REVIEW OF SCIENTIFIC LITERATURE ON ISLAMIC SECURITIES

Abstract

This article presents comprehensive information on sukuk, an Islamic security, which is considered an Islamic security, in which order it is emitted, and its introduction into financial markets, and various scientific works that describe its importance in the country's economy have been studied and analyzed. The study encompasses an exploration of international experiences in sukuk implementation, citing instances of its introduction into global financial markets. A thorough examination of 50 articles, sourced from both foreign and domestic scholars, was conducted via platforms such as ScienceDirect, Google Scholar, and other scientific databases. This scientific work synthesizes insights from 20 selected articles to provide a nuanced understanding of the subject.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Yakubjonov, A. (2024). REVIEW OF SCIENTIFIC LITERATURE ON ISLAMIC SECURITIES. Economic Development and Analysis, 2(1), 179–185. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44989
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article presents comprehensive information on sukuk, an Islamic security, which is considered an Islamic security, in which order it is emitted, and its introduction into financial markets, and various scientific works that describe its importance in the country's economy have been studied and analyzed. The study encompasses an exploration of international experiences in sukuk implementation, citing instances of its introduction into global financial markets. A thorough examination of 50 articles, sourced from both foreign and domestic scholars, was conducted via platforms such as ScienceDirect, Google Scholar, and other scientific databases. This scientific work synthesizes insights from 20 selected articles to provide a nuanced understanding of the subject.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

179


ISLOMIY QIMMATLI

QOGʻOZLARGA OID ILMIY ADABIYOTLAR SHARHI

Yaqubjonov Abdulaziz

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada islomiy qimmatli qogʻoz hisoblangan sukuk haqida

maʼlumot berilgan boʻlib uni qa

y tartibda kimlar emissiya qilishi, moliya bozorlariga chiqarilishi

va uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan ahamiyati bayon qilingan turli xil ilmiy ishlar oʻrganib

chiqilgan hamda tahlil qilingan. Ilmiy ishlarni oʻrganish va tahlil qilish jarayonida xalqa

ro

tajribalar oʻrganilib, sukuklarni

moliya bozoriga joriy qilishning xalqaro tajribalari keltirib

oʻtilgan. Bunda ScienceDirect, Google Scholar va boshqa ilmiy bazalardan mavzuga doir xorij va

yurtimiz olimlari tomonidan yozilgan 50 ta maqola ajratib olin

gan va oʻrganilgan hamda ulardan

20

tasi mazkur ilmiy ishimizda oʻz aksini topgan.

Kalit soʻzlar:

islom moliyasi, sukuk, emitent, emissiya qilish, fond bozori, moliya bozori,

investitsiya, moliyalashtirish.

ОБЗОР НАУЧНОЙ ЛИТЕРАТУРЫ ПО ИСЛАМСКИМ ЦЕННЫМ

БУМАГАМ

Якубжонов Абдулазиз

Ташкентский

государственный

экономический

университет

Аннотация

.

В данной статье представлена информация о сукук, который

является исламской ценной бумагой. Рассматривается порядок его выпуска, механизм

введения на финансовые рынки, а также проанализированы различные научные работы,
посвященные роли сукук в экономике страны. В процессе изучения и анализа научных

исследований освещен международный опыт, включая внедрение сукук на финансовые

рынки. В работе было отобрано и изучено 50 статей от зарубежных и отечественных

ученых по данной теме с использованием ресурсов, таких как ScienceDirect, Google Scholar,
и другие научные базы данных. В результате этого анализа 20 статей внесли свой вклад

в настоящую научную работу.

Ключевые слова:

исламские финансы, сукук, эмитент, эмиссия, фондовый рынок,

финансовый рынок, инвестиции, финансирование.

REVIEW OF SCIENTIFIC LITERATURE ON ISLAMIC SECURITIES

Yakubjonov Abdulaziz

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article presents comprehensive information on sukuk, an Islamic security,

which is considered an Islamic security, in which order it is emitted, and its introduction into
financial markets, and various scientific works that describe its importance in the country's

economy have been studied and analyzed. The study encompasses an exploration of international

experiences in sukuk implementation, citing instances of its introduction into global financial

markets. A thorough examination of 50 articles, sourced from both foreign and domestic scholars,
was conducted via platforms such as ScienceDirect, Google Scholar, and other scientific databases.

This scientific work synthesizes insights from 20 selected articles to provide a nuanced

understanding of the subject.

Key words:

islamic finance, sukuk, issuer, issuance, stock market, financial market,

investment, financing.

I SON - YANVAR, 2024

UO‘K:

336.763.4

179-185


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

180

Kirish.

Islom moliyasi

bu shariat yoki islom qonunlariga mos keladigan moliyaviy faoliyat

tizimidir. Islom moliyasining asosiy tamoyillari foiz (ribo)ni taqiqlash, haddan tashqari

noaniqlik (gʻarar)dan va chayqovchilik (maisir)dan saqlanish, axloqiy va ijtimoiy

fikrlarga rioya

qilishni oʻz ichiga oladi.

