Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
63
TО‘QIMACHILIK SANOATI KORXONALARI BARQAROR RIVOJLANISH
MEXANIZMINI SHAKLLANTIRISH
prof.
Isayev Ravshan Abduraxmonovich
Toshkent t
о‘qimachilik va yengil sanoat instituti
ORCID:
0009-0001-8717-0189
Ergasheva Sarvinoz Shokir qizi
Toshkent t
о‘qimachilik va yengil sanoat instituti
ORCID: 0009-0001-5598-2342
ergashevasarvinoz765@gmail.com
Annotatsiya.
Kuchli raqobat sharoitida sanoat korxonalari barqaror rivojlanishini
ta’minlash nafaqat yuqori iqtisodiy natijalarga erishishni, balki unga erishishda mavjud
resurslardan qay tarzda foydalanish orqali ekologik muammolarni yechishni ham qamrab olishi
lozim. Shu boisdan, ushbu maqol
ada moslanuvchan boshqaruv tizimi asosida tо‘qimachilik
korxonalari barqaror rivojlanishini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish masalasi
о‘rganilgan.
Kalit sо‘zlar:
barqaror rivojlanish, moslashish, t
о‘qimachilik korxonasi, mexanizm,
boshqarish tizimi.
ФОРМИРОВАНИЕ МЕХАНИЗМА УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ ПРЕДПРИЯТИЙ
ТЕКСТИЛЬНОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ
проф.
Исаев Равшан Абдурахмонович
Ташкентский институт текстильной и
легкой промышленности
Эргашева Сарвиноз Шокир кизи
Ташкентский институт текстильной и
легкой промышленности
Аннотация.
Обеспечение устойчивого развития промышленных предприятий в
условиях жесткой конкуренции должно включать не только достижение высоких
экономических результатов, но и решение экологических проблем за счет использования
имеющихся ресурсов для их достижения. Поэтому в данной статье рассматривается
вопрос совершенствования механизмов обеспечения устойчивого развития текстильных
предприятий на основе гибкой системы управления.
Ключевые слова:
устойчивое развитие, адаптация, текстильное предприятие,
механизм, система управления.
UO
‘
K: 005.93:655
I SON - YANVAR, 2025
63-68
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
64
FORMATION OF A MECHANISM FOR SUSTAINABLE DEVELOPMENT
OF TEXTILE INDUSTRY ENTERPRISES
prof.
Isayev Ravshan Abduraxmonovich
Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Ergasheva Sarvinoz Shokir kizi
Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Abstract.
Ensuring the sustainable development of industrial enterprises in the face of
strong competition should include not only the achievement of high economic results, but also the
solution of environmental problems through the use of available resources to achieve it. Therefore,
this article examines the issue of improving the mechanisms to ensure the sustainable
development of textile enterprises on the basis of a flexible management system.
Keywords:
sustainable development, adaptation, textile enterprise, mechanism,
management system.
Kirish.
Bugungi kunda kuchli raqobat sharoitida har bir ishlab chiqarish subyekti mavjud
resurslaridan oqilona foydalanish orqali barqaror rivojlanishga alohida e’tibor qa
ratishlari lozim.
Zamonaviy О‘zbekiston iqtisodiyoti uchun sanoat korxonalarining iqtisodiy b
arqarorligi va
raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari eng dolzarb hisoblanadi. Sanoat ishlab chiqarishi
nafaqat innovatsion о‘sish sharoitida jamiyatni moddiy qо‘llab
-quvvatlash asosida muhim,
balki nomoddiy sohada ishlab chiqarilgan yangi ishlanmalarni tatbiq etishda ham markaziy
ahamiyatga egadir. Respublikamiz sanoat, xususan tо‘qimachilik korxonalari rivojlanishda
jahondagi yetakchi davlatlar korxonalaridan orqada qolmasligi zarur. Milliy ishlab
chiqaruvchilar oldida xalqaro bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda
barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish kabi ulkan vazifa turibdi. Respublikamiz yetakchi
tarmoqlaridan biri sanalgan tо‘qimachilik sanoatida yas
hil iqtisodiyot tamoyillari asosida
tejamkorlikka yо‘naltirilgan barqaror rivojlanishini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish
zaruratini keltirib chiqaradi, bu esa о‘z navbatida ushbu tadqiqot ishi mavzusi dolzarbligini belgilab
beradi.
