Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
49
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA RAQAMLI AKTIVLAR
MUOMALASINI RIVOJLANTIRISH
Karimova Fazilat Yolqin qizi
Bank-moliya akademiyasi
ORCID: 0009-0001-5085-363X
Annotatsiya.
Ushbu maqolada raqamli aktivlarni shakllanish omillari, raqamli aktivlarni
muomalasini takomillashtirish natijasida banklar faoliyatini rivojlantirish asoslari, tijorat
banklarida raqamli aktivlarni boshqarish bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlarning ilmi
y-nazariy
qarashlari, ma’lumotlarning solishtirma tahlillari olib borildi.
Kalit so‘zlar:
raqamli aktiv, tijorat banki, axborot texnologiyasi, innovatsiya, moliya, bozor,
iqtisodiyot, FinTech, elektron pul, raqamlashtirish.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОБРАЩЕНИЯ ЦИФРОВЫХ АКТИВОВ В
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
Каримова Фазлат Ёлкин кизи
Банковско
-
финансовая академия
Аннотация.
В данной статье представлены научно
-
теоретические взгляды
зарубежных и отечественных ученых на развитие банковской деятельности в
результате
воздействия
факторов
формирования
цифровых
активов,
совершенствования обращения цифровых активов, научно
-
теоретический анализ
данных по управлению цифровыми активами в коммерческих банках.
Ключевые слова:
цифровой актив, коммерческий банк, информационные
технологии, инновации, финансы, рынок, экономика, финтех, облако, электронные деньги,
цифровизация.
IMPROVING THE CIRCULATION OF DIGITAL ASSETS IN THE
ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS
Karimova Fazilat Yolkin kizi
The Banking and Finance Academy
Annotation.
This article carried out scientific and theoretical views of foreign and domestic
scientists on the development of banking activities as a result of factors of formation of digital
assets, improving the circulation of digital assets, scientific and theoretical analysis of data on the
management of digital assets in commercial banks.
Keywords:
digital asset, commercial bank, information technology, innovation, finance,
market, economy, FinTech, electronic money, digitization.
UO
‘
K: 336.71
VIII SON
—
AVGUST, 2024
49-55
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
50
Kirish.
Bugungi informatsion axborot texnologiyalar keng miqyosda rivojlanayotgan davr
iqtisodiyot, moliya, bank va kredit sohasida bo‘layotgan misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar
zamonaviy axborot texnologiyalari bilan o‘zaro bog‘langan. Bunda bank tizimi faoliyati gl
obal
informatsion axborot texnologiyalari ta’siri ostidagi o‘zgarishlarga bevosita chambarchas
bog‘liq.
Chunki, rivojlangan davlatlar raqamli banklarida innovatsion bank xizmatlarini
yaratish, bankning turli moliya bozorlari va fond birjalaridagi faoliyati
bo‘yicha marketing
strategiyalarini rivojlantirish, kapital bozori imkoniyatlari, milliy iqtisodiy tizimlarning asosiy
rivojlanish tendensiyalari, mijozlarning istak va hoxishlarini o‘rganish bilan uzviy bog‘liqlikda
kechadi.
Mamlakatimizda tijorat banklari raqamli texnologiyalar va ularning elementlaridan
foydalanishi mamlakatimiz banklarini transformatsiya qilish avvalambor, raqamli banklarni
tashkil qilishni talab etsa, so‘ng esa, amaldagi banklar faoliyati samaradorligining
oshishishiga,
xizmat sifatining yaxshilanishi va bank xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Raqamli
banklarda bank xizmatlari maksimal darajada avtomatlashtiriladi va bank mijozlari uchun o‘z
-
o‘zini boshqarish tizimlari yaratiladi. Raqamli bankingni
ng bugungi kun asosiy talabi, raqamli
iqtisodiyotning taraqqiy etishi natijasida banklar filiallar sonini oshirish yo‘li bilan emas, balki
masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish orqali ko‘p sonli mijozlariga xizmat ko‘rsatishni
talab etmoqda.
