O‘ZBEKISTONDA KAMBAG’ALLIKNI KAMAYTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY HOLATLARINI BAHOLASH – DAVLAT SIYOSATI DARAJASIDA

Annotasiya

Mazkur maqolada kambag’allik, uning yuzaga kelish sabablari, kambag’allik darajasini aniqlash va O‘zbekiston hukumatiga aholining kambag‘al va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, shuningdek, iqtisodiy islohotlar natijasida vaqtincha zarar ko‘rganlarni himoya qilish uchun davlat ijtimoiy qo‘llab quvvatlash yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xudoyberdiyev, J. (2024). O‘ZBEKISTONDA KAMBAG’ALLIKNI KAMAYTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY HOLATLARINI BAHOLASH – DAVLAT SIYOSATI DARAJASIDA. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(3), 176–186. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45149
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada kambag’allik, uning yuzaga kelish sabablari, kambag’allik darajasini aniqlash va O‘zbekiston hukumatiga aholining kambag‘al va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, shuningdek, iqtisodiy islohotlar natijasida vaqtincha zarar ko‘rganlarni himoya qilish uchun davlat ijtimoiy qo‘llab quvvatlash yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar berilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

176


O‘ZBEKISTONDA KAMBAG’ALLIKNI

KAMAYTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY

HOLATLARINI BAHOLASH

DAVLAT SIYOSATI DARAJASIDA

Xudoyberdiyev Jamshid

“Sambhram”

universiteti

ORCID:

0009-0005-2754-8556

Annotatsiya.

Mazkur maqolada kambag’allik, uning yuzaga kelish sabablari, kambag’allik

darajasi

ni aniqlash va O‘zbekiston hukumatiga aholining kambag‘al va ijtimoiy himoyaga muhtoj

qatlamlarini, shuningdek, iqtisodiy islohotlar natijasida vaqtincha zarar ko‘rganlarni himoya

qilish uchun davlat ijtimoiy qo‘llab quvvatlash yuzasidan ilmiy taklif va ta

vsiyalar berilgan.

Kalit so’zlar:

kam

bag’allik, qashshoqlik, ishsizlik, aholi daromadlari, ijtimoiy siyosat,

kambag’allik chegarasi, tadbirkorlik, kredit, nafaqalar.

ОЦЕНКА СОЦИАЛЬНО

-

ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЙ СНИЖЕНИЯ БЕДНОСТИ В

УЗБЕКИСТАНЕ –

НА УРОВНЕ ГОСУДАРСТВЕННОЙ ПОЛИТИКИ

Худойбердиева Джамшид

Университет «Самбрам»

Аннотация

.

В этой статье даны научные рекомендации и рекомендации

правительству Узбекистана по определению бедности, причин ее возникновения и

оказанию государственной социальной поддержки бедным и социально уязвимым слоям
населения, а также временно пострадавшим от экономических реформ.

Ключевые слова:

бедность, нищета, безработица, доходы населения, социальная

политика, черта бедности, предпринимательство, кредит, льготы.

ASSESSMENT OF SOCIO-ECONOMIC CONDITIONS OF POVERTY REDUCTION

IN UZBEKISTAN

AT THE LEVEL OF STATE POLICY

Khudoyberdiyev Jamshid

"Sambhram" University

Abstract.

This article provides scientific recommendations and recommendations to the

government of Uzbekistan on determining poverty, the causes of its occurrence and providing
state social support to the poor and socially vulnerable segments of the population, as well as

temporarily affected by economic reforms.

Keywords:

poverty, unemployment, population income, social policy, poverty line,

entrepreneurship, credit, benefits.

UO‘K:

33.330

III SON - MART, 2024

176-186


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

177

Kirish.

Hozirgi davrda

kambag’allik va qashshoqlik

- bu murakkab, ko'p qirrali va "tasviriy"

global muammo hisoblanadi. Bevosita kambag’allik va qashshoqlik terminlari o’zaro

farqlanishi

ga keladigan bo’lsak, hozirda jahon bo’ylab kambag’allik yoki qashshoqlik

tushunchalarining u

mumiy qabul qilingan hamda yagona kelishilgan ta’rif ishlab chiqilmagan.

Har bir mamlakat o’zi uchun belgilangan kambag’allik mezonidan kelib chiqib tavsiflaydi.

Qashshoqlik

insonning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan daromad va resurslar

yetishmasligi, bundan tashqari, ochlik va to’yib ovqatlanmaslik, sog’liqni saqlash, ta’lim yoki

boshqa asosiy xizmatlaridan foydalanishda cheklovlarning mavjudligi, turar joy

ning yo’qligi,

xavfli tabiiy va texnogen muhitda hamda ijtimoiy tengsizlik sharoitida yashashiga nisbatan

aytiladi.

Kambag’allik esa insonning hayoti davomida tanlov va imkoniyatlarga ega bo’lmasligi,

jamiyatda to’laqonli ishtirok etish uchun to’siqlarnin

g mavjudligi, bundan tashqari, oilasini

boqishi va kiyintirishi, ta’lim olishi yoki

kasalxonada davolanishi, biror sohada faoliyat yuritishi

yoki daromad olishga imkon beradigan mehnat bilan ta’minlash imkoniyatlari yetishmasligi

hamda kredit olish imkoniya

tining cheklanganligida namoyon bo’ladi. Shuningdek,

kambag’allik –

bu insonlar, u

y xo’jaliklari va jamoalarining ijtimoiy jihatdan chegaralanganligi,

xavf-xatarlar oldida chorasizligi hamda nochorligi sanaladi.

O’zbekistonda ilk bor kambag’allik masalas

i 2020-yilning 24-

yanvarda O’zbekiston

Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga mu

rojaatnomasida ko’tarilib, mazkur mavzu

ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy kun tartibiga olib chiqildi. Bu borada, Davlatimiz rahbari

shunday o’ziga xos yondashuvni ilgar

i

surdiki, unga ko’ra “Kambag’allikni kamaytirish oylik

yoki nafaqa miqdorini ko’pa

ytirish, yoppasiga kredit berish, degani emas. Buning uchun, eng

avvalo, aholini kasbga o’qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik

hissini uyg’otish

,

infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o’qitish, sifatli davolanish, manzilli

n

afaqa to’lash tizimini joriy qilish kerak”

(Mirziyoyev, 2020).