Adabiyotlar sharhi.
«Sanoat korxonasini barqaror rivojlantirish mexanizmi» atamasiga
aniqlik kiritish uchun,
avvalo, «mexanizm», «barqarorlik» va «rivojlanish» kategoriyalarini batafsil kо‘rib chiqish
kerak.
Mahalliy va xorijiy ilmiy manbalarni tahlil qilish, qanda
y mexanizm qо‘llanilishidan qat’i
nazar, «mexanizm» atamasining izchil ta’riflari juda kо‘p degan xulosaga kelishimizga imkon
beradi.
Universal ensiklopedik lug‘at (2013) ushbu atamaga quyidagicha ta’rif keltirilgan: «...ba’zi
bir bog‘lanishlar harakatini
boshqalarning kerakli harakatiga aylantiradigan, kirish va chiqish
havolala
ri mavjud bо‘lgan bog‘lanishlar tizimi». Zamonaviy iqtisodiyot lug‘ati (2017) esa ushbu
atamaning quyidagi talqini keltiriladi: «...iqtisodiy jarayonlarga ta’sir о‘tkazish usullari
va
vositalari tо‘plami, ularni tartibga solish». Rosssiyalik olim
Chalenko (2015) tomonidan
quyidagicha ta’rif keltirilgan: “... mexanizm –
bu jarayonni resurs bilan ta’minlash, uning
moddiy qismi, jarayon funksiyasini bajarish uchun «sozlangan» о‘zaro bog‘liq elementlar
tо‘plamini о‘z ichiga oladi”.
Ushbu tadqiqotda bizni barqaror rivojlanish mexanizmi qiziqtiradi. «Barqarorlik» toifasi
bir necha asrlar davomida yaqindan о‘rganilib kelinmoqda. Iqtisodiyotda birinchi bо‘lib ushbu
kategoriyadan 19-asrning ikkinchi yarmi - 20-asrning birinchi choragida G
‘arbiy Yevropada
kapitalistik munosabatlarning jadal rivojlanishi davrida foydalanilgan. «Kichik dehqon xо‘jaligi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
65
barqarorligi» nazariyasi shakllandi. Ushbu nazariyaga kо‘ra kichik iqtisodiyot katta
iqtisodiyotga nisbatan ustunlikka ega edi. Mashinaviy ish
lab chiqarishga о‘tish bilan «Kichik
dehqon xо‘jaliklarining barqarorligi» nazariyasi «Oilaviy xо‘jaliklar (fermer xо‘jaliklari)
barqarorligi» nazariyasi bilan almashtirildi.
Uskova (2017) tomonidan unga quyid
agicha ta’rif
keltirilgan:
“… О‘zgarishlar jara
yoni, unda resurslarni ekspluatatsiya qilish, investitsiyalar
yо‘nalishi, texnologik taraqqiyot ijtimoiy farovonlik va ekologik muvozanat bilan mos ravishda
yо‘naltirilganli hozirgi va kelajakdagi salohiyatgaga qiymat qо‘shadi».
Kulbak (2015) esa ushbu
atamaning quyidagi talqinini keltirgan:
“... Iqtisodiy resurslarning muvozanatli holati, bu eng
muhim tashqi va ichki omillarni hisobga olgan holda, uzoq muddatli istiqbolda barqaror
iqtisodiy о‘sishni kengaytiri
sh uchun barqaror rentabellik va normal sharoit
larni ta’minlaydi».
Barqarorlik xalqaro hujjatlarda (masalan,
«Atrof
-
muhit va rivojlanish bо‘yicha Rio
Deklaratsiyasi» (1972), «XXI asr kun tartibi»
(1992),
shuningdek, konvensiyalar va kо‘p
tomonlama shartno
malar asosida global ahamiyatga ega bо‘lgan mua
yyan masalalarni qabul
qilish kabi ta’sir tamoyillarini о‘rnatish va qabul qilish doirasida tizimning meyor darajasida
ishlashini davom ettirish qobiliyatini nazarda tutadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy-ta
dqiqot metodologiyasi bо‘lib
dialektika uslubi hisoblanadi va tadqiqot jarayonida
tanlab kuzatish, taqqoslash, ekspertlar bahosi kabi usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Barqaror rivojlanish mexanizmini qо‘llash uchun taklif etilayot
gan ishlanmalardan
amaliy foy
dalanish va samaradorligi «О‘ztо‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi
korxonalar misolida kо‘rib chiqiladi.