Banklar faoliyatida o‘zgarishlar yo‘llarini belgilab beruvchi raqamli bankning innovatsion
rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini uchta guruhga birlashtirilishi mumkin (Peroikevich,
1999):
Birinchidan, moliya bozorlari globallashuvini
–
moliyaviy xizmatlarning bir turdagi
bozoriga o‘tishini belgilab beradi.
Ikkinchidan, milliy moliya bozorlarini erkinlashtirish va tartibga solmaslik
–
bankdan
tashqari yangi raqobatchilar (yangi bank texnologiyalarini yetkazib beruvchilar Open banking,
FinTech, Banking-As-A-
Service) ning paydo bo‘lishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan, jahonda integratsiyalashgan texnologik tizimlariga (Internet) o‘tish –
umumiy global tarmoqni shakllantirish imkonini beradi
AQSH, Yevropa, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlar banklari faoliyatida Big Data
(katta ma’lumotlar), Data basing (ma’lumotlar bazasi), Cloud (bulutli texnologiya), CRM
(mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish), APPI Banking, sun’iy intelekt kabi zamona
viy bank
modeli elementlaridan foydalangan holda banklar IT sohasi bilan birgalikda rivojlanib
bormoqda.
Big Data (katta ma’lumotlar) texnologiyasi katta hajmdagi tarkiblangan va
tarkiblanmagan ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va instrumentlari majmui bo‘lib, an’anaviy
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga nisbatan muqobil hisoblanadi. Big Data texnolo
giyasi
tijorat banklariga aktiv operatsiyalarning samaradorligini ta’minlash va risklarni boshqarish
bo‘yicha aniq qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. Big Dataning elementi hisoblangan ID
-
kartalardan keng foydalanish, banklararo ma’lumot almashinish, xizmat ko‘rsatish sifati
yaxshilanishi va yangi bank xizmatlari yaratilishiga turtki bo‘lmoqda (Xamidov, 2020).
Zamonaviy bank amaliyotida keng qo‘llanilayotgan raqamli texnologiya –
bu Data basing
(ma’lumotlar bazasi) texnologiyasidir. Data basing texnologiyasi ma’lum qoidalar asosida
ma’lum ketma
-ketlikda tuzilgan bloklardir. Data basingning ochiq va yopiq tarmoqlari mavjud
bo‘lib, ochiq tarmoqda ishtirokchilar to‘liq indentifikatsiyadan o‘tmaydi va tarmoq qoidalarini
boshqaruvchi yuqori bo‘g‘in bo‘lmaydi. Data basingning yopiq tarmog‘ida a’zolik mezonlari
belgilanadi va ishtirokchi ana shu mezonlarga javob bergandagina tarmoq xizmatidan
foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Cloud technology (bulutli texnologiya) –
bu foydalanuvchi
4
https://en.wikipedia.org/wiki/Cloud_computing
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
51
tomonidan to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri faol boshqaruvisiz kompyuter tizimining resurslari, xususan
ma’lumotlarni saqlash (bulutli saqlash), yig‘ish va uzatish hisoblanadi.
Odatda bu atama internet orqali ko‘plab foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lgan
ma’lumot markazlarini tavsiflash uchun ishlatiladi. Bugungi kunda Big clouds (katta bulut)
ko‘pincha markaziy serverlardan bir nechta joylarda taqsimlanadigan funksiyalarga ega.
Agar
foydalanuvchiga ulanish nisbatan yaqin bo‘lsa, u chekka server sifatida belgilanishi mumkin.
Clouds technology (bulutli texnologiya) bitta tashkilot bilan chegaralanishi mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu ilmiy maqolada empirik, analitik, vaziyatli va komparativ tahlil usullari
qo‘llanilgan. Xususan, maqolada so‘z yuritilgan muammoning dolzarbligi komporativ tahlil
orqali yoritib berilgan bo‘lsa, prospektiv tahlil yordamida raqamli aktivlarning rivojlanishiga
ta’sir etuvchi omillar va istiqbollari ko‘rsatilgan. Shu bilan birga,
emperik usul bilan banklarda
raqamli aktivlarni
rivojlantirish yo‘nalishlari tahlil qilingan.
