Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
268
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAHALLALARNI IJTIMOIY
-IQTISODIY
RIVOJLANTIRISHDA SOLIQ SIYOSATIDAN SAMARALI FOYDALANISH
Xaydarov Alisher Akram o‘g‘li
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
ORCID:
0009-0002-0249-6460
Azimov Allaberdi O‘rinovich
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
ORCID:
0009-0008-2684-7492
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahallalarni ijtimoiy
-iqtisodiy
rivojlantirishda jismoniy shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlarining ahamiyati hamda
yangi joriy etilgan mahalla
budjeti mexanizmining amaliyotga tatbiq etilishi bilan bog‘liq
jarayonlar yoritilgan. Shuningdek, mahallalar o‘rtasida iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish,
aholining ijtimoiy hamda hududlarning infrastruktura bilan bog‘liq muammolarni hal etish
bo‘yicha muh
im ahamiyat kasb etishi kutilayotgan mahalla budjeti daromadlarini soliqlar
vositasida oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar
:
mahalla, mahalla budjeti, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer
soliqlari, soliq siyosati
ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НАЛОГОВОЙ ПОЛИТИКИ В СОЦИАЛЬНО
-
ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ МАХАЛЛЕЙ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Хайдаров Алишер Акрам угли
Университет экономики и педагогики
Азимов Аллаберди Уринович
Университет экономики и педагогики
Аннотация.
В данной статье освещается значение налогов на землю и имущество,
взимаемых с физических лиц, в социально
-
экономическом развитии махаллей
в
Республике Узбекистан, а также процессы, связанные с внедрением в практику нового
механизма бюджета махаллей. Кроме того, разработаны рекомендации по увеличению
доходов бюджета махаллей за счет налогов, что ожидается как важный шаг в снижении
экономического неравенства между махаллями, а также в решении социальных проблем
населения и вопросов, связанных с инфраструктурой регионов.
Kлючевые слова:
махалля, бюджет махаллей, налоги на имущество и землю с
физических лиц, налоговая политика.
UO
‘
K: 316.334.223(575.1)
X SON - OKTABR, 2024
268-274
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
269
EFFECTIVE USE OF TAX POLICY IN THE SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF
MAHALLAS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Khaydarov Alisher Akram ugli
University of economics and pedagogy
Azimov Allaberdi Urinovich
University of economics and pedagogy
Annotation.
This article highlights the significance of land and property taxes levied on
individuals in the socio-economic development of mahallas in the Republic of Uzbekistan, as well
as the processes related to the implementation of the newly introduced mahalla budget
mechanism in practice. Additionally, recommendations have been developed for increasing the
revenues of mahalla budgets through taxation, which are expected to play an important role in
reducing economic inequality between mahallas, addressing social issues of the population, and
solving problems related to regional infrastructure.
Keywords:
mahalla, mahalla budget, property and land taxes levied on individuals, tax
policy.
Kirish.
Soliq siyosati davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning bilvosita usuli
hisoblanib, hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishga muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi asosida soliq
qonunchiligini soddalashtirish, soliq yukini keskin pasaytirish, soliqqa tortiladigan obyektlarni
to‘liq qamrab olish va soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish or
qali tegishli budjetlar daromad
bazalarini mustahkamlash, mahalliy soliq va yig‘imlarning soliq ma’muriyatchiligi
mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shuning uchun mahalliy budjetlarning markaz budjetiga qaramligini keskin kamaytirish,
budjetlararo munosabatlarni tubdan isloh
qilish va mahalliy budjetlar mablag‘larini samarali
boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishlarini
ta’minlash muhim omil hisoblanadi. Mahalliy davlat hokimiyati idoralari o‘zlariga yuklatilgan
vazifa va funksiyalarni lozim darajada bajarishlari uchun budjet daromadlaridan iborat
barqaror moliyaviy iqtisodiy asosga ega bo‘lmog‘i lozim
(Farmon, 2022).
“2022
-
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da
mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali 2026
-yil
yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirish masalasiga alohida e’tibor
qaratildi (Farmon, 2022).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan
hayotga tatbiq etilgan
“
Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat
qilishi kerak
” degan tamoyil davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib
barcha darajadagi rahbarlar uchun asosiy qoida sifatida belgilandi. Barcha davlat organlari
fuqarolarning murojaatlarini mahallaning o‘zida bartaraf etish choralarini ko‘rgan hol
da
“mahallabay” ish tashkil etishlari lozimligi belgilab berildi. Bu esa o‘z navbatida mahalliy
budjetlarning mustaqilligini yanada oshirish va daromad bazasini mustahkamlash, qo‘shimcha
daromad manbalarini aniqlash, shuningdek, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun
qo‘shimcha manbalarni jalb etish bo‘yicha chora
-
tadbirlarni ko‘rishni taqozo etadi.
