Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
192
DUKKAKLI DON EKINLARINING
MAMLAKATIMIZ QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI
IQTISODIY AHAMIYATI VA SAMARADORLIGI
I.f.d., prof.
Umarov Suxrob Rustamovich
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
ORCID:
0000-0005-3854-7696
Qudratov Alisher Alijanovich
Guliston davlat universiteti
ORCID: 0009-0005-3685-4475
А
nnotatsiya.
Mazkur maqolada dukkakli don ekinlarining mamlakatimiz qishloq
xo‘jaligidagi ahamiyati va ulardan olinadigan
maxsulotlarni samarali yetishtirish va foydalanish,
iqtisodiy hajmini hududlar kesimida yuqori darajaga ko‘tarish, qishloq xo‘jaligida yer –
suv
resurslari tanqis bo‘lgan joylarni iqtisodiy holatini tahlil qilish va bunda hududlarda dukkakli
o‘simliklarn
i xosildorligi oshirish mavjud muammolar hamda kamchiliklar, bu borada amalga
oshirilayotgan mamlakatimizning iqtisodiy siyosati yo‘nalishlari hamda dastaklari tahlil
qilingan.
Kalit so‘zlar
:
qishloq xo‘jalik yerlari, dukkakli o‘simliklar,
samaradorligi, yerdan
foydalanishni koefitsenti va iqtisodiy samaradorligi, yer monitoringi, kadastr, suvdan foydalanish
koefitsenti, sug‘orish tizimi
ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ И ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТЬ БОБОБОВЫХ
КУЛЬТУР В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ НАШЕЙ СТРАНЫ
д.э.н., проф.
Умаров Сухроб
Рустамович
Национальный исследовательский университет «Ташкентский
институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»
Кудратов Алишер Алиджанович
Гулистанский
государственный университет
Аннотация.
В данной статье рассматривается значение зернобобовых зерновых
культур в сельском хозяйстве нашей страны и эффективное выращивание и
использование полученной из них продукции, поднятие экономического объема на высокий
уровень в регионе, анализ экономического положения мест, где находятся земля и водные
ресурсы в сельском хозяйстве дефицитны, и при этом в регионах анализируются
существующие проблемы и недостатки повышения продуктивности зернобобовых
растений, направления и рычаги реализуемой в этом отношении экономической
политики нашей страны.
Ключевые слова
:
земли сельскохозяйственного назначения, эффективность,
коэффициент землепользования и экономическая эффективность, мониторинг земель,
кадастр, коэффициент их использования, мониторинг земель.
UDK: 631.8(075.8)
II SON - FEVRAL, 2024
192-197
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
193
ECONOMIC SIGNIFICANCE AND EFFICIENCY OF LEGUMES IN AGRICULTURE
OF OUR COUNTRY
DSc, prof.
Umarov Suxrob Rustamovich
National Research University “Tashkent Institute of
Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers”
Kudratov Alisher Alijanovich
Gulistan State University
Annotation.
In this article, the importance of leguminous grain crops in the agriculture of
our country and the effective cultivation and use of the products obtained from them, raising the
economic volume to a high level in the region, analyzing the economic situation of places where
land and water resources are scarce in agriculture, and in this case in the regions existing
problems and shortcomings of increasing the productivity of leguminous plants, directions and
levers of the economic policy of our country implemented in this regard are analyzed.
Key words
:
agricultural land, efficiency, legumes, coefficient of land use and economic
efficiency, land monitoring, cadastre, coefficient of their use, land monitoring.
Kirish.
Hozirgi zamonda ekalogiyaning tez fursatlarda keskin o‘zgarishi, insoniyatning yildan
yilga ko‘payishi oqibatda oziq –
ovqat havfsizligi va tuproq unimdorligi pasayib ketishi global
muammolarga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘sib borayotgan aholini oziq –
ovqatga va oqsil
mahsulotlariga bo‘lgan extiyojni qondirishni va tuproq unimdorligini oshirishda dukkakli don
ekinlarining qanchalik axamyat kasb etayotganini anglatadi.
