HUDUD MOLIYAVIY SALOHIYATINI BOSHQARISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Annotasiya

О‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga bozor mexanizmlarini izchillik bilan joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish,raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yо‘nalishlarini tashkil etadi. Mazkur iqtisodiy islohotlar doirasida hududlarning moliyaviy salohiyatini oshirish, yalpi hududiy mahsulot hamini oshirish kabi masalalar muhim о‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur maqolada hududlarning moliyaviy salohiyatini oshirishning nazariy jihatlari tahlil qilingan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Akramov, G. (2024). HUDUD MOLIYAVIY SALOHIYATINI BOSHQARISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(1), 18–26. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44976
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

О‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga bozor mexanizmlarini izchillik bilan joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish,raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yо‘nalishlarini tashkil etadi. Mazkur iqtisodiy islohotlar doirasida hududlarning moliyaviy salohiyatini oshirish, yalpi hududiy mahsulot hamini oshirish kabi masalalar muhim о‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur maqolada hududlarning moliyaviy salohiyatini oshirishning nazariy jihatlari tahlil qilingan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, yanvar

www.e-itt.uz

18


HUDUD MOLIYAVIY SALOHIYATINI BOSHQARISHNING

O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Akramov

G‘

olibjon B

ahodir o‘g‘li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi

«O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari

va muammolari» ilmiy

-tadqiqot markazi

Annotatsiya.

О‘z

bekistonda iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning

raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga bozor mexanizmlarini

izchillik bilan joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish,raqamli

iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya qilish, davlatning

iqtisodiyo

tdagi ishtirokini kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlash hozirgi kunda

amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yо‘nalish

larini tashkil etadi. Mazkur

iqtisodiy islohotlar doirasida hududlarning moliyaviy salohiyatini oshirish, yalpi hududiy

mahsulot hamini oshirish kabi masalalar muhim о‘rin tutadi

. Shundan kelib chiqqan holda

mazkur maqolada hududlarning moliyaviy salohiyatini oshirishning nazariy jihatlari tahlil

qilingan.

Kalit sо‘zlar:

iqtisodiy tizim,milliy iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, salohiyat, budjet, davlat

budjeti, mahalliy budjet, yalpi hududiy mahsulot, hududning moliyaviy salohiyati, aholi

farovonligi.

СПЕЦИФИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ УПРАВЛЕНИЯ ФИНАНСОВЫМ ПОТЕНЦИАЛОМ

РЕГИОНА

Акрамов Голибжон Баходир угли

Научно

-

исследовательский центр «Научные основы и

проблемы развития экономики Узбекистана» при

Ташкентском государственном экономическом университете

Аннотация.

Обеспечение устойчивого экономического роста в Узбекистане путем

диверсификации структуры экономики и повышения ее конкурентоспособности,

последовательного внедрения рыночных механизмов во все отрасли экономики,

сокращения бедности и повышения благосостояния населения,

ускоренного развития

цифровой экономики, трансформации государственных компаний, снижения участия
государства в экономике составляют приоритетные направления проводимых в

настоящее время экономических реформ. В рамках данной экономической реформы

важное место займут такие вопросы, как повышение финансового потенциала регионов,

увеличение валового регионального продукта. Исходя из этого, в данной статье
проанализированы теоретические аспекты повышения финансового потенциала

регионов.

Ключевые слова:

экономическая система, народное хозяйство, устойчивое

развитие, потенциал, бюджет, государственный бюджет, местный бюджет, валовой
региональный продукт, финансовый потенциал региона, благосостояние населения.

UO‘K:

332.143

I SON - YANVAR, 2024

18-26


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, yanvar

www.e-itt.uz

19

SPECIFIC ASPECTS OF MANAGING THE FINANCIAL POTENTIAL OF THE REGION

Akramov Golibjon Bahodir ugli

Research center "Scientific bases and problems of

development of the economy of Uzbekistan" under

the Tashkent State University of Economics

Annotation.

