FEATURES OF TOURISM INFRASTRUCTURE MANAGEMENT

Abstract

This article is devoted to the features of tourism infrastructure management, the features of using tourism enterprise management, tourism center management, public management, cooperative management, regional management, as well as management models of international corporations in tourism infrastructure management.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ruziyev, S. (2023). FEATURES OF TOURISM INFRASTRUCTURE MANAGEMENT. Economic Development and Analysis, 1(8), 47–52. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44927
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to the features of tourism infrastructure management, the features of using tourism enterprise management, tourism center management, public management, cooperative management, regional management, as well as management models of international corporations in tourism infrastructure management.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr

www.e-itt.uz

47


TURIZM INFRATUZILMASINI BOSHQARISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIY

ATLARI

Ro‘zi

yev Shuxrat Sharifboyevich

Buxoro davlat universiteti

Annotatsiya.

Ushbu maqola turizm infratuzilmasini boshqarishning o‘ziga xos

xususiyatlariga

bag‘ishlangan bo‘lib

turizm infratuzilmasini boshqarishda turistik korxona

boshqarivi, turizm markazlari boshqaruvi, davlat boshqaruvi, hamkorlikdagi boshqaruv, hududiy
boshqaruv, xalqaro korporatsiyalar boshqaruvi modellaridan foydalanish xususiyatlari ko`rib

chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

Turizm, turizm infratuzilma, turistik industriya, korporatsiya, boshqaruv,

davlat-xususiy sheriklik, boshqaruvi modellari.

ОСОБЕННОСТИ УПРАВЛЕНИЯ ТУРИСТИЧЕСКОЙ ИНФРАСТРУКТУРОЙ

Р

y

зиев Шухрат Шарифбоевич

Бухарский

государственный

университет

Аннотация

.

Данная статья посвящена особенностям управления туристической

инфраструктурой,

особенностям

использования

управления

туристическими

предприятиями, управления туристическими центрами, государственного управления,

кооперативного управления, регионального управления, а также моделей управления

международных корпораций в управлении туристической инфраструктурой.

Ключевые слова:

т

уризм, туристская инфраструктура, туристическая

индустрия, корпорация, менеджмент, государственно

-

частное партнерство, модели

управления.

FEATURES OF TOURISM INFRASTRUCTURE MANAGEMENT

R

u

ziyev Shukhrat Sharifboyevich

Bukhara State University

Abstract

.

This article is devoted to the features of tourism infrastructure management, the

features of using tourism enterprise management, tourism center management, public
management, cooperative management, regional management, as well as management models of

international corporations in tourism infrastructure management.

Keywords:

tourism, tourism infrastructure, tourism industry, corporation, management,

public-private partnership, management models.

VIII SON - DEKABR, 2023

UO‘K:

338.48

47 - 52


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr

www.e-itt.uz

48

Kirish.

Jahon iqtisodiyotning muhim yo‘nalishi sifatida turizm

sohasining dunyo YaIMdagi ulushi

muvofiq sohalar va tarmoqlardagi multiplikativ samarani e’tiborga olgan holda 6,0 foizini

tashkil etmoqda. Turizm sohasi jahonda bandlikning 6-

7 foizini ta’minlovc

hi yangi ish joylarini

yaratishda asosiy rolga ega bo‘lmoqda. Xalqaro turistik tashkilot (UNWTO) ma’lumotlariga
ko‘ra, turizm sohasi jahondagi jami xizmatlar eksportining 30,0 foizidan ortig‘ini ta’minlaydi

18

.

Shuningdek, xalqaro miqyosda tovarlar va xizmatlar hajmining 6,0 foizi, jami xizmatlar

eksport hajmi

ning 30,0 foizi, umumiy ish bilan bandlar sonining 9,5 foizi turizm tarmog‘i

hissasiga to‘g‘ri keladi va dunyoda yaratilgan har o‘n birinchi yangi ish o‘rni ushbu sohada

yaratilmoqda

19

.

Hozirgi vaqt

da mamlakatimizda kiruvchi turizm anchagina oshgan bo‘lsad

a, ammo ushbu

ko‘rsatkich iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada
foydalanilmayotganligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodchi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, buning

muhim

sabablaridan biri turizmni barqaror rivojlanishi bo‘yicha

mavjud shart-sharoitlarning

yetarli emasligidadir.

