ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ОСНОВНЫХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ РАЗВИТИЯ ТОРГОВЫХ УСЛУГ

Аннотация

В статье исследована региональная дифференциация факторов, влияющих на развитие торговых услуг, и внутренняя связь тенденции развития с региональными особенностями. Также при формировании системы трендовых индикаторов региональные индикаторы должны иметь тот же знак, что и общие индикаторы. Он основан на том, что приоритетные факторы могут быть оценены на основе того, что признаки тенденций позволяют изучать социально-экономические, технические и технологические закономерности развития. Состояние регионального развития торговых услуг анализировалось в определенной динамике путем сравнения показателей территориальной целостности и структуры территории.

Уровень ресурсоэффективности сети торгового обслуживания, изменения во внешнеторговой системе, изменения численности населения, социально-экономические, технологические изменения в образе жизни, уровень инновационности торговой среды и распределения капитала торговых предприятий раскрывают развитие. тенденции. оценивались как основные элементы влияния.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Махматкулов G., Сайфуллаев S., & Бобомирзаев A. (2024). ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ОСНОВНЫХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ РАЗВИТИЯ ТОРГОВЫХ УСЛУГ. Экономическое развитие и анализ, 2(4), 139–149. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45201
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье исследована региональная дифференциация факторов, влияющих на развитие торговых услуг, и внутренняя связь тенденции развития с региональными особенностями. Также при формировании системы трендовых индикаторов региональные индикаторы должны иметь тот же знак, что и общие индикаторы. Он основан на том, что приоритетные факторы могут быть оценены на основе того, что признаки тенденций позволяют изучать социально-экономические, технические и технологические закономерности развития. Состояние регионального развития торговых услуг анализировалось в определенной динамике путем сравнения показателей территориальной целостности и структуры территории.

Уровень ресурсоэффективности сети торгового обслуживания, изменения во внешнеторговой системе, изменения численности населения, социально-экономические, технологические изменения в образе жизни, уровень инновационности торговой среды и распределения капитала торговых предприятий раскрывают развитие. тенденции. оценивались как основные элементы влияния.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

139


SAVDO XIZMATLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYASI ASOSIY

KO‘RSATKICHLARINING EKONOMETRIK TAHLILI

PhD

Maxmatqulov G‘olibjon Xolmuminovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

ORCID: 0000-0003-3717-172X

Sayfullayev Sarvarbek Asadulla o‘g‘li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Bobomirzayev Asrorbek Alisher o‘g‘li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Annotatsiya.

Maqo

lada savdo xizmatlarini rivojlantirishda ta’sir etuvchi omillarning hududiy

jihatdan farqlanishi, rivojlanish tendensiyasining hududiy jihatdan o’ziga xos xususliyatlarga ega

bo’lishi bilan o‘zviy bog’liqligi tadqiq etilgan. Shuningdek, tendensiya ko‘r

satkichlari tizimini

shakllantirishda, hududiy indekatorlarning umumiy indekataorlarga mos belgisiga ega bo‘lishi

keltirilgan. Tendensiya belgilari rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik qonuniyatlarni

o‘rganish imkoniyatini berishi negizida

ustuvor omillarni baholash mumkinligi asoslangan. Savdo

xizmatlarining hududiy rivojlanish holati muayyan bir dinamikada hududiy yaxlitlik hamda tarkibiy

hudud ko‘rsatkichlari taqqoslamasida tahlil qilingan. Savdo xizmatlari ko‘rsatish tarmog’ida resurs

samar

adorlik darajasi, tashqi savdo tizimidagi o‘zgarishlar, aholi sonining o‘zgarishi, turmush

tarzidagi ijtimoiy-

iqtisodiy, texnologik o‘zgarishlar, savdo muhitining innovatsiyalashuv darajasi va

savdo korxonalarining kapital taqsimoti tendension rivojlanish qonuniyatlarini ochib berishda eng

asosiy ta’sir elementlari sifatida baholangan.

Kalit so‘zlar:

savdo xizmatlari; regression model; korrelyatsiya koeffitsiyenti; tashqi savdo;

eksport va import; savdo xizmatlarini rivojlantirish; ekonometrik model; modellashtirish; mehnat

unumdorligi ko‘rsatkichlari.

ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ОСНОВНЫХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ

РАЗВИТИЯ ТОРГОВЫХ УСЛУГ

PhD

Махматкулов Голибжан Холмуминович

Каршинский инженерно

-

экономический институт

Сайфуллаев Сарварбека

Асадулла угли

Каршинский инженерно

-

экономический институт

Бобомирзаев Асрорбека Алишер угли

Каршинский инженерно

-

экономический институт

Аннотация.

В статье исследована региональная дифференциация факторов,

влияющих на развитие торговых услуг, и внутренняя связь тенденции развития с

региональными особенностями.

Также при формировании системы трендовых

индикаторов региональные индикаторы должны иметь тот же знак, что и общие

индикаторы.

Он основан на том, что приоритетные факторы могут быть оценены на

основе того, что признаки тенденций позволяют изучать социально

-

экономические,

технические и технологические закономерности развития.

Состояние регионального

развития торговых услуг анализировалось в определенной динамике путем сравнения

показателей территориальной целостности и структуры территории.

UO

K: 519.866:(575)

IV SON - APREL, 2024

139-149


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

140

Уровень ресурсоэффективности сети торгового обслуживания, изменения во

внешнеторговой системе, изменения численности населения, социально

-

экономические,

технологические изменения в образе жизни, уровень инновационности торговой среды и

распределения капитала торговых предприятий раскрывают развитие. тенденции.

оценивались как основные элементы влияния.

Ключевые слова:

торговые услуги; регрессионная модель; коэффициент корреляции;

внешняя торговля; экспорт и импорт; развитие торговых услуг; эконометрическая модель;

моделирование; показатели производительности труда.

ECONOMETRIC ANALYSIS OF THE MAIN INDICATORS OF THE

DEVELOPMENT OF TRADE SERVICES

PhD

Makhmatkulov Golibjon Kholmuminovich

Karshi Engineering Economics Institute

Sayfullayev Sarvarbek Asadulla ugli

Karshi Engineering Economics Institute

Bobomirzayev Asrorbek Alisher ugli

Karshi Engineering Economics Institute

Annotation.