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ko’rsatmalari va tashabbusiga binoan,

kambag’allikni qisqartir

ishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani

inobatga ol

gan holda kambag’allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubi, ijtimoiy

ta’minotning minimal standartlari va me’yoriy asoslarini puxta ishlab chiqish maqsadida

Iqti

sodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishi esa

aynan ushbu

vazifalarni ijrosini tizimli ta’minlashda amaliy qadamgina bo’lib qolmasdan, yurtimizda

kambag’allikni qisqartirish borasida tarixiy institutsional islohotlar a

malga oshirilayotganining

yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinin

g 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son

farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston

Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va

bandlik vazirligi deb qayta tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni

qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatini samarali

muvofiqlashtirish maqsadida hududiy boshqarmalar va tasarrufidagi tashkilotlar shu

jumladan, Kambag’allikni qisqartir

ish va mehnat masalalari ilmiy tadqiqot instituti, Bandlikka

ko’maklashish markazi,

Oila va xotin-

qizlar instituti, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, “Ishga

marhamat” monomarkazlari, Kasb

-

hunarga o’qitish markazlari, Mahallabay ishlash va

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Kambag’allik kamaytirishda dunyo bo’yicha

Xitoy tajribasi namuna sifatida olindi. Lekin

Kambag‘allikni qisqartirish borasida bir mamlakat tajribasini boshqa mamlakatda aynan

qo‘llash imkoniyati, ya’ni yagona formul

a

ning mavjud emasligi O‘zbekistonda ham xalqaro

tajribani inobatga olgan holda, aho

lining ehtiyojmand qismini qo‘llab

-

quvvatlashning o‘ziga xos

tizimini yaratishni taqozo etdi.

Albatta, yuqorida qayd etilganidek, global miqyosida dunyo manbalarining bosh

m

avzusiga aylanayotgan muammolardan biri bo’lgan kambag’allikni qisqartirishning to’g’ri va

eng samarali usul iqtisodiyotda band aholi sonini oshirish, ularga munosib va mehnat

unumdorligi bo’lgan to’liq ish bilan band bo’lishini ta’minlash, qishloq joylar

ida tadbirkorlik


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

178

uchun shart-

sharoitlarni yaratishdan iborat. Kambag’allikni yuzaga

keltiradigan bosh omil

ishsizlik darajasining yuqoriligi, ishchi kuchi qatlamining bugungi zamon talabi darajasiga mos

emasligi, inson kapitali qiymatining mehnat umumdorligi nuqtai-nazaridan orqada

qolayotganligida, deb baholash mumkin. Kambagʻallikni kamaytirishda mehnatga toʻlanadigan

ish haqqini bozor konyunkturasidagi narxlar oʻsishiga muvofiq oshirib borishga eʼtibor
qaratish lozim. Hozirgi kunda mehnatga toʻlanadigan

ish haqi xodimning ehtiyojlarini

qondirishga boʻlgan funksiyasini bajarmay kelmoqda. Bu oʻz navbatida mamlakat uchun zarur

boʻlgan ishchi kuchi bilan taʼminlash, ishchilarni samarali ishlashga ragʻbatlantirish, aholini

isteʼmol qobiliyatini oshirish va meh

n

at bozorini rivojlantirishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Kambag’allik, uni aniqlash va qisqartirish bilan bog’liq masalalar bir qator mahalliy va

xorijiy iqtisodchi olimlar, tadqiqotchi va amaliyotchilar tomonidan tegishlicha o’rganil

gan.

Xususan, O’zbekistonlik iqtisodchi olimlar va tadqiqotchilar qatorida Abdu

rahmonov

(

2014

), Jumanova (2008), Ibragimova (2023), Muhitdinova (

2023)

, Xashimov

(2021)

va

boshqalarning ilmiy izlanishlarida kambag’allikka oid masalalar alohida muammo sifati

da

chuqur o’rganishga harakat qilingan.

Aholi daromadi tengsizligi va kambag’allik bilan iqtisodiy o’sish o’rtasidagi bog’liqlik

bo’yicha D.Rikardo, R.Solou, A.Sen, A.Didont kabi ko’plab mumtoz neoklassik iqtisodchilar va

Nobel mukofoti laureatlari nazariy

va empirik tadqiqotlar o’tkazgan bo’lib, ularda yalpi ichki

iste’mol, texnologik rivojlanish, mehnat unumdorligi, aholi salomatligi, soliq bazasi va boshqa

shu kabi o

millar tahlili asosida, kambag’allik kam bo’lgan jamiyatlarda, iqtisodiy o’sish

sur’atla

r

i yuqoriroq bo’lishini nazariy isbotlashgan [15,27,33,34].

Rossiya va boshqa MDH davlatlari iqtisodchi olimlar va tadqiqotchilar kambag’allik

qisqartirish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borildi va o’zlarini fikr

-mulohazalar berildi. Masalan:

Bir qator olimlarning fikricha, Maxalina (2022)

, “Ijtimoiy davlat har doim odamlarga yordam

ko'rsatish uchun javobgardir. Zamonaviy ijtimoiy davlatda fuqarolarga kambag’allik va

qa

shshoqlikdan chiqish imkoniyatlari va qutulish yo’llarini ta’minlash kerak va bu ijtimoi

y

norma hisoblanadi ”

(Maxalina, 2022).

Shunday qilib, Bezverxi

(2020)

ijtimoiy holatlarni o'rganar ekan, "Ijtimoiy

munosabatlarning umumiy insonparvarlik xalqaro hamjamiyatning Markaziy va Sharqiy

Afrikaning o'ta qashshoqligi uchun javobgarlikni his qilishiga yordam beradi. Bundan tashqari,

faravon hayot kechirayotganlar alohida mas'uliyatni his qiladilar ", deb ta'kidlaydi (Bezverxiy,

2020).

Qashshoqlikni bartaraf etishga qaratilgan siyosiy yondashuvlar jamiyat va davlatda

qashshoqlikning sabablari qanday tushunilishi bilan bevosita bog'liqdir (Chabanyuk, 2022).

Qashshoqlik muammolari turli ilmiy nazariyalar va mafkuraviy oqimlar doirasida turlicha

izohlanadi.

