MEHNAT BOZORINI SHAKLLANTIRISHNING HUDUDIY MANBALARI TAHLILI

Annotasiya

Maqolada mehnat bozorini shakllantirish manbalari sifatida aholi soni, hususan, iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish sur’ati va ulushi, bandlik va ishsizlik darajasi, shahar va qishloq aholisining nisbat o‘zgarishi kabi ko‘rsatkichlar hududiy jihatdan tadqiq qilingan. Mazkur ko‘rsatkichlar tendensiyasida hududiy o‘xshashlik va farqli holatlar tahlili o‘tkazilgan. Hudud aholisining mamlakat aholisi tarkibidagi ulushi tendensiyasi tahlillariga tayanilgan holda, bu ijtimiy jarayonni mehnat resusrslarini shakllantirish va mehnat bozorini optimallashtirish bilan bog‘liq iqtisodiy jarayon uchun muxim omil ekanligi asoslangan. Oxirgi yillarda shahar va qishloq aholisining nisbat o‘zgarishi iqtisodiy faol aholi nisbiy ko‘rsatkichlarining hududiy tafovutini yuzaga chiqaruvchi omil sifatida baholangan. Mehnat bozorini shakllantirish manbalari hududiy jihatdan bir xil davrlar oralig‘ida o‘zgarish tendensiyasini hosil qilishi ochib berilgan. Hududlarda ishsizlik darajalarining sakrash nuqtalari iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish suratidagi kuchli tebranish bilan bog‘liqligi tushuntirilgan. Ishsizlik darajalarining ortib borishi iqtisodiy faol aholi sonining o‘sishi bilan kollinear tendensiya hosil qilmasligi asoslangan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jo‘rayev, F., & Aralov, G. (2024). MEHNAT BOZORINI SHAKLLANTIRISHNING HUDUDIY MANBALARI TAHLILI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(3), 39–48. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45135
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada mehnat bozorini shakllantirish manbalari sifatida aholi soni, hususan, iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish sur’ati va ulushi, bandlik va ishsizlik darajasi, shahar va qishloq aholisining nisbat o‘zgarishi kabi ko‘rsatkichlar hududiy jihatdan tadqiq qilingan. Mazkur ko‘rsatkichlar tendensiyasida hududiy o‘xshashlik va farqli holatlar tahlili o‘tkazilgan. Hudud aholisining mamlakat aholisi tarkibidagi ulushi tendensiyasi tahlillariga tayanilgan holda, bu ijtimiy jarayonni mehnat resusrslarini shakllantirish va mehnat bozorini optimallashtirish bilan bog‘liq iqtisodiy jarayon uchun muxim omil ekanligi asoslangan. Oxirgi yillarda shahar va qishloq aholisining nisbat o‘zgarishi iqtisodiy faol aholi nisbiy ko‘rsatkichlarining hududiy tafovutini yuzaga chiqaruvchi omil sifatida baholangan. Mehnat bozorini shakllantirish manbalari hududiy jihatdan bir xil davrlar oralig‘ida o‘zgarish tendensiyasini hosil qilishi ochib berilgan. Hududlarda ishsizlik darajalarining sakrash nuqtalari iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish suratidagi kuchli tebranish bilan bog‘liqligi tushuntirilgan. Ishsizlik darajalarining ortib borishi iqtisodiy faol aholi sonining o‘sishi bilan kollinear tendensiya hosil qilmasligi asoslangan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

39


MEHNAT BOZORINI SHAKLLANTIRISHNING HUDUDIY MANBALARI TAHLILI

PhD

, dots.

Jo‘rayev Farrux

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti,

ORCID: 0009-0000-5657-9734

Aralov

G‘ayrat

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti,

ORCID: 0000-0002-2872-7792

Annotatsiya.

Maqolada mehnat bozorini shakllantirish manbalari sifatida aholi soni, hususan,

iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish sur’ati va ulushi, bandlik va ishsizlik darajasi,

s

hahar va qishloq

ah

olisining nisbat o‘zgarishi kabi ko‘rsatkichlar hududiy jihatdan tadqiq qilingan. Mazkur

ko‘rsatkichlar tendensiyasida hududiy o‘xshashlik va farqli holatlar tahlili o‘tkazilgan. Hudud

aholisining mamlakat aholisi tarkibidagi ulushi tendensiyasi tahlillariga tayanilgan holda, bu ijtimiy

jarayonni mehnat resusrslarini shakllantirish va mehnat bozorini optimallashtirish bilan bog‘liq

iqtisodiy jarayon uchun muxim omil ekanligi asoslangan. Oxirgi yillarda shahar va qishloq aholisining

nisbat o‘zgarishi iqt

isod

iy faol aholi nisbiy ko‘rsatkichlarining hududiy tafovutini yuzaga chiqaruvchi

omil sifatida baholangan. Mehnat bozorini shakllantirish manbalari hududiy jihatdan bir xil davrlar

oralig‘ida o‘zgarish tendensiyasini hosil qilishi ochib berilgan. Hududla

rda ishsizlik darajalarining

sakrash nuqtalari iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish suratidagi kuchli tebranish bilan bog‘liqligi

tushuntirilgan. Ishsizl

ik darajalarining ortib borishi iqtisodiy faol aholi sonining o‘sishi bilan kollinear

tendensiya hosil qilmasligi asoslangan.

Kalit so‘zlar:

mehnat bozori, mehnat resurslari manbalari, shahar va qishloq aholisining nisbat

ko‘rsatkichi, iqtisodiy faol ahol

i, bandlik, ishsizlik darajasi, tendensiya, taqqoslama tahlil

АНАЛИЗ РЕГИОНАЛЬНЫХ ИСТОЧНИКОВ ФОРМИРОВАНИЯ

РЫНКА ТРУДА

PhD

, доц

.

Жураев

Фаррух

Каршинский инженерно

-

экономический институт,

Аралов Гайрат

Каршинский инженерно

-

экономический институт

Аннотация

.

В статье на региональном уровне исследованы такие показатели, как

численность населения, в частности,

темпы роста и доля экономически активного

населения, уровень занятости и безработицы, изменение соотношения городского и
сельского населения, как источники формирования рынка труда. Проведен анализ

региональных сходств и различий в динамике этих показателей..

