СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ И ДИНАМИКА РАЗВИТИЯ АГРOТУРИЗМА В ТУРИСТИЧЕСКОЙ ОТРАСЛИ РЕСПУБЛИКИ

Аннотация

В данной статье рассматривается потенциал страны в агротуризме, интерес туристов и сельхозпроизводителей к агротуризму. Данные были проанализированы на основе основных статистических показателей в сфере туризма и анкет, полученных от 153 сельскохозяйственных предприятий горных, пустынных и орошаемых территорий 12 районов Самаркандской области, а также от 210 местных и иностранных туристов.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
42-48
25

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Баймурадова I. (2024). СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ И ДИНАМИКА РАЗВИТИЯ АГРOТУРИЗМА В ТУРИСТИЧЕСКОЙ ОТРАСЛИ РЕСПУБЛИКИ. Экономическое развитие и анализ, 2(6), 42–48. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48698
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматривается потенциал страны в агротуризме, интерес туристов и сельхозпроизводителей к агротуризму. Данные были проанализированы на основе основных статистических показателей в сфере туризма и анкет, полученных от 153 сельскохозяйственных предприятий горных, пустынных и орошаемых территорий 12 районов Самаркандской области, а также от 210 местных и иностранных туристов.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

42


RESPUBLIKA TURIZM SANOATIDA AGROTURIZM RIVOJLANISHINING

HOZIRGI HOLATI VA DINAMIKASI

Baymuradova Iroda Shermamatovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

ORCID: 0009-0007-2301-6717

iroda_05_09@mail.ru

Annotatsiya.

Mazkur maqolada agroturizm boʻyicha mamlakat salohiyat

i, turistlar hamda

qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining agroturizmga qiziqishlari oʻrganilgan. Ma’lumotlar

turizm sohasidagi aso

siy statistik koʻrsatkichlar hamda Samarqand viloyati 12 ta tumanining tog‘li,

choʻlli va sug‘oriladigan hududlaridagi 153 ta qishloq xoʻjaligi korxonalaridan, shuningdek, 210

nafar mahalliy va xorijiy turistlardan olingan soʻrovnomalar asosida tahlil qi

lingan.

Kalit soʻzlar:

agroturizm, agroturistik xizmatlar, “turizm qishlogʻi”, huquqiy, iqtisodiy,

ijtimoiy va boshqa muammolar.

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ И ДИНАМИКА РАЗВИТИЯ АГР

O

ТУРИЗМА В

ТУРИСТИЧЕСКОЙ ОТРАСЛИ РЕСПУБЛИКИ

Баймурадова Ирода Шермаматовна

Самаркандский филиал Ташкентского

государственного экономического университета

Аннотация.

В данной статье рассматривается потенциал страны в агротуризме,

интерес туристов и сельхозпроизводителей к агротуризму. Данные были

проанализированы на основе основных

статистических показателей в сфере туризма и

анкет, полученных от

153 сельскохозяйственных предприятий горных, пустынных и

орошаемых территорий 12 районов Самаркандской области, а также от 210 местных и

иностранных туристов.

Ключевые слова:

агротуризм, агротуристические услуги, «туристская деревня»,

правовые, экономические, социальные и другие проблемы.

CURRENT STATE AND DYNAMICS OF AGRITOURISM DEVELOPMENT IN

THE TOURISM INDUSTRY OF THE REPUBLIC

Baymuradova Iroda Shermamatovna

Samarkand branch of Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article examines the country's potential in agritourism, the interest of tourists

and agricultural producers in agritourism. The data was analyzed on the basis of basic statistical
indicators in the field of tourism and questionnaires received from 153 agricultural enterprises in

mountainous, desert and irrigated areas of 12 districts of the Samarkand region, as well as from

210 local and foreign tourists.

Keywords:

agritourism, agritourism services, “tourist village”, legal, economic, social and

other problems.

UO

K: 338.482.22

VI SON

IYUN, 2024

42-48


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

43

Kirish.