Ba'zi tadqiqotchilar qashshoqlikning kelib chiqishini, birinchi navbatda,

kambag'allarning o'ziga xos quyidagi hatti-harakatlari bilan moyillikni bildiradi:

Hayot yo'nalishi, maqsadlari va turmush tarzini noto'g'ri individual tanlash;

Kambag’al oiladan kelib chiqish; (alohida noto’g’ri tanlangan maqsad, va turmush tarzi

bilan izohlanadi);

Kasbiy bilimlarni yetarli emasligi;

Kasbga mos keladigan ish o’rinlarini mavju

d emasligi;

Boshlang’ich kapitalning yetarli emasligi;

Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishdagi qiyinchiliklar.

D.Gobson, D.Saks, G.E.Slezinger, Z.Uilam, F.Uilams, R.Xayfman singari yetuk xorijiy

iqtisodchi olimlar kambag’allik va aholining boshqa ijtimoiy muammolarini o’rganish

borasidagi ilmiy nazariyalarni yanada boyitishga erishgan (

Gelvanovskiy, 2008)

.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

179

Jahon banki tadqiqotchilari iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini oshirish iqtisodiy

er

kinliklarning yo’qligi bilan cheklanganligini aniqlandi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish va

kambag’allar mulkiy huquqlarini, ayniqsa yerga bo’lgan huquqlarini kengaytirishni talab qiladi.

Samarasiz muassasalar, korrupsiya va siyosiy beqarorlik investitsiyala

rni susaytirsa, sog’liqni

saqlash, ta’lim va infratuzilma

ni rivojlantirishga grantlar va hukumat yordami esa inson va

jismoniy kapitalni oshirish orqali iqtisodiy o’sishga katta yordam beradi

(

Melikyan, Kolosova,

2014)

.

Boshqa bir qator tadqiqotchilar esa

ko’plab buyuk imperiyalarning parokanda bo’lishi va

davla

tlarning inqirozga yuz tutishini o’rganib, aholini kambag’al qatlami ortishini faqatgina

geografik, iqlim, din, siyosiy arboblarning kambag’allik masalasiga e’tiborsizligi kabi omillar

tushuntira olmasliklarini isbotlashadi. Ularning tadqiqotlarida bardavom iqtisodiy faravonlik

jamiyatda barcha qatlamlarining siyosiy va huquqiy manfaatlariga teng xizmat qiluvchi

“inklyuziv” institutilar roliga bog’liq. Ya’ni ko’p fikrlilik va demokratiya jamiyatda is

t

e’dod va

ijodiy g’oyalarni qo’llashga imkon yaratib jamiyatlarni olg’a rivojlantiradi. Bunga teskari

ravishda jamiyatda siyosiy va huquqiy qaror qabul qilish tor doiradagi hukmron qatlam qo’lida

bo’lsa, ular boshqa aholi qatlamini ekspluatatsiya qilishlar

i

va elita bo’lmaganlarni

mablag’larini so’rish uchun “byukratik” tashkilotlar yaratiladi. Byukratik

tashkilotlari mavjud

davlatlar esa katta iqtisodiy rivojlanishiga erisha olmagan, chunki oddiy xalqda tadbirkorlik va

investitsiya bilan shug’ullanishga ka

t

ta ishtiyoq bo’lmaydi. Shu sabab,

qashshoqlikga qarshi

kurashadigan davlatlar, aholini siyosiy va huquqiy tengligini, ularning ovozlari inobatga

olinishlari uchun sog’lom muhit yaratishsa, muammo samarali hal bo’ladi, deb ta’kidlashadi.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Hozirgi davrda har bir davlatning rivojlanish strategiyasi uchun milliy va global

miqyosida kambag’allikka qarshi kurashish sohasida zarur shart

-sharoitlar va imkoniyatlar

yaratish, gender tengligigni ta’minlash, ijtimoiy himoya choralarni k

o

’rish va boshqa qator

masalal

ar bo’yicha zarur choralarni amalga oshirishi belgilab qo’yilgan. Zero, buning zamirida

shaxs, jamiyat, va davlatning bugungi va ertangi kuni, barqaror taraqqiyotining asoslari

mujassamlashadi. Zero, buning zamirida, kambag’al

likka qarshi uzoq va murakkab jarayon

bo’lib, u institutsional va tizimli yondashuvni taqozo etadi. Buning uchun, kambag’allikni
aniqlash uslubiyati davlat tomonidan umumiy aholi tarkibidagi kambag’al aholi qatlamini

ulushini aniqlash va kambag’allikni qis

q

artirish bo’yicha aniq chora

-tadbirlarni amalga

oshirish zarur hisoblanadi.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga

yo’llagan Murojaatnomasida kambag’allikni qisqartirish ustuvor vazifalaridan biri sifatida

belgila

ndi. Murojaatnomada ta’kidlaganidek: ”Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining

aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda

bo’lgani kabi bizda ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob

-kitoblarga

ko’ra

ular taxminan 12-15 fo

izni tashkil qildi. Bu o’rinda gap kichkina raqamlar emas, balki

aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13

ming so’mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva

ham bo’lishi mumkin,

lekin bi

r kishi og’ir kasal bo’lsa, oila daromadining 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo’sh

bunday oilani o’ziga to’q deyish mumkinmi? Prezident sifatida men odamlarimizning
ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o’qitishi, kiyintiri

shi kabi hayotiy ehtiyojlari n

ima bo’lyapti,

degan savol har kuni qiynaydi. Kambag’allikni kamaytirish –

bu aholida tadbirkorlik ruhini

uyg’otish, insonning ichki kuch

-

quvvati va salohiyatini to’liq ro’yobga chiqarish, yangi ish

o’rinlari yaratish bo’yicha

kompleks iqtisodiy, ijtimoiy

siyosatni amalga oshirish, demakdir”

(

Mirziyoyev, 2020)

.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

180

1-rasm.