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida turizm sohasini jadal

rivojlantirish, uni har jihatdan qo‘llab

-quvvatlash, mazku

r yo‘nalishda

turistik hududning

barqaror rivojlanishini k

abilar yuzasidan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Yangi

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 mln.

nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 mln.

nafarga ye

tkazish”

(

Farmon, 2022) vazifasi belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlashda

turistik hududning barqaror rivojlanishini boshqarish asosida korxonalar iqtisodiy va
moliyaviy natijalarni oshir

ish uchun o‘zlarining potensial imkoniyatlaridan to‘liq fo

ydalanish

hamda mazkur soha iqtisodiy salohiyatidan foydalanishning samaradorligini oshirishga

erishish maqsadga muvofiq.

Darhaqiqat, turizm sohasida ijtimoiy-

iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning

asosiy

vositasi bo‘lib, uning samarali rivojlanishi uchun

tashkiliy-iqtisodiy bazani takomillashtirish

muhim ahamiyatga ega. Turizm industriyasida iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishning

asosi sifatida avvalambor yuqori darajada rivojlangan tashkiliy tuzulmalarning mavjudligi,

uning turizm sohasida amalga os

hadigan iqtisodiy munosabatlarni barqarorligini ta’minlashga

ta’siri hamda takomillashgan me’yoriy

-huquqiy tizimni realizatsiya qilinishida keng

imkoniyatlarni berishi asosida belgilanadi. Shuning k

o‘ra, turizm bozorining samarali

rivojlanishi uchun Turistik hududning barqaror rivojlanishini boshqarish tizimini

takomillashtirish zarur.

Adabiyotlar sharhi.

Turistik hududning barqaror rivojlanishini boshqarish, xususan, turizm infratuzilmasini

boshqarish

bo‘yicha xorijiy va respublikamizning ko‘plab olimlari

ilmiy tadqiqotlar olib

bormoqdalar. Masalan, M.B.Birjakovning yondashuviga ko‘ra, «turizm infratuzilmasi –

bu

turistik resurslarga turistlarni me’yor darajasida erishishlarini ta’minlovchi va ularn

i turizm

maqsadida foydalanishdan iborat bo‘lgan, turizm i

ndustriyasi korxonalari hayotiy faoliyatini va

shaxsan turistlarni ta’minlovchi turizm industriyasi korxonalarining o‘zaro bog‘liq yo‘llar,

telekommunikatsiya aloqalari hamda muhandislik va kommunikatsion tarmoqlar majmuasi

hisoblanadi» (Бекларян, Пшенников, 2001).

Morozovning (2005)

fikricha, «turizm infratuzilmasi –

bu turistik mahsulotning

komponentlarini takror ishlab chiqarish sharoitlarini yaratuvchi va makro, mezo va

mikroiqtisodiyot darajasi

da iqtisodiyot tarmoqlari sifatida turizm shakllanishini ta’minlovchi

ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma elementlarini texnik-texnologik, tashkiliy-iqtisodiy va

ijtimoiy o‘zaro munosabatlari majmuini o‘zidan namoyon etuvchi tizimdir».

18

UNWTO Tourism Highlights. Edition 2017. - Madrid, WTO Publications Department. - 2018.

19

Travel & Tourism Economic Impact 2016 World [Электрон манба]: http://www.wttc.org


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr

www.e-itt.uz

49

Iqtisodchi olim D.V.Ismaev turistik infratuzilmani turistik xizmatlar ishlab chiqarish va

turindustri

ya korxonalarining normal faoliyatini ta’minlovchi xo‘jalik tarmoqlari kompleksi

sifatida ta’riflaydi. Uning fikricha, infratuzilma tarmoqlararo tavsifga ega va davlat,

hududlar va

ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasida integratsion funksiyani bajaradi, ya’

ni infratuzilma

bevosita moddiy boylik yaratmaydi. U ta’minlovchi funksiyani bajaradi (Бекларян,
Пшенников, 2001)

.