Bugungi kunda Respublikada turizm sohasini jadal rivojlantirish borasida olib

borilayotgan islohotlar natijasida turistlarni tabiatga oshno qiladigan turlariga e’tibor

kuchaymoqda. Xususan, qishloq hududlarida agroturizmni rivojlantirish barqaror rivojlanish

omili sifatida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi salohiyati yuqori boʻlgan viloyatlarda keng
targ‘ib qilinmoqda.

Biroq soʻnggi besh yilda turizm turli omillar, jumladan texnologiyaning rivojlanishi,

iste’molchilar xohish

-istaklaridagi tafovutlar va COVID-19 pandemiyasi kabi global hodisalar

tufayli sezilarli oʻzgarishlarga duch keldi. Pandemiya vaqtida turistlar soni turli davlatlarda
e’lon qilingan karantin cheklovlari hisobiga keskin kamaydi va Oʻzbekiston ham turizm

iqtisodiyotida katta zarar koʻrg

an mamlakatlardan biriga aylandi. Respublikada turizmdan

tushgan daromad 2019-yilda 1,679 milliard dollar, 2021-yilda 679 million dollarni tashkil qildi.

Pandemiya oqibatlari global turizmni toʻxtatib qoʻygani sababli 2020

-

yilda Oʻzbekistonda

turizmdan tus

hgan daromad 76,5% foizga qisqardi, ya’ni 395 million dollarni tashkil qildi.

11

Yoʻqotilgan zararni qoplash uchun turizm sohasida soʻnggi yillarda Respublikada

sayyohlar oqimini oshirish strategiyasi ilgari surilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining 2019

-

yil 13-

avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada

rivojlantirish chora-

tadbirlari toʻg‘risida”gi PF

-5781-son Farmonida keltirilgan masalalar

turizm salohiyatini oshirish borasida qilinayotgan islohotlar natijasidir. Unga koʻra

turizm

infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini

oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qilish, respublikaga kirib

kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin koʻpaytirish maqsadi

d

a “2019

-2025-yillarda

Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu

konsepsiyada belgilangan vazifalar doirasida turizm sohasidagi infratuzilma va xizmatlar

yaxshilangan holda, turistlarni koʻproq jalb qili

shga harakat qilinmoqda.


Adabiyotlar sharhi.

Ko‘plab xorijiy adabiyotlarda agroturizmni rivojlantirishning iqtisodiy

-ijtimoiy

ahamiyati, uning fermer xo‘jaliklari daromadlarini oshirishdagi roli to‘g‘risida bayon qilinadi.

Jumladan, Sharon Flanigan, Kirsty Blackstock, Colin Hunterlar agroturizm tipologiyasini tuzib,
kelajakdagi empirik tadqiqotlar uchun asos sifatida tavsiya qilishgan.

Claudio Lupi, Vincenzo Giaccio, Luigi Mastronardi, Agostino Giannelli, Alfonso

Scarderalar

tadqiqotlarida (

Lupi va boshq., 2017)

fermer xoʻjaliklarining agroturizmni tashkil

etishlarida xoʻjalik landshafti va uning atrof

-tabiiy muhiti muhim rol egallashi, agroturizm

orqali qishloqlar rivojlanishi hamda landshaftlar yaxshilanishini tadqiq qilishgan (

Flanigan va

boshq., 2014).

Carla Barbieri, Christine Tew (Barbieri va Tew, 2016), Neda Tiraieyari va Azimi Hamzah

(Tiraieyari va Hamzah, 2012), Anna Czmyk, Jaroslaw Uglis, Sylwia Graja-

Zwolin´ Ska,

Magdalena Mac´ Kowiak, Aleksandra Spychala va Jan Sikoralar (Jȩc

zmyk, 2015) ning

tadqiqotlarida agroturizm xizmatlarini yoʻlga qoʻyish natijasida

fermerlarning oʻz faoliyatlarini

xilma-

xil qilishga boʻlgan motivatsiyasi, fermer va uy xoʻjaliklarining qoʻshimcha daromadlari

oshishi (Baymuradova, 2022). hamda qishloq taraqqiyotiga kat

ta hissa qoʻshishi imkoniyatlari

toʻgʻrisida bayon etilgan.