На основе анализа

тенденции изменения доли населения региона в населении страны исходят из того, что
данный социальный процесс является важным фактором экономического процесса,

связанного с формированием трудовых ресурсов и оптимизация рынка труда. В последние

годы изменение соотношения городского и сельского населения оценивается как фактор,
вызывающий региональные различия в относительных показателях экономически

активного населения. Выявлено, что источники формирования рынка труда создают
тенденцию изменения в одних и тех же временных периодах. Поясняется, что скачки уровня

безработицы в регионах связаны с сильными колебаниями картины роста экономически

активного населения.

Это также основано на том, что темпы роста уровня безработицы

не коллинеарны с темпами роста экономически активного населения.

Ключевые слова:

рынок труда, источники трудовых ресурсов, соотношение городского

и сельского населения, экономически активное население, занятость, уровень безработицы,
тенденция, сравнительный анализ

.

UO

K: 331.522.( 331.101.26)

39-48


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

40

ANALYSIS OF REGIONAL SOURCES OF FORMATION OF THE LABOR MARKET

PhD, assoc. prof.

Juraev Farrukh

Karshi Engineering Economics Institute

Aralov

G‘ayrat

Karshi Engineering Economics Institute

Annotation.

The article examines at the regional level such indicators as population size, in

particular, growth rates and the share of the economically active population, employment and
unemployment levels, changes in the ratio of urban and rural populations, as sources of formation

of the labor market. An analysis of regional similarities and differences in the dynamics of these

indicators has been carried out. Based on the analysis of the trend in the share of the region's
population in the country's population, it is assumed that this social process is an important factor
in the economic process associated with the formation of labor resources and optimization of the

labor market. In recent years, changes in the ratio of urban and rural populations have been

assessed as a factor causing regional differences in the relative rates of the economically active

population. It was revealed that the sources of formation of the labor market create a trend of
change in the same time periods. It is explained that the jump points of unemployment levels in

the regions are connected with the strong fluctuations in the growth picture of the economically

active population. This is also based on the fact that the growth rate of the unemployment rate is

not collinear with the growth rate of the economically active population.

Keywords:

labor market, sources of labor resources, ratio of urban and rural population,

economically active population, employment, unemployment rate, trend, comparative analysis

Kirish.

Dunyo mamlakatlari iqtisodiy salohiyatining eng muxim manbasi avvalo bu inson

kapitalidir. Har bir mamalakat iqtisodiyoti rivojlanishning ma’lum bir bosqichlaridan o‘tadi.

Barcha bosqichlarda, ular g‘oyaviy, texnologik va boshqa jihatlarga nisbatan farq qilsada, biroq

rivojlanish konturi markazida doimiy ravishda mehnat resurslaridan optimal foydalanishni

maqsad qilgan strategik yondoshuv mavjud bo‘lgan. Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish
tendensiyasining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ham aynan tarmoqda mehnat resurslaridan

foydalanish samaradorligi hisoblanadi (Valery, Khabarov et al. 2022).

Milliy insiklopediya rasmiy manbalarida mehnat bozori va uning tarkibiy tuzilishiga

“ish

kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga

yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi” deb tavsiflanadi

11

. Shuningdek,

mehnat bozor mavjudligining tabiiy sharoiti ishchi kuchi va unga bo‘lgan doimiy talab bilan

izohlanadi (Tang, 2022). Hududiy jihatdan mehnat bozorini shakllantiruvchi asosiy

manbalardan biri hudud aholisi tarkibidagi iqtisodiy faol aholidir. Umuman olganda

manbalarni tizimli tadqiq etishda doimiy aholi soni, aholining shahar va qishloqlar bo‘yicha

taqsimlanishi, iqtisodiy faol aholi soni va

o‘sish sur’ati, bandlik darajasi, ishsizlik darajasi,

yoshlar kesimida

iqtisodiy faol aholi soni kabi ko‘rsatkichlar muximlik kasb etadi.

Bugungi kunda mehnat bozorini optimallashtirish, rivojlantirish muammolari bir qancha

jihatlarga ko‘ra dolzarb hisobl

anadi. Hususan, iqtisodiy salohiyatni oshirishda iqtisodiyot

tarmoqlarida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini oshirish, mehnat taqsimotini

optimallashtirish, mazkur tarmoqlarni rivojlantirish bandlar sonining ortishiga bog‘liqligi,

korxonalar faoliyatini optimallashtirishda mehnatni tejash, aholi turmush darajasini oshirishga

xizmat qiluvchi mehnat bozorini shakllantirish shular jumlasidandir. Hozirda mazkur
masalalarning hal etilishida ekonometrik tadqiqotlarga ustuvorlik berilmoqda (Farooq,

Nymoen, 2006)

. Jumladan, ushbu tadqiqotlar jarayonida muayyan hudud bo‘yicha

mehnat

bozorini chuqur ekonometrik tadqiq etish yuqorida keltirilgan mehnat bozorini

11

https://uz.wikipedia.org/wiki/Mehnat_bozori

III SON - MART, 2024


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

41

shakllantirishning asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasini taqqoslama, omilli, tashxisli tahlillarini
o‘

tkazish bilan boshlanadi.

Mazkur tahlillar ko‘rsatkichlarning rivojlanish tendensiyasidagi o‘xshashliklar, tafovutlar,

o‘zaro va umumiy ta’sirlar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. bu esa mehnat bozorini

shakllantirish manbalarini baholash, rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash, istiqbol
tendensiyalarini ishonchli prognozla

sh imkoniyatlarini yaratadi. E’tiborli jihat, mehnat bozori

resurslarini tashkil etuvchilarni amaliy faoliyat ko‘lami bo‘yicha hududiy jihatdan aniq ajratib

bo‘lmaydi. Bu bozorda talab

va taklif darajalarini hudud miqyosida baholash imkoniyatini

cheklab qo

‘yadi. Shu sababli, hududlarda bog‘lanishlar, o‘xshashliklar, takrorlanishlar

kuzatilsa, u holda buni talab va taklifning hududiy chegaralanmasligi holatining darajasidan

kelib chiqadi deyish mumkin.

Mehnat bozorini shakllantirish manbalari sifatida aholi, hususan iqtisodiy faol aholi

sonining, bandlik va ishsizlik darajalari, shuningdek, ularning o‘sish sur’atlari kabi
ko‘rsatkichlarning o‘zgarish dinamikasining oldingi va bugungi hol

atini kuzatish vaqt

davomiyligida hosil bo‘lgan tendensiyalarini tekshirish ko‘p jihatdan mehnat bozorini

optimallashtirish masalasini shakllantirishda maqsadni to‘g‘ri qo‘yish va vazifalarni to‘g‘ri

belgilashga asos bo‘ladi.