Islom moliyasi iqtisodiyotni real aktivlar asosida rivojlantirish asosiga

ega hisoblanadi. Islom m

oliyasida koʻplab instrumentlar qatorida sukuk alohida ajralib turadi.

Sukuk (sakkning koʻpligi) arabcha atama boʻlib, koʻpincha islomiy obligatsiyalar deb

taʼriflangan islomiy moliyaviy sertifikatlarga ishora qiladi. Sukuk foiz toʻlash yoki olishni (ribo)

taqiqlovchi islom tamoyillariga (shariatga) mos keladigan investitsiya shaklidir. Foizlarni

toʻlashni oʻz ichiga olgan anʼanaviy obligatsiyalardan farqli oʻlaroq, sukuk asosiy aktivlardan

olingan foydani taqsimlash orqali daromad olish uchun tuzilgan. Sukuk egalari sukuk bilan

bogʻlangan aktivlardan olingan foydaning bir qismini oladi.

Iqtisodiy rivojlanib borayotgan

Oʻzbekiston uchun islohotlarni muttasil va doimiy davom

ettirish uchun yangidan yangi moliyaviy manbalar juda muhim hisoblanadi. Oʻzbekiston

Markaziy Osiyoda aholi soni boʻyicha mintaqadagi eng katta davlat boʻlib, aholi tarkibining 90

foizdan ortigʻi musu

lmonlarni tashkil qilgan 36 milliondan ortiq nufusga ega (kun.uz, 2024).

Aholi tarkibining katta qismini musulmonlar tashkil qilishiga qarama

y Oʻzbekistonda Islomiy

moliya sohasi

boshqa musulmon va qoʻshni mamlakatlarga qaraganda deyarli rivojlanmagan,

vaholanki ushbu sohaning rivojlanishida mamlakat juda katta salohiyatga ega. Buni yirik

xalqaro moliyaviy tashkilotlar (Islom Taraqqiyot Banki Guruhi, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi,

Osiyo Taraqqiyot Banki va b.) ekspertlari tomonidan eʼtirof etgan. Mutaxassis

larning fikricha,

islomiy bankinni joriy etilish orqali mamlakat $10 mlrdgacha qoʻshimcha xorijiy sarmoya jalb

etishi mumkin (spot.uz, 2019).

Shu bilan birga, soʻnggi yillarda xalqaro moliya tashkilotlari

bilan hamkorlikda ushbu yoʻnalishda baʼzi bir ishla

r amalga oshirildi.

Mamlakatimizda islomiy moliyaga oʻtish 2018

-

yildan boshlangan boʻlib Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoy

evning shaxsan oʻzi bu yoʻnalishga koʻp bor urgʻu

berganlar. Jumladan Prezidentning 2020-yil 29-dekabrdagi Parlamentga qilgan

murojaatnomasida mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish boʻyicha huquqiy

bazani yaratish vaqti-soati kelganligi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya

tashkilotlari ekspertlari jalb etilishligi alohida ta’kidlang

an. Islom moliya sanoatining jami

aktivi 2023-

yil oxirida yuqori oʻsish surʼatiga ega boʻlib, 4 trillion dollarni tashkil etdi (IFSB,

2023).

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini

amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida

ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston –

2030” strategiyasi (Farmon, 2023) tasdiqlangan boʻ

lib uning

ikkinchi yoʻnalishi “Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan

davlatlar qato

ridan oʻrin olish” deb nomlanadi va aynan shu yoʻnalish doirasida bir qancha

iqtisodiy islohotlarni oʻtkazish belgilab berilgan. Strategiyani

ng 50-maqsadi ham alohida

ahamiyatga molik boʻlib “Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozo

ri

hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish” deb nomlanadi bu maqsad doirasida

kamida 3 ta tijorat banklarida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish va islom

moliyasining qonuniy asoslarini shakllantirish taʼkidlab oʻtilgan.

Adabiyotlar sharhi.

Sukuk musulmon boʻlgan va boʻlmagan mamlakatlarda tez rivojlanib borishi sababli unga

boʻlgan qiziqish ham ortib bormoqda. Butun dunyoda koʻplab olimlar sukuk asosida bir qancha

ilmiy izlanishlar olib borgan va biz ulardan ba’zilarini keltirib oʻtamiz. Andrea Paltrinieri va

boshqalar (2023) “Sukuk: adabiyotlarning bibliometrik sharhi” nomli ilmiy ishida 1950

-yildan

2018-

yilgacha boʻlgan davrda sukuk boʻyicha tadqiqot yoʻnalishlari va kelajakdagi tadqiqot

savollarini aniqlash uchun 80 ta

ilmiy adabiyotlar oʻrganilgan va tahlil qilingan. Maqolada

islomiy moliya turli sohalarda, jumladan, islom banklari, sukuk, islom fond indekslari va

i

nvestitsiya fondlarida sezilarli oʻsishga erishilgani alohida takidlangan. Ilmiy asarda 1950

-


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

181

yildan 2018-

yilgacha boʻlgan sukuk adabiyotlarini oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotda

bibliometrik iqtiboslar va birgalikda iqtibos keltirish tahlili kabi turli usu

llar qoʻllanildi. Bundan

tashqari, 1992 va 2022-

yillar oraligʻida Yevropa davlat boshqaruvlarida barqaror

moliya

boʻyicha chop etilgan 82 ta maqolaning tizimli adabiyotlar sharhining tahlili taqdim etilgan.

