THEORETICAL ASPECTS OF MANAGING THE ACTIVITIES OF TOURIST COMPLEXES IN UZBEKISTAN

Abstract

In this article, the analysis of changes from the transition to post-industrial society to the present day is based on the fact that economic systems are moving towards an industrialized economy, the economy of services and the economy of changes, stages of development of the economy of post-industrial society, N. The structure of the model of the tourism system of leper and the content of conceptual approaches to the concept of a "tourist complex" and theoretical-methodological aspects of the management of its activities are analyzed

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Khamidov, Q. (2024). THEORETICAL ASPECTS OF MANAGING THE ACTIVITIES OF TOURIST COMPLEXES IN UZBEKISTAN. Economic Development and Analysis, 2(8), 185–191. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/49548
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the analysis of changes from the transition to post-industrial society to the present day is based on the fact that economic systems are moving towards an industrialized economy, the economy of services and the economy of changes, stages of development of the economy of post-industrial society, N. The structure of the model of the tourism system of leper and the content of conceptual approaches to the concept of a "tourist complex" and theoretical-methodological aspects of the management of its activities are analyzed


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

185



OʻZBEKISTONDA TURISTIK MAJMUALAR FAOLIYATINI

BOSHQARISHNING NAZARIY JIHATLARI

PhD

Xomidov Qaxxorali Qurbonali oʻgʻli

Fargʻona davlat universiteti

ORCID: 0000-0002-5768-6010

xomidovqaxxorali7gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada postindustrial jamiyatga oʻtishdan bugungi kungacha

boʻlgan oʻzgarishlar tahlili iqtisodiy tizimlarning

sanoatlashgan iqtisodiyot, xizmatlar iqtisodiyoti

hamda oʻzgarishlar iqtisodiyotiga oʻtib borayotgani, postindustrial jamiyat iqtisodiyotining
rivojlanish bosqichlari, N.Leyperning turizm tizimi modeli tarkibi va “Turistik majmua”

tushunchasiga konseptual yondashuvlarning mazmuni hamda faoliyatini boshqarishning

nazariy-uslubiy jihatlari tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar

:

postindustrial jamiyat, turizm sohasi, turistik majmua, boshqaruv

yondashuvlari, turizm xizmatlari, turistik majmualar boshqaruvi, rivojlanish tendensiyalari,
rivojlanish qonuniyatlari.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ УПРАВЛЕНИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ

ТУРИСТИЧЕСКИХ КОМПЛЕКСОВ В УЗБЕКИСТАНЕ

Хамидов Каххорали Курбанали углы

Ферганский государственный университет

Аннотация.

В

данной

статье

анализ

изменений от

перехода

к

постиндустриальному обществу до наших дней основан на том факте, что
экономические системы движутся в направлении индустриализированной экономики,

экономики

услуг

и

экономики

изменений,

этапов

развития

экономики

постиндустриального общества и т.д.Структура проанализированы модель

туристической системы Лейпера и содержание концептуальных подходов к понятию

"туристический комплекс" и теоретико

-

методологические аспекты управления его

деятельностью.

Ключевые слова

:

постиндустриальное общество, индустрия туризма,

туристический комплекс, подходы к управлению, туристические услуги, управление

туристическими комплексами, тенденции развития, законы развития.

UO

K: 338.48:658.01(575.1)

VIII SON

AVGUST, 2024

185-191


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

186

THEORETICAL ASPECTS OF MANAGING THE ACTIVITIES OF TOURIST

COMPLEXES IN UZBEKISTAN

Khamidov Kakhkhorali Kurbanali ugli

Ferghana State University

Abstract.

In this article, the analysis of changes from the transition to post-industrial society

to the present day is based on the fact that economic systems are moving towards an industrialized

economy, the economy of services and the economy of changes, stages of development of the
economy of post-industrial society, N. The structure of the model of the tourism system of leper

and the content of conceptual approaches to the concept of a "tourist complex" and theoretical-

methodological aspects of the management of its activities are analyzed.

Keywords:

post-industrial society, tourism industry, tourist complex, management

approaches, tourism services, management of tourist complexes, development trends, and

development laws.

Kirish.

Bugungi kunda jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-

iqtisodiy oʻzgarishlar iqtisodiy

munosabatlar doirasida mavjud va asoslangan qonuniyatlar insoniyatning taraqqiyoti bilan

bogʻliq ravishda maʼlum bir darajada oʻzgarishi mumkinligini koʻrsatmoqda.