Adabiyotlar sharhi.
AQSHning Wyoming shtatining 2019-yil 1-iyuldagi SF0125 (2019) qonunida raqamli
aktivga quyidagicha ta’rif berilgan: “Raqamli aktiv –
bu mashinada o‘qiladigan formatda
saqlanadigan iqtisodiy va mulkiy huquqlarning aks etishi bo‘lib, o‘z ichiga iste’mol akti
vlarini,
raqamli qimmatli qog‘ozlarni va virtual valyutalarni oladi”.
Xorijiy iqtisodchi olimlar Kud, Kucheryavenko, Smichoklarning (2019) fikriga ko‘ra,
raqamli aktiv va kriptoaktiv tushunchalari bir-biridan farq qiladi: raqamli aktiv (digital asset)
–
bu faqat raqamli shaklda muomalada bo‘ladigan aktiv yoki boshqa aktivnin
g elektron
ko‘rinishidagi shaklidir, kriptoaktiv (crypto asset) esa, bu kriptografiyadan foydalangan holda
chiqarilgan raqamli aktivdir.
Hozirgi vaqtda raqamli aktivlarning mohiyatini kriptotizim asosidagi texnologiyaga
bog‘lab, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va xarakterini ko‘rsatmasdan berilgan ta’riflar
mavjud. Masalan, N. I. Romanov va N. V. Romanova raqamli aktivlarni korxona faoliyati va uning
moliyaviy natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga “jismonan qodir bo‘lmagan aktivlar” deb
tushunadilar (Central bank digital currencies for cross-border payments. Report to the G20.
2021)
Anoxina va Shmireva (2018) “kriptovalyuta –
bu moliya bozorining yangi vositasi
hisoblanadi. Bundan tashqari, pulning asosiy nazariyasi qiymatning mehnat nazariyasiga
asoslanadi (tovarlar va xizmatlarning narxi ularga investitsiya qilingan inson mehnatining
miqdoriga bog‘liq), kriptovalyuta
- blokcheyn asosidagi texnologiya kompyuter kuchi va
saqlangan energiya kombinasiyasining narxini belgilaydi”.
Proxorov va Panteleyev (2022) raqamli aktivni mutlaqo yangi aktiv deb hisoblashadi,
“uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u raqamli, blokcheyn texnologiyasiga asoslangan”,
“raqamli aktivlar sodda tarzda aytganda, ma’lum talablarga javob beradigan elektron
ma’lumotlar to‘plamiga bo‘lgan huquqlar sifatida tushuniladi”.
Ponomarenko (2017) raqamli aktiv (kriptovalyuta) ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga
muvofiq, uning ishtirokchilari tomonidan raqamli bitimlarni tarqatilgan reyestrini yuritish deb
fikr bildiradi.
Salayev (2022) tijorat banklarida raqamli aktivlar harakati, muomalasi, muammolari va
ularning pul massasi hajmiga ta’siri bo’yicha nazariy tadqiqotlarni umumlashtirish asosida
“raqamli aktivlar” ilmiy toifasi, ularning pul muomalasidagi o‘rni to‘g‘risida to’liq tushuncha
hosil qilish hamda o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi deb keltirgan.
Davletov (2023) Raqamli aktivlarni rivojlanishida ijtimoiy tarmoqlarni o‘rni muhimdir.