Oʻzbek olimlaridan Togʻaymurodov, Amirov

(2023), Husanboyevlarning (2023)

dissertatsiya ishlarida qishloq xoʻjaligida turizm xizmatlari bozorini rivojlantirish orqali

qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish, agroturizm faoliyatida yuzaga kelishi mumkin

boʻlgan risklarni boshqarish masalalari ustida tadqiqot olib borilgan.

11

Birlashgan Millatlar

Tashkilotining Jahon turizm tashkiloti ma’l

umotlari,

https://tourcentralasia.com/uzbekistan/uzbekistan-tourism-industry-statistics/#uzbekistan-tourism-revenue


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

44

Tadqiqot metodologiyasi.

Tahlil uchun Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining 2016-

2023-yillar

ma’lumotlaridan foydalanildi. Shuningdek, ma’lumotlar Samarqand viloyatining

Ishtixon, Oqdaryo, Payariq, Jomboy, Bulungʻur, Tayloq, Urgut, Kattaqoʻrgʻon, Pastdarg‘om,

Narpay, Paxtachi, Nurobod tumanlaridan 2023-yil iyun-

noyabr oylarida soʻrovnoma va

eksper

iment oʻtkazish orqali toʻplandi. Soʻrovnomada yuqorida keltirilgan hududlardan

ixtiyoriy tanla

nma asosida 153 nafar qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqu

vchi turli

xoʻjaliklar qamrab olindi. Ma’lumotlar Samarqand viloyatining togʻ va tog‘oldi, sugʻ

orma

dehqonchilik qilinadigan tekisliklar hamda choʻl hududlariga ajratib olindi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonga sayyohlar oqimi oshib

bormoqda. 2023-yilda mamlakatimizga tashrif buy

urgan turistlar soni oʻtgan davr bilan

solishtirilganda pandemiyadan oldingi koʻrsatkichga erishdi, ya’ni 7 mi

llionga yaqin sayyoh

tashrif buyurdi va 2025-yilda bu miqdorni qariyb 12 million nafarga yetkazish reja qilingan:

1-jadval

Oʻzbekiston Respublik

asining turizm sohasida

gi asosiy koʻrsatkichlari,

ming kishi (2016-2023)

12

Kirish va

chiqish turizmi

2016-

yil

2017-

yil

2018-

yil

2019-

yil

2020-

yil

2021-

yil

2022-

yil

2023-

yil

1.

Xorijiy

turistlar

2 027,0 2 690,1 5 346,2 6 748,5 1 504,1 1 881,3 5 232,78 6 626,33

1.1.

Jumladan,

Samarqand

viloyatida

178,2

179,6

351

560

152

119

1 204,2 2 153,0

2. Ichki turistlar

8855,2 10562,1 12 489,2 14 748,0 3 534,1 5 813,9 11 435,5 20 638,14

2.1.

Jumladan,

Samarqand

viloyatida

980,0 1 400,0 2 105,0 2 560,0

51,9

1 943

4 247,0 4 500,0

Respublika hududida 2016-2019-

yillar oralig‘ida mamlakatga xalqaro hamda mahalliy

turistlar tashrifi yildan-

yilga oshib borgan, xususan, bu koʻrsatkichning Samarqand viloyatida

ham parallel ravishda oʻsib borganini kuzatish mumkin. 2020

-2021-yillar dunyodagi barcha

davlatlarda sayyohlik sanoatida tiklanish davri boʻldi va pandemiyadan keyingi turizm darajasi

oshishi 2022-

yildan boshlandi. Bunga asosiy sabablar sifatida Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi 232-

son qaroriga muvofiq “Oʻzbekiston boʻylab sayohat

qil dasturi” doirasida belgilangan imtiyozlar va toʻlovlardagi chegirmalar, shuningdek,
viloyatdagi turizm qishlog‘i hamda mahallalari sonining oshishi, yangi mehmon uylari va

xostellar faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi, turmarshrut yoʻnalishlarining koʻpayishi bilan bog‘liq.