Ana shunday

tendensiyalarning asosiy qismi moddiy ishlab chiqarish sohalarining xizmatlashuv tomon yuz

tutayotganligi bilan izohlanadi. XX asrning oxiridan boshlab bugungi kungacha boʻlgan davrda

jahon miqyosida moddiy ishlab chiqarish sohalari insoniyatning global darajadagi axborot

kommunikatsiya sohasidagi rivojlanishi bilan bogʻliq oʻzgarishlar taʼsirida oʻz faoliyatini

xizmatlar sohasi bilan biriktirgan holda olib borishga harakat qilmoqda. Bunday oʻzgarishlar

ushbu sohada faoliyat olib borayotgan turli hajmdagi korxonalarning raqobat ustunligini

taʼminlayotganligi korxonalar faoliyatida xizmatlashuv darajasining ortib borishiga olib

kelmoqda.

Turizm sohasini rivojlantirish va boshqarish mexanizmlariga bagʻishlangan koʻplab

tadqiqotlar amalga oshirilgan

boʻlib, ularda turizmni rivojlantirish boʻyicha boshqaruv

samaradorligini oshirish boʻyicha turli xil qarashlar va yondashuvlar ishlab chiqilgan. Turizm

xizmatlari bozorida talab va taklif oʻrtasida muvofiqlikni taʼminlash hamda turistik mahsulotlar

va xiz

matlar raqobatbardoshligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Shunga koʻra, biz, ushbu

yoʻnalishda baʼzi mualliflarning fikr va mulohazalarini oʻrganib, ularning ilmiy yondashuvlarini

umumlashtirib, turizm sohasida boshqaruv samaradorligini oshirishning ustuv

or yoʻnalishlari,

vositalari va usullari boʻyicha fikrlarimizni qisqacha bayon qilamiz.

Adabiyotlar sharhi.

Oʻzbekistonda turistik majmualar faoliyatini boshqarishning nazariy jihatlari koʻplab

iqtisodchilar tomonidan oʻrganilgan boʻlib, bulardan iqtisodchi olima Alimova (2017) oʻzining
“Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari” nomli doktorlik

dissertatsiyasida turizm bozorida talab va taklifni muvofiqlashtirish, boshqaruv konsepsiyasi

orqali turistik mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasi rivojlanishining
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda hududiy turistik klasterni

shakllantirish boʻyicha ilmiy mulohazalarni keltiradi.

Shuningdek, MDH olimlari Surkov va Krivoruchkolarning (2009) “Mejdunarodniy turizm

v Rossii: problemi razvitiya i upravleniya” nomli asarida Rossiyada xalqaro turizm bozori
rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari va integratsion jarayonlar, turizm industriya

si subyektlari

faoliyati, xalqaro turizmni tartibga solish mexanizmlari, xalqaro turistik siyosatning

maqsadlari, vazifalari va ustuvor boshqaruv yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar olib borganlar.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

187

Mualliflar oʻz asarida xalqaro turizm rivojlanishining omillari, globallashuv

jarayonlarining turistik majmualar boshqaruv faoliyatga taʼsiri, turizm destinatsiyasi

rivojlanish xususiyatlariga alohida eʼtibor qaratganlar. Ramadonova va Makarchenkolarning

(

2016) “Gosudarstvennoye regulirovaniye turisticheskoy deyatelnosti” nomli asarida turistik

faoliyatni tartibga solish usullari, vositalari va shakllari yoritib berilgan. Bunda turizm sohasini

boshqarishda davlatning roliga ham alohida eʼtibor qaratilgan. B

iroq asarda turistik faoliyatni

boshqaruv usullari va vositalari tasnifi ishlab chiqilmagan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada turistik majmualarni shakillantirish va boshqarish tahlili amalga oshirilib,

mazkur yoʻnalish boʻyicha iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikrlariga tayangan holda

dialektik va tizimli yondashuv, qiyoslash, emperik tadqiqot hamda qiyosiy tahlil kabi usullari

orqali turistik majmualar faoliyatini boshqarishning oʻstuvor yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha

tavsiyalar ishlab chiqilgan.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Turizm sohasi mohiyat jihatidan bevosita xizmatlar sohasi tarkibiga kirsa-da, soha

