Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
89
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TELEKOMMUNIKATSIYA XIZMATLARINI
RIVOJLANTIRISHNING RAQAMLI PLATFORMASI
Ochilov Laziz Siddiqovich
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Annotatsiya.
Telekommunikatsiya xizmatlari bozorida raqobatda kutilmagan tadbirni
amalga oshirish natijasida biznes sohasida yangi rivojlant
irish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
Iste’molchilar va telekommunikatsion xizmat ko‘rsatuvchilar orasidagi munosabatlarni bozor
ta
moyillari asosida raqamlashtirishning bugungi bosqichida xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmat
ko‘rsatish strategiyasini takomillash
tirish va shuningdek marketing strategiyasini ishlab
chiqishda asosan hozirgi kunda raqamli platformalardan keng foydalanilmoqda.
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisodiyot, telekommunikatsiya, marketing strategiyasi, portal,
raqamli platforma, telekommunikatsiya xizmatlari.
ЦИФРОВАЯ ПЛАТФОРМА РАЗВИТИЯ ТЕЛЕКОММУНИКАЦИОННЫХ УСЛУГ В
ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ
Очилов Лазиз Сиддикович
Ташкентский
университет информационных технологий
имени Мухаммада аль
-
Хорезми
Аннотация
.
В результате реализации неожиданного события в условиях
конкуренции на рынке телекоммуникационных услуг были показаны новые пути
развития бизнеса. На современном этапе цифровизации отношений между
потребителями и поставщиками телекоммуникационных услуг, основанных на
рыночных принципах, цифровые платформы сейчас широко
используются для
совершенствования стратегии обслуживания поставщика услуг, а также для
разработки маркетинговой стратегии.
Ключевые слова:
цифровая экономика, телекоммуникации, маркетинговая
стратегия, портал, цифровая платформа, телекоммуникационные услуги.
DIGITAL PLATFORM FOR THE DEVELOPMENT OF TELECOMMUNICATIONS
SERVICES IN THE DIGITAL ECONOMY
Ochilov Laziz Siddiqovich
Tashkent University of Information Technologies
named after Muhammad al-Khorezmi
Abstract.
As a result of the implementation of an unexpected event in a competitive market
for telecommunication services, new ways of business development were shown. At the present
stage of digitalization of relations between consumers and providers of telecommunication
services, based on market principles, digital platforms are now widely used to improve the service
strategy of the service provider, as well as to develop a marketing strategy.
Key words:
digital economy, telecommunications, marketing strategy, portal, digital
platform, telecommunications services.
I SON - YANVAR, 2024
UO‘K:
330
89-96
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
90
Kirish.
Dunyoning deyarli barcha davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyati an’anaviy savdo
aloqalaridan uzoqqa chiqib ketishga ulgurdi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida
telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishning raqamli platformal
arining paydo bo‘lishi
tufayli yuzma-
yuz uchrashuvlarga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qolib bormoqda. Har qanday mahsulotn
i
sotib olish uchun hatto oddiy iste’molchi ham uydan chiqmay turib telekommunikatsiya
xizmatlarni masofadan xarid qilish imkonini yaratadi. Bu n
afaqat o‘z shahringiz yoki
mamlakatingizda ushbu xizmatlardan foydalanish, balki boshqa mamlakatlardan
telekommunikatsiya xizmatlarini buyurtma berish va undan foydalanish imkoniyati
mavjudligini anglatadi. Yangi texnologiyalardan foydalanish ommabopligi t
ufayli iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish zarurati ortib bormoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Xorijlik olimlardan Fredrik Hacklin va Christian Linder (2018), "Digital Transformation
and the Digitally Extended Enterprise" nomli ilmiy tadqiqotida telekommunikatsiya
xizmatlarining raqamli platformalari va ularning iqtisodiy ta'siri haqida muhim tahlilliy
natijalarni aks ettirib ketgan. Peter Curwen va Jason Whalley (2019)lar esa "Digital
Telecommunications Ecosystems" nomli kitobida telekommunikatsiya tarmoqlari, xizmat
provayderlari va raqamli platformalar orasidagi o'zgarishlar va qarashlar haqida tushuncha
beradi. Fransuz olimi Francis Pereira (2019) esa "Digital Transformation of the Economy:
Challenges, Trends, Opportunities" nomli ilmiy maqolasida, raqamli iqtisodiyotning yana bir
rivojlanishi bilan bog'liq va MT sohasidagi telekommunikatsiya xizmatlarini o'z ichiga olgan
platformalar va ularning roli haqida o'z fikrlarini taqdim etgan. Geoffrey G. Parker, Marshall W.