Adabiyotlar sharhi.

Mehnat bozorini shakllantiruvchi manbalar, ularning turlari, ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati,

ko‘rsatkichlari, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda mehnat resusrslarining ahamiyati,

mehnat bozorida taqsimot jarayonlarini optimallashtirish, mehnat resusrslaridan foydalanish
samaradorligini oshirish usullari, inson kapitalini boshqarish va mehnat bozorini

optimallashtirish muammolari xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan tadqiq etilgan. Ular

ilmiy asarlarida, ilmiy xulosalarida tadqiqot mavzusi bo‘yicha yondoshu

vlarini, ilmiy fikr-

mulohazalarini bayon etishgan. Jumladan,

Germaniyalik iqtisodchi Svetlana Rujin (2024) mehnat bozorini ijtimoiy institutlari va

texnologiyadan kelib chiqqan holda ish hajmini keng va intensiv chegaralar bo'ylab

moslashtirish bo‘yicha ta

dqiqotlar olib borgan.

Chililik olim Manuel Pérez

-Trujillo (2024) mintaqaviy mehnat bozori ko'rsatkichlariga

ta’sir omillarining keng sinfini shakllantiradi. Ayniqsa uning asarlarida tog'

-kon sanoatining

mintaqaviy mehnat bozori ko'rsatkichlariga ta'siri keng tadqiq etiladi.

Meyn universiteti olimlari Otterby, Crawley va Gabelar (2024) mennat bozorini

shakllantirishda aholi turmush darajasining ahamiyatini ochib beruvchi ilmiy izlanishlar olib
borishgan. Xususan, tadqiqot ishlarida ish haqi, ishchilarning mod

diy ta’minotidagi

tebranishlar bilan bog‘liq mehnat bozorini muvozanatdan chiqarish mumkin bo‘lgan mezonlar

tadqiq etilgan.

Iqtisodchi olimlar Díaz

-

S´anchez va Correalar

(2024) ilmiy asarlarida Ekvador misolida

rivojlanayotgan mamlakatlarning hududiy immigratsiyaning rasmiy mehnat bozorining muxim
tarkibiy qismiga aylanish s

haroitlarida iqtisodiy rivojlanish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Daniyalik tadqiqotchilar Daniel Borowczyk-Martins va David Pacinilar (2024) mehnat

bozorining ma’lum bir rivojlanish bos

qi

chlaridan o‘tish davrlarida burilish bo‘g‘inlarini

xarakterlovchi vaqtli qator modellarini ishlab chiqadi. Bu yondoshuvda mehnat bozorining

asosiy ko‘rsatkichlari alohida ta’sir omillarisiz, dinamik jarayonda kuzatiladi va rivojlanish

tavsiflari keltiriladi.

Uorvik universiteti olimlari Stefano Caria va Julien Labonnelarning (2024) ilmiy ishlarida

mehnat bozori ko'rsatkichlari va hududning ijtimoiy infratuzilmasi, hususan, qishloqlarning

ijtimoiy tuzilmasi o‘rtasidagi bog‘liqliklar faol tadqiq etilgan.

Sfaks universiteti tadqiqotchilari Marwa va Chokrilar (2024) faol mehnat bozori siyosati

va ularni taqsimlashning nobarqaror holati bo‘yicha ahamiyatli tahlillar olib borishgan.

Jumladan, faol mehnat siyosatining beqarorligiga byudjet mablag'larini taqsimlash bilan bog'liq


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

42

omil ta’siri, mintaqaviy kontekstda qanday qilib samar

asizlikga olib kelishini dinamik panel

regressiya modellari asosida tadqiq etishgan.

Tadqiqotchilar Jajati Keshari Parida va Niharika Bhagavatulalar (2023) yosh qatlami

bo‘yicha va sha

har sharoitida mehnat resurslarini optimallashtirish natijasida turmush

farovonligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Jumladan tadqiqotchilarning asarida yosh

shaharlik ayollarning mehnat bozoridagi ulushi dinamikasida uy xo‘jaliklari daromadining

o‘zg

arish qonuniyatlari ochib berilgan.

Mamlakatimiz tadqiqotchilari Maaz Ahmad (2024), Z.Kuldasheva, N.Ismailova,

N.Akromavalarning ilmiy ishlarida Janubiy Osiyoda taklif omillarining inflyatsiyaga ta'siri

doirasida mehnat bozori dinamikasi tahlillari o‘tkaz

ilgan (

Rakhimov & Jo‘rayev, 2022).

Yuqorida keltirilgan manbalarda mehnat bozorining shakllanish manbalari, asosiy

ko‘rsatkichlari, ularning mohiyati tshuntirilgan. Mehnat bozorining raqobat muhiti, tashkil
etuivchilari, mehnat bozori strukturasi bo‘yicha

tasniflar bayon etilgan. Mehnat bozorini

boshqarish, ichki va tashqi omi

llar ta’sirini baholashning yangi shakllari, yondoshuvlari taklif

etilgan. Mehnat bozorini iqtisodiy samarador tizimga aylantirish talablari, mezonlari bo‘yicha

ilmiy xulosalar keltirilgan. Biroq mazkur ilmiy yondoshuvlarda mehnat bozorini

optimallashtirishda tendension yondoshuv, manbalarning mehnat bozori rivojini belgilab

beruvchi bog‘liq va bog‘lik bo‘lmagan dinamik xususiyatlari yetarlicha tadqiq etilmagan.

Shunday bo‘lsada, mazkur

i

lmiy manbalar mehnat bozorini o‘rganish, optimallashtirish

jarayonlarini

nazariy tushuntirish, uslubiy ta’minlash borasida katta ahamiyatga ega.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mehnat bozorini optimallashtirish masalalari ekonometrik modellashtirish apparati

yordamida hal etiladi. Bu yerda masalaning juda keng qamrovli ekanligi hi

sobga olinsa, ko‘p

sonli tadqiqot usullaridan foydalanish zarurati mavjudligini bilish mumkin

12

. Hususan,

ekonometrik modellashtirish natijalarining samaradorligi, ishonchliligi va aniqli

gi ko‘rib

chiqilayotgan obyektning maqsadga muvofiq tahlillari to‘g‘ri

olib borilganligiga bevosita bog‘liq

bo‘ladi

(Juraev, Mallaev, 2023).

