Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
163
INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA AHOLI ISH BILAN BANDLIGINING
YANGI SHAKLLARI VA TURLARINI TASHKIL ETISH
Umаrоvа G
ulandom Tumanovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya.
Mazkur maqolada innovatsiyalarni iqtisodiyotda qoʻllashning xorij va oʻzbek
olimlari talqinlari tahlil qilingan. Innovatsion iqtisodiyot xususiyatlari, davlatlar milliy
iqtisodiyotining innovatsionlik darajasini aniqlash koʻrsatkichlari, innovatsiyalar, iqtisodiy oʻsish
va bandlik oʻrtasida yuqori darajadagi izchil bogʻlanish yoritilgan. Axborot kommunikatsion
texnologiyalarining rivojlanishi bilan bogʻliq ish bilan bandlikning innovatsion shakllari
kengayishi jumladan, Ye-bandlikning rivojlanishi, virtual ish joylari, frilansing kabi bandlik turlari
haqida maʼlumotlar berilgan. Anʼanaviy va virtual ish joylarining xususiyatlari aniqlanib, qiyosiy
tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar:
iqtisodiyot, innovatsiya, innovatsion iqtisodiyot, ishlab chiqarish, mehnat
bozori, iqtisodiyot tarmoqlari, xizmatlar, texnologiya, texnologik taraqqiyot, virtualizatsiya,
internetda ish bilan bandlik.
ОРГАНИЗАЦИЯ НОВЫХ ФОРМ И ВИДОВ ЗАНЯТОСТИ НАСЕЛЕНИЯ В
УСЛОВИЯХ ИННОВАЦИОННОЙ ЭКОНОМИКИ
Умарова Гуландом Тумановна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье проанализированы трактовки применения
инноваций в экономике зарубежными и узбекскими учеными. Рассмотрены особенности
инновационной экономики, показатели определения уровня инновационности
национальных экономик, а также высокая степень последовательной взаимосвязи
между инновациями, экономическим ростом и занятостью. Обсуждается расширение
инновационных форм занятости, связанных с развитием информационно
-
коммуникационных технологий, включая развитие электронной занятости,
виртуальные рабочие места и фриланс. Определены и сравнительно проанализированы
особенности традиционных и виртуальных рабочих мест.
Ключевые слова:
экономика, инновации, инновационная экономика, производство,
рынок труда, услуги, технология, технологический прогресс, виртуализация,
трудоустройство в интернете
.
UO
‘
K: 331.526
VIII SON
—
AVGUST, 2024
163-169
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
164
INNOVATIVE ECONOMY CONDITIONS FOR ORGANIZING NEW FORMS
AND TYPES OF EMPLOYMENT
Umаrоvа GulandomTumanovna
Tashkent State University of Economics
Annotation.
The article analyzes the interpretations of foreign and Uzbek scholars
regarding the application of innovations in the economy. It explores the characteristics of an
innovative economy, indicators for determining the level of innovation within national economies,
and the high degree of consistency between innovations, economic growth, and employment. The
article provides information on the expansion of innovative forms of employment related to the
development of information and communication technologies, including the growth of e-
employment, virtual workplaces, and freelancing. The features of traditional and virtual
workplaces are identified and comparatively analyzed.
Keywords:
economy, innovation, innovative economy, production, labor market, еconomic
sectors, services, technology, information, technological development, virtualization, employment
on the internet.
Kirish.
Innovatsion iqtisodiyot innovatsiyalar va yuksak texnologiyalarga, yuqori qoʻshimcha
qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishga asoslangan iqtisodiyotdir.
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish yoʻliga oʻtishi ijtimoiy hayotning ba
rcha sohalariga ilm-
fanga asoslangan texnologiyalarning ommaviy joriy etilishi, mehnatni tashkil etish, aholi
bandligi shaklining oʻzgarishiga, mehnat bozorida yangi tendensiyalar paydo boʻlishiga olib
keluvchi yangi shakllarining rivojlanishi bilan tavsiflanadi. U ikki tomonlama talqin qilinadi.