Mahalliy olimlardan Mamatqulov (2011)

ta’kidlashicha, “Turizm infratuzilmasi –

bu

turistik mahsulotlar ishlab chiqarish umumiy shartlarining

birlashgan mohiyatidir. «Ishlab

chiqarish umumiy shartlari» tushunchasi mohiyatini ochishda mutaxassislarning fikrlari va
qarashlari turlicha bo‘lib, ular bir

-biridan farqlanadi. Ayrimlari infratuzilma bu asosiy

texnologik jarayonlarni ta’minlovchi obyekt

lar yoki faoliyat turlari deb tushunchalar,

boshqalari esa bu butun texnologik jarayondir, uchinchi birlari, turistik mahsulotlarni

shakllantirish uchun zarur bo‘lgan texnologik jarayonlar va unga qo‘shimcha boshqaruv ta’siri”

deb tushunadilar.

Turizm sohasiga oid adabiyotlarda turistik industriya infratuzilmasi turizm

infratuzilmasiga nisbatan tor tushuncha hisoblanib, «turizm industriyasi» kategoriyasini

yoritib berish

da turlicha yondashuvlar mavjud bo‘lib, mazkur soha rivojlanishiga munosib

hissa qo‘shga

n olimlardan Tuxliyev, Hayitboev, Safarov, Tursunovalar (2014) tomonidan

quyidagicha ta’rif berilgan: «Turizm industriyasi –

bu mehmonxonalar va joylashtirish

vositalar

i, transport vositalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, ko‘ngilochar obyektlari va

vosit

alari, davolash, sog‘lomlashtirish, sportga doir, diniy marosimchilik, ishbilarmonlikka va

boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentligini amalga

oshiruvchi, shuningdek turizm infratuzilma tashkilotlari majmuidan iborat bo‘ladi».

Alimovaning (2017) fikricha, «turizm industriyasi –

turistik safar davomida turistlar

iste’molini imkon darajada to‘liqroq ta’minlashga kerakli, shuningdek aynan sh

u jarayonni

amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan xizmatlar va tovarlar majmuini ishlab

chiqaruvchi va

realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning o‘zaro bog‘langan, murakkab majmuidir».

Darhaqiqat, turizm infratuzilmasi turizm sohasida iqtisodiy barqarorlikni

ta’minlash,

turistik salohiyatni oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida

infratuzilma obyektlarini kengaytirish va transformatsiyalashishiga yo‘naltirilgan jarayon
bo‘lib, ushbu jihatlarni bugungi kun imkoniyatlari asosida nazariy

-metodologik jihatdan

o‘rganish va uning turistik hududning barqaror rivojlanishini boshq

arishdagi ahamiyatini

belgilash hamda ayni shu yo‘nalishda ilmiy

-tadqiqot ishlarini olib borish dolzarb hisoblanadi.


Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada ilmiy abstraksiya, induksiya va deduksiya, tahlil va sintez, sohaga oid mavjud

adabiyotlarni tahlil qilish, Prezidentimizning farmon va qarorlari, qonun hamda tadqiqot

mavzusiga oid xorijiy va mahalliy adabiyotlardan foydalanilgan.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Turiz

m infratuzilmasini boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari turizm sohasining

tarmoq, tra

nsport, mehmonxona va turar joylarini o‘z ichiga olgan kompleks xizmat tizimini

ifodalaydi. Bu borada olib borgan tadqiqotlarimiz natijasida quyidagi asosiy xususiyatlarni

ko‘rib chiqamiz:

Birinchidan, turizm infratuzilmasini boshqarishda muhim bo‘lgan tar

moq tizimi,

avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar, va aviatransport tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Turistlar uchun

mashrutlar, ko‘ngilochar joylar, va ob'yektlar bilan bog‘

langan kompleks tarmoq tizimi

turistlarni qiziqtirish uchun tuzilganligi bilan farqlanadi.

Ikkinchidan, turizmning muvaffaqiyati uchun mos transport tarmoqi muhimdir. Xalqaro

aeroportlar, temir yo‘llar, avtobus va avtotransport xizmatlari turistlarni shaha

rlar, turar

joylar, va boshqa turistik ob'yektlarga yetkazib berishda o‘z

vazifasini bajaradi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr

www.e-itt.uz

50

Uchunchidan, mehmonxona va turar joylar turizm infratuzilmasi tarkibida katta joy

egallaydi. Yaxshi ta'minlangan va qulay mehmonxonalarning mavjudligi, sayohat uchun

qulayliklar va turar joylar (attraksionlar, muzeylar, restoranlar) turistlarni jalb qilishda katta

ahamiyatga ega.