Demak, bu yerda tahlil usullarini jarayonga mos to‘g‘ri tanlash

lozim. Ushbu mulohazalar uslubiy yondoshuvlarning f

arqlanishi va to‘g‘ri tadbiq etilishining

muximligiga ishora qiladi (Muhammadiyevich, 2023). Tadqiqotimiz davomida mehnat bozorini

shakllantirish manbalarini tushuntirishda, tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni bir tizimga keltirishda

deduktiv yondoshuvdan, mehnat bozorini shakllantirish manbalarining hududiy farqlanish

xarakterini ochib berishda taqqoslama tahlil usulidan, mehnat bozorini shakllantirish

manbalari sifatida qabul qilingan ko‘rsatkichlar tendensiyasini baholashda statist

ik kuzatish

usulidan, tendens

iyalar o‘zgarishida o‘zaro o‘xshashlik, aksincha tafovut testlarini o‘

tkazishda

tashxisli tahlil usulidan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mehnat bozorida ishchi kuchini tashkil etuvchilari bu albatta hudud aholisi hisoblanadi

va aholi sonini

ng o‘zgarish dinamikasi to‘g‘ridan to‘g‘ri mehnat resusrslari hajminin

g

o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra

13

, O‘zbeiston Respublikasi doimiy

aholisi soni 2023 yilda 36024,9 ming kishiga yetgan b

o‘lsa, Qashqadaryo viloyatida mazkur

yilda bu ko‘rsatkich 3482,3 minh kishini, yoki mamlakat aholisining 9

,7 foizini tashkil etadi

(1-jadval).

Mamlakat aholisi tarkibidagi viloyat aholisining ulushi 2000 yilda 8,85 foizga teng bo‘lgan

bo‘lsa, 2010 yilda

9,34 foiz, 2020 yilda 9,68 foiz va 2

023 yilga kelib esa 9,67 foizga teng bo‘lgan

(1-

rasm). O‘sish sur’ati

2023 yilda 2000 yilga nisbatan 0,82 foizga oshgan. Mintaqada aholi

ulushining o‘zgarishi 2000

-

2020 yillar davomida barqaror o‘sish tendensiyasini hosi

l qilgan

bo‘lsa, 2021 yilda 0,03 foi

zga kamaygan.

12

https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/labor-market-2

13

https://www.qashstat.uz/uz/rasmiy-statistika/labor-market-2


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

43

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi va Qashqadaryo viloy

atida aholi sonining

o‘zgarish dinamikasi

14

Yillar

Respublika miqyosida,

ming kishi

Viloyat miqyosida,

ming kishi

shahar

qishloq

Jami

shahar

qishloq

Jami

2000

9165,5

15322,2

24487,7

551,3

1615,5

2166,8

2001

9225,3

15587,8

24813,1

559,1

1653,4

2212,5

2002

9286,9

15828,9

25115,8

566

1687,7

2253,7

2003

9340,7

16087,2

25427,9

572,5

1722,2

2294,7

2004

9381,3

16326,1

25707,4

579,7

1756,7

2336,4

2005

9441,9

16579,4

26021,3

589

1789,5

2378,5

2006

9495,1

16817,6

26312,7

597,5

1822,9

2420,4

2007

9584,6

17079,2

26663,8

606,7

1855,5

2462,2

2008

9698,2

17374

27072,2

616,5

1892,9

2509,4

2009

14236

13297,4

27533,4

1116,8

1446,8

2563,6

2010

14425,9

13575,5

28001,4

1135,7

1480,4

2616,1

2011

14897,4

14226

29123,4

1181,2

1541,7

2722,9

2012

15143,2

14412,2

29555,4

1203,2

1574,6

2777,8

2013

15370,1

14623,4

29993,5

1225,3

1606

2831,3

2014

15555,2

14937,6

30492,8

1250,8

1644,5

2895,3

2015

15748

15274,5

31022,5

1274,5

1684,4

2958,9

2016

15963,9

15611,4

31575,3

1300,7

1724,9

3025,6

2017

16250,8

15869,7

32120,5

1326,3

1762,5

3088,8

2018

16532,7

16124

32656,7

1357,5

1790,9

3148,4

2019

16806,7

16448,8

33255,5

1383,6

1829,5

3213,1

2020

17144,1

16761,1

33905,2

1410,4

1870

3280,4

2021

17510,4

17048,5

34558,9

1432,8

1902,6

3335,4

2022

17935,8

17335,5

35271,3

1460

1948,3

3408,3

2023

18370,9

17654,0

36024,9

1491,6

1990,7

3482,3

Biroq, 2021-

2023 yillar davomida yana o‘shish kuzatilgan. Umumiy holda mintaqada

aholi sonining mamlakat aholisi tarkibid

agi ulushi nisbatan barqaror o‘suvchan dinamikasiga

ega bo‘lgan.

1-rasm. Qashqadaryo viloyati aholisining mamlakat aholisi tarkibidagi ulushi, foizda

15

14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi rasmiy web

-

sayti ma’lu

motlari //

https://stat.uz/uz/

15

mualliflar ishlanmasi.

8,85

8,92

8,97

9,02

9,09

9,14

9,20 9,23

9,27 9,31

9,34 9,35

9,40 9,44

9,50 9,54

9,58 9,62

9,64 9,66 9,68 9,65 9,66 9,67

8,40

8,60

8,80

9,00

9,20

9,40

9,60

9,80

ulush ko'rsatkichi, foizda


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

44

Mintaqadagi mazkur tendensiyani shakllanishida aholining shahar va qishloqlardagi

taqsimoti birdek xissaga ega emas. Hususan, 2000-2023 yillar davomida aholining shahar va

qishloqlardagi taqsimotini ikki davrga bo‘lish mumkin.

Birinchi davr

bu 2000-2008 yillar. Bu

davrda shahar aholisining qishloq aholisiga nisbati 0,34 nisbatdan 0,33 nisbatga tushib borgan.

Shaharda yashovchi aholi jami aholining o‘rtacha 24,5 foizini ta

shkil etgan. Ikkinchi davr

bu

2009 yildan boshlab keyingi davrlar. Bu davrda shahar aholisining qishloq aholisiga nisbati

0,77 nisbatdan 0,75 nisbatga tushib borgan. Shaharda yashovchi

aholi jami aholining o‘rtacha

75,8 foizini tashkil etgan (2a-rasm).