Van Alstyne, va Sangeet Paul Choudary lar "Platform Revolution: How Networked Markets Are
Transforming the Economy and How to Make Them Work for You" deb nomlangan ilmiy
kitoblarida platformalar va ularning iqtisodiy oqimlari, shu jumladan telekommunikatsiya
xizmatlari platformalari haqida b
atafsil tafsilotlar keltirib o’tishgan. "Digital Transformation in
Business and Society"
–
deb nomlangan xalqaro ilmiy loyiha doirasida esa telekommunikatsiya
xizmatlari va raqamli platformalari muqobil tahlil qilib va ularning iqtisodiy, ijtimoiy, va siyosiy
ta'siri haqida fikrlar ilgari surilgan. 2005 yilda Harald Gruberning (2005) "The Economics of
Mobile Telecommunications" nomli ilmiy ishida, telekommunikatsiya xizmatlarining iqtisodiy
aspektlarini, jumladan MT sohasidagi platformalar va ularning iqtisodiy ta'sirini o'rganishga
xizmat qilishi haqida aniq ma’lumotlar aks etgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlarda keltirilgan nazariy materiallarga asoslangan
holda mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Mavjud ma’lumotlarni
tahlil qilishda induksiya
va deduksiya, makon va zamon, tahlil va sintez, qiyosiy tahlil kabi uslublar va yondashuvlar
qo‘llanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Raqamli platformalar, telekommunikatsiya xizmatlarini mijozlar bilan birlashtirishda,
xizmatlarni yanada foydali qilish, mijozlar bilan yaxshi munosabatlarni rivojlantirish va
bozorni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Raqamli iqtisodiyot sharoitida bu
platformalardan foydalanish, kompaniyalarga innovatsion yondashuvlarni amalga oshirish
imkonini beradi va bozorni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Jahon bozorlarning
rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlariga hamohang ravishda O‘zbekistonda ham key
ingi
yillarda telekommunikatsiya xizmatlari bozori jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Xusus
an,
respublikamizda ham zamonaviy iqtisodiyotni anglashga nisbatan axborotlashtirish bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan bilimlarga asoslangan yangicha yondashuvlar shakllanmo
qda. Bunda
Internet va uyali aloqa asosiy komponent bo‘lgan yangi axborot kommunikatsiya
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
91
texnologiyalari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, axborotning tezkor almashuvi va
innovatsion faoliyatlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Axborot kommu
nikatsiyalar soxasining rivojlanishida global tendensiyalarni ko‘rib
chiqamiz. Har bir d
avlatda telekommunikatsion soha boshqaruvi o‘z hususiyatlariga ega, ammo
raqamli texnologiyalarni paydo bo‘lishi va internet tarmog‘iga kirish bo‘yicha xizmatlarning
o
mmaviy qo‘llanilishi bugungi kunda aloqaning har qanday operatori nafaqat mahalliy
(mintaqaviy yoki umummilliy), balki telekommunikatsion xizmatlarning jahon bozorida
ishlashiga olib keldi.
Bugungi kunda axborot kommunikatsiya sohasida, xizmat ko‘rsatuvchi
provayderlar
tomonidan taqdim etilgan texnologik yangiliklarning aksariyati iste’molchil
ar tomonidan
talabga aylandi, shuning uchun xizmatlarga bo‘lgan talab taklifga mos keldi. Bugungi kunda
bozorning o‘zi (talab) ko‘p jihatdan turli xil texnologik yangiliklar va o‘zgarishlarni keltirib
chiqarmoqda, bu transport hajmi va xarakterining o‘sishiga, shuningdek, iste’molchilarning
transportni uzatishning sifat xususiyatlariga bo‘lgan turli talablariga javob beradi. (shu
jumladan harakatchanlik talablari). Hozi
rgi vaqtda yo‘nalishi va kuchi texnologik omillar bilan
belgilanadigan telekommunikatsiya bozorining global tendensiyalari orasida quyidagilarni
ajratib ko‘rsatish mumkin:
simsiz tarmoqlarni yanada rivojlantirish; Internetga keng polosali ulanishni
rivojlantirish; IP ilovalarini ishlab chiqish;tarmoqlar va xizmatlarning konvergensiyasi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, biz ham Raqamli iqtisodiyot sharoitida
telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlatirishda oz bo’lsada hissamizni qo’shish maqsadida
https://telekom-xiz.uz web portalamizni ishlab chiqdik. Ushbu veb portal orqali
foydalanuvchilar masofadan turib portalga tashrif buyurib portalda joylashtirilgan
telekommunikatsiya xizmatlari turlari bilan tanishishlari mumkin. https://telekom-xiz.uz
tijorat portali orqali real vaqt rejimida telekommunikatsiya xizmatlaridan onlayn foydalanish
imkoniyati mavjud. Bunda foydalanuvchi o’zi istagan xizmatni tanlab so’rovnoma yuborishi va
buyurtma berish yoki xizmatdan foydalanishi mumkin. Portalning yana bir asosiy
qulayliklaridan biri shundaki portalda to’g’ridan to’g’ri bir vaqtni o’zida bir
nechta xizmat
turlarini tanlab ulardan foydalanish mumkin.
