USING FOREIGN EXPERIENCE IN THE LIVESTOCK NETWORK FOR DEVELOPING SMALL BUSINESS

Abstract

At a time when the population of our planet is growing rapidly, people's need for food is increasing more and more. Like many other basic consumer goods, milk production and the development of the dairy industry are of great importance in every country today. In this article we discussed the effective use of foreign experience in the development of dairy farming and entrepreneurship. In this regard, the role of small business development in dairy farming is important for our country. The reason is that about 90% of the milk produced in our country comes from farmers and households.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Eshkulova, H. (2024). USING FOREIGN EXPERIENCE IN THE LIVESTOCK NETWORK FOR DEVELOPING SMALL BUSINESS. Economic Development and Analysis, 2(3), 11–17. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45129
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

At a time when the population of our planet is growing rapidly, people's need for food is increasing more and more. Like many other basic consumer goods, milk production and the development of the dairy industry are of great importance in every country today. In this article we discussed the effective use of foreign experience in the development of dairy farming and entrepreneurship. In this regard, the role of small business development in dairy farming is important for our country. The reason is that about 90% of the milk produced in our country comes from farmers and households.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

11


C

HORVACHILIK TARMOG‘IDA KIC

HIK TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA

XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH

Eshqulova Hilola

Guliston davlat universiteti

ORCID:0009-0006-3483-7265

Annotatsiya.

Sayyoramizda aholi soni shiddat

bilan o‘

sib borayotgan bir vaqtda insonlar

oziq

ovqat mahsulo

tlariga bo‘

lgan talabi tobora ortib bormoqda.

Ko‘p

lab boshqa birlamchi

iste’mol

mahsulotlari kabi sut ishlab chiqarish va

sutchilik tarmog‘ini rivojlantirish ham bugungi

kunda har bir mamlakatda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz ushbu maqolamizda sut chorvachiligi

va unda tadbirkorlikni rivojlantirishda xorij tajribalaridan samarali foyd

alanish to‘g‘risida fikr

yuritdik. Bunda a

ynan sut chorvachiligida kichik tadbirkorlikni rivojlantirishning o‘rni

mamlakatimiz uchun ahamiyatlidir. Sababi mamlakatimizda yetishtiriladigan sutning 90 %

atrofidagi ulushi dehqon

va tomorqa xo‘jaliklari ulushiga to‘g‘ri keladi.

Kalit so‘zlar:

chorvachilik, sutchilik, tadbirkorlik, Hindiston, Avstraliya.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА ЖИВОТНОВОДЧЕСКОЙ СЕТИ

ДЛЯ

РАЗВИТИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА

Эшкулова

Хилола

Гулистанский государственный университет

Аннотация

.

В то время, когда население нашей планеты стремительно растет,

потребность людей в продуктах питания возрастает все больше. Как и многие другие

основные

потребительские товары, производство молока и развитие

молочной

промышленности сегодня имеют большое значение в каждой стране. В данной статье

мы обсудили эффективное использование зарубежного опыта в развитии молочного

животноводства и предпринимательства. В связи с этим для

нашей страны

важна роль

развития малого предпринимательства в молочном животноводстве. Причина в том,
что около 90% молока, производимого в нашей стране, приходится на долю фермеров и

домохозяйств.

Ключевые

слова:

животноводство,

молочное

животноводство,

предпринимательство,

Индия, Австралия.

USING FOREIGN EXPERIENCE IN THE LIVESTOCK NETWORK FOR

DEVELOPING SMALL BUSINESS

Eshkulova Khilola

Gulistan state university

Abstract.

At a time when the population of our planet is growing rapidly, people's need for

food is increasing more and more. Like many other basic consumer goods, milk production and

the development of the dairy industry are of great importance in every country today. In this
article we discussed the effective use of foreign experience in the development of dairy farming

and entrepreneurship. In this regard, the role of small business development in dairy farming is

important for our country. The reason is that about 90% of the milk produced in our country

comes from farmers and households.

Key words:

animal husbandry, dairy farming, entrepreneurship, India, Australia.

UO‘K:

330:636.75

III SON - MART, 2024

11-17


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

12

Kirish

.