2a-rasm. Shahar va qishloq aholisining

nisbati

2b-

rasm. Aholining o‘shish sur’ati,

foizda

16

Respublikada ham ayni o‘xshash tendensiya kuzatilgan. 2000

-2008 yillarda mamalakat

miqyosida shahar aholisining qishloq aholisiga nisbati 0,6 nisbatdan 0,56 nisbatga tushib

borgan. Shaharda

yashovchi aholi jami aholining o‘rtacha 36,6 foizini tashkil etgan. 2009 yildan

boshlab shahar aholisining qishloq aholisiga nisbati 1,07 nisbatdan 1,04 nisbatga tushib

borgan. Mintaqada ham Respublikada ham 2009 yilda shahar aholisining ulushi keskin ortgan.

Shuningdek, Respublikaga nisbatan Qashqadaryo viloyatida shahar aholisining qishloq

aholisiga nisbati har doim muayyan bir davr uchun quyi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan (2a

-rasm).

Respublika va mintaqada aholining o‘sish sur’ati 2000

-2023 yillar davomida o

‘xshash,

biroz tebranma tendensiyaga ega (2b-

rasm). Eng yuqori o‘sish sur’ati Respublikada ham

mintaqada ham 2011 yilda kuzatilgan, 4 foizga teng. So‘ng

i 24 yillikda Respublikada aholi

sonining ortishi o‘rtacha 1,69 foizni

, mintaqada esa 2,08 foizni tashkil etadi. Mintaqada nisbiy

ustunlik kuzatiladi. Faqat 2021 yilda o‘shish sur’ati mintaqada pasaygan. Bu yilda Respublikada
mazkur ko‘rsatkich 1,93 foizni

, mintaqada 1,68 foizni tashkil etgan.

Mintaqada mehnat bozorining sha

kllanishida aholi sonining o‘zgari

sh dinamikasi katta

ahamiyatga ega. Biroq, aholi sonining ortishiga mos ravishda iqtisodiy faol aholi soni ham ortib

boradi deb xulosa qilish mumkinmi? Umuman olganda hududiy jihatdan bu nisbat
saqlalanadimi?. Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida statisti

ka ma’lumotlariga murojaat

qilamiz. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida va Qashqadaryo vilyatida 2000

-2023 yillar

davomida shakllangan iqtisodiy faol aholi sonining jami aholi soni tarkibidagi ulushi mos

ravishda 3 ta davrga ajraladi. Jumladan, birinchi davr

yuqori o‘shish davri (2000

-2010 yillar).

Bu davrda mazkur ulush Respublikada 36,83 foizdan 43,88 foizga (farq 7,05 foiz), mintaqada

33,55 foizdan 39,41 foizga (farq 5,86 foiz) oshib borgan (3-rasm).

Ikkinchi davr

qayta o‘shish davri (2011

-2018 yillar). Bu davrda mazkur ulush dastlab

pasayib qayta o‘sish tendensiyasiga erishgan. Respublikada 43,06 foizdan 44,88 foizga (farq

1,82 foiz), mintaqada 38,93 foizdan 42,98 foizga (farq 4,05 foiz) oshib borgan. Uchunchi davr

pasayish davri (2019-2022 yillar). Bu davr mamlakat va mintaqa miqyosida iqtisodiy faol aholi

ulushining pasayishi bilan keladi.

16

mualliflar ishlanmasi.

0

0,2

0,4

0,6

0,8

1

1,2

Respublikada

Viloyatda

99

100

101

102

103

104

105

Respublikada

Viloyatda


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

45

3-

rasm. O‘zbekiston respublikasi va Qashqadaryo v

iloyatida iqtisodiy faol aholi

ulushining o‘zgarish dinamikasi, foizda

17

Demak, har ikki holatda ham

tendensiya monoton xarakteriga ko‘ra o‘zgaruvchan, hamda

nisbiy o‘xshash. Yuqoridagi tahlil shuni ko‘rsatadiki, aholi sonining o‘zgarish darajasi bilan

iqt

isodiy faol aholi sonining o‘zgarish darajasi bir

-biridan farq qiladi. Hududiy jihatdan bu ikki

ko‘rsatkich tendensiya chizig‘i nisbiy o‘xshashlik kasb etadi, ammo darajalarda farqlanadi.

Keyingi o‘rinlarda iqtisodiy faol aholi sonining o‘zgarishi bailan i

shsizlik darajasining

o‘zgarishi o‘rtasidagi tendension o‘xshashlik ma

vjudligi, yoki aksincha ekanlig

ini e’tibor

qaratamiz. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra [25], so‘ngi 24 yillikda ishsizlik darajasi Respublika va

viloyatda mos davrlar bo‘yicha 2 ga ajraladi

. Birinchi davr (2000-2006 yillar)

ishsizlikning

quyi darajasi. Bu davrda Respublikada ishsizlik da

rajasi o‘rtacha 0,34 foizni tashkil etgani holda

0,39 foizdan 0,24 foizgacha o‘zgarib turgan. Viloyatda esa o‘rtacha 0,27 foizni tashkil etgani

holda 0,26

foizdan 0,33 foizgacha o‘zgarib turgan (4a

-rasm). 2007 yilda ishsizlik darajasining

keskin ortishi keyingi boshqa 2-davrni (2017 yildan hozirgacha) boshlab beradi. Bu davrda

ishsizlik darajasi Respublikada o‘rtacha 6,48 foizni tashkil etib, eng yuqori ko‘r

satkich 2021

yilda kuzatiladi

9,62 foiz. Qashqadaryo viloyatida esa

o‘rtacha 6,79 foizni tashkil et

ib, eng

yuqori ko‘rsatkich 2021 yilda kuzatiladi –

10,23 foiz (4b-rasm).

4a-rasm. 1-davr: ishsizlikning quyi

darajasi

4b-rasm. 2-davr: ishsizlikning yuqori

darajasi

18

17

mualliflar ishlanmasi.

18

mualliflar ishlanmasi.

