Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
49
KAPITAL BOZORIDA INVESTORLARNING FAOLLIGINI OSHIRISHDA FOND
INDEKSLARINING O‘RNI
Karimov Akramjon
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0001-9426-8777
Annotatsiya.
Maqolada kapital bozoriga investorlarni keng jalb etishda fond
indekslarining mohiyati va ularni hisoblash usullari atroflicha tahlil etilgan hamda ularga ta’sir
etuvchi omillar o‘rganilgan. Shuningdek, aksiyalar savdosini rivojlantirishda
fond indekslarining
ahamiyati, ularning daromadlilik darajasini savdo jarayonlariga ta’siri bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
kapital bozori, fond birjasi, aksiya, obligatsiya, investor, yillik daromadlilik,
emitent, emissiya, fond indeksi, birjaviy indekslar, investitsiya, ETF, fundamental tahlil, texnik
tahlil, bozor kapitallashuvi, ROE, ROA, ROI.
РОЛЬ ФОНДОВЫХ ИНДЕКСОВ В ПОВЫШЕНИИ АКТИВНОСТИ
ИНВЕСТОРОВ НА РЫНКЕ КАПИТАЛА
Каримов Акрамжон
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация
.
В статье подробно анализируется сущность фондовых индексов в
привлечении инвесторов на рынок капитала
и методы их расчета, а также изучаются
факторы, влияющие на них. Также описано значение
фондовых индексов в развитии
биржевой торговли, влияние их доходности на торговые процессы.
Ключевые слова:
рынок капитала, фондовая биржа, акция, облигация, инвестор,
годовая доходность, эмитент, выпуск, фондовый индекс, фондовые индексы, инвестиции,
ETF, фундаментальный анализ, технический анализ, рыночная капитализация, ROE, ROA,
ROI.
THE ROLE OF STOCK INDICES IN INCREASING INVESTOR ACTIVITY
IN THE CAPITAL MARKET
Karimov Akramjon
Tashkent State University of Economics
Abstract
.
The article analyzes in detail the essence of stock indices in attracting investors
to the capital market and methods of their calculation, and also studies the factors influencing
them. The importance of stock indices in the development of exchange trading and the influence
of their profitability on trading processes are also described.
Key words:
capital market, stock exchange, share, bond, investor, annual return, issuer,
issue, stock index, stock indices, investments, ETF, fundamental analysis, technical analysis,
market capitalization, ROE, ROA, ROI.
UO
‘
K: 336.763.4
III SON - MART, 2024
49-57
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
50
Kirish.
Kapital bozori iqtisodiyotga moliyaviy resurslarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Zero, kapital bozori infratuzilmalari orqali emitentlar o‘zlariga yangi loyihalar yuzasidan
zaruriy bo‘lgan qarz mablag‘larini past qiymatlarda jalb etishlari mumkindir. Ushbu o‘rinda,
xorijiy va mahalliy investorlarning kapital bozoridagi ishtirokini faollashitirish hamda ularni
kompaniyalarning aksiyalari savdosi jarayonlariga keng jalb etishda bir qancha omillar,
ko‘rastkichlar mavjuddir. Shundaylardan biri esa –
bu fond bozori indeks
lari bo‘lib, ushbu
ko‘rsatkich milliy fond bozorlarida investorlar uchun asosiy hisoblanadi va ularning doimiy
diqqat markazidadir.
AQSHdagi yirik fond birjalaridan hisoblangan NYSE fond birjasining rasmiy
ma’lumotlariga ko‘ra,
2023-yil davomida S&P 500 INDEX ($SPX) indeksi eng quyi qiymati
3846,32 AQSH dollari va eng yuqori qiymati 4793,90 AQSH dollari yoki 124,63 foizga o‘zgargan,
NYSE COMPOSITE (DJ) ($NYA) indeksi eng quyi qiymati 14471,08 AQSH dollari va eng yuqori
qiymati 16933,62 AQSH dollari yoki 11
7,01 foizga o‘zgargan, DOW JONES INDUSTRIAL
AVERAGE ($INDU) indeksi eng quyi qiymati 31429,82 AQSH dollari va eng yuqori qiymati
37778,85 AQSH dollari yoki 120,20 foizga o‘zgargan bo‘lsa (NYSE)
20
, London fond birjasidagi
FTSE 100 indeksi eng quyi qiymati 7215,76 funt sterling va eng yuqori qiymati 8047,06 funt
sterling yoki 111,52 foizga o‘zgargan, FTSE 350 indeksi eng quyi qiymati 3976,3 funt sterling
va eng yuqori qiymati 4440,35 funt sterling yoki 111,67 foi
zga o‘zgargan(LSE)
21
. Shuningdek,
2023-
yilda “To
s
hkent” RFBsidagi UCI indeksi 482,01 so‘mdan 763,03 so‘mgacha ko‘tarilgan
22
.
