Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
131
MAMLAKATDA INNOVATSION KLASTERLARNI RIVOJLANTIRISHNING
USTUVOR YO‘NALISHLARI
Matkuliyeva Sanobar Ismailovna
Ma’mun Universiteti nodavlat ta’lim
muassasasi
Mamajonova Saida Vaxabjanovna
Guliston davlat universiteti
Annotatsiya.
Klaster strategiyalarini amalga oshirish va hududiy-innovatsion tarmoqlarni
sha
kllantirish transmilliy o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va hududlararo tarmoq
tuzilmalarini
shakllantirishga imkon berdi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada innovatsion
klasterlar salohiyatidan foydalanishning iqtisodiy mazmuni ochib berilgan.
K
alit so‘zlar
.
innovatsiya, investitsiya, iqtisodiy salohiyat, klaster, innovatsion infratuzilma,
davlat, innovatsion mahsulot, innovatsion klasterlar.
ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ИННОВAЦИОННЫХ
КЛАСТЕРОВ В СТРАНЕ
Маткулиева Санобар Исмаиловна
Негосударственное образовательное
высшее учебное заведение Университет Мамун
Мамажонова Саида Вахабжановна
Гулистанский государственный университет
Аннотaция.
Реализация кластерных стратегий и формирование территориально
-
инновационных сетей позволили развивать транснaциональные взаимодействия и
формировать межрегиональные сетевые структуры. Исходя из этого, в данной статье
раскрыто экономическое содержание использования потенциала инновaционных
кластеров.
Ключевые слова:
инновatsiи, инвестиционный, экономический потенциал, кластер,
инновaционная инфраструктура, государство, инновaционный продукт, инновaционные
кластеры.
PRIORITY DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATION
CLUSTERS IN THE COUNTRY
Matkulieva Sanobar Ismailovna
Non-governmental educational institution of
Higher education Mamun University
Mamazhonova Saida Vakhabzhanovna
Gulistan State University
Abstract.
The implementation of cluster strategies and the formation of territorial innovation
networks have allowed the development of transnational interactions and the formation of
interregional network structures. Based on this, this article reveals the economic content of using the
potential of innovation clusters.
Keywords:
innovation, investment, economic potential, cluster, innovative infrastructure,
government, innovative product, innovative clusters.
UO
‘
K: 330.342.24
IV SON - APREL, 2024
131-138
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
132
Kirish.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi bir qator o‘zaro bog‘liq jihatlar b
ilan tavsiflanadi.
Birinchidan,
har qanday mamlakatda klasterlarning yaratilishi kichik biznes va yirik
korxonalarning innovatsion rivojlanishi uchun kuchli turtki beradi.
Ikkinchidan,
innnovatsion klasterlar rivojlanishi mavjud sanoat kompaniyalariga ilmiy-tadqiqot
natijalarini intensiv
ravishda joriy qilish, yirik korxonalar tomonidan qo‘shilgan qiymat zanjiriga
kirish uchun yangi kichik va o‘rta korxonalar davlat
-xususiy sherikchiligi asosida tashkil etish hisobiga
amalga oshirishga imkon beradi.
Uchinchidan,
zamonaviy iqtisodiyotda klasterli yondashuv hududlar iqtisodiyotini
rivojlantirish va tashkilotlarning raqobatbardoshlik hamda innovatsion faollik darajasini
oshirishning samarali vositalaridan biri hisob-lanadi, chunonchi, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan
mamlakatlarning bu boradagi tajribasi iqtisodiyotni innovatsion jihatdan rivojlantirishda
klasterlashtirish amaliyotining o‘rni muhim ekanligidan dalolat beradi, yangicha
yondashuvlardan foydalanishni ko‘zda tutadi.
To‘rtinchidan,
investitsion muhitni shakllantiri
sh jarayonlari va shu jumladan iste’molga
turli tabiatga ega bo‘lgan omillar ta’sir qiladi, innovatsiya va innovatsiyalarning bu o‘zaro ta’sir
sohalarini aniqlashga imkon beradigan uslubiy vositalarni ishlab chiqish va asoslashning asosiy
omili sifatida maydonga chiqadi.
