Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
41
EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALAR HISOBI XUSUSIYATLARI VA
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Misirov Asliddin Mamasobirovich
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Annotatsiya.
Bugungi kun dolzarb masalalardan biri bu eksport-import operatsiyalar bilan
hisob-
kitoblarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatimizda so‘ngi yillarda qabul qilingan bir qator qarorlar, nizomlar, Markaziy bank
y
o‘riqnomalari eksport
-import operatsiaylar bilan hisob-
kitoblarni yangi pog’onaga chiqarish
vazifalarni belgilab beradi. Maqolada eksport-import operatsiyalari hisobi mazmun mohiyati va
hisobini tashkil etish xususiyatlari va ular hisobini takomillashtiri
sh bo’yicha xulosa va takliflar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar
:
eksport, import, operatsiya, qaror, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shartnoma,
invastitsiya, savdo faoliyati, bojxona tarifi, tovar, yo’ldagi tovarlar, ombordagi tovarlar, hisob
-
kitoblar.
ОСОБЕННОСТИ УЧЕТА ЭКСПОРТНО
-
ИМПОРТНЫХ ОПЕРАЦИЙ И
ПУТИ ИХ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ
Мисиров Аслиддин Мамасобирович
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация
.
На сегодняшний день одним из актуальных вопросов сегодня является
совершенствование экспортно
-
импортных операций и расчетов на основе
международных стандартов. Ряд решений, постановлений, указаний Центрального
банка, принятых в нашей стране в последние годы, определяют задачи вывода расчетов
с экспортно
-
импортными операторами на новый уровень.
В статье
изложена сущность
содержания учета экспортно
-
импортных операций и особенности организации учета, а
также выводы и предложения по совершенствованию их учета.
Ключевые слова:
экспорт, импорт, операция, решение, хозяйствующие субъекты,
договор, инвестиции, торговая деятельность, таможенный тариф, товары, товары в
пути, товары на складе, расчеты.
PECULIARITIES OF ACCOUNTING FOR EXPORT-IMPORT OPERATIONS AND
THE WAYS OF THEIR IMPROVEMENT
Misirov Asliddin Mamasobirovich
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
Currently one of the pressing issues today is the improvement of export-import
operations and settlements based on international standards. A number of decisions, resolutions,
and instructions of the Central Bank adopted in our country in recent years define the tasks of
bringing settlements with export-import operators to a new level. The article outlines the essence
of the content of accounting for export-import transactions and the features of the organization
of accounting, as well as conclusions and proposals for improving their accounting.
Keywords:
export, import, operation, decision, economic entities, contract, investment,
trade activity, customs tariff, goods, goods in transit, goods in stock, calculations.
VIII SON - DEKABR, 2023
UO‘K:
336.64
41 - 46
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
42
Kirish.
Jahon moliyaviy inqiroz sharoitida eksport-
import operatsiyalarni, ya’ni tashqi iqtisodiy
faoliyat bilan shug’ullanish jahon bozorining aktiv ishtirokchisi hamda sub’ektning bosh
maqsadidir. Bu bevosita korxona, firma mahsulotlarining jahon bozoriga chiqishi va uni band
etishi, o’z xaridorini topishida korxona istiqbolini belgilashi, faoliyati natijaviyligini
o’stirishning muhim omili sifatida qaraladi. Hozirgi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda
eksport-import operatsiyalari hisobini yuritishda qator noaniqliklar mavjud va ularni hal etish
jahon moliyaviy inqirozi sharoitida hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib
hisoblanadi.
24.02.2020-yildagi PQ-4611-
son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga o‘tis
h
bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlari to‘g’risida”gi
(Qaror, 2020)
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori va 07.05.2020 yildagi PQ-4707-son
“Eksport faoliaytini yanada qo’llab
-
quvvatlash chora-
tadbirlari to’g’risida”
gi (Qaror, 2020)
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining qarorlari eksport-import operatsiaylar bilan hisob-
kitoblarni yangi pog’onaga
chiqish vazifalarni belgilab beradi. Bularga:
Birinchidan, eksport-import operatsiyalari hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlar asosida takomillashtirish;
Ikkinchidan, eksport-import operatsiyalari hisobini tan olishda muhim xujjatlardan biri
shartnomani xalqaro bozor talab etadigan shakl va mazmunda amalga oshirish;
Uchinchidan, eksport-import operatsiyalari hisobini yuritishda akkreditiv operatsiyalar
xususiyatlarini o‘rganish va xalqaro
amaliyotni joriy qilish.