Yer yuzida dukkakli don ekinlaridan 135 mln gektar maydonga ekiladi. Dukkakli don
ekinlari orasida mosh ekiladigan maydon xajmi jihatidan jaxonda soyadan (dunyo bo‘yicha
soya maydoni 74 mln gektarga yaqin) keyin ikkinchi o‘rinda (25mln gektarga yaqin)ni eg
allab,
uchinchi
o‘rinda no‘
xot (dunyoda jami 10 mln gektarga yaqin) turadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 –
yil 29-
martdagi “2019 yil hosili
uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va maxsulot yetishtirishning pragnoz
xajmlari to’g’risida”gi 259
-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda belgilanishicha asosiy ekin
ya’ni kuzgi bug’doydan bo’shagan 1091630 ga maydonning 824350 gektariga yoki 75.5% ga
takroriy ekin ekish rejalashtirilgan bo‘lib shundan qariyb 284067 gektarga dukkakli ekinlar
yoki moshni 20638 gektar maydonga ekilishi ko‘zda tut
ilgan.
Dukkankli don ekinlarining halq xo‘jaligidagi foydalanishga ko‘ra to‘rtta:
- oziq-
ovqat (mosh, soya, loviya ko‘k no‘xat)
;
-
yem xashak (xashaki, no‘xat, xashaki dukkak, vika, lyupin va boshqa
lar);
- universal (buchoq, yasmiq);
-
yashil o‘g’it (alkoloidsiz lyupin) uchun ekiladigan guruhlarga bo‘linadi.
Dukkankli don ekinlari ildizida azot to‘plovchi o‘simliklardir. Har gektar yerga 50 –
100
kg havodan azot to‘plashi aniqlangan.
Dukkakli don ekinlari doni tarkibida 21
–
50% oqsil, somonida 8
–
14% oqsil, uglevodlar,
A,PP,E,B guruhuga mansub vitaminlar, aminokislotalar mavjud.
Mosh doni tarkibida oqsil, azotsiz moddalar, vitaminlar, temir, kaliy, fosfor, magniy,
kalsiy, selen va kam miqdorda natriy mavjud. Bu kabi dukkakli o‘simliklar mamlakat
iqtisodiyoti va axoli salomatligi uchun dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi (Mirziyoev, 2022).
Adabiyotlar sharhi.
Dunyo qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida dukkali o‘simliklardan unumliy va serhosil navlarni
yaratish va ulardan oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va ularning
samaradorligini baholash muam
molari bo’yicha hozirda jahonning yetakchi ilmiy
-tadqiqot
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
194
institutlari,
oliy ta’lim muassasalari
ilmiy markazlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. IAMO
–
Leibniz Institute of Agricultural Development in Transition Economies (Germaniya), Qishloq
xo’jaligi iqtisodiyoti va ilmiy
-texnika axboroti instituti (Xitoy), Food and Agriculture
Organization (FAO), International Center for Agricultural Research in the Dry Areas (ICARDA),
United Nations Development Programme (UNDP) (PROON), United States Agency for
International Development (USAID), International Water Management Institute (IWMI),
Rossiya melioratsiya muammolari ilmiy-
tadqiqot instituti, Qishloq xo’jaligi suv ta’minoti va
sug’orish tizimlari umumrossiya ilmiy
-tadqiqot instituti (Rossiya), Irrigatsiya va suv
muammolari ilmiy-
tadqiqot instituti (O’zbekiston) ana shular jumlas
idandir.
