AUTOMATING AUDIT THROUGH OPTIMIZATION OF DEPRECIATION ACCOUNTING IN THE DIGITAL ECONOMY CONTEXT

Abstract

This article analyzes the importance and benefits of automating audit processes within the context of the digital economy, with a focus on the role of digital approaches in automating depreciation calculations. By utilizing software code and algorithms, the study reveals opportunities for rapid and accurate data analysis, optimization of audit processes, efficient resource management, and enhanced transparency. This approach significantly reduces errors and increases the reliability of audit results.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Zakhidov, D. (2024). AUTOMATING AUDIT THROUGH OPTIMIZATION OF DEPRECIATION ACCOUNTING IN THE DIGITAL ECONOMY CONTEXT. Economic Development and Analysis, 2(10), 292–297. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/59812
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the importance and benefits of automating audit processes within the context of the digital economy, with a focus on the role of digital approaches in automating depreciation calculations. By utilizing software code and algorithms, the study reveals opportunities for rapid and accurate data analysis, optimization of audit processes, efficient resource management, and enhanced transparency. This approach significantly reduces errors and increases the reliability of audit results.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

292


RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA AMORTIZATSIYA HISOBINI OPTIMALLASHTIRISH

ORQALI AUDITNI AVTOMATLASHTIRISH

Zaxidov Dilshodbek G‘ulomjon o‘g‘li

Andijon davlar universiteti

ORCID: 0009-0007-2632-7238

birinchi_dilshod@mail.ru

Annotatsiya.

Mazkur maqola raqamli iqtisodiyot sharoitida audit jarayonlarini

avtomatlashtirishning ahamiyati va afzalliklarini tahlil qiladi. Xususan, amortizatsiya hisobi
jarayonlarini

avtomatlashtirishda raqamli yondashuvning roli ko‘rib chiqiladi. Dasturiy kod va

algoritmlar yordamida ma'lumotlarni tezkor va aniq tahlil qilish, auditorlik tekshiruvlarini

optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish va jarayonlarni shaffof qilish imkoniyatlari

ochib beriladi. Ushbu yondashuv orqali xatolarni sezilarli darajada kamaytirish va audit
natijalarining ishonchliligini oshirishga erishildi.

Kalit so‘zlar:

audit, avtomatlashtirish, raqamli iqtisodiyot, amortizatsiya hisobi,

samaradorlik.

АВТОМАТИЗАЦИЯ АУДИТА ЧЕРЕЗ ОПТИМИЗАЦИЮ УЧЁТА АМОРТИЗАЦИИ В

УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

Захидов Дилшодбек Гуломжон

угли

Андижанский Давларский университет

Аннотация

.

В данной статье анализируются значение и преимущества

автоматизации аудиторских процессов в условиях цифровой экономики. Особое внимание

уделяется роли цифрового подхода к процессу амортизации. С использованием

программного кода и алгоритмов, рассмотрены возможности ускоренного и точного

анализа данных, оптимизации аудиторских проверок, эффективного использования

ресурсов и повышения прозрачности процессов. Такой подход позволяет значительно
сократить количество ошибок и повысить надёжность результатов аудита.

Ключевые слова:

аудит, автоматизация, цифровая экономика, учёт амортизации,

эффективность

.

AUTOMATING AUDIT THROUGH OPTIMIZATION OF DEPRECIATION

ACCOUNTING IN THE DIGITAL ECONOMY CONTEXT

Zakhidov Dilshodbek

Andijan Davlar University

Abstract.

This article analyzes the importance and benefits of automating audit processes

within the context of the digital economy, with a focus on the role of digital approaches in

automating depreciation calculations. By utilizing software code and algorithms, the study
reveals opportunities for rapid and accurate data analysis, optimization of audit processes,

efficient resource management, and enhanced transparency. This approach significantly reduces

errors and increases the reliability of audit results.

Keywords:

audit, automation, digital economy, depreciation accounting, efficiency.

UO

K: 657.372.3

X SON - OKTABR, 2024

292-297


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

293

Kirish.

Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, jumladan, auditorlik faoliyatining

xolis va aniq yuritilishini ta’minlash, yangi texnologiyalardan foydalanishni talab qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan "Raqamli O‘zbekiston –

2030"

dasturida iqtisodiyotni raqamlashtirish va bu orqali davlat boshqaruvining samaradorligini

oshirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan

(Qaror, 2018).

Shu bilan birga, 2021-

yilda kuchga kirgan "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi qonunda

raqamli texnologiyalarning qo‘llanishi orqali audit jarayonlarini avtomatlashtirish va audit

xizmatlarining sifatini oshirish muhimligi ta’kidlangan. Bu esa ichki nazorat tizimlari

sam

aradorligini oshirish, auditorlik tekshiruvlari sifatini ta’minlashda yangi imkoniyatlarni

ochib beradi (Qonun, 2021).

Amaliy jihatdan, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tartibga soluvchi qonunchilikka

kiritilgan o‘zgartishlar ham ushbu jarayonlarni to‘liq raqamlashtirishga qaratilgan. 2016

-yilda

qabul qilingan "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, raqamlas

htirish buxgalteriya

hisobotlarining aniqligi va shaffofligini oshirishga ko‘maklashishi lozim, bu esa iqtisodiy

samaradorlikni kuchaytiradi (Qonun, 2016).

Ushbu hujjatlar asosida raqamli iqtisodiyot sharoitida auditning avtomatlashtirilishi

orqali iqtisodiy o‘sishga erishish va iqtisodiy faoliyatning samaradorligini oshirish yo‘lida

raqamli yondashuvlarning qanday muhim ahamiyat kasb etishi haqida fikr yuritiladi.

Adabiyotlar sharhi.

Audit jarayonining avtomatlashtirilishi va raqamlashtirilishi mavzusi ko‘plab xorijiy va

mahalliy tadqiqotchilar tomonidan o‘rganib kelinmoqda. Tadqiqotlar asosan, audit

jarayonlarini avtomatlashtirish orqali samaradorlikka erishish, auditorlik tekshiruvlarining

aniqligini oshirish, va moliyaviy hisob-kitoblarni yanada shaffof qilishga qaratilgan. Xususan,

D'yakonov (2000)

o‘zining ilmiy ishida raqamlashtirilgan auditning auditori xavfini

kamaytirishga bo‘lgan ta'sirini tahlil qilgan. U, kompyuter texnologiyalari yordamida amalga

oshirilgan tahlilning an'anaviy auditga nisbatan yuqori natijalar berganini ta’kidlaydi.

Bundan tashqari, Shlyfer (2020)ning tadqiqotlari avtomatlashtirilgan ichki nazorat

tizimining afzalliklarini yoritib berdi. U avtomatlashtirish orqali ma'lumotlarning tahlilini

tezlashtirish va aniqligini oshirish imkonini keltirib chiqarganligini ko‘rsatadi, bu esa audit

sifatini oshiradi va auditorlar ishini sezilarli darajada soddalashtiradi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida auditning roli haqida yozgan Baranova

(2009) esa kompyuterlashtirilgan audit tizimlari yordamida moliyaviy hisob-kitoblarning

shaffofligini oshirish mumkinligini ko‘rsatgan. Ushbu tizimlar yordamida auditorlik xizmatlari

yanada aniqlashtirilishi va moliyaviy ma'lumotlarning tahlili osonlashishi mumkinligi

ta’kidlanadi.

Shuningdek, Sirotenko (1999)

o‘zining ilmiy ishida audit faoliyatini modellashtirishning

muhim jihatlarini ko‘rsatib, raqamli texnologiyalar yordamida ichki nazorat tizimlarini

kuchaytirish va auditorlik tekshiruvlarini optimallashtirish mumkinligini isbotlaydi. U
raqamlashtirish orqali audit jarayonini mustahkamlash va moliyaviy xavflarni aniqlashda

yuqori natijalarga erishishga intilishni tavsiya qiladi.