Biz tomondan ishlab chiqilgan barqaror rivojlanish mexanizmini shakllantirish bо‘yicha
uslubiy tavsiyalarni a
malda qо‘llash bir necha bosq
ichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda
korxonaning barqaror rivojlanish mexanizmini amalga oshiruvchi
organlar kо‘rib chiqilayotgan predmetning dastlabki holatini baholashi va tahlil qilishi kerak.
Mexanizmni joriy qilish p
aytida tо‘qimachilik korxonas
ining umumiy holati va uning
imkoniyatlarini kо‘rib chiqish tavsiya etiladi. Asosiy elementlarning mavjudligini baholash
talab etiladi.
Ikkinchi bosqichda
mavjud bо‘lgan maqsad turli darajadagi chidamlilik darajalariga
moslashu
vchanligi uchun qayta kо‘rib chiqilishi kerak. Yо‘nalishlarning birortasi bо‘lmagan
taqdirda, maqsadlarni belgilash tizimini tuzish orqali barqaror rivojlanishning yangi maqsadini
shakllantirish zarur bо‘ladi.
Mexanizmning asosiy elementi barqaror rivojlanish maqsadini belgilashdir.
T
ashkilotning barqaror tijorat yutuqlari va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan say
-
harakatlari о‘rtasidagi bog‘liqlik aniq kо‘rinib turibdi. Ushbu munosabatlardan tо‘liq
foydalanish uchun, avvalo, uni tashkilotning asosiy maqsadi doirasida shakllantirish kerak.
Kо‘plab yirik kompaniyalar aniq asosiy maqsadga ega bо‘lishsa
-
da, ularning tо‘rtdan bir qismi
uni barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog‘laydi.
Uchinchi bosqichda
mexanizmni amalga oshiruvchi xizmatlar barqarorlikning har bir
sohasiga vakolatli etakchi mutaxassislar bilan birgalikda ishlab chiqarishning aniq sohalaridagi
muammolarni aniqlab olishlari kerak. Ushbu bosqich barqaror rivojlanish maqsadlariga
erishish bо‘yicha chora
-
tadbirlarni ishlab chiqishni о‘z ichiga
oladi.
Tо‘rtinchi
bosqichda
barqaror rivojlanish darajasini baholash uchun ishlab chiqilgan
metodologiyadan foydalanish tavsiya etiladi. Bu sizga korxonaning barqarorlik darajasini
belgilashga imkon beradi, shu bilan birga belgilangan maqsadlarga erishishda
muvaffaqiyatsizliklar sabablarini aniq belgilash mumkin.
Beshinchi bosqich
baholash bosqichida aniqlangan barqarorlik darajasiga muvofiq javob
va qaror qabul qilishni о‘z ichiga oladi. Mexanizmni amalga oshirish doirasida olingan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
66
ma’lumotlar nafaqat men
ejment, balki xodimlar, sheriklar va investorlar uchun keyingi
harakatlar yо‘nalishini tanlashga imkon beradi. Tо‘g‘ri boshqaruv qarorini qabul qilish uchun,
shuningdek, iqtisodiy samarani hisoblash kerak.
Mexanizmni amalga oshirish doirasida olingan ma’lu
motlar nafaqat menejment, balki
xodimlar, sheriklar va investorlar uchun keyingi harakatlar yо‘nalishini tanlashga imkon
beradi. Tо‘g‘ri boshqaruv qarorini qabul qilish uchun, shuningdek, iqtisodiy samarani
hisoblash
kerak.
Moslanuvchan salohiyatni oshirishga asoslangan korxonalarning barqaror rivojlanishini
ta’minlash konsepsiyasini shakllantirish sxemasi 1
-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Moslanuvchan salohiyatni oshirishga asoslangan korxonalarning barqaror
rivojlanish
ini ta’minlash konsepsiyasini shakllantirish sxemasi
Manba:
muallif ishlanmasi.
