СОВРЕМЕННЫЕ ИДЕИ СТРАТЕГИЧЕСКОГО УПРАВЛЕНИЯ В РАЗВИТИИ ТЕКСТИЛЬНЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ

Аннотация

В данной статье освещены положительные стороны стратегического управления текстильными предприятиями, одного из наиболее эффективных методов повышения конкурентоспособности в отрасли, проведен анализ технологии, бренда, развитой системы и уровня профессионализма текстильных предприятий по организации обслуживания и управления.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Саидова K. (2024). СОВРЕМЕННЫЕ ИДЕИ СТРАТЕГИЧЕСКОГО УПРАВЛЕНИЯ В РАЗВИТИИ ТЕКСТИЛЬНЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ. Экономическое развитие и анализ, 2(2), 206–211. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45063
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье освещены положительные стороны стратегического управления текстильными предприятиями, одного из наиболее эффективных методов повышения конкурентоспособности в отрасли, проведен анализ технологии, бренда, развитой системы и уровня профессионализма текстильных предприятий по организации обслуживания и управления.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

206


TOʻQIMACHILIK KORXONALARINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY

STRATEGIK BOSHQARUV Gʻ

OYALARI

Saidova Kamola Xoshimovna

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

ORCID: 0000-0002-3940-0154

Annotatsiya.

Mazkur maqolada toʻqimachilik

korxonalarini strategik boshqaruvni

takomillashtirish hamda xizmatni tashkil etish, boshqarish uchun texnologiya, brend, ishlab

chiqilgan tizim va xodimlarning professionallik darajasini tahlili, sanoatda raqobatbardoshlikni
oshirishning eng samarali usullaridan biri strategik boshqaruvining ijobiy tomonlari yoritib

oʻtilgan.

Kalit soʻzlar:

strategik boshqaruv, strategik nazorat, qiymat modeli, modernizatsiya,

strategic rejalashtirish, eksport, zamonaviy menejment, resurs konsepsiyasi, ishlab chiqarish
quvvati, iqtisodiy samaradorlik, operativ boshqaruv.

СОВРЕМЕННЫЕ ИДЕИ СТРАТЕГИЧЕСКОГО УПРАВЛЕНИЯ В РАЗВИТИИ

ТЕКСТИЛЬНЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ

Саидова Камола Хошимовна

Ташкентский институт текстильной

и легкой промышленности

Аннотация

.

В

данной

статье

освещены

положительные

стороны

стратегического управления текстильными предприятиями, одного из наиболее

эффективных методов повышения конкурентоспособности в отрасли, проведен анализ
технологии, бренда, развитой системы и уровня профессионализма текстильных

предприятий по организации обслуживания и управления.

Ключевые слова:

стратегический менеджмент, стратегический контроль,

модель ценности, модернизация, стратегическое планирование, экспорт, современный
менеджмент, ресурсная концепция, производственная мощность, экономическая

эффективность, оперативное управление.

MODERN STRATEGIC MANAGEMENT IDEAS IN THE DEVELOPMENT

OF TEXTILE ENTERPRISES

Saidova Kamola Khoshimovna

Tashkent Institute of Textile and Light Industry

Annotation.

This article highlights the positive aspects of strategic management of textile

enterprises, one of the most effective methods of increasing competitiveness in the industry, and

analyzes the technology, brand, developed system and level of professionalism of textile
enterprises in organizing service and management.

Key words:

strategic management, strategic control, value model, modernization, strategic

planning, export, modern management, resource concept, production capacity, economic

efficiency, operational management.

UO

K: 377.677

II SON - FEVRAL, 2024

206-211


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

207

Kirish.

XX asrning 90-

yillari boshidan boshlab raqobat sharoitida oʻziga xos tavsifga ega holda

korxonaning ustunligini aniqlash uchun oldingilariga solishtirilganda hamda amaliy

mexanizmlar va manbalarni tadqiq qilish uchun koʻproq mos keladigan strategik boshqar

uv

sohasida korxonaning rivojlanishida resurs konsepsiyasi ustunlik qila boshlaydi. Korxona
rivojlanishining strategik boshqaruvning tarafdorlari Dj.Barni, B.Vernerfelt, Dj.Grant, K.Kurt,

