CALCULATION OF BIOLOGICAL ASSETS IN FISHERIES BASED ON IFRS IMPROVEMENT

Abstract

In this article, the issues of justifying the methodological aspects of the application of the IAS "Agriculture" in fisheries are covered. In particular, in relation to biological assets in fisheries, the rules for their recognition have been formulated based on the general rules of the IAS No. 41 "Agriculture"; directions for improving production cost accounting and product costing in fisheries in accordance with IAS No. 41 are indicated, and biological assets and products derived from them are categorized. Also, the use of international experience in the evaluation and accounting of fishery products made it possible to meet the requirements of the IAS and to integrate (harmonize) with the international community.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
f
18-27
26

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Aitimbetov, A. (2024). CALCULATION OF BIOLOGICAL ASSETS IN FISHERIES BASED ON IFRS IMPROVEMENT. Economic Development and Analysis, 2(10), 18–27. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/59786
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the issues of justifying the methodological aspects of the application of the IAS "Agriculture" in fisheries are covered. In particular, in relation to biological assets in fisheries, the rules for their recognition have been formulated based on the general rules of the IAS No. 41 "Agriculture"; directions for improving production cost accounting and product costing in fisheries in accordance with IAS No. 41 are indicated, and biological assets and products derived from them are categorized. Also, the use of international experience in the evaluation and accounting of fishery products made it possible to meet the requirements of the IAS and to integrate (harmonize) with the international community.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

18


BALIQCHILIKDA BIOLOGIK AKTIVLAR HISOBINI MHXS ASOSIDA

TAKOMILLASHTIRISH

PhD

Aitimbetov Amirbek Qoishibekovich

Alfraganus universitety,

Toshkent kimyo xalqaro universiteti

ORCID: 0009-0003-5700-1768

amirbek383@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

baliqchilik xoʻjaliklarida “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS(IAS)

ni qoʻllashning uslubiy jihatlarini asoslash

masalalari yoritilgan.

Xususan, baliqchilikdagi biologik

aktivlarga nisbatan 41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS

(IAS) ning umumiy qoidalari asosida

ularni tan olishning qoidalari shakllantirilgan; baliqchilikda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va

mahsulotlar tannarxini hisoblashni 41-MHXS

(IAS)ga muvofiq takomillashtirish yoʻnalishlari

koʻrsatilgan, hamda biologik aktivlar va ulardan olinadigan

mahsulotlar turkumlandi.

Shuningdek, baliqchilik mahsulotlarini baholash va hisobga olishda xalqaro tajribadan

foydalanish MHXS (IAS) talablarini taʼminlash hamda xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuv

(uygʻunlashuv)ga imkon berdi.

Kalit soʻzlar:

moliyaviy hisobot xalqaro standartlari(MHXS-IAS), biologik aktivlar,

biotransformatsiyalanish, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, mahsulotlar tannarxini hisoblash,
uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, haqqoniy qiymat.

РАСЧЕТ БИОЛОГИЧЕСКИХ АКТИВОВ В РЫБОЛОВСТВЕ НА ОСНОВЕ MСФО

УЛУЧШЕНИЕ

PhD

Айтимбетов Амирбек Койшибекович

Университет Альфрагануса

,

Ташкентский Международный Университет Кимё

Аннотация.

В данной статье освещены вопросы обоснования методических

аспектов применения МСФО «Сельское хозяйство» в рыбном хозяйстве. В частности, в

отношении биологических активов в рыбном хозяйстве правила их признания
сформированы на основе общих правил МСФО № 41 «Сельское хозяйство»; Указаны
направления совершенствования учета себестоимости продукции и калькуляции

продукции в рыбном хозяйстве в соответствии с МСФО № 41, а также

классифицированы биологические активы и продукция, полученная из них. Также

использование международного опыта оценки и учета рыбной продукции позволило
удовлетворить требования МСФО и интегрироваться (гармонизироваться) с

международным сообществом.

Ключевые слова:

международные стандарты финансовой отчетности (МСФО),

биологические активы, биотрансформация, учет себестоимости продукции,
калькуляция себестоимости продукции, долгосрочные активы, оборотные активы,

справедливая стоимость.

UO

K: 338.1+631.15

X SON - OKTABR, 2024

18-27


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

19

CALCULATION OF BIOLOGICAL ASSETS IN FISHERIES BASED ON IFRS

IMPROVEMENT

PhD

Aitimbetov Amirbek Qoishibekovich

Alfraganus University,

Kimyo International University in Tashkent

Abstract.

In this article, the issues of justifying the methodological aspects of the application

of the IAS "Agriculture" in fisheries are covered. In particular, in relation to biological assets in
fisheries, the rules for their recognition have been formulated based on the general rules of the IAS

No. 41 "Agriculture"; directions for improving production cost accounting and product costing in

fisheries in accordance with IAS No. 41 are indicated, and biological assets and products derived

from them are categorized. Also, the use of international experience in the evaluation and
accounting of fishery products made it possible to meet the requirements of the IAS and to
integrate (harmonize) with the international community.

Keywords:

international Financial Reporting Standards (IAS), biological assets,

biotransformation, production cost accounting, product costing, long-term assets, current assets,
fair value.