faoliyatining asosiy qismi bevosita moddiy ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga bogʻliq. Shu

bilan birga turizm sohasining rivojlanishi moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari singari juda katta

hajmdagi moddiy vositalarni talab qilmasligi hamda faoliyatning tabiiy resurslar mavjudligi

bilan bogʻliqligi mamlakatimizda sohani qisqa vaqtda jadal rivojlantirish imkoniyati

mavjudligini koʻrsatadi. 2016 yildan boshlab mamlakat dara

jasida turizm xizmatlari sohasini

rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar ham sohaning mamlakat

taraqqiyotini jadal rivojlantirishdagi “oʻsish” nuqtalaridan biri boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi.

Postindustrial jamiyatga oʻtishdan bugungi kungacha boʻlgan oʻzgarishlar tahlili iqtisodiy

tizimlarning sanoatlashgan iqtisodiyot, xizmatlar iqtisodiyoti hamda oʻzgarishlar iqtisodiyotiga
oʻtib borishini koʻrsatadi (1

-rasm).

Fikrimizcha, iqtisodiy oʻzgarishlarning koʻrib oʻtilayotgan ketma

-ketlikda rivojlanishining

asosiy omili sifatida mahsulot yoki xizmatlarning individuallashuvini koʻrsatib oʻtish toʻgʻri

boʻladi. Chunki taraqqiyot bosqichlarida kommodizatsiya jarayonining

zaiflashib borishi va, bir

vaqtning oʻzida kastomizatsiya jarayonining kuchayib borishi kuzatiladi. Bu esa, jamiyatda

yaratilayotgan mahsulot va xizmatlarning isteʼmolchilarning xoxish (istak)laridan kelib chiqib,

individuallashib borishini koʻrsatadi.

1-rasm. Postindustrial jamiyat iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari

(Pine, Gilmore, 1999)

xom ashyo iqtisodiyoti

sanoat jamiyati

xizmat koʻrsatish iqtisodiyoti

taasurotlar iqtisodiyoti

oʻzgarishlar iqtisodiyoti

Upgrading (

апгрейдинг

)

sahnalashtirish

xizmat koʻrsatish

ommaviy ishlab chiqarish


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

188

Yuqoridagi oʻzgarishlar moddiy ishlab chiqarish sohalariga qaraganda xizmatlar sohasida

birmuncha yuqori ekanligini, shu bilan birga “standartlashuvdan qochish” xizmatlar sohasida

avvaldan mavjud boʻlganligini koʻrsatadi.

Turizm xizmatlar sohasining bugungi kunda eng jadal rivojlanayotgan va yuz berayotgan

oʻzgarishlarga tez moslasha oladigan tarmogʻi boʻlganligi hamda tarmoqni hali
oʻzlashtirilmagan tabiiy

-iqtisodiy resurslar negizida qisqa vaqtda kengaytirish imkoniyati

mavjudligini hisobga olgan holda mamlakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirish ustuvor

yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangan.

Turizm sohasining rivojlanishi koʻp jihatdan, aytib oʻtilganidek, mavjud tabiiy

-iqtisodiy

resurslarning mavjudligi va ushbu resurslarning iqtisodiy faoliyatga kiritilganligiga bogʻliq.

Iqtisodiy terminologiyada turistlar, yaʼni xizmatlar isteʼmolchilari to

monidan tanlanadigan va

ushbu hududda yaratilgan xizmatlarni istemol qilinadigan hudud “turistik destinatsiya” deb

ataladi (

Гончарова

, 2014).

Turistik nuqtai nazardan xizmatlarni yaratish, turistik majmulardan faoliyatda samarali

foydalanish va boshqarish ularning raqobat ustunliklarini belgilaydi va, bu oʻz navbatida,

turistik faoliyat samaradorligini belgilaydi.

“Majmua” atamasi dastlab turizm faoliyatiga tizimli yondashuv doirasida yuzaga keldi.

Turistik tizim N.Leyper modeliga koʻra eng kamida quyidagi bir

-

biri bilan bogʻliq boʻlgan 5 ta

elementning mavjud boʻlishini talab etadi, bular turistlar (isteʼmolchilar)

, turistlar

shakllanuvchi hududlar, turistlar oʻtib boruvchi tranzit hududlar, turistik majmualar, turistik

sanoat.