Sayohatchilar oqimini koʻpaytirish masalasi ularni turli turistik obyektlarga jalb etish,

ommaviy turizmning boshqa yoʻnalishlarini shakllantirishni taqozo etmoqda. Ayniqsa barqaror

rivojlanish maqsadlarini ko

ʻ

zlagan turizm turlari

agroturizm, ekoturizm, qishloq turizmi

kabilarni rivojlantirishga mamlakatimizda soʻnggi besh yil ichida katta e’tibor berilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018

-yil 7-

fevraldagi “Ichki turizmni jadal

rivojla

ntirishni ta’minlash chora

-

tadbirlari toʻg‘risida”gi PQ

-3514-sonli qaroriga muvofiq

Samarqand viloyati Urgut tumanining Qoratepa, Omonqoʻtan qishloqlari, Samarqand
tumanining Ohalik va Mironkul qishloqlaridagi tog‘li hudud hamda oʻrmon, qarag‘ayzorlarda

12

Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi m

a’lumotlari, 2016

-2023


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

45

agroturizm korxonalarini tashkil etish masalalarining belgilanganligi amalga oshirilayotgan
islohotlar natijasidir.

Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasining 2019

-2020-yillar

ma’lumotlariga koʻra mamlakatda jami 95ta agroturist

ik xizmatlarni taqdim qiluvchi obyektlar

mavjud boʻlib, ularning aksariyati Samarqand hamda Toshkent viloyatlariga toʻg‘ri keladi.

Samarqand viloyatida 2019-

yildan buyon tashkil boʻlib kelayotgan 12 ta agroturistik

obyektlarda mehmonxona xizmati, issiqxona

da ekskursiya qilish, qishloq xoʻjaligi oziq

-ovqat

mahsulotlarini tatib koʻrish (degustatsiya) va ularni toʻg‘ridan

-

toʻg‘ri dehqondan sotib olish, sut

sog‘ishda qatnashish va tabiiy ekologik toza mahsulotlarni iste’mol qilish xizmatlari taqdim

etilayotganligi qayd qilingan.

Ammo tadqiqot natijasida aniq boʻldiki, Samarqanddagi mavjud agroturizm obyektlari

oʻsimlikchilik va chorvachilik yoʻnalishida turistlar uchun servis yaratib berish potensialiga ega
yirik xoʻjaliklar orasidan tanlab olingan. Xolbuki, bu

nday servisni viloyatda kichik fermer va

dehqon xoʻjaliklari, tomorqa xoʻjaliklari ham koʻrsata olishi aniqlandi. AQSh tajribasida ham

agroturizmni ayniqsa yangi tashkil etilgan va ayni paytda kichik oilaviy fermer xoʻjaliklarida

rivojlantirish afzalligini

ko‘rsatgan (

Barbieri va Tew, 2016)

. Viloyatning tog‘li, choʻlli va

sug‘oriladigan hududlaridagi 153 ta qishloq xoʻjaligi korxonalaridan olingan soʻrovnoma
ma’lumotlaridan aniqlandiki, fermer xoʻjaliklari, dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida ham turistik

xizm

atlar koʻrsatib kelinmoqda. Bunday xoʻjaliklar asosan Urgut tumanidagi qishloqlarda koʻp

uchraydi (1-rasm)

13

.

Respondentlarning 39 nafari oʻz xoʻjaligiga turistlar tashrif buyurishi hamda ularga turli

xizmatlar koʻrsatilishi toʻg‘risida ma’lumot

bergan. Shulardan Urgut tumanida 13 ta, Samarqand

tumanida 9 ta, Kattaqoʻrg‘on tumanida 4 ta, Payariq tumanida 4 ta, Bulung‘ur tumanida 3 ta,

Paxtachi tumanida 2 ta va Oqdaryo, Ishtixon, Jomboy, Tayloq tumanlarida bir nafardan

agroturizm xizmatlarini taqdim qiluvch

i xoʻjaliklar mavjud.

1-rasm. Samarqand viloyatida tumanlar kesimida turistlarga

xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar ulushi

Viloyatdagi deyarli barcha qishloq xoʻjaligi korxonalarida sayyohlarni qabul qilish va

ularga gastronomik yoki rekreatsion xizmatlarni taqdim etish uchun imkoniyatlar keng.