Beshinchidan,
davlat iqtisodiy siyosatining aniq belgilangan maqsadlari doirasida amalga
oshirilayotgan innovatsion salohiyatning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash,
innovatsion
rivojlanishga va innovatsion jarayonlarni olib boris
h yo’
llarini ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Klasterlar innovatsion tizim sifatida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. Klasterli yondashuv innovatsion ilmiy
-
texnik yo‘nalishlarning paydo bo‘li
shini
rag‘batlantirish, ularni tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, shu bilan bir qatorda, ta’lim,
fan va biznes sohasini bilvosita qo‘llab
-quvvatlash orqali bilimlar iqtisodiyoti asoslarini yaratishda
istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Ayni chog‘da, innovatsion klasterlarni shakllantirish ilmiy
-texnik
tadbirkor
lik tizimida innovatsion faoliyatni qo‘llab
-quvvatlashning samarali vositasi sifatida
qaralishi mumkin.
Raqobat ustunliklari asosida yuqori ulushga ega bo‘lgan innovatsion mahsulotlar ishl
ab
chiqarishga erishgan, ilmiy markaz va universitetlarning jarayon
larda faol ishtirokini ta’minlay
olgan klasterlar katta natijalarni qo‘lga kiritadilar
(Gontar and other, 2019).
Braziliyada bo‘lib o‘tgan innovatsion siyosat va texnologiyalar bo‘yicha xa
lqaro
konferentsiya doirasida innovatsion yo‘naltirilgan va industrial klasterlarning o‘zaro ta’sirining
turli ko‘rinishlarini mujassamlashtirgan innovatsion klasterlarning tipologiyasi taklif qilindi
(Redaktion, 2000).
Mahalliy tadqiqotchilardan M. Samadqulov ilmiy-texnik tadbirkorlik tizimining asosiy
sub’yektlari, ularning o‘zaro ta’sir aloqalari aks ettirilgan, ilmiy
-texnik tadbirkorlik tizimi uchun
ustqurma hisoblanuvchi davlat alohida ajratib ko‘rsatil
adi.( Samadqulov, 2023). Taraqqiy etgan
mamlakatlarning innovatsiyalar borasidagi davlat siyosatida
o‘ziga xos yangicha jihatlar
shakllan
ishi bo’yicha Jarkova o’z
tadqiqotlarida
to‘xtalib
o‘tadi
(
Kahn, 2018
).
Klaster strategiyalarini amalga oshirish va hududiy-innovatsion tarmoqlarni shakllantirish
tra
nsmilliy o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va hudud
lararo tarmoq tuzilmalarini shakllantirishga
imkon berdi. Hududiy tavsifga ega ekanligi borasida tadqiqotchi Kulakovning qarashlari real
iqtisodiy voqelikka bir muncha mos keladi (Stojanov, Kulakov, 2017).
Umuman olganda tadqiqotchilar tomonidan mamlakatimizda innovatsion klasterlarni
rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlarini
o‘rganish
borasida keng qamrovli tadqiqotlar amalga
oshirilganligiga qaramasdan, iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida mazkur tushunchani ilmiy
bilishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
133
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur maqolaning asosiy kontseptsiyasini innovatsion klasterlarni mazmun-mohiyatini
ochib berishni tashkil qiladi. Tadqiqot kontseptsiyasidan kelib chiqqan holda, innovatsion
salohiyat darajasining talqini borasida turli mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning qarashlari
o‘
zaro solishtirildi, ularning farqlovchi va
o‘
xshash jihatlari alohida guruhlarga ajratilgan holda,
aholi turmush darajasi borasida mualliflik yondashuvi ishlab chiqildi. Maqolada ilgari surilgan
mualliflik yondashuvlari va qarashlarini asoslash maqsadida ilmiy bilishning analiz va sintez,
induktsiya va deduktsiya, tarixiylik, umumlashtirish,
o‘
zaro taqqoslash kabi usullaridan keng
foydalanishga harakat qilindi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Sanoatning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida asosiy e`tibor tarkibiy
o‘zgarishlarga qaratilgan bo‘lib, ular sanoat tarmoqlaridagi makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar va
tarkibiy siljishlar bilan birgalikda bashorat qilinadi. Sanoatning tarmoq tarkibini 2030 yilga qadar
takomillashtirish YaIMda sanoat ulushini rivojlangan davlatlarda YaIM tarkibidagi xarakterlarga
xos bo‘lgani kabi 2017 yil dagi 33,5 foi
zdan 2030 yilda 40 foiz oshirish bilan asoslanadi. Bu
maqsadga erishi uchun, shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar
boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda bu ishlar har bir turdagi istiqbolli xomashyo va yarim fabrikat
bo‘yicha chuqur qayta ishlashning 2030 yilga mo‘ljallangan aniq dasturiga ega bo‘lish uchun
mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvni talab etadi.