Respublikamizda ham ushbu yo‘nalishda yirik ilmiy maktablar shakllangan bo’lib,
xususan, mazkur tadqiqotlar Mamatov, Suvonova, Abdurashidova (2015) Dukkakli don
ekinlarining ahamiyatini
o‘zining tadqiqotlarida O’zbekistonda dukkakli o‘simliklar va uning
muammolari haqida batafsil yoritgan bo’lsa, professor Madaliyev (200
0) mosh va soyachilikni
rivojlanishiga kata xissa qo‘shgan, fikricha, dukkakli o‘simliklar qishloq ho‘jaligida qancha ko‘p
maydonga ekilsa yerning shuncha melorativ holati yaxshilanadi qolav
ersa yerning cho‘llanish
jarayoni sezilarli qisqaradi. Djurayev (2016) takidlashicha Tuproqqa ekish oldidan ishlov
beruvchi mayda urug’li ekinlar kombinatsiyalash, O’zbekiston qishloq xo’jaligi tiziminida
ikkinchi ekin bo‘sh yer maydonlariga samaradorligini oshiradi va oziq –
ovqat dasturiga
samaraliy ta’sir o‘tkazishi takidlab o‘tilgan.…, Nozimov (2016) Holmurodovning ishlarida
Qishloq hojaligidagi dala maydonlarida bo‘sh yotdan unumsiz yerlardan dukkakli
o‘simliklarning suvga va sho‘rga chidamli navlarida
n nazorat ostida ekilsa qisqa fursatda
yerning melorativ xolatini yaxshilanishiga olib kelishi alohida baholanadi. Boboqulov, Avazov
(2022) “Globallashuv davrida ozoq –
ovqat ta’minoti xavfsizligini ta’minlashning dolzarb
vazifalari”dagi halqaro anjumandag tadqiqot ishlarida Qishloq ho‘jaligida dukkakli
o‘simliklarni innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo’yicha
yangicha ilmiy-amaliy tavsiyalar bergan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Qishloq xo‘jaligida dukkakli o‘simliklar va ulardan samaraliy foydalanish bo’yicha mavjud
bo’lgan ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish, tarif va narx shakllanishini qiyosiy solishtirish, statistik
ma’lumotlarni o’rganish va iqtisodiy jihatdan taqqoslash va tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy
abstraktsiyalash, ma’lumotni guruxlash, nisbiy va garmonik o’rtachalar aniqlash analiz va
sintez usullaridan keng foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Dukkakli don ekinlarining xosildorligi tuproqlarga ta’siri stress omillarga chidamliligi
ularning navlariga bog’liq, O‘zbekistonda no‘xatning “Palvon”, “Zumrad”, “Umid”, “Yulduz”,
“Halima”, “Malxotra”, “O‘zbekstanskiy
-
32”, “Lazzat”, “Jaxongir”, “К–295” ва “К–296” navlari
yuqori xosildorligi, kasalliklar va tashqimuxitning noqulay sharoitlariga chidamliligi bardoshli
bo‘lgani uchun keng maydonlarda ekilmoqda
(Djurayev, 2016).
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish omillaridan biri sifatida dukkakli
o‘simliklar va melioratsiyaning o’rni yuqori bo‘lib, tarmoq samaradorligini ta’minlashda
birlamchi hamda asosiy bazis rolini o’taydi, chunki, birinchidan, yerlar me
liorativ holatining
talab darajasida bo’lmasligi tarmoqda potentsial samaradorlikni ta’minlash imkonini cheklasa,
ikkinchidan, miqdor va sifat jihatdan me’yor talablariga javob bermaydigan mahsulot
yetishtirishga olib keladi. Shu bois, respublikamizda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
bo’yicha keng ko’lamli chora
-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023 yil 5-apreldagi PQ-113 son qaroriga asosan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
195
1 - jadval
Respublikada 2023-yil hosili uchun dukkakli maxsulotlar yetishtiriladigan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
prognoz hajmi
(tonnada)
T/r
Viloyatlar
kesimida
Dukkakli T/r
Viloyatlar
kesimida
Dukkakli T/r Viloyatlar
kesimida
Dukkakli
1
Qoraqalpog‘
iston
Respublikas
i
16 590
6
Navoiy viloyati
15 561
1
1
Toshkent
viloyati
58 273
2
Andijon
viloyati
25 454
7
Namangan
viloyati
85 325
12
Farg‘ona
viloyati
32 632
3
Buxoro
viloyati
10 453
8
Samarqand
viloyati
65 801
13.
Xorazm
viloyati
8 849
4
Jizzax
viloyati
114 648
9
Surxondaryo
viloyati
70 464
14.