G.Minsberg, K.Praxalad, D.Tis, G.Xemellar hisoblaniladi (Arnawa & other, 2019). Fikrimizcha,

har qanday korxona ichki resurslardan foydalanishda rejalashtirish usullarini qoʻllash

qobiliyati va imkoniyatiga ega boʻlib, talabga hamda raqobatchilar, taʼminotchilar faoliyatiga va
maʼlum darajada sanoat standartlari taʼsir etuvchi noyob va oʻziga xos qobiliyatlarini sunʼiy

ravishda shakllantiradi. Sotish yoki xizmatni tashkil etish, boshqarish uchun texnologiya,

brend, ishlab chiqilgan tizim va xodimlarning professionallik darajasini bu kabi noyob resurslar

sirasiga mumkin (Weeks and Plessis, 2011).

Adabiyotlar sharhi.

“Strategik boshqaruv” atamasiga berilgan taʼriflarining xilma

-xilligiga qaramay, bu

taʼrifning mohiyati haqida umumiy fikr hali shakllanmagan. Ushbu taʼriflarni oʻrganish asosida,
shuni qayd etish lozimki, “strategik boshqarish” atamasi mazmuniga turli yon

dashuvlar amalga

oshirilishida barcha tadqiqotchilar tomonidan tashqi muhitga moʻljal, tashqi va ichki muhit

holatiga qarab oʻzgarishlarni nazarda tutgan holda boshqaruv qarorlari moslashuvchanligi va

maqsadlar qoʻyilishining ahamiyati kabilar qayd etib oʻ

tilgan (

Родионова, 2013). To‘qimachilik

korxonasida boshqaruv dastaklarini qo‘llash maqsadlari miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga
bo‘linadi va bu maqsadlarning har biri erishish vaqtiga bog‘liqdir. strategik maqsadlarni amalga

oshirish muhim ekanligini, uni amalga oshirish ko‘proq

vaqtni talab qilishini hamda natijalar

xolisona baholanishi va ushbu baholash natijalari kelgusi strategik maqsadlarga asos bo‘lishi

zaririyatini inobatga olgan holda boshqaruv dastaklaridan to‘qimachilik korxonasi uchun eng

sama

ralisi sifatida balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimini tanlash taklifi berilgan. Ushbu

boshqaruv dastagini amaliyotga qo‘llash to‘qimachilik korxonalarini strategik boshqarishda

nafaqat maqsadlarni shakllantirish, balki strategiyani amalga oshirish natijalarini baholash

imkonini ham beradi (Akramov, 2021)

. Strategiya atamasi strategiya soʻzidan olingan boʻlib,

yunoncha urush sanʼati va fani maʼnosini bildiradi

. Qadimgi Yunonistonda prezident, hukmdor,

sarkarda maʼnolarida qoʻllanilgan. Harbiy adabiyotlarda “strategiya” soʻzi mavjud resurslardan

eng samarali va tejamli foydalanib, minimal yoʻqotish, xarajat va zarar bilan gʻalabaga erishish

deb taʼriflanadi. “Strategiya” so‘zi 19

-asrda bozor kuchlarini boshqarish va shakllantirish

istiqboli sifatida ko‘r

ilgan, 20-asrda biznes sohasida tez-tez ishlatila boshlandi va hozirgi kunga

qadar raqobatbardoshlik doirasida ko‘rib chiqildi. Drukerning so‘zlariga ko‘ra, strategiyaning

ma’nosi

-

bu ishning missiyasini barcha jihatlari bilan ko‘rib chiqish va ilgari qab

ul qilingan

qarorlar kelajakdagi natijalarni belgilangan maqsadlarga muvofiq berishini ta‘minlash

tushunchalarini izohlaydi (Pathan, 2013). Chandler “Bizning ishimiz nima va nima bo‘lishi
kerak?” degan savol asosida strategiyani uzoq muddatli maqsad va vaz

ifalarni aniqlash, bu

maqsadlarga erishish va maqsadlarni taqsimlash sifatida belgilagan strategik boshqaruv,

albatta, maʼlum bir qaror va harakatlar majmuiga ega, lekin har bir tadbir (loyiha) uchun bu

qaror va harakatlar sof individual tavsifga ega boʻlishi lozim degan g‘oyani izohlagan (Kim,

2019).