Ushbu jihatlarni olib qaraydigan bo‘lsak, milliy iqtisodiyotda investorlarning faolligini
oshirishda fond indekslari asosiy ko‘rsatkich sifatida e’tirof etsak bo‘ladi.
Adabiyotlar sharhi.
Aksiyalar bozorida turli fond indekslarining o‘zgarish dinamikasini hamda investorlarga
ushbu holatning ahamiyati bo‘yicha xorijlik iqtisodchilar
nazariy-amaliy tadqiqotlarni olib
borganlar. Xususan, fond indekslarini vaqti-vaqti bilan qayta tashkil etish amaliyoti shuni
ko`rsatadiki, indeks tarkibidagi o'zgarishlar aksiyalari indeksga qo'shilgan yoki undan chiqarib
yuborilgan firmalarning faoliyatiga ta'sir qilishi mumkin. Birja indeksi tarkibidagi o'zgarishlar
narxlarga, savdo hajmiga va firmaning boshqa xususiyatlariga ta'sir to`g`ridan to`g`ri tasir
o`tkazadi (Afego, 2017).
Fond indeksi
–
bu qimmatli qog‘ozlar bozori holatini baholash ko‘rsatkichi bo‘lib, sodir
bo‘layotgan
makroiqtisodiy jarayonlarni kompleks ifodalaydi. Iqtisodiyotda inqirozlar sodir
bo‘lsa, uning miqdori pasayadi. Iqtisodiy o‘sish davrida esa uning miqdori ortib boradi. Shuning
uchun fond indekslarini barcha mamlakatlarda iqtisodiyot holatini umumlashgan miqdoriy
ko‘rsatkichlari deb qabul qilingan
(Sherstyankina, 2007).
S&P 500 fond indeksi fyuchers bozorida savdo strategiyalarini amalga oshirishga gibrid
AI (sun'iy intellekt) yondashuvini taqdim etadi. Gibrid AI yondashuvi S&P 500 fond indeksi
fyucherslarid
a kunlik narx o‘zgarishlari yo‘nalishini aniq bashorat qilish uchun qoid
alarga
asoslangan tizimlar texnikasi va neyron tarmoqlar texnikasini birlashtiradi (Tsaih, Hsu & other,
1998).
S&P100 va NASDAQ100 indekslari uchun aksiyalarning daromadliligi va nazarda tutilgan
o'zgaruvchanlik o'rtasida salbiy va statistik jihatdan muhim bog'liqlik mavjudligini ko'rsishimiz
mumkin. S&P100 indeksi uchun bu munosabat assimetrikdir, chunki salbiy fond indeksi
daromadlari VIXda ijobiy daromadlarga qaraganda kattaroq o'zgarishlarni keltirib chiqaradi
(Giot, 2005).
MDH davlatlarida faoliyat olib boruvchi iqtisodchilar investitsion portfelni hosil etishda
indekslardan foydalanishning 4ta bosqichini taklif etganlar (Malyarov, Gerasimova, 2015).