Kirish.

Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash, investitsiyalar jalb qilinishi va

ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash buxgalteriya hisobining qoʻllanilish chegaralarini

kengaytirmoqda. Natijada, yangi hisob obyektlari va buxgalteriya hisobi axborotlaridan

foydalanuvchilarning yangi toifalari paydo boʻlmoqda. Shuning uchun, buxgalteriya hisobi

oldida uni yangi sharoitlarga moslashtirish boʻyicha vazifalar paydo boʻlmoqda. Hisob

axborotlari hajmining doimiy oʻsib borishi, uning sifatiga zarar yet

kazmasdan, buxgalteriya

hisobi shakllari va uslublarini moliyaviy hisobot xalqaro standartlari (MHXS-IAS) asosida

yanada takomillashtirib borishni, EHM yordamida boshlangʻich hisob axborotlarini roʻyxatga

olish va ishlov berish vaqtini qisqartirishni taqozo etmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Baliqchilik xoʻjaliklarida moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini(

mhxs-ias

) qoʻllash

tushunchasining ilmiy taʼriflari va tavsiflari xorijlik va mamlakatimiz olimlari tomonidan juda

keng qamrovli yoritilgan. Jumladan, xorijlik olimlar Xorujiy va Dorjiyevlar (2010)

fikriga koʻra,

“baliq mahsulotlarini haqqoniy qiymati boʻyicha baholash, nafaqat tashkilotlarning moliyaviy

va mulkiy holatini obyektiv baholash, balki baliqchilikdagi biologik aktivlar(chavoqlar,

segoletkalar

, bir yilliklar, toʻldiruvchi yosh ba

liqlar, tovar baliqlar)ning adolatli qiymati

oʻzgarishida, mos ravishda daromadlar, xarajatlar va moliyaviy natijalarning ham oʻzgarishida

ifodalanadigan, ular biotransformatsiyalanishining

oqibatlarini aks ettirish uchun ham zarur”

deb hisoblaydi.

Mamlakatimiz olimlaridan Dusmuratov (2022)

«

Yevropa iqtisodiy hamjamiyati

tajribalari koʻrsatishicha, hozirgi paytda xoʻjalik qonunchiligini, jumladan hisob tizimini ham

unifikatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Xalqaro standartlarni joriy qilish uzoq davom etadigan
va murakkab jarayondir. Hozirgi vaqtgacha chiqarilgan barcha moliyaviy hisobot xalqaro

standartlari yagona tizimni tashkil etib, bir-

birlari bilan oʻzaro chambarchas bogʻliqdir» deb oʻz

yondashuvini keltirib oʻtadi.

Iqtisodchi olim Menglikulov (2019)

“biologik aktivlar” tushunchasi, ular hisobi va

auditining ayrim jihatlari mamlakatimiz olimlari hamda mutaxassislari tomonidan davriy

nashrlarda muhokama qilinmoqda, lekin hozircha normativ-huquqiy hujjatlarda mavjud emas,
deb izohlaydi.

Iqtisodchi olim Boltayev (2024) biologik aktivlar hisobining uslubiy jihatlarini


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

20

takomillashtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borgan boʻlib, u asosan tadbirkorlik
subʼektlarida

biologik aktivlar bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlarni hisobga olishda

foydalanish uchun tegishli schyotlar

taklif qilgan hamda ular yordamida xoʻjalik

operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish

algoritmi koʻrsatib oʻtadi.

Darhaqiqat,

«har bir standart uni ishlab chiqishda asos boʻluvchi maqsad va konsepsiyalar

mazkur standartga kiruvchi masalalar roʻyxati; ishlatiladigan atamalarning taʼrifi; ushbu

standartni qoʻllash mezonlari; hisobga olish metodlari va oʻlchash asboblari; axborotlarn

i

ochish usullari va tushuntirish izohlarini oʻz ichiga oladi. Xalqaro buxgalteriya standartlari
tavsiya tavsifiga ega boʻlib, ularni qoʻllash alohida davlat organlariga bogʻliq.

Ayrim mamlakatlar Malayziya, Singapur, Zimbabve xalqaro standartlardan bevosita

milliy standartlar sifatida foydalansalar, boshqalari (Misr, Hindiston, Keniya) ularga asosan

oʻzlarining milliy standartlarini ishlab chiqadilar. AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va

Avstraliyada milliy hisob tizimlari shu tarzda rivojlanganki, ularning milliy hisob standartlari
xalqaro standartlarga mos keladi

»

(

Хоружий, Доржиев

, 2010).

41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS(IAS) ga muvofiq esa biologik aktivlar deganda

“hayvonlar yoki oʻsimliklar” tushunilib, ayni chogʻda “biologik aktiv” tushunchasi “qishloq
xoʻjalik mahsulotlari”dan farqlanadi. Soʻnggi tushuncha “kompaniyaning biologi

k aktivlaridan

yigʻilgan mahsulotlari”ni bildiradi. Ushbu tushunchalar oʻrtasidagi farqlardan kelib chiqib, 41

-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS(IAS) da qishloq xoʻjalik faoliyati: “sotish, qishloq xoʻjalik

mahsulotlari olish yoki qoʻshimcha aktivlarni

ishlab chiqarish maqsadida biologik aktivlarning

biotransformatsiyalanishini

boshqarish”

(

АССА, 2011

)

deb taʼriflangan.