Ezzedine Ghlamallah va boshqalar (2021) “Islom i

qtisodiyoti va moliyasi tadqiqotlari

mavzulari” asarida islom iqtisodiyoti va moliyasi yuzasidan olib bor

ilayotgan tadqiqotlar

chuqur tahlil qilingan va oʻrganilgan. Tadqiqotchilar 1979

-yildan 2018-

yilgacha boʻlgan davr

mobaynida chop etilgan 1500 ga yaqin

ilmiy ishlarni oʻrganib chiqishgan va iqtisodiy, moliyaviy

va axloqiy masalalarni qamrab olgan 11 ta mavzu doirasida islom iqtisodiyoti va moliyasi

adabiyotini yaxshi taʼriflash mumkinligini tadqiq qilishgan. Shuningdek asarda islom

iqtisodiyotining an’anaviy iqtisodiy tizimda mavzuda boʻlmagan oʻziga hosliklari haqida fikr

yuritilgan.

Siti Sara va boshqala

r (2019) tomonidan yozilgan “Sukuk shartnomalari, tuzilmalari va

narxlash mexanizmlari: tanqidiy baholash” nomli asarida hozirda mavjud adabiyotlarda f

aqat

sukukning tabiati va tuzilmalariga eʼtibor qaratilganligi, biroq sukukning bahosi koʻp jihatdan

eʼti

borga olinmaganligi takidlangan. Ushbu maqolada sukukning shartnomalari, tuzilmalari va

narxlash mexanizmi koʻrib chiqilgan. Aniqroq aytganda, ushbu ta

dqiqotda bir nechta sukuk

vositalari oʻrganilgan, mavjud tuzilmalarni koʻrib chiqilgan, sukuk narxlarini

belgilash

mexanizmlarini namoyish etilgan va sukukning har bir turi boʻyicha muhim masalalarni

muhokama qilingan. Asarda, shuningdek, ushbu tadqiqotda muhokama qilingan

muammolarning mumkin boʻlgan yechimlarini koʻrib chiqilgan. Yana ilmiy ishda asarni oʻq

ish

orqali oʻquvchilar sukukning muhim texnik elementlarini tushunishlari va sukukni anʼanaviy

obligatsiyalardan farqlashlari va islom moliyasining muh

im elementlari toʻgʻrisida tushuncha

hosil boʻlishi mumkinligi haqida fikir bildirilgan.

Andrea Delle Fog

li va Ida Klaudiya Panetta (2020) larning “ islomiy qimmatli qogʻozlar

bozori va ananaviy fond bozori: islomiy investitsiya investorlar uchun xavfsizmi

?» nomli

maqolasida Islom fond bozori (IFB) va anʼanaviy bozor oʻrtasidagi taqqoslashni koʻrib chiqish

orqali moliyaviy bozorlarning globallashuvi va modernizatsiyasi global moliyaviy tizimlarning

qayta shakllantirilishi va isloh qilinishiga olib kelganlig

i ta’kidlanadi. Asarda butun jahon

moliyaviy inqirozdan keyin islomiy moliya tizimi soʻnggi sezilarli oʻs

ish va tiklanishni

koʻrsatganligi, anʼanaviy moliya tizimi esa qiyinchilikka duch kelganligi koʻrib chiqilgan.

Maqolada mintaqaviy omillarning Fors koʻ

rfazi hamkorlik kengashi bozorlaridagi fond

daromadlariga taʼsiri oʻrganiladi. Bundan tashqari ilmiy ishd

a islom fond bozori va uning

investorlar portfelini boshqarish uchun afzalliklari boʻyicha soʻnggi adabiyotlarni tahlil

qilingan.

Muhammad Amrani va bo

shqalar (2017) “Sukuk: Adabiyot sharhi” nomli ilmiy

maqolasida islom moliyasi, xususan, sukuk (islom obligatsiyalari) global moliyaviy inqiroz

davrida anʼanaviy moliyalashtirishga kamroq taʼsir koʻrsatadigan muqobil sifatida koʻrilgan.