20
NYSE, n.d.
https://www.nyse.com/quote/index/DJI
21
LSE, n.d.
https://www.londonstockexchange.com/indices/ftse-100
22
“Toshkent RFB, 2023”
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
51
Yurtimiz iqtisodchi olimlari moliya bozorida fond indekslarining iqtisodiy ahamiyatiga
yuqori darajada e
’tibor qaratib, fond indekslari
- kompaniya aksiyasi uchun narxlar darajasi va
dinamikasini xarakterlovchi son, bu son tegishli vaqt mobaynida indeks ro`yxatiga kiritilgan
bo'ladi (Shoxa’zamiy, 20
07
) deya ta’kidlangan, shuningdek, jahondagi mashhur moliya
institutlari tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro aksiyalar indekslari xalqaro aksiyalar bozori
rivojlanish indikatorlari hisoblanadi. Dastlabki xalqaro fond indekslaridan biri EAFE Index
(Yevropa, Avstraliya va Uzoq sharq fond indeksi) hisoblanib, Buyuk Britaniya, Yaponiya,
Fransiya, Germaniya, Gonkong, Shveysariya, Avstraliya, Italiya, Gollandiya, Malayziya, Avstriya
va boshqa jami 21ta davlatdagi 2000dan ortiq kompaniyalar aksiyalari asosida aniqlanadi.
Shuningdek xalqaro aksiyalar bozori indekslari sifatida Buyuk Britaniya aktuariylari instituti
tomonidan ishlab chiqilgan FTW indeksi (The Financial Times World Index), GlobalIndex, SB-
RGE kabilarni ham keltirish mumkin. Shuningdek, 1999 yildan DJGTIndex ham hisoblanib,
dunyodagi 8 ta yirik fond bozorlariga ega davlatlar
–
AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Yaponiya, Germaniya, Italiya, Shveysariya va Gollandiyadagi 50 ta kompaniya asosida
hisoblanadi (Elmirzayev, Shavkatov va boshq., 2023).
Fond indekslari fond bozorining rivojlanish dinamikasini aks ettiruvchi asosiy ko`zgu
hisoblanib, iqtisodchilar bayon etganidek, fond bozorida aksiyadorlik jamiyatlarining
moliyaviy risklarini boshqarish mexanizmini takomillashtirishga, zamonaviy IT-
texnologiyalarini joriy etishga, kadrlar salohiyatini mustahkamlashga urg‘
u berish lozim
(Eshov, 2020).
Fond indeksi
–
bu qimmatli qog‘ozlar bozori holatini baholash ko‘rsatkichi bo‘lib, sodir
bo‘layotgan makroiqtisodiy jarayonlarni
kompleks ifodalaydi. Iqtisodiyotda inqirozlar sodir
bo‘lsa, uning miqdori pasayadi. Iqtisodiy o‘
sish davrida esa uning miqdori ortib boradi. Shuning
uchun fond indekslarini barcha mamlakatlarda iqtisodiyot holatini umumlashgan miqdoriy
ko‘rsatkichlari deb
qabul qilingan (
Elmirzayev, Muxamеdov
va boshq., 2023).
Tаdqiqot metodologiyasi.
Ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda induksiya, deduksiya, sintez kabi usullardan
foydalanilgan. Shuningdek, kapital bozoriga investorlarni keng jalb etishda fond indekslarining
mohiyati va ularni hisoblash usullari tahlil qilishda Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro
birjalar federatsiyasi, NYSE, NASDAQ, LSE va
“Toshkent” RFB kabi fond birjalari
rasmiy statistik
maʼlumotlaridan foydalanildi. Toʻplangan maʼlumotlar asosida kuzatish va iqtisodiy tahlilni
qiyoslash, tizimli yondashuv hamda mantiqiy yondashuv kabi uslublardan samarali
foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Fond indeksi quyidagi asosiy maqsadlarga javob berishi lozim:
-
fond bozoridagi holatni aniq va o‘z vaqtida ifodalashi;
-
bozor tendentsiyasi yo‘nalishini prognoz qilish, taxnik tahlil usullari yordamida bozor
holatini bashorat qilish uchun qulay va yaxshi vosita bo‘lishi;
-
turli milliy fond bozorlarida yirik strategik investitsiyalar qilish bilan shug‘ullanadigan
investorlarga aynan qaysi bir mamlakat bozoriga qaysi vaqtda o‘z sarmoyalarini yo‘naltirishi
mumkinligi to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilishi uchun yordam be
rishi;
-
risklarni na faqat bozor doirasida, balki uning alohida ko‘rsatkichlari (masalan, foiz
stavkalari) bo‘yicha xedjirlash maqsadida fyuchers va opsion shartnomalar uchun vosita bo‘lib
hizmat qilishi;
-
“ishonchlilik
-
daromadlilik” toifalarida qimmatli qog‘ozlarning optimal portfelini
shakllantirish va samarali boshqarishda qaror qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi;
-
indeks yordamida ifodalanuvchi fond boyliklari bilan yoki ularning o‘hshash
(korrelyatsiyalanuvchi) bozorida ishlovchi treyder (yoki portfel boshqaruvchisi va h.k.) olishi
lozim bo‘lgan daromadning minimal bazaviy miqdorini ko‘rsatishi;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
52
- muayyan kompaniyalar boshqaruvchilarining ish sifatini tarmoqlar va umuman bozor
bo‘yicha o‘
rtacha qiymatlari sifati bilan solishtirma bahol
ash vositasi bo‘lib hizmat qilishi;
-
indeks portfelida keltirilgan instrumentlar muomalada bo‘luvchi mamlakat bozorida uni
tartiblashtiruvchi organlar faoliyatini tavsiflashi, iqtisodiy holat va investitsion muhitni aks
etishi kerak (
Elmirzayev, Muxamеdo
v va boshq., 2023).