Shuningdek,

«

biotranformatsiya

oʻsish,

degeneratsiyalanish, mahsulot ishlab chiqarish va takror ishlab

chiqarish jarayonlaridan iborat boʻlib, ular natijasida biologik aktivlarda sifat yoki miqdor

oʻzgaoishlari

sodir boʻladi»

(

АССА, 2011

).

Shuni alohida taʼkidlash joizki,

biologik aktivlar fuqarolik huquqining obyekti ham

hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida “koʻp yillik dov

-

daraxtlar” (83

-

modda) va “hayvonlar” (93

-modda)

jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida, yaʼni

ashyoviy huquq obyektlari sifatida tegishli boʻlgan

mol-mulk obyektlari hisoblanadi. Xususan,

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining

83-

moddasiga muvofiq: “koʻp yillik dov

-

daraxtlar” koʻchmas mulklar jumlasiga kiritilgan

(Kodeks, 2022), 93-

moddasida esa: “qonun

hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, mol

-

mulk toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar

hayvonlarga nisbatan ham qoʻllaniladi”

(Kodeks, 2022)

deb koʻrsatilgan. Shuningdek,

Oʻzbekiston Respublikasida Fuqarolik Kodeksi mol

-mulklarni ishlatishdan olingan mevalar,

mahsulotlar va daromadlar, shu jumladan, biologik aktivlar hisoblanganlari ham, alohida

koʻrsatilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasida Fuqarolik Kodeksining 92

-moddasida:

“ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qon

un yoki shartnomada boshqacha tartib

belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, ashyo egasiga tegishlidir” deb koʻrsatilgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida avvalo umumiy metodologik asos sifatida dialektika; ilmiy tafakkur,

analiz va sintez, induksiya va deduksiya, induktiv-deduktiv, abstrakt-mantiqiy metodlar,

qiyoslash kabi nazariy umum-ilmiy metodlardan foydalanildi. Umum-ilmiy empirik
metodlardan esa, ilmiy va qomusiy manbalarni sharhlash, kuzatish va retrospektiv tahlil

usullari qoʻllanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ilmiy-uslubiy va normativ-

huquqiy manbalarni sharhlash shuni koʻrsatadiki, 41

-sonli

“Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXSda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish maqsadlarida
Oʻzbekiston amaliyoti uchun yangi tushunchalar mavjud. Shu bois, baliqchilik xoʻjaliklarida

Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari (MHXS-IAS), xususan, 41-

sonli“Qishloq xoʻjaligi” nomli


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

21

MHXS(IAS)

ni qoʻllashning uslubiy jihatlarini asoslash maqsadida mazkur tushunchalarning

qiyosiy tavsifini keltiramiz (1-jadval).

1-jadval

41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS (IAS)

da va Oʻzbekiston Respublikasi

normativ-huquqiy hujjatlarida biologik ativlar buxgalteriya hisobiga

oid tushunchalar qiyosiy tavsifi

Tushuncha

41-

sonli“Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS(IAS)

da

Oʻzbekiston

Respublikasi

normativ-huquqiy

hujjatlarida

Biologik

aktiv

Qishloq x

jalik chorva mollari (katta yoshdagi

mahsuldor va nasldor mollar,

oʻstirishdagi va

boquvdagi mollar, parrandalar, quyonlar,

hayvonlar), industrial baliqchilikdagi baliqlar va

akvakulturadagi boshqa tirik obyektlar, qishloq

x

jalik

oʻsimliklari

(

bir yillik va koʻp yillik

oʻsimliklar

),

koʻp yillik daraxtlar

,

oʻrmon daraxtlari.

Qishloq xoʻjalik oʻsimliklari, koʻp

yillik oʻsimliklar,

cho qoramol

chilik

(sut yoki goʻsht yoʻnalishi),

yilqichilik, tuyachilik, qoʻychilik,

echkichi-

lik, choʻchqachilik,

quyonchilik, parrandachilik,

baliqchilik va h.k.)

Biotrans-

formatsiya-

lanish

Oʻsish jarayonlari,

degeneratsiyalanish, mahsulotlar

ishlab chiqarish va takror barpo etish

Ishlab chiqarish (qishloq xoʻjalik

ekinlarini parvarishlash, chorva

mollarini saqlash)

Balans qiymati

Aktiv balansda tan olinadigan summa

Boshlangʻich va qoldiq qiymati

Biologik

aktivlarga

amortizatsiya

hisoblash

Tannarxi boʻyicha hisobga olinadigan, katta yoshdagi

mahsuldor mollar boʻyicha hisoblandi

Ishchi hayvonlardan tashqari,

barcha biologik aktivlarga

amortizatsiya hisoblanmaydi.