Birinchidan, rivojlanishning yuqori darajada industrlashgan, iqtisodiy darajasi sifatida
qoʻllanilib, unda iqtisodiyotning anʼanaviy sektori butun tizimga tubdan boshqacha sifat baxsh
etadigan yangi unsurlar bilan
chirmashib ketadi. Ikkinchidan, tor maʼnoda bu hozirgi zamon
iqtisodiyotida yuz berayotgan yangi oʻzgarishlarni tavsiflaydigan iboradir.
Innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi bandlik munosabatlari tadqiqotini uning tarkibi,
kasb-malaka tavsifi, mehnatning xususiyatlari va mazmuni nuqtai nazaridan dolzarb qilib
qoʻyadi.
Adabiyotlar sharhi.
Innovatsion iqtisodiyot nazariyasi avstriyalik iqtisodchi Yozef Shumpeter tomonidan
yaratilgan boʻlib, uning fikriga koʻra innovatsiya bu –
isteʼmol tovarlarining yangi turlari, yangi
ishlab chiqarish va transport vositalari, yangi bozorlar va sanoatda tashkilotlar shakllarini joriy
qilish va foydalanish maqsadidagi oʻzgarishlardir (Шумпетер, 2007). Tadqiqotchilar, E. Toffler,
F. Fukuyama, D. Bell, J. Neysbit tomonidan «Aynan innovatsion texnologiyalarga tayangan
davlatgina yuksak taraqqiyot darajasiga eris
hishi mumkin», degan fikr ilgari surilgan. Koʻplab,
klassik va zamonaviy iqtisodchi olimlar tomonidan esa innovatsiya tushunchasiga bir qancha
taʼriflar berilgan. Jumladan, ingliz professori Spenser (2000) innovatsiya –
bu aniq vaziyatda
mutlaqo yangi nars
a, biz buni anglaganimizda foydalanishimiz mumkin deb aytib oʻtgan
oʻzining “Innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solish nazariyasi va mexanizmi” nomli
asarida. Rossiyalik olimlar Kulagin (2011) “Innovatsiya –
bu innovatsion, ishlab chiqarish,
institutsional moliyaviy, ilmiy-
texnik va boshqa sohalardagi yangilikdir”, Balabanov (2001)
“Innovatsiya
-kapitalni yangi texnika yoki texnologiyaga, ishlab chiqarishni tashkil qilish,
mehnat, xizmat koʻrsatish va boshqaruvning yangi shakllariga, jumladan, yangic
ha nazorat va
hisob shakllari, rejalashtirish va tahlil usullariga kiritishdan olingan, moddiy tus olgan
natijadir”, Kantorovich (1986) “Innovatsiya –
bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib
koʻrsatish va uni muvaffaqiyatini taʼminlovchi yangilikdir” degan taʼriflarni bergan, Frimanning
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
165
(1987) fikricha milliy innovatsion tizim
–jamiyat tomonidan isteʼmol qilinadigan yangi
texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarning yaratilishidagi yangi bilimlarni ishlab chiqishda,
saqlashda, tarqatishda va yangi texnologiyalarga aylanishida qatnashadigan iqtisodiy
subyektlar va ijtimoiy institutlarning (qadriyatlar, meʼyorlar, huquqlarning) murakkab tizimi
hisoblanadi.
Krayemerning (2010) fikriga koʻra Innovatsiya –
yangi mahsulot yoki xizmatni bozorga
kiritish, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini tatbiq etish, mahsulot yoki xizmatlar, ishlab
chiqarishni tashkil etishning yangi shakllari yoki faoliyat turlarini ilgari surish, yangi bozorlarni
tashkil etish yoki yangi jarayonning joriy bozor va mavjud bozorlarda katta ulushini qoʻlga
kiritishga qaratilgan saʼy
-harakatlardir.