Jalb etilayotgan xorijiy va ichki investitsiyalar faoliyat yuritayotgan ustuvor tarmoqlardagi
korxonalarni texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
nomenklaturasini kengaytirish va raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha amal
ga oshirilayotgan
choralar mamlakat iqtisodiyotining yanada rivojlanishini ta`minlashi zarur.
Har qanday mamlakatda klasterlarning yaratilishi kichik biznes va yirik korxonalarning
innovatsion rivojlanishi uchun kuchli turtki beradi. Shu nuqtayi-nazardan kelib chiqqan holda, hozirgi
murakkab sharoitda respublika ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish uchun “...kl
asterlar
faoliyatini har tomonlama rivojlantirish kerak” (
Mirziyoev, 2018). Sanoatni klasterlashtirishda
innovatsion yondashuvni amaliyot
ga joriy qilish, ya’ni, innovatsion klasterlarini tashkil qilish
maqsadga muvofiqdir. Innnovatsion klasterlar rivojlanishi mavjud sanoat kompaniyalariga ilmiy-
tadqiqot natijalarini intensiv ravishda joriy qilish, yirik korxonalar tomonidan qo‘shilgan qiyma
t
zanjiriga kirish uchun yangi kichik va o‘rta korxonalar davlat
-xususiy sherikchiligi asosida tashkil
etish hisobiga amalga oshiriladi.
Zamonaviy iqtisodiyotda klasterli yondashuv hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish va
tashkilotlarning raqobatbardoshlik hamda innovatsion faollik darajasini oshirishning samarali
vositalaridan biri hisoblanadi, chunonchi, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarning bu
boradagi tajribasi haqiqatdan ham, iqtisodiyotni innovatsion jihatdan rivojlantirishda
klasterlashtirish amaliyotining o‘rni muhim ekanligidan dalolat beradi
(Kostyuchenko, 2019).
Fikrimizcha,
innovatsion-sanoat klasteri bu
–
muayyan bir hududda geografik jihatdan
mahalliylashgan, bir-
birini to‘ldiruvchi, raqobatdosh iqtisodiy sub’yektl
ar (shu jumladan,
ta’minotchi, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar) majmuidir. Bunda klaster sub’yektlari o‘zaro,
shuningdek, davlat va mahalliy boshqaruv organlari bilan innova-siyalarni yoyish borasida qulay
muhit yaratish, shuningdek, klaster subyektlari, hududlar va milliy iqtisodiyotning innovatsion
faolligini oshirish va raqabatbardoshligini mustahkamlash maqsadida birlashadilar.
Innovatsion-sanoat klasterining mazmun-mohiyati, amal qilish tamoyillari va
qonuniyatlarini tadqiq qilish natijalari asosida bizning fikrimizcha, innovatsion klasterlarni
rivojlantirish modeli quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq (
1-rasm).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
134
1-rasm. Innovatsion-sanoat klasteri modeli
(Samadqulov, 2023)
Taklif etilayotgan model klasterning tarkibiy tuzilishi va uning
sub’yektlari hamda
infratuzilma unsurlari o‘rtasidagi aloqalarni aniqlashga, bu esa, o‘z navbatida, klaster
strategiyasini ishlab chiqishga imkon beradi. Bundan tashqari, ushbu modeldan klasterlashning
tashkiliy va iqtisodiy mexanizmini shakllantirishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotchilar tomonidan turmush darajasi tushunchasini aniqlashtirish borasida ilgari
surilgan ta’rif va yondashuvlarning
tahlili innovatsion klasterlar faoliyatini rivojlantirishda
moddiy farovonlik unsurlari emas, balki ijtimoiy-iqtiso
diy ne’matlar muhim o‘rin tutishini
ko‘rsatadi. Bir qator xorijiy tadqiqotchilarning asarlarida innovatsion klasterlar bilan birga
investit
sion salohiyat bilan bir o‘rinda qo‘llaniladi.