Ma’lumki, chorvachilik mahsulotlari kundalik iste’mol qilishimiz zarur bo‘lgan

asosiy oziq

ovqat mahsulotlari hisoblanib, butun dunyo miqyosida mamlakatlar ushbu tarmoqni

rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratadi. Bugungi kunda mamlakatimizda chorvachilik

tarmog‘ida chorva mollari soni, go‘sht v

a sut yetishtirish hajmi muttasill ijobiy tendensiyalar

asosida ortib bormoqda

. Lekin shunday bo‘lsada,

qayt

a ishlangan sut va go‘sht m

ahsulotlarini

mamlakatimizga import qilinish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Bunda chorvachilik

tarmog‘ida yetishtirilayotgan mahsulotlar va ularni qayta ishlash tarmog‘iga to‘g‘ridan –

to‘g‘ri

yo‘n

altirishda uzilishlar va tarmoqda bir qator muammo va kamchiliklar borligiga guvoh

bo‘lishimiz m

umkin. Bu turdagi muammolarga samarali yechim topish va uni amamlga oshirish

uchun

aynan chorvachilik tarmog‘i va ushbu yo‘nalishda tadbi

rkorlik muhiti rivoj topgan

mamlakatlar tajribasidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.


Adabiyotlar sharhi.

Chorvachili

k tarmog‘ini va shuningdek, sutchilik yo‘nalishini rivojalntirish borasida

k

o‘plab xorijlik va yurtimiz olimlari o‘z izlanishlarini

olib borgan bo‘lib, bu

nda tarmoqni

rivojlantirish uchun aynan xorij tajribalari

ni o‘rgani

sh va amaliyotga joriy etishn

ing o‘

rni

haqida o‘zlarining ilmiy fikr –

mulozalarini yuritib, tahlillarni amamlga oshirgandir.

Качурина

Екатерина Петровна o‘z ilmiy is

hlarida AQSh va Yevropa mamlakatlarining sut chorvachiligini

rivojlantirish borasidagi tajribalaridan foydalanish

to‘g‘

risida (

Качурина

, 2021), yurtimiz

olimlari va tadqiqotchilaridan Sadullayev Ulug‘b

ek Norqulovich (2020)

o‘z ilmiy ishida Polsha

va Gollandiya mamlakatlari tajribasidan, Abdullayeva Sevara Solijonovna “Sut yo‘nalishidagi

qoramolchilik

tarmog‘ini rivojlantir

ishnin

g asosiy yo‘nalishlari” mavzusidagi ilmiy tadqioqt

ishida aynan “ekologik toza sut” ishlab

chiqarishda Yevropa mamlakatlari tajribasidan

foydalanish haqida o‘z fikrlari va takliflarini keltirib o‘tgandir.

Gollandiyaning Wageningen University and Research Centre universitetida chorvachilik

tarmog‘ini rivojlantirish, veterinariya xizmatlari ko‘rsa

tish sirlari, chorvachilik mahsulotlarini

yetishtirishni rivojlantirish masalalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Shuningdek,

Fransiyaning Agro Paris Tech nomli te

xnologiya va hayot universiteti go‘sht va sut

mahsulotlarining inson hayoti uchun xavfsizli

gini ta’minlashda chorva mollarini oziqlantirish,

ularni turli kasallik va parazitlardan himoya qilish borasidagi xizmatlar turini rivojlantirishda

zamonaviy ilm

f

an natijalarini amaliyotga joriy qilish bilan shug‘ullanadi

(

Ko‘chchiyev

, 2020).

Mozambik xalqaro ilmiy

tadqiqot instituti professori Moyo (2010)

: “Chorvachilik

ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi turmush tarzida bir qancha muhim vazifalarni
ba

jaradi. Ayniqsa, kambag’allik sur’ati yuqori bo‘lgan hududlarda oziq –

ovqat va ovqatlanish,

bandlik, iqtisodiy va ijtimoiy ta’minotda uning o‘rni va ahamiyati yuqoridir”, deb ta’kidlagan

edi.