Turizm sohasining rivojlanishi, turistik korxonalar faoliyati samaradorligi hamda turistik

mahsulotning yaratilish jarayonini tadqiq etishda, avvalo, “turistik majmua” turistik tizimning

asosiy elementi sifatida oʻrganilishi maqsadga muvofiq. Shuni hisobga olgan holda, tadqiqot

jarayonida “turistik majmua” atamasi va unga yondashuvlarni

kengroq oʻrganib chiqqan holda

mualliflik yondashuvini ishlab chiqish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.

2-rasm. N.Leyperning turizm tizimi modeli tarkibi

(

Морозова

и

др

. 2014)

Ilmiy adabiyotlarda “majmua” atamasi bir xil boʻlmagan holda talqin etiladi. “Majmua”

tushunchasi, odatda, geografik nuqtai nazardan maʼlum bir turistik resurslarga ega boʻlgan

hudud sifatida qaraladi. Shu nuqtayi nazardan yondashilsa, majmua tushunchasi turistik
mintaqa yoki turistik hudud tushunchalariga muq

obil maʼnoni bildiradi. Majmua tushunchasini

bugungi kunda turistik jihatdan uning potensial mijozga nisbatan jalb etuvchanlik

(jozibadorlik) tomonidan oʻrganish maqsadga muvofiqdir.

Ayrim tadqiqotchilarning talqinida “majmua” turistlarni ehtiyoji va talablariga javob

beruvchi bir qator xizmatlar toʻplamini taklif etuvch hamda aniq jalb etuvchanlik darajasiga

ega boʻlgan geografik hudud sifatida qaraladi (Морозов

,

Морозова

, 2014).

3. Tranzit hududi

1. Ketayotgan turistlar

1. Qaytib kelayotgan turistlar

2. Turistlar

vujudga

keluvchi hudud

4. Turistik

majmua

Tashqi muhit: ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy, texnologik, jismoniy, siyosiy,

huquqiy va boshqa omillar


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

189

Bir qator tadqiqotchilar tomonidan esa “turistik majmua”

tushunchasi esa turistlar

tomonidan borishga harakat qilinuvchi, turistik oqimni shakllantiruvchi joy, qandaydir

lokatsiya (hudud, makon, akvatoriya) sifatida tushuncha beriladi. Shu mazmunda turistik

majmua turist tomonidan yashash manzilini tark etgan holda ushbu makonda yangi hissiyotlar

va oʻziga xos qoniqishlarni olishni rejalashtirgan joy sifatida qaraladi.

Ushbu mantiqqa suyangan va turistlarni qabul qiluvchi majmuani boshqaruvchi

pozitsiyasida turgan holda turistik majmuani keng mehmondoʻstlik xizmatlarini yaratuvchi va

isteʼmolga taklif etuvchi majmua sifatida koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir.

1-jadval

“Turistik majmua” tushunchasiga konseptual yondashuvlarning mazmuni

Konseptual

yondashuvlar

Tadqiqotchilar

Konseptual yondashuvlar mazmuni

Iqtisodiy-

geografik

jihatdan

yoʻnaltirilgan

konseptual

yondashuv

N.Leyper

Turistik majmua bu

turistlar tomonidan hududning bir yoki

bir necha belgi va xususiyatlari boʻyicha turistik tajriba olish

uchun maʼlum bir vaqtga toʻxtovchi joy.

K.Metelka

Turistik majmua

inson sayohat qiluvchi “gegrafik joy”,

“turistik bozorning hududi”.

S.Medlik

Turistik majmua

turistlar tomonidan tashrif buyuriladigan

jalb etuvchanlik xususiyati, turistik xizmatlar koʻrsatish

infratuzilmasi

va

geografik

jihatdan

borish

chegaralanmaganlik kabi asosiy omil belgilariga ega boʻlgan

hudud.

R.Meytlend

Turistik majmua

turistlar tashrif buyuruvchi geografik

chegaralarga ega boʻlgan alohida hudud.

Marketing-

boshqaruviga

yoʻnaltirilgan

konseptual

yondashuv

F.Kotler, J.Bouen,

J.Meykenz

Turistik majmua

koʻp bosqichli tarkibiy tuzilish: asosiy,

yondosh va qoʻshimcha tuzilishga ega boʻlgan moddiy yoki

nomoddiy elementlardan tashkil topgan turistik mahsulot.

