Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
280
MAMLAKATIMIZDA TURIZMNI RIVOJLANISHIGA TA`SIR ETUVCHI
OMILLARNING EMPIRIK TAHLILI
Yuldasheva Dilnoza Ulug‘bekovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009 0008 6396 5412
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta’sir etuvchi
omillarning ekonometrik tahlili amalga oshirilib, so‘nggi yillardagi
y
illik statistik ma’lumotlarni
eng kichik kvadratlar usuli asosida regression tenglamalar tuizilib turli testlarga tekshirishldi.
Kalit so‘zlar:
turizm, kadr, regressiya, omillar, turistlar, xorijdan tashrif buyuruvchilar.
ЭМПИРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА РАЗВИТИЕ
ТУРИЗМА В НАШЕЙ СТРАНЕ
Юлдашева Дилноза Улугбековна
Ташкентский государственный
экономический университет
Аннотация.
В данной статье проведен эконометрический анализ факторов,
влияющих на развитие туризма в Узбекистане, а также проверены годовые
статистические данные последних лет путем
построения уравнений регрессии на основе
метода наименьших квадратов.
Ключевые слова:
туризм, персонал, регрессия, факторы, туристы, гости из
-
за
границы.
EMPIRICAL ANALYSIS OF FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT
OF TOURISM IN OUR COUNTRY
Yuldasheva Dilnoza Ulugbekovna
Tashkent State University of Economics
Abstract.
In this article, the econometric analysis of the factors influencing the development
of tourism in Uzbekistan was carried out, and the annual statistical data of the last years were
tested by constructing regression equations based on the method of least squares.
Key words:
tourism, personnel, regression, factors, tourists, visitors from abroad.
Kirish.
Jahon amaliyotida turizm va ta'lim xizmatlari bozorining yetakchi ishtirokchilari
hisoblangan oliy ta'lim muassasalarining mamlakat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqiga xizmat
qilishini samarali boshqarishda bir qator muammolarning ilmiy yechimlarini ta'minlash
yuzasidan maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilgan. Zamonaviy industrial dunyoga
qo‘shilishga intilish jadal o‘zgarib borayotgan mehnat bozori extiyojlariga tez moslashishga
qodir rakobatbardosh kadrlarni yetishtirish, o‘z navbatida, oliy ta'lim t
izimiga innovatsiyalarni
kiritishni talab qilmoqda.
UO
‘
K: 338.48
VI SON
—
IYUN, 2024
280-288
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
281
Globallashuv sharoitida mamlakatimizning kelajagini tashabbuskor, strategik fikr
yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun
xam mamlakatimizda ta'limning
barcha bug‘inlari rivojiga aloxida urg‘u berilib kelinmokda.
O‘zbekistonda oliy ta'lim tizimini boshqarishni jadal rivojlantirishga yuqori darajada
e'tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, Yangi O‘zbekistonni 2022
-2026 yillarda rivojlantirishning
Taraqqiyot
strategiyasida «uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim
xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori
malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta'l
im va o‘qitish sifatini
baholashning
xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta'lim muassasalari faoliyatining sifati hamda
samaradorligini oshirish, o‘rta maxsus, kasb
-hunar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini
ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasi
ga jalb etish» bo‘yicha ustuvor vazifalar
belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning muvoffaqiyatli ijrosi turizm sohasida kadrlarni
tayyorlashning metodologik asoslarini takomillashtirishni talab etadi.
Adabiyotlar sharhi.
Turizmda kadrlarni boshqarishning nazariy asoslari xorijlik olimlardan Asher (2007),
Barro (1999), Duglas (2011), Andrade (2010), Hanushek (2000), Pritchett (1996) va boshqa
xorijiy olimlarning ilmiy-
tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan.