Haqqoniy baho

Haqqoniy qiymat

bu bir-

birlaridan oʻzaro yaxshi

xabardor va mustaqil boʻlgan tomonlarning biron

-

bir bitimini amalga oshirishda aktivni sotib olish

yoki majburiyatni bajarishlari uchun yetarli boʻlgan

pul mablagʻlari summasi

Oʻzbekiston amaliyotida

mavjud emas

Faol bozor

Faol bozor shakllangan:tovarlar birxilligi, xaridorlar

va

sotuvchilar maʼlum, baholar toʻgʻrisidagi

axborotlar ochiq

Faol bozor toʻliq shakllanmagan.

Birjalar faoliyati yoʻlga

qoʻyilmoqda

Qishloq xoʻjalik

faoliyati

Sotish, qishloq xoʻjalik mahsulotlari olish yoki

qoʻshimcha aktivlarni ishlab chiqarish maqsadida

biologik aktivlar-ning biotransformatsiyalanishini

boshqarish.

Qishloq xoʻjalik

mahsulotla-rini

ishlab chiqarish

Qishloq xoʻjalik

mahsulotlari

Biologik aktivlar yigʻib olingan mahsulotlar

Tayyor mahsulotlar, urugʻlik,

ozuqalar, chorva mollarining

qoʻshimcha oʻsishi

Qishloq xoʻjalik

mahsulotlarini

yigʻishtirish

Biologik aktivlardan mahsulotlarni ajratib olish

Mahsulotlar chiqishi

1-jadval

maʼlumotlari shundan dalolat beradiki,

41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli

MHXS(IAS) da keltirilgan koʻpchilik tushunchalar Oʻzbekiston Respublikasining normativ

-

huquqiy hujjatlari va boshqa manbalarda ham mavjud boʻlib, ular deyarli bir xil taʼriflangan

hamda talqin qilingan.

Shunday qilib, huquq nuqtayi nazaridan, koʻp yillik dov

-daraxtlar va hayvonlar ashyo,

mol-mulk obyekti, fuqarolik huquqi obyekti, tuzilayotgan shartnomalar predmeti sifatida

boshqa ashyoviy mol-mulklardan prinsipial farq qilmaydi. Bu jihat ularni fuqarolik huquqining

maxsus kategoriyasi sifatida ajratishni va qandaydir maxsus norma shakllantirishni talab


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

22

qilmaydi. Aynan shunday yondashuv

Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobini

tartibga soladigan normativ hujjatlarida oʻz aksini topgan.

Baliqchilikdagi biologik aktivlarga nisbatan 41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS

(IAS)

ning umumiy qoidalari asosida ularni tan olishning quyidagi qoidalari shakllantiriladi:

korxona biologik aktivlarni oʻtgan hodisalar natijasida (

biotransformatsiyalanishi

boʻyicha ) nazorat qiladi;

korxonaga kelgusida biologik aktivlar bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar olinish

ehtimoli;

biologik aktivlarning adolatli qiymati yoki tannarxini yetarli darajadagi ishonchlilik

bilan oʻlchash mumkinligi.

41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS

(IAS) ga muvofiq esa baliqchlikdagi bioliogik

aktivlar tarkibi va ularning oʻsishining natijalarini aniqlash zarur. Shuningdek, baliqchilikdagi

biologik aktivlar, asosan baliqlar va ularning rivojlanish natijalarini buxgalteriya hisobining
sintetik va analitik schyotlarida aks ettirish tartibini ishlab chiqish, uni xalqaro hisob
amaliyotiga yaqinlashtirish imkonini beradi. Lekin, hozirga qadar 41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi”

nomli MHXS(IAS) talablariga javob beradigan va mamlakatimiz qish

loq xoʻjaligi ishlab

chiqarishining, xususan baliqchilik tarmogʻining tashkiliy

-texnologik, biologik va boshqa

xususiyatlarini oʻzida aks ettiradigan Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) hamda

shunga oʻxshash boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilm

agan. Fikrimizcha, 41-

sonli “Qishloq

xoʻjaligi” nomli MHXS

(IAS)

qoidalarini esa, baliqchilik tarmogʻi xoʻjaliklari amaliyotiga

toʻgʻridan

-

toʻgʻri qoʻllashning imkoni yoʻq.

Shu munosabat bilan, baliqchilikda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulotlar

tannarxini hisoblashni takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari:

-

birinchidan, baliqchilik tarmogʻi ishlab chiqarishning tashkiliy texnologik

xususiyatlarini aks ettiradigan normativ xujjatlar (Buxgalteriya hisobi milliy standartlari,

nizomlar va b). Eng boʻlmaganda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;

- ikkinchidan, 41 sonli

«Qishloq xoʻjaligi»

nomli MHXS(IAS) ga sharhlar, uni qoʻllash

boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar ishlab chiqishdan iborat.

Fikrimizcha, ushbu masalalarni hal etish uchun, avvalo, baliqchilikdagi biologik aktivlar

va ulardan olinadigan mahsulotlarni ilmiy jihatdan taʼriflash va turkumlash zarur. Shuningdek,

ularning haqqoniy bahosini aniqlash va hisobga olish uslublarini ishlab

chiqish lozim. Bu oʻz

navbatida baliqchilik biznesini samarali boshqarish va resurslar salohiyatini asosliroq

baholashga zamin yaratadi

41-sonli

«Qishloq xoʻjaligi»

nomli MHXS(IAS) qoidalarini va Oʻzbekistonda faoliyat

yuritayotgan

karpsimon baliqchilikka ixtisoslashgan toʻliq tizimli yirik xoʻjaliklar amaliyotini

oʻrganish natijalariga asoslanib, baliqchilikdagi biologik aktivlar va ulardan olinadigan

mahsulotlar turkumini quyidagicha taqdim etamiz (2-jadval).

