Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
170
BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABINING RAQAMLI MUHITINI
TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
PhD, dots.
Valiyeva Nasiba Xadiyatullayevna
O
‘
zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
prof.
Аlimov Baxodir Batirovich
O‘
zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Annotatsiya.
Raqamli universitet sari intilish dunyo bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarning
strategiyalarida o‘z aksini topmoqda.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining xozirda mavjud
elektron-raqamli muxiti tahlil qilinib uning raqamli funksionallikning rivojlangani va raqamli
univeritetning to‘rtta elementlari mavjudligini asoslab berildi. Biznes va tadbirkorlik oliy
maktabining raqamlashtirish strategiyasining to‘g‘ri amalga oshirish natijasida ta’im
muassasasining raqobatbardoshligi va imidj xarakteristikalari ko‘tarilishi ta’kidlanadi.
Kalit so
‘
zlar
:
raqamli ta’lim, strategiya, raqamli universitet, raqamli format, raqamli muxit,
raqamli resurslar, raqamli platforma, raqobatbardoshlik.
ПЕРСПЕКТИВЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЦИФРОВОЙ СРЕДЫ В ВЫСШЕЙ
ШКОЛЕ БИЗНЕСА И ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА
PhD
, доц.
Валиева Насиба Хадиятуллаевна
Высшая школа бизнеса и предпринимательства при
Кабинете Министров Республики Узбекистан,
проф.
Алимов Баходир Батирович
Высшая школа бизнеса и предпринимательства при
Кабинете Министров Республики Узбекистан
Аннотация
.
Тенденция к цифровому университету отражена в стратегиях
высших учебных заведений по всему миру. В данной статье проанализирована
современная
электронно
-
цифровая
среда
Высшей
школы
бизнеса
и
предпринимательства, обосновано ее развитие, цифровой функционал и наличие
четырех элементов цифрового университета. Авторы отмечают, что в результате
правильной реализации стратегии цифровизации в Высшей школе
бизнеса и
предпринимательства
возрастет
конкурентоспособность
и
имиджевые
характеристики учебного заведения.
Ключевые слова:
цифровое образование, стратегия, цифровой университет,
цифровой формат, цифровая среда, цифровые ресурсы, цифровая платформа,
конкурентоспособность.
UO
‘
K: 330.47
VIII SON
—
AVGUST, 2024
170-177
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
171
THE PERSPECTIVES OF IMPROVEMENT OF THE DIGITAL ENVIRONMENT IN THE
GRADUATE SCHOOL OF BUSINESS AND ENTREPRENEURSHIP
PhD, assoc. prof.
Valiyeva Nasiba Khadiyatullayevna
Graduate school of business and entrepreneurship under the
Cabinet of Ministries of the Republic of Uzbekistan
prof.
Аlimov Baxodir Batirovich
Graduate school of business and entrepreneurship under the
Cabinet of Ministries of the Republic of Uzbekistan
Annotation.
The tendency towards a digital university is reflected in the strategies of higher
education institutions around the world. The current electronic-digital environment of the Higher
School of Business and Entrepreneurship was analyzed and its development of digital functionality
and the existence of four elements of a digital university were substantiated. As a result of the
correct implementation of the digitization strategy of the Higher School of Business and
Entrepreneurship, it is emphasized that the competitiveness and image characteristics of the
educational institution will increase.
Key words:
digital education, strategy, digital university, digital format, digital
environment, digital resources, digital platform, competitiveness.
Kirish.