Iqtisodchi olima
Alimova (2017) o‘zining “Hududiy
turizm bozorining rivojlanish
xususiyatlari va tendensiyalari” nomli doktorlik dissertatsiyasida turizm bozorida talab va
taklifni
muvofiqlashtirish,
marketing
konsepsiyasi
orqali
turistik
mahsulotlar
raqobatbardoshligini
oshirish,
turizm
sohasi
rivojlanishining
tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarini takomillashtirish hamda hududiy turistik klasterni shakllantirish bo‘yicha
ilmiy mulohazalarni keltiradi.
Dwyer va boshqalar (2010) turizm korxonalarining moliyaviy boshqaruv amaliyotlarini
o'rganib chiqdi va bu sektorga xos bo'lgan mavsumiylik va o'zgaruvchanlikni yengish uchun
moslashuvchan strategiyalar zarurligini ta'kidladi. Ular samarali byudjetlashtirish va pul
oqimini boshqarish muhimligini ta'kidladi.
Ruziyevning (2020) “O‘z
bekistonda turizmni rivojlantirish masalalari (xorijiy tajribalar
asosida)” nomli maqolasida, Avstriyada turizmni rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturning qabul
qilinishi, sohani qo‘llab
-quvvatlash borasida huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqish
hamda tartibga solish, nazorat
qilish hamda moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratgan.
Nazariy tadqiqotlar asosida aniqlangan turistik xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif
mavsumiy tebranishlarini tekislash masalasi esa yana bir guruh tadqiqotchilarning tadqiqot
obyekti hisoblanadi. Xususan, Gubskaya va Ziryanov (2016), Konovalova va Lapteva (2019),
Suranova (2023) hamda Ognevalarning (2016) tadqiqotlarida turistik xizmatlar mavsumiy
tebranishlarini tekislash uslubiyotlari nazariy hamda amaliy jihatdan tadqiq etilgan.
Yana bir qator tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida mavsumiylik omilining turistik
xizmatlarga bo‘lgan talabga ta’siri tadqiq etilgan. Jumladan, Voloshinova va Oollar (2019)
tomonidan turizm sohasida mavsumiy tebranishlar muammosining tahlili va mavsumiylik
omilini barta
raf etish strategiyalarini ishlab chiqish masalalari tadqiq etilgan bo‘lsa, Chabanyuk
(2016) tomonidan turistik xizmatlar taklifiga ta’sir etuvchi omillarni ranjirlash masalasi
o‘rganilgan.
Mamlakatimizning iqtisodchi olimlaridan Axunova (2005), Begalov (2012), Bekmurodov
(2011), Gulyamov (2004), Sh.N.Zaynutdinov (2010), Ikramov (2018), Kasimova (2011),
Raximova (2000), Raxmanbayeva (2012), Saidov (2002), Ochilov (2018), Yusupov (2013),
Qayumova (2012), Qurbonov (2006), Qurolov (2017) va boshqalarning ilmiy asarlaridagi
metodologik jihatlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida shu xulosaga kelindiki, hozirga qadar
aynan turizmda kadrlarni tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlariga to‘liq yoritilmagan.
Shunga ko‘ra, mazkur
masalalar yuzasidan bir qator ilmiy, uslubiy va amaliy muammolarning
hal etilish zarurati mavjud.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
282
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy tadqiqot davomida regression va korrelasion tahlil qilish, guruhlashtirish, o‘zaro va
qiyosiy taqqoslash usullaridan samarali foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Maqolada O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarning ekonometrik
tahlili amalga oshirilib, axborot bazasi sifatida 2016-
2022 yillarda yillik ko‘rsatkichlar (vaqtli
qatorlar) www.stat.uz saytidagi ma'lumot olingan.