2-jadval

Baliqchilikdagi biologik aktivlar va ulardan olinadigan

mahsulotlarning turkumlanishi

Biologik aktivlar

Olinadigan mahsulotlar

Mahsuldor urgʻochi baliqlar

Uvildiriq (ikra)

Mahsuldor erkak baliqlar
Lichinkalar

Segoletkalar

Chavoq(malk)lar
Segoletkalar
Bir yillik baliqlar

Sotiladigan (tovar) baliqlar

Ikki yillik baliqlar
Yaylov hovuzlarida boqilayotgan baliqlar


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

23

Baliqchilikda biologik aktivlar va ulardan olinadigan mahsulotlarni bunday turkumlash:

birinchidan,

ularning buxgalteriya hisobini (sintetik va analitik hisobni) tarmoqning ishlab

chiqarish va tashkiliy-texnologik xususiyatlariga mos ravishda tashkil etish, natijada, hisob

axborotlarining tezkorligi va ishonchliligini hamda nazoratini taʼminlaydi;

ikkinchidan,

mamlakatimizda buxgalteriya hisobi amaliyotini moliyaviy hisobot xalqaro

standartlari (MHXS-IAS), xususan, 41-sonli

«Qishloq xoʻjaligi»

nomli MHXS qoidalariga

muvofiqlashtirishga imkon beradi.

Baliqchilikda biologik aktivlar biotransformatsiyalanishi natijasida ularning miqdori va

sifati oʻzgaradi. Bu jarayonni boshqarish uni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan tashkiliy

-

texnologik va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratilishini bildiradi. Buxgalteriya hisobi nuqtayi

nazaridan, boshqaruv mazkur holatda biologik aktivlar biotransformatsiyalanishida sodir

boʻladigan miqdor va sifat koʻrsatkichlarini kuzatish, oʻlchash, baholash va nazorat qilish

hamda haqqoniy qiymat boʻyicha ifodalashni bildiradi.

Fikrimizcha, 41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS

(IAS) va buxgalteriya hisobini

tashkil etish va yuritishga doir

Oʻzbekiston Respublikasi normativ

-huquqiy hujjatlarining

qoidalari oʻrtasidagi yana bitta muhim farq, aktivlarni baholash va qishloq xoʻjaligi faoliyati

boʻyicha axborotlarni ochib berish prinsiplaridan iborat. Bulardan eng asosiysi, qishloq
xoʻjalik mahsulotlarini haqqoniy qiymati boʻyicha baholashdir. Hozirgi vaqtda qishloq xoʻjalik

mahsulotlarining faol bozori deyarli shakllanmaganligi boi

s, bu ishni amalga oshirish oʻta

murakkab hisoblanadi.

41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS(IAS) da belgilanishicha, qishloq xoʻjalik

mahsulotlarining faol bozori boʻlmagan ayni chogʻda, kompaniya haqqoniy qiymatni aniqlash
uchun quyidagi bitta yoki bir nechta koʻrsatkichlardan foydalanadi:

«

-

bozordagi soʻnggi bitim boʻyicha baho. Bunda bitim amalga oshirilgan sana va hisobot

davri oraligʻida xoʻjalik sharoitlari jiddiy oʻzgarmagan boʻlishi lozim;

-

aynan oʻxshash aktivlarning, oʻzgarishlar hisobga olingan holda tuzatishlar kiritilgan,

bozor baholari;

-

tarmoq koʻrsatkichlari, masalan, bitta lotok, bushel yoki gektar hisobiga bogʻdorchilik

ekinlari va bir kilogramm goʻshtga hisoblab oʻtkazilgan yirik shoxdor qoramollar qiymati».

41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS(IAS) ga muvofiq “Haqqoniy qiymat –

bu bir-

birlaridan oʻzaro yaxshi xabardor va mustaqil boʻlgan tomonlarning biron

-bir bitimini amalga

oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatni bajarishlari uchun yetarli boʻlg

an pul

mablagʻlari summasi”

(

АССА, 2011)

.

41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS (IAS) qoidalarini qoʻllash chogʻida biologik

aktivlarning haqqoniy qiymatini yetarli darajadagi ishonchlilik bilan aniqlash, yaʼni bunday

baholash ishonchli deb hisoblash mumkin, degan faraz (taxmin)dan kelib chiqish zarur. 41-

sonli MHXS(IAS) ga muvofiq, mazkur faraz biologik aktivlar uchun bozor baholari va tegishli

koʻrsatkichlar mavjud boʻlmaganida, haqqoniy qiymatning muqobil hisob

-kitoblarini esa

ishonchli deb hisoblash mumkin boʻlmaganida, ularning birinchi ma

rotaba tan olinish paytida

rad etish mumkin. Bu holda biologik aktivlar qadrsizlanishidan koʻrilgan zararlar va ularga

hisoblangan amortizatsiya chegirib tashlangan holda baholanishi lozim. Biologik aktivlarning

haqqoniy qiymatini yetarli darajadagi ishonc

h bilan aniqlash imkoniyati paydo boʻlishi bilan,

kompaniya darhol taxmin qilinayotgan sotish xarajatlarini chegirgan holda adolatli qiymat

boʻyicha baholashga oʻtishi mumkin

(

АССА, 2011)

.