36,83 36,97

37,30

37,84

38,69

39,29

39,88

42,38

42,86

43,33

43,88

43,06

43,48

43,89

44,29 44,38 44,41

44,70 44,84 44,73

43,64 43,35

42,64

33,55 33,37 33,39 33,65

34,19

34,65

35,23

37,60

38,12

38,65

39,41

38,93

39,42

39,93

40,50

40,89 41,21

41,98

42,98

41,87

40,17 40,16

39,07

30,00

32,00

34,00

36,00

38,00

40,00

42,00

44,00

46,00

Respublikada

Viloyatda

0,39

0,41

0,37

0,33

0,35

0,27

0,24

0,26

0,28

0,24

0,21

0,29

0,30

0,33

0,00

0,20

0,40

0,60

0,80

2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

Respublikada

Viloyatda

4,99

5,04

4,96

4,86

5,15

5,83

8,98

9,62

8,86

5,17

5,11

5,30

5,16

5,46

6,06

9,31

10,23

9,33

0,00

5,00

10,00

15,00

20,00

25,00

2007

2009

2011

2013

2015

2017

2019

2021

2022

Respublikada

Viloyatda


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

46

Agar yuqoridagi tahlil natijalariga tayanilsa hududning iqtisodiy faol aholi sonining

o‘zgarishi va ishsizlik darajalari o‘rtasidagi tendension tafovut kuzatiladi. Asosiy farqlardan biri

ishsizlik darajalari o‘zgarishida sakrash nuqtasi

mavjud bo‘lib, bu iqtisodiy faol aholi sonining

o‘zgarishida kuzatilm

aydi. Biroq ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi soni bilan bandlar

sonining farqini bildirib, ular o‘rtasidagi mazkur farqning yuzaga kelishida noaniqlik bor.

Mazkur noaniqlikdan chiqish maqsadida

mintaqada iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish sur’ati

hamda ishsizlik daraj

asi tendensiyasi o‘rtasida taqqoslash duagrammasini quramiz. Unga ko‘ra,

iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish sur’ati notekis tendensiya hosil qiladi. Jumladan, 2007

yilda

o‘sish 8,5 foizga teng bo‘lib, bu o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5,8 f

oizga ortiqni tashkil etadi (5a-

rasm). Aynan mana shu davrda ishsizlik darajasi sakrash nuqtasiga ega. Shuning bilan birga,

ishsizlik darajasi 2018 yildan boshlab shiddat bilan o‘sgan bo‘lsa (5b

-rasm), bu davrda

mintaqada iqtisodiy faol aholi sonining o‘si

sh surati pastlagan.

5a-rasm. Iqtisodiy faol aholi sonining

o‘sish sur’ati, foizda

5b-rasm. Ishsizlikning darajasining

o‘zgarish dinamikasi, foizda

19

Demak, mintaqada ishsizlik darajalarining ortishi dinamikasida iqtisodiy faol aholi

sonining o‘sis

h tendensiyasi kollinearlik kasb etmaydi, biroq ishsizlik darajalarining sakrash

nuqtasi aynan iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish suratidagi kulminatsion nuqta bilan bog‘liq

bo‘lib chi

qmoqda.

Xulosa va takliflar.

Mehnat bozorini shakllantirishning hudu

diy manbalari tahlili bo‘yicha tadqiqotlar

natijasida quyidagi xulosalarga kelindi. Jumladan,

Qashqadaryo viloyati aholisining mamlakat aholisi tarkibidagi ulushi o‘sish

tendensiyasiga e

ga bo‘lib, bu ijtimiy jarayonni mehnat resusrsl

arini shakllantirish va mehnat

bozorini optimallashtirish bilan bog‘liq iqtisodiy jarayon uchun muxim omil sifatida baholash

mumkin;

mamlakatimizda va hususan, Qashqadaryo viloyatida shahar va qishloq aholisining

nisbati bilan aholining o‘shish sur’ati o‘rtasida o‘xshash tendensiya mavjud. So‘ngi 15 yillikda
aholi sonining ortishi katta ustunlik bilan shahar aholisi sonining ortishi hisobiga ta’minlangan;

2000-2023 yillar davomida mamlakatimiz va Qashqadaryo viloyati aholisining shahar va

qishloqlardagi taq

simotini, ulushlar o‘zgarishi bo‘yicha ikkita mos davrlarga ajratish mumkin;

O‘zbekiston Respublikasida va jumladan Qashqadaryo viloyatida ishsizlik darajalarining

sakrash nuqtasi iqtisodiy faol aholi sonining

o‘sish suratidagi kuchli tebranish bilan

birga

kuzatilsada, ishsizlik

darajalarining ortib borishi iqtisodiy faol aholi sonining o‘sishi bilan

kollinear tendensiya hosil qilmaydi;

19

mualliflar ishlanmasi.

96

98

100

102

104

106

108

110

Respublikada

Viloyatda

0,00

2,00

4,00

6,00

8,00

10,00

12,00

Respublikada

Viloyatda


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

47

O‘zbekiston respublikasi va Qashqadaryo viloyatida iqtisodiy faol aholi ulu

shining oxirgi

5 yillikdagi o‘zgarish dina

mikasi istiqbolda mehnat resurslari bilan bogliq murakkablikni, jiddiy

tarkibiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarishiga ishora qilmoqda.

Mehnat bozorini shakllantirishning hududiy manbalari tahlili bo‘yicha tadqiqotl

ar

natijasida olingan xulosalardan quyidag

i takliflarni o‘rinli deb hi

soblaymiz: Jumladan,

mintaqada maehnat resurslari manbalarining shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish

asosida, iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishchi kuchi taqsimotini optimallashtirish modellarini

ishlab chiqish tavsiya etiladi;

mintaqada mehnat bozorining

asosiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi ichki va tashqi

ustuvor omillarini aniqlash, baholash usullarini takomillashtirish, omilli nazorat

mexanizmlarini faollashtirish zarur;

Qashqadary

o viloyatida mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qisqa, o‘rta va

uzoq muddatli ishonchli prognoz parametrlarini ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida

ishlab chiqish zarur.

Adabiyotlar / Литература/ Reference:

Borowczyk-Martins D. et al. (2024) Measuring labor market transitions with time series of

cross

sections.

Economics

Letters

Available

online

21

March,

111650

/

https://doi.org/10.1016/j.econlet.2024.111650

Dawn Otterby et al. (2024). Effects of the minimum wage on US county labor markets.

Regional Science Policy & Practice.

https://doi.org/10.1016/j.rspp.2024.100008i

Díaz

-

S´anchez J.P., Correa, H.