Shuningdek, tadqiqotchi Oripovning (2011) ilmiy izlanishlari natijalarida fermerlarning

moddiy

texnika ta’minoti va servis samaradorligi

ni oshirishda raqobatbardosh firmalar,

shirkatlarni rivojlantirish, xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, xizmat

ko‘rsatish

tuzilmalariga moliya

kredi

t va soliqlar bo‘yicha imtiyozlar yaratilishi

muhimligi

qayd etilgandir (Abruyev, 2018).

Hakimov (2005)

o‘z tadqiqotlarida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan

iqtisodiy islohotlar natijasida respublikada chorvachilik mahsulotlari bozori shakllanishining

o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgangan. Shu bilan bir qatorda ta

dqiqotchi tarmoqda yem

xashak

bazasini mustahkamlash borasidagi iqtisodiy muammolarga, ozuqa mahsulotlarini qayta

ishlash va sotish tizimlarini takomillashtirish masalalariga alo

hida e’tibor qaratib, chorvachilik

mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etishning bozor shakllari va ularning imkoniyatlarini

yuksaltirish bo‘yicha qator takliflar ishlab chiqqandir.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

13

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy tadqiqotimiz davomida biz ushbu maqol

ada statistik ma’lumotlar tahlili, analitik

tahli va qiyosiy tahlil usullaridan foydalangan

holda yurtimizda chorvachilik tarmog‘i va uning

samaradorligini oshirishda xorijiy mamlakatlar tajribalaridan samarali foydalanish borasida

o‘z izlanishlarimi

zni olib bordik. Bunda biz Hindiston va Avstraliya mamlakatlari chorvachilik

tarmo

g‘i bilan yaqin

dan tanishib chiqib ushbu mamlakatlar tajribasidan mamlakatimiz

chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish uchun foydalanishg

a taklif etishni maqsad qilib

oldik.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Sut chorvachiligi qishloq xo‘jaligining bir

tarmog‘i sifat

ida yetishtirilgan xom sutdan sut

pishloq va yogurt kabi sut mahsulotlarini qayta ishlashni o‘z ichiga oladi. Biz ushbu
maqolamizda dunyo bo‘ylab sut ishlab ch

iqarishda yetakchi hisoblangan bir nechta

mamlakatlarning sutchilik tarmog‘i va uning o‘ziga xos

rivojlanish xususiyatlari bilan tanishib

chiqamiz. Bunday mamlakatlardan biri bu Hindistondir. Hindiston jahon miqyosida

sog‘in

sigirlar soni va yiliga ishlab chiqar

iladigan sut hajmi bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turadi.

2020 yil holati

ga ko‘ra sut va

sut mahsulotlari ummumiy qiymati mamlakat yalpi ichki

mahsulotining taxminan 4.2 foizini tashkil etgan. 2019 yil ma’lumotlariga ko‘ra esa

Hindistonning sut sektori

yiliga 4.9 foizga o‘sib borayotgani va 2018 –

2019 yillarda

mamlakkatda qariyb 187.7 millio

n tonna sut yetishtirilgan bo‘lib, aholi jon boshiga to‘g‘ri

keladigan sutning miqdori 394 grammni tashkil etganligi e’l

on qilingandir

1

.

Hindistonda sigirlar mahsuldorligini oshirish uchun chorvalarni chatishtirish ishlari

amalga oshiriladi. Bunda mahalliy zotlarni naslli qoramollar bilan chatishtirish ishlari uzoq

yillardan buyon keng miqyosda olib boriladi. Kuzatishlar s

huni ko‘rsatadiki, chatishtirilgan

sigirlar ma

halliy qoramol va bufalolarga qaraganda ko‘proq sut ishlab chiqarish xususiy

atga

egadir. Shuningdek, ularning ozuqani sutga aylantrishda ham yuqori samaradorlikka ega
ekanligi aniqlangan.

1-rasm.