Biologik aktivlarni hisobda tan olish chogʻida, ularning haqqoniy qiymatini aniqlash

imkoni yoʻq boʻladigan vaziyatlar, istisno hollarda uchraydi. 41

-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli

MHXS (IAS) qoidalariga koʻra esa, “biologik aktivlar dastlabki tan olish

va har bir hisobot

sanasiga adolatli qiymat boʻyicha sotish xarajatlari chegirib tashlangan holda baholanishi

lozim”

(

АССА, 2011)

.

41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS (IAS)ga muvofiq sotish xarajatlariga brokerlar va

dilerlarga toʻlanadigan summalar, tartibga soluvchi organlar va tovar birjalari yigʻimlari, mol

-


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

24

mulklarni berish uchun soliqlar, hamda bojlar kiradi. Sotish xarajatlariga aktivlarni bozorga

yetkazish boʻyicha transport xarajatlari va boshqa xarajatlar kiritilmaydi.

Hozirgi vaqtda biologik aktivlarni nafaqat baholashda, balki turkumlashda ham

muammolar mavjud. 41-sonli

«Qishloq xoʻjaligi»

nomli MHXS (IAS)ga muvofiq biologik aktivlar

ularning muomalada boʻlish muddatiga koʻra uzoq muddatli va joriy(qisqa muddatli) biologik
aktivlarga boʻlinadi. Joriy(qisqa muddatli) biologik aktivlar deganda 12 oy davomida sotilishi

yoki isteʼmol qilinishi

mumkin boʻlgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari va chorva mollari, xususan,

baliqlar ham, tushuniladi. Boshqa barcha biologik aktivlar uzoq muddatli deb hisoblanadi.

Xalqaro tajriba va mamlakatimiz amaliyotini tadqiq qilish natijalarini umumlashtirish

hamda ularni uygʻunlashtirish asosida biologik aktivlarning turkumlanishini umuman qishloq

xoʻjaligi, xususan, baliqchilik tarmogʻi boʻyicha quyidagicha taqdim etish mumk

in (1-rasm).






1-rasm. Biologik aktivlarning turkumlanishi

Isteʼmol qilinadigan biologik aktivlar qishloq xoʻjalik mahsulotlari (ekinlar hosili,

chorvachilik mahsulotlari) koʻrinishida yigʻib olinadigan yoki sotiladigan biologik aktivlardir.

Hosil(mahsulot) beradigan biologik aktivlar

bu qishloq xoʻjalik mahsulotlari emas, balki oʻzi

-

oʻzini qayta tiklaydigan, yaʼni isteʼmol qilinib, dastlabki shaklini yoʻqotmaydigan obyektlar.

Shuningdek, biologik aktivlar voyaga yetgan va voyaga yetmagan biologik aktivlarga ham

boʻlinadi. Voyaga yetgan biologik aktivlar, voyaga yetmaganlaridan farqli boʻlib,

hosili(mahsuloti)ni yigʻib olish oʻlchamlari shakllangan, yoxud hosili(mahsuloti)ni yigʻib olishni

muntazam ravishda taʼminlashi mumkin boʻlgan aktivlardir.

Baliqchilik xoʻjaliklarida mol

-mulklar(kapital) va faoliyatni samarali boshqarish uchun

buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot axborotlarining foydaliligiga mol-mulklari, yarim

tayyor va tayyor mahsulotlarini obyektiv baholash orqali erishiladi.

Shu munosabat bilan baliqchilik xoʻjaliklari uchun baliq mahsulotlarini, 41

-sonli

«

Qishloq

xoʻjaligi»

nomli MHXS (IAS) qoidalariga muvofiq haqqoniy qiymat boʻyicha baholashni

amaliyotda qoʻllash masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Baliqchilikda hovuz fondi

(hovuzlar egallagan yer) va baliq mahsulotlari alohida hisobga olinishi, hovuz fondi

uzoq

muddatli aktivlarning bir qismi sifatida, baliqlar esa biologik aktiv sifatida aks ettirilishi lozim.

Biol

ogik

ak

tivla

r

Uzoq muddatli biologik aktivlar

Joriy (qisqa muddatli) biologik

aktivlar

Hosilga kirgan koʻp yillik

oʻsimliklar

Voyaga yetgan biologok aktivlar

(hosil berish davriga yetgan yoki

muntazam hosili yigʻib

olinadigan aktivlar, shu

jumladan, baliqlar)

Voyaga yetmagan biologok

aktivlar(masalan, oʻstiruvdagi va

boquvdagi chorva mollari, shu

jumladan baliqlar)

Voyaga yetgan mahsuldor va

ishchi hayvonlar


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

25

Biologik aktivlarning haqqoniy qiymatini aniqlash uchun ularni asosiy tavsifiy belgilari

boʻyicha turkumlash zarur. Baliqchilikda bunday tavsifiy belgilar sifatida baliqlarni yoshi, turi,

sifati va muayyan bozor uchun baho shakllantirishga asos boʻladigan

boshqa belgilari boʻyicha

turkumlash maqsadga muvofiq.