Ijtimoiy tarmoqlar o‘z navbatida raqamli biznesni rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratib
beradi, buning natijasida aholi farovonligi ta’minlanadi deya keltirgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
52
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bank-
moliya sektori odatdagi iqtisodiy tuzilmaning o‘zgarishiga birinchi bo‘lib
munosabat bildirdi: to‘lov sohasida sifat jihatidan yangi hisob birligi paydo bo‘ldi, innovatsion
mexanizmlar va tuzilmalar yaratildi. Dunyoning turli mamlakatlaridagi olimlar va iqtisodchilar
tomonidan o‘rganilayotgan raqamli aktivlar, axborot texnologiyalari va moliya sohasi
kesishmasida vujudga kelgan “kriptovalyuta”, “steyblkoin”, “raqamli pullar”, “raqamli valyuta”
kabi tushunchalarni o‘zida mujassamlashtirdi (Salayev, 2022
).
Elektron tijoratning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan hisob
-
kitoblar va to‘lovlar
jarayonini tezlashtirishga va shunga mos ravishda iqtisodiy o‘sishga vaqt va xarajatlarni
minimallashtirishga qodir bo‘lgan yangi savdo formatiga xizmat ko‘rsatish uchun yangi to‘lov
vositasiga ehtiyoj tug‘ildi. To‘lov tizimi evolyu
t
siyasining so‘nggi bosqichlarida paydo bo‘lgan
elektron pullar va raqamli aktivlar mazkur vositaga aylandi. Ma’lumki, har qanday yangilik
avvalo jamiyatning kichik bir qismi
–
novatorlar tomonidan qabul qilinadi. Aksariyat banklar
innovatsiyalardan foydalanishni boshlaganlaridan keyingina tarqatish jarayoni yanada keng
miqyosda amalga oshiriladi. Raqamli aktivlar ham istisno emas.
Xisob-
kitoblarda raqamli aktivlardan nisbatan ko‘proq foydalanish natijasida naqdsiz
pullarga “tenglashtirish” orqali qonuniylashtirilgandan so‘ng, elektron pullardan foydalanishga
bo‘lgan talab o‘sishda davom etmoqda va shu bilan birga raqamli aktivlarga
qiziqish ortib
bormoqda, bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob
-
kitob va to‘lov operatsiyalarini
raqamlashtirishga bo‘lgan ehtiyojini ko‘rsatadi. Shu sababli, davlatning strategik ustuvor
yo‘nalishlaridan biri raqamli xizmatlarni birlashtirish orqali
masofaviy xizmatlarni
rivojlantirish, qolaversa, bank - moliya tizimining ishonchliligi va samaradorligini oshirishdir.
Hozirgi davrda raqamli moliyaviy aktivlar bozori Yevropa va AQShda hamda Osiyoning
bir qator mamlakatlarida mavjud. Hozircha ushbu bozorlarda faqat raqamli qimmatli qog‘ozlar
bilan savdo qilinayapti. Masalan, Germaniyada raqamli obligasiyalar, Xitoyda davlat
banklarining obligasiyalari, Rossiyada kompaniyalarning raqamli aksiyalari
Jahonning mashhur McKinsey ekspertlarining baholashi bo‘yicha, bugungi kunda jahon
YaIMning qariyb 10%i raqamli aktivlarga to‘g‘ri keladi, shu bilan birga, ularni ishlab chiqish
sur’ati jahon iqtisodiy o‘sishining 30%ga to‘g‘ri keladi. Raqamli aktivlarni r
ivojlanishi
akselerator (tezlashtiruvchi) harakatiga o‘xshaydi
Dunyo mamlkatlari bo‘yicha statistic ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi Statista.com
elektron sahifasida O‘zbekistonda raqamli aktivlar prognozi e’lon qilingan (1
-rasm).
1-
rasm. O‘zbekistonda raqamli aktivlarni rivoojlanish prognozi
5
https://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/Article_2_0.pdf
6
https://openconference.us/index.php/applied/article/download/781/715/748
7
https://www.statista.com/outlook/dmo/fintech/digital-assets/worldwide#revenue
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
53
Ushbu prognoz doirasida aytishimiz mumkinki, mamlaktimizda raqamli aktivlarning
ulushi ortishi kutilmoqda.