Fond indeksiga yaqin bo‘lgan ETF(exchange
-
traded fund) tushunchasi mavjud bo‘lib, u
investitsion fondlar tomonidan tashkillashitirilgan turli moliyaviy instrumentlardan iborat
bo‘lgan portfelni o‘z ichiga oladi.
Bizning fikrimizcha, fond indekslari orqali investorlarga axborotlar qulay va tushunarli
tarzda yetkaziladi. Fond indeksi
–
bu o‘zida bir qancha qimmatli qog‘ozlarning kunlik o‘zgarish
dinamikasini ifodalovchi, tarkibi fond birjalari yoki boshqa tashkilotlar tomonidan yaratilgan
axborot ko‘rinishidagi ko‘rsatkich hisoblanib, investorlarning faollik darajasiga doimiy
ravishda ta’sir etadi yoki ta’sirlanadi.
Kapital bozorida fond indekslarini hisoblash bir qator jarayonlarni, xususan, fond indeksi
ma’lumotlar bazasini shakllanitirish va doimiy ravishda ma’lumot berib borishni talab etadi (1
- rasm).
1-rasm. Fond indekslari hisob-kitobi jarayoni
(
Шерстянкина, 2007
)
1-
rasm ma’lumotlarida qayd etishimiz joizki, fond indekslarining hisob
-kitob jarayonlari
o‘ziga yarasha murakkab bo‘lib, bunda axborotlar to‘laqonligi muhimdir. Avvalambor, fond
indekslari fond
birjalaridagi savdo natijalari asosida shakllantiriladi. Bizga ma’lumki, bir fond
birjasida bir qancha fond indekslari mavjud bo‘lishi mumkin. Bunda har bir fo
nd indeksining
aksiyalar bazasi mavjud bo‘lib, ularning savdo natijalari va qiymati tahlil etib b
oriladi. Indeks
qiymatini aniqlashda kuzatilgan davr bo‘yicha ko‘rsatkichlarni jamlash va ularni tahlil etish
turli usullar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Savdo natijalari
Aksiyalar bo‘yicha baza
Likvidlik bo‘yicha
tahlili
Savdosi yuqori aksiyalar bo‘yicha baza
Chiqarilgan aksiyalar bo‘yicha xisob kitob
Qo‘shimcha hisob kitoblar
Bitimlar bo‘yicha xisob kitob
Indeks qiymati
Indeks qiymati
Metodlar tahlili
Metodlar tahlili
Kuzatilgan davr bo‘yicha
ko‘rsatkichlarni jamlash
Xatolik
ko‘rsatkichi hisob
kitoblari
Olingan ko‘rsatkichlar
tahlili
Xatolik ko‘rsatkichi hisobi
Immitatsion modellar bo‘yicha tahlil
- doimiy elastiklik bo‘yicha;
- tasodifiy elastiklik bo‘yicha;
- tasodifiy omillarni hisobga olgan holda.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
53
B
izga ma’lumki, xalqaro moliya bozorida eng muhim ko`rsatkich AQSHning NYSE fond
birjasidagi DOW JONES fond indeksi hisoblanib, yirik institutsional investorlarning diqqat
markazidadir va uning tarkibiy elementlari quyidagi jadvalda aks ettirilgan (1-jadval).