Ushbu yuqoridagi vazifalar eksport-import operatsiyalari va akkreditiv operatsiyalarni
xalqaro standartlar asosida tan olish printsiplarini belgilab beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Prezident Sh.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek “barqaror iqtisodiy o’sishning eng muhim
garovi
–
raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va
eksportni ko’paytirish, tranzit salohiyatidan to’liq foydalanish hisoblanadi.
Yana bir muhim
masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Aholi daromadlarini oshirish, qo’shimcha ish
o’rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun bizga yangi
-yangi bozorlar
kerak. Uning uchun bozor iqtisodiyoti va davr talablariga mos
ko’plab qonun va qarorlarni
qabul qilyapmiz”
Qaror (2020).
O’zbekiston Respublikasi “Valyuta tartiblari va valyuta nazorati to’g’risida”gi Qonunga
asosan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshiriladi. Valyuta tartiblariga rioya qilish Markaziy
bank tomonidan nazorati qilinadi, ushbu bankga kuyidagi vakolatlar yuklatilgan: xorij
valyutalari muomalalarining tartibi va faoliyat jarayonlari; rezident va norezidentlar
tomonidan valyuta muomalalarini amalga oshirish qoidalari; valyuta muomalalarini hisobga
olish, hisoblab hujjatlashtirish va statistikasining umumiy
tartibini o’rnatish
Qaror (2020).
Xalqaro tartiblar o’z navbatida “Tovarlarning xalqaro oldi
-
sotdi to’g’risidagi shartnoma”
BMT konventsiyasi, A/SONE. 97/18 Annex 1. Va Inkoterms hujjatlariga asoslanadi. Ushbu
hujjatlarda: iqtisodiy aloqalarga qulay shart-
sharoitlar yaratish, aloqa o’rnatish, shartnomalar
tuzish va tegishli tartib va qoidalarni o’rnatish uchun ma’lumotlar va axborotlar bilan
ta’minlash; tovarlarni olish va sotishdagi to’siqlardan o’tish
, shartnomalar tuzish, tovarlarning
turlari, miqdori va grafiklarini belgilash va etkazib berish uchun sharoitlar yaratish (Farmon,
2022).
Egamberdiyeva (2019)
Moliyaviy va boshqaruv hisobi o’quv qo’llanmasida: “Xalqaro
eksportda to’lov topshiriqnomalar,
cheklar, hujjatlashtiriladigan akkreditiv va inkassolardan
foydalaniladi”. Ochiq schyotga to’lov (clean payment) –
sotuvchi tovarni to’lov kafolatlarisiz
y
etkazib bersa, xaridor to’lov kunida pulni o’tkazadi. Sotuvchi xaridor tomonidan hech qanday
kafolat
olmaydi. Shuning uchun bunday to’lov shartlari bir ma
mlakat hududida va bir-birini
yaxshi bilgan firmalar o’rtasida amalga oshirilishi mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
43
Qurbanov, Misirov, (2019) Moliyaviy va boshqaruv hisobi darsligida akkreditivlar turlari
haqida to’liq ma’lumotla
r berilgan. ochiq akkreditiv. Bunda xaridor yoki uning banki tomonidan
akkreditiv bekor qilinishi mumkin. Bunday usul sotuvchiga hech qanday foyda va kafolat
bermaydi; chaqiriqsiz akkreditiv. Bunda akkreditiv eksportchining roziligisiz muddatdan oldin
bekor kilinishi mumkin emas va shuning uchun bu usul eng keng tarqalgan; chaqiriqsiz,
tasdiqlangan akkreditiv. Bunda xaridor o’z bankiga sotuvchining banki orqali akkreditivni
tasdiqlashga ruxsat beradi, ya’ni sotuvchining banki to’lov shartlarini bajarishga k
afolat beradi;
chaqiriqsiz, tasdiqlanmagan akkreditiv. Bunda sotuvchining banki akkreditiv ochilishi haqida
axborot beradi, lekin o’zi tasdiqlamaydi, ya’ni to’lovni kafolatlamaydi. Bu holda majburiyatlarni
bajarish mas’uliyatini xaridorning banki o’z zimma
siga oladi.