Ensuring sustainable economic growth in Uzbekistan by diversifying the

structure of the economy and increasing its competitiveness, consistent implementation of market
mechanisms in all sectors of the economy, reducing poverty and improving the welfare of the

population, accelerated development of the digital economy, transformation of state-owned

companies, and reducing state participation in the economy are the priorities of the economic
reforms currently underway. Within the framework of this economic reform, issues such as
increasing the financial potential of the regions and increasing the gross regional product will

occupy an important place. Based on this, this article analyzes the theoretical aspects of increasing

the financial potential of the regions.

Keywords:

economic system, national economy, sustainable development, potential, budget,

state budget, local budget, gross regional product, financial potential of the region, welfare of the

population.

Kirish.

“O‘

zbekiston-

2030” strategiyasida 2030 yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 baro

bar

oshirish va

daromadi

o‘

rtachadan yuqori b

o‘

lgan davlatlar

qatoriga kirish, fiskal barqarorlikni

ta’minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish, hududlarni kompleks rivojlantirish,

urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-

joy bilan ta’minlash darajas

ini

oshirish kabi maqsadlar belgilab berilgan. Hududlarning moliyaviy salohiyatini oshirish,

mahalliy byudjetlarning mustaqillik darajasini oshirish, hududlarda yangi “o‘sish nuqtalari”ni

izlab topish va ularni rivojlantirish or

qaligina bunday maqsad va vazifalarni ro’yobga chiqarish

mumkin bo’ladi. Bu esa o‘

z navbatida hududlarning moliyaviy salohiyatini boshqarishda ilmiy

asoslangan yondashuvlardan foydalanishni k

o‘

zda t

utadi. “Salohiyat”, “moliyaviy salohiyat”

tushunchalarini aniqlashtirish borasida yondashuvlarning xilma-xilligi, shuningdek uni

o‘zgartirish mexanizmining murakkabligi tadqiqot ishida nazariy va amaliy jihatlarini aks

ettiruvchi tarkibiy unsurlarni ajra

tib ko‘rsatishni talab qiladi.

Bugungi kunda moliyaviy salohiyatning yetarlilik muammosi iqtisodiy tizimning muhim

muammolaridan biri hisoblanadi. Hududning moliyaviy salohiyati, undan foydalanish yoki

foydalanmaslikdan qat’i

y

nazar, o‘z ixtiyorida mavjud

bo‘lgan turli xil resurslarga bog‘liq.

Biroq, bugungi kunda hududning moliyaviy salohiyatini, shuningdek uning tarkibiy qismlarini

baholashning yagona uslubiyoti mavjud emas.

Adabiyotlar sharhi.

Hududlarning moliyaviy salohiyatini oshirish orqali mahalliy budjetlarning daromad

bazasini mustahkamlash masalalar

i xorijiy va mahalliy olimlarning diqqat markazida bo‘lib

kelmoqda, zero hududlar o‘rtasidagi tafovutni qisqartirmasdan turib, yaxlit tizim sifatida milliy
iqtisodiyotni rivojlantirib bo‘lmaydi. Pro

fessor Xasanovning tahriri ostida nashr qilingan

“Moli

ya v

a soliqlar” darsligida ham hududlarning moliyaviy salohiyatin mustahkamlash

masalalariga to‘xtalib o‘tiladi. Mualliflar davlat budjeti barqarorligini ta’minlashning muhim

manbai sifatida hududiy mol

iyaviy siyosatni alohida ajratib ko‘rsatadilar (Xasano

v va boshq.,

2023).

Tadqiqotchi Abduvoxidov

budjetning barcha darajalari, tuzilmasi va budjet

munosabatlarini rivojlantirish uchun moliuani boshqarishni takomillashtirish zarurligini

ta’kidlaydi (Abduvo

xidov, 2023). Tasniflash xususiyatlarini tahlil qilishjarayonida hududning

moliyaviy salohiyatini amalga oshirish darajasiga qarab tavsiflovchi xususiyat taklif etiladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, yanvar

www.e-itt.uz

20

Mazkur xususiyat o‘rganilayotgan hodisani erishilgan va istiqbolli imkoniyatlarni ro‘

yobga

chiqarish nuqtai nazaridan tavsiflashga imkon beradi. Tasniflash bilan bir qatorda hududning

moliyaviy salohiyati unsurlarini aniqlashtirish talab qilinadi, zero ularning tavsiflashdagi

g‘alisliklar hudud moliyaviy salohiyatini samarasiz boshqarishg

a olib keladi. Hududning

moliyaviy salohiyati unsurlarini tavsiflar ekanmiz, uning tuzilmasini shakllantirish borasida

bir nechta yondashuvlar mavjudligini ta’kidlash lozim.