To‘rtinchidan, axborot texnologiyalari, onlayn savdo tizimlari, va boshqa axborotlar

tizimlari turizmni boshqarishda juda muhimdir. Turistlar uchun onlayn xizmatlar,

rezervatsiyalar, va boshqa axborotlarni taqdim etish bu sohada innovatsion yondashuvlar

keltiradi.

Beshinchidan, turizm sohasini boshqarish uchun xususiy turizm boshqarmasi (tourism

board) yoki agentliklar bo‘lishi mumkin. Bu

tashkilotlar turistik manzaralar, texnologik

vositalar, va turizm

strategiyalarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Oltinchidan, a

qlli shahar texnologiyalari va IoT (Internet of Things)ni qo‘llab

-quvvatlash

turizm sohasini rivojlantirish uchun muhimdir

. Shaharlar va turistik zonalar o‘rtasidagi

bog'liqlik, transport,

va turistlarga axborot xizmatlarini takomillashtirish imkoniyatlarini o‘z

ichiga oladi.

Yettinchidan, turizm sanoati, madaniy-xududiy sanoat va muzeylar, milliy restoranlar va

kafelar orqal

i turistlarga o‘zining asosiy xususiyatlarini namoyish etishda muh

imdir.

Sakkizinchidan, Turizm infratuzilmasini boshqarishda davlat, mahalliy hokimiyat,

tadbirkorlik tashkilotlari va boshqa subjektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik muhimdir. Turizm

sohasida

gi barcha subjektlar o‘zaro fikr almashish va ko‘rsatuvlarni rivoj

lantirish uchun bir-

biriga qo‘llab

-quvvat berishi kerak.

Turizm infratuzilmasi institutlar tizimi sifatida turistik faoliyatga xizmat ko‘rsatuvchi

turli xil tashkiliy tuzilmalar va mexanizml

ar majmuidan iborat bo‘lib, u mazkur bozorning

barqaror rivojlanishi uchun huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan boshqarishda

qo‘lay imkoniyatlar va shart

-sharoitlarni namoyon qilgan holda, turizm infratuzilmasini

boshqarishda innovatsion yondashuvlar, ta'lim va kadrlarni rivojlantirish, turizm iqtisodiyotini

diversifikatsiyalash, va xususiy yo‘nalishlarga fokuslanish katta ahamiyatga ega.

Tadqiqotlarimiz ko‘rsatishicha, turizm infratuzilmasini boshqarishda muvaffaqiyatli

bo‘lish uchun bir nechta modellar mavjud. Har bir mamlakat yoki hudud o‘zining turistik

salohiyati, resurslari, va maqsadlari asosida turizm infratuzilmasini boshqarishda kerak

bo‘lgan usullar va modellarni rivojlantiradi. Fikrimizcha, turizm infratuzilmasini boshqarishda

quyidagi modellardan foydalanish imkoniyati mavjud (1-rasm).

Yuqoridagi

rasmdan ko‘rinib turibdiki, turizm infratuzilmasi va turizm industriyasi

infratuzilmalari shakllanishi o‘zaro nisbatda joylashgan bo‘lib, turizm infratuzilmasini
boshqarishda qo‘llaniladigan

modellarni quyidagicha izohlash mumkin:

Turistik korxona boshqarivi

turistik korxonalar, turistik obyektlar, mehmonxonalarni

o‘zlarining korxona yoki tadbirkorlar tomonidan boshqarilishi. Bu model turizm sohasidagi

investitsiyalarni jalb qilish, xizmatlarni takomillashtirish va daromad olishni maqsad qiladi.

Turizm markazlari boshqaruvi

turizm markazlari, turistik obyektlar va turizm

xizmatlarini boshqarishda markaz bo‘lib faoliyat ko‘rsatishda mutaxassislik qiladigan

markazlar. Bu markazlar boshqa boshqaruv organlari, korxonalar, va tadbirkorlar bilan

hamkorlik qila olishadi.