https://telekom-
xiz.uz portalida barcha xizmatlar bo’limiga kirilganda Portalda mavjud
bo’lgan hozircha 4
ta xizmat turidan foydalanishlari mumkin. Bu uchun ham foydalanuvchi
portal orqali ro’yxatdan o’tib yoki oddiygina anketani to’ldirishi orqali biz bilan bog’lanishi
mumkin. Bunda portalimiz orqali yana tasdiqlash xabari keladi. So’ng ushbu ma’lumotlar
adm
inlarga yoki telegram botimizga kelib turashadi. Va ushbu so’rovlarni qaysi xizmat
turida
ligi aniqlanib shu xizmatni ko’rsatuvchi tashkilot yoki hodimga yo’naltiriladi.
https://telekom-xiz.uz portali orqali 4 ta xizmat turlaridan tashqari portalda doimiy
ravishda telekommunikatsiya xizmatlari ko’rsatuvchilar uchun bo’sh ish o’rinlari vakan
siyalar
ham joylab boriladi. Portalni elektron tijoratda o’rnini yanada oshirish uchun hamkor
tashkilotlar bilan ham bog’lanish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari por
talda viloyat hamda
Respublika bo’ylab joylashgan telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsat
uvchi tashkilotlar,
muassasalar va korxonolarning joylashuv manzili, bog’lanish uchun telefon raqamlari va
manzilning geolokatsiyalari joylashtirilgan.
Demak quyida https://telekom-xiz.uz elektron tijorat uchun ishlab chiqilgan
portalimizning umumiy stru
kturasi asosiy imkoniyatlari va uning tashqi ko’rinishi haqidagi
ma’lumotlarni keltirib o’tamiz.
Ushbu oyna https://telekom-xiz.uz oynasining asosiy bosh oynasi hisoblanib ushbu
oynada quyidagi menyu va bo’limlar mavjud.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
92
1-rasm. https://telekom-xiz.uz veb portalining asosiy bosh oynasi
1. Bosh sahifa
2. Yangilik
3. E'lonlar
4. Xamkorlar
5. Bog'lanish
6. Kirish
7. Ro'yxatdan o'tish kabi bo‘limlardan iborat.
Bosh sahifa bo’limida portalning umumiy ko’rinishi va bosh sahifadagi ma’lumotlar o’rin
olgan.
2-rasm. https://telekom-xiz.uz veb portalining
o’rta
oynasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
93
Yangiliklar bo‘limida telekommunikatsiya xizmatlari turlarining yangi assortimenti va
yangi xizmat turlari haqidagi yangiliklar elon qilinadi.
E’lonlar menyusida esa mavjud bo’sh ish o’rinlari va talablar keltirib o’tiladi. Bunda
telekommunikatsiya sohasida yoki telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha
malakaga ega bo’lgan ishga kirmoqchilar ushbu e’lonlar bilan tanishib o’zlarining
rezyumelarini yuborishlari yoki to’g’ridan to’g’ri
korxonaga kelib masul xodim bilan
uchrashishlari mumkin.
Xamkorlar menyusda esa xamkorlik uchun korxona va tashkilotlar hamda xorijiy
investrlar uhun
asosiy taklif va shartnomalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Bog’lanish bo’limida portalda joylashtirilgan mebellar haqida to’liqroq ma’lumot yoki
biror bir shaxs ishga kirmoqchi bo’lsa foydalanuvchilar ushbu oynada keltirilgan telefon
raqamlardan foydal
anib bog’lanishlari mumkin.
Kirish qismida esa yuqorida ta’kidlab o’tilganidek foydalnuvchi yoki buyurtm
achi biror
bir telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanadigan bo’lsa yoki buyurtma berish istagida
bo’lsa, foydalanuvchi portaldan ro’yxatdan o’tishi lozim bo’ladi. Ro’yxatdan o’tish
tugallangandan so’ng foydalanuvchi o’zining shaxsiy kabinetiga ega bo’la
di va ushbu kabinetga
kirish uchun kirish menyusidan foydalanadi.