1-jadval
DOW JONES INDUSTRIAL AVERAGE (DJIA) indeksning tarkibiy elementlari
(Dow Jones, 2023)
Kompaniya
Birja
Belgisi
Soha
Kiritilgan
yil
Indeksdagi
ulushi
3M
Konglomerat
1976-08-09
1.54%
American Express
NYSE
Moliyaviy xizmatlar 1982-08-30
3.64%
NASDAQ
Biofarmatsevtika
2020-08-31
4.80%
Chakana savdo
2024-02-26
2.93%
Axborot
texnologiyalari
2015-03-19
3.04%
Aerokosmik va
mudofaa
1987-03-12
3.36%
Caterpillar
Qurilish va konchilik 1991-05-06
5.45%
Neft sanoati
2008-02-19
2.59%
Axborot
texnologiyalari
2009-06-08
0.81%
Ichimlik sanoati
1987-03-12
1.02%
Eshittirish va o‘yin
-
kulgi
1991-05-06
1.81%
Kimyo sanoati
1991-05-06
0.94%
Moliyaviy xizmatlar 2019-04-02
6.54%
Uyni
obodonlashtirish
1999-11-01
6.23%
Konglomerat
2020-08-31
3.34%
Axborot
texnologiyalari
1979-06-29
3.09%
Yarimo‘tkazgich
sanoati
1999-11-01
0.72%
Johnson &
Johnson
Farmatsevtika
sanoati
1997-03-17
2.70%
Moliyaviy xizmatlar 1991-05-06
3.07%
Oziq-ovqat sanoati
1985-10-30
4.98%
Farmatsevtika
sanoati
1979-06-29
2.16%
Axborot
texnologiyalari
1999-11-01
6.83%
Kiyim sanoati
2013-09-20
1.75%
Tez sotiladigan
iste'mol tovarlari
1932-05-26
2.69%
Axborot
texnologiyalari
2020-08-31
5.04%
Sug‘urta
2009-06-08
3.69%
Boshqariladigan
sog‘liqni saqlash
2012-09-24
8.81%
Telekommunikatsiya
sanoati
2004-04-08
0.67%
Moliyaviy xizmatlar 2013-09-20
4.76%
Chakana savdo
1997-03-17
1.00%
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
54
1-
jadval ma’lumotlarida DOW JONES
INDUSTRIAL AVERAGE (DJIA) indeksning tarkibiy
elementlari keltirilgan bo‘lib, ular qatorida Amazon, Apple, Boeing, Coca
-Cola, IBM, Intel,
Johnson & Johnson, JPMorgan Chase, Microsoft, Nike, Procter & Gamble kabi yirik transmilliy
kompaniyalarni ko‘rishimiz
mumkin.
NYSE COMPOSITE (DJ) NYA indeks ham AQSH iqtisodiyotida investorlarning diqqat
e’tiborida bo‘lib, so‘nggi 10
-
yilda muntazam ravishda o‘sib kelgan
23
(2-rasm).
2-
rasm. NYSE COMPOSITE (DJ) NYA indeksning so‘nggi 10
-yillik
ko‘rsatkichi, AQSH dollari
24
2-
rasm ma’lumotlarida NYSE Composite
indeksning so‘nggi 10
-
yillik ko‘rsatkichi tahlil
etilgan bo‘lib, ushbu indeks dunyodagi eng mashhur fond
indekslaridan biridir. U Nyu-York
fond birjasida sotiladigan barcha qimmatli qog‘ozlar narxlaridagi o‘zgarishlarni aks ettiradi,
uning tarkibiga Qo‘shma Shtatlar va xorijda ro‘yxatga olingan, umumiy kapitallashuvi 20
trillion dollardan ortiq bo‘lgan 2000 d
an ortiq yirik kompaniyalar kiradi.
3-
rasm. S&P 500 INDEX ($SPX) indeksning so‘nggi 10
-
yillik ko‘rsatkichi, AQSH dollari
25
23
https://www.nyse.com/quote/index/NYA
24
NYSE, 2023 n.d.
https://www.nyse.com/quote/index/DJI
25
NYSE, 2023 n.d.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
55
3-
rasm ma’lumotlarida AQS
H fond birjasida S&P 500 INDEX ($SPX)
26
indeksning so‘nggi
10-
yillik ko‘rsatkichi tahlil etilgan bo‘lib, 2020
-yilning mart oyida ushbu indeksning tezkor
volotilligi yuqori darajada o`zgarishini kuzatishimiz mumkindir.