Baliqchilikdagi biologik aktivlarning hisobini 41-sonli

«Qishloq xoʻjaligi»

nomli MHXS

(IAS) qoidalariga muvofiq tashkil etishni taʼminlash maqsadida, hamda 2

-jadvaldagi (biologik

aktivlar va ulardan olinadigan mahsulotlar) turkumlanishga asoslanib, ularning quyidagicha

batafsil turkumlanishini tavsiya etamiz (2-rasm).

2-

rasm. Baliqchilik tarmogʻida biologik aktivlarning turkumlanishi

Fikrimizcha, baliqchilikdagi biologik aktivlarning ushbu turkumlanishi ularni

buxgalteriya hisobi va hisobotida tan olish hamda aks ettirishning uslubiy asosi boʻlib xizmat

qiladi.

Taʼkidlash joizki, baliqchilik xoʻjaliklarida biologik aktivlarni baholash uchun haqqoniy

qiymatdan foydalanish zarurati moliyaviy hisobotga, nafaqat axborotdan ichki

foydalanuvchilar tomonidan mol-mulklarni va ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki
ta

shqi foydalanuvchilar tomonidan toʻgʻri moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun ham zarurdir.

Lekin, hozircha faol bozor elementlari toʻliq shakllanmaganligi va buning oqibatida haqqoniy

qiymatni aniqlash qiyinlashganligi sababli, ayrim biologik aktivlar (malklar, segoletkalar,

Baliq

ch

ili

kd

agi b

iolog

ik

aktivl

ar

(bali

qlar

)

V

oyag

a y

etg

anlig

i

boʻy

ic

ha

Foy

dalanilishi

boʻy

icha

M

ahsu

lo

t olish

imk

oniyati

boʻy

icha

Voyaga yetgan baliqlar

(mahsuldor baliqlar, tovar baliqlar)

Voyaga yetmagan baliqlar (chavoq(malk)lar,

segoletkalar, bir yilliklar, toʻldiruvchi yosh

baliqlar toʻdasi)

Foydalaniladigan

(chavoqlar, segoletkalar, bir yilliklar,

2-tartibli bir yilliklar, tovar baliqlar)

Baliqlantirish materiali sifatida

(chavoqlar, segoletkalar, bir yillik baliqlar, 2-

tartibli bir yillik baliqlar, tovar baliqlar)

Takror barpo etuvchi

(mahsuldor baliqlar)

Sotiladigan mahsulot sifatida (chavoqlar,

segoletkalar, bir yilliklar, 2-tartibli bir yillik

baliqlar)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

26

toʻldiruvchi toʻdadagi yosh baliqlar) va aktivlarning taxmin qilinayotgan sotish xarajatlari
chegirilgan bozor bahosi boʻyicha baholash maqsadga muvofiq. Shuningdek, rivojlangan

davlatlarda qaror topgan muqobil qiymatlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq:

inflyatsiya inobatga olingan holda hisoblangan ichki xoʻjalik hisob

-kitob bahosi, aktivlar

daromadliligi; inflyatsiya indeksi va aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti inobatga olingan
haqiqiy tannarx; diskontlangan qiymat.

Chavoqlar, segoletkalar

, bir yilliklar, toʻldiruvchi yosh baliqlar kabi biologik aktivlar

dastlabki tan olinish paytida va har bir hisobot sanasiga haqqoniy

qiymat boʻyicha baholanishi

lozim. Hovuzlardan ovlab olingan tovar baliqlarni, baliqlarni ovlash paytiga belgilangan

taxminiy sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda, adolatli qiymati boʻyicha baholash zarur.

Bunda 1 s. tovar baliqning haqqoniy qiymati (HQ

b

) quyidagi formula boʻyicha hisoblab

chiqarish tavsiya etiladi:

HQ

b

= BQ

TX

TSX,

(1)

Bunda, BQ

1 s

. tovar baliqning bozor qiymati, soʻm;

TX

1 s

. tovar baliqni bozorgacha yetkazish uchun transport xarajatlari, soʻm;

TSX

1 s

. tovar baliqqa toʻgʻri keladigan taxminiy sotish xarajatlari, soʻm.

Shunday qilib, mamlakatimizdagi buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy tartibga solish

tizimi, xususan, uning agrar sohaga oid jihatlari biologik aktivlar qiymatini haqqoniy

shakllantirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim. Bunga agrar soha korxonalari, xusu

san, baliqchilik

xoʻjaliklari amaliyotiga 41

-sonli

«Qishloq xoʻjaligi»

nomli MHXS (IAS) qoidalarini tatbiq etish

orqali erishiladi. Bunda baliqchilik xoʻjaliklarining asosiy faoliyati –

biologik aktivlar, xususan,

baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va q

ayta ishlash bogʻliq kategoriyalar toʻgʻri talqin qilish

va qoʻllash zarur.

Xulosa va takliflar.