Kennet Endryu va boshqalar (1965) Drucker va Chandlerning qarashlarini ularning

qarashlari bilan birlashtirdilar, ya’ni: strategiya ustuvorliklar, ham maqsadlar, hamda ushbu

maqsadlarga erishish strategiyasi va siyosatining namunasidir. Bu ish nima ekanligini va u nima

bo‘lishi kerakligini, nima ekanligini va qanday bo‘lishi kerakligini belgilaydi; strategiya –

bu

o‘zgaruvchan dunyoda ishlashga majbur bo‘lgan kompaniyaga o‘z maqsadlariga minimal zarar

bilan erishish imkonini beradigan boshqa kontseptsiyaga muvofiq qoidalar va strategiyalar

to‘plami deb takidlashdi. Jeffs strategik boshqaruvni “tashkiliy maqsadlarni aniqlash va ko‘rib


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

208

chiqish uchun strategiya mexanizmi” deb ta’riflagan (Pathan, 2013). Raqobat ustunligi birinchi
o‘rinda turgan bir paytda, strategiya kompaniyaning uzoq muddatli istiqbolini kafolatlash

uchun raqobatdosh ustunlikka ega bo‘lish niyatida o‘z resurslari va ko‘nikmalari bilan o‘z

strategik maqsadlariga erishishga harakat qiladigan vositalar va asosiy funktsiyalar sifatida

belgilanadi. Raqobat ustunligini qo‘lga kiritadigan va uni saqlab turadigan tashkilot, uni

raqobatchilardan ajratib turadigan strategiyani yaratish va amalga oshirish orqali mumkin

bo‘ladi. Strategiyani korxonaga ekologik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni

yetkazib berish usuli sifatida ko‘rib chiqish kerak degan fikr va mulohazalarni keltirib o‘tishgan

(Nyoro & other 2015).

XX asrning 60-

80 yillarida gʻarbda zamonaviy menejment rivojlana boshladi. Sanoat

korxonalarida strategik boshqaruvning yondashuvlari mohiyati ochib berilgan va

modellarining ajralib turadigan jihatlari asoslangan. Istalgan modelda strategik boshqaruvni

uch bosqichdagi jarayoni ajratiladi: strategik rejalashtirish bosqichi (strategiyalar ishlab
chiqish, strategik tahlil va tanlov); strategik tashkillashtirish bosqichi yoki tanlash strategiyaga

mos ravishda tashkiliy tizimni sozlash (strategiyani tatbiq etish, amalga oshirish); strategik
nazorat va tartibga solish bosqichi (strategiyani baholash, ishontirish va ijroni baholash).

Bizning fikrimizcha, mavjud xarajat modellari orasida toʻqimachilik korxonasining tashqi va

ichki muhit omillarining butun majmuini

hisobga olishga toʻla imkon beruvchi hech qanday

model yoʻq, ammo qayd etilgan kamchiliklarga qaramay, ulardan eng samaralisi –

iqtisodiy

qoʻshilgan qiymat modeli boʻlib, uni takomillashtirish talab etiladi. Bu jarayonda esa,

rivojlangan mamlakatlar amaliy

otida keng qoʻllanilayotgan korxona faoliyati samaradorligini

boshqarish usullaridan foydalanish zarur boʻladi (

Eller and Naveiro, 2016).

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolani tahlil qismida va

nazariy hamda amaliy qismlarini yoritishda an’anaiy tadqiqot

usularidan, taqqoslama usullardan, didulsiya usullaridan keng foydalanilgan. Shuningdek,

toʻqachilik korxonalarini rivojlantirishda zamonaviy strategik boshqaruv strategiyalarining

ahamiyati, ula

rning qoʻqimachilik sanoatidagi tadbigʻi yoritishda va nazariy tahlil qilishda

induksiya va didulsiya usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalarning muhokamasi.

Hozirgi

paytda

Respublikamiz

toʻqimachilik

sanoatining

asosiy

qismi

“Oʻzbektoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga jamlangan boʻlib, Respublika boʻyicha 2022

-yilning

1-

yanvar holatiga 7 323 ta toʻqimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan

x

oʻjalik subyektlari faoliyat koʻrsatgan, shundan 11 foizi toʻqimachilik, 89 foizi tikuv

-trikotaj

buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar hisoblanadi [9]. Mustaqillik yillarida

mamlakatimiz toʻqimachilik sanoati tubdan oʻzgardi. Agar 1991

-yilda respublikada faqat 4 ta

yirik toʻqimachilik kompleksi mavjud 13 boʻlsa, mustaqillik yillarida juda katta ishlab chiqarish

salohiyatiga ega boʻlgan korxonalar yaratildi.