2016-2024 Yillarda davlat byudjetidan ijtimoiy nafaqalar

uchun yo'naltirilgan mablag'lar

68

1-rasm tahlili shundan dalolat beradiki, mamlakatimizda oxirgi 2 yil ichida ijtimoiy nafaqa

oluvchilar soni 1,4 barobarga ko’paydi, nafaqalar miqdori 2 barobarga ko’paydi. Kam

ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam soni 2017

-yilga nisbatan 5

baravarga oshib, 2024-

yilda davlat byudjetidan 20 trln so‘mda

n

ortiq mablag‘ ajratilgan. 2023

-

yil oktabr oyida ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalar soni 2 mln 998 mingtani yoki

hududda yashaydigan jami oilalar soniga nisbatan 23,6 foizni tashkil etadi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy hi

moya qilish tizimini mustahkamlash

bo‘yicha bir qancha qo‘shimcha choralar ko‘rildi. 2021 yildan boshlab bolali oilalarga ijtimoiy
nafaqalar tayinlashda manzillilikni oshirish va shaffoflikni ta’minlash, sub’yektiv omillarni

kamaytirish maqsadida respublika

bo‘ylab UNICEF’ning bevosita ishtirokida ishlab chiqilgan

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy etildi. Bu qo‘shimcha tasdiqlovchi

hujjatlarni talab qilmasdan, 17 ta vazirlik va

idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan elektron

aloqada bo

‘lish orqali 70 dan ortiq turdagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishni ta’minlashga

imkon berdi.

Hozirgi vaqtda bolalar nafaqasini oluvchilar soni 2 mln 223 ming oilani yoki oilalar

umumiy sonining 23,1 foizini tashkil etadi (18 yoshgacha bo‘lgan 5 m

ln 5 ming bola yoki

ularning umumiy sonining 42,7 foizi). Har bir oila uchun o‘rtacha yillik hisobda to‘lovlar
miqdori har bir bola uchun 5 mln 545 ming so‘m (491 dollar) yoki 2 mln 414 ming so‘m (214

dollar)ni tashkil etadi. Nafaqa oladigan oilalardagi bol

alarning o‘rtacha soni –

2,3 bola. Kam

ta’minlangan oilalarga moddiy yordam oluvchilar soni esa 75,1 ming oilani tashkil etadi (2

-

diagramma).

Lekin kam ta’minlangan aholiga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to’lash yoki ular

miqdorini oshirish orqal

i ushbu muammo to’liq yechilmaydi. Zero ushbu o’rinda Prezidentimiz

Sh.Mirziyoyev ta’biricha, “Xalqimizga baliq tutishni o’rgatishimiz, qarmoq berishimiz lozim”

deydi.

Shu nuqtai nazaridan, Yurtboshimiz tomonidan Jahon banki, Birlashgan Millatlar

Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro nufuzli tashkilotlar bilan birga

kambag’allik dasturini ishlab chiqish taklifi ilgari surildi. Bunda xalqaro me’yorlar asosida

chuqur va har to

monlama kompleks izlanishlar olib borilib “kambag’allik” tushunchasi

, uni

aniqlash mezonlari va baholash uslublarini qamrab olgan yangi metodologiya yaratish lozimligi

ta’kidlab o’tadi.

68

Ijtimoiy himoya milliy agentligi saytining Ochiq

ma’lumotlar bazasidan

ihma.uz

1112

11

46

,1

15

55

,1

21

59

,5

37

20

,7

50

56

,6

11

44

2,4

12

32

,6

20

12

4,7

46

6,5

43

5,6

49

6,4

54

4,7

91

7,

9

12

59

,6

21

18

,1

29

98

,4

29

98

,4

2 0 1 6

2 0 1 7

2 0 1 8

2 0 1 9

2 0 2 0

2 0 2 1

2 0 2 2

2 0 2 3

2 0 2 4

Ajratilgan mablag'lar ( mlrd so'm)

Oilalar soni ( ming)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

181

2-rasm. 2023-yil oktyabr oyida ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam

oluvchi oilalar soni

69

Kambag’allik ko’rsatkichini aniqlash, uni tahli

l qilishdan maqsad davlat va fuqarolik

jamiyatining kambag’al insonlar qatoriga tushib qolgan aholi qatlami uchun manzilli

dasturlarni ishlab chiqish hamda agoli turmush darajasini oshirishdan iborat. BMT

kambag’allik chegarasini asosiy tovar va xizmatlar

u

chun zarur bo’lgan daromadlar sifatida

belgilaydi. Kambag’allik darajasi nisbiy tushuncha bo’lib, muayyan mamlakatning umumiy

faravo

nlik darajasiga bog’liq. Jahon amaliyotida kambag’allikni hisoblashning asosiy

4 ta

mezoni (mutlaq, nisbiy, moddiy deprivats

iya va kambag‘allikning ko‘p o‘lchamli indeksi)

mavjud. Ushbu mezonlar bir-birini inkor etmagan holda, aksincha biri

ikkinchisini to’ldiradi

.

Mazkur usullar mamlakat ijtimoiy siyosatining ustuvorligi, iqtisodiyotning rivojlanganlik

darajasi hamda ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Qator mamlakatlar milliy

kambag’allik chegarasi sifatida mutloq va nisbiy usu

llardan foydalanadi.

1-

jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida kambag’allikni aniqlash bo’yicha keng

tarqalgan usullar xususida batafsil t

o’xtaladigan bo’lsak, bularni monetar va nomonetar

usullarga bo’lishimiz mumkin. Monetar uslub iste’molchilar, uy xo’jaliklarning ma’lum bir

muddatda oladigan barcha daromadlari yoki o’z ehtiyojini qondirish uchun sarflanadigan

iste’mol xarajatlar hajmi,

y

a’ni turmush darajasini belgilaydigan material ehtiyoj bilan

o’lchanadi. Bunda kambag’allikni o’lchashning ko’p qirrali ko’rsatkichlardan keng foydalanadi
va ular qaysidir ma’noda o’zaro bir–birini to’ldiradi. Ushbu ko’rsatkichlar qulay instrument

sifatida

o’zini namoyon etadi va davlat tomonidan iqtisodiy, siyosiy qarorlarni qabul qilish

uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

69

Ijtimoiy himoya milliy agentligi saytining Ochiq ma’lumotlar bazasidan

ihma.uz

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Andijon viloyati

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Qashqadaryo viloyati

Navoiy viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Surxondaryo viloyati

Sirdaryo viloyati

Toshkent viloyati

Farg'ona viloyati

Xorazm viloyati

Toshkent shahar

154047

218015

89476

111518

271803

45822

241553

272760

243502

60250

97855

252037

129399

35237

9528

6904

4417

4788

7860

2319

13334

6995

5907

1328

1847

5089

4198

585

Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam

Kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

182

1-jadval

Kambag’allikni aniqlashning turli xildagi usullar

70

Kambag’allikning mutloq konsepsiyasi.