Jukov (2016) Uchet prodaji produksi i tovarov po vneshnetorgovomu dogovoru: Zudlik
bilan etkazib berish deganda, xalqaro amaliyotda bitim tuzilishi bilan boshlanadigan ma’lum
muddat tushuniladi. Bu muddat savdo odatlari bilan beligilanadi va 1 dan 14 ish kunigacha
muh
latni o’z ichiga oladi. Bunday muddatlarda tovarlar etkazib berish bo’yicha birjalarda,
auktsionlarda, sotuvchining omboridan sotishlardagi bitimlar amalga oshiriladi.
Norbekov, Misirov, Tashamov (2018) Moliyaviy va boshqaruv hisobi:
Akkreditiv
xaridorning
shartnomada ko’rsatilgan mud
datda belgilangan emitent-bankda kelishilgan
summaga sotuvchi foydasiga akkreditiv ochish majburiyatini nazarda tutami.
Tadqiqot metodologiyasi
.
Tadqiqot davomida qiyosiy tahlil,tizimli yondashuv, tahlil kabi usullardan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi
.
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo’li bilan,
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish muhim hisoblanadi. Xorijiy
investitsiya
lar mavjud korxonalar quyidagi yo’nalishlarda
xorij kompaniya va firmalari bilan
moliyaviy xo’jalik muammolarini amalga oshiradilar:
•
savdo-sotiq faoliyati -
tuzilgan shartnomalarga asosan xorijdagi sub’ektlarga o’zining
tayyor mahsulotlari yoki tovarlarini sotadi yoki ulardan tovarlarni sotib oladilar;
•
investitsiya (moliyaviy qo’yilma) faoliyati
- kelishilgan holda chet el sarmoyalarini
o’zining faoliyatiga jalb qiladi yoki o’zining vaqtincha ortiqcha mablag’larini chet el
firmalarining faoliyatiga ulush sifatida beradilar;
•
ishlarni bajarish va
xizmatlar ko’rsatish
- tuzilgan kontraktlarga asosan chet el
firmalarining buyurtmalari
bo’yicha ishlarni bajaradilar va xizmat ko’rsatadilar va o’z
navbatida chet el firmalariga buyurtmalar beradilar. Ularning bajargan ishlarini qabul qiladilar
va xizmat
larini iste’mol qiladilar;
•
litsenziya, savdo markalari, dasturlar va patentlarni sotish yoki sotib olish va boshqalar.
Subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, avvalo,
bojxona tartibi orqali amalga oshiriladi. Bojxon
a tizimida davlat chegarasidan o’tadigan
tovarlar, ishlar va xizmatlar qo’llaniladigan tartiblar ko’rsatiladi:
•
bojxona tarifi (olinadigan yig’imlar, to’lovlar);
•
tovar va xizmatlarni chegaradan o’tkazish tartibi;
•
kontrabandaga qarshi tadbirlar;
•
o
’tqaziladigan va kiritiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning turlari va miqdori.
Tovar va ishlarning nomenklaturasiga asosan kuyidagilar tuziladi:
•
dastlabki hujjatlarning shakli va uning mazmuni o’rnatilgan xalqaro tartib va qoidaga
asosan o’zgartiri
lgan holda;
•
bojxona deklaratsiyasi - tegishli tovarlar, ish va xizmatlarning nomlari, miqdori va
qiymati ko’rsatilgan holda;
•
xalqaro yukxatlarning
o’ziga xos xususiyatlari, mahsus belgilar qo’yilgan holda.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
44
Ushbu faoliyatda asosiy bosqichlardan bittasi tegishli kontraktlarni tuzish, miqdor, baho
va tovarlarni etkazib berish tartibi va grafigi hisoblanadi. Chunki ushbu talablarning bajarilishi
ustidan
tezkor va qattiq nazorat o’rnatiladi.
Bundan tashqari hisoblashish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatda
asosiy o’rinlardan birini
egallab, bu munosabatlar «Valyuta tartiblari va valyuta nazorati to’g’risida»gi Qonunga asosan
amalga oshiriladi. Valyuta tartiblariga rioya qilish Markaziy bank tomonidan nazorati qilinadi,
ushbu bankga kuyidagi vakolatlar yuklatilgan:
•
xorij valyutalari muomalalarining tartibi va faoliyat jarayonlari;
•
rezident va norezidentlar tomonidan valyuta muomalalarini amalga oshirish qoidalari;
•
valyuta muomalalarini hisobga olish, hisoblab hujjatlashtirish va statistikasining
umumi
y tartibini o’rnatish.