Mustaqil
had va o‘zgaruvchilarni qo‘yidagi belgilanish asosida olindi:
Xorijiy turistlar (ming nafar) (y), 0 dan 18 yoshgacha (y1), 19 dan 30 yoshgacha (y2), 31
dan 55 yoshgacha (y3) 55 yoshdan oshgan (y4), Ichki turistlar (ming nafar) (y5), Aholining
mobil aloqa bilan ta'minlanganligi (100 ta doimiy aholiga, jismoniy shaxslar) (x1), Aholining
internet bilan ta'minlanganligi (100 ta doimiy aholiga, jismoniy shaxslar) (x2), Tashilgan
yo‘lovchilar, mln.kishi (x3), Yo‘lovchi aylanmasi, mlrd. yo‘lovchi
-km (x4), Elektron tijorat savdo
aylanmasi (mlrd. so‘m) (x5), Talabalar soni, ming nafarda (x6), Xizmatlar sohasida talabalar
soni, ming nafarda (x7).
O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarning ekonometrik ta
hlilini
davrda (2016-2022 yillarda) yillik statistik ma'lumotlarini tahlil qildik.
O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarning tasviriy statistikasi
qo‘yidagi jadvalda keltirilgan.
1-jadval
O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarning
tasviriy statistikasi
O‘chlov birliklari turlicha bo‘lganligi sababli biz barcha omillarni logariflab oldik.
O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarning tasviriy sta
tistikasi
qyo‘idagi jadvalda aks ettirilgan.
O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta'
sir etuvchi omillarning korrelyatsiya matritsasi
tuzildi. Korrelyatsion tahlil natijalariga ko‘ra, natijaviy omil (y,y1, y2,y3,y4,y5) va unga ta'sir
etuvchi omillar (X1,
X2, X3, X4 , X5 , X6, X7) o‘rtasidagi bog‘lanishlar zichligini ko‘rsatadi.
x7 float %8.0g
x6 float %8.0g
x5 float %8.0g
x4 float %8.0g
x3 float %8.0g
x2 float %8.0g
x1 float %8.0g
y5 float %8.0g
y4 float %8.0g
y3 float %8.0g
y2 float %8.0g
y1 float %8.0g
y float %8.0g
variable name type format label variable label
storage display value
size: 416
vars: 13
obs: 8
Contains data
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
283
2-jadval
O
‘
zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarning
tasviriy statistikasi
Demak, xususiy korrelyatsiya koeffitsiyentlari natijaviy omilning va ta'sir etuvchi omillar
o‘rtasida zich bog‘lanishlar mavjudligini ko‘rsatmoqda, ya'ni xususiy kor
relyatsiya
koeffitsiyentlari qiymati aksariyati 0,7 dan katta.
Bu yerda asosiy masala ta'sir etuvchi omillar bir-
biri bilan zich bog‘lanmasligi shartidir.
Ya'ni
ta'sir etuvchi omillar o‘rtasida multikolleniarlik mavjud bo‘lmasligi lozim bo‘lib, ikkita
ta'si
r etuvchi omil o‘rtasida juft korrelyatsiya koeffitsiyenti qiymati 0,7 dan katta bo‘lsa,
multikolleniarlik mavjud hisoblanadi. Shu sababli iqtisodiy barqarorligiga ayrim omillar (X) va
natijaviy omillar (U) ning kombinatsiyalarini alohida-
alohida ko‘rib c
h
iqish zarur bo‘lib,
ularning ichidan adekvatlari tanlab olinadi.
Statistikanining nazariy talabi bo‘yicha barcha ta'sir etuvchi omillar o‘rtasida juft
korrelya
tsiya koeffitsiyentlariga qiymatlari 0,5 dan kichik bo‘ilish talab etiladi hamda bu esa
ta'sir et
uvchi omillar o‘rtasida multikolleniarlik mavjud emasligidan dalolat beradi.