Mazkur tushuncha oʻzbek olimlari tomonidan ham oʻrganilgan jumladan, Shodimetov
(2014) innovatsiyaga, innovatsiya bu moddiy ishlab chiqarish yoki sarmoya konsentratsiyasi
emas deya taʼrif keltirgan. Tadqiqotchi Gʻaffarov (2019) esa “Innovatsiya –
bu ixtironing amaliy
ahamiyatini ajratib koʻrsatish va uni muvaffaqiyatini taʼminlovchi yangilikdir”, degan taʼrifni
bergan. Yoʻldoshev (2004) “innovatsiya (ingliz tilidan olingan “Innovatsion” yangilik kiritish)
—
tizim ichki tuzilishni oʻzgartirish amaliyot va nazariyaning asosiy qismi”, innovatsion faoliyat
esa, “yangi ijtimoiy talablar bilan anʼanaviy meʼyorlarning mos kelmasligi. Amaliyotning
yangilanayotgan meʼyorlarni mavjud meʼyorlar bilan toʻqnashuvi natijasida vujudga kelgan
majmuali muammolarni yechishig
a qaratilgan faoliyat” deb taʼkidlaydi.
Topildiyev, Hasanovlar (2019) oʻzining “Ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlanishning innovatsion
modellari” nomli oʻquv qoʻllanmasida innovatsion iqtisodiyot tushunchasiga “Innovatsion
iqtisodiyotda asosiy eʼtibor yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish,
ilm talab
texnologiyalar va inson faoliyatining turli sohalarini innovatsion tashkil etish, iqtisodiyotda
innovatsion tizimni shakllantirish, kompyuter texnologiyalari va telekommunikatsiya
tizimlariga qaratiladi” degan fikrni keltirib oʻtgan.
Bizningcha, aslida ham shunday sanoatlashgan iqtisodiyot oʻrnini asta
-sekin innovatsion
iqtisodiyot egallashi oddiy haqiqat. Natijada, yangidan-yangi bozorlar kashf etiladi. Binobarin,
innovatsion maqsadlarni roʻyobga chiqarish uchun, xususiy investitsiyal
arga imtiyozlar berish,
zamonaviy banklarni shakllantirish, innovatsiyalarni kafolatlash hamda sugʻurtalash, kichik va
xususiy biznesni qoʻllab
-quvvatlash, yirik texnologik loyihalar uchun milliy va xorijiy
sarmoyalarni keng jalb etish talab qilinadi. Natijada texnologik yangilanish hamda ishlab
chiqarishga innovatsiyalarni jalb etish rivojlanib boradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy maqolani tayyorlash
jarayonida maʼlumotlarni guruhlash, analiz va tizimli tahlil
hamda taqqoslash usullaridan foydalanildi. Bundan tashqari, monografik kuzatuv natijalari
tahliliy oʻrganilib, mehnat bozoridagi tanglikni innovatsion xizmatlar sohasini rivojlantirish
hisobidan yumshatish mumkinligi ilmiy asoslandi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Yozef Shumpeterning (1911) “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” nomli asarida innovatsion
iqtisodiyot konsepsiyasining beshta asosiy belgilari keltirib oʻtilgan, ular quyidagilardir:
isteʼmol uchun hali maʼlum boʻlmagan yangi tovarni, yoki tovarning yangi sifatini yaratish;
sanoatning muayyan tarmogʻida hali sinab koʻrilmagan ishlab chiqarishning yangi usulini
yaratish;
yangi bozorni ochish, yaʼni bu bozor avval mavjud boʻlmaganidan qatʼi nazar, sanoatning
mazkur tarmogʻi unda savdo qilmagan bozorni ochish;
ishlab chiqarishning yangi manbasini, ushbu manba avval mavjud boʻlganligi yoki uni
yangidan tashkil etishga toʻgʻri keladigan qatʼiy nazar kashf etish;
iqtisodiyot tarmogʻini yangicha tashkil etish, masalan monopoliyaga ega boʻlish yoki
monopol mavqeyini yoʻq qilish (
Schumpeter, 1911).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
166
Hozirgi vaqtda innovatsion iqtisodiyot deyilganda mamlakatlarning jahon bozoridagi
raqobatbardoshligi, mehnat unumdorligi darajasi, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan
qoʻshimcha qiymat, joriy etilgan yuqori texnologiyalar miqdori, oliy taʼlimning samarado
rligi,
ilmiy xodimlar soni, patent faolligi va boshqa koʻrsatkichlar nazarda tutiladi.