Ushbu konsepsiya “kambag’allik chegarasi”

tushunchasi bilan uzviy bog’liq. Kambag’allik chegarasi mavjud

daromad, yalpi daromad yoki

iste’molning shunday darajasiki, agar ular bu darajada past bo’lganda odam kambag’al

hisoblanadi.

Mutloq kambag’allik chegarasi:

oziq-ovqat savati (

to’yimli moddalar iste’mol qilish) va

ozgina qo’shimcha boshqa xarajatlarga yo’l

qo’yish imkoniga asoslangan absolyut minimal

turmush darajasi tushuniladi. Mutloq kambag’allik ko’pincha iste’mol yoki daromad darajasi

kambag’allik chegarasidan past bo’lgan

odamlar yoki uy xo’jaliklari soni orqali o’lchanadi.

Mutloq kambag’allik chegara

lari ovqatlanishining minimal miqdori yoki asosiy ehtiyojlar narxi

kabi qat’iy qiymatlarga bog’liq. Buni o'lchash uchun turli yondashuvlar bo'yicha chegara

qiymati tanlanadi. M

asalan, ba'zi mutlaq kambag’allik chegaralari to'g'ridan

-to'g'ri kaloriya

iste'm

oliga nisbatan chegara qiymatini belgilaydi. Jahon banki mutloq kambag’allik chegarasi

70

Oʻzbekiston Respubli

kasi Prezidenti huzuridagi Davlat Statistika agentligi ma'lumotlari

1

Mutloq

kambag’allik

chegarasi

(Iqtisodiy

hamkorlik va

taraqqiyot

tashkilotining

ko’rsatkichi)

Alohida davlatlar

uchun milliy

minimal

chegaralar

Asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun xarajatlar: To'g'ridan-
to'g'ri kaloriya iste'moli; Oziq-ovqat energiyasini iste'mol

qilish; Oziq-ovqat ulushi; Asosiy ehtiyojlar narxi

Xalqaro

solishtirmalar

uchun minimal

chegaralar

Kuniga 2,15 AQSH dollaridan kam daromad topadigan o’ta

kambag’allar (qashshoqlar)

Kuniga 3,65 AQSH dollaridan kam daromad to’g’ri

keladigan kambag’allar

2

Nisbiy

kambag’allik

chegarasi

O’rtacha

daromadga ega

bo’lgan

aholi

qatlami

Nisbatan

kam

daromad

ko’radiganlar

(o’rtacha

daromadning 50% yoki 60% teng daromadga ega

bo’lganlar, alohida olingan mamlakatlar bo’yicha

Belgilangan vaqt mobaynida nisbatan kam bo’lgan

daromadga ega bo’lganlar

Kambag’allik chegarasi

d

a bo’lganlar

3

Moddiy va ijtimoiy deprivatsiya

-

Oziq-

ovqat iste’moli quvvati bo’yicha milliy yashash

minimumi (ob-

havo sharoitiga bog’liq, aholining shahar va

qishloqlarda istiqomat qilish nisbati hamda shaxsiy uy-joy
yoki ijaraga turadiganlarning ulushidan kelib chiqib);

-

Aholi daromadlarining tabaqalanishi: Jini Indeksi;

fondlar koeffitsiyenti (kvintel, detsil)

-

tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati darajasi;

-

ta'lim imkoniyatlarining darajasi;

-

ijtimoiy himoya tarmoqlarining darajasi;

-

kredit bozorini baholash darajasi;

-

nogironlar uchun sharoitlarning

ko’rsatkichlari,

-

bandlikni ta’minlanish darajasi

4

Ko’p o’lchamli kambag’allik

- xalqaro

maydonda taqqoslash imkoni

bo’lgan ko’rsatkichlar Inson

taraqqiyoti indeksi (Birlashgan

Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot

dasturi)

-

tug’ilishda kutilayotgan umr ko’rish

-

uzoq va sog’lom

hayotni baholash;

-

kutilayotgan maktab yillari-yosh avlodning bilim olish

imkoniyatini baholash

-

o’rtacha ta’lim yillari

-keksa avlodning bilimga kirishini

baholash

-

aholi jon boshiga yalpi milliy daromad (YaMM)-turmush

darajasini baholash

5

Milliy baholash tizimi bo’yicha

(oziq- ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlari

uchun zarur bo’lgan) Minimal iste’mol xarajatlari


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

183

sifatida 3,65 AQSH dollari hisobiga (dollar kursi xarid qobilyati pariteti bo’yicha hiso

blanadi)

kun kechirishini belgilab qo’ygan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo

mamlakatlar mutloq kambag’allik chegarasining o’rtacha yillik miqdorini aniqlash uchun aholi

jon boshiga YaIMning 25 foizi qabul qilingan bo’lib, aksar rivojlan

gan mamlakatlarda (AQSH,

Kanada, Niderlandiya) mazkur ko’rsatkich nisbatan yuqori

dir. Rivojlangan mamlakatlardagi

aksariyat fuqarolar internet yoki mashina yashash uchun zarurat, deb o'ylashlari mumkin,

garchi ba'zi mamlakatlarda hatto toza suv ham hashamatdir.

Shu sababli, ba'zi institutlar kambag’allikni mintaqa yoki mamlakatga xos n

isbiy

qashshoqlik chegaralari bilan o'lchashni afzal ko'radi.

Kambag’allikning nisbiy konsepsiyasi.

Kambag’allikning mazkur ko’rsatkichi

kambag’allikning nisbiy chegarasini b

elgilaydi va aholining amaldagi daromadini boshqalar

bilan taqqoslash imkonini yaratadi. Aholining real daromadlari ortib borayotgan sharoitda

taqsimlash printsipi o’zgarmasa, nisbiy kambag’allik avvaldigidek saqlanib qoladi. Bunda,
nisbiy kambag’allik kon

sepsiyasi tengsizlik konsepsiyasining tarkibiy qismi degan xulosa

chiqarishga aso

s bo’ladi. Biroq bu tengsizlik qancha kam bo’lsa, nisbiy kambag’allik shunchalik

kam bo’ladi, degan ma’noni anglatmaydi.

Nisbiy kambag’allik konsepsiyasi asoschisi, ingliz so

tsiologi P.Taunsend bu kategoriyani

iqtisodiy resurslar yetishmasligi oqibatida m

azkur jamiyatning ko’pchilik a’zolari uchun odatiy

turmush tarzini davom ettirish imkoniyati bo’lmasligi sifatida ta’riflangan. Uning

kambag’allikni tahlil etish usuli “Ko’p o’lchamli deprivatsiya” tushunchasiga asoslangan.