XXI asrning xalqaro darajada insoniyatga va xar bir davlatning iqtisodiyotiga o‘z salbiy
ta’sirini ko’rsatgan koronavirus kassaligi, bir paytning o‘zida katta ijobiy o‘zgarishlarga turtki
bo‘ldi. 2020
-yilgacha turli sohalarda ozmi-
ko‘pmi tadbiq etilgan axborot texnologiyalari
yordamida amalga oshirilgan ishlar o‘z natijaviyligini ko‘rsatgan edi. Ammo keng ko‘lamli
karantin sharoitida raqamli texnologiyalarni tadbiq etish davr zaruriyatiga aylandi va ta’lim
sohasi bu borada raqamli transformatsiyani jadallashtirdi. O‘quv jarayoniga yangi multimedia
texnologiyalaridan boshlab virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalarni faol kirib kelishi
ro‘y berdi. Tajribadan o‘tgan bu raqamli transformatsiya jarayoni xar bir ta’lim muassasasi
oldida katta imkoniyatlarni ochib berdi va xozirgi kunda raqamli ta’lim rivojlanishi kelajakda
raqamli universitetlarning o‘rni muhim
ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Biznes va
tadbirkorlik oliy maktabi misolida muassasaning elektron-raqamli muxitining komponentlari,
zamonaviy muassasaning innovatsion sharoitlarining shakllanishi va raqamli ta’limning tadbiq
etilishining maktab sa
maradorligiga ta’sir ko‘rsatishi asoslab berildi. Raqamli transformatsiya
omillari taklif etildi: raqamli texnologiyalardan kundalik tarzda foydalanuvchilarning, yani
“Homo informaticus” (Курбатов, 2017) yoki Net avlod (Tapscott, 2008) tinglovchilarga shar
oit
yaratish, raqamli ta’lim kompetensiyalarni rivojlantirib muassasaning ta’lim bozorida
raqobatbardoshligini oshirish.
2020-yil 23-
sentabrdagi O‘RQ
-637-
sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri va
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”
(Qonun, 2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilinishi ta’lim sohasi
modernizatsiya qilishni nazarda tutadi (Qaror, 2020). O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 5-
oktabrdagi PF 6079 sonli ““Raqamli O‘zbekiston
-
2030” strategiyasini tasdiqlash va
uni samarali amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan xozirgi kunda
raqamli dunyoda raqamlashtirish, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish, raqamli iqtisodiyot
sohasida yangi loyihalarni ko‘rib chiqish va raqamli ta’limni rivojlantirish dasturlari amalga
oshirilmoqda (Farmon, 202
0). Oliy taʼlimning raqamli yoʻnalishi yildan
-yilga, rivojlanib boradi
va 2035-
yilgacha O‘zbekistonda ommaviy onlayn ta’limga o‘tish rejalashtirilmoqda. Bu borada
ta’lim sifatini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlashga katta ahamiyat berilmoqda.
(
Карабаева,
2023).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
172
Adabiyotlar sharhi.
Ilmiy maqolada raqamli texnologiyalarning oliy ta’limga ta’sirini o’rganishga doir bo‘
lgan
internetda mavjud ilmiy izlanishlar va nashrlarni empirik tahlili asosida va Biznes va
tadbirkorlik oliy maktabi (BTOM)ning raqamli muxitini tahlil qilish va taqqoslash asosida
takliflar ishlab chiqilgan.
Oliy ta’lim muassasalar (OTM) axborot infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi,
fanlarning elektron ta’lim resurslari bilan ta’minlanganligi hamda o‘qituvchilarning elektron
xizmatlar va platformalardan foydalanishga ommaviy tayyorgarligi kabi dolzarb masalalariga
ko‘plab olimlar o‘z ishlarini bag‘ishlaganlar. Pritkov, Shneyderov, Migalevich
(2020),
Brodovskaya, Dombrovskaya, Petrova va b. (2019), Kondyukova, Shershneva, Savchenko,
Leonov (2020), Kostina (2021), Pokamestov, Kondratyeva (2020), Priscilla (2016) va boshqa
xorijiy olimlar axborotlashtirish va raqamlashtirish jarayoniga doir ilmiy ishlarni olib borgan.
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarning uch avlodi keltiriladi:
1.
Kompyuter (CBT
–
computer based teaching) va vebsaytlar yordamida o‘qitish;
2.
Tashkilotni, ta’limni (LMS –
learning management system) va kontentni(mazmunni)
(CMS
–
content management system) boshqarish tizimlari;
3.
Raqamli fragmentlash va diversifikatlash, ijtimoiy tarmoqlar, elektron portfoliyo
yaratish maqsadida dasturiy ta’minot, MOOC (Massive open online course), o‘zaro bo‘g‘liq
sotish tizimlari va raqamli nashriyotlar (Костина, 2021).
Oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli raqamlashtirilishi ushbu uch
avlod axborot texnologiyalarini takomillashtirishi bilan asoslanadi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra “Raqamlashtirish akademik trend sifatida ko‘riladi, uning
potentsialidan to‘liq foydalanish uchun ushbu trendning ommalashish jarayonining
oqibatlarini baholash muhimdir” (Priscilla, 2016) Ilyinani (2017) ta’kidlashicha,
raqamla
shtirish o‘qitishning yangi ta’lim paradigmalari va yondashuvlarining (masalan, e
-
Leaning, Smart Education, bu talabalarga istalgan qulay vaqtda istalgan qulay joyda ta’lim
xizmatlarini olish imkoniyatini yaratishni o‘z ichiga oladi) (Ильина, 2017) paydo bo‘lishiga
sabab bo‘ldi. Islambek Rustambekov (2023) so‘zlariga ko‘ra
“
Onlayn ta’lim platformalari,
ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar kabi raqamli vositalardan foydalangan holda universitetlar
talabalarni motivatsiya va jalb etadigan interaktiv hamda qiziqarli ta’lim tajribalarini yaratishi
mumkin. Shuningdek, raqamlashtir
ish universitetlarga o‘yin va virtual haqiqat kabi yangi
o‘qitish usullaridan foydalanish imkonini beradi. Bu usullardan talabalarga murakkab
tushunchalar va nazariyalarni tushunishni os
onlashtiradigan interaktiv ta’lim tajribasini
yaratish uchun foydalanish mumkin. Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish,
ularda zarur kompetensiyalarni shakllantirish orqali ishga joylashish ko‘rsatkichlarini oshirish
hamda turli vositalar
orqali ma’lumotlarni yetkazish va tushuntirish usullarini qo‘llagan
universitetlar nufuzi oshishi hamda ularda mazkur imkoniyatlar yordamida qo‘shimcha foyda
olishi uchun shart-
sharoitlar yaratilishi orqali boshqalarga nisabatan ustunlik shakllanadi.”
Kondyukova, Shershneva, Savchenko, Leonovlarning (2020) ta’kidlashicha Raqamli ta'lim
elementlarini yanada rivojlantirish zarurati, asosan, “raqamli inqilob” davrida tarbiyalangan va
yangi antropologik tip -
yangiliklardan xabardor odam “Homo informaticus”
nomlanuvchi yosh
avlodning ijtimoiy-madaniy xususiyatlari va ehtiyojlari bilan belgilanadi.
Zamonaviy davrda “raqamli universitet” tushunchasi faol joriy etilmoqda.
Raqamli
universitet
deganda “raqamli iqtisodiyot sharoitlari va talablariga muvofiq tashkiliy, ilmiy va
ma’muriy universitet faoliyatini ta’minlaydigan yangi uslubiy, axborot
-
ta’lim infratuzilmasi va
raqamli texnologiyalar yondashuvlar majmui tushuniladi” (2020). Axborot
-kommunikatsiya
texnologiyalariga asoslangan ko
‘
p bosqichli murakkab integratsiya muhiti mavjudligi,
(
Прытков и др., 2020)
aralash shakldagi ta’lim va MOOC onlayn kursl
ari tarzda o
‘
tkaziladigan
onlayn ta’limni kengaytirish, ilmiy va ta’lim mazmunini raqamlashtirish, axborot xizmatlarini
integrasiyalashtiruvchi onlayn platformalardan foydalanish
kabi
xususiyatlar “
Raqamli
universitet”
ga xos. (
Бродовская и др., 2019).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
173
Neborskiy (2021)
o‘z izlanishida raqamli universitetni quyidagi integrativ metodologik
konstrukt sifstida taqdim etib Raqamli universitet
to‘rtta o‘zaro bog‘liq elementlarning
birikmasi deb ta’kidlaydi:
- raqamli format;
- raqamli muxit;
- raqamli resurslar;
- raqamli platforma.