Uning
xususiyatlariga intellektual, ijodkor, inson kapitali mutassil oshirib boriladigan, yuqori
samarali, egiluvchan ish bilan bandlik xosdir.
Davlatlar milliy iqtisodiyotining innovatsionlik darajasi, Bloomberg Innovation Index
koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi. Unda tadqiqotlar va ishlanmalar faolligi koʻrsatkichi, ana shu
maqsadga ajratilayotgan mablagʻlarning yalpi ichki mahsulot hajmidagi salmogʻi, yuqori
texnologiyalar sigʻimi, mamlakatda aerokosmik, axborot va biotexnologiyalar, muqobil
energetika sohasida roʻyxatga olingan korxonalar va ishlab chiqarish soni, oliy taʼlim
samaradorligi bu tizimda oʻqiyotgan talabalarning soni, shuningdek,
ularning bitiruvchilari
orasida muhandislik ixtisosligini egallaganlarning ulushi, patent faolligi, olingan patentlarning
jahonda berilgan patentlardagi hissasiga qarab belgilanadi (
Rustamov, 2019)
.
Aholining innovatsion ish bilan bandligini rivojlantirish jarayonlarida mehnat
resurslarining tarkibiga taʼsir koʻrsatuvchi gender va boshqa ijtimoiy transformatsiyalar katta
ahamiyatga ega, bu mehnat bozoriga oilali ayollar, keksa fuqarolar va talabalarning chiqishi
bilan bogʻliq. Buning oqibatida, mehnat bozoridagi taklif sohasida raqobat sezilarli darajada
oshadi.
Mehnat bozoridagi tanglikni esa innovatsion xizmatlar sohasini rivojlantirish hisobidan
yumshatish mumkin. Bunda, ishlab chiqarishda raqobatning kuchayishi va xizmatlar koʻrsatish
sohasida talabning ortishi natijasida tobora koʻproq ishlab chiqaruvchilar xizmatlar koʻrsatish
sohasiga jalb etiladi.
Yangi texnologiyalarning keng yoyilishi natijasida anʼanaviy xizmat koʻrsatish, savdo,
boshqarish sohalaridagi faoliyat turlari, taʼlim, sanʼat, huquqshunoslik, kommunikatsiyalar
tarmoqlarida ish bilan bandlikning shakllari tubdan oʻzgarib bormoqda. Indust
rial jamiyatdan
yangi, innovatsion iqtisodiyotga oʻtish kuzatilmoqda. Ushbu oʻzgarishlar umumiy tarzda tez va
muttasil yangilanib borayotgan bilimlarni tobora kengroq joriy etish, texnikaviy-texnologik
innovatsiyalardan foydalangan holda eskirib qolgan operatsiyalarni bajarishda shaxsning aqliy
va ijodiy qobiliyatidan yuqori unum bilan foydalanishni taqozo etishi natijasida ishlab
chiqarishda yaqin vaqtlargacha anʼanaviy mehnat munosabatlari bilan bir qatorda mehnat
munosabatlarining yangi, nostandart tizimi shakllandi.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda ish bilan innovatsion bandlikning ikki turini
farqlash mumkin
1.
Ish bilan bandlikning axborot modeli.
Mazkur modelda ishlab chiqarishga xizmat sohasi
va aholiga xizmat ish bilan innovatsion bandlikda asosiy oʻrinni egallaydi. U asosan ingliz tilida
soʻzlashuvchi davlatlarda shakllangan. Xususan, AQSH va Kanadada ish bilan bandlar umumiy
sonining 73 foizini , Buyuk Britaniyada 70 foizini (
Суслина
, 2013) tashkil etadi.
2.
Ish bilan bandlikning axborot
–
industrial modeli.