(2024) Immigration and formal labor market participation in

Ecuador: Empirical insights from a developing nation. Research in Globalization Volume 8, June,

100198 /

https://doi.org/10.1016/j.resglo.2024.100198

D

o‘stmi

rzayevich, J. R. F. (2023). A MODEL APPROACH TO LONG-TERM FORECASTING OF

ELECTRICITY SUPPLY. Journal of Integrated Education and Research, 2(10), 41-45.

Do‘stmirzayevich, J. R. F., & Sobirovich, E. J. (2023). Problems of Management of

Technological Systems Under Uncertainty: Models and Algorithms. Global Scientific Review, 19,

39-48.

Farooq Q., Nymoen R. (2006) Econometric modelling of slack and tight labour markets.

Economic Modelling. Vol 23, Iss 4, P. -579-596 / doi.org/10.1016/j.econmod.2006.03.001

Jo‘

rayev, F. (2023). AGROKLASTER TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH USULLARI:

NOANIQLIKNI ALGORITM VA MODEL YORDAMIDA MINIMALLASHTIRISH. Iqtisodiyot va taʼlim,

24(6), 306-314.

Jo‘rayev, F. D., Ochilov, M. A., Rakhimov, A. M., & Doliyev, S. Q. (2023). Algorithms for

improving models of optimal control for multi-parametric technological processes based on

artificial intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.

JO'RAYEV, F.D. Econometric modeling of the development and management of agricultural

production based on cluster analysis (on the example of th

e584 Kashkadarya region). Экономика,

8, 584-590.

Juraev, A. K., Jurayev, F. D., Eshkobilov, S. B., Ibragimov, B. S., & Norboev, O. N. (2023).

Nonlinear control object identification problems: Methods and approaches. In E3S Web of

Conferences (Vol. 392, p. 02043). EDP Sciences.

Juraev, F. D., Mallaev, A. R., Aralov, G. M., Ibragimov, B. S., & Ibragimov, I. (2023). Algorithms

for improving the process of modeling complex systems based on big data: On the example of

regional agricultural production. In E3S Web of Conferences (Vol. 392, p. 01050). EDP Sciences.

Khalismatov, I., Zakirov, R., Shomurodov, S., Isanova, R., Joraev, F., & Ergashev, Y. (2024).

Correlation analysis of geological factors with the coefficient of gas transfer of organizations. In

E3S Web of Conferences (Vol. 497, p. 01018). EDP Sciences.

Maaz Ahmad et al. (2024) Effect of the Supply-Side factors on inflation in South Asia: An

analysis of oil price, technology, and labor market dynamics. Research in Globalization Volume 8,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

48

100210 /

https://doi.org/10.1016/j.resglo.2024.100210

Manuel Pérez

-Trujillo. (2024) The impact of the mining industry, and its recent functional

and spatial fragmentation, on regional labor market performance: The case of Antofagasta. The

Extractive

Industries

and

Society

Volume

17,

101431

/

https://doi.org/10.1016/j.exis.2024.101431

Marwa S., Chokri, A. (2024) Active Labor Market Policies and instability of their allocations:

A changing relationship in the case of regions of Tunisia. Regional Science Policy & Practice.

100026 /

https://doi.org/10.1016/j.rspp.2024.100026

Maxmatqulov, G. O. (2022). A COMPLEX SYSTEMIC ISSUE OF THE DEVELOPMENT OF THE

NETWORK OF TRADE SERVICES. Development and innovations in science, 1(16), 10-13.

Maxmatqulov, G. O. X. (2023). SAVDO XIZMATLARINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING

ZAMONAVIY USLUBIY YONDOSHUVLARI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9),
378-386.

Muhammadiyevich, A. G. A. (2023). ANALYSIS OF FUNCTIONS OF BELONGING AND

ASSESSMENT OF THE STATE OF THE CONTROL OBJECT. World Economics and Finance Bulletin,

23, 85-90.

Muhammadiyevich, R. A. (2021). RESIDENCE AND CATERING SERVICES TO THE

POPULATION THE IMPORTANCE OF ECONOMETRIC MODELING IN REGULATORY ASSESSMENT

OF CONSUMER REQUIREMENTS TO IMPROVE DISPLAY QUALITY. Galaxy International

Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1043-1048.

Mukhitdinov, K. S., & Juraev, F. D. Methods of Macroeconomic Modeling. International

Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD), e-ISSN, 2456-6470.

Parida J.K. et al. (2023) The labour market dilemma of young urban women in India: An

outcome of family welfare optimization. World Development Perspectives Vol 32, 100540 /

https://doi.org/10.1016/j.wdp.2023.100540

Rakhimov, A. N., & Jo‘rayev, F. D. (2022). A systematic approach to the methodolog

y of

agricultural development and the strategy of econometric modeling. Res Militaris, 12(4), 2164-

2174.

Rujin S. (2024) Labor market institutions and technology-induced labor adjustment along

the extensive and intensive margins. Journal of Macroeconomics Volume 79, 103571 //

https://doi.org/10.1016/j.jmacro.2023.103571

Stefano Caria A. et al. (2024) Village social structure and labor market performance:

Evidence from the Philippines. Journal of Economic Behavior and Organization. -219 p. 371-380 /

https://doi.org/10.1016/j.jebo.2024.01.025

Tang L. (2022) The dynamic demand for capital and labor: Evidence from Chinese industrial

firms. Economic Modelling. 107,/

https://doi.org/10.1016/j.econmod.2021.105731

Valery I. Khabarov et al. (2022) Efficiency of Labor Resources use and Issues of Transport

Supply and Demand Development in Large Cities and Agglomerations. Transportation Research

Procedia.Volume 61, Pages 308-313. /

https://doi.org/10.1016/j.trpro.2022.01.051

Жураев, Ф. (2021). Перспективные проблемы развития производство

сельскохозяйственной продукции и их эконометрическое моделирование. Экономика И

Образование, (4), 377

-385.

Жўраев, Ф. Д., & Аралов, Ғ. М. (2023). ҚИШЛОҚ

ХЎЖАЛИК МАҲСУЛОТЛАРИ ИШЛАБ

ЧИҚАРИШНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯСИНИ СТАТИСТИК ТАҲЛИЛИ.

RESEARCH AND

EDUCATION, 2(4), 31-43.