Hındıstonda sut ıshlab chıqarısh hajmı mıllıon ton

nada

2

1

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Dairy_in_India

2

https://www.iasparliament.com/current-affairs/indias-dairy-sector

17

20

22

31,6

53,9

80,6

121,8 127,9

132,43137,69

146,31

155,49

165,4

176,35

187,75

198,44

209,96

0

50

100

150

200

250

1951 1961 1971 1981 1991 2001 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021

Hındıstonda sut ıshlab chıqarısh hajmı mıllıon tonnada


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

14

Yuqoridagi rasmda Hindistonda sut ishlab ch

iqarishning yillik ko‘rsatkichlari keltirib

o‘tilgandir. Bunda ko‘rsatkichlar 1951 –

2021 yillar oralig‘ini o‘zida aks etgan bo‘lib, faqat o‘sish

sur’ati ku

z

atilmoqdadir. Ushbu statistik ko‘rsatkichlarning o

xirgi 5 yilini tahlil qiladigan

bo‘lsak, 2016 yilda mamlakatda 146.31 mln tonna sut ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021 yilda bu

ko‘rsatkich 209.96 mln

.

tonnani tashkil etgan. Ushbu yillar oralig‘ida ummumiy s

ishlab

chiqarilgan sut hajmi 63.65 mln tonnadan iborat bo

‘lib, ummumiy o‘sish sur’ati 144 % ni tashkil

etmoqda.

BMTning “Oziq –

ovqat va qishloq xo‘jaligi” tashkiloti tomonidan sutning global miqyosda

oziq

ovqat mahsuloti sifatidagi ahamiyatini e’tirof

etish maqsadida 2001 yilda 1 iyunni

“Butunjahon sut

kuni”

deb e’lon qilindi. Hindistonda ham “Milliy sut kuni” mavjud bo‘lib, ushbu

kun bayram sifatida 26 noyabr kuni nishonlanadi. Davlat tomonidan olib borilayotgan

islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar va shu bilan bir qatorda, sut sanoatini rivojlantirishda
xususiy sektorning ulushi yildan-yilga ortib borayotganligi sababli mamlakatda kelgusi yillarda

ham sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari o‘sib borishi prognoz

qilinmoqdadir. Qu

yida mamlakatning o‘sib borayotgan sutchilik tarmog‘inin

g yana bir

ko‘rsatkichi, ya’ni mamlakatda sut mahsulotlarini eksport qilish hajmi (mln

. $da) yillar

kesimida keltirib o‘tilgandir. Ushbu ko‘rsatkichlardan ham ko‘rib guvoh bo‘lishimiz mumkinki,

tarmoqda eksport hajmi yildan-

yilga o‘sib bormoqda.

2-rasm. Hindistonda sut mahsulotlarining eksporti million dollarda

3

2020 yilda Hindistonda sut mahsulotlari eksporti hajmi 186.71 mln $ni tashkil etgan.

2021 va 2022 yillarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda

201.37 va 391.39 mln $ dan iborat

bo‘lganligini ko‘rish

imiz mumkin. 2022 yilda 2021 yilga nisbatan eksport hajmi 190.02 mln $

ga ortib shu yilgi o‘sish sura’ti 194.4 ya’ni qariyb ikki baravarni tshkil etmoqda. Bunday o‘sish

sur’atlariga erishishga turtki bo‘lish uchun mamlakatda bir qator rag‘batlantiruv

chi omillar

ishlab chiqilgandir. Hindistonda fermerlarni sut chorvalarining mahalliy zotlarining

mahsuldorligini ilmiy jihatdan oshirishga undash, kooperativ va sut ishlab chiqaruvchilarni

rag‘batlantirish maqsadida “Milliy sut kuni” munosabati bilan topsh

irilad

igan “Milliy Gopal

Ratna” mukofoti joriy etilgandir. Bundan tashqari, hukumat o‘z tashabbuslari bilan sut
chorvachiligi infratuzilmasini rivojlantirish uchun muntazam ravishda o‘z hissasini qo‘shib

bo

radi. Tarmoqni bardavom rivojlantirishga yo‘naltir

ilgan Milliy sutchilik rejasini ishlab

3

https://www.iasparliament.com/current-affairs/indias-dairy-sector

186,71

201,37

391,59

0

100

200

300

400

500

2019 - 2020

2020 - 2021

2021 - 2022

Hındıstonda sut mahsulotlarını eksportı mıllıon dollarda


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

15

chiqish, Jan Dhan Yojana va Start

up India tashabbusi kabi ummumiy imkoniyatlarni

kengaytrishga xizmat qiladigan sxemalarning yaratilganligi shular jumlasidandir [3].