Ushbu model Gʻarbiy Yevropa
davlatlari uchun xosdir. Ularda ish bilan bandlik darajasi sanoatning ishlov berish tarmoqlarida
pasayib borayotgan bir vaqtda xizmat sohasida oʻsish yuzaga kelmoqda. Ushbu yangi model
axborot -kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarish va jamiyatga joriy qilish
koʻlamining kengayib borishini izohlaydi.
Innovatsiyalar, iqtisodiy oʻsish va bandlik oʻrtasida yuqori darajadagi izchillikni yuzaga
keltiradi. Rivojlangan mamlakatlarda ish oʻrinlarining 40
-50 foizi innovatsiyalar va texnologik
taraqqiyot tufayli yoʻq boʻlib ketgan yoki oʻzgartirilgan (Лю Пэн, Белокрылова, 2022). Shu
bilan birga, yangi ish oʻrinlarini yaratish jarayoni jadal rivojlanmoqda, baʼzi anʼanaviy bandlik
va kasb-
hunar sohalarida ish oʻrinlari soni kamaymoqda, boshqalarida esa oʻsib bormoqda.
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish ishning tashkil etilishi, tartibi va mazmunini
oʻzgartiradi, ishchilarni yangi texnologiyalar, usullar va ularning kombinatsiyalaridan
foydalanishga majbur qiladi. Bundan maʼlumki, har bir texnologik inqilob iqtisod
iy tuzilmani,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
167
ishlab chiqarishni va turmush tarzini oʻzgartirishni belgilaydi, bu esa mehnat bozorida va
bandlik tarkibida sezilarli oʻzgarishlarga olib keladi. Qishloq xoʻjaligini avtomatlashtirilishi
mehnatni boʻshatish jarayonini ragʻbatlantiradi va qishloq xoʻjaligida band boʻlganlar ulushini
kamaytiradi. Sanoatlashtirilish esa ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini
integratsiyalashuviga yordam beradi, bu esa ushbu faoliyatda ish oʻrinlarini qayta qurishga olib
keladi.
Sanoat tuzilmasini modernizatsiya qilish yanada rivojlangan bandlik tuzilmasini
shakllantirishni va past malakali ishchi kuchiga talabning pasayishini belgilaydi. Shu bilan
birga, isteʼmol imkoniyatlarini kengaytirib, shunga mos ravishda talabni oshiradi.
Natijada,
yangi kasblar va yangi yoʻnalishlarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Bu orqali koʻproq yangi
ish oʻrinlari yaratiladi.
Ishning yangi shakllariga oʻtish natijasida ish beruvchi tashkilot yoki korxona faoliyat
samaradorligiga taʼsir qiluvchi bir qancha imkoniyatlarni qoʻlga kiritishi mumkin. Jumladan, ish
joylarini va ularni ishlatish bilan bogʻliq doimiy xarajatlarni qisqar
tirish, optimal joy va optimal
vaqtda ishlash natijasida xodimlarning mehnat unumdorligi oshirilishi, mahsulot va
xizmatlarni isteʼmolchiga taqdim etish chegaralarining kengayishi hamda mijozga
yaqinlashtirilishi kabilar.
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning koʻplab ijobiy jihatlari bilan bir qatorda
bandlik nuqtai nazaridan salbiy tomonlari ham mavjuddir. Bular kelajakda koʻplab sohalar
toʻliq avtomatlashtirilishi va aqlli boʻlishi natijasida, texnologik taraqqiyot
koʻp sonli ofis ishlari,
jumladan, kam maoshli, past malakali ish oʻrinlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi, ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va robotlashtirish hisobiga qisqa va oʻrta muddatli ishsizlikning yuzaga
kelishi yaʼni innovatsiya baʼzi hollarda
bandlikka qarama-
qarshi taʼsir koʻrsatishi mumkin.
1970-
yillardagi axborot inqilobi jamiyatga sezilarli taʼsir koʻrsatdi va inson hayotida koʻp
sohalarni oʻzgartirdi.