The article examines the regional differentiation of factors influencing the

development of trade services, and the internal connection of development trends with regional

characteristics. Also, when forming a system of trend indicators, regional indicators should have the
same sign as general indicators. It is based on the fact that priority factors can be assessed on the

basis that signs of trends make it possible to study socio-economic, technical and technological

patterns of development. The state of regional development of trade services was analyzed in certain

dynamics by comparing indicators of territorial integrity and territory structure. The level of
resource efficiency of the trade service network, changes in the foreign trade system, changes in

population, socio-economic, technological changes in lifestyle, the level of innovativeness of the trade

environment and the distribution of capital of trade enterprises reveal development. trends. were

assessed as the main elements of influence.

Keywords:

trading services; regression model; correlation coefficient; international trade;

export and import; development of trade services; econometric model; modeling; labor productivity

indicators.

Kirish.

Bugungi kunda savdo xizmati ko‘rsatish obyektlarining loyihasi boshqa xizmat turlarini

istisno etmagan holda aytish mumkinki, shaharsozlikni rejalashtirishning muayyan bir mezoni

darajasigacha ko‘tarildi. Bu nafaqat shahar balki barcha aholi punktlari uchu

n infratuzilmani

shakllantirishda dastlabki hisobga olinadigan jihatlardan biri bo‘lib qoldi. Ko‘pgina xorij olimlari
iqtisodiy infratuzilmaning to‘g‘ri tashkil eti

lishini bir tizim sifatida olib qaraganda uning yadrosida

aynan savdo obyektlarini ko‘rishmoqda (Хайруллина, 2015).

Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ichida eng katta ulushga ega bo‘lib turgan savdo

xizmatlari tarmog‘i mamlakatimizda o‘ziga xos rivojlanish bosqichlaridan o‘tgan. Bu jarayon
uzluksiz jarayon bo‘lib, uning borishi hududiy ko‘lamlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Mintaqa

xarakteridan kelib chiqib, uning savdo xizmatlariga ixtisoslashuv qobiliyatini bilish

umummamlakat va mintaqa miqyosida savdo xizmatlarining rivojlanish tasnifini ko‘rsata

oladigan belgilarni qiyosiy o‘rganish,

chuqur ekonometrik tahlillashni taqoza etadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

141

Adabiyotlar sharhi.

Ko‘pgina xorijiy iqtisodchi olimlari savdo xizmatlari bozorida zamonaviy marketing

tamoyillari asosida samaradorlikni oshirish modellarini, zamonaviy rivojlanish talablari asosida

ulgurji va chakana savdo korxonalarini tashkil etish va yangi texnologiyalar asosida

rivojlantirishning turli modellarini taklif etishgan bo‘lsada, bu modellar iqtisodiy

-boshqaruv,

marketing, tashkiliy xarakterdagi iqtisodiy qonuniyatlarni umumiy holda tushuntirish,

ko‘rsatkichlarning alohida holatida, bog‘liqs

iz baholash va tadqiq etish bilan cheklangan (Ohud

Almutairi et al. 2020).

Savdo xizmatlarining rivojlanish tendensiyasi, ekonometrik modellashtirish tahlili, umumiy

iqtisodiy tahlili, boshqarish, tashkil etish va optimallashtirish masalalari xorijiy olimlardan

tomonidan o‘rganilgan Keynes

(1936), Michael (2015).

Savdo xizmatlari o‘z rivojlanish tendensiyasi davomida turli ta’rif va tasniflarga ega bo‘lib,

ularning farqlanishi jamiyat ijtimoiy-

iqtisodiy hayotidagi turli o‘zgarishlar zamirida, turli ta’sirlar

ostida vujudga keldi (Abdukarimov, 2016).

O‘zbekistonlik olimlarning savdo xizmatlariga bergan

ta’riflari keng manbalarda keltirilgan bo‘lib, tadqiqotchilar ilmiy ishlarida

ulardan foydalanishadi

(Soliyev, Buzrukxonov, 2010).

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish masalalariga,

xizmatlar sohasini, jumladan, savdo xizmatlarini rivojlantirishga har tomonlama yondoshganlar

(

Гулямов и др. 1992)

. Mazkur olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari savdo xizmatlarini

rivojlantirishning kompleks muammolarini tadqiq etishning fundamental maydonini hosil

qilingan. Sohani rivojlantirishning ekonometrik tadqiqi to‘liq amalga oshirilgan (

Abdukarimov,

2011).

Rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ya

ngi yo‘nalishlar avvalo

Y.Shumpeter g‘oyasiga asoslangan innovatsion iqtisodiyot AQSH lik olim Bell

(1999) tomonidan

asoslangan postindustrial jamiyatning rivojlanish tendensiyalari tomonidan kiritilgan raqamli

iqtisodiyot dan iborat bo‘lmoqda (Шумпетер, 2

007).

Savdo tizimida xaridor psixologiyasiga ta’sir etish motivlarini tadqiq etgan ishlarida

Mokryun, Bogina va Kuflg (2019) kabi olimlar savdo tizimini optimal tashkil etish

murakkablik jihatlarini modellashtirish usullari yordamid

a sodda obyekt sifatida o‘rganish

g‘oyasini ilgari surib, xususan, modellashtirish jarayonida trend modellarining qo‘llanilish

mezonlarini zarur hodisa sifatida baholashadi.

Savdo sohasini rivojlantirish muammolari va savdo xizmatlar sifatini oshirish masalalari,

hamda savdo xizmatlarining rivojlanishning ekonometrik tahlili ilmiy ishlarida asoslangan

(

Диссертация, 2022)

. Iqtisodchi olim Karchenko (2014) mintaqaning innovatsion salohiyatga

egaligi savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirish uchun zaruriy va yetarli imkoniyatlarning

darvozasi ekanligini ta’kidlaydi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur maqolaning maqsadi savdo xizmatlarining rivojlanish tendensiyasi asosiy

ko‘rsatkichlarining ekonometrik tahlil qilish va baholashdan iborat.