4-rasm. FTSE 350
indeksning so‘nggi
10-
yillik ko‘rsatkichi, funt
sterling
27
4-
rasm ma’lumotlarida FTSE 350 indeksning so‘nggi 10
-
yillik ma’lumotlari tahlil etilgan
bo‘lib, 2014
-yil yanvar oyida indeks 3554.93 funt sterling va Bollinger Bands indekatori mos
ravishda 3809.45, 2879.09, 3352.47
qiymatlarni ifoda etgan bo‘lsa, 2023
-yilning dekabr
holatiga 4273.24 funt sterling va Bollinger Bands indekatori mos ravishda 4359.95, 3895.95,
4134.97 qiymatlarga erishgan. FTSE 350 indeksning so‘nggi 10
-yillikdagi eng quyi qiymati
2718.73ni eng yuqori qiymati 4440.35ni tashkil etgan
28
.
Milliy
iqtisodiyotimizda “Toshkent” respublika fond birjasidagi listingdagi
kompaniyalarni birlashtiruvchi UCI (uzbek composite index) indeksi mavjuddir. Uzbekistan
composite index (UCI) bu “Toshkent” Respublika fond birjasining kompozit indeksi bo‘lib, u
o‘zida birja kotirovkalar varag‘iga kiritilgan aksiya emitentlarining umumiy bozor holatini aks
ettiradi. Birja UCI indeksini Yagona dasturiy-texnik majmua savdo platformasi orqali avtomatik
tarzda, real vaqtlarda amalga oshiriladigan savdolar natijasida kelib chiqadigan narxlarga
asosan hisoblaydi, shu sababdan, birja savdo kuni davomida tuzilgan bitimlarning xar biri UCI
indeksga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. UCI indeksining hisoblash formulasi birjaning umumiy bozor
kapitallas
huviga asoslangan bo‘lib, bunda quyidag
ilar nisbat sifatida hisoblanadi:
𝐼𝑁𝐷𝐸𝑋 =
Market Cap Current date
Market Cap Base date
× Base Index
bu yerda:
- Market Cap Current date -
bu birja kotirovkalari ro‘yxatiga kiritilgan barcha aksiya
emitentlarining joriy savdo sanasidagi bozor kapitallashuvi;
- Market Cap Base date
–
bu indeks yuzaga kelgan ma’lum sanadagi birja kotirovkalari
varaqasiga kiritilgan barcha aksiya emitentlarining jami bozor kapitallashuvi hisoblanadi;
- Base Index
–
bu indeks ko‘rsatkichi uchun belgilangan o‘zgarmas son birligi
- 1 000.
https://www.nyse.com/quote/index/SPX
27
LSE, n.d. 2023
https://www.londonstockexchange.com/indices/ftse-100
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
56
Bundan tashqari, birja savdo tizimi yuqorida keltirilgan metodologiyadan foydalangan
holda
emitentlarning qaysi iqtisodiy tarmoqlarga mansubligiga ko‘ra subindekslarni
hisoblaydi, bular: moliyaviy sektor, sanoat, agrosanoat kompleksi, qurilish sektori, ijtimoiy
soha, transport, savdo va boshqa sektorlar (Maxkamova, Tuxtasinov, 2023).
5-rasm. UCI
indeksning so‘nggi 1
-
yillik ko‘rsatkichi, so‘mda
29
5-rasm
ma’lumotlarida
UCI indeksning so‘nggi 1
-
yillik ko‘rsatkichi
tahlil etilgan bo‘lib,
eng yuqori ko‘rsatkich 767 so‘mni
va eng quyi ko‘rsatkich 482.01 so‘mni tashkil etgan.
Aksiyalar bozorida bozor kapitallashuvi tushunchasi kompaniyaning erkin muomaladagi
barcha aksiyalarining joriy bozor bahosiga ko‘paytirish orqa
li aniqlanib, amaliy jihatdan
kompaniyaning bozor bahosi hisoblanadi. Fond bozoridagi aksiyalar savdosi jarayonlarida
kompaniyalarning bozor kapitallashuvi muhim ahamiyat ega hisoblanib, moliyaviy
texnologiyalardan samarali foydalanish orqali ushbu ko‘rsat
kichni oshirish mumkindir
(Karimov, 2023).