Yangi postindustrial jamiyatga, bilimlar iqtisodiyotiga, global dunyoga va
axborotlashtirishga oʻtish, jismoniy mehnat ulushi va xizmatlar rolining oshishi,
avtonomlashtirish, standartlashtirish, mehnat munosabatlarini virtualizatsiya qilish kabi
xususiyat
lar bilan ajralib turadigan deviant bandlik modellarining paydo boʻlishi va oʻsishiga
olib keldi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bogʻliq ish bilan
bandlikning innovatsion shakllari kengayishi jumladan, Ye-bandlikning rivojlan
ishi, yaʼni
virtual ish joylari, frilansing kabilar tobora ommalashdi.
Virtual ish joyi (virtual offices)
–
bu xodimlar kompyuter tarmogʻi yordamida turli
joylardan birgalikda ishlashi mumkin boʻlgan virtual ish muhitidir.
Frilansing ish turi bu frilans (“freelanc” –
“erkin yollash”) pudrat asosida aniq bir ishni
bajarishga yoʻnaltirilgan mustaqil ish bilan bandlik sanaladi. Bandlikning ushbu turida frilanser
mehnat faoliyatini amalga oshirishda mijozni oʻzi topadi. Belgilan
gan ishni bajargach amalda
bajarilgan ish uchun ish haqi oladi.
Globallashuv, mehnat bozorini axborot bilan taʼminlash, integratsiya jarayonlari,
xodimlar mobilligi oshishi va sifat jihatidan yangi ish oʻrinlarining paydo boʻlishi ish oʻrinlari
uchun ishchi kuchi hamda ish beruvchilar oʻrtasida raqobatning kuchayishi,
natijada, mehnat
vazifalarining taqsimlanishi yuzaga kelmoqda. Shuningdek, anʼanaviy ish joyi xususiyatlarida
ham jiddiy oʻzgarishlar roʻy berayotganligini koʻrish mumkin (1
-jadval).
Internet texnologiyalarini faol takomillashtirish va tarqatish natijasida global ijtimoiy-
iqtisodiy tarmoq va jamiyatning mutlaqo yangi virtual tashkiliy va faoliyat elementlari
shakllandi. Hozirda virtual bandlik Internetda bandlik sifatida faol rivojlanmoqda. Mehnat
munosabatlarining ushbu shakli turli xil usullar bilan birlashtirilishi Internetda mehnat
faoliyatini amalga oshirish usuli sifatida tavsiflanishi mumkin. Internetda bandlik doimiy, ochiq
va rasmiy roʻyxatga olingan, ammo tadqiqotlarga koʻra,
bu kamroq tarqalgan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
168
1-jadval
Anʼanaviy va virtual ish joylarining xususiyatlari
(Abduraxmonov, 2019)
Xususiyatlar
Anʼanaviy ish joylari
Virtual ish joylari
Vaqt
Barcha xodimlar uchun bir xil ish
vaqtiga amal qilinishi, masalan
soat 09:00dan 17:00 gacha
Xodim uchun eng maqbul payt
Joylashish
Korxona, tashkilot yoki idora
muassasasida
Xodim uchun eng maqbul
joyda
Muddat
Asosan uzoq muddatli
Koʻpincha qisqa muddatli,
shartnomada belgilangandek
Ish beruvchi
Bitta
Bir nechta
Mehnatga haq toʻlash
Vaqtbay va soatbay
Soatbay
Internetda bandlik
—
bu postindustrial (yoki axborot) jamiyat davrida bandlikning
normal rivojlanishi. Shuni ham
aytib oʻtish kerakki, boshqa har qanday mehnat faoliyati singari,
onlayn bandlik ham bir qator turli xil xavflarni (ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, psixologik, tibbiy)
oʻz ichiga oladi va barcha ishchilar ham ularga toʻliq duch kelmaydi. Bundan tashqari,
ishc
hilarning oʻzlari ham, davlat ham qulayroq mehnat sharoitlarini yaratish orqali yuzaga
keladigan muammolarni hal qilishga intiladi. Shu bilan birga, virtual muhitda ishlash
mutaxassisning tashkilotga qoʻshadigan shaxsiy hissasi darajasini va oʻz faoliyati
sifatini
oshiradi, shaxsning kasbiy oʻzini oʻzi anglash imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek,
aholining ayrim qatlamlari uchun yangi ish joylarini yaratadi, deyish mumkin.