Mahalliy budjetlar mahalliy hokimliklarni o‘z vazifalarini amalga oshirishda moliyaviy
dastak hisoblanib, ularning moliyaviy mustaqilligi ushbu hududlarni rivojlantirishga bevosita
ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimiz rahbari 2022 yilning yakuni bo‘yicha O
liy Majlisga
Murojaatnomasida hududlarni muammolarini bartaraf etishda mahallalarning moliyaviy
mustaqilligini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratib, mahalla budjeti tizimi jori
y etilishini
ta’kidlab o‘tdilar (Murojaatnoma, 2022)
.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
270
Mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, jismoniy shaxslardan olinadigan
mol-
mulk solig‘i va yer solig‘ini yig‘ish ko‘rsatkichlarini oshirish orqali yangi ijtimoiy
loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsa
dida mahallabay
ishlash tizimi natijasida soliq inspektorlarining mahallalarga biriktirilishi mol-mulk va yer
soliqlarining undiruvchanlik darajasini oshirib, mahallaning ixtiyorida qoladigan
tushumlarning o‘sishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Mahallaning o‘z
budjetiga ega bo‘lishi esa
hududdagi ijtimoiy-
muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydi.
Adabiyotlar sharhi.
Mamlakatimiz hududlarini soliq siyosati orqali ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha
bir qancha qaror va farmonlar qabul qilingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi
“
Respublika hududlarini toifalarga ajratish va
tadbirkorlikni qo‘llab
-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
gi PF-287-
son qaroriga ko‘ra hududlar o‘rtasida iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish,
tuman va shaharlarni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib
rivojlantirish maqsadida respublika tuman va shaharlari 5 toifaga ajratilgan hamda 4-5-toifaga
kirgan hududlarga bir qancha soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyati berilgan
(Farmon, 2022).
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 dekabrdagi
“
Mahalla budjeti tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada
kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”
gi PQ-458-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab undiruvchanlik darajasi past bo‘lgan 14 ta
tumandagi mahallalarda eksperiment sifatida, 2024 yil 1 yanvardan boshlab esa respublika
bo‘yicha barcha 9443 ta mahallada mol
-mu
lk va yer soliqlari bo‘yi
cha undirilgan
mablag‘larning 10 foizi hisobot oyidan keying oyning 10
-sanasiga qadar tuman budjetlari orqali
mahalla jamg‘armasiga yo‘naltirilishi belgilangan
(Qaror, 2022).
Shuningdek ushbu mavzu yuzasidan turli mahalliy olim va taqdiqotchilarimiz tomonidan
o‘rganilgan bo‘lib, taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, Toshmatov (2017) tomonidan
hududiy soliq salohiyatini baholash va mahalliy soliqlarni undirish mexanizmini
takomillashtirish zarurligi, Usmonov (2014) tomonidan budjet daromadlarini rejalashtirish
jarayoni, tartibi, ishtirokchilar vazifalarini aniq ko‘rsatib beruvchi huquqiy hujjat qabul qilish
lozimligi, A.X.Islamqulov esa markaziy va mahalliy davlat hokimiyatlarining moliya-budjet,
budjet-soliq soh
alarida vakolatlarini aniq belgilab olish lozimligini ta’kidlab o‘
tgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada qiyosiy tahlil hamda induksiya va deduksiya baholash usullaridan
foydalanildi. Qiyosiy tahlil usulidan foydalanib, mahalla budjeti tizimiga jismoniy shaxslardan
olinadigan yer va mol-mulk soliqlarining ulushini oshirish va bu orqali mahallalar
infratuzilmasini, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga doir tahlillar amalga oshirildi
hamda ilmiy xulosalar berildi.
Maqoladagi tahliliy ma’lumotlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi ochiq
ma’lumotlaridan, shuningdek mavzu doirasida normativ huquqiy hujjatlardan, tadqiqotchi
olimlarning ilmiy ishlaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer
soliqlaridan tushgan tushumlarning 10 foizini mahalla budjeti tizimi asosida respublikamizdagi
jami 208 ta tuman va shahardagi 9443 ta mahallalarning budjetiga qaytarish amaliyoti joriy
etildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
271
2024 yil 19 holatiga real vaqt rejimidagi ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak,
“
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish
”
jamg‘armasiga jami 297,5 mlrd
so‘mlik tushumlar amalga oshirilgan bo‘lib, belgilangan yillik prognoz ko‘rsatkichlariga
nisbatan 68% ni tashkil etadi (1-rasm).