Ularning ba’zilari asosiy ish faoliyatidan tashqari turistlarga turli xizmatlarni t

aqdim etadi

(2-rasm).

13

Monografik kuzatuvlar asosida muallif ishlanmasi.

Urgut

33%

Samarqand

23%

Payariq

[]

Kattaqo‘rg‘on

10%

Bulung

‘ur

8%

Paxtachi

5%

[]

3%

Tayloq

3%

Jomboy

3%

Ishtixon

3%

Agroturistik obyektlar ulushi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

46

2-rasm.

Xoʻjaliklarda koʻrsatiladigan xizmatlar turlari.

3-rasm. Agroturistlarni qiziqtiruvchi xizmatlar turlari.

14

14

Monografik kuzatuvlar asosida muallif ishlanmasi.

O V Q I L I S H

T E X N I K A H A Y D A S H

B O S H Q A

O T D A S A Y R

Q A Y I Q ( K A N O E ) D A S U Z I S H

S P O R T T A D B I R L A R I

T A R I X I Y K O ‘ R G A Z M A L A R

K E M P I N G X I Z M A T L A R I

T R A N S P O R T X I Z M A T L A R I

B O L A L A R M A Y D O N C H A S I

B A L I Q O V L A S H

S U Z I S H ( B A S S E Y N )

C H O R V A N I O Z I Q L A N T I R I S H

H O S I L N I O ‘ Z I T E R I S H I

R E S T O R A N X I Z M A T L A R I

K O N F E R E N S I Y A , S E M I N A R L A R

H O S I L B A Y R A M L A R I

T U R A R J O Y X I Z M A T L A R I

M A H S U L O T L A R D O ‘ K O N I

O ‘ Z I O V Q A T P I S H I R I S H I

D E G U S T A T S I Y A

P I Y O D A S A Y R

T O ‘ G ‘ R I D A N - T O ‘ G ‘ R I S A V D O

X O ‘ J A L I K D A E K S K U R S I Y A

1

2

2

4

5

5

6

6

6

6

7

7

8

11

14

15

15

17

20

21

26

28

33

36

Xo‘jaliklar soni

0

20

40

60

80

100

B O S H Q A

T O ‘ G ‘ R I D A N - T O ‘ G ‘ R I S A V D O

B O L A L A R M A Y D O N C H A S I

T E X N I K A H A Y D A S H

O ‘ Z I O V Q A T P I S H I R I S H I

T R A N S P O R T X I Z M A T L A R I

K O N F E R E N S I Y A , S E M I N A R L A R

M A H S U L O T L A R D O ‘ K O N I

H O S I L B A Y R A M L A R I

T A R I X I Y K O ‘ R G A Z M A L A R

T U R A R J O Y X I Z M A T L A R I

Q A Y I Q ( K A N O E ) D A S U Z I S H

C H O R V A N I O Z I Q L A N T I R I S H

H O S I L N I O ‘ Z I T E R I S H I

S P O R T T A D B I R L A R I

K E M P I N G X I Z M A T L A R I

O V Q I L I S H

D E G U S T A T S I Y A

S U Z I S H ( B A S S E Y N )

R E S T O R A N X I Z M A T L A R I

O T D A S A Y R

B A L I Q O V L A S H

P I Y O D A S A Y R

X O ‘ J A L I K D A E K S K U R S I Y A

0

0

26

31

36

38

41

44

50

51

51

57

57

58

60

64

65

65

68

73

75

76

85

88

Turistlar soni


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

47

2- va 3-

rasmlarda keltirilgan ma’lumotlarga koʻra, turistlarni xohishiga koʻra ekskursiya

qilish, ya’ni ekskursion ta’lim olish, rasmga tushish va hordiq chiqarish xizmatini taqdim qiluvchi

obyektlar eng yuqori salmoqni egallaydi. Piyoda

sayr qilish, mahsulotlarni tatib koʻrish

(degustatsiya), meva-

sabzavotlarni oʻzi terish, restoran va turar

-joy kabi xizmatlar ham taklif,

ham talab tomondan yuqori qiziqish bildirilgan. Chorva hayvonlariga g‘amxoʻrlik qilish, hosil