Ilmiy-texnika taraqqiyotidan foydalanish yangi kompaniyalar, tovarlar va xizmatlar bilan
yangi bozorlarni yaratishga olib keladi, bu esa bandlikka bevosita taʼsir qiladi. Iqtisodiyotning
raqamli transformatsiyasi, bir tomondan, koʻplab yangi ish oʻrinlarin
i yaratadi (masalan,
Wildberries xalqaro internet-
doʻkonida 20 ming xodim ishlaydi). Boshqa tomondan, bu
anʼanaviy faoliyatda band boʻlganlar sonining kamayishiga olib keladi, yaʼni evolyutsion
-
sanitizatsiya funksiyasini bajaradi.
Xulosa va takliflar.
Ish bilan innovatsion bandlik mavjud innovatsion va investitsiya muhiti, ish joylari
tizimining holati, ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilishi kabi omillarni qamrab oladi.
Jahon tajribasidan maʼlumki, yer yuzi aholisining keskin tarzda oshishi, u bilan bogʻliq
holda ish bilan bandlik darajasini oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini ish bilan taʼminlash kabi
radikal oʻzgarishlar, innovatsiyalarni keng joriy etishni odatiy hol
atga aylantirmoqda.
Bandlikni samarali tashkil etish, ishlab chiqarishni takomillashtirish, ishchi kuchi sifati va
sharoitini yaxshilash jarayonlari innovatsion loyihalarni tatbiq etish orqali samara beradi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Abduraxmonov Q. (2019) Mehnat iqtisodiyoti nazariya va amaliyot. Darslik. T.: 592 b.
Erika Kraemer-Mbula and Watu Wamae (2010)
“Innovation and the Development Agenda”.
International Development Research Centre Canada p. 9.
Freeman C. (1987) Technology Policy and Economic Performance. L.: PrinterPublishers р 5
7
Gʻaffarov E. (2019) Innovatsiya, ijtimoiy innovatsiya va innovatsion faoliyat: ilmiy
-nazariy
yondashuvlar. NamDU ilmiy axborotnomasi. №10, 153
-157 b.
Rustamov E. (2019) Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida aholining ish bilan
bandlik darajasini oshirish yoʻllari. T:2019
Schumpeter J.A. (1911) Theorie der wirtschaftilichen Entwicklung.
Shodimetov 3.K. (2014) Muqobil energiya manbalaridan foydalanish va uning iqtisodiy
istiqbollari. T.: 14 bet
Topildiyev S.R., Hasanov R.R. (2019) Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning innovatsion
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
169
modellari. Oʻquv qoʻllanma. T.: 206 b.
Yoʻldoshev J.Gʻ., Usmonov S.A. (2004) Pedagogik texnologiya asoslari. Qoʻllanma.–
T.: 104 b.
Балабанов И. (2001) Инновационный менежмент. Питер, стр. 303
Канторович Л. (1986) Системний анализ и некторие проблемы научно
-
технического
прогресса. М.:Наука.
Кулагин А. (2011) Оценка и самооценка научной организации. Инновационная
экономика. Стр
. 54-55
Лю Пэн, Белокрылова О.С.
(2022)
Перспективы занятости в условиях перехода к
Индустрии 4.0 (на примере Китая) // Социальные новации и социальные науки :
[электронный журнал]. № 1 стр
. 140
–
147.
Спенсер В.Р. (2000) Инновации: теория, механизм, государственное регулирование:
Учебное
пособие
Суслина С.С. (2013) Экономика Республикии Корея: новые перспективы и вызовы
.
Проблемы Дальнего востока. №3. Стр. 66
-78
Шумпетер Й. (2007) Теория экономического развития. М.: 2007.