Sukuk investorlarga

oʻz portfellarini diversifikatsiya qilish va diniy tamoyillarga muvofiq

sarmoya kiritish usulini taklif qiladi. Sukukning har xil turlari mavjud, jumladan sukuk al

mourabaha, bu nol kupon obligatsiyalariga oʻxshaydi. Maqolada ta’kidlanishicha sukuk

anʼanav

iy obligatsiyalar bilan solishtirganda diversifikatsiya qilishda foyda keltirishi va

sezgirligiga ega. Su

kuk koʻrsatkichlari va anʼanaviy obligatsiyalar oʻrtasida bogʻliqlik yoʻqligi

ta’kidlangan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur izlanish mavzu doirasida a

malga oshirilgan ilmiy ishlarni oʻrganib chiqish va

tahlil qilishga yoʻnaltirilganligi uchun bibliografik

tadqiqot usulidan foydalangan. Bunda

ScienceDirect, Google Scholar va boshqa ilmiy bazalardan mavzuga doir horij va yurtimiz

olimlari tomonidan yozilg

an 50 ta maqola ajratib olingan va oʻrganilgan hamda ulardan 20 tasi

mazkur ilmiy ishimizda oʻz aksini to

pgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

182

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Soʻnggi oʻn yillikda islomiy moliya bir qancha sohalarda misli koʻrilmagan kengayishning

guvohi boʻldi, jumladan,

islom banklari, shariatga mos moliyaviy vositalar, sukuk, islom fond

indekslari va investitsiya fondlari. Sukuk va uning mamlakat moliyaviy iqtisodiy barqarorligiga

ta’siri va uni qanday qay tartibda chiqarib moliya bozorlariga kiritish boʻyicha dunyoda koʻplab
ilmiy izlanishlar olib borilgan, shu ilmiy asarlardan bazilarini keltirib oʻtamiz.

Islom moliyasining jahon mamlakatlarida tez suratda rivojlanib borayotganiligi haqida

koʻplab ilmiy izlanishlar olib borgan shulardan biri Abdul Rahmon Yusri Ahmad (2

018)

“Musulmon mamlakatlar fond bozorlarida islomiy qimmatli qogʻozlar va islomiy ikkilamchi
bozorga boʻlgan ehtiyojni baholash” nomli ilmiy ishida zamonaviy islomiy faoliyat bilan islom

mamlakatlarida bank, sarmoya va savdo sohalarida hukmron boʻlgan anʼ

anaviy faoliyat

oʻrtasidagi maʼlum farqlarga qaramay, islomiy faoliyat shakl va taʼsir jihatidan asta

-sek

in oʻz

oʻrnini egallab va anʼanaviy toʻsiqlar orqali oʻz ildizlarini hatto islomiy boʻlmagan dunyoga ham

kengaytirib borayotganligi takidlangan. Bundan tashqari ushbu maqolada islomiy qimmatli

qogʻozlarning faoliyatini va ularni islom mamlakatlaridagi mavj

ud qoidalar va iqtisodiy

determinantlar doirasida rivojlantirish imkoniyatlarini oʻrganilgan. Maqolada, shuningdek,

islomiy ikkilamchi fond bozorining

zaruriyati va uning paydo boʻlish shartlari koʻrib chiqilgan.

Mamoru Nagano (2016) oʻzining “Sukukni kim

va qachon chiqaradi?: Islom

obligatsiyalarining emissiyasini belgilovchi omillar tahlili” asarida Malayziya, Indoneziya,

Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarining 2001-2013-yillardagi qimmatli

qogʻozlar emitentlari maʼlumotlaridan foydalangan h

olda islomiy obligatsiyalar (Sukuk)

emitentlarining anʼanaviy qarz va aksiyadorlik emitentlaridan qanday farq qilishini oʻrgangan.

Maqolada sukuk bozoriga kirish imkoniyati sukuk emissiyasini tanlash uchun juda muhim va

bu talab bajarilgandan soʻng, past m

oliyaviy cheklovlar va firmaning past baholanishi kabi

omillar ham sukuk emissiyasini ragʻbatlantirishi qayd etilgan. Bundan tashqari maqolada

Sukuk em

itentlari va anʼanaviy qarz va aksiyadorlik emitentlari oʻrtasidagi farqlarni va sukuk

bozoriga kirish imkoniyati sukuk emissiyasini tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini

aniqlangan.

Sukuk bozori islom bankidan keyin islom moliya sanoatining asosiy drayveri hisoblanadi

va nafaqat musulmon mamlakatlarida, balki Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya kabi musulmon

boʻlmagan mamlakatlarda ham keng tarqalgan. U birinchi navbatda investorlar, davlat

tashkilotlari va tadbirkorlarga diniy eʼtiqodlariga muvofiq

oʻzlarining investitsiya va

moliyalashtirish ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Kusuma va Silva (2014)

taʼkidlashicha, sukuk ham davlat, ham xususiy tashkilotlarga yangi

loyihalarni moliyalashtirish va barqaror oʻsis

hga erishish uchun moliyalashtirish ehtiyojlarini

diversifikatsiya qilish va kapital mablagʻlarini foyda keltiruvchi yoʻnalishlarga tikish

imkoniyatini beradi.