D.Buxalis

Turistik majmua bu

isteʼmolchiga umumlashgan tajribani

oʻzlashtirish imkonini beruvchi turistik mahsulot.

Mijozga

yoʻnaltirilgan

konseptual

yondashuv

J.Moysander,

A.Valtonen

Turistik majmua imij, joy, xizmatlar va mehmondoʻstlik sohasi
kabi mijozga yoʻnaltirilgan kengaytirilgan

turistik mahsulotni

ifodalovchi xizmatlar tizimi. Unda mijoz, bir tomondan,
tadbirlarda ishtirok etuvchi nofaol istemolchi sifatida, ikkinchi

tomondan, turistik mahsulotni isteʼmol qilish uchun iqtisodiy

jihatdan optimal qaror qabul qiluvchi faol subyekt sifatida

qaraladi.

Ijtimoiy-
madaniy

konseptual

yondashuv

J.Dyumazedye

Turistik majmua

jamiyatdagi neʼmat hisoblanib, “ishlab

chiqarish” iqtisodiyoti oʻrniga “xizmatlar” iqtisodiyotining

kelishi bilan rivojlanuvchi muhit.

N.Kolodiy

Turistik majmua xizmatlar sohasining asosiy institutlari
(universitetlar, axborot, fan, madaniyat, tibbiyot) ishtirokida

nazariy va amaliy jihatdan shakllanuvchi qadriyatlar va

tajribalar oʻrganiladigan joy.

J.Urri

Turistik majmua

global bozorda raqobat muhitida

foydalaniluvchi, turist tomonidan tanlanadigan va uning

xoxish istaklari doirasida foydalaniladigan turistik mahsulot.

E.Louzning yondashuvlaridan tashqari turistik majmua tushunchasiga Lyu (1987),

Framke (2002), Saarinena (2004) va Kilanenlar (2011) tomonidan ishlab chiqilgan

yondashuvlar ham mavjud. Ushbu tadqiqotchilarning “turistik majmua” tushunchasiga

konseptual yondashuvlarini oʻrganib chiqqan holda konseptual yondashuvlarni toʻrt asosiy

yoʻnalishda ajratib chiqish mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

190

1. Iqtisodiy-

geografik jihatdan yoʻnaltirilgan konseptual yondashuv. Ushbu yoʻnalishdagi

yondashuvga K.Metelka, S.Medlik, R.Batler, N.Leyper va R.Meytlend kabi xorijiy

tadqiqotchilarning ishlarini kiritish mumkin.

2. Marketing-

boshqaruviga yoʻnaltirilgan konseptual yondashuv. Ushbu yoʻnalishdagi

yondashuvga xorijlik olimlardan F.Kotler, J.Bouen, J.Meykenz, D.Buxalis va K.Gunnlarning
yondashuvlari tegishli.

3. Mijozga yoʻnaltirilgan konseptual yondashuv. Ushbu konseptual yondashuvga

xizmatlar marketingi, strategiyasi hamda marketing aloqalariga tegishli qarashlarni ifodalovchi

J.Moysander, A.Valtonen, K.Grenroos, M.Bitner, J.Gorovits va L.Mossberglarning tadqiqotlari
kiradi.

4. Ijtimoiy-madaniy konseptual yondashuv. Bu yondashuvlarning mazmuni

J.Dyumazedye, N.Kolodiy, J.Urri va R.Lashlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda oʻz aksini

topgan.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan yondashuvlarning mazmuni

yuqoridagi 1-jadvaldagi talqinlar

orqali aniqroq koʻrsatib oʻtiladi.

Turistik majmua tushunchasi uzoq davr davomida shakllanganligi hamda hozirgi kunda

ham tadqiq etilayotganligi sababli ushbu tushuncha mazmuniga yuqoridagi yondashuvlardan
farqlanuvchi yana bir qator yondashuvlar mavjud. Shu nuqtai nazardan ayrim tadqiqotlarda

“turistik majmua” konsepsiyasiga yondashuvlarni anʼanaviy va zamonaviy yondashuvlarga

ajratiladi.

Xulosa va takliflar.