Toshkent
shahri
1 086
5
Qashqadary
o viloyati
58 797
10
Sirdaryo
viloyati
51 693
Jami
615 625
Yuqorida jadvalda ko‘rinib turibdiki 2023 yilda dukkakli maxsulotlarning eng yuqori
xosildorlik ko‘rsatkichi Jizzax viloyatiga eng past ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g’ri
kelmoqda. Ammo, yerlarning mavjud meliorativ holati, meliorativ tadbirlar samaradorligini
oshirish bo’yicha huquqiy
-
me’yoriy asoslar va sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarning
mukammal emasligi qishloq xo‘jaligini 2030 yilgacha barqaror rivojlantirish strategiyasida
belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida yetarli shart-
sharoitlarni yaratishga to’sqinlik
qiladi. Shu sababli agrar islohotlarni amalga oshirishda meliorativ tadbirlar va ularga
yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablag’larning iqtisodiy samaradorligini baholash va hisoblash
u
sullarini takomillashtirish, uning qishloq xo‘jaligi korxonalari daromadlarini ko’paytirishga
ta’siri, meliorativ tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini, uni rivojlantirishning yaqin
kelajakka mo’ljallangan strategik yo’nalishlarini belgilash bo’yicha il
miy-amaliy jihatdan
asoslangan takliflar va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan
sanaladi.
Mamlakatimizda “O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020
-
2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF
-5853-sonli Farmoni
qabul qilindi (Farmon, 2019)
. Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va
oziq-
ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada
chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi
ust
uvor yo‘nalishlarni qamrab oladi, chunonchi;
- oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash va iste'mol ratsionini yaxshilash, talab
etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat
xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish;
-
qishloq xo‘jaligi va oziq
-
ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va
barqaror o‘sishini qo‘llab
-
quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni
nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni
oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
-
yer va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
shular jumlasidandir.
Maydonlarga ekilayotgan dukkakli don ekinlari xosilining miqdori, tuproq sharoitiga,
naviga, turli stress omillariga bog’liq xolda turlichadir. Dukkakli don ekinlarini etishtirishdagi
74
STAT_UZ saytidan olindi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
196
muammolardan biri sho‘rlangan sharoitda, qurg’oqchilik ta’sirida tuganaklarning xosil
qilmasligidir.
Yerlarning ortiqcha sho‘rlanishi sho‘rlanmagan yerlarga nisbatan kam hosil beradi.
Yuqori hosil olishda davlat va yerdan foydalanuvchilardan katta mehnat va yetarlicha mablag‘
talab etiladi. Shuning uchun yerdan to‘g‘ri, unumli foydalanib, doimo yerning ho
sildorligini
oshirish, davlat siyosatining mintaqaviy, hududiy va mahalliy hamda mamlakat va har bir
xo‘jalikning iqtisodiy yagona tizimini rivojlantirish rejalarining bir bo‘limi sifatida qarash lozim.
Hozirgi vaqtda respublikaning 2170,7 ming gektardan z
iyod sug‘oriladigan yerlari turli
darajada sho‘rlangan bo‘lib, shundan 17,5 ming ga
-
sho‘ri yuviladigan yerlar, 1344,6 ming ga
-
kuchsiz sho‘rlangan, 663,5 ming ga
-
o‘rtacha sho‘rlangan va 162,6 ming ga
-
kuchli sho‘rlangan
yerlarni tashkil etadi. Tuproq
ning unumdorligiga salbiy ta‘sir etuvchi asosiy jarayonlardan biri
-
suv va irrigatsiya eroziyasidir. Buni ko’rsatkichlarda izohlaydigan bo’lsak, O‘zbekistonda
sho‘rlangan yerlar sug‘oriladigan yerlarning 50,7% (2170,7 ming ga.) ni tashkil et
ib, shundan
ku
chsiz sho‘rlangan yerlar 31,4% ni, o‘rtacha sho‘rlangan yerlar
-
15,5% ni, kuchli sho‘rlangan
yerlar -3,8% ni tashkil etadi. Yaylovlar maydoni -20,8 mln ga, shundan -18,7 mln ga.
sug‘oriladigan, 1,6 mln. ga
- degressiyaga uchragan yerlar, 15,1 mln. gektardan ziyod yerlar
xo‘jalik maqsadlarida foydalanilmaydi (Nozimov, 2016).
Xulosa
va
takliflar.