Klasterni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, muayyan bir iqtisodiy natija
-raqobatbardosh
mahsulot ishlab chiqarishga erishishdan iboratdir, bu, o‘z navbatida, alohida olingan tashkilot
samaradorligini oshirishga va umumiy tarzda iqtisodiy taraqqiyotning tezlashishiga olib keladi.
Klaster modelini joriy etishning asosiy vazifasi
-
tadbirkorlarning psixologiyasini o‘zgartirish,
umumiy iqtisodiy manfaatlar doirasida barcha klaster ishtirokchilarining halol, o
chiq va o‘zaro
manfaatli hamkorligining o‘ziga xos imkoniyatlarini tushunib еtishlariga ko‘maklashishdan
iboratdir.
Umuman olganda, innovatsion-sanoat klasterlarining rivojlanishi muayyan bir ijtimoiy-
iqtisodiy samaraga erishishga imkon beradi. Bular:
- barcha klaster ishtirokchilarining moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish, tashqaridan
investitsiyalarni jalb qilish, grantlar shaklida moliyalashtiriladigan loyihalar tanlovlarida birgalikda
ishtirok etish, kredit resurslarini olish kafolatlarini ta’minlash uchun moliy
aviy imkoniyatlarni
birlashtirish orqali moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish;
- tarmoqning innovatsion salohiyatini oshirish;
-
fan va ta’limning klaster tashkilotlari va hokimiyat idoralari bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga
qo‘yi
sh orqali tadqiqot natijalarini hududiy sanoat siyosatiga joriy etish jarayonlarini tezlashtirish;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
135
- sinergiya samarasi va sifat, logistika, axborot texnologiyalari borasidagi yondashuvlarni bir
xillashtirish hisobiga xarajatlarni kamaytirish va fan sig‘im
li mahsulotlar sifatini yaxshilash;
-
ta’minotchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish;
-
yangi tashkilotlarni rag‘batlantirish;
-
yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksportini ko‘paytirish, import o‘rnini bosishni
kengaytirish;
- mahalliy hokimiy
at va mahalliy o‘zini o‘zi boshqari
sh darajasida klaster ishtirokchilarining
o‘z manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qila olishlariga erishish;
- hududda bandlik darajasini oshirish;
-
klaster ishtirokchilari o‘rtasida mutlaqo yangicha tartibdagi odob
-axloq, ishonch va
hamkorlikka asosl
angan munosabatlarning paydo bo‘lishi, yangicha fikrlash tarzini shakllanishi;
- klaster tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning samaradorligi va raqobatbardoshligini
oshirish;
- hududning raqobatbardoshligini oshi
rish va iqtisodiy ravnaqini ta’minl
ash.
Klasterlar innovatsion tizim sifatida mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi. Klasterli yondashuv innovatsion ilmiy-
texnik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishini rag‘batlantirish,
ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari
ni kengaytirish, shu bilan bir qatorda, ta’lim, fan va biznes sohasini
bilvosita qo‘llab
-
quvvatlash orqali bilimlar iqtisodiyoti asoslarini yaratishda istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.
Ayni chog‘da, innovatsion klasterlar
ni shakllantirish ilmiy-texnik tadbirkorlik tizimida innovatsion faoliyatni
qo‘llab
-quvvatlashning samarali vositasi sifatida qaralishi mumkin.
Innovatsion klasterlarning boshqa iqtisodiy birlashmalardan farqi shundaki, klaster tarkibiga
kiruvchi
kompaniyalar o‘zlarining yuridik maqomini saqlagan holda, to‘lig‘icha bir
-birlari bilan
qo‘shilmaydilar, ular shunchaki, klasterni tashkil etuvchi va undan tashqarida joylashgan boshqa
korxonalar bilan birgalikda yaqindan hamkorlik qilishga imkon beruvchi
o‘zaro ta’sir mexanizmini
yaratadilar.