Ushbu maqola mavzusini yoritishda statistik, taqqoslama, guruhlash, ekspert baholash,

tahlil va boshqa usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mintaqaning savdo xizmatlari ko‘rsatish salohiyatini uning Respublika miqyosida

olingan

muayyan ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslash yordamida aniqlash mumkin. Shunday asosiy

ko‘rsatkichlardan biri –

bu ko‘rsatilgan savdo xizmatlari hajmidir. Shuningdek, bu ko‘rsatkich

bo‘yicha hosilaviy nisbiy ko‘rsatkichlarni ham baholashga to‘g‘ri k

eladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida 2021

- yilda savdo xizmatlari hajmi

72718,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 4224,6 mlrd so‘mga teng

bo‘lib, Respublikaga nisbatan ulushi 5,81 foizni tashkil etm

oqda (1-jadval).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

142

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida savdo xizmatlari hajmi

39

Yillar

Respublikada,

mlrd so‘

mda

Viloyatda,

mlrd so‘mda

Viloyat

ulushi

(%)

Savdo xizmatlari hajmi

O‘sish

sur’ati

(%)

Savdo xizmatlari hajmi

O‘sish

sur’ati

(%)

nominal

real

40

nominal

real

2010

6620,8

6620,8

121,5

342,7

342,7

119,4

5,18

2011

8789,9

7660,3

115,7

460,7

404,4

118,0

5,24

2012

11533,6

8839,9

115,4

643,6

491,7

121,6

5,58

2013

14807,9

10068,7

113,9

863,5

576,3

117,2

5,83

2014

18979,2

11649,5

115,7

1133,8

680,6

118,1

5,97

2015

21366,9

13804,6

118,5

1309,8

803,8

118,1

6,13

2016

27368,2

16634,6

120,5

1675,8

975,8

121,4

6,12

2017

32006,9

16684,5

100,3

1925,4

977,8

100,2

6,02

2018

39743,4

17518,7

105,0

2391,2

1024,7

104,8

6,02

2019

48748,2

18815,1

107,4

2897,6

1089,3

106,3

5,94

2020

57572,7

19530,1

103,8

3446,5

1133,9

104,1

5,99

2021

72718,6

22010,4

112,7

4224,6

1249,6

110,2

5,81

Viloyat savdo xizmatlari hajmining Respublikaga nisbatan o‘rtacha ulushi so‘ngi 12 yillikda

5,84 foizni tashkil etib, bu nisbat barqaror nisbat ekanligi kuzatiladi. Shu bilan birga bu

barqarorlikning ta’minlanishi mintaqada savdo xizmatlarining iqtisodiy o‘sish tendensiyasi

tezligini oshirmaydi (

Махматкулов, 2022)

. Bu esa mintaqaning savdo xizmatlari sohasida mavjud

potensial o‘sish tendensiyasi tezligini oshirish imkoniyatiga ega yoki egamasligini tekshirishni

talab etadi. Shu sababli mi

ntaqaning savdo xizmatlari ulushining kelgusi besh yillikda o‘zgarish

tendensiyasini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun vaqt omiliga bog‘liq mazkur ko‘rsatkichning

modelini tuzamiz. Quyidagi belgilashlarni kiritamiz (Maxmatqulov, 2023):

𝑈ℎ

- Qashqadaryo viloyati savdo xizmatlari hajmining jami Respublika savdo xizmatlari

hajmiga nisbatan ulushi (foizda);

𝑇

vaqt qadami, trendni ifodalaydi (birlik).

Dastlab hisoblagan ulushning miqdoriy ma’lumotlari asosida (1

-jadvalga qarang)

strukturaviy identifikatsiyalash

masalasini еchamiz. Buning uchun eng maqbul regressiya

chizig‘ini tasvirlaymiz (1

-rasm).

1-rasm. Qashqadaryo viloyati savdo xizmatlari hajmining Respublikadagi

tarkibiy ulushining regressiya egri chizig‘i

41

39

O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif

tomonidan tuzilgan

40

2010- yil bazis yil sifatida olinib,

narxlar indeksi bo‘yicha muallif tomo

nidan hisoblab chiqilgan

41

Muallif tomonidan ishlab chiqilgan

Uh = 5,2215T

0,0642

R² = 0,73

5

5,2

5,4

5,6

5,8

6

6,2

0

2

4

6

8

10

12

14

Uh

T


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

143

1-

rasmda darajali funksiyaning grafigi ko‘rinishidagi regressiya chizig‘ining analitik ifodasi

quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.

𝑙𝑛(𝑈ℎ) = 𝑐

0

+ 𝑐

1

∗ 𝑙𝑛⁡(𝑇)

(1)

Bu yerda

с

0

, с

1

regressiya koeffitsiyentlari.

(1) ni parametrlashtirish natijada Qashqadaryo viloyati savdo xizmatlari hajmining

Respublika bo‘yicha mos ulushini ifodalovchi modelni quyidagini yozish mumkin:

𝑙𝑛(𝑈ℎ) = 1,6528

𝑡=72,71

+ 0,0642

𝑡=5,127

∗ 𝑙𝑛⁡(𝑇)

, (

𝑅

2

= 0,87

,

𝛿 = 5,48%

) (2)

Yuqoridagi modelning adekvatligiga asoslanib, Qashqadaryo viloyati savdo xizmatlari

hajmining Respublika bo‘yicha mos ulushining keyingi besh yillikdagi (2023

-2027 y.y) prognoz

qiymatlarini hisoblaymiz (2-jadval).

2-jadval

Qashqadaryo viloyati savdo xizmatlari hajm

i Respublika bo‘yicha mos ulushining

prognoz qiymatlari (2023-2027 y.y.)

42

Prognoz yillari

2023

2024

2025

2026

2027

Ulush (foizda)

6,16

6,19

6,21

6,24

6,27

Utgan yilga nisbatan farq

0,35

0,03

0,03

0,03

0,03

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki,

keyingi besh yillikda Qashqadaryo viloyati savdo

xizmatlari hajmining Respublika bo‘yicha mos ulushi o‘sish tendensiyasiga ega. 2024

- yildan

boshlab, keyingi yillarda bu ko‘rsatkich bir xil farq bilan, ya’ni 0,03 fo

izga ortib boradi. Mazkur

prognoz ko‘rsa

tkichlari mintaqada savdo xizmatlari rivojlanish tendensiyasini vujudga keltiruvchi

qonuniyatlarning kelgusida barqaror o‘sish tendensiyasini ta’minlashini asoslaydi.

