Kalit so‘zlar:
alternativ moliya bozori, banklar integratsiy
asi, islom darchalari, an’anaviy banklar,
moliyaviy inklyuzivlik, bank sektori barqarorligi, xorijiy investitsiyalar.
ИНТЕГРАЦИЯ ТРАДИЦИОННЫХ И ИСЛАМСКИХ БАНКОВ: ВОЗМОЖНОСТИ И
ПРОБЛЕМЫ НА МИРОВОМ ФИНАНСОВОМ РЫНКЕ
Эшимов Алишер Дусмуродович
Научно
-
исследовательский центр «Научные основы и проблемы развития экономики
Узбекистана» при Ташкентском государственном экономическом университете
Дадабаев Умиджон Абдусамат угли
Научно
-
исследовательский центр «Научные основы и проблемы развития экономики
Узбекистана» при Ташкентском государственном экономическом университете
Аннотация.
В данной статье рассматриваются интеграционные процессы традиционных
и исламских банков, их влияние на мировой финансовый рынок, а также возможности и проблемы
в этой области. В исследовании анализируется экономическая эффективность организации
«исламских окон» внутри традиционных банков, их роль в
обеспечении финансовой стабильности
и возможности диверсификации финансового рынка. Также на основе эмпирических и
теоретических подходов подчеркивается важность
данной интеграции в стабильности
банковской системы развивающихся стран и привлечении иностранных инвестиций. В статье
раскрываются перспективы международного финансового сотрудничества и
укрепления
позиций исламских финансов на мировом финансовом рынке.
Ключевые слова:
альтернативный финансовый рынок, интеграция банков, исламские
филиалы, традиционные банки, финансовая доступность, стабильность банковского сектора,
иностранные инвестиции.
UO‘K:
339.187.62
I SON - YANVAR, 2025
50-57
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
51
INTEGRATION OF TRADITIONAL AND ISLAMIC BANKS: OPPORTUNITIES AND
CHALLENGES IN THE GLOBAL FINANCIAL MARKET
Eshimov Alisher Dusmurodovich
Scientific Research Center "Scientific Foundations and Problems of the Development of the
Economy of Uzbekistan" at Tashkent State University of Economics
Dadabaev Umidjon Abdusamat ugli
Scientific Research Center "Scientific Foundations and Problems of the Development of the
Economy of Uzbekistan" at Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article examines the processes of integration of traditional and Islamic
banking activities, their impact on the global financial market, and the opportunities and
challenge
s in this area. The study analyzes the economic efficiency of the creation of “Isl
amic
windows” within traditional banks, their role in ensuring financial stability, and the possibilities
of diversifying the financial market. It also highlights the importance of this integration in the
stability of the banking system in developing countries and attracting foreign investment based
on empirical and theoretical approaches. The article reveals the prospects for international
financial cooperation and strengthening the position of Islamic finance in the global financial
market.
Keywords:
alternative financial market, bank integration, Islamic banks, traditional banks,
financial inclusion, banking sector stability, foreign investments.
Kirish.
Jahon moliya bozor
larida so‘nggi yillarda islomiy moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talab
sezilarli darajada oshib bormoqda. Shariat tamoyillariga asoslangan bu xizmatlar nafaqat
musulmon aholisi ko‘p bo‘lgan hududlarda, balki boshqa mamlakatlarda ham qiziqish
uyg‘otmoqda. Shu bilan birga, an’anaviy banklar tarkibida “Islom darchalari”ni tashkil etish
or
qali islomiy moliya bozorini kengaytirish tendensiyasi paydo bo‘lmoqda. Ushbu jarayon
nafaqat moliyaviy inklyuzivlikni oshirish, balki global moliya bozorida yangi imkoniyatlar
y
aratish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish uchun katta ahamiyatga ega.