Anʼanaviy konsepsiyada turistik majmua mijozlar (isteʼmolchilar)ning oʻz taʼtil va dam

olishlarini oʻtkazadigan joy sifatida talqin qilinib, uning oʻziga xos elementlari sifatida joy

(turistik hudud va uning tarkibi), odamlar (isteʼmolchilarning demografik

xususiyatlari,

motivatsiya va hududning reytingi) va taʼtil (taʼtil davridagi turistlarning faoliyati) ajratiladi.

“Turistik majmua” tushunchasiga turli konseptual yondashuvlarni oʻrganish asosida

ushbu tushunchaning koʻp qirraligi va uning mazmunini qanday maqsadda foydalanilishidan

kelib chiqqan holda belgilash lozimligi aniqlandi. Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida “turistik

majmua” tushunchasi aniq chegaraga eg

a turistik resurs; milliy, hududiy va mahalliy darajada

aniq amalga oshirish mexanizmi mavjud boʻlgan yagona boshqaruv strategiyasiga ega tizim;

koʻp bosqichli kompleks turistik mahsulot, turistlar, tadbirkorlar va mahalliy boshqaruv

tuzilmalarining murakk

ab oʻzaro munosabatlari natijasida foydalaniluvchi turistik resurs;

faqatgina isteʼmol qiymatiga ega boʻlmasdan, turistik tajribani shakllantiruvchi turistik
mahsulot kabi asosiy belgilarga ega boʻlgan mahsulot, hudud, isteʼmol qiymatiga ega qadriyat

sifatida talqin etilishi maqsadga muvofiqligi aniqlandi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Framke W. (2002) The destination as a concept: a discussion of the businessrelated

perspective versus the socio-cultural approach in tourism theory / W.Framke // Scandinavian
Journal of Hospitality and Tourism.

№ 2 (2). –

P. 92-108;

Homidov Kakhkhorali Kurbonali ugli. (2023). Objective need for the formation and

sustainable

development

of

tourist

complexes

in

the

regions:

https://doi.org/10.5281/zenodo.8151902

. IQRO , 4(2), 42

45.

Homidov, K. (2023). Conceptual approaches to the formation of a model for the sustainable

development of tourist complexes. Development of pedagogical technologies in modern

sciences, 2(7), 33-38.

Homidov, K. (2023). Organizational and economic foundations of the organization of tourist

complexes in the development of tourism in the regions. Journal of Agriculture &

Horticulture, 3(7), 44-50.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

191

Lew A.A. (1987) A framework of tourist attraction research / A.A. Lew // Annals of Tourism

research.

№ 14 (4). –

P. 553-575;

Pine, J. and Gilmore, J. (1999). The Experience Economy, Harvard Business School Press,

Boston.

Saarinen J. (2004) Destinations in change: the transformation process of tourist destinations

/ J. Saarinen // Tourist Studies.

№ 4 (2). –

P. 161-179;

Saraniemi S., Kylänen M. (2011) Problematizing the concept of tourism destination: an

analysis of different theoretical approaches / S. Saraniemi, M. Kylänen // Journal or Travel

Research.

50 (2).

P. 133-143.

Алимова М.Т.

(2017)

Ҳудудий

туризм бозорининг ривожланиш хусусиятлари ва

тенденциялари (Самарқанд вилояти мисолида) // И.ф.д. дисс. –

Самарқанд: СамИСИ,

25-

26-

б.

Гончарова Н.А. (2014) Формирование системы управления туристской дестинацией.

Диссертация на соискание ученой степени кандидата экономических наук. –Санкт

-

Петербург: НОУ ВПО «БАТиП», –С. 17.

Морозов М.А., Морозова Н.С. (2014) Моделирование и прогнозирование развития

туристских дестинаций. Сервис

plus

. Т. 8. №3. —

С. 32

-39.

Рамадонова М.М., Макарченко М.А. (2016) Государственное регулирование

туристической деятельности //Альманах научных работ молодых ученых

университета ИТМО. –

С. 211

-213.

Сурков С.Г. (2009) Международный туризм в России: проблемы развития и

управления / С.Г. Сурков, В.И. Криворучко. –

М.: Советский спорт, –

214 с.

Хомидов, К. (2023).

O

ʻ

zbekistonda turistik majmualar faoliyatini boshqaruv samaradorligi

oshirish yo

llari. Economics and Innovative Technologies, 11(3), 154-160.

Хомидов,

Қ.Қ.

(2023).