Islom moliyasi tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda sukuk

bozorining rivojlanishi moliya bozorlarining rivojlanishi va institutsional sifat kabi boshqa
omillarni hisobga olgan h

olda iqtisodiy oʻsishga ijobiy taʼsir koʻrsatishi oʻz aksini topgan. Bu

shuni koʻrsatadiki, sukuk bozorlari moliyaviy inklyuzivlik va investitsiyalarni

ragʻbatlantirishi

mumkin. Mana shunday ishlardan biri Housem Smaoui va Salem Nechi (2017) tomonidan

yozi

lgan “Sukuk bozorining rivojlanishi iqtisodiy oʻsishga turtki beradimi?” maqolasi

hisoblanadi. Tadqiqot sukuk bozori rivojlanishining 1995-yildan 2015-

yilgacha boʻlgan 18 ta

sukuk emitent mamlakatlarida iqtisodiy oʻsishga taʼsirini oʻrganadi. Tadqiqotda sh

uningdek,

sukuk emissiyasi va iqtisodiy oʻsish oʻrtasidagi bogʻliqlik taʼkidlangan. Mualliflarning

taʼkidlashicha, sukuk bozorining jamgʻarmalarni iqtisodiy faol loyihalarga yoʻnaltirish va uzoq

muddatli debitor qarzdorliklarini moliyalashtirish imkoniyatini yaratish orqali umumiy

iqtisodiy oʻsishga hissasini qoʻshadi. Tadqiqotda sukuk bozori rivojlanishining iqtisodiy

oʻsishga taʼsirini oʻrganish uchun

dinamik panel modelidan foydalanilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

183

Huddi mana shu nuqtayi nazarni Abdelgʻani Echchabi (2016) ham oʻzining “Sukukni

moliyalashtirish iqtisodiy oʻsishga yordam beradimi? Asosiy emitent mamlakatlarga urgʻu”

asarida ilgari suradi. Asarda ekonometrik empirik tahlil orqali yalpi ichki mahsulot (YAIM),

yalpi kapital shakllanishi (YKSH)ning iqtisodiy oʻsishga potensial taʼsirini oʻrgangan.

Maʼlumotlar nafaqat GCC (Koʻrfaz hamkorlik kengashi), balki boshqa mamlakatlar, jumladan

Malayziya, Indoneziya, Turkiya, P

okiston, Singapur, Xitoy, Bruney, Qozogʻiston, Germaniya,

Buyuk Britaniya (Buyuk Britaniya), Gambiya va F

ransiyani ham qamrab oladi. Maʼlumotlar

Islomiy Moliya Axborot Xizmatlari (IFIS) va Jahon Bankining maʼlumotlar bazalaridan

toʻplangan, shunga koʻra, topilmalar shuni koʻrsatdiki, sukuk emissiyasi faqat barcha

mamlakatlar birlashtirilganda YAIM va yalpi ka

pital shakllanishiga taʼsir koʻrsatishi

taʼkidlangan.

Muhamed Zulkhibri (2015) “Sukuk boʻyicha nazariy va empirik tadqiqotlar sintezi” nomli

ilmiy i

shida sukuk boʻyicha nazariy va empirik adabiyotlarni uch nuqtayi nazardan tanqidiy

koʻrib chiq

qan:

ularning asosiy nazariyasi va mohiyati, sukuk bilan bogʻliq operatsion masalalar

va tuzilmalar hamda sukukning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli hisoblanadi. Maqolada sukuk

boʻyicha adabiyotlar miqdoriy tadqiqotdan koʻra koʻproq sifatga asoslanganligi, akademi

k

tadqiqotlarning asosiy qismi konferensiya va seminar maʼruzalari shaklidaligi takidlangan. Shu
bilan birga jurnal maqolalari, kitoblar, konferensiya maʼru

zalari, hisobotlari va jurnallari

koʻrinishidagi sukuk boʻyicha tadqiqotlar sezilarli darajada oshgan boʻlsa

-da, ammo islomiy

moliya boʻyicha boshqa tadqiqotlar bilan solishtirganda u hali ham nisbatan kam ekanligi

takidlangan. Sukuk boʻyicha tadqiqotlarni

ng bunday rivojlanmagan holati asosan tarixiy,

ishonchli va izchil maʼlumotlarning yetishmasligi, is

lom iqtisodiyoti va moliyasiga

bagʻishlangan cheklangan miqdordagi ilmiy muassasalar; islomiy moliya boʻyicha tadqiqotlar

uchun potensial manba sifatidagi yuqori sifatli hakamlik jurnallarining kam sonliligi; shariat

ulamolari orasida hal qilinmagan sukuk tushunchasi; va islomiy moliya kurslari uchun global

standart va akkreditatsiyaning yoʻqligi bilan bogʻliqligi takidlangan.