Respublikada savdo xizmatlari hajmi 2021-yilda 2010- yilga nisbatan 3,32 barobarga oshgan

bo‘lsa, Qashqadaryo viloyatida esa 3,65 barobarga teng. Bu esa mintaqada savdo xizmatlari

ko‘rsatish hajmining o‘sish tendensiyasi Respublikaga nisbatan biroz yuqori ekanligini
ko‘rsatmoqda. Respublikada savdo xizmatlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 111,9

7 foizni,

Qashqadaryo viloyatida esa bu ko‘rsatkich 113,04 foizni tashkil etmoqda. Viloyatda so‘nggi 12

yilda o‘rtacha o‘sish sur’ati Respublikaga nisbatan 1,07 foizga ortiqroq ekanligini ko‘rish mumkin.

Savdo xizma

tlari ko‘rsatish hajmining Respublika va

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha o‘sish

sur’ati ko‘rsatkichlari orasida chiziqli bog‘liqlik mavjud bo‘lsin deb faraz qilaylik. U holda quyidagi

chiziqli bog‘liklik tenglamasini yozamiz:

𝑉𝑆𝑋𝑂

𝑆 = 𝑎

0

+ 𝑎

1

∗ 𝑅𝑆𝑋𝑂′𝑆

(3)

Bu yerda

𝑉𝑆𝑋𝑂′𝑆

Qashqadaryo viloyati savdo xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati;

𝑅𝑆𝑋𝑂′𝑆

O‘zbekiston Respublikasi savdo xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati;

𝑎

0

, 𝑎

1

chiziqli model

koeffitsiyentlari.

(3) ni parametrlashtirish natijada Qashqadaryo viloyati savdo xizmatlari hajmining

Respublika bo‘yicha mos ulushini ifodalovchi modelni quyidagini yozish mumkin:

𝑉𝑆𝑋𝑂

𝑆 = −4,2808

𝑡=−3,77

+ 1,04813

𝑡=10,383

∗ 𝑅𝑆𝑋𝑂′𝑆

, (

𝑅

2

= 0,92

,

𝛿 = 1,46%

) (4)

(4) ko’rinishdagi model adekvatlik shartlarini qanoatlantirsa, u holda, uning yordamida

Respublikada aholiga ko

rsatilgan savdo xizmatlari o

‘sish sur’atining 1 foizlik va birlik o‘

zgarishiga

Qashqadaryo viloyotida mazkur ko

rsatkichning mos ravishda ayni birliklar bo

yicha o

zgarishini

42

Muallif tomonidan Gretl dasturida hisoblangan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

144

baholash imkoniyati yaratiladi.

Modellashtirish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, Respublika miqyosidagi savdo xizmatlari

hajmining o‘sish sur’ati 1 foizga ortishi, viloyat savdo xizmatlari hajmining o‘sish sur’atini

1,04

foizga ortishi bilan to‘g‘ri bog‘lanmoqda. Bu esa yuqoridagi tahlil natijalarini yana bir bor

tasdiqlab, savdo xizmatlari ko‘rsatishning o‘sish tendensiyasi Respublikaga nisbatan Qashqadaryo

viloyatida nisbatan tezroq kechayotgan iqtisodiy jarayon ekanligini asoslaydi.

Mintaqada savdo xizmatlarining rivojlanish tendensiyasini kuzatish mumkin bo‘ladigan

asosiy ko‘rsatkichlardan biri –

bu aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmidir. So‘ng

gi

yillar dekadasida Respublika

hamda mintaqada bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘sish tendensiyasini

kuzatish mumkin. Aholi jon boshiga savdo xizmatlari hajmi Respublikada 2021- yilga kelib 2010-

yilga nisbatan 2,89 barobarga, Qashqadaryo viloyatida 2,86 barobarga oshgan. Shuningdek, so‘ngi

12

yilda o‘rtacha o‘sish sur’ati bu ko‘rsatkich bo‘yicha mos ravishda 110,1 foiz va 109,9 foizni

tashkil etadi. Aholi sonining o‘rtacha o‘sish foizi esa Respublikada 100,95 ga, viloyatda 102,35 ga
teng bo‘lmoqda. Agar aholi o‘sish darajasi viloyatda nisbatan

biroz yuqori ekanligini hisobga

olmaganda mazkur qiyoslangan miqdorlar deyarli teng bo‘lib, mintaqada savdo xizmatlarining

aholi turmush tarzi bilan bog‘liq umummamlakat miqyosidagi kabi dastlabki holat haqida

ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Lekin, Bu yerda

ikki jihatga e’tibor qa

ratish joizki, bulardan

birinchisi aholi sonining hamda aholi jon boshiga savdo xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati

o‘rtasidagi katta farqning mavjudligidir. Haqiqatan, Respublikada aholi sonining hamda aholi jon

boshiga savdo xizm

atlari hajmining o‘rtacha o‘sish sur’ati o‘rtasidagi farq +9,2 foizni, viloyatda esa

+7,6 foizni tashkil etadi. Demak, aholi soniga nisbatan savdo xizmatlari hajmining o‘sish

tendensiyasi yuqoriroq tezlikda sodir bo‘lmoqda (

Maxmatqulov, 2023). Bu savdo xizmatlariga

jamiyat ehtiyo

jlarining so‘nggi yillarda oldingi yillarga nisbatan muntazam ortib borayotganligini

ifodalab, tarmoqning rivojlanish dolzarbligi tabiiy zaruriyat asosida mavjudligini ko‘rsatadi

(

Jo‘rayev, 2023)

.

Ikkinchi e’tiborli jihat,

aholi jon boshiga savdo xizmatlari hajmining viloyatda Respublikaga

nisbatan ancha past ko‘rsatkichga egaligidir. 2010

-

yilda bu ko‘rsatkich mintaqada Respublikadan

91,57 ming so‘mga kam bo‘lsa, keyingi yillarda ham bu farq yiriklashib, 2021

-yilga kelib 269,56

ming so‘mga teng bo‘lmoqda. Demak, mintaqada aholiga ko‘rsatilayotgan savdo xizmatlari hajmi

Respublika bo‘yicha qaralganda diyarli bir xil o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lishi, mintaqa
aholisining mavjud ehtiyojlarini bir xil qondirish darajasini ta’minlab berolmaydi, ya’ni mintaqada

s

avdo xizmatlarini rivojlantirish umumrespublikaga nisbatan ham dolzarbroq bo‘lib chiqmoqda.