3-jadval
O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarning
regression modeli
x7 8 3.106824 .5553002 2.415914 3.747148
x6 8 6.259923 .5230839 5.592106 6.904751
x5 8 6.01509 3.09933 1.797264 9.598727
x4 8 4.912076 .0896882 4.773224 5.062595
x3 8 8.686155 .072048 8.574687 8.807472
x2 8 3.902579 .3684611 3.370738 4.399375
x1 8 4.256115 .0690092 4.17389 4.368181
y5 8 9.107462 .4681429 8.170186 9.598863
y4 8 6.533422 .6572305 5.669881 7.340187
y3 8 7.496274 .6373175 6.669498 8.273082
y2 8 6.46783 .6156734 5.655992 7.182352
y1 8 5.86881 .7081407 4.94876 6.833032
y 8 8.158131 .6366617 7.315884 8.934192
Variable Obs Mean Std. Dev. Min Max
_cons -12.03732 8.673667 -1.39 0.238 -36.11928 12.04464
x7 -5.732873 2.205474 -2.60 0.060 -11.85625 .3905027
x5 .9655749 .4009327 2.41 0.074 -.1475928 2.078743
x4 6.55496 1.347956 4.86 0.008 2.812436 10.29748
y Coef. Std. Err. t P>|t| [95% Conf. Interval]
Total 2.83736709 7 .405338156 Root MSE = .25053
Adj R-squared = 0.8451
Residual .251067248 4 .062766812 R-squared = 0.9115
Model 2.58629985 3 .862099948 Prob > F = 0.0142
F(3, 4) = 13.73
Source SS df MS Number of obs = 8
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
284
O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarning ko‘p omilli ekonom
etrik
modelning eng kichik kvadratlar usuli asosida hisoblangan parametrlari quyidagi 6-jadvalda
keltirilgan.
(1) modelning avtokorrelyatsiyaga tekshirishda, Breush-
Godfri testi o‘tkaziladi.
Agar qo‘shni kuzatuvlarda korrelyatsiya mavjud bo‘lsa, ushbu teng
lamada
е
t
=
p
*
е
t-1
+
v
t,
t = 1,....,n
(bu yerda yet
–
eng kichik kvadratlar usuli orqali olingan regressiya qoldiqlari) n
koeffitsiyenti noldan farqli bo‘ladi.
Modelning avtokorrelyatsiyaga Breush-Godfri testi orqali tekshiruvi natijalari ushbu
jadvalda keltirilgan (5-jadval).
O‘zbekiston Respublikasida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish
sur'atlariga ta'sir etuvchi omillarning geteroskedatistiklik testi 5-jadvalda keltirilgan.
4-jadval
O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvc
hi omillarning
regression modeli
Yuqo
ridagi jadvaldan ko‘rib turibmizki bu yerda getereskedatistlik muammos y
o`q
–
model adekvat.
5-jadval
O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarning
geteroskedatistiklik Uayt testi
O‘zbekiston
da turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarning turli variatsitsiyalar
asosida statistik jihatdan ahamiyatlilarini tanlab olib regression tenglama tuzamiz.
_cons -13.68219 9.895055 -1.38 0.225 -39.11823 11.75386
x4 -2.25385 1.664683 -1.35 0.234 -6.533054 2.025354
x3 2.853351 2.072264 1.38 0.227 -2.473572 8.180275
e2 Coef. Std. Err. t P>|t| [95% Conf. Interval]
Total .010408712 7 .001486959 Root MSE = .03877
Adj R-squared = -0.0110
Residual .007516744 5 .001503349 R-squared = 0.2778
Model .002891967 2 .001445984 Prob > F = 0.4432
F(2, 5) = 0.96
Source SS df MS Number of obs = 8
_cons -4.766861 2.576381 -1.85 0.124 -11.38966 1.855937
yhat2 -.0748665 .0393054 -1.90 0.115 -.1759042 .0261711
yhat 1.201892 .6376576 1.88 0.118 -.4372585 2.841043
e2 Coef. Std. Err. t P>|t| [95% Conf. Interval]
Total .010408712 7 .001486959 Root MSE = .03411
Adj R-squared = 0.2178
Residual .005815806 5 .001163161 R-squared = 0.4413
Model .004592906 2 .002296453 Prob > F = 0.2334
F(2, 5) = 1.97
Source SS df MS Number of obs = 8
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
285
Y = 6,55X4 + 0,96X5- 5,73X7-12,03 (1)
Y = 2,85X3- 2,25X6 -13,68 (2)
Y = 1,4X5 + 10,36X6- 17,31X7-11,38 (3)
Y1 = 1.2X5 + 10.51X6 -15.92X7-17.72 (4)
Y2 = -0.12 X2 +15.7 X6 +125.69 (5)
Y2 = 5.99 X4 +3.89 X2 - 3.04 X7 -28.72 (6)
1-
6 Ekonometrik tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvchi
omillar ichida qisqa davrda (2016-2022 yillarda) yillik statistik ma'lumotlarini tahlil
qilinganda, 31 dan 55 yoshgacha bo‘lgan xorijiy turistlar Aholining internet bilan
ta'minlanganligi (100 ta doimiy aholiga, jismoniy shaxslar)
tashilgan yo‘lovchilar, yo‘lovchi
aylanmasi, elektron tijorat savdo aylanmasi, talabalar soni hamda xizmatlar sohasida talabalar
soni o‘rtasidagi bog‘lanishlar statistik ahamiyatli emas.