A
n’anaviy va islomiy banklar faoliyatining integratsiyasi moliya bozorining
diversifikatsiyasi, bank sektorining raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro moliyaviy
hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ammo bu jarayon iqtisodiy samaradorlikni
ta’min
lash va huquqiy-me'yoriy muammolarni hal qilishda muhim qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Ushbu maqolada mazkur muammolar va imkoniyatlar aniq tahlil qilinadi hamda
islomiy mo
liyaviy xizmatlarning global moliya bozoridagi o‘rni va istiqbollari yoritilad
i.
Mazkur tadqiqot xalqaro moliya tizimining integratsiyalashuv jarayonida islomiy
moliyaning ahamiyatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi va rivojlanayotgan mamlakatlarda
ushbu
modelning iqtisodiy ta’sirini baholashga yordam beradi.
Ma’lumki, dunyoda islom banklari soni, shuningdek tijorat banklari tarkibida ochilgan
islom darchalari soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. Bu, albatta, islom moliyasi lamidagi
moliyaviy qiymatlar tobora ortib borayotganidan darak beradi. Tadqiqotda dunyoning islom
banklari aktivlari dinamikasi va islom banklari soni va tijorat banklarida ochilgan islom
darchalari o‘rtasidagi munosabat o‘rgnildi.
Adabiyotlar sharhi.
An’anaviy va islomiy banklarning integratsiyasi bo‘yicha adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki,
ushbu jarayon moliyaviy barqarorlikni oshirish va bozorni diversifikatsiya qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy integratsiya global hamkorlikni kuchaytirishning muhim omili
hisoblanadi. Iqt
isodchi olimlar (Ahmad, 2017) o‘z tadqiqotida islomiy va an’anaviy banklar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
52
o‘rtasidagi hamkorlikning moliyaviy tizim barqarorligiga ta’sirini o‘rgangan. U ushbu
hamkorlikning moliyaviy xizmatlar innovatsiyasini oshirishdagi rolini ta’kidlagan.
Shuningdek,
dunyoning bir qator ilg’or mamlakatlari iqtisodchi olimla
ri (Iqbal va
Mirakhor, 2011) moliyaviy sektorni diversifikatsiya qilishda islomiy moliya xizmatlarining
rolini o‘rganadi. Ular an’anaviy banklar tarkibida islomiy moliya xizmatlarini joriy etish
raqobatbardoshlikni oshirishi va yangi bozorlarni ochishi mum
kinligini ta’kidlashgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy xizmatlarni kengaytirish va xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishda islomiy moliyaning o‘rni juda muhimdir. Bruce Hearn ko‘pincha
rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy tizim va institutsion
al muhitni o‘rganishga e’tibor
qaratadi. Moliyaviy barqarorlik, korporativ samaradorlik va investitsiya modellarini tahlil
qilish bilan shug‘ullanuvchi britaniyalik iqtisodchi va tadqiqotchi olimlar
Bruce Hearn va
Jenifer Piesse islomiy moliyaviy xizmatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarda inklyuziv moliya
tizimini shakllantirishdagi ahamiyatini o‘rganadi (Hearn va Piesse, 2010).
Shuningdek, bir qator olimlar islomiy banklar va an’anaviy banklar inqir
ozga qanday
munosabatda bo‘lishlarini tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, islomiy
banklarning aktivlarga asoslangan moliyaviy modeli moliyaviy inqiroz davrida barqarorlikni
ta’minlaydi (Kammer va boshq., 2015).
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot metodologiyasi an’anaviy va
islomiy banklarning integratsiyasi
jarayonlarini tahlil qilishda mahalliy va xorijiy mualliflarning ilmiy yondashuvlariga asoslanadi.
Ayniqsa, "Islom darchalari"ning iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy barqarorlik
ka qo‘shgan
hissasi va global moliya bozorid
a ushbu integratsiyaning roli kabi jihatlar alohida o‘rganiladi.