Bu juda ahamiyatli jihat bo‘lib, mintaqada savdo xizmatlari hajmi, aholi sonining o‘sish darajasi,

hamda mintaqada aholi jon boshiga savdo xizmatlari hajmining Respublikaga nisbatan farqi

o‘rtasidagi bog‘liqlik modelini qurish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Belgilashlar kiritamiz:

𝑀𝑅𝐹

- mintaqada aholi jon boshiga savdo xizmatlari hajmining

Respublikaga nisbatan farqi (ming so‘m)

;

𝑀𝑆𝑋𝐻

mintaqada ko‘rsatilgan savdo xizmatlari hajmi

(mlrd so‘m);

𝐴𝑆𝑂′𝑆

mintaqada aholi sonining o‘sish sur’ati (foiz). Bu belgilarning 1

- va 5-

jadvallarda keltirilgan real qiymatlari bo‘yicha o‘zaro korrelyatsion zichligini tekshiramiz

(3-jadval).

3-jadval

Korrelyatsiya koeffitsiyentlarining qiymatlari

43

MRF

MSXH

ASO’S

MRF

1

MSXH

-0,9938129

1

ASO’S

0,76249350

-0,5906929

1

Yuqoridagi

jadval ma’lumotlariga tayanidigan bo‘lsak, u holda mintaqada aholi jon boshiga

43

Eviews10 dasturida muallif tomonidan hisoblangan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

145

savdo xizmatlari hajmining Respublikaga nisbatan farqi bilan mintaqada ko‘rsatilgan savdo
xizmatlari hajmi o‘rtasida juda kuchli teskari bog‘liqlik (

-0,99) mavjudligi, shuningdek, mintaqa

aholisi sonining o‘sishiga to‘g‘ri bog‘langan hamda, yеtarli korrelyatsion zichlikka ega (0,76)

ekanligi kelib chiqadi. Haqiqatan, oson ko‘rish mumkinki, mintaqada ko‘rsatilgan savdo xizmatlari

hajmining kamayishi, aholi sonining o‘s

ishi mavjud farqning ortishiga olib keladi yoki aksinchasi

o‘rinli.

Bu belgilar orasida

MRF

ni endogen sifatida olib chiziqli bog‘liqlik mavjud deb faraz qilamiz.

U holda quyidagi parametrik aniqlanmagan ekonometrik modelga ega bo‘lamiz, ya’ni

,

𝑀𝑅𝐹 = 𝐴

0

+ 𝐴

1

∗ 𝑀𝑆𝑋𝐻 + 𝐴

2

∗ 𝐴𝑆𝑂′𝑆

(5)

Bu yerda

𝐴

𝑗

⁡(𝑗 = 0,1,2)

model parametrlari. Modelni parametrlashtirish natijasida

quyidagi matematik tavsifi kelib chiqadi

𝑀𝑅𝐹 = −929,9

𝑡=−2,68

+ 00,22

𝑡=28,07

∗ 𝑀𝑆𝑋𝐻−9,09

𝑡=−2,71

∗ 𝐴𝑆𝑂′𝑆

, (

𝑅

2

= 0,99

,

𝛿 = 1,17%

) (6)

(2.5) modelning elastiklik koeffitsiyentlari MSXH bo‘yicha

-

0,995 ga, ASO’S bo‘yicha esa

+5,16 ga teng.

Modellashtirish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, mintaqada ko‘rsatilgan savdo xizmatlari

hajmining 1 foizga oshishi mintaqada aholi jon boshiga savdo xizmatlari hajmining Respublikaga

nisbatan farqini 0,995 foizga kamayishiga, mintaqada aholi sonining 1 foizga o‘sishi esa bu

farqning 5,16 foizga oshishiga olib keladi. Bundan aholi sonining o‘zga

rishi farqni yuzaga

keltiruvchi asosiy omillardan biri ekanligi kelib chiqmoqda. Yuqorida tahlil natijalari asosida

Qashqadaryo viloyati aholisining o‘sish darajasi Respublikaga qiyoslaganda nisbatan biroz yuqori
ekanligini ta’kidlagan edik. Modellashtiris

h natijalari shu

“biroz yuqori” darajaning aslida katta

ta’sirga ega ekanligini asoslab turibdi. Tadqiqotimiz natijalari asosida aniqlangan bu ilmiy fakt

ayni iqtisodiy qonuniyatlar, ya’ni 0,03 foiz farqlik iqtisodiy o‘sish ta’siri (1 foizga 1,03 foiz)

mintaqada jon boshi

ga to‘g‘ri keluvchi savdo xizmatlari hajmining balans ko‘rsatkichiga erishi

uchun yеtarli bo‘lmasligini anglatadi.

Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida tashqi savdoning o‘ziga xos o‘rni bor. Tashqi savdo

ko‘rsatkichlari makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar sifatida

e’tirof etiladi. Shu sababli mamlakatning

rivojlanish darajasini baholashda ham asosiy ahamiyatga ega. Shunday ko‘rsatkichlardan biri

shubhasiz

bu tashqi savdo balansidir. Mintaqaning tashqi savdo balansi (saldo) so‘ng

gi yillarda

salbiy saldo holatida b

o‘lib turibdi. Quyida so‘ng

g

i 12 yildagi saldoning o‘zgarish tendensiya grafigi

keltirilgan (2-rasm).

2-

rasm. Qashqadaryo viloyati tashqi savdo balansining o‘zgarish tendensiyasi

44

44

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlangan

-400000

-300000

-200000

-100000

0

100000

200000

300000

400000

2009

2011

2013

2015

2017

2019

2021


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

146

Saldo chizig‘ida tebranishlar kuzatiladi. 2010

-yilda saldo 206986,8 ming dollarga teng

bo‘lgan bo‘lsa, 2015

- yilda -198354,4 ming dollarga, 2021-yilda esa -120972,9 ming dollarni

tashkil etgan. Bu tebranishlarning asosiy sababi tashqi savdo aylanmasida eksport va import

hajmining, yoki faqat birining jiddiy

o‘zgarishida bo‘lishi mumkin. Buni aniqlash maqsadida so‘ngi

12 yillik o‘zgarish tendensiyani ko‘rib chiqilganda, eksport hajmi 2011

-yildan keyingi davrda

import hajmidan yuqori bo‘lmagan. Aniq darajasini bilish uchun eksport hajmining import

hajmiga nisbatini keltiramiz (4-jadval).