2-rasm. Innovatsion klaster tuzilmasi
(Gontar, 2019)
Yuqorida bildirilgan qarashlar borasida deyarli barcha tadqiqotchilar yakdil ekanliklarini
ko‘rish mumkin.
fan va ta’lim, infratuzilma tashkilotlari, yirik korxonalar, kichik va o‘rta biznesga mansub xo‘jalik
yuritish sub’yektlaridan tarkib topgan va o‘zining ichki tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish lozim.
Braziliyada bo‘lib o‘tgan innovatsion siyosat va texnologiyalar bo‘yicha xalqaro
konferentsiya
doirasida innovatsion yo‘naltirilgan va industrial klasterlarning o‘zaro ta’sirining turli ko‘rinishlarini
mujassamlashtirgan innovatsion klasterlarning tipologiyasi taklif qilindi (o‘zaro bog‘liq yoki faoliyat
doirasi qisqartirilgan klaster, sanoat klasteri, industrial-innovatsion klaster, innovatsiyalarga
yo‘naltirilgan
klaster, innovatsiyalarni yoqlovchi klaster).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
136
1-jadval
Ilmiy-
texnik tadbirkorlik tizimida innovatsion munosabat sub’yektlarining funktsiyalari
(Samadqulov,2023)
Ilmiy-texnik
tadbirkorlik tizimida
innovatsion
munosabat
sub’yektlari
Innovat
sion munosabat sub’yekti funktsiyalari
Davlat
−
ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni bashoratlash;
−
ilmiy-texnik taraqqiyot bashoratlari asosida ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatning
ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish;
−
ilmiy-texnik tadbirkorlik tizimida innovatsion faoliyatning tashkiliy, iqtisodiy,
moliyaviy, me’yoriy
-
huquqiy ta’minotini yo‘lga qo‘yish;
−
innovatsion guruhlar samarali faoliya
t ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va
mexanizmlarini yaratish;
−
innovatsion infratuzilma sub’yektlarini rivojlantirish;
−
ilmiy-
texnik tadbirkorlik tizimida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish
Ilmiy-texnikaviy
tadbirkorlik (kichik,
o‘rta va yirik
biznes
korxonalari)
−
innovatsion texnologiyalar va mahsulotlarga talab (ehtiyoj)ni shakllantirish;
−
innovatsion klaster sub’yekt
lari tomonidan amalga oshirilgan fundamental va amaliy
ilmiy-tadqiqot,
tajriba-konstruktorlik
ishlanmalari
natijalari
(innovatsion
texnologiyalar va mahsulotlar)ni tijoratlashtirish (joriy etish)
Innovatsion
infratuzilma
sub’yektlari
−
ilmiy-texnik tadbirkorlik tizimida innovatsion faoliyatning rivojlanishga
ko‘maklashish
;
Ilmiy-texnik parklar
−
texnopark rezidentlari bo‘lgan
ilmiy-texnik tad-birkorlarga innovatsiyalarni izlab
topish (ishlab chiqish), ularni amalda joriy etish va tijoratlashtirish borasida tegishli
shart-sharoitlarni yaratib berish;
−
ko‘char va ko‘chmas mulkni, shu jumladan turli funk
-sional maqsadlardagi binolarni
ijaraga berish va hokazo;
Texnologiyalar
transferi markazlari
−
innovatsiyalarni yaratish sohasidan ulardan amalda foydalanish sohasiga
o‘tkazilishini ta’minlash
;
Venchur fondlari
−
innovatsiyalarni yaratish va ularni joriy etish sohasida investitsion faoliyatni amalga
oshirish, shuningdek, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish;
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim muassasalari
−
ilmiy-texnik tadbirkorlarning innovatsion texno-
logiyalar va mahsulotlarga bo‘lgan
ehtiyojlarini hisobga olgan holda fundamental va amaliy ilmiy-
tadqiqotlar o‘tkazish;
−
istiqbolda ilmiy-texnik tadbirkorlarning kadr-
larga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish
borasida muta-x
assislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
Akademik va tarmoq
institutlari
−
ilmiy-texnik tadbirkorlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli fan sohasi va
sanoat yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy
-
tadqiqotlar o‘tkazish;
−
ilmiy-texnik taraqq
iyotning tubdan yangi yo‘l va yo‘nalishlarini aniqlashtirish;
Korxonalarning
konstruktorlik
byurolari va ilmiy-
texnik laboratoriyalari
−
ilmiy-
texnik tadbirkorlarning innovatsion texnologiyalar va mahsulotlarga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan
fan sohasi va sohaga bog‘liqligiga muvofiq, ilmiy
-
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlari bilan shug‘ullanish;
−
yangi texnologiyalar va mahsulotlarni yaratish, mavjud texnologiya va mahsulotlarni
modernizatsiya qilish;
−
innovatsion mahsulotlar ishlab chiq
arishni ta’minlovchi konstruktorlik va shunga
o‘xshash boshqa hujjatlarni ishlab chiq
ish;
Ixtirochi va
ratsionalizatorlar
−
mavjud kashfiyotlar asosida texnik yangiliklarni yaratish, mavjud qurilmalarni
takomillashtirish yoki yangi foydali qurilmalarni yaratish maqsadida ularni
birlashtirish.