Ko‘p omilli ekonometrik modellarning statistik jihatdan ahamiyatliligini tekshirishda
Fisherning F-
mezoni qo‘llaniladi. Fisher
ning hisoblangan F -mezoni qiymati uning jadvaldagi
qiymati bilan taqqoslanadi. Agar Fhisob > Fjadval bo‘lsa, u holda ko‘p omilli ekonometrik model
statistik ahamiyatli deyiladi va undan natijaviy ko‘rsatkichini kelgusi davrlarga prognozlashda
foydalanish m
umkin bo‘ladi.
Boshqa omill
ar o‘zarmagan sharoitda, mamlakatimizda yo‘lovchi aylanmasini 1 foizga
oshishi xorijiy turistlarning 6.55 foizga oshishiga xizmat qilarkan, elektron tijorat savdo hajmini
1 foizga oshishi xorijiy turistlarning 0.96 foizga oshishiga, talabalar sonining 1 foizga oshishi
xorijiy turistlarning 10.51 foizga oshishiga, tashilgan yo‘lovchilar sonining 1 foizga oshishi
xorijiy turistlarning 2.85 foizga oshishiga olib kelishi aniqlandi. Biroq, talabalar soni hamda
xizmatlar sohasida talabalar soni bilan xorijiy turi
stlar sonini ortishi o‘rtasida teskari
korreltsyatsion aloqa mavjudligi aniqlandi. Bu esa turizm sohasida kadrlar tayyorlashda arim
muammolar mavjudligini kщrsatadi.
Xulosa va takliflar
Tadqiqot modernizatsiya sharoitida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish uchun
ushbu tamoyillar taklif qilinadi:
1. Samaradorlik printsipi: turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimining ishlashi va
rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlarda rivojlanishni jadallashtirish va jahon bozorlaridagi faoliyat
orqali Mamlakat iqti
sodiyotini barqarorlashtirish va barqaror o‘sishiga o‘z hissasini qo‘shishi
kerak.
Turizm sohasi yalpi ichki mahsulotning shakllanishi, mamlakatimiz to‘lov balansini
oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta'minlash va t
urmush sifatini
oshirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Mamlakat turizm sohasining qanchalik tez va samarali
rivojlanishi ko‘plab omillarga, jumladan, yuqori malakali mutaxassislarga bog‘liq. Kadrlar
tayyorlash turizm sohasini malakali ishchilar bilan ta'minlashi kerak,
bu esa qo‘shimcha
daromad keltirishi va iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirishga hissa qo‘shishi kerak.
2. Kasbiy kompetentsiyalarni, nazariy bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga
asoslangan kasbiy yo‘naltirilganlik
tamoyili, kadrlar tayyorlash sifatiga e'tibor berish.
Zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashga kompetentsiyaga asoslangan yondashuv ularning
ijtimoiy va kasbiy harakatchanlik darajasini va turizm sohasining turli sohalarida
raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.
3. Turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini boshqarishning davlat va bozor
mexanizmlarini oqilona uyg‘unlashtirish tamoyili. Ta'lim muassasalarining o‘quv dasturlari,
o‘qitish shakllari va usullarini tanlashda mavqeidan kelib chiqqan h
olda ma'lum akademik
erkinlik saqlanishi kerak.
4. Asosiy iste'molchilar, milliy va jahon bozorlari manfaatlari va ustuvorliklarini hisobga
olgan holda tarmoq mehnat bozoriga yo‘naltirish tamoyili
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
286
5. Turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalalari bo‘yicha qarorlar q
abul qilishda ish
beruvchilarning keng ishtiroki tamoyili, kadrlar tayyorlash sohasida iste'molchining o‘zaro
hamkorligi va fikr-mulohazalarini amalga oshirishning samarali mexanizmini yaratish. Ushbu
tamoyilning ko‘p jihatlari avvalgisiga mos kelib, yuqor
ida aks ettirilgan. Biroq, ba'zi jihatlarni
ham ta'kidlash kerak. Bular: turizm sohasi uchun kasbiy tayyorgarlikka ish beruvchilarni keng
jalb etishga e'tibor qaratish (masalan, oliy o
‘quv yurtlarining imtihon komissiyalarida
ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida bitiruvchilarni tanlash); talabalarning bandlik
bo‘limlari bilan o‘zaro hamkorlik, mehnat yarmarkalarida, kasb kunlarida ishtirok etish,
talabalarning amaliyot orqali amal
iy ko‘nikmalarga ega bo‘lish jarayoniga ish beruvchilarni jalb
etish; diplomlarni himoya qilish va turli star-ap va loyihalarni tayyorlash uchun asos yaratish.
6. Ta'lim muassasalari va kasbiy hamjamiyat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tamoyili, o‘zaro
hamkorlik va fikr-mulohazalarni amalga oshirishning samarali mexanizmini yaratish. Turizm
sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimida tarmoq tashkilot va korxonalarida kadrlar tayyorlash
sifati tekshiriladi, tasdiqlanadi va amaliy ishlar bilan boshqariladi. Amaliyot haqiqat mezoni,
kognitiv faoliyat manbai va ta'lim natijalarini qo‘ll
ash sohasidir.
7. Kasbiy tayyorgarlik natijalarini doimiy monitoring qilish, samarali tuzatish choralarini
ishlab chiqish va turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash natijalariga ta'sir qilish tamoyili.
8. Universitet ilmiy, amaliy tadqiqotlari va turizm sohasining real ehtiyojlariga asoslangan
kadrlar tayyorlash tizimining ilmiy bazasini hamkorlik qilish tamoyili. U fanning zamonaviy
darajasi, o‘qitish mazmuni va amaliy faoliyat haqiqati o‘rtasidagi tabiiy bog‘liqlikka asoslanadi;
kasb-hunar ta'limi mazmuni talabalarni nafaqat ilmiy faktlar, tushunchalar, qonuniyatlar va
nazariyalar bilan, balki turizm sohasida keng qo‘llaniladigan aniq amaliy ishlanmalar va
texnologiyalar bilan ham tanishtirishni talab qiladi.
9. Kadrlar tayyorlashda milliy xususiyatlar ha
mda ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribani
hisobga olgan holda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashning xalqaro tizimi bilan
integratsiyalashuv tamoyili. Turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashning xalqaro tizimiga
integratsiyalashuvi masalasi turizm sohasi
dagi ta'lim muassasalari uchun dolzarb bo‘lib, u
hozirda butun mamlakatimiz ta'lim tizimi tomonidan keng tatbiq etilmoqda. Ta'lim
muassasalarining vazifasi shunday darajadagi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratki, ular
olgan modullar Yevropa va Amerikadagi turizm sohasining ta'lim muassasalarida chet elda
hisobga olinadi. Ushbu faoliyatning boshqa yo‘nalishlari: fan va ta'lim sohalarida xalqaro
hamkorlikni tashkil etish; xorijiy ta'lim
muassasalari bilan qo‘shma ta'lim dasturlarini, shu
jumladan, o‘qituvch
ilar amaliyotini amalga oshirish; bakalavriat va magistratura talabalari;
turizm sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish.