Statistik maʼlumotlarni tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, 2016

-2021-yillarda mahsulot

turlari boʻyicha mavjud ishlab chiqarish quvvatlari quyidagicha boʻlgan: ip kalava ishlab

chiqarish quvvati 2016-

yilda 367 ming tonnani tashkil etgan boʻlsa, ushbu koʻrsa

tkich 2021-

yilda 921 ming tonnani tashkil etgan yoki 2,51 barobarga oshgan; gazlama ishlab chiqarish
quvvati 2016-

yilda 246 mln. kv.metrni tashkil etgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2021

-yilda 860

mln. kv.metrni tashkil etgan yoki 3,45 barobarga oshgan; trikotaj mato ishlab chiqarish quvvati

2016-

yilda 51 ming tonnani tashkil etgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2021

-yilda 298 ming

tonnani tashkil etgan yoki 5,84 barobarga oshgan; paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish
quvvati 2016-yilda 51 mln.juftni tashkil etgan

boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2021

-yilda 457

mln.juftni tashkil etgan yoki 8,96 barobarga oshgan; trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish

quvvati 2016-

yilda 204 mln. donani tashkil etgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2021

-yilda 1308

mln. donani tashkil etgan yoki 6,41 barobarga oshgan; tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

209

chiqarish quvvati 2016-

yilda 83 mln. donani tashkil etgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2021

-yilda

920 mln. donani tashkil etgan yoki 11,22 barobarga oshgan. Tarmoqning mahsulot ishlab

chiqarish hajmi 2016-

yilda 12,7 trln. soʻmni tashkil etgan va bu koʻrsatkic

h 2021-yilga kelib

62,0 trln. soʻmni tashkil etgan yoki oʻrganilayotgan davrda uning hajmi 4,88 barobarga oshishi

kuzatilgan.

Shuning, oʻrganilayotgan davrda tarmoqning eksport hajmi 2021

-yilda 2016-yilga

nisbatan 4,11 barobarga oshib, 2801 mln. AQSH dollarini tashkil etgan

79

.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda eng muhim jihatlardan biri, respublika aholisi uchun

yangi ish oʻrinlarining yaratilishi sanaladi. Tarmoq miqyosida birgina 2021

-yilda 401 ming

yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Statistik maʼlumotlarni tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, “SANAM”

MCHJda 2017-

yilda fond qaytimi 10,28 soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 2021

-yilga kelib bu

koʻrsatkich 36,13 soʻmni tashkil etgan. Bunga asosiy sabab –

2021-yilda korxonada

modernizatsiya ishlari olib borilgan. “BETLIS TEKSTIL” MCHJda ushbu koʻrsatkichning

oʻrganilayotgan davrda qariyb 4 barobarga pasayishi roʻy bergan.

Bunga asosiy sabab

2021

yilda korxonada modernizatsiya ishlari olib borilganligi natijasida barcha uskunalar deyarli

100 % zamonaviy SULFET Turkiya mashinalari bilan almashtirilgan. “FULL COTTON” MCHJda
esa ushbu koʻrsatkich oʻrganilayotgan davrda 53,14

soʻmdan 10,78 soʻmgacha kamaygan.

Mehnat unumdorligi “SANAM” MCHJda 2017

-

yilda har bir ishchiga 4790 ming soʻmni tashkil

qilgan boʻlsa, 2021

-

yilda bu koʻrsatkich 63,1 % ga oshib, kishi boshiga 15851 ming soʻmga

yetgan

80

. Bu oʻsishga fondlarning yangilanishi hisobidan erishilgan.