Bibliografik manbalar

Borowczyk-Martins D. et al. (2024) Measuring labor market transitions with time series of cross sections. Economics Letters Available online 21 March, 111650 / https://doi.org/10.1016/j.econlet.2024.111650

Dawn Otterby et al. (2024). Effects of the minimum wage on US county labor markets. Regional Science Policy & Practice. https://doi.org/10.1016/j.rspp.2024.100008i

Díaz-S´anchez J.P., Correa, H. (2024) Immigration and formal labor market participation in Ecuador: Empirical insights from a developing nation. Research in Globalization Volume 8, June, 100198 / https://doi.org/10.1016/j.resglo.2024.100198

Do‘stmirzayevich, J. R. F. (2023). A MODEL APPROACH TO LONG-TERM FORECASTING OF ELECTRICITY SUPPLY. Journal of Integrated Education and Research, 2(10), 41-45.

Do‘stmirzayevich, J. R. F., & Sobirovich, E. J. (2023). Problems of Management of Technological Systems Under Uncertainty: Models and Algorithms. Global Scientific Review, 19, 39-48.

Farooq Q., Nymoen R. (2006) Econometric modelling of slack and tight labour markets. Economic Modelling. Vol 23, Iss 4, P. -579-596 / doi.org/10.1016/j.econmod.2006.03.001

Jo‘rayev, F. (2023). AGROKLASTER TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH USULLARI: NOANIQLIKNI ALGORITM VA MODEL YORDAMIDA MINIMALLASHTIRISH. Iqtisodiyot va taʼlim, 24(6), 306-314.

Jo‘rayev, F. D., Ochilov, M. A., Rakhimov, A. M., & Doliyev, S. Q. (2023). Algorithms for improving models of optimal control for multi-parametric technological processes based on artificial intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.

JO'RAYEV, F.D. Econometric modeling of the development and management of agricultural production based on cluster analysis (on the example of the584 Kashkadarya region). Экономика, 8, 584-590.

Juraev, A. K., Jurayev, F. D., Eshkobilov, S. B., Ibragimov, B. S., & Norboev, O. N. (2023). Nonlinear control object identification problems: Methods and approaches. In E3S Web of Conferences (Vol. 392, p. 02043). EDP Sciences.

Juraev, F. D., Mallaev, A. R., Aralov, G. M., Ibragimov, B. S., & Ibragimov, I. (2023). Algorithms for improving the process of modeling complex systems based on big data: On the example of regional agricultural production. In E3S Web of Conferences (Vol. 392, p. 01050). EDP Sciences.

Khalismatov, I., Zakirov, R., Shomurodov, S., Isanova, R., Joraev, F., & Ergashev, Y. (2024). Correlation analysis of geological factors with the coefficient of gas transfer of organizations. In E3S Web of Conferences (Vol. 497, p. 01018). EDP Sciences.

Maaz Ahmad et al. (2024) Effect of the Supply-Side factors on inflation in South Asia: An analysis of oil price, technology, and labor market dynamics. Research in Globalization Volume 8, 100210 / https://doi.org/10.1016/j.resglo.2024.100210

Manuel Pérez-Trujillo. (2024) The impact of the mining industry, and its recent functional and spatial fragmentation, on regional labor market performance: The case of Antofagasta. The Extractive Industries and Society Volume 17, 101431 / https://doi.org/10.1016/j.exis.2024.101431

Marwa S., Chokri, A. (2024) Active Labor Market Policies and instability of their allocations: A changing relationship in the case of regions of Tunisia. Regional Science Policy & Practice. 100026 / https://doi.org/10.1016/j.rspp.2024.100026

Maxmatqulov, G. O. (2022). A COMPLEX SYSTEMIC ISSUE OF THE DEVELOPMENT OF THE NETWORK OF TRADE SERVICES. Development and innovations in science, 1(16), 10-13.

Maxmatqulov, G. O. X. (2023). SAVDO XIZMATLARINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY USLUBIY YONDOSHUVLARI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 378-386.

Muhammadiyevich, A. G. A. (2023). ANALYSIS OF FUNCTIONS OF BELONGING AND ASSESSMENT OF THE STATE OF THE CONTROL OBJECT. World Economics and Finance Bulletin, 23, 85-90.

Muhammadiyevich, R. A. (2021). RESIDENCE AND CATERING SERVICES TO THE POPULATION THE IMPORTANCE OF ECONOMETRIC MODELING IN REGULATORY ASSESSMENT OF CONSUMER REQUIREMENTS TO IMPROVE DISPLAY QUALITY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1043-1048.

Mukhitdinov, K. S., & Juraev, F. D. Methods of Macroeconomic Modeling. International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD), e-ISSN, 2456-6470.

Parida J.K. et al. (2023) The labour market dilemma of young urban women in India: An outcome of family welfare optimization. World Development Perspectives Vol 32, 100540 / https://doi.org/10.1016/j.wdp.2023.100540

Rakhimov, A. N., & Jo‘rayev, F. D. (2022). A systematic approach to the methodology of agricultural development and the strategy of econometric modeling. Res Militaris, 12(4), 2164-2174.

Rujin S. (2024) Labor market institutions and technology-induced labor adjustment along the extensive and intensive margins. Journal of Macroeconomics Volume 79, 103571 // https://doi.org/10.1016/j.jmacro.2023.103571

Stefano Caria A. et al. (2024) Village social structure and labor market performance: Evidence from the Philippines. Journal of Economic Behavior and Organization. -219 p. 371-380 / https://doi.org/10.1016/j.jebo.2024.01.025

Tang L. (2022) The dynamic demand for capital and labor: Evidence from Chinese industrial firms. Economic Modelling. 107,/ https://doi.org/10.1016/j.econmod.2021.105731

Valery I. Khabarov et al. (2022) Efficiency of Labor Resources use and Issues of Transport Supply and Demand Development in Large Cities and Agglomerations. Transportation Research Procedia.Volume 61, Pages 308-313. / https://doi.org/10.1016/j.trpro.2022.01.051

Жураев, Ф. (2021). Перспективные проблемы развития производство сельскохозяйственной продукции и их эконометрическое моделирование. Экономика И Образование, (4), 377-385.

Жўраев, Ф. Д., & Аралов, Ғ. М. (2023). ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАҲСУЛОТЛАРИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯСИНИ СТАТИСТИК ТАҲЛИЛИ. RESEARCH AND EDUCATION, 2(4), 31-43.