10. Mutaxassislar o‘rtasidagi aloqalarni tashkil etish,
tajriba almashish, faoliyatda
raqobatlashish, yosh mutaxassislarni kasbi
y tashabbuslarini rivojlantirishda qo‘llab
-
quvvatlash, muammolar va loyihalar bo‘yicha maslahatlar berishdan iborat bo‘lgan doimiy
muloqot tamoyili (fan, kadrlar tayyorlash va fan o‘rt
asidagi aloqa) ishlab chiqarish.
Adabiyotlar / Литература/ Reference:
Alimova M.T. Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari
(Samarqand viloyati misolida) // I.f.d. diss.
–
Samarqand: SamISI, 2017. 25-26-b.
Andrade E.C., Laurini, M., (2010).
«
New evidence on the role of cognitive skills in Economic
Development
»
, Economics Letters, Vol.117 (1), pp.123
–
26;
Barro, R., (1999).
«
Human Capital and Growth in Cross Country Regressions
»
, Swedish
Economic Policy Review, Vol.6, pp.237
–
77;
Dwyer, L., Forsyth, P., & Dwyer, W. (2010). "Tourism Economics and Policy". Channel View
Publications.
Hanushek, E., Kimko, D., (2000).
«
Schooling, Labor-force quality, and the growth of nations
»
,
American Economic Review, Vol.90(5), pp.1184
–
208;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
287
Pritchett, L., (1996).
«
Where Has All the Education Gone?
»
, World Bank Policy Research
Paper,
No.1581
[online]
Available
from:
<http://unpan1.un.org/intradoc/groups/public/documents/unpan/unpan 002390.pdf
Qayumo
va N.O. (2012) O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning yangi sifat bosqichi
jarayonlarini
ekonometrik tadqiqoti. Iqt. fanl. dokt. … diss. –
T.,
–
317 b. il.;
Qurbonov Sh., Seytxalilov E. (2006) Ta'lim sifatini boshqarish.
–
T.,
–
592 b.;
Qurolov Q.Q. (2017) Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy ta'lim tizimining
takomillashuvi qonuniyatlar
i. Iqt. fanl. dokt. … diss. avtoref. –
T.,.
–
91 b.
Sh.R.Ruziyevning “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari (xorijiy tajribalar
asosida)”. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr
-dekabr,
2020-yil.
Yusupov A.T. (2013) Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar davlat attestatsiyasi:
metodologik-uslubiy, normativ-huquqiy va ilmiy-
tashkiliy yo‘nalishlari / A.T. Yusupov.
–
T.,
–
648
b.;
Ахунова Г.
(2005)
Ўзбекистонда таълим хизматлари маркетинги муаммолари:
Монография. –
Т.,. –
244 б.;
Ашер А., Савино М.
(2007)
Глобальные рейтинги и рейтинговые таблицы // Вопросы
образования.
-
С. 201–
216;
Бегалов Б.А., Жуковская И.Е. (2012) Высшие учебные заведения
в формировании
национальной инновационной системы страны //
Иқтисодиёт ва инновацион
технологиялар
.
–
4.;
Бекмуродов А.Ш. (2011) Интерактивное обучение и информатизация образования –
важнейшее условие для выпуска профессиональных и компетентных кадров //
Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар
.
–
1.;
Волошинова М.В., Ооль А.М. (2019) Анализ проблемы сезонных колебаний спроса в
туризме и стратегий по решению сезонности // Актуальные проблемы развития сферы
услуг: Сборник научных трудов. Под редакцией Ю.В. Долматеня, В.А. Ткачева. Санкт
-
Петербург: Санкт
-
Петербургский государственный экономический университет, С. 107
-
114.