Bunday holatni u “shaxs, oila y

oki guruhning jamiyat yoki umuman millat manzarasidagi

kuzatilayotgan va asoslanadigan nochor ahvoli” sifatida tushungan.

Nisbiy kambag’allik chegaralari

: Nisbiy kambag’allik

chegarasi to'g'risida qaror qabul

qilish uchun bir xil iqtisodiyotdagi turli shaxslarni solishtirish uchun o'rtacha daromaddan

foydalanadi. Nisbiy kambag’allik chegaralari o'z chegaralarini ma'lum bir mamlakatdagi

shaxslarning daromadlariga va shaxsning daromadi jamiyatning qolgan qismidan qanday farq
qilishiga qarab belgilaydi.

Shunday qilib, bu yondashuv shaxsni bir jamiyatdagi turli shaxslar bilan solishtirish orqali

kambag'al yoki yo'qligini hal qiladi. Ushbu yondashuv jamiyatdagi tengsizlikni hisobga olgan

holda mutlaq kambag’allik chegarasiga o'xshash deb qaralishi mumkin. Nisbiy

kambag’allik

chegaralari ular yashayotgan jamiyatga qaraganda kam daromadli odamlarning individual

kambag’allikligini o'lchash uchun kuchli vositadir.

Haqiqatan ham, Yevropa mamlakatidagi jismoniy shaxs Sahroi Kabir mintaqasidagi

jismoniy shaxsga qaraganda ko'proq daromad olishi mumkin. Shunga qaramay, bu shaxs o'zi
yashayotgan iqtisodiyotda shaxsning nisbatan past daromadi tufayli imkoniyatlar yoki

imkotiyozlardandan chetda qolishi mumkin. Ammo shunga qaramay, bir qator davlatlar

kambag’allik chegarasini

belgilashda nisbiy usuldan foydalaniladi. Misol uchun, Vengriya,

Estoniya, Belarus, Chernogoriya, Rossiya kabi davlatlarda aholi daromadlari mediana

qiymatining 60 foizi kambag

’allik chegarasi sifatida qabul qilingan bo’lsa, mazkur ko’rsatkich

mos ravishda Polshada 50, Ukrainada 75 foizni tashkil etadi.

Moddiy va ijtimoiy deprivatsiya.

Yuqoridagi usullardan tashqari, amaliyotda monetar

usullarning to’ldiruvchisi sifatida aholin

ing moddiy va ijtimoiy imkoniyatlardan qoniqishlarini

baholash (deprivatsiya) usulidan foydalaniladi.

Bunda, kambag’allik chegarasi insonning

ma’lum bir tovar va x

izmatlardan foydalana olish imkoniyatini baholash cheklangan. Masalan,

Yevropa Ittifoqida 9 turdagi tovar va xizmatlarning 4 tasidan foydalana olmaydigan inson

kambag’al hisoblanadi.

Ko’p o’lchamli usul (Inson taraqqiyoti indeksi).

Sanab o’tilgan

usullarda kishining

ijtimoiy-

iqtisodiy jarayonlarda hech qanday to’siqlarsiz ishtirok eta olishini miq

doriy baholash

cheklangan. Shuning uchun jahon tajribasida kambag’allikni ko’p o’lchamli baholash usulidan

(Inson taraqqiyot indeksi) ham foydalaniladi.

O

’rtacha umr ko’rish, ta’lim (o’rtacha tugallangan

o’qish yillari) va aholi jon boshiga to’g’ri keladig

a

n daromad ko’rsatkichlarining statistik


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

184

aralash indeksi bo’lib, mamlakatlarni inson taraqqiyotining to’rt darajaga ajratish uchun

ishlatiladi. Umr davomi

yligi, ta’lim darajasi va aholi jon boshiga yalpi milly daromad (YaIM)

yuqoriroq bo’lsa, mamlakat inso

n

taraqqiyoti indeksining yuqori darajasiga erishadi. Ko’p

o’lchamli usulda uy xo’jaligi yoki kishining ijtimoiy

-iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalanishini

ifodalovchi qator indikatorlarga vazn berish orqali binar usulda (“ha” javobiga

-

1, “yo’q”

javobiga -0

) hisoblanadi. BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasi tomonidan ko’p o’lchamli

kambag’allik darajasini hisoblashda aholi turmush darajasi, xizmatlar, sog’liqni saqlash, ta’lim

bandlik va atrof

–muhit ko’rsatkichlarini hisobga olish tavsiya etiladi.

Milliy b

aholash tizimi (Minimal iste’mol xarajatlari).

BMTning Yevropa iqtisodiy

komissiyasi, BMTning Taraqqiyot dasturi, Jahon Banki, BMTning Oziq

ovqat va qish

loq xo’jaligi

tashkiloti, Jahon sog’liqni saqlash tashkilotlari tomonidan olib borilgan o’rganishlar n

atijasida

mamlakatimizda kambag’allik darajasini yoki chegarasini aniqlash uchun oziq–

ovqat, nooziq

ovqat mahsulotlari va xizmatlardan iborat bo’lgan hamda bir kishi uchun zarur bo’lgan minimal
iste’mol xarajatlari qiymat tushunchasi tavsiya etildi. Mazkur

usulning o’ziga xosligi aholi real

iste’moli tarkibi va xarakteridan kelib chiqadi.

Uy xo’jaliklari so’rovi natijalaridan kelib chiqib minimal iste’mol

xarajatlari qiymati va

kambag’allik chegarasi hisoblab chiqiladi hamda ushbu ma’lumotlar aholi turmush

darajasiga

ta’sirini o’rganish va aholi faravonligini oshirishga qaratilgan qo’shimcha choralarni ishlab

chiqishda asos bo’ladi.

Kambag’allikka qarshi kurash mamlakatimizda nisbatan yangi yo’nalish hisoblanadi. Bu

borada belgilangan maqsadga erishishda ma

zkur vazifani amalga oshirish bilan bog’liq

ko’rsatkichlar va dasturlarni real holatdan kelib chiqqan holda ishlab chiqish eng samarali yo’l

sifatida bah

olanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, shaxs, jamiyat va davlatning bugungi va ertangi

kuni, barqaror taraq

qiyotning asoslari mujassamdir. Shu bilan birga, kambag’allikni bartaraf

etish, buning uchun zarur shart

sharoit va imkoniyatlarni yaratish amalda mamlakat

taraqqiyotining yangi bosqichga o’tishini ta’minlaydi. Ayni vaqtda kambag’allikka qarshi

kurashish u

zoq va murakkab jarayon bo’lib, u instutsional va tizimli yondashuvni taqozo etadi.