4-jadval

Tashqi savdo eksporti va importining nisbiy qiymatlari

45

Yillar

2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021

Nisbat

2,39

3,90

0,84

0,78

0,96

0,58

0,46

0,61

0,55

0,80

0,56

0,69

Jadval

ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, mintaqada salbiy saldo ko‘rsatkichi saqlanib

qolmoqda, bunga eksport hajmining nisbatan sekin pasayishi, import hajmining nisbatan tez

o‘sishi bilan xarakterlanuvchi o‘zgarmas tebranishlar sabab bo‘lmoqda.

Mintaqada savdo xizmatlarining rivojlanish tendensiyasida mehnat resurslarining soni

alohida ahamiyat kasb etadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2021

-yilda ish bilan band aholi soni

Respublikada 13538,9 ming nafarni, Qashqadaryo viloyatida esa 1202,5 ming nafarni tashkil

etadi. Respublikada savdo xizmatlari faoliyati bilan bandlar soni 2021- yilda 2010-yilga nisbatan

1,24 barobarga, viloyatda 1,48 barobarga oshganligi kuzatiladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mintaqada
savdo tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan aholi Respublikaga nis

batan ancha yuqori ekanligini

ko‘rish

imiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida savdo tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan aholi sonining o‘rtacha

o‘sish sur’ati 102,1 foizga, mintaqada 103,6 foizga teng. Savdo sohasida bandlar sonining jami ish

bilan band aholi sonidagi ulushi mintaqada Respublikag

a nisbatan barqaror o‘sish tendensiyasiga

ega. Mintaqada bu ko‘rsatkich 2010

-

yilda 10,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021

-yilga kelib 12,9

foizga, ya’ni 2,1 foizga oshgan. Respublikada esa bu farq 0,8 foizga teng. Yill

ar kesimida ulushlar

farqining qiymatlanishi ham mintaqada ijobiy holatda. 2010 yilda ulushlar farqi 0,2 ga teng

bo‘lgan bo‘lsa, 2021

- yilga kelib 1,5 ni tashkil etmoqda.

3-

rasm. O‘zbekiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati bo

yicha savdo xizmatlari

tarmog‘idagi mehnat unumdorlik ko‘rsatkichi (mln. so‘m)

45

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida mualli

f tomonidan tuzilgan

5,

36

6,

03

6,

77

7,

50

8,

45

9,76

11,

45

11,

27

12,

50

13,

10

13,

90

13,

76

3,

27

3,

70

4,

35

4,

84

5,

43

5,

91

7,

00

6,

75

6,

87

8,

27

7,

75

8,

06

2 0 1 0

2 0 1 1

2 0 1 2

2 0 1 3

2 0 1 4

2 0 1 5

2 0 1 6

2 0 1 7

2 0 1 8

2 0 1 9

2 0 2 0

2 0 2 1

O'zbekiston Respublikasi

Qashqadaryo viloyati


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

147

Yuqorida ta’kidlangan natijaviy ustuvorlikning iqtisodiy ustuvorlik sifatida tavsiflashimiz

uchun mehnat resurslarining samaradorligini ko‘rib chiqamiz. Bu bo‘yicha birlik ishchi kuchiga

mo

s keluvchi ko‘rsatilgan savdo xizmatlari hajmin

ing real qiymatlaridan foydalanamiz

(3-rasm).

Ko‘rish mumkinki, Respublika va mintaqada savdo xizmati faoliyati bilan bandlar soni oxirgi

12 yillikda o‘sish tendensiyasiga ega. 2010

- yilda Respublikada ishchi kuchi samaradorligi 5,36

mln so‘m, viloyatda 3,27 mln so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2021

-

yilga kelib bu ko‘rsatkichlar mos

ravishda 13,76 mln so‘m hamda 8,06 mln so‘mni tashkil qilgan. Respublikada mehnat unumdorligi

so‘ng

gi yillar dekadasida 2,57 barobarga, mintaqada esa 2,47 barobarga oshgan. Ishchi kuchi

samaradorligining 2010-2021-

yillar davomida o‘rtacha o‘sish sur’ati Respublikada 109,2 foizni,

Qashqadaryo viloyatida 109,9 foizni tashkil etadi.

Mehnat unumdorligidagi oshish qiymatlari deyarli bir-biri

ga yaqin bo‘lsada, Respublikaga

nisbatan viloya

tda ishchi kuchi samaradorlik ko‘rsatkichi ancha past bo‘lib, sezilarli farqqa ega

(2.10-jadval). 2010-

yilda mavjud farq 2,09 mln so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2021

-yilda 5,7 mln

so‘mni tashkil etgan. Aniqlik uchun mintaqada bu ko‘rsatkich qiymati 2010 yild

a 1,64 barobarga

2021-

yilda 1,71 barobarga kamligini ko‘rishimiz mumkin.

5-jadval

O‘zbekiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida savdo xizmatlari ko‘rsatishda

mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari (mln so‘md

a)

Yillar

O‘zbekiston Respublikasida

Qashqadaryo viloyatida

Farq

(3-3)

1

2

3

1

2

3

2010

6620,8

1235,6

5,36

342,7

104,93

3,27

-2,09

2011

7660,3

1269,8

6,03

404,4

109,40

3,70

-2,34

2012

8839,9

1305,6

6,77

491,7

112,99

4,35

-2,42

2013

10068,7

1342,0

7,50

576,3

119,03

4,84

-2,66

2014

11649,5

1378,3

8,45

680,6

125,26

5,43

-3,02

2015

13804,6

1413,8

9,76

803,8

136,12

5,91

-3,86

2016

16634,6

1452,4

11,45

975,8

139,35

7,00

-4,45

2017

16684,5

1480,2

11,27

977,8

144,94

6,75

-4,53

2018

17518,7

1401,8

12,50

1024,7

149,08

6,87

-5,62

2019

18815,1

1436,4

13,10

1089,3

131,77

8,27

-4,83

2020

19530,1

1405,4

13,90

1133,9

146,37

7,75

-6,15

2021

21151,1

1537,2

13,76

1249,6

155,13

8,06

-5,70

Bu y

еrda: 1

-

savdo xizmatalari hajmining real qiymati (mlrd. so‘m), 2

- savdo xizmatlari

faoliyati bilan bandlar soni (ming kishi), 3-

birlik savdo xodimiga to‘g‘ri keluvchi savdo xizmatlari

hajmi (mln.so‘m).