Tadqiqotning uslubiy asosini strukturaviy-funksional yondashuv va islom iqtisodiyoti va
moliyasidagi neoliberal nazariy tamoyillar tashkil etadi. Strukturaviy-funksional yondashuv
yordamida “islomiy darchalar”ning an’anaviy banklar faoliyatiga ta’siri va bu jarayonning
moliyaviy tizimni barqarorlashtirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Neoliberal yondashuv orqali esa
integratsiyaning bozor mexanizmlariga moslashuvchanligi va xalqaro moliyaviy hamkorlikni
rivojlantirishdagi istiqbollari o‘rganiladi.
Tadqiqot jarayonida nazariy yondashuvlar empirik dalillar bilan birlashtiriladi. Bu orqali
rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi va xalqaro amaliyotga asoslang
an holda an’anaviy va
islomiy banklar faoliy
atining integratsiyasi bo‘yicha iqtisodiy va institutsional tavsiyalar ishlab
chiqiladi. Ushbu yondashuv tadqiqot mavzusini kompleks yoritishga va global moliya bozorida
ushbu integratsiyaning imkoniyatlari va muammolarini chuqur tahlil qilishga imkon yaratadi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Zamonaviy global moliya bozorida islomiy moliyaning ahamiyati ortib bormoqda. Shariat
tamoyillariga asoslangan ushbu moliyaviy model nafaqat musulmon aholisi ko‘p bo‘lgan
hududlarda, balki boshqa mintaqalarda ham qiz
iqish uyg‘otmoqda. Islomiy moliya, xususan,
“islomiy darchalar”, moliyaviy inklyuzivlikni oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda
samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
!- rasm dunyo moliya bozorida islomiy moliyaning geografik taqsimotini aks ettiradi. Bu
ko‘rsatkichlar ushbu mintaqalarda islomiy moliya tamoyillariga asoslangan xizmatlarga yuqori
talab mavjudligini va iqtisodiy faoliyatning yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Mazkur tendensiyani O‘zbekistond
a ham davom ettirish uchun avvalo islom darchalarini
joriy etishga to‘g‘ri keldi. Odatda, biron mamlakatda islom moliya tizimi bo‘yicha qonunchilik
mavjud bo‘lmaganda an’anaviy banklar va sug‘urta korxonalari qaramog‘ida islom darchalari
tashkil etiladi. C
hunki, islom darchalari ma’lum mamlakatning
huquqiy tizimi, mavjud
qonunlari asosida chegaralangan miqdordagi ayrim xizmatlar va moliyaviy mahsulotlarni,
an’anaviy bank yoki sug‘urta korxonasining tarkibiy qismi mahsuloti sifatida taklif etadi
(Eshimov, 2024).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
53
1-rasm. 2021-
yilda dunyo bo‘ylab islom
banklari aktivlari qiymati
(mlrd. AQSh dollarida)
(ICD and Refinitiv, 2022)
Har tomonlama mukammal islom bankchiligi xizmatlari va moliyaviy mahsulotlari esa,
odatda, o‘sha mamlakatda mazkur sohaga tegishli q
onunlar ishlab chiqilganidan keyin ommaga
taqdim etiladi. Shu nuqtai nazardan, ko‘pincha, islom darchalari tashkil qilishdan quyidagi
maqsadlar ko‘zlanadi:
1) mazkur o‘lkada xalqning islom moliya mahsulotalariga bo‘lgan talabi qanday o‘zi,
o‘rganish;
2) ko
‘zda
tutilmagan ortiqcha xarajatlarsiz banklarning mavjud infratuzilmalari
–
binolar,
faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar va boshqalar orqali muqobil moliya xizmatlarini taklif etish;
3) shuningdek, ochilgan islom darchalari faoliyatini tadqiq etish va chuqur tahlil qilish
orqali, mamlakatda islom moliyasi va bankchiligiga oid qonun ishlab chiqish nuqtai nazardan
taklif va tavsiyalar berish;
4) kichik biznes vakillari, hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish orqali
ularning mamlakat iqtisodiyotidagi ishtirokini oshirish, shuningdek, islom darchasi faoliyati
natijasi tahlili asosida banklarning yaqin kelajakdagi rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish;
2-rasm. Islom banklarining ishlash mexanizmi
Manba:
muallif tomonidan ishlandi.