Xususan, Olloqulova hudud moliyaviy

salohiyatining quyidagi unsurlarini ajratib

ko‘rsatadi: byudjet salohiyati, aholining jamg‘arma

salohi

yati va tadbirkorlik sub’yektlarining (moliya

-

kredit tashkilotlari va moliyaviy bo‘lmagan

korxona va tashkilotlar) investitsiya salohiyati. Ushbu yondashuvning alohida jihati hududiy
moliyaviy salohiyat tarkibiga kredit salohiyatini alohida unsur sifatida kiritishda namoyon

bo‘ladi

(Olloqulova, 2023).

Xuddi shunday qarashni tadqiqot

chi Buranovaning ilmiy izlanishlarida ham ko‘ramiz

(Buranova, 2020), uning fikricha, hududning moliyaviy

salohiyati quyidagi unsurlarni o‘z ichiga

olishi lozim:

hudud iqtisodiyoti real sektorining moliyaviy salohiyati;

uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati;

hududning byudjet salohiyati;

kichik biznes salohiyati;

hududning investitsion salohiyati.

M

azkur yo‘nalishda ko‘p sonli tadqiqotlar olib borilayotgan bo‘lsa

-da, hudud moliyaviy

salohiyatini boshqarishning umim qabul qilingan kontseptsiyasi mavjud emas,


Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada ilmiy bilishning umumiy usullari: tizimli tahlil, analiz va sintez, induktsiya va

deduktsiya, taqqoslash, umumlashtirish, ma

’lumotlarni yig‘ish va guruhlash usullaridan

foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Hududning moliyaviy salohiyatini samarali baholash borasida mavjud ilmiy

yondashuvlar asosida hudud moliyaviy salohiyatini tasniflashning tarkibiy xususiyatlarini
ta

hlil qilish va to‘ldirish talab qilinadi. Hududning moliyaviy salohiyatini tasniflashda

foydalaniladigan xususiyatlardan foydalanishning maqsadga muvofiqligini hisobga olgan

holda, hududning moliyaviy salohiyatining o‘ziga xos muhim xususiyatlarini aks

ettiruvchi

yangi, avval tasniflashda foydalanilmagan jihatlardan foydalanishni taklif qilamiz:

o‘lchov birliklari;

shakllanish sohalari;

moliyalashtirish manbalari;

mujassamlashish;

foydalanish darajasi;

salohiyatni ro‘yobga chiqarish darajasi.

Iqtisodiy tizimlar moliyaviy salohiyatining yetarlilik darajasi dolzarb muammolardan biri

hisoblanadi.

Foydalanish yoki foydalanmaslik jihatidan qat’iy nazar hududning mo

liyaviy

salohiyati uning tasarrufida bo‘lgan resurslarning turli

-

tumanligiga bog‘liq. B

iroq, bugungi

kunda hudud moliyaviy salohiyati va uning tashkil etuvchilarini baholashning yagona

uslubiyoti mavjud emas.

Hududning moliyaviy salohiyatini samarali baholash borasida mavjud ilmiy

yondashuvlar asosida hududning moliyaviy salohiyatini tasniflashning tarkibiy belgilarini

tahlil qilish va to‘ldirish talab qilinadi (1

-rasm).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, yanvar

www.e-itt.uz

21

1-rasm. Hududning moliyaviy salohiyatini tasniflash

1

1

muallif ishlanmasi

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, yanvar

www.e-itt.uz


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

22

Umuman olganda, mazkur yondashuvni qo‘llab

-quvvatlagan holda, hudud iqtisodiyoti

real sektorining iqtisodiy s

alohiyati va kichik biznes salohiyatini bitta umumiy “xo‘jalik

yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy salohiyati” ostida guruhlash o‘rinli hisoblanadi,

chunonchi, mazkur unsurlar bir -

biri bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi.