Xalqaro tartiblar esa «Tovarlarning xalqaro oldi
-
sotdi to’g’risidagi shartnoma» BMT
konventsiyasi, A/SONE. 97/18 Annex 1. va Inkoterms hujjatlariga asoslanadi. Ushbu
hujjatlarda:
iqtisodiy aloqalarga qulay shart-sharoitlar yaratish,
aloqa o’rnatish, shartnomalar tuzish
va tegishli tartib va qoidalarni o’rnatish uchun ma’lumotlar va axborotlar bilan ta’minlash;
•
tovarlarni olish va
sotishdagi to’siqlardan o’tish, shartnomalar tuzish, tovarlarning
turlari, miqdori va grafiklarini belgilash va yetkazib berish uchun sharoitlar yaratish;
•
tovarlarni sotib olish va sotish bo’yicha kamsitishlar (diskriminatsiya)ni tugatish,
tomonlarning
manfaatlarini ko’zlagan holda xo’jalik muammolarini amalga oshirish;
•
shartnomalarni amalga oshirishga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni qisqartirish
maqsadida ko’rsatilgan shakllarda xarajatlarni hisobga olishda tasdiqlangan «Nizom»
qoidalariga amal qi
linadi. Yuqoridagi munosabatlarni korxona faoliyatida to’g’ri va aniq tarzda
yuritish, eksport-import muomalalariga doir hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish hamda
bu munosabatlarning amalga oshirish jarayonini samarali boshqarish va nazorat qilish uchun
eksport-
import muomalalarining hisobi va uning tahlilini yuritish lozim bo’ladi.
Eksport-import
operatsiyalari
buxgalteriya
hisobining
asosiy
maqsadi
–
foydalanuvchilarni eksport-
import operatsiyalariga oid to’liq va ishonchli moliyaviy hamda
buxgalter
iya axboroti bilan o’z vaqtida ta’minlashdan iborat.
Mamlakatimizdagi sohaga doir adabiyotlarda va normativ-huquqiy hujjatlarda eksport-
import operatsiyalarni tan olishda shartnoma xususiyatlari etarlicha ochib berilmagan. Bu
bizning amaliyotimiz uchun zar
ur ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Shartnoma bir qancha
xususiyatlarga ega. Kompaniya shartnomaga muvofiq tovar (ish, xizmatlar)ni xaridorga
uzatganda qoplamalarni olishga bo‘lgan huquqi yuzaga keladi.
1-jadval
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo’yicha hisoblashuv muomalalarida qo’llanuvchi
asosiy valyutalar 2019-yil I chorak
17
№
Valyutalarning
turlari
Tashqi savdo
bo’yicha
hisob-
kitoblarda
salmog’i, % da
Valyutalarning
xalqaro miqyosda
tan olingan
belgilanishi
Valyutalarga
nisbatan
qo’llanuvchi
koeffitsentlar
1 AQSh dollari
40
USD
1
2 Evro
30
EURO
100
3 Yaponiya ienasi
15
JPY
100
4
Buyuk Britaniya funt-
sterlingi
8-11
GBP
1
17
http://www.fxclub.org/
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
45
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida har qanday tashqi iqtisodiy faoliyat bilan
shug
’
ullanuvchi korxonada boshqaruv tizimi eksport-import munosabatlari bo
’
yicha axborot
bilan ta
’
minlashning tegishli tizimiga ehtiyoj sezadi. 1-jadvalda hozirgi kunda xalqaro hisob-
kitoblarda eng keng qo’llanuvchi beshta davlatning milliy valyutasini ko’rsatish mumkin
.
Tashqi savdo shartnomasining quyidagi to’rt moliya –
to’lov shartini ajratib ko’rsatish
mumkin:
1.
Baho valyutasi;
2.
To’lov valyutasi;
3.
To’lov sharti;
4.
Hisob-kitob shakli.
Shu sababli, mazkur mavzu bo’yicha axborot to’plash, umumlashtirish va qayta
ishlashning eng muhim vositalaridan biri
–
buxgalteriya hisobi va tahlildir. Bundan tashqari,
eksport-import muomalal
arining holati va harakatini o’z vaqtida hamda to’g’ri hisobga olishi,
talqin etishi va ana shu asosda ba
rqaror rivojlana olishi uchun bunday ma’lumotlarni yig’ish va
qayta ishlashning samarali tizimiga ega bo’lishi kerak.