Buning natijasida, kambag’allikni qisqartirish va aholi faravonligini

oshirish maqsadida qator

vazifalarni amalga oshirish lozim, jumladan:

1.

BMT taraqqiyoti dasturi, Jahon banki kabi qator xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda

“O’zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha kambag’allikni qisqartirish strategiyasi” loyihasini

nazorat qilish;

2.

Kambag’allik aholining asosiy ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash bo’yicha Xalqaro

ekspertla

r bilan “Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati”ni baholash va

tahlil natijalarni

kuzatib borish. Bunda aholining kambag’al qatlamiga kredit, ijt

imoiy nafaqa yoki uy berish

bilan birgalikda ta’lim, sog’liqni saqlash, kasb hunarga o’qitish, ichimli

k

suvi, energiya va yo’l

infratuzilmasi bolan bog’liq kompleks muammolarni hal etish nazarda tutadi;

3.

Ehtiyojmand aholini to’g’ri aniqlash va shu asosda, u

lar bilan manzilli ishlash tizimi

yaratiladi.

4.

“Ijtimoiy reyestr” barcha ma’lumotlarni qamrab olinib, e

htiyojmand oilalarga ijtimoiy

xizmatlar elektron shaklda ko’rsatish;

5.

Ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirib, ularni minimal me’yorlar darajasida

bosqichma-

bosqich ta’minlash bo’yicha dasturlar ishlab chiqish;

6.

Hududlarning mavjud salohiyatini kambag’all

ikni qisqartirish uchun safarbar etish

yo’llari ishlab chiqish, bunda:

a.

hududlardagi mavjud maxsus industrial zonalardagi loyihalarni amalga oshirishda

to’sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish choralari ko’riladi;

b.

ehtiyojmand aholini kambag’allikdan

chiqarish bo’yicha motivatsiya, ko’nikma va

moliyaviy ko’mak tamoyili asosida har bir tuman va shahar bo’yicha alohida dasturlar ishlab

chiqish lozim.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

185

7.

Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-

hunarga o’rgatish, tadbirkorlik tashabbuslarni qo’llab

-

quvvatlash orqali u

larning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaini yaratishning

yangi mexanizmini amaliyotga joriy etish;

8.

Aholining sogʻligʻini mustahkamlash;

9.

Xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash;

10.

Oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha chora

larni ishlab chiqish maqsadida aholi

tarkibi

ni, mamlakatdagi demografik oʻzgarishlarni baholashga doir maʼlumotlar bazasini

kengaytirish;

11.

Shahar va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat

resurslarini joylashtirish hamda ulard

an foydalanishning uzoq, oʻrta va qisqa muddatli prognoz

va dasturlarini tayyorlash;

12.

Aholini roʻyxatga olishlar oraligʻidagi davrda aholi soni va tarkibi

ning joriy hisobini,

hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;

13.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojla

ntirish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish,

ya’ni kambag’allikni qisqartirish aloqador va mas’ul xorijiy institutlar bilan hamkorlikni yanada

rivojlantirish.


Xulosa va takliflar.

Albatta,

Prezidentimiz qayd etganidek, kambag’allikni kamayt

irish oylik va nafaqa

miqdorini ko’paytirish, yoppasiga kredit berish degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini

kasbga o’qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg’o

tish,

infratuzilmani yaxshilash, farzandlarni o’qit

i

sh, sifatli davolash, manzilli nafaqa to’lash tizimini

joriy qilish kerak.

Shu o’rinda O’zbekistonda kambag’allikni qisqartirish dasturi loyihasiga ayrim fikr, g’oya

va takliflarni bayon qilishni ma’qul topdik.

Xususan,

-

Kambag’allikni qisqartirish, aholin

ing turmush darajasini oshirish va mamlakat

ijtimoiy

iqtisodiy rivojlanishining eng muhim ustuvorligi sifatida ishsizlik darajasini

pasaytirishga e’tiborni kuchaytirish lozim. Bunda ishga joylashish imkoniyatini yaratuvchi,

tegishli davlat organlari bir qat

orda, fuqoralarning mas’uliyatini oshiruvchi, har bir insonning

shaxsiy sha

roitini hisobga oluvchi, o’ziga mustaqil yordam bera olmaydiganlarni qo’llab

-

quvvatlovchi faol va ta’sirchan siyosat yuritish, ushbu maqsadlarga jamiyat va xususiy sektor

resurslarini jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi;

-

Nodavlat

notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda odamlarimizni tadbirkorlikka

o’qitishning eng ilg’or dasturlarni ishlab chiqish va kasbga o’qitishda nodavlat tashkilotlarning

faolligini kuchaytirish;

-

Fuqarolarning oilaviy byudjeti daromadlarini oshirishning eng samarali shakllaridan

biri sifatida kasanachilik mehnatini rivojlantirish kerak. Bunda zamonaviy mashinalar,

uskunalar, xomashyo materiallarni xarid qilish uchun moliyaviy resurslardan foydalanish

imkoniyatini, ularga marketingni amalga oshirish va kasanachilik mahsulotini ishlab chiqishni

tashkil etish maqsadida buyurtmachilarni topishga ko’maklashish, bozorda talab yuqori

mahsulotlarni ishlab chiqarishda boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiyasini

kengaytirishga ko’maklashish;

-

Ishga joylashishga muhtoj shaxslarga kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash v amalaka

oshirish tizimini kengaytirish, bozor ejtiyojlarini hisobga olgan holda, maqbul shart-

sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan choralar ko’r

ish;

-

Aholining real pul daromadlari va xarid qobilyatini oshirish, buning uchun ijtimoiy

mehnat taqsimotini to’g’ri yo’lga qo’yish orqali jon boshiga to’g’ri keladigan tovar va xizmatlar
ishlab chiqarish hajmini, ya’ni mehnat unumdorligini keskin oshirish;

-

Kambag’allik holatida yoki chegarasida yashayotgan aholi qatlamini kambag’a

llikdan

chiqarish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlardan va aholi tomorqalaridan maqsadli,

samarali foydalanishda mikroklaster tuzilmalarini yaratish maqsadiga muvofiq hisoblanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

186

Xulosa o’rnida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda Prezidentimiz tashabb

usi bilan

O’zbekitonda kambag’allikni kamaytirish muammosi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu

muammo mamlakatdagi islohatlarning eng og’ir yo’nalishi ekanligini ta’kidlagan

holda uni

kamaytirish uchun aholining barcha qatlami birlashishi zarur. Xalqimiz faravonligiga erishish,

nochor oilalarga doimiy daromad manbai yaratishda faol ishirok etish bu boradagi islohatlarni
jadallashtirishga yordam beradi.