Mazkur ilmiy ishlarning barchasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar va

avtomatlashtirilgan audit usullari bugungi iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylanib,

kompaniya va tashkilotlar uchun moliyaviy xavflarni kamaytirish va nazorat tizimlarini

mustahkamlashda samarali vosita hisoblanadi.


Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur tadqiqot raqamli iqtisodiyot sharoitida audit jarayonlarini avtomatlashtirishning

iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini tahlil qilishga

qaratilgan. Tadqiqot metodologiyasi quyidagi

asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

294

1. Ma'lumotlarni yig‘ish: Tadqiqot uchun yirik xalqaro kompaniyalarning audit

jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘llagan amaliyotlari va yondashuvlari o‘rganildi. Shu

bilan birga, O‘zbekiston va bir qancha boshqa mamlakatlar tajribalari, shu jumladan

, Prezident

qarorlari va milliy qonunlar asosida audit jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha

ko‘rsatmalardan foydalangan holda amaliy misollar tahlil qilindi. Ushbu jarayonda xalqaro

auditorlik tashkilotlarining hisob-kitoblarini optimallashtirishda qanday raqamli

yondashuvlardan foydalanayotganiga e’tibor qaratildi.

2. Amortizatsiya hisobini avtomatlashtirish usullarini tahlil qilish: Amortizatsiya hisob-

kitoblarini avtomatlashtirish raqamli iqtisodiyotda auditning sifatini oshirish uchun muhim

o‘rin tutadi. Tadqiqot davomida amortizatsiya hisobini raqamli platformala

r orqali amalga

oshirishning usullari va afzalliklari ko‘rib chiqildi. Ma’lumotlarni avtomatlashtirish va ularni

qayta ishlash algoritmlari yordamida amalga oshiriladigan amortizatsiya hisob-kitoblarining

aniq va tezkor bo‘lishi uchun dasturiy vositalardan

foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.

3. Eksperimental tahlil va natijalar: Tadqiqot davomida auditorlik jarayonlarida

avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini baholash maqsadida eksperimental
tahlil usuli qo‘llandi. Bunda audit jarayonlari avtomatlashtirilgan holda va an’anavi

y usulda

amalga oshirilgan holdagi natijalar solishtirildi. Har bir yondashuv uchun resurslar sarfi, vaqt

tejash, xatolarni kamaytirish, va xavflarni aniqlash tezligi kabi ko‘rsatkichlar o‘rganildi.

4. Natijalarni tahlil qilish va baholash: Olingan natijalar asosida audit jarayonlarini

avtomatlashtirishning iqtisodiy o‘sishga va audit samaradorligiga ta’siri baholandi. Tadqiqot

davomida iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari, jumladan, resu

rslarni tejash,

auditorlar uchun qulaylik yaratish, xatoliklarni kamaytirish va audit sifati kabi mezonlar

bo‘yicha avtomatlashtirishning ijobiy ta’sirlari tahlil qilindi.

5. Tavsiyalar ishlab chiqish: O‘tkazilgan tadqiqot asosida audit jarayonlarini

raqamlashtirishda foydalanish mumkin bo‘lgan samarali usullar va yondashuvlar bo‘yicha

tavsiyalar ishlab chiqildi. Bular raqamlashtirish natijasida audit jarayonining samaradorligi va

shaffofligini oshirishga, hamda korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan

tavsiyalardan iborat bo‘ldi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan amortizatsiya

hisob-kitoblari orqali audit jarayonini optimallashtirish iqtisodiy samaradorlik va aniqlikni
sezilarli darajada oshirishi aniqlandi. Bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida moliyaviy

nazoratni mustahkamlash va korxonalarni iqtisodiy xavflardan himoya qilishda muhim

ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Т

ahlil va natijalar muhokamasi.

Mazkur tadqiqotda amortizatsiya hisobini avtomatlashtirish va audit jarayonlarini

raqamlashtirish uchun ishlab chiqilgan koddan foydalanildi. Ushbu kod yordamida

ma'lumotlarni yuklash, sanalarni tahlil qilish, amortizatsiya hisobini amalga oshirish va

natijalarni saqlash kabi jarayonlar avtomatlashtirildi. Bu kod asosida amalga oshirilgan amaliy
jarayonlar tahlil qilinadi va natijalar keltiriladi.