Strategik boshqaruv asosan ma’lum bosqichlarni qamrab oladi (1

-

rasm). Koʻplab

tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan strategik boshqaruvning umumiy qabul qilingan modeli

strategiyani amalga oshirishning amalda belgilangan koʻrsatkichlarining rejada tutilg

an

topshiriqlarni bajarilganlik darajasini nazorat qilishni nazarda tutadi va bu esa, lozim hollarda

bozor muhiti oʻzgarishlarini inobatga olgan holda strategik rejaga tegishli qayta oʻzgartirishlar

qilishga imkoniyat bermaydi. Ikkinchi bosqich hisoblanadigan SWOT tahlil

strategik

rejalashtirish usuli boʻlib, u tashkilotning ichki va tashqi muhiti omillarini aniqlash va ularni
toʻrt toifaga boʻlishdan iboratdir. SWOT tahlili strategik boshqaruvning mavjud vaziyatini

dastlabki baholashda samarali boʻladi,

lekin u strategiyani ishlab chiqish yoki dinamikani sifatli

tahlil qilish oʻrnini bosa olmaydi.

1-rasm. Strategik boshqaruvning amalga oshirish bosqichlar

Bizning fikrimizcha, “strategik rejani amalga oshirish operativ boshqaruvning vazifasi

doirasiga kirib, “strategiyani amalga oshirishni baholash va nazorat qilish” bosqichining
vazifalari “Tezkor rejalashtirish maqsadlariga erishish tahlili” bosqichiga xos

boʻlgan vazifalar

tomonidan obyektiv ravishda amalga oshiriladi. Maqsadlarga erishishni tavsiflovchi

koʻrsatkichlarni tahlil qilishdan olingan xulosalar strategik rejani qayta tuzish va unga tegishli

oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha tavsiyalar boʻlib xiz

mat qilmasligi kerak. Ular asosida faqat

tashkiliy chora-

tadbirlar va rejalashtirilgan koʻrsatkichlarga erishishning moddiy

-texnika

vositalari samaradorligini oshirish sharoitida korxonaning operativ rivojlanish rejasiga

oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha tavsiyalar berilishi kerak”.

79

https://review.uz/uz/post/infografika-proizvodstvo-tekstilnoy-produkcii-uzbekistana-v-2016-2021-gg

80

https://www.interaktiv.oak.uz/avtoreferat/3aO7933fO1.file

Maqsadni

aniqlsh

SWOT tahlil

Strategiyani

shaklantirish

Strategiyani

tadbig'i

Natijalarni

baholash


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

210

Shu bilan birga, toʻqimachilik korxonasi rivojlanishining strategik rejalarini shakllantirish

tashqi va ichki omillar oʻzgarishlarini bashoratlashga asoslanganligi bois, biz strategik

boshqarish uchinchi bosqichi (tuzatishning qaytma aloqasi) sifatida “Str

ategik reja

asoslanganligini baholash” bosqichini taklif etamiz. Ushbu bosqichda bashorat qilingan va joriy

holatlarning toʻqimachilik korxonasi tashqi va ichki muhiti omillariga mosligini tahlil qilish,
keyinchalik strategik rejaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish amalga

oshirilishi lozim. Yuqoridagilarning barchasi toʻqimachilik korxonasining umuman strategik

boshqarish mexanizmi va xususan strategik rejalashtirish bosqichining takomillashtirilgan

tarkibiy-mantiqiy sxemasini taklif etish imkonini beradi.

Sanoat rivojlanishining hozirgi holati raqobatning keskin kuchayishi oqibatida salbiy

vaziyatni oʻzgartirish uchun yangi mexanizmlarni izlashni talab qiladi. Ayni paytda, sanoatda

raqobatbardoshlikni oshirishning eng samarali usullaridan biri strategik boshqaruv sanaladi.

Bizningcha, strategik boshqaruv

bu boshqaruvning bir turi boʻlib, uning usul va vositalari

iqtisodiy tizimlarning uzoq muddatli rivojlanishiga qaratilgan hamda tashqi va ichki muhitdagi

oʻzgarishlarga moslashuvchan javob beradi, bu esa, sanoat korxonasining oʻz maqsadlariga

erishish jarayonida muvaffaqiyatsizlik xavfini kamaytirishga yordam beradi (Huang, Shih &

other

2011). Fikrimizcha, toʻqimachilik korxonalarini yanada rivojlantirish uchun strategik

boshqaruv mexanizmidan foydalanish zarurligi shubhasizdir. Biroq, toʻqimachilik

korxonalarida bugungi kunda strategik boshqaruvni samarali qoʻllash uchun yaxshi rivojlang

an

mexanizm mavjud emas, chunki toʻqimachilik korxonalari faoliyatining oʻziga xos

xususiyatlarini hisobga oladigan samarali tizim hanuzgacha ishlab chiqilmagan.