Adabiyotlar / Литература / Reference:

Abdurahmonov Q.X. (2014

) “Mеhnаt iqtisоdiyoti vа sоtsiоlоgiyasi” o’quv qo’llanma. Ikkinchi

nashr.

Toshkent -14 bet.

Bezverxi A.I. (2020) "Ijtimoiy munosabatlarning umumiy insonparvarlik xalqaro

hamjamiyatning Markaziy va Sharqiy Afrikaning o'ta qashshoqligi uchun javobgarlikni his
qilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, faravon hayot kechirayotganlar alohida mas'uliyatni
his qiladilar ", deb ta'kidlaydi. -178-183 b.

Gelvanovskiy M. (2008) Konkurentosposobnost v mikro- mezo- i makrourovnom

izmereniyax // Rossiyskiy ekonomicheskiy jurnal, №3 –

S. 66-77.

Ibragimova N.M. (2023)

The Public Efficiency Evaluation of Infrastructure Projects in

Conditions of Modern Scientific and Technological Development

// Journal of Siberian Federal

University. Humanities & Social Sciences = Журнал Сибирского федерального университета.

Гуманитарные науки. –

№ 16 (3). –

P. 442-453.

Jumanova R.F. (2008) “Aholi turmush darajasi. ko‘rsatkichlari va uni oshirish yo‘llari”/7

Iqtisod fanlari nomzodi olish uchun diss. avtoreferati.

T. - 11 b.

Maxalina O.M., (2022)

“Ijtimoiy davlat har doim odamlarga yordam ko'rsatish uchun

javobgardir. Zamonaviy ijtimoiy davlatda fuqarolarga kambag’allik va qashshoqlikdan chiqish

imkoniyatlari va qutulish yo’llarini ta’minlash kerak va bu ijtimoiy norma hisoblanadi ”.

-56-66.

Melikyan G.G., Kolosova R.P. (2014) Ekonomika truda i sosialno-trudovie otnosheniya.

Moskva,

S.300.

Mirziyoyev Sh.M. (2020) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil

24 yanvaridagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so’zi gazetasi”, 2020 yil 25 yanvar

Muxitdinova M.Z. (2023) “Аholi daromadlari va turmush darajasini oshirishning iqtisodiy

mexanizmi” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan

dissertatsiya.

Toshkent, 21-31 betlar.

Xаshimov P.Z. (2021) “Oʼzbekistondа аholi migrаtsiyasining xususiyatlаri” Iqtisod vа moliya

jurnali, 10(57)

Chabanyuk O.V. (2022) Problemy sistemy sotsial'noi zashchity maloimushchikh zhitelei

strany i puti ikh resheniya [Problems of the social protection system for low-income residents of

the country and ways to solve them]. Vestnik Moskovskogo finansovo-yuridicheskogo universiteta

MFYuA [Bulletin of the Moscow Financial and Legal University], 1, pp. 208-213.

Bibliografik manbalar

Abdurahmonov Q.X. (2014) “Mеhnаt iqtisоdiyoti vа sоtsiоlоgiyasi” o’quv qo’llanma. Ikkinchi nashr. –Toshkent -14 bet.

Bezverxi A.I. (2020) "Ijtimoiy munosabatlarning umumiy insonparvarlik xalqaro hamjamiyatning Markaziy va Sharqiy Afrikaning o'ta qashshoqligi uchun javobgarlikni his qilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, faravon hayot kechirayotganlar alohida mas'uliyatni his qiladilar ", deb ta'kidlaydi. -178-183 b.

Gelvanovskiy M. (2008) Konkurentosposobnost v mikro- mezo- i makrourovnom izmereniyax // Rossiyskiy ekonomicheskiy jurnal, №3 – S. 66-77.

Ibragimova N.M. (2023) “The Public Efficiency Evaluation of Infrastructure Projects in Conditions of Modern Scientific and Technological Development “// Journal of Siberian Federal University. Humanities & Social Sciences = Журнал Сибирского федерального университета. Гуманитарные науки. – № 16 (3). – P. 442-453.

Jumanova R.F. (2008) “Aholi turmush darajasi. ko‘rsatkichlari va uni oshirish yo‘llari”/7 Iqtisod fanlari nomzodi olish uchun diss. avtoreferati. –T. - 11 b.

Maxalina O.M., (2022) “Ijtimoiy davlat har doim odamlarga yordam ko'rsatish uchun javobgardir. Zamonaviy ijtimoiy davlatda fuqarolarga kambag’allik va qashshoqlikdan chiqish imkoniyatlari va qutulish yo’llarini ta’minlash kerak va bu ijtimoiy norma hisoblanadi ”. -56-66.

Melikyan G.G., Kolosova R.P. (2014) Ekonomika truda i sosialno-trudovie otnosheniya. – Moskva, – S.300.

Mirziyoyev Sh.M. (2020) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvaridagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so’zi gazetasi”, 2020 yil 25 yanvar

Muxitdinova M.Z. (2023) “Аholi daromadlari va turmush darajasini oshirishning iqtisodiy mexanizmi” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. –Toshkent, 21-31 betlar.

Xаshimov P.Z. (2021) “Oʼzbekistondа аholi migrаtsiyasining xususiyatlаri” Iqtisod vа moliya jurnali, 10(57)

Chabanyuk O.V. (2022) Problemy sistemy sotsial'noi zashchity maloimushchikh zhitelei strany i puti ikh resheniya [Problems of the social protection system for low-income residents of the country and ways to solve them]. Vestnik Moskovskogo finansovo-yuridicheskogo universiteta MFYuA [Bulletin of the Moscow Financial and Legal University], 1, pp. 208-213.