Raqamli format
–
bu raqamli texnologiyalarni (qaysi shaklda o‘zaro ta’sir sodir bo‘ladi)
va bir vaqtning o‘zida tarkibni (o‘zaro ta’sir akti nima, tarkibning o‘zi) birlashtirish shakli.
Raqamli muxit
-
bu makon, joy (o‘zaro ta’sir sodir bo‘ladigan joy).
Raqamli muxit, birinchidan, universitetning kampusdagi texnik jihozlarini ifodalaydi -
optik tolaning mavjudligi, barqaror yuqori tezlikdagi Internet aloqasi, simsiz Wi-Fi ulanishi,
sun'iy intellekt bilan bog‘liq narsalar interneti (aqlli kampus) asosidagi
avtomatik boshqaruv
tizimlari, va boshqalar. Ikkinchidan, bu universitetning bulutli maydoni, uning raqamli
platformasi va u bilan bog‘liq raqamli resurslar. Texnik tomoni raqamli muxitning skeleti,
ramka sifatida rol o‘ynaydi, bulut tomoni esa uni to'ldi
rishni nazarda tutadi.
Raqamli manbalar
raqamli universitet g‘oyasini faollashtirish vositalaridir
(ishtirokchilar foydalanadigan narsalar).
Bularga raqamli platformalar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron kutubxonalar, veb-saytlar,
ommaviy ochiq onlayn kurslar, turli interaktiv simulyatorlar, virtual ko‘rgazma stendlari,
ma’lumotlar bazalari va boshqalar kiradi.
Raqamli platforma
- bu algoritm, raqamli universitet g
‘
oyasini amalga oshirish usuli
(o
‘zaro ta’sir qanday amalga oshiriladi) va shu bilan birga, o‘zaro ta’sir platformasi (o‘zaro ta’sir
qanday tuzilmada amalga oshiriladi) (Неборский, 2021).
Kondyukova, Shershneva, Savchenko, Leonovlar (2020)
fikriga ko’ra “raqamli
funksionallikning rivojlanishi ...... (ta’lim muassasasining) ichki jarayonlari optimallashtirilgan
yangi formatdagi ta’lim muassasasi sifatida “raqamli universitet” ga aylanish uchun kuchli
turtki beradi.” Ural Federal universitetin
ing misolida mualliflar elektron-raqamli muxitini
ko‘rib chiqib qo‘llash doirasiga qarab u yoki bu raqamli elementini quyidagi tizimlashtirishni
taklif etadilar:
1. Ta’lim jarayoni;
2. Ilmiy soha;
3. Tashkiliy-boshqaruv soha;
4. Imidjni joylashtirish.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Raqamli muxit raqamli universitetning ahamiyatli elementlardan biridir, chunki muxit
yaratilmasa universitetning raqamli deb nomlashga asos bo‘lmaydi. Raqamli muxit bu muloqot
amalga oshiriladigan makon. BTOMni bugungi kunda davlat va xususiy tashkilotlarning rahbar
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradigan mutaxassislarni tayyorlash va boshqaruv kadrlarni
malakasini oshirish kurslarini taklif etadi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish mutaxassislar,
ishbilarmonlar va tadbirkorlardan yangi vakolatlarni egallashn
i talab qiladi (Валиева,
Мухитдинова, 2020).
Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni tinglovchilarga berish maqsadida xozirgi kunda
BTOMda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yangilatmoqda. Zamonaviy statndartlarga
mos yangi yo‘nalishlar ochilgan, o‘qitish jarayoniga kredit modul tizimi joriy etilib mi
lliy HEMIS
platformasida ish yuritilmoqda. Yuqorida keltirilgan Ural universitetinig olimlari taklif etgan
tizim asosida BTOMning xozirda mavjud elektron-raqamli muxiti tahlil qilinib uning raqamli
funksionallikning rivojlangani va raqamli univeritetning t
o’rtta elementlari mavjudligini
asoslab beradi (1-jadvalga qarang). Biroq shuni aytish lozimki bu elementlarni rivojlantirish
darkor, chunki ularning xozirgi xolati raqamlashtirishning boshlang’ich darajasida.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
174
1-jadval
BTOMning xozirgi elektron-raqamli muhiti
1.Ta’lim
jarayoni
Qisqa muddatli kurslari(16ta) onlayn va yuzma-
yuz shaklda o‘tkaziladi, darslar
Zoom texnologiysi yordamida olib boriladi va Telegram kanalda yozib olingan
videosi joylashtiriladi. Hemis
platformasida ta’lim resurslarini joylashtiriladi, test
sinovlari
test.gsbe.uz
platformasida
o‘tkaziladi,
Smart
doskalardan
foydalanilmoqda.