Jahon bozorida o‘zining yuqori sut mahsulotlari

ekspor

ti ko‘rsatkichi bilan namoyon

bo‘ladigan yana bir mamlakat bu

Avstraliyadir. Mamlakatda aynan sut sanoati 2022 yilgi

ma’lumotlarga ko‘ra 3 mlrd $ lik sanoat bo‘lib, u mol go‘shti va bug‘doy bilan birg

a qishloq

xo‘jaligida eng yuqori ulushga ega tarmo

qlarda

n biri hisoblanadi. Sutchilik tarmog‘ining

qishloq aholisini ish bilan band qilish va oziq

ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi roli ham

sezilarli darjada yuqori bilan ajralib turadi. Avstraliyaning y

ana bir o‘ziga xos xususyati

shundan iboratki, butun dun

yoda ishlab chiqariladigan sutning kichik miqdori, ya’ni 2 % d

anda

kamroq qismi unga tegishli bo‘lsada, mamlakat dunyodagi eng yirik sut mahsulotlari

eksportchilaridan biridir. Hozirgi kunda mamlakat

miqyosida 1.5 mlndan ortiq sog‘in sigirlar

mavjud

bo‘lib

, ulardan yiliga 9 mln metrik tonna artofida sut olinadi. Avstraliyada 8 ta sut ishlab

chiqaruvchi hudud mavjud bo‘lib, quyida ularning tarmoqdagi ulushi haqida ma’lumot

keltirilgandir

4

.

3-rasm. Avstraliyada sut ishlab chiqarishda har bir shtatining ulushi % da

(01/07/2023 - 31/01/2024 davr oralig'ida)

5

Yuqoridagi rasmdan ko‘rib guvohi bo‘lishimiz mumkinki, mamlakatda eng yirik sut

ishlab chiqarish Viktoriya ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Ya’ni mamlak

at miqyosida sutning 64 %

ini aynan mana shu shtatda ishlab chiqariladi. Quyida keltirilgan jadvalda hududlar ulushining

miqdordagi ifodasi bilan tanishishimiz mumkin.

Yuqoridagi jadvalda Avstraliya mamlakatining 6 ta shtatida yetishtiriladigan sut hajmi

v

a uning o‘tgan yilgi aynan shu davrga nisbatan ko‘

rsatki

chlardagi o‘sish va pasayish sur’atlari

keltirib o‘til

gandir.

Bunda jadvalga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, shtatlarda ba’zi bir oylarda

pasayish sur’ati kuzatilgandir. Masalan, Viktoriya shtatida iyul,

avgust va sentabr oylarida 2022

yilning ayni shu oylariga nisbatan mos ravishda -1.3%, -1.0%, -0.5 % ga pasay

ish bo‘lganligini

ko‘rishimiz mumkin. Lekin bunda biz e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan jihati tanlab olingan

davr ummumiy holda qaralganda har b

ir shtat va mamlakat faqat o‘sish sur’atiga

erishganligi

dir. Ya’ni mamlakat miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak,

2023

2024 yillarda tanlab

olingan davrda 2022-

2023 yillarning ayni shudavriga nisbatan +2.5 % ga o‘sish

kuzatilmoqdadir.

4

https://www.veterinariadigital.com/en/articulos/dairy-industry-in-australia

5

DairyAustralia.

https://www.clal.it/en/mini_index.php?section=consegne_stati_australia

3

4

5

11

12

64

Kvinslend

G'arbiy Avstraliya

Janubiy Avstraliya

Tasmaniya

Yangi Janubiy Uels

Viktoriya


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

16

1-jadval

Avstraliya mamlakatining 6 ta shtatida yetishtiriladigan sut hajmi

va uning o‘tgan yilga nisbatan

ko‘rsatkichlardagi o‘sish va pasayish sur’atlari

6

Viktoriya

Yangi Janubiy

Uels

Tasmaniya

Janubiy

Avstraliya

G‘arbiy

Avstraliya

Kvinslend

Mamlakat

miqyosida

Miqdor

(mln

litr)