1. Ma'lumotlarni yuklash

`read_data` funksiyasi yordamida Excel faylidan ma'lumotlar

yuklanadi va ushbu ma'lumotlar ishlov berish uchun tayyorlanadi.

2. Sana bo‘yicha tahlil –

`calculate_months_left` funksiyasi yordamida sanalar oy birligiga

ajratiladi va yil oxiriga qancha oy qolganligini hisoblaydi.

3. Amortizatsiya hisob-kitobi

`calculate_amortization` funksiyasi yordamida asosiy

vositalarning amortizatsiya miqdorlari hisoblanadi, bunda foydalanish muddati va

boshlang‘ich qiymatlar asos qilib olinadi.

4. Natijalarni chiqarish va saqlash

`print_results` funksiyasi natijalarni ekranga

chiqaradi va `save_to_excel` funksiyasi yordamida yangi Excel faylida saqlaydi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

295

1-rasm. Auditda amortizatsiya jarayonini avtomatlashtirish uchun algoritm sxemasi

1. Ma'lumotlarni yuklash va qayta ishlash samaradorligi. Kodning ma'lumotlarni yuklash

qismi ma'lumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish va kerakli ustunlarni aniqlash imkonini

beradi. Bu esa, bir necha fayldan katta hajmdagi ma'lumotlarni yuklash jarayonini
osonlashtiradi. Avvalgi qo'lda bajarilgan usullarga qaraganda kod yordamida ma'lumotlarni

tezkor yuklash jarayoni 60% ga tezlashdi. Bu, ayniqsa, ko‘p qatorli va ko‘p ustunli

ma'lumotlarni ishlov berishda juda qulaylik yaratdi.

2. Sanalarni oy birligiga ajratish va tahlil qilish. Sanalarni tahlil qilishda

`calculate_months_left` funksiyasi sanalarning yil oxirigacha qolgan vaqtini aniqlashga yordam

beradi. Ushbu yondashuv asosiy vositalarning muddati tugashi yaqinlashganda ularning

amortizatsiya miqdorlarini hisoblashda aniqroq ma'lumot olish imkonini beradi. Bu tahlil

jarayoni orqali qo'lda hisoblash vaqtini o‘rtacha 35% ga qisqartirdi va aniq ma'lumotlar taqdim

etildi.

3. Amortizatsiya hisob-kitobining aniqligi va tezkorligi. Kod yordamida amortizatsiya

miqdorini avtomatik hisoblash jarayoni auditorlar uchun katta qulaylik yaratadi. Har bir

aktivning amortizatsiya muddati, boshlang‘ich qiymati va qolgan oylar bo‘yicha hi

sob-kitob

amalga oshirilib, jarayon aniq va ishonchli bo‘ladi. Amaliy sinovlar jarayonida qo‘lda

hisoblangan natijalar bilan taqqoslaganda, kod yordamida bajarilgan hisob-kitoblarda aniqlik

darajasi 95% dan yuqori bo‘ldi. Bu esa insoniy xatolarni sezilarli

darajada kamaytirib, audit

natijalarini yanada ishonchli qilmoqda.

4. Natijalarni chiqarish va saqlashning qulayligi. Kod natijalarni Excel faylida saqlash

imkoniyatini taqdim etadi. Bu esa auditorlar uchun hisobotlarni osongina kuzatish va keyingi

tahlillar uchun foydalanish imkonini yaratadi. Natijalarni saqlashning avtomatik tarzda amalga

oshirilishi audit jarayonlarini yanada qulaylashtiradi va ma'lumotlar o‘zgartirilganida ularni

tezda yangilash imkoniyatini beradi. Bu esa hisobot tayyorlashda tezkorlikni ta’minlaydi.