Bugungi kunda, taraqqiy etgan mamlakatlarning innovatsiyalar borasidagi davlat siyosatida
o‘ziga xos yangicha jihatlar shakllandi va ushbu jihatlar eng avvalo, quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:
−
innovatsion siyosatning a
sosiy mazmuni barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning
innovatsion faoliyatini ixtisoslashtirilgan bilim tarmoqlarini yaratishga qaratilgan klaster
strategiyalarini shakllantirish orqali faollashtirish hisoblanadi;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
137
−
hududlararo innovatsion hamkorlikning t
abiati ham o‘zgarib bormoqda. Xususan, klaster
strategiyalarini amalga oshirish va hududiy-innovatsion tarmoqlarni shakllantirish transmilliy
o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va hududlararo tarmoq tuzilmalarini shakllantirishga imkon berdi.
Innovatsion klasterga birlashtirilgan ilmiy-
texnik tadbirkorlik tizimining sub’yektla
rini
ko‘rib chiqish borasidagi bunday yondashuv innovatsiyalar hayot tsiklining barcha bosqichlarida
resurslarni amaldagi mavjud mahsulotlardan farqli, yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan f
oydali
natijalarga aylantirish jarayonidagi faoliyatni aks ettiruvchi, innovatsion munosabatlar
sub’yektlarining funktsiyalarini aniqlashtirishga imkon beradi (1
-jadval).
Respublikada innovatsion klasterlarning samarali faoliyat yuritishi uchun innovatsiyalar
rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni davlat tom
onidan har tomonlama qo‘llab
-
quvvatlash, biznes va davlatning faol hamkorligini ta’minlash, milliy innovatsion infratuzilmani
yaratish orqali klaster siyosatini amalga oshirish lozim.
Xorijiy tadqiqotchilarning innovatsion klasterlarning rivojlanishi boras
ida qo‘llaydigan
ko‘rsatkichlar tizimini tahlil qilish ular ko‘pincha ko‘rsatkichlarning miqdoriy jihatlariga emas,
aksincha sifat bilan bog‘liq qirralariga katta e’tibor qaratishlarini ko‘rsatadi, bunda erkinlik,
baxtlilik, ekologik omillar, sog‘liqni saqlash va innovatsiya kabi sifat ko‘rsatkichlari muhim
ahamiyat kasb etadi.
Xulosa va takliflar.
Tadqiqot jarayonida amalga oshirilgan o‘rganishlar innovatsion klasterlar kabi murakkab v
a
ko‘p o‘lchovli kategoriyani tavsiflashda muayyan bir ko‘rsatkichlar
majmui bilan cheklanib
bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Hududlarda investitsion muhitni shakllantirish borasida amalga
oshiriluvchi tadqiqotlarning tavsifi va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, innovatsion
klasterlar tavsiflovchi ko‘rsatkichlar farqlanadi.
O‘rganish natijalari ilmiy jihatdan tadqiq qilgan mutaxassis va olimlar innovatsion klasterlar
aholining iste’mol ne’matlari bilan ta’minlanganlik holati, aholining iqtisodiy ahvoli va mo
ddiy
imkoniyatlari, iste’mol tavsifi va iste’mol qilinayotgan ne’matlar miqdori kabilar ta’sir qiluvchi
omillari borasida yaxlit qarashlarni ilgari suradilar.