MOSLANUVCHAN SALOHIYAT
Innovatsiya yordamida korxona
barqaror rivojlanishini ta’minlash
Korxona innovatsion maqsadlarini
aniqlash
Korxona moslanuvchan salohiyatini
baholash
Korxona barqaror rivojlanish
strategiyasini shakllantirish
Innovatsion jarayonlar monitoringi
Moslanuvchan salohiyat tarkibini
aniqlash
Korxona moslanuvchan salohiyatini
oshirish
Korxona foydasini oshirish
Korxona tannarxini pasaytirish
Ishlab chiqarish texnologiyasi va
tashkil etish jarayonini
takomillashtirish
Raqobatda ustunlikni saqlash
KORXONA BARQAROR
RIVOJLANISHI
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
67
Agar ilgari investitsiyalar iqtisodiy о‘sishning asosiy omili bо‘lgan bо‘lsa, endi bo
zorda
afzalliklarga, avvalo, innovatsiyalar orqali erishish mumkin.
Tо‘qimachilik korxonalarining xarajatlarni boshqarish konsepsiyasi korxonaning
barqaror rivojlanish str
ategiyasiga e’tiborni qaratgan holda joriy va о‘rta muddatli jabhalarda
xarajatlarni boshqarish yondashuvlarini belgilaydi.
Shu bilan birga, konsepsiyada, uning maqsadidan kelib chiqadigan bо‘lsak, boshqaruv
vazifalari etarlicha umumiy shaklda shakllangan,
ular umumiy universal bо‘lib, konsepsiya
qoidalarini har bir korxonaga nisbatan belgilashni talab qiladi.
Tо‘qimachilik korxonalarining barqaror rivojlanishi quyidagi uch yо‘nalishda ishlab
chiqarishni takomillashtirish orqali tо‘qimachilik mahsulotlarini
ishlab chiqarish xarajatlarini
minimallashtirish orqali ta’minlanadi:
1) Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishni muqobillashtirish.
Texnik taraqqiyotning sо‘nggi yutuqlari, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning
yanada ilg‘or va ilmiy usullari i
shlab chiqarishga tatbiq etilgach, mahsulot tannarxi pasayadi,
bu mahsulot birligiga jonli va moddiy mehnat sarfining pasayishida ifodalanadi.
2) Moliyaviy va moddiy resurslardan samarali foydalanish.
Ishlab chiqarish tannarxining pasayishi natijasida foyda birinchi navbatda oshadi va
korxonalarning rentabelligi oshadi. О‘z
navbatida, bu mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishni amalga oshirish, moddiy-texnika bazasini yaratish va rivojlantirish uchun
moliyaviy resurslarning kо‘payishiga olib ke
ladi. Ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga
xomashyo, materiallar, y
oqilg‘i, energiyani tejamkorroq sarflash, ishlab chiqarish
quvvatlaridan tо‘liqroq foydalanish orqali erishiladi. Natijada, qо‘shimcha moddiy
-texnika va
mehnat resurslarini jalb qilmas
dan sanoat ishlab chiqarish hajmini kо‘paytirish mumkin
bо‘ladi.
3) Tо‘qimachilik korxonalari uskunalarining ishonchliligini ta’minlash.
Tо‘qimachilik sanoati tashkiliy va iqtisodiy tizimining barqaror rivojlanishi bu jarayon
bо‘lib, unda tasodifiy ta’sirlar bо‘linish, zahiralash va ishonchlilik xususiyatlari tufayli
belgilang
an parametrlardan minimal og‘ishlarni keltirib chiqaradi. Maksimal joriy
samaradorlik tizimning barqaror rivojlanishini hisobga olgan holda minimal xarajatlar
sohasida bо‘lishi kerak.
Xulosa va takliflar.