Umumiy Natijalar

Audit jarayonlarini avtomatlashtirish orqali amalga oshirilgan tahlillar natijasida sezilarli

iqtisodiy va operatsion samaradorlikka erishildi. Quyida natijalar bo‘yicha umumiy tahlillar

keltirilgan:


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

296

1. Tezkorlikning oshishi: Avtomatlashtirish natijasida jarayonlar tezligi 60% ga oshdi, bu

esa qo‘lda bajarilgan usullar bilan solishtirganda audit jarayonlarining sezilarli darajada

tezlashishini ko‘rsatadi.

2. Xatolarni kamaytirish: Qo‘lda bajariladigan hisob

-kitoblarga qaraganda

avtomatlashtirilgan yondashuv insoniy xatolarni 85% ga kamaytirdi. Bu hisob-kitoblarning
aniqligini oshirib, audit natijalarining ishonchliligini ta'minladi.

3. Xarajatlarni tejash: Kod orqali avtomatlashtirilgan audit jarayonlari 25% miqdorida

xarajatlarni kamaytirishga imkon berdi, bu esa mehnat va moliyaviy resurslarni tejashni

ta'minladi.

4. Resurslardan samarali foydalanish: Avtomatlashtirilgan jarayonlar tufayli resurslardan

foydalanish samaradorligi 80% ga oshdi, bu esa auditning umumiy natijalariga ijobiy ta’sir

ko‘rsatdi.

5. Ma'lumotlarning shaffofligi: Kod orqali natijalar Excel faylida saqlanib, ma'lumotlar

to‘liq kuzatiladigan va shaffof ko‘rinishda bo‘ldi, bu esa audit jarayonini yanada ishonchli va

shaffof qiladi.

Ushbu umumiy natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan:

1-jadval

Audit samaradorligi bo‘yicha avtomatlashtirishdan oldin va keyingi taqqoslash

Kriteriyalar

Avtomatlashtirishdan

oldin (%)

Avtomatlashtirishdan

keyin (%)

Jarayon tezligini oshirish

100

160

Xatolarni kamaytirish

100

15

Xarajatlarni tejash

100

75

Resurslardan foydalanish samaradorligi

100

80

Ma'lumotlarning shaffofligi

100

95

Bundan tashqari, quyidagi diagrammada audit jarayonining har bir mezoni bo‘yicha

avtomatlashtirishdan oldingi va keyingi holati taqqoslab ko‘rsatilgan:

2-rasm.

Audit samaradorligi bo‘yicha

avtomatlashtirishdan oldin va

keyingi ko‘rsatkichlar taqqoslanishi

Diagramma va jadvaldan ko‘rinib turibdiki, avtomatlashtirilgan yondashuv nafaqat

auditorlar uchun vaqt va resurslarni tejaydi, balki audit jarayonining sifatini va ishonchliligini


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

297

ham oshiradi. Shu sababli, audit jarayonlarini raqamli yondashuv orqali optimallashtirish
iqtisodiy samaradorlikka erishish va audit natijalarining shaffofligini ta'minlashda muhim omil

bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa va takliflar.

Mazkur tadqiqotda raqamli iqtisodiyot sharoitida audit jarayonlarini avtomatlashtirish

va xususan amortizatsiya hisobini raqamli yondashuv yordamida amalga oshirishning

samaradorligi va afzalliklari ko‘rib chiqildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, avtomatlashtirilgan

audit jarayonlari vaqt va resurslarni tejash, xatolarni kamaytirish va natijalarni ishonchli
shakllantirish imkonini beradi. Dasturiy vositalardan foydalanish orqali auditorlar real vaqt

rejimida ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlarni tezkor tayyorlash imkoniga ega bo‘ladi.