Mehmet Asutay va Amira Hakim (2

017) “Sukuk bozorini joriy qilish orqali xalqaro

iqtisodiy integratsiyani oʻrganish: tarmoq istiqboli” nomli ilmiy ishida 2004

-2014-yillar

mobaynida sakkizta davlat orasida olib borilgan izlanishlar sukuk bozorlari orqali xalqaro

moliyaviy-iqtisodiy integr

atsiya darajasini oʻrganish va sukuk bozorlari orqali xalqaro

moliyaviy integratsiya darajasini oʻlchash va sukuk emitentlari oʻrtasidagi aloqani oʻrganishga

qaratilgan. Mualliflarning fikriga koʻra islomiy moliya moliyaviy globallashuv sharoitida

iqtisodiy inqirozlardan himoyalanish va operatsiyalarda axloqiy qadriyatlarni ilgari surish

uchun strategik

variant sifatida namoyon boʻla oladi. Biroq, konservativ tartibga solish muhiti

va integratsiyaning yoʻqligi sababli, ayrim mamlakatlarda sukuk bozorlari oʻ

z salohiyatiga

erisha olmaydi. Mualliflar ijobiy taʼsirga ega boʻlish uchun islom moliyasiga mos kel

adigan

tartibga solish tizimini ishlab chiqish muhimligini alohida ta’kidlab oʻtishgan.

Oʻzbekistonda ham islom moliyasi va islomiy moliyalashtirishga keng

koʻlamli qiziqish

ortib borayotganligini hisobga olgan holda bu so

hada koʻplab ilmiy ishlar qilib k

elinmoqda

bularga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:

Abrorov Sirojiddin va Imamnazarov Jahongir (2021) “Ilslom moliyasi: Oʻzbekiston uchun

yangi

imkoniyatlar” nomli maqolasida, islom moliyasi, xususan, sukuk –

islom qimmatli

qogʻozlarining jahon moliya bozoridagi hajmi va ahamiyatining oʻsishi, hamda Oʻzbekistonda
islom moliyasining joriy holati tahlil qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonda islom moli

yasini joriy

qilish va rivojlantirish bilan bogʻliq soʻrovnoma natijalari ham ke

ltirilgan.

Abrorov Sirojiddin (2023) “sukuk bozorini rivojlantirish boʻyicha xorijiy

mamlakatlarning ilgʻor tajribalari” nomli ilmiy asarda islomiy qimmatli qogʻoz hisoblangan

sukuklar tahlili olib borilgan. Sukuk emissiyasi va muomalasi borasida xorijiy mamlakatlar

tajribasi oʻrganilgan. Mamlakatlar va yillar kesimida berilgan statistik maʼlumotlar boʻyicha

muallif tomonidan oʻz munosabati va fikrlari izohlangan. Tadqiqot natijasi boʻyicha


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

184

mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim hisoblangan xulosalar keltirilgan. Maqola sukuk

instrumentidan foydalanish samaralariga urgʻu berilgan.

Isayev Oybek (2022) “Oʻzbekistonda taʼlim dasturlari orqali islom moliyasi, xususan,

sukukni chuqur o

ʻrganish zaruriyati” nomli ilmiy ishida sukukning keng joriy etilishi

Oʻzbekiston qimmatli qogʻozlar bozori (fond bozori), davlat va xususiy kompaniyalar uchun

tashqi va ichki investorlarni jalb qilishda yangi moliyaviy vositalarni taqdim etishi bilan birga

Oʻzbekistondagi aholi va koʻpgina biznes vakillari oʻz boʻsh mablagʻlarini qa

driyatlariga mos

ravishda koʻpaytirishiga imkon yaratilishi boʻyicha dolzarb muammolarni hal etishga xizmat

qilishi va Islom moliyasining barcha xizmat turlaridan keng qoʻllash

ga zaruriyat borligi

toʻgʻrisida mulohazalar ilgari surilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda qimmatli qogʻozlar bozorida

anʼanaviy aksiyalar va obligatsiyalar bilan birgalikda Islom moliyasi mahsulotlaridan biri

hisoblangan sukukni ham qoʻllash mumkinligi, buni

dunyodagi yetakchi davlatlar ham amalda

muvofaqiyatli qoʻllayotganlari va Oʻzbekistondagi sukuk boʻyicha qonun hujjatlari ishlab
chiqishga birinchi qadam qoʻyilgani, shuningdek, sukukni taʼlimga kiritish dolzarbligi takidlab

oʻtilgan.

Raxmanov Ulugʻbek (2023) “Oʻzbekiston

respublikasida islomiy moliyalashning huquqiy

asoslari” nomli

ilmiy ishida mamlakatimizda islomiy moliyalashtirishni rivojlanish moyilliklari,

raqobat muhiti va imkoniyat tamoyillarini joriy etish va amaldagi qonunchilikka qator

oʻzgartirishlar kiritish orqali bu sohani tezda yoʻlga qoʻyib olish mumkinligi, buning u

chun esa

avvalo tijorat banklari tarmogʻining halol, shaffof raqobat muhitini yaratish hamda bank tizimi

aktivlarini diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini mustahkamlash zarur

ligi toʻgʻrisidagi oʻzining

tanqidiy mulohazalarini bayon qilgan.

Xulosa va takliflar.