bayramlari, festivallar

oʻtkazish sayyohlarda oʻrtacha ishtiyoq uyg‘otsa

-da, bunday xizmatlar

koʻp xoʻjaliklarda yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Ammo bal

iq ovlash, ot-

tuya minish, xoʻjalikdagi suv

havzalarida suzish, ov qilish, sport tadbirlari va kemping xizmatlariga talab ko‘p, lekin

bunday

xizmatlarni koʻrsatuvchi xoʻjaliklar soni nisbatan kam. Ushbu nomutanosibliklar xoʻjaliklarning

potensial imkoniyatlari va turistlarning xohish-istaklari asosida Respublikada agroturizmni

rivojlantirishda optimal boʻlgan xizmatlar paketini ishlab chiqishga ehtiyoj tug‘diradi.

Agroturizm toʻg‘risida Respublikada aksariyat xoʻjaliklar hamda sayyohlarda yetarli

axborot ma

vjud boʻlmasa

-da, turizm sanoatida olib borilgan islohotlar natijasida agroturistik

bilim keng koʻlamda tarqalib bormoqda. Xususan, Sa

marqand viloyati hududlarida 210 nafar

mahalliy va xorijlik turistlardan olingan so‘rovnoma ma’lumotlariga ko‘ra xalqaro

sayyohlarning

68,5%i,

ichki

turistlarning

70,7%i

agroturizm

to‘g‘risida

bilishi

aniqlangan

(4-rasm):

4-rasm. Xorijiy va mahalliy turistlarning agroturizmga

munosabatlari boʻyicha ma’lumotlar

Bunda tabiiyki, agroturizm obyektlariga borib, xizmatlaridan foydalangan sayohatchilar u

haqida ma’lumotga ega hamda yaqindan bilishadi. Agroturizmni bilgan xalqaro sayyohlarning

90,8%i, ichki sayyohlarning 97,4%i obyek

tga borib, qishloq xoʻjaligida yarati

lgan xizmatlarni

iste’mol qilishgan. Koʻrsatilgan servis 63 nafardan iborat ham tashqi, ham ichki turistlarning

talabiga toʻliq javob bergan. 86,8% xorijiy fuqarolar, 87,1% mahalliy fuqarolar y

ana agroturistik

obyektlarga tashrif buyurish istagini bildirgan. Xorijiy sayyohlarning 31,5%i, mahalliy

turistlarning 29,3%i agroturizm haqida bilmasligi aniqlandi. Bu esa agroturistik salohiyatni

oshirish va xo‘jaliklarda agroturizmni rivojlantirishning

innovatsion mexanizmlarini

qo‘llashni

taqozo qiladi.

Xulosa va takliflar.

Respublikada agroturizm rivojlanishining hozirgi holatini o‘rganish ustida olib borilgan

tadqiqot natijasida shu xulosaga kelindiki, agroturizmni mamlakatimiz hududida rivojlantirish,

turistlarni qishloq x

o‘jaligi korxonalariga jalb qilish uchun potensial

yetarli. Tadqiqot natijasida

agroturistik xizmatlarini ko‘rsatuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari soni Turizmni rivojlantirish


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

48

Davlat qoʻmitasining ma’lumotlarida berilganidan ham

ko‘proqni tashkil qilishi

aniqlandi.

Chunki, ular orasida aksariyati kichik

fermer, dehqon hamda uy xo‘jaliklari sifatida faoliyat

yuritayotganliklari, shuningdek, xo‘jalik egalari agroturizm to‘g‘risida yetarli tushuncha va

malakaga ega bo‘lmaganliklari natijasida sayyohlarni o‘

z faoliyatlariga jalb qilishda

oqsashmoqda. Shunday

bo‘lsa

-

da, turistlardan olingan so‘rovnoma ma’lumotlari asosida bilish

mumkinki, agroturizm to‘g‘risida sayyohlar ko‘proq bilishadi va bunday turistik joylarga

borishni, qayta tashrif buyurishni xohlashadi.