Xulosa va takliflar.

Bunday katta farqning yuzaga kelishi hududning ijtimoiy-iqtisodiy, geografik, demografik,

ekologik, ixtisoslashuv kabi xususiyatlaridan kelib chiqishi mumkinligi ilmiy manbalardan bizga

ma’lum. Bularni inkor etmagan holda, bizningcha mazkur iqtisodiy holat internet bozorlarning

rivojlan

ishi, mintaqada savdo xizmatlarini innovatsion rivojlanish salohiyatidan yеtarlicha

foydalanilmayotganligida deb hisoblaymiz.

Haqiqatan, bugungi kunda aholi o‘rtasida axborot almashinuv tezligi va manbalari shiddat

bilan o‘sib bormoqda. Hozirgi

mavjud savdo brendlari, internet magazinlari, ulgurji savdo

obyektlarining katta ulushi mintaqaga tegishli emas. Bu esa savdo xizmatlari hajmining o‘sishiga

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatib turadi

Respublika miqyosidagi savdo xizmatlari tarkibida Qashqadaryo viloyatida savdo xizmatlari

hajmining ulushi, mintaqaning hozirgi iqtisodiy salohiyati ta’sirida bir xil farq bilan, ya’ni 0,03


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

148

foizga ortib borishi ta’minlansada, o‘sish tezligi o‘zaro nisbatda 1,04 barobarga teng bo‘lib, bu
o‘zgarmas holatga yaqin ko‘rsatki

chdir. Bu esa mintaqada, nafaqat, mavjud potensialdan

foydalanish samaradorligini oshirish, balki o‘sish tendetsiyasini tezlashtiruvchi innovatsion

manbalarni aniqlash, iqtisodiy jarayonda yangi rivojlanish omillarining ishtirokini ta’minlashni

taqoza etadi.

Mintaqada salbiy saldo kuzatilishiga eksport hajmining kamayishi, import hajmining o‘sishi

bilan xarakterlanuvchi o‘zgarmas tebranishlar sabab bo‘lmoqda. Tashqi savdo eksport hajmini

oshirish talab etiladi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Abdukarimov B.A. va boshqalar. (2016)

Savdo iqtisodiyoti muammolari. O‘quv qo‘llanma.

-T.:

Iqtisod-moliya,

504 b.

Abdukarimov F.B. (2011) Savdoda bozor mexanizmini takomillashtirish va samaradorligini

oshirish yo‘llari (S

amarqand viloyati misolida). Iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish

uchun yozilgan dissertasiya. Samarqand: SamISI, - 156 b;

Jo‘rayev Farrux Do‘stmirzayevich. (2023). A MODEL APPROACH TO LONG

-TERM

FORECASTING OF ELECTRICITY SUPPLY. Journal of Integrated Education and Research, 2(10), 41

45. Retrieved from https://ojs.rmasav.com/index.php/ojs/article/view/1350

Keynes J.M. (1936) The General Theory of Employment, Interest, and Money. Harcourt Brace

Jovanovich, New York, p.96.

Kharchenko E. et al. (2014) Innovative Potential of Russian Regions: Methodological Aspects of

Analysis and Development Trends. Procedia Economics and Finance 14 313

319.

Maxmatqulov , G. X. (2023). “KOMPYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI” FANIDAN AMALIY VA

LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI O‘QITISH

DA VIRTUAL CISCO PACKET TRACER DASTURIDAN

FOYDALANISH. Educational Research in Universal Sciences, 2(15 SPECIAL), 483

486. Retrieved from

http://erus.uz/index.php/er/article/view/4766

Maxmatqulov, G. O. (2022). A COMPLEX SYSTEMIC ISSUE OF THE DEVELOPMENT OF THE

NETWORK OF TRADE SERVICES. Development and innovations in science, 1(16), 10-13.

Maxmatqulov, G. X. (2023). SAVDO XIZMATLARI TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH

MASALALARIGA TIZIMLI YONDOSHUV. Educational Research in Universal Sciences, 2(10), 175

182.

Retrieved from

http://erus.uz/index.php/er/article/view/4170

Maxmatqulov, G.X. (2023). SAVDO XIZMATLARINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING

ZAMONAVIY USLUBIY YONDOSHUVLARI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9),

378

386. Retrieved from

https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1312

Michael H.A. (2015) Trade Network Theory. Hannover Economic Papers (HEP) No. 553.

February. P.-39.

Ohud Almutairi et al. (2020) Performance Modelling of the Impact of Cyber Attacks on a Web-

based Sales System. Electronic Notes in Theoretical Computer Science. Volume 353, 1 November ,

Pages 5-20 //

https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1571066120300712

Osnat Mokryna, Veronika Boginab, Tsvi Kuflik. (2019) Will this session end with a purchase?

Inferring current purchase intent of anonymous visitors. Electronic Commerce Research and A

pplications. №34. 100836.

Rahimov Abdihakim Muhammadiyevich. (2021). RESIDENCE AND CATERING SERVICES TO

THE POPULATION THE IMPORTANCE OF ECONOMETRIC MODELING IN REGULATORY

ASSESSMENT OF CONSUMER REQUIREMENTS TO IMPROVE DISPLAY QUALITY. Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1043

1048. Retrieved from

https://www.giirj.com/index.php/giirj/article/view/859

Soliyev A., Buzrukxonov S. (2010) Marketing. Bozorshunoslik.Darslik.

T.: “Iqtisod

-

moliya”,

-

294 b

Белл Д. (1999) Грядущее постиндустриальное общество. Опыт социального

прогнозирования. –М.: Academia,

-

956 с.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

149

Гулямов С.С. и др. (1992) Системный анализ эффективности производства в рыночных

условиях. –

Т.: “Mexnat”.

Диссертация

(2022) Развитие услуг розничных торговых сетей: теория, методология,

практика

.

Диссертация на соискание ученой степени доктора экономических наук

.

Красноярск.