1.Baliqchilikdagi biologik aktivlarga nisbatan 41-

sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli

MHXS(IAS) ning umumiy qoidalari asosida ularni tan olishning quyidagi qoidalari

shakllantirildi:

-

korxona biologik aktivlarni oʻtgan

hodisalar natijasida (biotransformatsiyalanishi

boʻyicha ) nazorat qiladi;

-

korxonaga kelgusida biologik aktivlar bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar olinish ehtimoli;

-

biologik aktivlarning adolatli qiymati yoki tannarxini yetarli darajadagi ishonchlilik

bilan oʻlchash mumkinligi.

2. Baliqchilikda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulotlar tannarxini hisoblashni

takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari:

-

birinchidan,

baliqchilik tarmogʻi ishlab chiqarishning tashkiliy texnologik

xususiyatlarini aks ettiradigan normativ xujjatlar

(BHMS, nizomlar va b). Eng boʻlmaganda

uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;

- ikkinchidan, 41 sonli

«Qishloq xoʻjaligi»

nomli MHXS(IAS)ga sharhlar, uni qoʻllash

boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar ishlab chiqishdan iborat.

3. Baliqchilikda biologik aktivlar va ulardan olinadigan mahsulotlar 41 sonli

«

Qishloq

xoʻjaligi»

nomli MHXS(IAS)ga muvofiq turkumlandi:

Bu

birinchidan,

ularning buxgalteriya hisobini (sintetik va analitik hisobni) tarmoqning

ishlab chiqarish va tashkiliy-texnologik xususiyatlariga mos ravishda tashkil etish, natijada,

hisob axborotlarining tezkorligi va ishonchliligini hamda nazoratini taʼminlaydi;

ikkinchidan,

mamlakatimizda buxgalteriya hisobi amaliyotini moliyaviy hisobot xalqaro

standartlari (MHXS-IAS), xususan, 41-sonli

«Qishloq xoʻjaligi»

nomli MHXS qoidalariga

muvofiqlashtirishga imkon beradi.

4. Xalqaro tajriba va mamlakatimiz amaliyotini tadqiq qilish natijalarini umumlashtirish

hamda ularni uygʻunlashtirish asosida baliqchilikda biologik aktivlarning turkumlanishi ishlab

chiqildi. Ularni joriy biologik aktivlar tarkibida voyaga yetgan va voyaga yetmagan toifalarga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

27

boʻlib aks ettirish maqsadga muvofiqligi asoslandi. Shuningdek, baliqlar mahsulot olish imkoni
boʻyicha(mahsuldor va yosh baliqlar); foydalanilish boʻyicha (

baliqlantirish materiali va

sotishga moʻljallangan) baliqlarga turkumlandi.

5. Baliqchilik mahsulotlarini baholash va hisobga olishda xalqaro tajribadan foydalanish

MHXS (IAS) talablarini taʼminlash hamda xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuv
(uygʻunlashuv)ga imkon beradi. Shuningdek, boshqaruv axborotlarining sifatini oshirish,

boshqaruv hisobotlari axborotlarining obyektivligi va aniqligini

taʼminlaydi.

Adabiyotlar/

Литература /Reference:

Dusmuratov R.D. (2022) Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik.

–T.: “IQTISOD

-

MOLIYA”, —

B.459.

Kodeks (2022) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. –

T.: Adolat,

560 b.

Menglikulov B.Yu. (2019) Biologik aktivlarni tan olish va hisobini tashkil etish. Moliya va

bank ishi, elektron ilmiy jurnal. 5-son. sentyabr

oktyabr.

АССА,

(2011)

Международные стандарты финансовой отчетности, 2011: издание

на русском языке. М.: Аскери –АССА, –

С.642

.

Болтаев А. (2024) БИОЛОГИК АКТИВЛАР ҲИСОБИНИНГ УСЛУБИЙ ЖИҲАТЛАРИНИ

ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //

Economics and Innovative Technologies.

Т. 12. –

№. 1. –

С. 36

-47.

Хоружий Л.И., Доржиев Д.Ц.

(2010)

Методика оценки и учета прудовых земель и

продукции в рыбовод

-

ческих организациях / Бухгалтерский учет в сельском хозяйстве. —

№10. –

С. 4

-7.

References

Dusmuratov R.D. (2022) Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, — B.459.

Kodeks (2022) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, – 560 b.

Menglikulov B.Yu. (2019) Biologik aktivlarni tan olish va hisobini tashkil etish. Moliya va bank ishi, elektron ilmiy jurnal. 5-son. sentyabr – oktyabr.

АССА, (2011) Международные стандарты финансовой отчетности, 2011: издание на русском языке. М.: Аскери –АССА, – С.642.

Болтаев А. (2024) БИОЛОГИК АКТИВЛАР ҲИСОБИНИНГ УСЛУБИЙ ЖИҲАТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Economics and Innovative Technologies. – Т. 12. – №. 1. – С. 36-47.

Хоружий Л.И., Доржиев Д.Ц. (2010) Методика оценки и учета прудовых земель и продукции в рыбовод-ческих организациях /Бухгалтерский учет в сельском хозяйстве. — №10. – С. 4-7.