1188
1100
320
88
64
4,31
0
200
400
600
800
1000 1200 1400
Ko‘rfaz hamkorlik kengashi
O‘rta Sharq va shimoliy Afrika
Janubi-sharqiy Osiyo
Janubiy Osiyo
Yevropa
Boshqalar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
54
Yuqoridagi 2-rasm
da islom banklarining bank va investorlar o‘rtasida omonatlar,
investitsiyalar bilan, shuningdek bank va mijoz o‘rtasida moliyalashtirish yoki investitsiyalash
qanday operatsiyalar orqali amalga oshirilishi tasvirlangan. An’anaviy banklardan farqli o‘laroq
(3-
rasm) islom banklari faqatgina foiz asosida ish yuritmaydi, balki bank va investor o‘zaro
vadia, vakala, mudoraba shartlari yoki qarz asosida munosabatga kirishadi. Mijozga esa
murobaha, salam, ijara, istisna, mudoraba va mushoraka shartlari asosida munosabatga
kirishadi. Tadqiqotning birinchi bobida bu nazariyalar keng yoritilgani bois, islom banklari
sherikchilik va foydani taqsimlash printsipiga, unga ters ravishda an’anaviy banklar faqatgina
foiz asosida moliyaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish
i ikkala bank tizimlari uchun berilgan eng
umumiy ta’rif deyish mumkin (Eshimov, 2024).
3-
rasm. An’anaviy banklarning ishlash mexanizmi
Manba:
muallif tomonidan ishlandi.
Yuqoridagi rasmda esa an’anaviy banklarning ishlash mexanizmi
tasvirlangan,
unga ko‘ra an’anaviy banklar investorlar va mijozlar bilan faqat foiz asosida ishlashi
tushuniladi.
Tijorat bankidagi islomiy darcha deganda islom tamoyillari va shariat qonunlariga
muvofiq faoliyat yurituvchi an’anaviy bank tarkibidagi ajrat
ilgan yoki ixtisoslashtirilgan bank
bo‘linmasi tushuniladi. Islom moliyasida shariatga rioya qilish muhim va islomiy darchalar
anʼanaviy bank tizimi doirasida faoliyat yuritishda islom tamoyillariga amal qiladigan
moliyaviy xizmatlarni taklif qilish uchun joriy etiladi.
Islomiy dar
chalarni joriy etilgandan so‘ng ularning faoliyati tartibga solib turiladi,
shuningdek nazorat ostida bo‘ladi. Ko‘pgina mamlakatlarda tartibga soluvchi organlar shariat
tamoyillariga rioya qilishni ta’minlash uchun islomiy moliya
uchun asos yaratiladi. Bunday
normativ ko‘rsatkichlar kapitalning yetarliligi, risklarni boshqarish, savdo shartlarini va
faoliyat yo‘nalishini oshkora, shaffof amalga oshirish va shariat kengashi a’zolarining malakasi
kabi jihatlarni qamrab olishi mumkin. Quyidagi 4-
rasmda an’anav
iy banklarda islom darchalari
ochilganda erishiladigan afzalliklar tasvirlamgan.
4-rasm. Banklarda islom darchlari ochilganda erishiladigan afzalliklar
Manba:
muallif tomonidan ishlandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
55
Islomiy darchaga ega banklar shariatga mos moliyaviy xizmatlarni qidirayotgan
mijozlarni jalb qilish uchun maqsadli marketing bilan shug‘ullanadi. Islomiy darchalar,
shuningdek, islomiy moliya xizmatlarini afzal ko‘rgan jismoniy shaxslar va korxonalarga
xizmatlar ko‘rsatish orqali moliyaviy inklyuziyaga hissa qo‘shadi (E
shimov, 2023).
Tijorat banklarida islomiy darchalar an’anaviy tijorat banklari tarkibiga islom banki
xizmatlarini kiritish mazmunini anglatadi. Ushbu oynalar tijorat banklariga an’anaviy takliflar
bilan bir qatorda, islom moliya mahsulotlar va xizmatlarini, taklif qilish imkonini beradi.