Ro’yxatdan o’tish menyusi ushbu menyu orqali foydalanuvchi portalda to’laqonli
foydal
anishi uchun va telekommunikatsiya xizmatlaridan to’liq foydalanishi uchun ro’yxatdan
o’tishi kerak bo’la
di.
Veb portalning quyi va yuqori qismida bosh sahifa, yangiliklar, biz haqimizda, FAQ, biz
bilan bog‘lanish, yangi turdagi telekommunikatsiya xizmatlariga aloqador maqolalar bo‘limi
mavjud.
3-rasm. https://telekom-xiz.uz veb portalining quyi oynasi
Portal hozirgi kunda test rejimida ishlamoqda va portalni kelgusida butun respublika
miqyosida telekommunikatsiya xizmatlari ko’rsatish bilan shug’ullanuvchilar uchun
xamkorlikda ishga tushirish ishlarini amalga oshirish reja qilingan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
94
4-
rasm. So’ngi
yangiliklar oynasi
Portalning ushbu oynasida
So’ngi yangiliklar
menyusi joylashgan bo’lib bunda
foydalanuvchi ushbu portalda
joylashtirilgan so’nggi yangiliklardan habardor bo’lib boradi.
5-rasm. Tizimga kirish oynasi
Tizimga kirishni amalga oshirish u
chun foydalanuvchi oldin ro‘yxatdan o‘tgan elektron
pochtasi va parolini kiritadi va kirish tugmasini bosadi. Shundan so’ng ti
zimga kirish amalga
oshiriladi. Shaxsiy kabinetga kirgach foydalanuvchi o‘zining shaxsiy kabinetiga oxirgi marta
ko’rilgan telekommunikatsiya xizmat turlari ular haqida ma’lumotlar, savatcha, buyurtmalar,
oxirgi ko’rilgan telekommunikatsiya xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar chiqadi.
Telekommunikatsiya xizmatlari asosida yangi telekommunikatsiya xizmatlari
ko’rsatuvchi korxonalar –
elektron do’konlarni yaratmoqda, raqobatning kattaligi sababli
ularda yangi turdagi xizmatlar turlari paydo bo’lmoqda. Tel
ekommunikatsiya xizmatlari
ko’rsatishning asosiy elementi bo’lib, korxona yoki tashkilot o’zining telekommunikatsiya
xizmat turlarini internetda sotish va joriy etish xisoblanadi.
Telekommunikatsion xizmatlarni ko’rsatish sohasida raqobatni rivojl
antirish. Bu
xizmat sifatining oshishiga, narxlar darajasining tushishiga va elektron tijorat uchun ma’lum
internet-auditoriyalarining yaratilishiga olib keladi.
AKT sohasiga investitsiyalarni kiritish uchun qulay huquqiy sharoitning ko’rsa
tilgan
tartibda doimiy mavjud bo’lishini ta’minlash. O’z
-
o’zini boshqarish va tajriba almashish
tizimlarini yaratish. Elektron tiz
imi bo’yicha ta’lim tizimini rivojlantirish. Axborot
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
95
texnologiyalarining butun O’zbekiston bo’ylab keng tarqalishini ta’
minlash. Nafaqat viloyat
markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham axborot texnologiyalarining joriy qilinishi
Telekommunikatsiya xizmatlari hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keladi.
https://telekom-
xiz.uz portalaning o’ziga xos
qulayliklari va ustunliklari mavjud:
➢
Respublika va viloyat miqiyosida sifatli telekommunikatsiya xizmatlari haqida axborot
olish tezligi oshadi;
➢
Xizmat ko’rsatish
va kutish vaqti qisqaradi;
➢
Bepul xizmat ko’rsatish yoki xizmat ko’rsatish haqini bo’lib to’lash imkoniyati
mavjudligi;
➢
Korxona axborot texnologiyalarini samarali qo’llash orqali iste’molchilar bilan ochiq
munosabat o’rnati
sh,
➢
Xizmat ko’rsatishlar to’g’risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta’minlash,
sotuvning
alternativ yo’llarini, misol uchun https://telekom
-xiz.uz da telekommunikatsiya
xizmatlarini ko’rsatuvchi elektron do’konlar ochish va yaratis
h imkoni beradi.