1-rasm. Mahallaning ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi
tushumlari manbaalari.
Manba:
www.openbudget.uz
Shundan:
-
257,2 mlrd so‘mi
–
mol-mulk va yer
soliqlari bo‘yich undirilgan mablag‘lar;
-
25,3 mlrd so‘mi
–
Qoraqalpog‘iston Respublikasi rspublika budjeti, viloyatlar hamda
Toshkent shahar, shuningdek tumanlar (shaharlar) mahalliy budjeti qo‘shimcha mablag‘lari
hisobidan;
-
0,8 mlrd so‘mi
homiylik mablag‘lari;
-
9,8 mlrd so‘mi
boshqalar.
Umuman olganda mol-
mulk va yer soliqlari tushumlari jamg‘armaning asosiy daromad
manbasi hisoblanib, 86% dan ortiq tushumlarni ta’minlagan.
Respublikadagi 9443 ta mahalla tomonidan mahalla jamg‘armasi mablag‘lari orqali 111,8
mlrd so‘mlik xarajatlar amalga oshirilgan bo‘lib, jamg‘armada 185,7 mlrd.so‘mlik qoldiq yoki
boshqacha aytganda jami tushumga nisbatan atigi 32 foiz mablag‘lardan mahall
adagi ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarni hal etishda foydalanilgan xolos.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
darajasi bo‘yicha Samarqand viloyati va Toshkent shaharlarida eng past ko‘rsatkich qayd
etilgan. (1-jadval).
1-jadval
Respublika bo‘yicha mahallaning ijtimoiy
-iqtisodiy muammolarini hal etish
jamg‘armasi tushumlari
(19.10.2024 yil holatiga
mlrd.so‘mda
)
№
Hudud
Nomi
MFY
soni
Mahalla jamg‘armasi
Yer
solig‘i
to‘lovchilar
soni
Mulk solig‘i
to‘lovchi
soni
Jami
tushum
Jami
Xarajat
Qoldiq
Jami
9443
297,5
111,8
185,7
6 031 279
7 188 924
1
QQR
452
21,5
7,6
13,9
372 334
396 567
2
Andijon
909
15,4
6,5
8,9
583 051
632 419
3
Buxoro
544
21,4
5,9
15,5
392 185
444 267
4
Jizzax
309
12,0
6,0
6,0
234 426
266 079
5
Qashqadaryo
819
25,6
5,7
19,9
655 910
675 265
6
Navoiy
330
13,2
8,6
4,6
174 404
249 790
7
Namangan
788
16,4
6,1
10,3
486 889
531 472
8
Samarqand
1 126
38,1
9,1
29,0
685 572
747 316
9
Surxondaryo
724
36,7
26,7
10,0
482 617
486 922
10
Sirdaryo
239
4,7
2,0
2,7
143 590
166 483
11
Toshkent v
1025
26,8
9,7
17,1
541 313
669 270
12
Farg‘ona
1062
23,5
9,3
14,2
654 385
748 881
13
Xorazm
531
15,9
7,8
8,1
368 160
394 236
14
Toshkent sh
585
25,9
0,7
25,2
256 443
779 957
Manba:
www.openbudget.uz
257,2
mlrd.so'm
Mol-mulk va yer solig'i
25,3
mlrd.so'm
mahalliy budjetlar qo'shimcha mablag'lari
hisobidan
0,8
mlrd.so'm
homiylik mablag'lari
9,8
mlrd.so'm
boshqalar
297,5
mlrd.so'm
(68%)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
272
Mantiqan olib qaralganda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari
tushumlari bo‘yicha davlat budjetida, shu jumladan mahalla jamg‘armasida katta yo‘qotishlar
mavjud.
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga asosan Respublika bo‘yicha jami 6
031 279 ta yer solig‘i
to‘lovchisi hamda 7
188 924 ta mol-
mulk solig‘i to‘lovchilari mavjud. Soliq kodeksiga asosan
yer solig‘i bazasi foydalanilayotgan yerning hajmi, mol
-
mulk solig‘i bazasi
esa ko‘chmas
mulkning kadastr qiymati hisoblanadi.