Tо‘qimachilik
korxonalari barqaror rivojlanishini
ta’minlash mexanizmlarini
takomillashtirish bо‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot ishi natijasi bо‘yicha quyidagi xulosa va
takliflar qilindi:
- barqaror rivojlanish konsepsiyasi uchta y
о‘nalishni ajratishni nazarda tutadi: iqtisodiy,
ijtimoiy va atrof-muhit
, bu ularning alohida ahamiyatini, о‘zaro bog‘liqlik va bog‘liqlikning
mavjudligini kо‘rsatadi, shu bilan birga ularning kamida bittasini e’tiborsiz qoldirish butun
tizim barqarorligini buzishi mumkin;
-
bizningcha, tо‘qimachilik sanoatining
barqaror rivojlanishi haqida gapirganda va
nafaqat raqobat, balki ilm-fanni talab qiladigan yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy
etish bilan tavsiflanadigan sanoat korxonalarining о‘ziga x
os xususiyatlarini hisobga olgan
holda, ilm-fan va texnika sohasidagi faol faoliyat yordamida rivojlanish orqali barqarorlikning
«zaif» modelini «mustahkamlash» mumkin;
- b
arqarorlik chegarasining kо‘rsatkichi bо‘yicha tо‘qimachilik korxonasi boshqaruvinin
g
sifatini baholash korxonaning mukammalligini va ayni paytda uning evolyusion darajasini
oldindan ma’lum bir korxonaning boshqaruv tashkilotiga kirmasdan va turli xil aniq
kо‘rsatkichlar hamda muammolarga duch kelmasdan tez va, eng muhimi, aniq va obyekti
v
baholash imkonini beradi. Shundagina menejmentni qayta tashkil etish loyihasini ishlab
chiqish zarurligi va umuman tо‘qimachilik korxonasiga jiddiy tо‘xtalishimiz mumkin, yakuniy
natijaga aniq talablar qо‘yiladi. Y
a
’ni, muayyan tо‘qimachilik korxonasinin
g holatiga eng mos
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
68
keladigan maqsadli strategik maqsadlar va uning resurslariga mos keladigan strategik reja
belgilanadi. Biroq, kutilgan natijani olishning yuqori ishonchliligi bilan qayta tashkil etishni
loyihalash va amalga oshirish, agar boshqaruv odat
iy «sinov va xato» usuli bilan h
arakat
qilmasa mumkin bо‘ladi;
-
mexanizmni shakllantirish bо‘yicha uslubiy tavsiyalar (MShBUT)ni amaliyotda qо‘llash
quyidagilarga imkon beradi: har qanday sanoat korxonalari faoliyatining о‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda mexanizmidan foydalanish; mexanizmning maqsadli
yondashuvga asoslanganligi, shuningdek maqsadlarni sifat va miqdoriy qismlarga bо‘linishi
tufayli raqobat kurashida ustunlikka erishish; korxona xо‘jalik faoliyatida, ijtimoiy va ekologik
sohala
rda, yangi tendentsiyalar rо‘y berganda yangi muammolar paydo bо‘lganda tashkilotning
barqaror rivojlanish mexanizmini sozlash; barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish
jarayonida tartibsizliklardan qochish qobiliyati.
Adabiyotlar
/Литература/
Reference:
Доклад
(1972)
Доклад конференции Организации Объединенных Наций по проблемам
окружающей человека среде, Стокгольм, 5
-
16 июня 1972 года (издание Организации
Объединенных Наций, в продаже под № R.73. II. А. 14), глава 1.
-
109 с.
Кондаурова
Д.С. (2015).
Совершенствование
механизма
управления
устойчивым
развитием промышленного предприятия [Текст]: автореф. дис…
кан.
экон.
наук: 08.00.05
/ Д.С.
Кондаурова.
–
Самара.
- 26
с.
Конференцией ООН (1992) Повестка дня на XXI век. Принята Конференцией ООН по
окружающей среде и развитию, Рио
-
де
-
Жанейро, 3–14 июня 1992 года. –
101с.
Райзберг Б.А. (2017). Современный экономический
словарь.
- 6-
е изд.,
перераб. и доп. /
Б.А. Райзберг, Л.Ш. Лозовский, Е.Б. Стародубцева.
-
М.:
ИНФРА
-
М.
-
512 с.
Российская
энциклопедия,
(2013).
Универсальный
энциклопедический
словар /
Под.ред.
А.П.Горкина. –
М.:
Большая
Российская
энциклопедия,
2013.
–
1551с.
Ускова
Т.В. (2017).
Управление
устойчивым
развитием
региона.
–
Вологда:
Litres.
–
466
с.
Чаленко А.Ю. (2015). О понятийной неопределенности
термина «механизм» в
экономических исследованиях / А.Ю. Чаленко // Экономика
промышленности.
–
2015.
–
№
3 (51).
–
С. 26
-33.