2.Ilmiy soha
Maxsus raqamli texnik vositalari yordamida video aloqa orqali xamkor xorijiy
muassasalari bilan konferensiya va vebinarlar o‘tkaziladi.
3.Tashkiliy-
boshqaruv
soha
HEMIS platformasi, multimedia auditoriyalari va konferentsiya zallari; elektron
qabul komissiyasi; o‘quv binosida bepul simsiz internet, E
-tinglovchi.gsbe.uz
platformasida magistraturaga va qisqa muddatli yuzma-yuz va masofaviy
kurslariga xujjatlarni topshirish mumkin. E-ijro platformasi yordamida
tashkilotlararo xujjatlar almashinuvi amalga oshiriladi.
4.Imidjni
joylashtirish
BTOM
rasmiy
sayti
-
va
gsbe.uz,
youtube
www.youtube.com/@graduateschooluz
, telegram - @graduateschooluz, facebook-
-
ijtimoiy
tarmoqlarda akkauntlarga ega, tinglovchilar uchun WiFi ulanish imkoniyati bor.
Manba:
muallif tomonidan BTOMning xodimlari bilan savol-javob asosida shakllantirilgan.
Turli izlanuvchilarning maqolalari asosida xorijiy oliy ta’lim muassasalarning raqamli
muxitini o‘rganib quyidagi ma’lumotni keltiramiz:
✓
Amerika, Buyuk Britaniya, Xitoy va Yaponiyadagi oliy talim muassasalari masofaviy
ta’limni ilgari surib talabalariga keng ko‘lamli interakltiv muloqotni: masofaviy imtixon
topshirish, o‘qituvchilardan onlayn maslaxat olish,va talabalarning shaxsiy kabinetl
ardan
foydalanishni taklif etmoqdalar.
✓
Michigan universiteti, Gonkongning Xitoy universiteti va Britaniya Kolumbiyaning
universitetlarining saytida ta’lim keyslari, boshqa o‘quv uslubiy materiallar va semestr
davomida kerakli ma’lumot joylashtiriladi.
✓
Xorijiy universitetlarning saytlarida o‘quv videomateriallarini joylashtirish tajribasi
qo‘llaniladi. Rossiyaning universitetlarida ko‘proq elektron kutubxonasi bo‘limida o‘quv
darsliklar va qo‘llanmalar joylashtirilgan (Бродовская
и др
., 2019).
✓
360 formatida tahsil olish bu professional muxitda o‘zini xis etish imkoniyati bo‘lib,
bebaho hisoblanadi. Bunday imkoniyat ClassVR xizmati yordamida tashkil etilishi mumkin.
(Котенко, 2021) Chet ellik tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shu
ni
ko‘rsatadiki, talabalar ko‘proq ma’lumotni saqlab qolishadi va VR mashqlarida qatnashgandan
so‘ng o‘rganganlarini yaxshiroq qo‘llashlari mumkin (Boulton, 2018) VR rivojlanishida turli
platformalarda (misol uchun Rumii, Anyland, NeosVR, til o‘rganish uchun mo‘ljallangan
Altspace yoki Vtime) virtual ma’ruzalarni yaratish alohida yo‘nalish bo‘lib moliyaviy jihatdan
qimmat xisoblansada yaqin kelajakda kontent ochiq muxitda joylashtirilsa o‘qituvchilarga ham
ta’lim muassasalari uchun ham eng qiziqarli ta’lim
tajribasini keng tarqatilishi uchun imkoniyat
bo‘ladi va undan boshqa o‘qituvchilar foydalanib o‘rta ta’lim, maxsus ta’lim va oliy ta’lim
darajasini ko’tarishi mumkin (Соснило, 2021).