Xulosa va takliflar.
Kapital bozorida investorlarning faolligini oshirishda fond indekslarining o‘rni muhim
ahamiyat kasb etib, fond bozori hamda milliy iqtisodiyotning rivojlanishga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Fond indekslari orqali mamlakatlardagi kompaniyalarda qanday o‘zgarishlar
bo‘layotgani tez va oson ravishda anglab o‘lsa bo‘ladi. Ushbu jihatlarni inobatga olganda
quyidagilarni milliy fond bozorimizga joriy etish zarurdir:
- milliy fond bozori
da yuqori daromadli hamda likvidlikga ega bo‘lgan fond indekslarini
shakllantirish;
-
ETFlar bo‘yicha amaliyotlarni keng joriy etish;
-
xorijiy kompaniyalarni milliy fond bozorida listingdan o‘tkazish orqali likvidlilikni
oshirish;
- xorijiy investitsion v
ositachilarga milliy fond bozorga tog‘ridan tog‘ri kirish imkonini
yaratish;
-
milliy fond indekslari bo‘yicha ma’lumotlarni investorlar uchun qulay tarzda
joylashtirish.
Yuqoridagi inobatga olganda, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va unga xorijiy hamda
mahalliy investorlarni keng jalb etishda fond indekslari bo‘yicha ma’l
umotlarni samarali tashkil
etish muhim ahamiyat kasb etib, keltirib o‘tilgan takilifni amaliyotga joriy etish soha rivojiga
katta hissa qo‘shadi.
29
“Toshkent RFB, 2023”
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
57
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
Afego P.N. (2017) Effects of changes in stock index compositions: A literature survey
//International Review of Financial Analysis.
–
Т. 52. –
С. 228
-239.
Dow Jones (2024) Companies Sorted by Weight. Slickcharts. Retrieved February 26.
Elmirzayev
S., Muxamеdov
F., Abdikarimova D., Karimov A. (2023) Moliya bozori va birja
ishi: Darslik
–T.: ОOO«DIADEMA NUR SERVIS»
520 b.
Elmirzayev S., Shavkatov N., Sherkuziyeva N., Karimov A., Abduraximova D., Omonov S.
(2023) Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar: Darslik
–
T.: « Diadema nur servis » ОOO. –
412
b.
Eshov M. (2020) O‘zbekiston fond bozoriga covid
-
19 koronavirus pandemiyasi ta’sirining
ekonometrik tahlili //Ekonomika i innovatsionnыe texnologii. –
2020.
–
№. 5. –
S. 236-243.
Giot P. (2005) Relationships between implied volatility indices and stock index returns
//Journal of Portfolio Management.
–
Т. 31. –
№.
3.
–
С
. 92-100.
Kadirova, R., & Karimov, A. (2022). The role of investments in the development of uzbekistan
economy. Архив научных исследований, 4(1).
Maxkamova G.
va Tuxtasinov M. (2023), “TOShKENT” Respublika fond birjasi uzbekistan
composite index (UCI) indeksining tahlili, 5-bet (uzse.uz)
Shoxa
’
zamiy Sh.Sh. (2007) Moliya bozori va qimmatli qog
‘
ozlar. Darslik //T.: Iqtisod-moliya.
–
2007.
–
T. 474.
Tsaih R., Hsu Y., Lai C. C. (1998) Forecasting S&P 500 stock index futures with a hybrid AI
system //Decision support systems.
–Т. 23. –
№.
2.
–
С. 161
-174.
Каримов, А. (2023). Фонд бозоридаги акциялар савдоси жараёнларида
молиявий
технологиялар.
Страховой рынок Узбекистана,
1(5), 57-60.
Маляров А.Н., Герасимова Е.А. (2015) Портфель малой капитализации,
имитирующий рыночный индекс //Вестник СамГУПС. –
№. 2
-2.
–
С. 60
-64.
Шерстянкина Н.П. (2007) Модели и методы анализа способов расчета фондовых
индексов : дис. –
Иркутск.