Islom moliyasi va islomiy moliyaviy instrumentlarni Oʻzbekiston iqtisodiyotiga tatbiq

qilishda meʼyoriy, huquqiy asoslar ishlab chiqilayotganli va bungacha bir qanch

a bosqichlar

bosib oʻtilganligini koʻrishimiz mumkin. Islom moliyasini mamlakati

miz iqtisodiyotiga joriy

etishda va islomiy qimmatli qogʻozlarni emissiya qilishda mavjud risklarni inobatga olgan holda

jahon tajribasini, jumladan yaqin sharq hamda Okeaniya mintaqasi mamlakatlari tajribalarini

oʻrganish barobarida, mustahkam huquqiy aso

s yaratish zaruriyati mavjud deb hisoblayman.

Bugungi kunda yurtdoshlarimiz eʼtiqodiy qarashlari sabab anʼanaviy moliyaviy

instrumentlarga kiritgan investitsiyalar hajmi iqtisodiyotda mavjud kapitalga nisbatan ancha

past koʻrsatkichni tashkil etadi. Natija

da iqtisodiyot rivojlanishi sekinlashadi, xufiyona

iqtisodiyot qamrovi yanada kengayadi. Agarda mamlakatimizda islomiy banklar faoliyati yoʻlga
qoʻyilsa, oʻylaymanki aholi qoʻlidagi boʻsh turgan pul mablagʻlarini shunday islomiy banklarga

qoʻyishlari yoki islomiy qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilishlari jadal suratlarda rivojlanadi.

Olimlarning ilmiy ishlarini oʻrgangan holda shuni ham qoʻshimcha qilish mumkinki islom

ban

klari ham risklardan holi emas va bu oʻz navbatida jahon tajribasining mamlakati

mizga

kerakli qismlarinigina qoʻllashimiz kerakligini koʻrsatadi. Bu oʻz navbatida Oʻzbekiston

iqtisodiyotida tub burilish qayd etishi va rivojlanishning keyingi bosqichiga chi

qishga oʻzini

taʼsirini koʻrsatadi. Islom iqtisodiyoti va moliyasi, islomiy qimmatli qogʻozlar haqida ilmiy

manbalar va ayni davrdagi kuzatilayotgan tendensiyalar va taklif qilinayotgan yangi moliyaviy

instrumentlar sonining koʻpayib borishi kelajakda amalga oshirish zarur boʻlgan ilmiy

tadqiqotlar hajmini yanada oshirish zaruratini keltirib chiqaradi.

Qoʻshimcha ravishda, Oʻzbekistonda islom moliyasi tizimi mavjud emasligi, shuningdek

sukuklarni emissiya qilish uchun huquqiy asos mavjud boʻkmagan sharoit

da, islom

moliyasining baʼzi elementlariga duch kelish mumkin. Bu esa mamlakatda

islom moliyasi,

xususan, sukuklarni amaliyotda keng qoʻllash uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Buning uchun esa

Oʻzbekiston meʼyoriy

-

huquqiy hujjatlarining amaldagi holatini oʻ

rganish, shuningdek,

Oʻzbekistonda sukuk instrumentini emissiya qilish va undan

samarali foydalanish uchun

kerakli qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish kerakligini


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

185

koʻrsatib berdi. Natijada, ushbu instrumentni Oʻzbekisto

n fond bozoriga muvaffaqiyatli va

samarali joriy etishda qonunchilik, kadrlar ma

salasi va shariat kengashi kabilarni oʻz ichiga

oluvchi kompleks yondashuvga asoslangan strategiya ishlab chiqib, bir necha bosqichlarda

amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb

etishini koʻrsata.

Adabiyotlar / Literatura / Reference:

Abdelghani Echchabi et al. (2016). Does sukuk financing promote economic growth? An

emphasis on the major issuing countries. The Turkish Journal of Islamic Economics, 3, pp. 63-73.

Abdul Rahman Yous

ri Ahmad. (2018). Islamic securities in muslim countriesʼ stock marke

ts

and an assessment of the need for an islamic secondary market. The Islamic economic studies, 3,

pp. 2-47.

Abrorov Sirojiddin va Imamnazarov Jahongir. (2021). Ilslom moliyasi: Oʻzbekis

ton uchun

yangi imkoniyatlar. Iqtisodiyot va taʼlim, 4, pp. 146

-149.

Abrorov Sirojiddin. (2023). Sukuk bozorini rivojlantirish boʻyicha xorijiy mamlakatlarning

ilgʻor tajribalari. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 1, pp. 13

-20.

Andrea Foglie and Ida Panetta. (2020). Islamic stock market versus conventional: Are

islamic invest

ing a ʼSafe Havenʼ for investors? A systematic literature review. The pacific

-basin

finance, 64, pp. 2-29.

Andrea Paltrinieri et al. (2023). A bibliometric review of sukuk literature. The international

review of economics and finance, 86, pp. 897-918.

Ezzedine Ghlamallah et al. (2021). The topics of Islamic economics and finance research. The

international review of economics and finance, 75, pp. 45-160.

Houcem Smaoui and Salem Nechi. (2017). Does sukuk market development spur economic

growth? The pacific-basin finance, 54, pp. 42-54.