Xulosa va takliflar
.
Eksport-import munosabatlarining yangi strategiyasi iqtisodiyotning tarkibiy qismidagi
inqirozni engib o’tish, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro mexnat taqsimotida, jahon savdosida
yuqori sifatli mahsulotlar bilan ishtirok etish hamda eksport-import munosabatlarini
takomillashtirish asosiy vazifalardandir. Buning uchun:
Birinchidan, eksport saloxiyatini tiklash, rivojlantirish va eksport tarkibini yaxshilash.
Buning uchun, qisqa fursat ichida eksportga muljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni
kuchaytirish, bu erda nafakat xom-ashyomiz va tabiiy resurslarimiz hisobiga balki, ilmiy-
texnikaviy bilimlarimiz, arzon ishchi kuchi hisobiga, ishlab chiqarishning ustuvor soxalarini
rivojlantirish hisobiga erishish kerak.
Ikkinchidan esa, importni ratsionallashtirish muxim vazifalardan biri bulib, bu erda
import siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko’zlab, balki iqtisodiyotni
yangilash va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Mashinasozlik importida imkon
boricha tayyor mashinalar, transport vositalari va texnologik asbob-
uskunalari ko’proq foydali
qazilmalar qazish ishlari uchun va qayta ishlovchi soxalar uchun sotib olinishi kerak.
Importning samarasini oshirilishida yana, O’zbekiston iqtisodiyoti uchun zarur bo’lgan
mahsulotlar o’rnin
i bosuvch
i va kam xarajatlar sarflanadigan (ya’ni, bu erda albatta sotib olish
va olib kelish uchun ketgan xarajatlar e’tiborga olinib) mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil
etish ham asosiy yo’nalishlardandir.
Uchinchidan, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida
raqobatbardoshligini oshirishdir. Eksport potentsialini kengaytirishda va jahon xo’jaligiga
kirishning integratsiya jarayonida, O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar iloji boricha
sifatli va kam xarajat qilingan, jahon bozori shartlari va talablarini qoniqtiradigan darajada
bo’lishi shart. Buning uchun esa, asta
-sekinlik bilan ichki va jahon ishlab chiqarish andozalari
va mahsulotlar sifatini bir-biriga yaqinlashtirish kerak.
Turtinchidan, texnologiyani yangilash va kengaytirilgan ishlab chiqarish saloxiyatini
tashkil qilishga chet el investitsiyalarini jalb qilish. Chet el kreditlari uzoq muddatli va katta
masshtabli investitsiyalarni ta’minlashning yagona manbasi ekanligi ma’lumdir. Bu masalada
aniq bir maqsad sari inti
lish kerakligini ta’kidlab o’tish lozim.
Ushbu soxalarning o’ziga xos shakllari va tartibga solish uslublari mavjud. Albatta,
yuqorida keltirilgan fikr-muloxazalarga, tahliliy qarashlarga hamda nazariy xulosalarga
ustuvor yo’nalish sifatida e’tibo
r berish, shak-shubxasiz eksport-import munosabatlarini
rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
46
Adabiyotlar / Литература /
References:
Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.02.2020
-yildagi PQ-4611-
son “Moliyaviy
hisobotning xalqaro standart
larga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-tadbirlari
to‘g’risida”gi Qarori.
Egamberdiyeva S.R. (2019)
Moliyaviy va boshqaruv hisobi. O’quv qo’llanma. –
T.: Fan va
texnologiya, 289 b.
Qurbanov Z., Misirov K. (2019) Moliyaviy va boshqaruv hisobi. Darslik.
–
T.: Iqtisod-moliya,
751 b.
Jukov V.N. (2016) Uchet prodaji produktsii i tovarov po vneshnetorgovomu dogovoru. //
Buxgalterskiy uchet, №16
Norbekov D., Misirov K., Tashmanov G’. (2018) Moliyaviy va boshqaruv hisobi. O’quv
qo’lla
nma.
–
T.: Iqtisod-moliya,
–
435 b.
Qaror (2020) O‘zbekis
ton Respublikasi Prezidentining qarori, 07.05.2020-yildagi PQ-4707-
son «Eksport faoliaytini yanada qo’llab
-quvvatlash chora-
tadbirlari to’g’risida»gi Qarori.
Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Pre
zidentining 24.08.2022-y. PF-198-
son «Mulk
huquqining da
xlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l
qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida»gi;