Soliq kodeksining (2020) 420-
moddasiga ko‘ra soliq solish maqsadiga ko‘ra ko‘chmas
mulk qiymati 42 million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas. Mol
-
mulk solig‘ining soliq
bazasini kadastr qiymatiga bog‘liqligi ushbu soliq bo‘yicha katta tushumlarning yo‘qotilishiga
sabab bo‘lmoqda. Buning sababi respublikadagi aksariyat ko‘chmas mulk obyektlarining
kadastr qiymati yuqorida keltirib o‘tilgan shartli miqdor atrofida (42
000
000 so‘m)
hisoblaganligi hamda ko‘chmas mulkning haqiqiy bozor bahosidan keskin farq qili
shini
ko‘rsatib o‘tish mumkin. Shuningdek, kadastr hujjatlarining ham o‘z vaqtida yangilanmasligi
eski davrda baholangan qiymatning yillar davomida o‘sha obyekt uchun kadastr qiymati
sidatida qaralishiga hamda soliqlarning kam hisoblanishiga sabab bo‘lmoqd
a.
2-jadval
Qarshi shahrida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish
jamg‘armasi daromad va
xarajatlari
(19.10.2024 yil holatiga
mln.so‘mda
)
№
MFY nomi
Jami tushum
Jami xarajat
Qoldiq
Qarshi shahri bo‘yicha jami
2 233,9
305,6
1 928,3
1
Otchopar MFY
147,6
4,7
142,9
2
Aralovul MFY
111,8
4,7
107,1
3
Arabxona MFY
84,0
4,7
79,3
…
……….
…...
…..
….
62
Maxsimobod MFY
11,2
4,7
6,5
63
Amir Temur MFY
10,5
4,7
5,8
64
Eski anhor MFY
10,4
4,7
5,7
Manba:
www.openbudget.uz
Mahalla jamg‘armasi tushumlari bo‘yicha ma’lumotlarni Qarshi shahrining 2024 yil 19
oktabr holatiga tushum miqdori eng yuqori va eng past mahallalari kesimida tanlanma usulda
tahlil qiladigan bo‘lsak, mahallalarning iqtisodiy holatida keskin tengsizlik holati mavjudligiga
guvoh bo‘lishimiz mumkin (2
-
jadval). Xususan, Otchopar MFY jamg‘armasiga 147,6 mln.so‘m
mablag‘lar yo‘naltirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich shaharning Eski anhor mahallasida 10,4
mln.so‘mni tashkil etadi yoxud Otchopar mahallasidan qariyb 14 baravar kam. Bundan xulosa
qilishimiz mumkinki, ushbu amaliyot davom etadigan bo‘lsa hududidagi soliq solish obyektlari
soni ko‘proq va soliq bazasi yuqoriroq bo‘lgan mahallalarning jamg‘armasiga tushumlar
miqdori yuqoriligicha qolaveradi va aksincha.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yil Samarqanda shahridagi
“Sharq tongi” mahallasiga tashrifi mobaynida quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan edi
: "Oxirgi
yillardagi harakatlarimiz tufayli hokimliklarda mahalliy budjet paydo bo‘ldi. Bu yo‘q edi. Endi
mahallalarda budjet tashkil qilishni rejalashtirganmiz. Tasavvur qilinglar, o‘zining puli bo‘lsa
,
mahalla qanday o‘zagaradi
-
yo‘lini to‘g‘rilaydi, suv olib keladi, shoxobcha ochadi. Kelgusida
mahallaga pul ham kiradi, talab ham boshqacha bo‘ladi”.
Prezident talabiga ko‘ra mahalla budjeti tizimini tashkil qilishdan maqsad mahallalarga
ma’lum bir miqdorda moliyaviy mustaqillik ta’minlashdan iborat edi. Mahalla hududida
yig‘ilgan mahalliy soliqlarda ma’lum bir qismini mahallada qoldirish orqali mahalla
fuqarolar
yig‘inlariga ijtimoiy
-
iqtisodiy muammolarni mustaqil o‘z ixtiyorida qolgan mablag‘lar evaziga
hal qilish vakolatini berish asosiy ko‘zlangan maqsad edi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
273
Vaholanki, 2-
jadval ma’lumotlariga asoslanib gapiradigan bo‘lsak mahallalar ixtiyorida
qoladigan summalar miqdori juda ham past hamda bu mablag‘lar bilan mahallalarni iqtisodiy
mustaqilligini ta’minlab bo‘lmaydi. Misol uchun Qashqadaryo viloyati hokimligi ma’lumotlariga
asosan Qarshi shahrining Maxsimobod mahallasida 537 ta xonadan va 2107 ta aholi, Amir
Temur mahallasida 1136 ta xonadon va 4213 ta aholi, Eski anhor mahallasida esa 409 ta
xonadon va 1484 ta aholi mavjud. Ushbu mahallalarga yil boshidan beri mahallaning ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga 10
-
11 mln.so‘m atrofida daromad tushgan.