Bu tijorat banklarining xavfsizlik va risklarni to‘g‘ri baholay olishlari
lozimligini ko‘rsatmoqda.
Moliyaviy muhitning o‘zgarishi jamiyatning tabiiy progressiv rivojlanishi natijasidir.
Qiymat ko‘rsatmasining yangi turi (bugungi kunda pul) faqat iqtisodiy zarurat bilan paydo
bo‘ladi, “pul”ning oldingi shakli almashinuv jarayonlarini sekinlashtira boshla
ganda,
qo‘shimcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi va asta
-sekin iqtisodiy maqsadga muvofiqligini
yo‘qotadi.
Raqamli iqtisodiy muhitning shakllanishi va natijada bozor biznes tuzilmalarining
modifikatsiyasi raqamli aktivlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Taqdim etilgan konsepsiya
huquqiy, iqtisodiy, axborot va qiymat pozitsiyasidan ko‘rib chiqiladi. Oddiy qilib
aytganda,
raqamli aktiv
–
bu haqiqiy aktiv qiymatining raqamli namoyishi. Raqamli aktivlarning
funksional imkoniyatlari sifatida:
Hisob birligi, hamda almashinuv vositasi sifatida foydalanish;
Tarqatilgan reystrda dasturiy mahsulotlar yoki xizmatlarga kirishni ochiqligi; Masalan,
mulk kabi aktivning qiymat ifodasi.
Raqamli aktivlarning farqlash imkonini beruvchi o‘ziga xos xususiyatlari:
Haqiqiy aktivlar (obyektlar, mulk) yoki ularga bo‘lgan huquqlar bilan ta’minlanganlik;
Meros huquqi;
Raqamli aktivlarga kirishni (qayta kirishni) tiklash mexanizmlari;
Faoliyatning ko‘plab sohalarida qo‘llanilishi.
Haqiqiy aktivlar raqamlashtirish jarayonidan o‘tadi, bu blokchainda belgilangan mulk
huquqi bilan noyob raqamli nusxani yaratishni o‘z ichiga oladi. Taqdim etilgan xususiyatlar
raqamli aktivlarning xususiyatlarini tasdiqlaydi va ularning yangi iqtisodiy muhitda keng
qo‘llanilishini ochib beradi. Turli ijtimoiy
-iqtisodiy (shu jumladan, bank-moliya) sohalarida
raqamli aktivlarni joriy etish ko‘plab munosabatlar jarayonini tezlashtiradi.
Davlat sektori tomonidan chakana va ulgurji savdo operatsiyalarida raqamli aktivlardan
foydalanish, rivojlanishning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Bunda naqd to‘lovlardagi
kabi anonimlik omilidan xalos bo‘linadi, bu qora bozor ko‘lamini kamaytiri
shga imkon beradi.
Shu bilan birga, raqamli aktivlar korrupsiyaga qarshi siyosat mexanizmlaridan biriga aylanishi
mumkin. Tabiiyki, raqamli aktivlarni joriy etish shoshma
–
shosharlik bilan bo‘lmasligi kerak,
sababi bunday tartib bank tizimini va umuman iqtisodiyotni moslashtirishni talab qiladi. Yangi
raqamli infratuzilmaga jamoatchilikning ishonch darajasi bugungi kunda muhim omil bo‘lib
qolmoqda (Salayev, 2022).
Raqamli aktivlar haqida gap borganda, albatta, gap aylanib kriptovalyutalarga ham kelib
taqaladi. Jahon banki mutaxassislarining aniqlashicha, yuqori tezlikdagi internetda
foydalanuvchilar sonining 10 foizga o‘sishi yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishin
i 1,4 foizgacha
oshirishi mumkin. Binobarin, bugungi kunda dunyo kriptobozori taxminan 1,7 trillion AQSh
dollarini tashkil qiladi.