Islomiy darchalardan foydalanish turli mamlakatlarda, jumladan, sobiq sovet mamlakatlarida
(Abdullah va Suya, 2023), Iroqda (Almira, 2022) va Efiopiyada (Mohamed va boshq., 2019)
oʻrganilgan. Mazku
r tadqiqotlar islom darchalarda risklarni boshqarish amaliyotlari, islom
darchalarining paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi, islom darchalari xizmatlari narxi va texnik
samaradorligi kabi turli jihatlarga qaratilgan. Tadqiqotlarda ushbu modelning afzalliklari va
kamchiliklari yoritib b
eriladi, islom darchalarini ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi
hamda tijorat banklaridagi faoliyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Umuman olganda, tadqiqot
shuni ko‘rsatadiki, islom darchalari yangi biznes imkoniyatla
rini taqdim etishi va tijorat banki
sektorida islom moliyasi aktivlarining o‘sishiga hissa qo‘shishi mumkin.
Har bir bankning kredit boshqaruvi bo‘yicha o‘ziga xos strategiyasi va tartiblari mavjud
bo‘lib, ular mijozlarga o‘z kreditlari, moliyalashtirishlari va aktivlarini ta’minla
shga yordam
berish hamda ularni shariat qoidalariga muvofiq bankrotlik va to‘lovga layoqatsizlikdan
himoya qilishga qaratilgan (Muhammad va boshq., 2020). Barcha turdagi banklar mijozlari
texnologiyaning xizmat k
o‘rsatish sifatini yaxshilash va mijozlar xa
tti-harakatlarini ijobiy
o‘zgartirishga sezilarli ta’sirini tan oladilar.
To‘liq huquqli islom banklari o‘z mijozlari tomonidan an’anaviy banklardagi islom
banking oynalariga qaraganda ancha ijobiy qabul qilinadi
. Shaffoflik, zararni va riskni bo‘lishish
v
a prognoz islom banklarini xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha ajratib turadigan eng muhim
konstruktsiyalardir.
5-rasm. 2006-2022 yillarda Islom banklari aktivlarining samaradorlik darajasi (foizda)
Yuqoridagi grafikda islom banklarining muhim bo‘lgan ko‘rsatkichlaridan biri ROA
(Return on Assets)
–
bank aktivlarining qaytish nisbati, ya’ni samaradorligi aks ettirilgan.
Ma’lumki bu ko‘rsatkich soliqlar chegirib tashlanganidan keyingi foydaning bank ja
mi aktivlari
qiymatiga bo‘lib, so‘ng uni 100 (%) ga ko‘
paytirib hosil qilinadi:
𝑅𝑂𝐴 =
soliqdan keyingi foyda
Jami aktivlar
* 100%
2022; 2,25
-0,5
0
0,5
1
1,5
2
2,5
2005
2010
2015
2020
2025
ROA
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
56
Mazkur ko‘rsatkich islom banklarida 2010
-
yilga qadar manfiy ko‘rinishga ega bo‘lib,
2011-yil 0.4 foizdan 2022-yilga kelib 2.25
foizga o‘sgan. Shuningdek, endigina faoliyat boshlab
ildiz otayotgan islom banklari erishgan bu natija, necha asrlardan buyon ishlab kelayotgan
an’anaviy banklar samaradorligiga yaqin kelib qoldi.
Xulosa va takliflar.
An’anaviy va islomiy banklarning in
tegratsiyasi jahon moliya bozorida yangi imkoniyatlar
yaratishda va moliyaviy
barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, Ko‘rfaz hamkorlik kengashi va O‘rta Sharq va Shimoliy Afrika
hududlari
islomiy moliyaning e
ng rivojlangan markazlari hisoblanadi. Shunigdek, “Islom darchalari”
an’anavi
y banklar faoliyatini diversifikatsiya qilishga va moliyaviy inklyuzivlikni oshirishga
imkon beradi. Yevropa va Janubiy Osiyo kabi mintaqalarda ushbu xizmatlarning rivoji sekin
bo
‘lsa
-da, bozor talabi va imkoniyatlari mavjud. Rivojlanayotgan mamlakatlarda "islomiy
darchalar"ni tashkil qilish xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda samarali mexanizm hisoblanadi.