O‘sish

sur’ati

% da

Miqdor

(mln

litr

O‘

sish

s

ur’ati

% da

Miqdor

(mln

litr

O‘sish

sur’ati

% da

Miqdor

(mln

litr

O‘sish

sur’ati

% da

Miqdor

(mln

litr

O‘sish

sur’ati

% da

Miqdor

(mln

litr

O‘sish

sur’ati

% da

Miqdor

(mln litr

O‘sish

sur’ati

% da

Iyul

2023

381.350

-1.3

84.691

+4.9

19.791

+0.5

31.522

-1.7

28.982

-0.3

24.140

+8.4

570.475

+0.0

Avgust

2023

445.946

-1.0

90.083

+5.3

69.982

+6.5

35.657

+1.6

29.708

+5.3

25.433

+1.5

663.810

+0.7

Sentyabr

2023

525.147

-0.5

91.552

+2.1

84.153

+3.1

43.232

+0.0

31.348

+4.6

26.068

+4.2

801.499

+0.5

Oktyabr

2023

582.858

+1.2

96.215

+3.7

118.358

+4.8

48.607

-0.8

32.946

+2.6

27.413

+5.3

906.397

+2.0

Noyabr

2023

553.857

+6.6

94.030

+8.8

119.863

+7.1

46.692

+2.5

30.122

0.0

25.710

+0.8

870.273

+6.3

Dekabr

2023

504.788

+1.2

93.794

+8.8

110.599

+2.0

43.563

+1.7

28.732

+1.9

25.810

+1.0

807.286

+2.2

Yanvar

2024

447.416

+5.7

88.640

+9.4

99.308

+2.3

40.292

+3.1

27.529

+4.1

24.417

-0.2

727.603

+5.2

2023

2024

tanlab

olingan

davr

oralig‘ida

3.441.369

+1.8

639.003

+6.1

589.055

+4.0

289.565

+0.9

209.367

+2.6

178.991

+2.9

5.347.342

+2.5

6

DairyAustralia.

https://www.clal.it/en/mini_index.php?section=consegne_stati_australia

www.e-itt.uz


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

17

Avstraliyada sut sanoati har jihatdan mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb

etganligi sababli tarmoqni

barqaror tarzda rivojlanib borishini ta’minlash va nazorat qilish

hukumatning

diqqat markazida bo‘ladi. Mamlakatda Dairy Aust

ralia (RDC) tadqiqot va

ishlanmalar tashkiloti mavjud bo‘lib, u o‘z a’zolari va butun sanoat tamog‘iga javobgar

hisoblanadi. Tashki

lot faoliyati butun sutchilik tarmog‘i rivojiga qaratilgan bo‘lib, uning as

osiy

strategic maqsadi quyidagilardan iboratdir.

-

Fermer xo

‘jaliklarida sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish;

-

Qo‘shimcha qiymatli va yuqori marjali bozorlarni keng miqyosda egal

lash;

-

Avstraliya sut mahsulotlarining noyob xususiyatlari va afzalliklarini k

eng targ‘ib qilish

shular jumlasidandir

7

.

Xulosa o

‘rnida

shuni aytishimiz mumkinki, sutchilik tarmog‘i va unda tadbirkorlik

muhitini rivojalntirish, soha samaradorligini oshirish

uchun yuqorida biz o‘rganib chiqqan

Hindiston va Avstraliya mamlakatlarining tarmoqni rivojlantirish borasida amalga
oshirayotgan ish

larini tahlil qilib shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, sutchilik tarmog‘ini

rivojlantirish boshqa bir qancha oziq

ovqat mahsulotlarini yetkazishga nisbatan uzoqroq

davrni talab etadi. Shuningdek, sut chorvachiligini rivojlantirish uchun avvalo sigirlar naslini

yaxshilash maqsadga muvofiqdir (Hindiston tajribasi). Bu orqali iste’molchilarni ehtiyojini ham

sifat va miqdor jihatdan yuqori darajada qondirishga va shu bilan birgalikda, qoramollar ozuqa

bazasidan samarali foydalanishga, tarmoqda faoliyat yurituvchilarning esa yuqori daromad

olishiga erishish mumkin. Bunga qo‘shimcha tarzda sut chorvachiligida yetishtirilayotgan