6-rasm. https://telekom-xiz.uz veb portalining
statistika ko’rsatkichlar oynasi
Ushbu
oynada ko’rib turganingizdek portal orqali xizmat turlari bir oy Ichida qancha
xizmat ko’rsatilganligi, mamnun mijozlar soni, hamda hamkorlarning statistic ko’rsatkichlari
keltirib o’tilgan.
Xulosa va takliflar.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish va ularni
o'z ichiga olgan raqamli platformalarni amalga oshirish, innovatsiyalarni va iqtisodiy faoliyatni
o'z ichiga olgan yangi yondashuvlarni o'rnatishni talab qiladi. Raqamli platformalar, boshqa
sohalar bilan hamkorlikda xizmatlarni yaratish va taqdim etishda muhim ahamiyatga ega.
Xulosa o’rnida yana takidlash mumkinki telekommunikatsiya xizmatlarini rivojl
antirishning
raqamli platformalar quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi mumkin va quyidagi imkoniyatlarni
taqdim etishi mumkin. Raqamli platformalar, telekommunikatsiya xizmatlarini tizimli tarzda
taqdim etish va boshqarishga imkon beradi. Bunday platformalar, foydalanuvchilarga
shakllantirilgan, innovatsion xizmatlarni qulay va tezroq taqdim etish imkoniyatini beradi.
Raqamli platformalar, ko'p tarmoqli xizmatlarni integratsiya qilish va boshqarishda o'zaro
bog'liqlikni oshirishda yordam beradi. Bu foydalanuvchilar uchun qulaylik va xizmat sifatini
oshiradi. Telekommunikatsiya xizmatlarini o'z ichiga olgan raqamli platformalar, ma'lumotlar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
96
almashish va qo'llashda yuqori darajada integratsiya qilishga imkon beradi. Bu istemolchilarga
personalizatsiyalangan va moslashtirilgan xizmatlarni taqdim etishga olib keladi. Raqamli
platformalar, yangi innovatsiyalarni qo'llash, boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qilish va
yangi xizmatlar yaratishda yordam beradi.
Adabiyotlar / Литература / Reference:
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE HELP
OF SOFTWARE PACKAGES FOR MEDICAL SERVICES IN THE EGIONS." Conferencea (2022): 128-
130.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "IMPORTANCE OF KAS
H-HEALTH WEB PORTAL IN THE
DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS." Conferencea (2022): 80-83.
F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik
modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb academic
papers collection. 2023/1/1.
Farrux Qodirov. BUSINESS INNOVATION MODEL OF INCOME AND COSTS FROM THE
PROVISION OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION. Scienceweb academic papers
collection. 2023/1/1
Farrux Qodirov. DEVELOPMENT OF SCIENTIFIC AND TECHNOLOGICAL SYSTEM OF
MANAGEMENT OF INDUSTRIAL ENTERPRISES. Scienceweb academic papers collection.
2023/1/1
Farrux Qodirov. ECONOMIC-MATHEMATICAL MODELING OF THE DEVELOPMENT OF THE
PROVISION OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION. Scienceweb academic papers
collection. 2023/1/1
Farrux Qodirov. THE PLACE OF ECONOMETRICAL MODELING OF HEALTHCARE QUALITY
IMPROVEMENT IN THE DIGITAL ECONOMY. Scienceweb academic papers collection. 2023/1/1
Farrux Qodirov. Zamonaviy trenajyor va simulyatsiya qiluvchi dasturlarning hozirgi
kundagi ahamiyati. Scienceweb academic papers collection. 2023/1/1
Farrux, Qodirov. "Foreign experience in the development of medical services to the
population."
Хоразм
Маъмун
академияси
(2022).
Francis Pereira (2019). Digital Transformation of the Economy: Challenges, Trends,
Opportunities. Scientific article.
Fredrik Hacklin va Christian Linder (2018). Digital Transformation and the Digitally
Extended Enterprise book.
Peter Curwen va Jason Whalley (2019). Digital Telecommunications Ecosystems. Online
library.
ҚОДИРОВ
,
Фаррух
. "
АҲОЛИГА
СОҒЛИҚНИ
САҚЛАШ
ХИЗМАТЛАРИ
КЎРСАТИШНИНГ
ИЖТИМОИЙ
-
ИҚТИСОДИЙ
РИВОЖЛАНИШИ
ТАҲЛИЛИ
." AGRO ILM (2022).
Фаррух
Қодиров
.
Аҳолига
хизмат
кўрсатиш
соҳасининг
моделлаштиришни
тизимли
имитация
қилиш
. Biznes-
Эксперт
.
Том
173.
Номер
№5
.
Страницы
102-106.
Дата
публикации
2022.