IFSB.org (2023). The IFSB issued the Thirteenth Edition of its Annual Flagship Publication:

The Islamic Financial Services Industry (IFSI) Stability Report 2023. 15.04.2023.

Isayev Oybek. (2022). Oʻzbekistonda taʼlim dasturlari

orqali islom moliyasi, xususan, sukukni

chuqur oʻrganish zaruriyati. Global dunyoda ilm

-

fan va taʼlimdagi innovatsion rivojlanishning

zamonaviy trendlari ilmiy-amaliy konferensiya, 15.12.2022, 115-119.

Kun.uz (2024). Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha 2,1 ming kishiga

oshmoqda. 13.01.2023

Mamoru Nagano. (2016). Who issues Sukuk and when?: An analysis of the determinants of

Islamic bond issuance. The review of Financial Economics, 31, pp. 45-55.

Mehmet Asutay and Amira Hakim. (2017). Exploring International Economic Integration

through. The research international business and finance, 46, pp. 77-94.

Mohamed Amrani et al. (2017). Sukuk: Literature Review. The social and administrative

science, 4, pp. 124-131.

Muhamed Zulkhibri. (2015). A synthesis of theoretical and empirical research on sukuk. The

borsa international review, 15, pp. 237-248.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2023). “Oʻzbekiston 2030” Strategiyasi.

PF-158-son.

Raxmanov Ulugʻbek. (2023). Oʻzbekiston respublikasida islomiy moliyalashning huquqiy

asoslari. Journal of AdvancedResearch and Stability, pp. 535-537.

Siti Sarah et al. (2019). The contracts, structures and pricing mechanisms of sukuk: A critical

assessment. The borsa international review, 19, pp. S21-S33.

Spot.uz (2019). Islamskiy bank razvitiya: vnedreniye islamskogo bankinga pozvolit

Uzbekistanu privlech $10 mlrd. 15.04.2019.

References

Abdelghani Echchabi et al. (2016). Does sukuk financing promote economic growth? An emphasis on the major issuing countries. The Turkish Journal of Islamic Economics, 3, pp. 63-73.

Abdul Rahman Yousri Ahmad. (2018). Islamic securities in muslim countriesʼ stock markets and an assessment of the need for an islamic secondary market. The Islamic economic studies, 3, pp. 2-47.

Abrorov Sirojiddin va Imamnazarov Jahongir. (2021). Ilslom moliyasi: Oʻzbekiston uchun yangi imkoniyatlar. Iqtisodiyot va taʼlim, 4, pp. 146-149.

Abrorov Sirojiddin. (2023). Sukuk bozorini rivojlantirish boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalari. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 1, pp. 13-20.

Andrea Foglie and Ida Panetta. (2020). Islamic stock market versus conventional: Are islamic investing a ʼSafe Havenʼ for investors? A systematic literature review. The pacific-basin finance, 64, pp. 2-29.

Andrea Paltrinieri et al. (2023). A bibliometric review of sukuk literature. The international review of economics and finance, 86, pp. 897-918.

Ezzedine Ghlamallah et al. (2021). The topics of Islamic economics and finance research. The international review of economics and finance, 75, pp. 45-160.

Houcem Smaoui and Salem Nechi. (2017). Does sukuk market development spur economic growth? The pacific-basin finance, 54, pp. 42-54.

IFSB.org (2023). The IFSB issued the Thirteenth Edition of its Annual Flagship Publication: The Islamic Financial Services Industry (IFSI) Stability Report 2023. 15.04.2023.

Isayev Oybek. (2022). Oʻzbekistonda taʼlim dasturlari orqali islom moliyasi, xususan, sukukni chuqur oʻrganish zaruriyati. Global dunyoda ilm-fan va taʼlimdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari ilmiy-amaliy konferensiya, 15.12.2022, 115-119.

Kun.uz (2024). Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda. 13.01.2023

Mamoru Nagano. (2016). Who issues Sukuk and when?: An analysis of the determinants of Islamic bond issuance. The review of Financial Economics, 31, pp. 45-55.

Mehmet Asutay and Amira Hakim. (2017). Exploring International Economic Integration through. The research international business and finance, 46, pp. 77-94.

Mohamed Amrani et al. (2017). Sukuk: Literature Review. The social and administrative science, 4, pp. 124-131.

Muhamed Zulkhibri. (2015). A synthesis of theoretical and empirical research on sukuk. The borsa international review, 15, pp. 237-248.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2023). “Oʻzbekiston 2030” Strategiyasi. PF-158-son.

Raxmanov Ulugʻbek. (2023). Oʻzbekiston respublikasida islomiy moliyalashning huquqiy asoslari. Journal of AdvancedResearch and Stability, pp. 535-537.

Siti Sarah et al. (2019). The contracts, structures and pricing mechanisms of sukuk: A critical assessment. The borsa international review, 19, pp. S21-S33.

Spot.uz (2019). Islamskiy bank razvitiya: vnedreniye islamskogo bankinga pozvolit Uzbekistanu privlech $10 mlrd. 15.04.2019.