Universitet siyosati uchun raqamli transformatsiya konturlari, o‘z
-
o‘zini diagnostika
qilish va ularning modellaridan qat’i nazar, o‘z strategiyalarini ishlab chiqish
- ochiq manbali
jamoat mulki yoki bozor mexanizmiga ega biznes modeli haqida tushuncha mavjud.
(Неборский, 2021) Kondyukova, Shershneva, Savchenko, Leonovlarning (2020) fikriga
qo‘shilgan holda aytaolamizki, oliy ta’limni raqamlashtirish strategiyasini amalga oshirish
natijasida ta’lim maskanining raqobatbardosh va mavqeyini oshiruvchi xarakte
ristikalarini
ko‘tarish, izlanish kompetentsiyalarni shakllanirish borasida professor
-
o‘qituvchilar va
talabalarning qiziqishini oshirish, umuman olganda universitetni xalqaro miqyosidagi
ishtirokchi va mavqega ega reytinglarning namoyandasi sifatida faoliyatinig samaradorligini
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
175
oshirish ko‘zda tutilgan.
BTOMing professori Kenjabayev, Ne’matova (2024) muassasa faoliyatini istiqboldagi
rivojlanishining
raqamli konsepsiyasi
ni keltirib ta’limga raqamli texnologiyalar va
zamonaviy usullarni joriy etish borasida amalga oshiriladigan bir qator vazifalarni belgilagan:
•
taʼlim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida masofaviy taʼlim xizmatlarini
rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini
amaliyotga keng joriy etish;
•
zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy taʼlim
dasturlarini tashkil etish;
•
BTOMning konferentsiya materiallari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalaridan
iborat ilmiy-
texnik maʼlumotlar elektron bazasini yaratish, kelgusidagi ilmiy
-texnik
maʼlumotlar yangiligini taʼminlash maqsadida antiplagiat tizimidan foydalanishni keng jor
iy
etish;
•
taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, taʼlim
jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan
foydalanishni rivojlantirish;
•
BTOMdan olinadigan turli hisobot va maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni
tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va o‘quv jarayonlari, kutubxona
va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirishni taʼminlovchi “HEMIS” platformasiga
bosqichma-
bosqich o‘tish, taʼlim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilishning
elektron tizimini joriy etish.
Kenjabayevning (2024)
raqamli konsepsiyasi
ni amalga oshirish BTOM uchun raqamli
transformatsiysning yagi bosqichlari hisoblanadi.
Shu o‘rinda Knollning (2021) fikri ham ahamiyatga loyiq: “Raqamli universitet
kontseptsiyasining bir qismi sifatida davlatlar va universitetlar talabalar (o'qituvchilar va
xodimlar) shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, ulardan tijorat va jinoiy faoliyatda
foydalanmaslik, kiberxavfsizlik masalalarini hal qilish, xakerlik hujumlarining oldini olish va
tizimning qulashi majburiyatini olishlari aniq. Bu, o‘z navbatida, universitetlarning o‘zlari
uchun
tegishli me’yoriy
-
huquqiy bazani va mas’uliyatli siyosatni
ishlab chiqishni talab
qiladi
. Masalan, "ma’lumotlarni tejash" tamoyili qabul qilinishi mumkin”.
Xulosa va takliflar.
Demak, oliy ta’lim muassasalarini raqamli universitetga aylantirish tendensiyasiga mos
ravishda Bizness va tadbirkorlik oliy maktabi raqamli universitetga xos xususiyatlarga ega.
Xususan, raqamli muxitni yaratish uchun kerakli:
ta’lim jarayoni, ilmiy soha, tashkiliy
-boshqaruv
soha, imidjni joylashtirish
kabi elementlarni shakllantirmoqda. Bundan maqsad “Homo
informaticus” (Курбатов, 2017
) yoki Net avlod (Tapscott, 2008) tinglovchilarga sharoit
yaratish, raqamli ta’lim kompetensiyalarni rivojlantirib muassasaning ta’lim bozorida
raqobatbardoshligini oshirish.