Demak, sayyohlar oqimini ko‘paytirish, sayohat

muddatini uzaytirish uchun mamlakatda

turizmning boshqa yo‘nalishlari –

agroturizmni yanada rivojlantirish, mavjud agroturistik

obyektlar infratuzilmasini yaxshilash, turistik firmalar hamda qishloq xo‘jal

igi korxonalarining

birgalikdagi faoliyati sifatida agroturistik assotsiatsiyalarni tashkil etish kabi yangicha tizimlarni

yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Amirov A.M. (2023)

“Agroturizmni rivojlantirishning hududiy xususiyatlari va istiqbolli

yoʻnalishlari”, (Samarqand viloyati misolida), Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

dissertatsiyasi avtoreferati.

Barbieri, C., & Tew, C. (2016). Perceived impact of agritourism on farm economic standing,

sales and profits.

Baymuradova, I. S. (2022). Agroturizm:

Oʻzbekistondagi fermerlar va mahalliy aholi uchun

potensial imkoniyatlar. Academic research in educational sciences, (Conference), 86-94.

Flanigan, S., Blackstock, K., & Hunter, C. (2014). Agritourism from the perspective of providers

and visitors: A typology-based study. Tourism Management, 40, 394-405.

Husanboyev S.Y. (2023)

“Fargʻona viloyatida agroturizm fa

oliyatini boshqarish

mexanizmlarini takomillashtirish”, Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi

avtoreferati.

Jȩczmyk, A

., Uglis, J., Graja-

Zwolińska, S., Maćkowiak, M., Spychała, A., & Sikora, J. (2015).

Research note: Economic benefits of agritourism development in Poland

An empirical study.

Tourism Economics, 21(5), 1120-1126.

Lupi, C., Giaccio, V., Mastronardi, L., Giannelli, A., & Scardera, A. (2017). Exploring the features

of agritourism and its contribution to rural development in Italy. Land use policy, 64, 383-390.

Tiraieyari, N., & Hamzah, A. (2012). Agri-tourism: Potential opportunities for farmers and

local communities in Malaysia. African journal of agricultural research, 6(31), 4357-4361.

Togʻaymurodov E.B. (2023) –

“Qishloqda agroturizmni rivojlantirishning tashkiliy

-iqtisodiy

mexanizmini takomillashtirish yoʻllari”, (Samarqand viloyati misolida), Iqtisodiyot fanlari boʻyicha

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.

Библиографические ссылки

Amirov A.M. (2023) – “Agroturizmni rivojlantirishning hududiy xususiyatlari va istiqbolli yoʻnalishlari”, (Samarqand viloyati misolida), Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.

Barbieri, C., & Tew, C. (2016). Perceived impact of agritourism on farm economic standing, sales and profits.

Baymuradova, I. S. (2022). Agroturizm: Oʻzbekistondagi fermerlar va mahalliy aholi uchun potensial imkoniyatlar. Academic research in educational sciences, (Conference), 86-94.

Flanigan, S., Blackstock, K., & Hunter, C. (2014). Agritourism from the perspective of providers and visitors: A typology-based study. Tourism Management, 40, 394-405.

Husanboyev S.Y. (2023) – “Fargʻona viloyatida agroturizm faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.

Jȩczmyk, A., Uglis, J., Graja-Zwolińska, S., Maćkowiak, M., Spychała, A., & Sikora, J. (2015). Research note: Economic benefits of agritourism development in Poland – An empirical study. Tourism Economics, 21(5), 1120-1126.

Lupi, C., Giaccio, V., Mastronardi, L., Giannelli, A., & Scardera, A. (2017). Exploring the features of agritourism and its contribution to rural development in Italy. Land use policy, 64, 383-390.

Tiraieyari, N., & Hamzah, A. (2012). Agri-tourism: Potential opportunities for farmers and local communities in Malaysia. African journal of agricultural research, 6(31), 4357-4361.

Togʻaymurodov E.B. (2023) – “Qishloqda agroturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yoʻllari”, (Samarqand viloyati misolida), Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.