Xulosa
qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida dukkakli maxsulotlar va ulardan
samarali foydalanish va mamlakatimiz bo‘ylab takroriy ekin maydonlarini ko‘paytirish yildan
yilga qiyin masalaga aylanib bormoqda. Bunga asosiy sabablar deb yuqorida qayd etilgan salbiy
holatlarning yuzaga kelishiga gidrotexnik inshootlar, kollektor-drenaj tarmoqlari va umuman
irrigatsiya-
melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun yo‘naltirilayotgan moliyaviy
mablag’lardan oqilona foydalanmaslik holatlari ham ma’lum darajada o‘z salbiy ta’sirini
o‘tkazmoqda. Tahlil natijalariga ko‘ra ushbu tizimda oqsayotgan qadamlarni ilg’orlash uchun
quyidagi takliflarni berishimiz mumkin:
–
qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida takroriy ekin maydonlarini kengaytirish va yer –
suv
resurslari va
ulardan samaraliy foydalanish bo’yicha meliorativ tadbirlarni amalga oshiruvchi
suv xo’jaligi tashkilotlari o’rtasida o’zaro tashkiliy
-iqtisodiy munosabatlar mexanizmini yetarli
darajada shakllantirish;
–
dukkakli ekinlar ekilishi tuproqlarning ozuqa moddalari bilan boyitilishiga va axolining
oqsilli oziq ovqat maxsulotlari bilan taminlashga sabab bo‘ladi. Uning uchun qishloq xo‘jaligi
tarmog’i bilan oziq ovqat dasturi programmasi bir biri bilan integrats
iya tizimini yanada
optimallashtirish va uzoq muddatli istiqbol rejalarini ishlab chiqish kerak.
–
qishloq xo‘jalgi tizimining cho‘llangan xududlarida suvsizlikka chidamli va serxosil
dukkakli o‘simliklarni (mosh, loviya, fasol) va boshqa turlaridan xorij tajribalari asosida ko‘plab
maydonlarga ekish, natijalari bo‘yicha qisqa fursatli ma’lumotlarni b
erib borish..
–
dukkakli ekinlar ekilishga moyil bo‘lgan xududlarni yo‘l xaritasi ishlab chiqilib aniqlash
va maydonlarining unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv ta’minotini yaxshilash
maqsadida davlat dasturlari doirasida keng ko‘lamli irrigatsiya va melior
atsiya tadbirlari
amalga oshirishdan iboratdir.
Adabiyotlar / Литература / Reference:
Boboqulov Z.R. Avazov M.M. (2022) “Globallashuv davrida ozoq –
ovqat ta’minoti
xavfsizligini ta’minlashning dolzarb vazifalari”. Respublika miqyosidagi ilmiy –
amaliy
konfirensiyaning ilmiy maqolalar to‘plami. Samarqand QK KMTM, –
B. 213-215
Djurayev A.D. (2016)
Tuproqqa ekish oldidan ishlov beruvchi mayda urug’li ekinlar
kombinatsiyalashgan agrigat. Monografiya Qishloq xo‘jaligi. –
T.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
197
Farmon (2019)
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020
- 2030
yillarga mo‘ljallangan Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”
gi
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-son Farmoni.
Idrisov H.A., Hayrullayev S.SH., Usmanova Sh.U. Mosh navlarining ekish meyyorlarining xosil
shakillanishiga ta’siri. O‘zbekiston zamini, №4, 2019. B.47
-48.
Madaliyev A.A. (2000) Agrosanoat sektorida boshqaruvni demokratlashtirish konsepsiyasi.
2-kitob Monografiya.
–
T.:
–
144 b
Mamatov B.S., Suvonova G.A., Abdurashidova X.F. (2015) Dukkakli don ekinlarining
ahamiyati// Oʻzbekistonda oziq
-
ovqat dasturini amalga oshirishda qishloq xoʻjalik fani yutuqlari
va istiqbollari konfrensiya toʻplami. 2015 yil 20
-21 noyabr, 1-qism.
Mirziyoev Sh.M. (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi. 20.12. 2022y.
Nozimov A. (2016). Holmurodovz
Sh. O‘quv dala malaka amaliyoti. Qishloq xo‘jaligi. –
T.,
–
30 b.;