Statistik maʼlumotlarni tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, “SANAM” MCHJda 2017

-yilda fond

qaytimi 10,28 soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 2021

-

yilga kelib bu koʻrsatkich 36,13 soʻmni tashkil

etgan. Bunga asosiy sabab

2021-yilda korxonada modernizatsiya ishlari olib borilgan.

“BETLIS TEKSTIL” MCHJda ushbu koʻrsatkichning oʻrganilayotgan davrda qariyb 4 barobarga

pasayishi roʻy bergan. Bunga asosiy sabab –

2021 yilda korxonada modernizatsiya ishlari olib

borilganligi natijasida barcha uskunalar deyarli 100 % zamonaviy SULFET Turkiya mashinalari

bilan almashtirilgan. “FULL COTTON” MCHJda esa ushbu koʻrsatkich oʻrganilayotgan davrda

53,14 soʻmdan 10,78 soʻmgacha kamaygan. Mehnat unumdorligi “SANAM” MCHJda 2017

-yilda

hap bir ishchiga 4790 ming soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 2021

-

yilda bu koʻrsatkich 63,1 % ga

oshib, kishi boshiga 15851 ming soʻmga yetgan. Bu oʻsishga fondlarning yangilanishi hisobidan

erishilgan. “BETLIS TEKSTIL” MCHJda ushbu koʻrsatkichning oʻrganilayotgan davrda qariyb

1,25 barobarga oshishi roʻy be

rgan. Bunga asosiy sabab fondlarning yangilanishi sanaladi.

“FULL COTTON” MCHJda esa ushbu koʻrsatkich oʻrganilayotgan davrda kishi boshiga 80527
ming soʻmdan 181228 ming soʻmgacha oshgan.

Bizning fikrimizcha, toʻqimachilik korxonalarini strategik boshqaruv amaliyotida

nisbatan oʻrtacha natijalarga erishishga moʻljallangan maqsadlarni tavsiflovchi rejadagi

koʻrsatkichlar bajarilishi holatini tahlil qilishdagi “Tezkor rejalashtirish maqsadlar

iga erishish

tahlili” bosqichi strategik rejaning “Strategiyani amalga oshirishni baholash va nazorat qilish”

bosqichining vazifalarini amalga oshiradi. Zeroki, ushbu tahlil natijalari strategik rejani qayta

tuzish va unga tegishli oʻzgartirishlar kiritish

boʻyicha tavsiyalar boʻlib xizmat qilmasligi kepak.

Shu boisdan, strategik boshqarish jarayonining uchinchi bosqichi (tuzatishning qaytma

aloqasi) sifatida “strategik reja asoslanganligini baholash” bosqichi taklif etiladi. Tadqiqot
jarayonida toʻqimachil

ik korxonasining umuman strategik boshqarish mexanizmi va xususan

26 strategik rejalashtirish bosqichining takomillashtirilgan tapkibiy-mantiqiy sxemasi ishlab

chiqilgan.

Xulosa va takliflar.

Tadqiqot doirasida jahon va Respublikamiz olimlarining iqtisodiyotda muhim oʻrin

egallagan

toʻqimachilik sektori va bu sohada faoliyat yurituvchi korxonalar koʻrib chiqildi.

Denizli va uning atrofidagilarning fikricha iqtisodiy tuzilma uchun toʻqimachilik ishlab


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

211

chiqarish va sotish har doim birinchi oʻrinda turadi. Shunigdek, strategik boshqaruv maʼlum bir

qaror va harakatlar majmuiga egaligi, ammo har bir loyiha uchun bu qaror va harakatlar sof

individual tavsifga ega boʻlishi lozimligini tahlil natijasida ma’lum

boʻldi. Mavjud xarajat

modellari orasida toʻqimachilik korxonasining tashqi va ichki muhit omillarining butun

majmuini hisobga olishga toʻla imkon beruvchi hech qanday model yoʻq, ammo qayd etilgan

kamchiliklarga qaramay, ulardan eng samaralisi

iqtisodi

y qoʻshilgan qiymat modeli boʻlib, uni

takomillashtirish tafsiya etiladi. Buning natijasida esa, toʻqimachilik korxonalarini strategik

boshqaruv amaliyotida nisbatan oʻrtacha natijalarga erishishga moʻljallangan maqsadlarni

tavsiflovchi rejadagi koʻrsatkichlar bajarilishi holatini tahlil qilishdagi “Tezkor rejalashtirish
maqsadlariga erishish tahlili” bosqichi strategik rejaning “Strategiyani amalga oshirishni

baholash va nazorat qilish” bosqichining vazifalarini amalga oshirish muhim masalalardan

biridir.