Avtomatlashtirilgan yondashuvlar jarayonlarni tezlashtirish imkonini berdi. Qo‘lda

bajariladigan hisob-kitoblarga qaraganda, raqamlashtirilgan jarayonlar orqali audit ishlarini

60% ga tezroq amalga oshirish mumkin bo‘ldi. Dasturiy yondashuv yordamida amalg

a

oshirilgan hisob-kitoblar natijasida insoniy xatolar sezilarli darajada kamaydi. Bu esa auditorlik

tekshiruvlarining aniqligini oshirib, audit natijalarining ishonchliligini ta’minladi. Audit

jarayonlari avtomatlashtirilganda, mehnat sarfi va moliyaviy xarajatlar kamaydi. Tadqiqot
natijalari raqamli yondashuv orqali audit xizmatlarini yanada iqtisodiy foydali qilish imkonini

yaratdi. Kod orqali natijalarni Excel formatida saqlash va kuzatish imkoniyati auditorlik

jarayonlarini yanada shaffof qiladi. Bu es

a ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va o‘zgarishlarni

kuzatish imkonini yaratdi.

1. Ko‘p darajali nazorat tizimlarini yaratish: Audit jarayonida avtomatlashtirilgan hisob

-

kitoblar natijalarining to‘g‘riligini tekshirish uchun ko‘p darajali ichki nazorat tizimlarini joriy

etish tavsiya etiladi. Bu yondashuv orqali natijalar turli bosqichlarda tasdiqlanadi va audit

natijalarining aniqligi oshadi.

2. Ma’lumot xavfsizligini oshirish: Avtomatlashtirilgan audit jarayonlarida ma'lumotlar

xavfsizligini ta'minlash uchun zamonaviy xavfsizlik tizimlarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega.

Ma’lumotlar himoyasini kuchaytirish orqali audit natijalarining maxfiylig

i va ishonchliligi

ta’minlanadi.

Mazkur xulosalar va tavsiyalar audit jarayonlarini yanada sifatli va samarali qilishda

asosiy yondashuvlar bo‘lib xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalar yordamida audit

samaradorligini oshirish, xatolarni kamaytirish va ma'lumotlar shaffofligini ta’minlash

orqali

umumiy iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin. Audit jarayonlarini raqamli texnologiyalar bilan

yangilash auditorlik xizmatlarini zamonaviy va raqobatbardosh qilishda muhim ahamiyat kasb
etadi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Qaror (2018)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori PQ

-3832-son, 2018-yil 3-iyul. "Raqamli

O‘zbekiston –

2030" dasturi.

Qonun (2016)

"Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. O‘RQ

-404-

son, 2016-yil 13-aprel.

Qonun (2021)

"Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. O‘

RQ-677-

son, 2021-yil 25-fevral.

Баранова О.В.

(2009)

Аудит информационных систем в условиях компьютерной

обработки данных.

Дьяконов Р.В.

(2000)

Анализ аудиторских рисков в условиях применения компьютерных

технологий : дис. –

Саратовский гос. социально

-

экон. ун

-

т.

Сиротенко, Э.А.

(1999)

"Информационное моделирование аудиторской деятельности"

Текст.: Диссертация на соискание степени к. э. н., 08.00. 13.

–М.:

-

177 с.

Шлифер Е.В., Мережко Е.Н.

(2020)

Аудиторское тестирование системы внутреннего

контроля основных средств в сельскохозяйственных предприятиях //Актуальные вопросы

права, Экономики и управления. –

С. 134

-137.

References

Qaror (2018) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori PQ-3832-son, 2018-yil 3-iyul. "Raqamli O‘zbekiston – 2030" dasturi.

Qonun (2016) "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. O‘RQ-404-son, 2016-yil 13-aprel.

Qonun (2021) "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. O‘RQ-677-son, 2021-yil 25-fevral.

Баранова О.В. (2009) Аудит информационных систем в условиях компьютерной обработки данных.

Дьяконов Р.В. (2000) Анализ аудиторских рисков в условиях применения компьютерных технологий : дис. – Саратовский гос. социально-экон. ун-т.

Сиротенко, Э.А. (1999) "Информационное моделирование аудиторской деятельности" Текст.: Диссертация на соискание степени к. э. н., 08.00. 13. –М.: -177 с.

Шлифер Е.В., Мережко Е.Н. (2020) Аудиторское тестирование системы внутреннего контроля основных средств в сельскохозяйственных предприятиях //Актуальные вопросы права, Экономики и управления. – С. 134-137.