Ilmiy-
texnik tadbirkorlikni innovatsion faoliyat sub’yektlarini o‘z ichiga olgan tizim sifatida
ko‘rib chiqish strategik boshqaruvni amalga oshirish jarayonida hoki
miyat organlari, innovatsion
infratuzilma sub’yektlari, yirik kompaniyalar, o‘rta va kichik biznes sub’yektlari, ilmiy va ta’lim
muassasalarining o‘rta va uzoq muddatli muvofiqlashtirilgan
qarashlarini rivojlantirishga imkon
beradi.
Tahlillarimiz innovatsion klasterlarning samarali faoliyat yuritishi uchun innovatsiyalar
rivojlanishiga qulay shart-
sharoitlar yaratish, ularni davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab
-
quvvatlash, biznes va davl
atning faol hamkorligini ta’minlash, milliy innovatsion infratuzilma
ni
yaratish orqali klaster siyosatini amalga oshirish
imkoniyatlari va ko‘lamiga bog‘liqligini
ko‘rsatadi.
Innovatsion klasterlarning samarali faoliyat yuritishi uchun innovatsiyalar rivojlanishiga
qulay shart-sharoitlar yaratishni quyidagilar orqali chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish taklif
qilinadi:
‾
yuqori texnologiyali tayyor mahsulotlar va xizmatlar eksportini ta’minlash;
‾
kichik va o‘rta korxonalar sonining ko‘payishini rag‘batl
antirish;
‾
iqtisodiyotning innovatsion sohasi jadal
rivojlanishini ta’minlash;
‾
iqtisodiyot ehtiyojlari uchun kadrlar tayorlash tizimining samaradorligini oshirish;
‾
milliy va chet el investitsiyalar hajmining oshishini ta’minlash;
‾
klasterga asoslangan hududl
ar rivojlanishi rag‘batlantirish.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
138
Adabiyotlar / Литература/ Reference:
Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) INSON KAPITALI VA IQTISODIYOTNING INNOVATSION
RIVOJLANISHINI TADQIQ ETISHDAGI YONDASHUVLAR //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.
–
Т. 1. –
№.
4.
–
С.
12-21.
Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI
BAHOLASH //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.
–
Т. 1. –
№. 2. –
С. 5
-14.
Gontar N. V., Gaishun E. S., Sapozhnikova A. G. (2019) Technological innovations in the
proactive modernization strategy of a construction company (by the example of Tandem group of
companies) //IOP Conference Series: Materials Science and Engineering.
–
IOP Publishing,
–
Т
. 698.
–
№. 7. –
С
. 077035.
Kahn K.B. (2018) Understanding innovation //Business Horizons.
–
Т
. 61.
–
№. 3. –
С
. 453-460.
Mirziyoyev Sh. (2018
) O‘
zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq s
o‘
zi. 2018 yil 29 dekabr.
Redaktion T. (2000) 4th International Conference on Technology Policy and Innovation:
Curitiba, Brazil, August 28-31, 2000 //TATuP-
Zeitschrift für Technikfolgenabschätzung in Theorie
und Praxis.
–Т
. 9.
–
№. 1. –
С
. 126-126.
Samadqulov M.I. (2023) Milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish
yo’llari. I
qtisodiyot fanlari
bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan
dissertatsiya. Toshkent.
Stojanov G., Kulakov A. (ed). (2017) ICT Innovations 2016: Cognitive Functions and Next
Generation ICT Systems.
–
Springer,
–
Т
. 665.
Гонтарь, Н.В. (2019) Бизнес и государство в развитии трансграничной кластеризatsiи.
/ Н.Гонтарь. // Проблемы теории и практики управления. –
№ 1. –
С. 55–
61.
Костюченко Е.А. (2019) Теоретические и методические основы кластеризatsiи
нефтехимического комплекса Витебской области: монография. / Е.А. Костюченко, В.Л.
Клюня. –
Новополоцк: Полоц. гос. ун
-
т, –
С.3.