Tinglovchilar yuqori saviyali bilim, professional tajriba va ta’limga kiritgan sarmoyadan
aniq daromad keltiradigan yuqori sifatli dasturlarni izlamoqda. Bu kabi talablarni qondirish
uchun raqamlashtirish yordamida o‘quv jarayoni va ta’lim faoliyatidagi sifat o‘zgarishini
amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
BTOMi
o‘z strategiyasini ishlab chiqish dolzarb bo‘lib unda oliy maktabning
raqamlashtirish siyosatini va uning huquqiy normativ-meyyorlarini ishlab chiqish kutilmoqda.
Raqamli muxitni takomillashtirish masalasini ko
‘rib chiqib xorijiy oliy ta’lim muassasalari keng
ko‘lamli interakltiv muloqotni: masofaviy imtixon topshirish, o‘qituvchilardan onlayn maslaxat
olish,va talabalarning shaxsiy kabinetlardan foydalanishni taklif etmoqdalar. Bundan tashqari
Xorijiy universitetlarining saytida ta’lim keyslari, boshqa o‘quv uslubiy materiallar va semestr
davomida kerakli ma’lumot joylashtiriladi, videomateriallarini joylashtirish tajribasi
qo‘llaniladi, virtual reallik texnologiyalari tajribadan o‘tkazilmoqda.
Kenjabayevning (2024)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
176
maqolasida keltirilgan konsepstiyasida oliy maktabni raqamlashtirish jarayonini
takomillashtirish muhimligidan dalolat beradi. Raqamli muxitni ishlab chiqilgan strategiya
asosida rivojlantirilsa muassasaning raqobqtbardoshlik va samaradorlik darajasi oshadi.
Bizning olib borgan izlanish natijasida BTOMning raqamli muxitini takomillashtirish uchun va
muassasaning samaradorligini va raqobatbardoshligini oshirish uchun quyidagilarni taklif
etamiz:
1.
BTOM maktabning strategiyasiga raqamli universitetga xos xususiutlarini
maktabimizda takomillashtirish maqsadida huquqiy normalarni qabul qilishni nazardan
qochirmaslik lozim;
2.
Onlayn ta’lim platformalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar kabi raqamli
vositalardan keng foydalanib tinglovchilarning Net avlodini jalb etish bilan birga ularni dars
davomida planshetlar bilan ta’minlash va virtual reallik texnologiyalarni tadbiq e
tish;
3.
Raqamli ta’lim platformalarda taklif etiladigan o‘quv kontentini doimiy yangilatib
borish;
4.
Ta’lim jarayoniga yangi texnologiyalar –
multimedia texnologiyalaridan tortib virtual
va to‘ldirilgan reallik texnologiyalarigacha faol joriy etish.
Bu tadbirlarni izchillik bilan tadbiq etilsa, yani raqamli sharoit yaratilsa va raqamli ta’lim
kompetensiyalarni rivojlantirilsa muassasaning ta’lim bozorida raqobatbardoshligini oshirish
mumkin bo‘ladi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Boulton C.A. (2018) Virtual learning environment engagement and learning outcomes at a
‘bricks and
-
mortar’university / C. A. Boulton, C. Kent, H.T.P. Williams // Computers and
Education.
–
Т. 126. –
P. 129
–
142.].
Farmon (2020) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 5-oktabedagi PF 6079
sonli “Raqamli O‟zbekiston 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni;
Kenjabaev A.,
Ne’matova
M. (2024) The numerical concept of the development of the
activities of a high school /international journal of artificial intelligence (ISSN: 2692) Volume 04,
Issue 03.
Knoll, M. (2021) Datability
—
Von Datensparsamkeit zu Datenfülle / M. Knoll, K. Hildebrand
—
DOI 10.1365/s40702-014-0081-5
—
Текст
:
электронный
// HMD Praxis der
Wirtschaftsinformatik.
No.
51.
S
.
838‒839.