Keltirilgan dalillarga tayangan holda, hudud moliyaviy salohiyati tarkibida quyidagi

asosiy unsurlarni ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq: byudjet salohiyati, hudud xo‘jalik

yurituvchi subyektlarining moliyaviy salohiyati va kredit salohiyati.

Shuni ta’kidla

sh kerakki, hududiy byudjet salohiyatini baholashda daromad bazasi

sifatida faqatgina, o‘z daromadlarini hisobga olishning o‘zi yetarli emas. Shu sababli, hududning

byudjet salohiyati tarkibida soliq tushumlari va soliqdan tashqari daromadlar, shuningdek

subventsiyalardan tashqa

ri beg‘araz ko‘makni alohida ajratib ko‘rsatish lozim, chunonchi ular

byudjet daromadlari bazasini shakllantirishda muhim manba sifatida xizmat qiladi (2-rasm).

2- rasm. Hudud moliyaviy salohiyatining asosiy unsurlari

2

Hududda joylashgan, turli mulkch

ilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning

moliyaviy salohiyati o‘zlarining bo‘sh turgan va va jalb qilingan moliyaviy resurslarini o‘zida

mujassamlashtiradi. Korxonalarning moliyaviy resurslari kengaytirilgan takror ishlab

chiqarish jarayonini r

ivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va fuqarolarning kundalik

ehtiyojlarini qondirish borasida mablag‘larni qayta investitsiya qilish manbai bo‘lib xizmat

qiladi.

Ular hududiy birlik aholisining hayotiy faoliyatini

bevosita ta’minlashning ayri

m

masalalarini birgalikda moliyalashtirishda ishtirok etadilar, shuningdek soliq bazasini

shakllantirish va mahalliy byudjetlarning daromad qismini to‘ldirish jarayonida qatnashadilar.

Hududning moliyaviy salohiyati tarkibiga kiruvchi kredit salohiyati asosiy unsurlardan

biri hisoblanadi. Bu hududning kredit tizimining iqtisodiyotning real sektori rivojlanishi va

faoliyatiga, asosiy vositalarga investitsiyalarga bevosita ta’siri bilan belgilanadi, bu esa o‘z

navbatida hudud moliya tizimining rivojlanishiga bevo

sita ta’sir qiladi. Hudud moliyaviy

salohiyatini tasniflash va uning tarkibiy unsurlarini tavsiflash asnosida uning murakkab va

serqirra kategoriya ekanligiga guvoh bo‘lamiz, bu esa o‘z navbatida hudud moliyaviy

salohiyatini samarali boshqarishni zaruriy

jarayon sifatida kun tartibiga qo‘yadi.

O‘tish iqtisodiyotiga xos bo‘lgan keng ko‘lamli transformatsion jarayonlar, umumiy holda

iqtisodiy munosabatlarni qayta tashkil qilish, hududiy rivojlanishning uzoq muddatli

2

muallif ishlanmasi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

23

strategiyalarini shakllantirishning ustuvorligini hisobga olgan holda, moliyaviy salohiyatni

boshqarish ob’yektiv zarurat sifatida maydonga chiqadi. Moliyaviy salohiyatni boshqarish

moliyaviy salohiyatni shakllantirishga qaratilgan va xo‘jalik yurituvchi sub’yek

tlar tomonidan

moliyaviy mab

lag‘

lardan samarali foydalanishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini ishlab

chiqish va amalga oshirish tamoyillari va usullari tizimi sifatida talqin qilinadi.Boshqa bir
tomondan, moliyaviy salohiyatni boshqarish salohiyatdan foydalanish hajmi va

samaradorligini oshirish, mamlakat va uning hududlarida iqtisodiy barqarorlik va muqimlikka

erishish, fuqarolarning farovonligi va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan moliyaviy

salohiyatning asosiy unsurlariga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi.

Shunday qilib, hududning moliyaviy salohiyatini boshqarish har qanday holatda va turli

tashqi va ichki omillarni hisobga olgan holatda amalga oshirilishi lozim, bu esa moliyaviy

salohiyatni boshqarishning mantiqiy ketma-ketligini tasavvur qilishga imkon beradi (3-rasm).