O’rganilgan tadqiqot doirasida quyidagi takliflarni ilgari surilsh mum
kin:
−
Islom moliya xizmatlarini kengaytirish uchun milliy darajada huquqiy bazani
takomillashtirish zarur. Bu, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda “islom darchalari”ni joriy
etishda muhim ahamiyatga ega;
−
Islom moliyasining afzalliklari haqida jamoatchilikni xabardor qilish va moliyaviy
savodxonlikni oshirish bo‘yicha maxsus dast
urlarni ishlab chiqish;
−
Islomiy bank xizmatlarini raqamlashtirish va fintech texnologiyalarini jalb qilish
orqali mijozlar bazasini kengaytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxs
hilash maqsadga
muvofiqdir;
−
Islomiy moliyaviy xizmatlarni xalqaro miqyosda kengaytirish uchun rivojlangan
davlatlarning tajribasidan foydalanish va moliyaviy hamkorlikni kuchaytirish lozim;
−
Har bir hududda mijozlarning talabi va ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish orqali
islomiy moliyaviy mahsulotlarni moslashtirish zarur.
Yuqoridagi takliflar islomiy moliyaning jahon moliya bozorida ahamiyatini oshirishga va
uning rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuning bilan birgalikda, bu yondashuvlar
moliyaviy inklyuzivlikni kuchaytirish va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga imkon
beradi.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Abdullah, N. and Suya, Sh. (2023) Evaluation of Financial Risk Management in Iraqi Banks:
Comparison Study of Islamic Banks and Commercial Banks, International Journal of
Transformation in Business Management, 13(02), pp. 68
–
85.
Ahmad, A. (2017) Islamic and conventional banking integration: A pathway to financial
stability and innovation, Journal of Financial Regulation, 3(2), pp. 200
–
215.
Chenguel, M.B., Derbali, A. and Jouiro, M. (2019) Installing Islamic banking windows in
conventional bank: Effects on performance.
Eshimov, A. (2023) O‘zbekistonda yangi iqtisodiy islohotlar sharoitida ziyorat turizmini
rivojlantirish: muammolar va istiqbollar, Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.
Toshkent: O‘zXIA, pp
. 193-196.
Eshimov, A. (2024) Barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda moliya va sug‘urta
bozorlari rivojlanishining xususiyatlari: muammo va yechimlar, Respublika ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari to‘plami. Farg‘ona: Farg‘ona davlat universiteti,
pp. 365-369.
Eshimov, A. (2024) Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot ilmiy
jurnali, 2(2), pp. 226-233.
Hearn, B. and Piesse, J. (2010) ‘Barrie
rs to the development of Islamic finance: Evidence from
emerging markets, Journal of Banking & Finance, 34(6), pp. 1255
–
1265.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
57
ICD and Refinitiv (2022) Islamic Finance Development Report 2022: Embracing Change. p.
31.
Iqbal, Z. and Mirakhor, A. (2011) An Introduction to Islamic Finance: Theory and Practice.
2nd edn. Singapore: John Wiley & Sons.
Kammer, A., Norat, M., Pinon, M. and Prasad, A. (2015) Islamic finance: Opportunities,
challenges, and policy options, IMF Staff Discussion Notes, 15(5).
Muhammad, N., Alwi, S.F. and Muhammad, N. (2020) Credit Management in Full-Fledged
Islamic Bank and Islamic Banking Window: Towards Achieving Maqasid Al-Shariah, International
Journal of Financial Research.
Nagimova, A. (2022) Islamic windows: Case of Malaysia and lessons for the post-Soviet
countries.