sutdan samarali foydalanish uchun tarmoqda tadbirkorlik muhitini rivojlantiri

sh ya’ni

mahsulotni qayta ishlashga , uni sanoatga

yo‘na

ltirishdagi yuzaga keladigan muammolarni

bartaraf etishga ham alohida e’tibor qaratmoq lozim (Avstraliya tajribasi). Bunda

aynan

Avstarliya mamlakatining sut yetishtirishda past ulushga ega bo‘lgan

bir sharoitda dunyoning

yetakchi sut mahsulotlari eksporty

ori bo‘lishiga asosiy sabab mamlakatda ishlab chiqariladigan

sutdan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yganligida va sut va

sut mahsulotlari sanoatini yetarli

darajada rivojlantirishga e’tibor qaratga

nl

igida ekanligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Bugungi kunda mamlakatimizda sut yetishtirish hajmi va qoramollar soni ijobiy

tendensiyalar bilan oshib borayotgan bir sharoitda xorij tajribalaridan samarali foydalanish va

ularni tarmoqda amalga oshirish mamlakatimizda kelgusida sut va sut mahsulotlarini
yetishtirishda yuqori samaradorlikka erishishida

o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Adabiyotlar/

Литература

/Reference:

Abruyev A.I. (2018) Agroservisni rivojlantirish asosida qoramolchilik mahsulotlarini ishlab

chiqarish samaradorligini oshirish Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiyasi. - T.:

16 b.

Ko‘chchiye

v U.M. (2020) Chorvach

ilik xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish sohasini

rivojlantirishning ilmiy

uslubiy asoslarini takomillashtirish.

Moyo S., Swanepoel F.J.C. (2010) Multifunctionality of Livestock in Developing Communities S.

Moyo1 and F.J.C. Swanepoel2 Produced by SUN MeDIA Bloemfontein 59 Brill Street, Westdene,

Bloemfontein, South Africa, 9301 www.africansunmedia.co.za /

www.sun-e-shop.co.za

Oripov M.A. (2011) O’zbekiston dehqonchiligida ishlab chiqarish inf

ratuzilma xizmatlari

k

o‘rsatishni rivojlantirish. Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun y

ozilgan

dissertatsiyasi. - T.:

257 b.

Sadullayev U

.N. (2020) “Go‘sht va sut yetishtirish sohasini modernizatsiyalashni

rag‘batlantirishning asosiy

yo‘nalishlari” mavzus

idagi Phd dissertatsiyasi.,

Toshkent.

Xakimov R. (2005) O‘zbekiston Respublikasi cho

rvachilik mahsulotlari bozori va tarmoqda

iqtisodiy

islohotlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlari. Monografiya

.

T.:ChP Voyevodina V.N.

124 b.

Качурина Екатерина Петровна (

2021

) Организационно

-

экономический механизм

развития Малого и среднего бизнеса в молочной отрасли Животноводства

АПК Челябинск.

7

The Australian Dairy Industry., The basics. pwc.com.au

References

Abruyev A.I. (2018) Agroservisni rivojlantirish asosida qoramolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. - T.: –16 b.

Ko‘chchiyev U.M. (2020) Chorvachilik xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning ilmiy – uslubiy asoslarini takomillashtirish.

Moyo S., Swanepoel F.J.C. (2010) Multifunctionality of Livestock in Developing Communities S. Moyo1 and F.J.C. Swanepoel2 Produced by SUN MeDIA Bloemfontein 59 Brill Street, Westdene, Bloemfontein, South Africa, 9301 www.africansunmedia.co.za / www.sun-e-shop.co.za

Oripov M.A. (2011) O’zbekiston dehqonchiligida ishlab chiqarish infratuzilma xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish. Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. - T.: – 257 b.

Sadullayev U.N. (2020) “Go‘sht va sut yetishtirish sohasini modernizatsiyalashni rag‘batlantirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusidagi Phd dissertatsiyasi., –Toshkent.

Xakimov R. (2005) O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik mahsulotlari bozori va tarmoqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlari. Monografiya. – T.:ChP Voyevodina V.N. – 124 b.

Качурина Екатерина Петровна (2021) Организационно-экономический механизм развития Малого и среднего бизнеса в молочной отрасли Животноводства АПК Челябинск.