3-rasm. Hududning moliyaviy salohiyatini boshqarishning mantiqiy tuzilmasi

3

3

muallif ishlanmasi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

24

Moliyaviy salohiyatni boshqarish sub’yektlari sifatida davlat va mahalliy hokimiyat

organlari, moliya-bank tizimining nazorat idoralar organlari, korxona va tashkilotlarning

strategik va tezkor boshqaruv bo‘linmalari, aholi, o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlari va

birlashmalari ishtirok qiladilar.

Hududning moliyaviy salohiyatini boshqarish milliy iqtisodiyotning muhim unsuri

sifatida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

barqarorligini ta’minlash borasida

foydalaniluvchi salohiyatning samaradorligini eng yuqori darajada oshirishga imkon beruvchi

o‘zaro bog‘liq va bir

-

birini to‘ldiruvchi tamoyillarga asoslanishi lozim.

Xususan, mazkur

tamoyillar sirasiga quyidagilar kiradi:

tizimlilik

va majmuaviylik, moliyaviy jihatdan o‘zini o‘zi ta’minlashga asosiy e’tibor

qaratilishi;

mamlakat va hududlarning makro, mezo va mikro darajada rivojlanishining o‘zaro

uyg‘unligi;

tashqi

muhitdagi o‘zgarishlarga moslashish;

hududdagi barcha

xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslar va ularga

bo‘lgan ehtiyojlar muvozanatiga erishish;

strategik moslashuvchanlik;

davlat-xususiy va ijtimoiy sheriklik;

vaqtincha bo‘sh

moliyaviy resurslarni jamlash;

iqtisodiy xavfsizlik.

Bunday sharoitda hududning moliyaviy salohiyatini boshqarish jarayonining asosiy

g‘oyasi hudud moliyaviy siyosatini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir. Hudud moliyaviy siyosati

samaradorligining asosiy mezoni hududning ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishini moliyaviy qo‘llab

-

quvv

atlashning barqarorligi va aholi turmush darajasining o‘sishi hisoblanadi.

Moliyaviy siyosat hududning moliyaviy salohiyatini boshqarish unsuri sifatida quyidagi

ustuvorliklarni amalga oshirishga xizmat qilishi lozim:

ishlab chiqarishni iqtisodiy rag

‘bat

lantirish;

moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;

inflyatsion jarayonlarni cheklash;

byudjet daromadlarini rag‘batlantirish;

soliq tizimini isloh qilish;

moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish;

samarali moliyaviy nazorat tizimini yaratish;

byudjet tizimini mustahkamlash;

davlat qarzi ustidan nazoratni kuchaytirish;

moliyaviy qonunchilikni takomillashtirish.

Moliyaviy siyosatni takomillashtirishning zaruriy shartlari sifatida quyidagilarni sanab

o‘tish mumkin:

-

davlat va xususiy investitsiyalarni

iqtisodiy o‘sishning ustuvor yo‘nalishlarida jamlash;

-

inson kapitalini rivojlantirish, samarali va natijaga yo‘naltirilgan ijtimoiy infratuzilmani

yaratish, bu o‘z navbatida investitsiy

alardan foydalanish hajmi va samaradorligini oshirishni

talab qiladi;

-

hududlarda mavjud iqtisodiy rivojlanish markazlarini rivojlantirish va yangi

“o‘sish

nuqtalari”ni yaratish, ma’muriy tuman va viloyatlarning iqtisodiy jihatdan qoloqligiga barham

berish.

Hududiy moliyaviy siyosatni moliyaviy jihatdan qo‘llab

-quvvatlashning natijaviyligini

hududiy tizimning moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar to‘plami dinamikasi

asosida baholash taklif etiladi (Buranova, 2023)

. Ko‘rsatkichlarni tanlashda statistika idoralari

tomonidan shakllantirilgan, shuningdek turli reyt

ing agentliklari tomonidan qo‘llaniluvchi

hududlarning moliyaviy-iqtisodiy holatini baholash usullari tahlil qilindi.

Tahlil natijasida quyidagi ko‘rsatkich

lar tanlab olindi:


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

25

1. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha yalpi hududiy mahsulot

- hududiy iqtisodiy

tizim faoliyatining aholi soniga nisbatan samaradorligini aks ettiradi.