Губская К.В., Зырянов А.И. (2016) Сезонность туризма в Пермском крае //
Географический вестник. №2 (37). С. 11
9-127.
Гулямова С.С., акад. Абдурахмонова К.Х. (2004) Образование в системе человеческого
развития: мировая практика и опыт Узбекистана // Под ред. акад. Гулямова С.С., акад.
Абдурахмонова К.Х. –
Т., –
170 с.
;
Дуглас Д. (2011) Новый мировой порядок в высшем образовании: как и почему
правительства создают структурированные рынки возможностей // Вопросы
образования. –
.
–
1.
–
С.
73
–
98.;
Зайнутдинов Ш.Н., Очилов А.О. (2010) Олий таълим муассасаларини бошқариш
самарадорлигини баҳолаш // Иқтисодиёт ва таълим. –
2.
–
83-87-
б.;
Икрамов М.А.
(2018
) Проблемы становления рынка образовательных услуг в
Республики
Узбекистан
//
Стратегия
действий
Республики
Узбекистан:
макроэкономическая стабильность, инвестиционная активность и перспективы
инновационного
развития.
Материалы
международной
научно
-
практической
конференции. –
Т., ТГЭУ, –
3.
–
С.167–
171.;
Касымова Д. (
20
11) Пути взаимодействия субъектов рынка труда: работник–
работодатель // Иқтисодиёт ва таълим. –
.
–
6.
–
С. 22–
25.;
Коновалова Е.Е., Лаптева Е.В., Крапивко
И.А. (2019) Экономика впечатлений как
инструмент по сглаживанию сезонности в индустрии гостеприимства / Е.Е.
Коновалова, Е.В. Лаптева, И.А. Крапивко // Вестник ассоциации вузов туризма и сервиса.
‒ №2. ‒ С. 93
-102.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
288
Огнева, Н.В. (2016) Событийный туризм как метод корректировки сезонных
колебаний
в индустрии гостеприимства / Н. В. Огнева, А. К. Эмексузян, Л. В. Штомпель //
Молодежь
-
науке
-
VII. Актуальные проблемы туризма, спорта и бизнеса: Материалы
Всероссийской научно
-
практической конференции студентов, аспирантов и молодых
ученых, Сочи, 21–22 апреля 2016 года. –
Сочи: Сочинский государственный университет, –
С. 180
-183.
Очилов А.О., Самадов А.Н.
(2018)
Модель управления трудоустройством
выпускников высших образовательных учреждений в Узбекистане
//
«Стратегия
действий Республики Узбекистан: макроэкономическая стабильность, инвестиционная
активность и перспективы инновационного развития». Материалы международной
научно
-
практической конференции. –
Т., ТГЭУ,
–
3.
–
С. 276–
283.;
Рахимова Д.Н. (2000) Управление процессами развития и использования трудового
потенциала Узбекистана в условиях осуществления радикальных рыночных реформ. –
Т.,
–
225 с
.;
Рахманбаева Р.А. (20
12)
Управление интеллектуальным потенциалом вузов в
условиях интеграции образования и производства. Автореф. дисс.
...
д
-
ра эконом. наук. –
Т., –
50
с
.;
Саидов М.Х., Исманов М.А. (2002) Менеджмент и инновации современного
профессионального образования. –
Т., –
79 с
.;
Суранова О.А. (2023) Меры управления по сглаживанию сезонных колебаний на услуги
средств размещения туристов / О.А.Суранова / Геополитика и экогеодинамика регионов.
–. №1. –
С. 208
-219.
Чабанюк О.В. (2016) Ранжирование факторов сезонности, влияющих на туристское
предложение / О.В. Чабанюк // Вестник РМАТ. ‒ №1. ‒ С. 25
-32.