Инновационные

преимущества

использования

информационных технологий в туристической деятельности. In современные вопросы
естествознания и экономики (pp. 421

-424).

Хомидов, Қ. Қ. (2024). Совершенствование институциональной базы системы

государственного регулирования туристских комплексов.

World of Scientific news in

Science, 2(2), 262-269.

Хомидов, Х. (2023). Ҳудудларда туристик мажмуалар фаолиятини шакиллантириш

ва тизимли бошқариш асосида ҳудудлар туристик салохиятидан самарали фойдаланиш

масалалари.

" Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari" respublika

ilmiy-

amaliy konferensiyasi materiallari to ‘plami., 412

-415.

Хомидов, Қ.Қ.Ў. (2023). Организационно

-

экономический механизм развития

туристических комплексов.

In

Новые

технологии

в

учебном

процессе

и

производстве

(pp.

370-372).

References

Framke W. (2002) The destination as a concept: a discussion of the businessrelated perspective versus the socio-cultural approach in tourism theory / W.Framke // Scandinavian Journal of Hospitality and Tourism. – № 2 (2). –P. 92-108;

Homidov Kakhkhorali Kurbonali ugli. (2023). Objective need for the formation and sustainable development of tourist complexes in the regions: https://doi.org/10.5281/zenodo.8151902. IQRO , 4(2), 42–45.

Homidov, K. (2023). Conceptual approaches to the formation of a model for the sustainable development of tourist complexes. Development of pedagogical technologies in modern sciences, 2(7), 33-38.

Homidov, K. (2023). Organizational and economic foundations of the organization of tourist complexes in the development of tourism in the regions. Journal of Agriculture & Horticulture, 3(7), 44-50.

Lew A.A. (1987) A framework of tourist attraction research / A.A. Lew // Annals of Tourism research. – № 14 (4). – P. 553-575;

Pine, J. and Gilmore, J. (1999). The Experience Economy, Harvard Business School Press, Boston.

Saarinen J. (2004) Destinations in change: the transformation process of tourist destinations / J. Saarinen // Tourist Studies. – № 4 (2). – P. 161-179;

Saraniemi S., Kylänen M. (2011) Problematizing the concept of tourism destination: an analysis of different theoretical approaches / S. Saraniemi, M. Kylänen // Journal or Travel Research. – 50 (2). – P. 133-143.

Алимова М.Т. (2017) Ҳудудий туризм бозорининг ривожланиш хусусиятлари ва тенденциялари (Самарқанд вилояти мисолида) // И.ф.д. дисс. – Самарқанд: СамИСИ, 25- 26-б.

Гончарова Н.А. (2014) Формирование системы управления туристской дестинацией.

Диссертация на соискание ученой степени кандидата экономических наук. –Санкт-Петербург: НОУ ВПО «БАТиП», –С. 17.

Морозов М.А., Морозова Н.С. (2014) Моделирование и прогнозирование развития туристских дестинаций. Сервис plus. Т. 8. №3. — С. 32-39.

Рамадонова М.М., Макарченко М.А. (2016) Государственное регулирование туристической деятельности //Альманах научных работ молодых ученых университета ИТМО. – С. 211-213.

Сурков С.Г. (2009) Международный туризм в России: проблемы развития и управления / С.Г. Сурков, В.И. Криворучко. – М.: Советский спорт, – 214 с.

Хомидов, К. (2023). Oʻzbekistonda turistik majmualar faoliyatini boshqaruv samaradorligi oshirish yo ‘llari. Economics and Innovative Technologies, 11(3), 154-160.

Хомидов, Қ.Қ. (2023). Инновационные преимущества использования информационных технологий в туристической деятельности. In современные вопросы естествознания и экономики (pp. 421-424).

Хомидов, Қ. Қ. (2024). Совершенствование институциональной базы системы государственного регулирования туристских комплексов. World of Scientific news in Science, 2(2), 262-269.

Хомидов, Х. (2023). Ҳудудларда туристик мажмуалар фаолиятини шакиллантириш ва тизимли бошқариш асосида ҳудудлар туристик салохиятидан самарали фойдаланиш масалалари. " Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami., 412-415.

Хомидов, Қ.Қ.Ў. (2023). Организационно-экономический механизм развития туристических комплексов. In Новые технологии в учебном процессе и производстве (pp. 370-372)