AQSh iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning uchdan bir qismi (33 foizi) raqamli
texnologiyalari ta’siri ostida va AQSh moliya sektorining katta ulushi (60 foizi) raqamli asosga
o‘tkazilgan, shuning uchun AQSh moliya sektori dunyoda eng rivojlangan hisobla
nadi. Unga
yaqin aloqa sohasi bo‘lib, u uzoq muddatli rivojlanish uchun zamonaviy, barqaror raqamli
platformani yaratishga va uning ahamiyatini sezilarli darajada oshirishga intilmoqda.
Raqamlashtirish sohasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining asosiy raqobatc
hisi Xitoy
hisoblanadi, 2018-yilda uning V2C (Business-to-consumer) raqamli bozori daromadi 765 mlrd.
AQSh dollaridan ortiqni tashkil etdi va shu tariqa, mamlakatni jahon bozori yetakchisiga
aylantirdi. 2018-yilda raqamli bozor AQShda $700 mlrd. AQSh dollaridan ortiq daromad
keltirdi, Yevropaning 5 ta mamlakati (Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya,
Ispaniya)da esa raqamli bozor daromadi 500 mlrd. AQSh dollaridan ortiq bo‘ldi (Starodubsevo,
2018).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
54
O‘zbekistonda raqamli aktivning tarqalishiga quyidagi omillar ta’sir qilgan: naqd pul
aylanmasi darajasini pasaytirish, bank tizimiga va naqd pulsiz to‘lovlarga bo‘lgan ishonchning
barqaror o‘sishi, o‘z milliy to‘lov tizimimizni yaratish, virtual makonda b
iznesni, innovatsiyalar
va texnologiyalarni rivojlantirish, internetdan keng foydalanish va uni yanada kengaytirishga
qaratilgan izchil davlat siyosati, chakana to‘lov va hisob
-kitob xizmatlari doirasi, naqd pulsiz
to‘lovlarning tezkorligini, mavjudligini
hamda ishonchliligini takomillashtirish va boshqalar.
Bugungi kunda mavjud bo‘lgan raqamli aktivlar singari, elektron pullar ham ilgari
xuquqiy maydon va statistik hisobotlardan tashqaridagi hisob-kitob operatsiyalariga xizmat
qilib kelgan. Vaqt o‘tishi bilan ularning afzalliklari regulyatorlar tomonidan tan
olindi va
elektron pullar O‘zbekiston milliy to‘lov tizimining ajralmas elementiga aylandi. Dastlabki
bosqichda ushbu mahsulotlar kredit tashkilotlari tomonidan emas, balki yangi moliyaviy
texnologik kompaniyalar tomonidan taklif qilingan.
Qonuniy normalar bilan qoidalar belgilangan, unga muvofiq elektron pul tizimining
operatori sifatida ishlashga haqli bo‘lgan tashkilotlarning huquqiy maqomi aniqlandi: bank
hisob raqamlarini ochmasdan va boshqa bank operatsiyalarini amalga oshirmasdan pul
o‘tkazmalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan hamda O‘zbekiston banklariga ushbu
sohada o‘z faoliyatini boshlagani to‘g‘risida xabar bergan kredit muassasasi shakllanib keldi.
Mohiyatiga ko‘ra, regulyator elektron pulni naqd pulga tenglashtirdi, ammo
ularning oldindan
to‘lanadigan (ikkilamchi) xususiyatiga ishora qildi va uni sug‘urta obyektlariga kiritmadi, ular
bilan tuzilgan bitimlar ro‘yxati cheklangan (operator kredit berish va elektron hisob
balansining qoldig‘i bo‘yicha foizlarni to‘lash huquqiga ega emas), anonim elektron to‘lov
vositalarining imkoniyatlari sezilarli darajada qisqardi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, raqamli aktivlar muomalasini rivojlantirish uchun
quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1. Raqamli aktivlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardagi xavfsizlik darajasini
oshirish maqsadida birinchidan, xavfsizlikning apparatli modullaridan (HSM) foydalanish yo‘li
bilan foydalanuvchilarning ma’lumotlarini shifrlash kalitlarini tashqi xavf
lardan va insayderlik
xavflaridan himoya qilishni ta’minlash kerak; ikkinchidan, Kriptoaktivlarning xavfsizligini
ta’minlashning nisbatan keng tarqalgan shakli bo‘lgan HSM Walletdan foydalanishni shunday
takshil qilish lozimki, unda barcha konfidensial harakatlar himoyalangan qurilmaning
ichkarisida amalga oshirilishi kerak. Har qanday holatda mijozning operasiyalariga doir
ma’lumotlar ochiq formatda tashqariga chiqmasligi kerak. Buning natijasida barcha xavflardan,
shu jumladan, kompaniyaning xodimlari va
administratorlari bilan bog‘liq xavflardan yuqori
darajada himoyalanish imkoni yuzaga keladi.