Махматкулов, Ғ. (2022). АҲОЛИГА САВДО ХИЗМАТЛАРИНИ ИННОВАЦИОН

РИВОЖЛАНТИРИШ САЛОҲИЯТИНИ БАҲОЛАШДА ТРЕНД МОДЕЛЛАРИНИ ТАНЛАШ

МЕЗОНЛАРИ (ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ МИСОЛИДА). Iqtisodiyot Va taʼlim, 23(4), 381–

386.

https://doi.org/10.55439/ECED/vol23_iss4/a610

Махматқулов

,

Ғ

. (2023).

САВДО КОРХОНАЛАРИНИНГ ИННОВАЦИОН ФАОЛИЯТИНИ

ЭКОНОМЕТРИК

МОДЕЛЛАШТИРИШ.

Iqtisodiyot

Va

ta

ʼ

lim,

24(6),

33

38.

https://doi.org/10.55439/ECED/vol24_iss6/%x

Хайруллина Н.А. (2015) Эконометрическое моделирование и нейро сетевые

инструменты для

принятия управленческих решений в планировании городской застройки

(на примере торговых центров). Автореферат диссерт

atsi

и на соискание ученой степени

кандидата филологических наук. Редакционно

-

издательский центр Башкирского

государственного университета., 450074, РБ, г. Уфа, 23 стр.

Шумпетер Й.А. (2007) Теория экономического развития. Капитализм, социализм и

демократия. –М.: Эксмо,

-

862 с.

Библиографические ссылки

Abdukarimov B.A. va boshqalar. (2016) Savdo iqtisodiyoti muammolari. O‘quv qo‘llanma.-T.: Iqtisod-moliya, – 504 b.

Abdukarimov F.B. (2011) Savdoda bozor mexanizmini takomillashtirish va samaradorligini oshirish yo‘llari (Samarqand viloyati misolida). Iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. Samarqand: SamISI, - 156 b;

Jo‘rayev Farrux Do‘stmirzayevich. (2023). A MODEL APPROACH TO LONG-TERM FORECASTING OF ELECTRICITY SUPPLY. Journal of Integrated Education and Research, 2(10), 41–45. Retrieved from https://ojs.rmasav.com/index.php/ojs/article/view/1350

Keynes J.M. (1936) The General Theory of Employment, Interest, and Money. Harcourt Brace Jovanovich, New York, p.96.

Kharchenko E. et al. (2014) Innovative Potential of Russian Regions: Methodological Aspects of Analysis and Development Trends. Procedia Economics and Finance 14 313 – 319.

Maxmatqulov , G. X. (2023). “KOMPYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI” FANIDAN AMALIY VA LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI O‘QITISHDA VIRTUAL CISCO PACKET TRACER DASTURIDAN FOYDALANISH. Educational Research in Universal Sciences, 2(15 SPECIAL), 483–486. Retrieved from http://erus.uz/index.php/er/article/view/4766

Maxmatqulov, G. O. (2022). A COMPLEX SYSTEMIC ISSUE OF THE DEVELOPMENT OF THE NETWORK OF TRADE SERVICES. Development and innovations in science, 1(16), 10-13.

Maxmatqulov, G. X. (2023). SAVDO XIZMATLARI TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH MASALALARIGA TIZIMLI YONDOSHUV. Educational Research in Universal Sciences, 2(10), 175–182. Retrieved from http://erus.uz/index.php/er/article/view/4170

Maxmatqulov, G.X. (2023). SAVDO XIZMATLARINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY USLUBIY YONDOSHUVLARI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 378–386. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1312

Michael H.A. (2015) Trade Network Theory. Hannover Economic Papers (HEP) No. 553. February. P.-39.

Ohud Almutairi et al. (2020) Performance Modelling of the Impact of Cyber Attacks on a Web-based Sales System. Electronic Notes in Theoretical Computer Science. Volume 353, 1 November , Pages 5-20 // https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1571066120300712

Osnat Mokryna, Veronika Boginab, Tsvi Kuflik. (2019) Will this session end with a purchase? Inferring current purchase intent of anonymous visitors. Electronic Commerce Research and A pplications. №34. 100836.

Rahimov Abdihakim Muhammadiyevich. (2021). RESIDENCE AND CATERING SERVICES TO THE POPULATION THE IMPORTANCE OF ECONOMETRIC MODELING IN REGULATORY ASSESSMENT OF CONSUMER REQUIREMENTS TO IMPROVE DISPLAY QUALITY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1043–1048. Retrieved from https://www.giirj.com/index.php/giirj/article/view/859

Soliyev A., Buzrukxonov S. (2010) Marketing. Bozorshunoslik.Darslik. – T.: “Iqtisod-moliya”, - 294 b

Белл Д. (1999) Грядущее постиндустриальное общество. Опыт социального прогнозирования. –М.: Academia, - 956 с.

Гулямов С.С. и др. (1992) Системный анализ эффективности производства в рыночных условиях. – Т.: “Mexnat”.

Диссертация (2022) Развитие услуг розничных торговых сетей: теория, методология, практика. Диссертация на соискание ученой степени доктора экономических наук. Красноярск.

Махматкулов, Ғ. (2022). АҲОЛИГА САВДО ХИЗМАТЛАРИНИ ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНТИРИШ САЛОҲИЯТИНИ БАҲОЛАШДА ТРЕНД МОДЕЛЛАРИНИ ТАНЛАШ МЕЗОНЛАРИ (ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ МИСОЛИДА). Iqtisodiyot Va taʼlim, 23(4), 381–386. https://doi.org/10.55439/ECED/vol23_iss4/a610

Махматқулов, Ғ. (2023). САВДО КОРХОНАЛАРИНИНГ ИННОВАЦИОН ФАОЛИЯТИНИ ЭКОНОМЕТРИК МОДЕЛЛАШТИРИШ. Iqtisodiyot Va taʼlim, 24(6), 33–38. https://doi.org/10.55439/ECED/vol24_iss6/%x

Хайруллина Н.А. (2015) Эконометрическое моделирование и нейро сетевые инструменты для принятия управленческих решений в планировании городской застройки (на примере торговых центров). Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени кандидата филологических наук. Редакционно-издательский центр Башкирского государственного университета., 450074, РБ, г. Уфа, 23 стр.

Шумпетер Й.А. (2007) Теория экономического развития. Капитализм, социализм и демократия. –М.: Эксмо, - 862 с.