2. Hududdagi korxonalarning umumiy sonida daromad ko‘rib ishlovchi korxon

alarning

ulushi - iqtisodiyotning holati, uning diversifikatsiyalanganlik darajasi va tarkibiy iqtisodiy

o‘zgarishlarga chidamliligini tavsiflaydi.

3. Hududiy x

o‘jalik yurituvchi sub’

yektlarning yakuniy moliyaviy natijasi - hududning

iqtisodiy holatini tavsiflaydi, real sektorning moliyaviy oqimlari hajmini belgilaydi.

4. Aholi jon boshiga to‘g‘ri k

eluv

chi o‘rtacha daromad

- aholi turmush farovonligini aks

ettiradi.

5. Asosiy vositalarga investitsiyalar -investitsiya muhitini, hududdagi investitsiya faolligi

darajasini tavsiflaydi.

6. Hudud iqtisodiyotining umumiy daromadlari tarkibida soliq tushumlarining ulushi -

hududning daromad salohiyati va uning moliyaviy mustaqilligi darajasini belgilaydi.

Yuqorida tilga olib o‘tilgan ko‘rsatkichlar hududning yax

lit moliyaviy salohiyati va uning

tarkibiy bo‘g‘inlari sanalauvchi soliq, byudjet, investitsion

, kredit salohiyati, shuningdek,

xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va uy xo‘jaliklari salohiyatining shakllanishiga bevosita ta’sir

ko‘rsatadi (

4-rasm).

4-rasm. Hududning moliyaviy-iqtisodiy holatini baholashning asosiy usullari

4

O‘

tkazilgan tadqiqotlar shu

ni ko‘rsatadiki, hozirgi bosqichda moliyaviy salohiyatni

boshqarish borasida samarali yondashuvlar yetarlicha ishlab chiqilmagan , bu o‘z navbatida

h

ududiy rivojlanishning moliyaviy muammolari zarur darajada o‘rganilmaganligi bilan

izohlanadi. Shuni

ta’kidlash kerakki, amalda asosiy e’tibor moliyaviy salohiyatning birdek

muhim tarkibiy qismlarini (hududiy korxonalarning moliyaviy salohiyati, kredit salohiyati va

boshqalarni) boshqarish usullarini takomillashtirish darajasi yetarlicha bo‘lmagan bir

shar

oitda, asosiy e’tibor hududlarning byudjet sohasini o‘rganishga qaratiladi.

4

adabiyotlar tahlili asosida muallif tomonidan tuzilgan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

26


Xulosa va takliflar.

Hududning moliyaviy salohiyati hudud iqtisodiyoti moliyaviy holatining qonun

chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan boshqaruv

qarorlariga munosabatini tavsiflovchi o‘ziga xos ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘z navbatida uning
o‘sishi moliyaviy siyosat va bu borada

qo‘llaniluvchi chora

-tadbirlar samaradorligini ijobiy

baholash, tez o‘zgaruvchan muhit shart

-

sharoitlariga o‘z vaqt

ida javob berish va hududning

raqobatbar-doshligi va moliyaviy barqarorligini rivojlantirishga qaratilganligi bilan

tavsiflanadi.

Shuni ta

’kidlash lozimki, hudud moliyaviy salohiyatining to‘ldirilgan tasniflash tuzilmasi

mazkur kategoriyani yanada chuqurroq o

‘rganish, ya’ni hududning moliyaviy salohiyatini

amalga oshirish darajasiga qarab tavsiflash

mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish b

orasida

erishilgan natijalar va istiqbolli imkoniyatlarni bashoratlash imkonini beradi. Moliyaviy
salohiyatning asosiy unsurlarini aniqlashtirish moliyaviy salohiyatni sifatli va miqdoriy

baholash, shuningdek undan foydalanish samaradorligini tavsiflashga imkon beradi.