Tabiiyki, bu miqdordagi mablag‘lar yuqoridagi mahallalar hududidagi xonadon va aholi
muammolarini qamrab olish uchun nihoyatda kam.
Boshqa tomondan qaraganda bugungi kunda mahallalarga turli xil manbalardan
moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Bunga “Tashabbusli budjet”, “Mening yo‘lim”, “
Obod qishloq
”,
“
Obod mahalla
”
loyihalari, davlat
investitsiya dasturlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Lekin
mahalladagi infratuzilma obyektlarining qurilish yoki rekonstruksiyasi dasturlari ro‘yxatiga
kiritilishi kafolatlanmagan. Boshqacha aytganda,
“Tashabbusli budjet”, “Mening yo‘lim” kabi
dasturlarda fuqarolar faollik ko‘rsatib, qolganlardan ko‘ra ko‘proq ovoz to‘plashlari talab
etiladi. G‘olib bo‘linmagan taqdirda mahalla hududida yig‘ilib qolgan muammolarni o‘z vaqtida
bartaraf etish jarayonini kechiktiradi. Agar mahallalar ixtiyorida yetarlicha
mablag‘ qoladigan
bo‘lsa, mahalla fuqarolar yig‘ini kengashlari qarori bilan ularni bartaraf etish imkoniyati
mavjud bo‘ladi. To‘layotgan soliqlari o‘z hududini rivojlantirilishiga sarf etilayotganini his
qilgandan so‘ng, aholiga mol
-mulk va yer soliqlarini ixtiyoriy ravishda belgilangan muddatlarda
to‘lashga turtki bo‘lishi mumkin.
Xulosa va takliflar.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, mahalla budjeti tizimini mahallalarni ijtimoiy
-
iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda
ushbu tizim butun mamlakatimiz
bo‘ylab amal qilmoqda. Lekin uni amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq muammolar ham
talaygina. Shu munosabat maqolada keltirilib o‘tilgan tahliliy ma’lumotlarga asoslanib mahalla
budjeti tizimi bo‘yicha quyidagi takliflarni
o‘rinli deb hisoblaymiz
:
1. Mahallada mol-
mulk va yer soliqlari bo‘yicha undirilgan mablag‘larning mahalla
jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan ulushini 10 foizdan 25 foizga oshirish;
2. Mol-
mulk solig‘i bazasi hisoblangan ko‘chmas mulkning kadastr qiymatini bozor narxi
tamoyillari asosida hisoblashga o‘tish;
3.
Mahallalar o‘rtasida iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish maqsadida mahalliy kengashlar
qarori asosida oshiruvchi yoki kamaytiruvchi koeffitsientlarni qo‘llash orqali tuman va
shaharlar mahalliy budjetidan mahallalar budjetlariga transfertlarni amalga oshirish.
Bizning fikrimizcha yuqoridagi takliflar amaliyotga tatbiq etiladigan etiladigan bo‘lsa
tizimning samaraliroq ishlashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Farmon (2022).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-
yanvardagi “2022
-
2026-
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”PF
-60-son
Farmoni.
Farmon (2022). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi
“Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab
-quvvatlashning
tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”
gi PF-287-son qarori.
Kodeks (2020).
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. –T.: “Iqtisodiyot va huquq
dunyosi” nashriyot uyi, 2020 y.
Murojaatnoma (2022). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Oliy
Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi
.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
274
Qaror (2022). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 dekabrdagi “Mahalla
budjeti tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ
-458-son qarori.
Toshmatov Sh.А.(2017). Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishda davlat budjeti
daromadlari manbalarini kengaytirish yoʼnalishlari // Oʼzbekistonda moliya sektorini
rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari.
Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari
toʼplami. T.: TDIU, 2017.
-b.27-28.
Usmonov Q.
А
. (2014). Budjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni, usullari va ularni
takomillashtirish yoʼnalishlari // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron
jurnali. No 4, 2014 yil, iyul-avgust.