2. Raqamli aktivlar muomalasini rivojlantirish maqsadida, birinchidan, cheklarni
konversiya qilishni bank amaliyotiga joriy qilish lozim; ikkinchidan, “Taqsimlangan reyestrlar”
texnologiyalarini joriy qilish va ulardan keng ko‘lamda foydalanish uchun to‘lo
v tizimlaridagi
to‘lov va o‘zaro hisoblashish jarayonlarini o‘zgartirish lozim; uchinchidan, raqamli aktivlarning
qonunchilik asoslarini xalqaro qonunchilik asoslariga muvofiqligini ta’minlash lozim.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Cтapoдубцевa Е. Б., Мapкoвa O. М.. (2018) Цифровая трансформация мировой
экономики.// Веcтник Acтpaxaнcкoгo гocудapcтвеннoгo теxничеcкoгo унивеpcитетa.
Cеpия: Экoнoмикa.
-
с.124
-129.
Ponomarenko E.V. (2017) New models of the development of universities in the world in
terms of the digital revolution: theoretical and practical approaches. Gosudarstvennaya sluzhba.
P. 57-
63. In Russian. 58 государственная служба 2017 том 19 № 6 пространство
образования. введение.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
55
Report to the G20. (2021) Central bank digital currencies for cross-border payments.
[Electronic resource] // The Bank for International Settlements, International Monetary Fund,
World Bank Group.
–
URL: https://www.bis.org/publ/othp38.pdf .
SF0125
(2019)
Digital
assets-existing
law.
URL:
https://www.wyoleg.gov/Legislation/2019/SF0125.
Анохин, Н.В. (2018) Криптовалюта как инструмент финансового рынка / Н.В.
Анохин, А.И. Шмырева // Идеи и идеалы. –
Т. 2. –
№ 3 (37). –
С. 39
-49.
Давлетов А. А. (2023) Банкларда Рақамли Активларни Бошқаришнинг Меъёрий
-
Ҳуқуқий Асослари //Conference on Applied and Practical Sciences. –
С. 91
-94.
Кудь А., Кучерявенко Н., Смычок Е. (2019) Цифровые активы и их экономикоправовое
регулирование в свете развития технологии блокчейн. Моногарфия. –
Харьков: Право. –
384 с.
Пероикевич Х. (1999) Банки ХХI века // Банковское дело. №10.
-56-
57 с.
Прохоров В.В., Пантелеев В.И. (2022) Необходимость трансформации механизмов
государственно
-
частного партнерства при реализации региональных экологических
проектов// Социально
-
экономический и гуманитарный журнал Красноярского ГАУ. № 1.
С. 3
-15. DOI: 10.36718/2500-1825-2022-1-3-15.
Салаев Р. Ш. (2022) Тижорат банкларида рақамли активлар муомаласини ташкил
қилиш ва уни ўзига хос хусусиятлари //Moliya va bank ishi. –
Т. 8. –
№. 1.
Хамидов С.Р. (2020) Рaқaмли иқтисодиёт: Ўзбекистондa ривожлaнтириш
истиқболлaри вa жaҳон aмaлиёти. Хaлқaро илмий
-
aмaлий онлaйн конференция тўплами,
Тошкент, 630
-
635 бетлар.