URL:https://link.springer.com/article/10.1365/s40702-014-0081-
5
(дата
обращения
20.06.2021)., суть которого заключается в минимизации цифрового контента.
Priscilla Ng (2016
) The digitalization of South Korea’s education, IdeasXChange
.
Qaror (2020) O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori, 28.04.2020 yildagi PQ-4699-
son.
Qonun (2020) “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri 2020
-yil 23-
sentabrdagi O‘RQ
-
637-sonli.
Rustambekov I. (2023) Oliy ta’limni raqamlashtirish
-ustuvor vazifa 28.03.2023
Tapscott D. (2008) Growing Up Digital How the Net Generation is Changing Your
World./D.Tapscott.-New York: McGrowHill.
–
384 p.
Бродовская Е.В., Домбровская А.Ю., Петрова Т.Э., Пырма Р.В., Азаров А.А. (2019)
Цифровая среда ведущих университетов мира и РФ: результаты сравнительного
анализа данных сайтов // Высшее образование в России. Т. 28. № 12. С. 9
-22. DOI:
https://doi.org/10.31992/0869-3617-2019-28-12-9-22
Валиева Н.Х.,Мухитдинова Н.А. (
2020
) Цифровизация обучения в школе бизнеса и
предпринимательства.
Рақамли
иқтисодиёт:
Ўзбекистонда
ривожлантириш
истиқболлари ва жаҳон амалиёти/Халқаро илмийғамалий онлайн конференция,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
177
Тошкент,
307-
309 б.
Ильина О.П. (
2017) LMS Smart Education
университета//Интеллектуальные и
информационные технологии в формировании цифрового общества:сборник научных
статей международной конференции/Санкт
-
Петербург, С. 170
-174.
Карабаева Г.Ш. (2023) Формирование Стратегии Трансформации Образования в
Эпоху Цифровизации материалы конференции «Основные Проблемы Обеспечения
Качественного Образования И Пути Их Решения» Ташкент Издательство “Иқтисодчи”
Отдел Координации Совместных Образовательных ПРОГРАММ www.tsue
-jiep.uz
Кондюкова Е.С., Шершнева Е.Г., Савченко Н.Л., Леонов А.О. (2020) ЦИФРОВОЙ
УНИВЕРСИТЕТ: ФАКТОРЫ ТРАНСФОРМАЦИИ Международный научно
-
исследовательский
журнал № 10 (100) Часть 1 Октябрь
DOI: https://doi.org/10.23670/IRJ.2020.100.10.027
Костина С.Н. (2021) Готова ли инфраструктура региональных вузов к решению
задач цифровой трансформации? Университетское управление: практика и анализ, 25(3)
14-32
mj.ru
Котенко
В.В. (2021) Систематический обзор приложений, погружающих в мир
виртуальной реальности, используемых при получении высшего образования: элементы
дизайна, выработанные рекомендации и программа исследований Ученые записки
университета имени П.Ф. Лесгафта. №
5 (195))
Курбатов В.И. (2017) «Homo informaticus» –
человек информационной эпохи:
характерологические черты / В.И.Курбатов, О.М. Папа // Гуманитарные, социально
-
экономические и общественные науки (научное электронное издание). –
№ 1
.C.2
Неборский
Е.В.
(2021)
Цифровой
университет
как
интегративный
методологический конструкт // Мир науки. Педагогика и психология, №3, https://mir
-
nauki.com/PDF/41PDMN321.pdf (доступ свободный). Загл. с экрана. Яз. рус., англ. DOI:
10.15862/41PDMN321,
https://mir-nauki.com/PDF/41PDMN321.pdf
Покаместов Д.А., Кондратьева А.А. (2020) Проектное финансирование стратегии
цифровой трансформации вуза//Научные труды Вольного экономического общества
России. Т. 226, №6. С. 311
-326
Прытков В.А., Шнейдеров Е.Н., Мигалевич С.
(2020) Глобальная цифровая
трансформация образования//Наука и инновациию.
№
6(208).
С.
30-32.
Соснило А.И. (2021) Применение технологий виртуальной реальности (VR) в
менеджменте и образовании // Управленческое консультирование. № 6. С. 158–
163.