Adabiyotlar / Литература / Reference:

Akramov N. (2021)

“To‘qimachilik korxonalarida strategik boshqaruv texnologiyasini

takomillashtirish”, Iqtisodiyot va ta’lim, 6

-son, 185-188 bb.

Arnawa, I.K., Sapanca, P.L.Y., Martini, L.K.B., Udayana, I.G.B., Suryasa, W. (2019). Food

security program towards community food consumption. Journal of Advanced Research in

Dynamical and Control Systems, 11(2), 1198- 1210.

Eller and R. M. Naveiro, (2016) “Technological trends on the functional textiles sector,” in

IAMOT 2016 - 25th International Association for Management of Technology Conference,

Proceedings: Technology - Future Thinking.

Huang C., Shih H.Y., and Liu P.Y., (2011) “Environment effects on patterns of network

change: The flat panel display industry network evolution,” in PICMET: Portland International

Center for Management of Engineering and Technology, Proceedings.

Kim S.K. (2019) “Developing the Strategies for AI Products based on the Technology

Decomposition Framework,” in IEEE International Conference on Industrial Engineering and

Engineering Management, doi: 10.1109/IEEM.2018.8607319.

Nyoro M., Kamau J.W., Wanyembi G.W., Titus W.S., and Dinda W.A., (2015) “A Literature

Review of Tam in e-

Commerce Adoption” Int. J. Appl. or Innov. Eng. Manag.

Pathan A.D. (2013) “Contributions for Improving Textile Supply Chain Management in

Pakistan TT -

Contributos para uma melhor Gestão da Cadeia de Abastecimento Têxtil no

Paquistão”.

Weeks and J. Du Plessis, (2011) “Servitization: Developing a business model to translate

corporate strategy into strategic projects,” in PICMET: Portland International Center for

Management of Engineering and Technology, Proceedings.

Родионова В.Н.

(2013)

Стратегический менеджмент: учеб. пособие / В. Н.Родионова.

2-

е изд., испр. и перераб. –

М.: РИОР: ИНФРА, –

78 с.


Библиографические ссылки

Akramov N. (2021) “To‘qimachilik korxonalarida strategik boshqaruv texnologiyasini takomillashtirish”, Iqtisodiyot va ta’lim, 6-son, 185-188 bb.

Arnawa, I.K., Sapanca, P.L.Y., Martini, L.K.B., Udayana, I.G.B., Suryasa, W. (2019). Food security program towards community food consumption. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 11(2), 1198- 1210.

Eller and R. M. Naveiro, (2016) “Technological trends on the functional textiles sector,” in IAMOT 2016 - 25th International Association for Management of Technology Conference, Proceedings: Technology - Future Thinking.

Huang C., Shih H.Y., and Liu P.Y., (2011) “Environment effects on patterns of network change: The flat panel display industry network evolution,” in PICMET: Portland International Center for Management of Engineering and Technology, Proceedings.

Kim S.K. (2019) “Developing the Strategies for AI Products based on the Technology Decomposition Framework,” in IEEE International Conference on Industrial Engineering and Engineering Management, doi: 10.1109/IEEM.2018.8607319.

Nyoro M., Kamau J.W., Wanyembi G.W., Titus W.S., and Dinda W.A., (2015) “A Literature Review of Tam in e-Commerce Adoption” Int. J. Appl. or Innov. Eng. Manag.

Pathan A.D. (2013) “Contributions for Improving Textile Supply Chain Management in Pakistan TT - Contributos para uma melhor Gestão da Cadeia de Abastecimento Têxtil no Paquistão”.

Weeks and J. Du Plessis, (2011) “Servitization: Developing a business model to translate corporate strategy into strategic projects,” in PICMET: Portland International Center for Management of Engineering and Technology, Proceedings.

Родионова В.Н. (2013) Стратегический менеджмент: учеб. пособие / В. Н.Родионова. – 2- е изд., испр. и перераб. – М.: РИОР: ИНФРА, – 78 с.