Hududning moliyaviy salohiyatini boshqarishning mantiqiy tuzilma-sidan foydalanish

o‘zaro bog‘liq va bi

r-birini taqozo etuvchi tamoyillar yordamida milliy iqtisodiyotning unsuri

sifatida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror

ligini ta’minlashda

foydalaniluvchi salohiyatning samaradorligini oshirishga imkon beradi. Hududning moliyaviy

salohiyati

ni natijaviylik yondashuvi nuqtai nazaridan boshqarish bo‘yicha tavsiya etilgan

yo‘nalishlar uning asosiy unsurlari samaradorligiga ta’

sir qiluvchi boshqaruv usullarini

takomillashtirishga xizmat qiladi.

Adabiyotlar / Литература / Reference:

Abduvoxidov A., Qodirova D., Obilov M. (2023) O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY

BYUDJETLARNING DAROMADLAR BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH YO ‘LLARI

//Iqtisodiy

taraqqiyot va tahlil.

–Т. 1. –

№. 1. –

С. 4

-12.

Abduvoxidov, A., & Matkuli

yeva, S. (2023). BUDJЕT SIYОSАTI SAMARADORLIGINI

OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Iqtisodiy Taraqqiyot Va

Tahlil, 1(8), 5

19.

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2023-vol1-iss8-pp5-19

Xasanov B.A., Xashimov A.A., Muxametov A.B., Abduvoxidov A.A., Urazmatov J.M., Akramov

G‘.B., Narbayeva M.A., Eshpulatov

D.B. (2023) Moliya va soliqlar. darslik / prof. B.A.Xasanov tahriri

ostida.

T.: “Iqtisodiyot dunyosi”, –

564 b.

Буранова Лола Вахабовна

(2020)

. Финансовый потенциал региона: понятие,

сущность и значение для развития сурхандарьинской области// “Iqtisodiyot va innovatsion

texno

logiyalar” ilmiy elektron jurnali. No 4, iyul

-avgust.

Буранова, Л., & Абдурахманов, А.

(2023).

ФИНАНСОВЫЙ ПОТЕНЦИАЛ КАК ОСНОВА

ОЦЕНКИ ФИНАНСОВОЙ САМОСТОЯТЕЛЬНОСТИ РЕГИОНА.

Приоритетные направления,

современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 182–185. извлечено
от

https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19077

Оллокулова, Ф. (2023). МАҲАЛЛИЙ БЮДЖЕТЛАР ДАРОМАДЛАР МАНБАИНИ

ОШИРИШНИНГ ИСТИҚБОЛЛИ ЙЎНАЛИШЛАРИ.

Iqtisodiyot Va taʼlim,

24(4), 172

177.

https://doi.org/10.55439/ECED/vol24_iss4/a27

Bibliografik manbalar

Abduvoxidov A., Qodirova D., Obilov M. (2023) O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY BYUDJETLARNING DAROMADLAR BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH YO ‘LLARI //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. –Т. 1. – №. 1. – С. 4-12.

Abduvoxidov, A., & Matkuliyeva, S. (2023). BUDJЕT SIYОSАTI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(8), 5–19. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2023-vol1-iss8-pp5-19

Xasanov B.A., Xashimov A.A., Muxametov A.B., Abduvoxidov A.A., Urazmatov J.M., Akramov G‘.B., Narbayeva M.A., Eshpulatov D.B. (2023) Moliya va soliqlar. darslik / prof. B.A.Xasanov tahriri ostida. – T.: “Iqtisodiyot dunyosi”, – 564 b.

Буранова Лола Вахабовна (2020). Финансовый потенциал региона: понятие, сущность и значение для развития сурхандарьинской области// “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. No 4, iyul-avgust.

Буранова, Л., & Абдурахманов, А. (2023). ФИНАНСОВЫЙ ПОТЕНЦИАЛ КАК ОСНОВА ОЦЕНКИ ФИНАНСОВОЙ САМОСТОЯТЕЛЬНОСТИ РЕГИОНА. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 182–185. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19077

Оллокулова, Ф. (2023). МАҲАЛЛИЙ БЮДЖЕТЛАР ДАРОМАДЛАР МАНБАИНИ ОШИРИШНИНГ ИСТИҚБОЛЛИ ЙЎНАЛИШЛАРИ. Iqtisodiyot Va taʼlim, 24(4), 172–177. https://doi.org/10.55439/ECED/vol24_iss4/a27