Davlat boshqaruvi

davlatning turizm sohasida yutuqlari, madaniyatlari va turizm

infratuzilmasini boshqarishi. Bu model taxminan milliy va regional turizmni rivojlantirishda

qo

‘llaniladi.

Hamkorlikdagi boshqaruv

davlat va xususiy

tadbirkorlik tashkilotlari o‘rtasidagi

hamkorlik. Bu model turizm loyihalarini boshqarishda davlat-xususiy sheriklik boshqaruv

mexanizm asosida amalga oshiriladi. Bu usul o‘zaro qo‘llab

-quvvatlash, kapitalni jalb qilish, va

risklarni bo‘lishni ta'minlaydi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr

www.e-itt.uz

51

1-rasm. Turizm infratuzilmasini boshqarishda modellari

20

Hududiy boshqaruv

bu modelda, turizm infratuzilmasini o‘z ichiga olgan hududiy

bo‘linmalar boshqaradi. Turizmni hududiy ko‘nikmalar, g'

oyalar, va madaniyatga asoslab

rivojlantirishni maqsad qiladi. Bu usul turizm mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish, va

xizmatlarni ko‘rsatishga tadbir qilishni o‘z ichiga oladi.

Xalqaro korporatsiyalar boshqaruvi

xalqaro kompaniyalar yoki korporatsiyalar

tomonidan boshqarilgan model. Bu usulda xalqaro investitsiyalar va rivojlanayotgan

mamlakatlar uchun global tajribani olib kelish maqsad qilinadi.

Х

ulosa va takliflar.

Turizm infrastrukturasini boshqarish, turizmning muvaffaqiyatli rivojlanishini

ta'minlash uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozim. Bu, turistik ob'ektlar, transport

tarmoqlari, mehmonxonalar, restoranlar va boshqa turizmga oid tashkilotlarni boshqarish
bilan bog`liq hisoblanadi. Umumiy holda turizm infratuzilmasining kompleks rivojlanishi va

takomillashishining asosiy yo‘nalishlarini bir qancha yo‘nalishlarga ajratish mumkin:

korxonalarning o‘tkazish qobiliyati va ishlab chiqarish

quvvatini oshirish;

turistik infratuzilma tarkibiy qism elementlarini uzluksiz takomillashtirish;

turistik xizmatlar ishlab chiqarishini tabaqalashtirish;

turizm infratuzilmasi elementlarini mutanosib rivojlanishi;

turistik infratuzilma kompleksini boshqarishni takomillashtirish;

xizmat ko‘rsatish sifati va raqobatbardoshligini oshishi;

turizm infratuzi

lmasi ob’ektlarida investitsiyalashning zamonaviy shakllaridan

foydalanish va qulay investitsion iqlimni yaratish.

20

Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr

www.e-itt.uz

52

Turizm infrastrukturasini boshqarishda muv

affaqiyatli bo‘lish uchun

yuqorida keltirilgan

modellardan foydalanishda bir-biriga mos kelishini ta'minlash, turizm sohasidagi yangiliklarga

e'tibor qaratgan holda,

turistlarni qiziqtirish uchun innovatsion yondashuvlarni qo‘lla

sh

maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Аdabiyotlar

/ Литература / Reference:

Алимова М.Т. (2017) Ҳудудий туризм бозорининг ривожланиш хусусиятлари ва

тенденциялари (Самарқанд вилояти мисолида) // И.ф.д. дисс.

-

Самарқанд: СамИСИ, 25

-

26-

б.

Бекларян Л.А., Пшенников А.С.

(2001)

О некоторых аспектах методики исследования

региональных проблем // Журнал Аудит и финансовый анализ.

-

№4.

Бекларян Л.А., Пшенников А.С.

(2001)

О некоторых аспектах методики исследования

региональных проблем // Журнал Аудит и финансовый анализ.

-

№4.

Маматқулов Х.М.

(2011)

Туризм инфратузилмаси. Ўқув қўлланма. –

Т.: Ўзбекистон

файласуфлар миллий жамияти нашриёти,. 4

-5-

бетлар.

Морозов М.А.

(2005)

Инфраструктурное обеспечение предпринимательской

деятельности в туризме: монография.

-

М.: РосНОУ.

Тухлиев И.С., Ҳайитбоев Р., Сафаров Б.Ш., Турсунова Г.Р. (2014) Туризм асослари.

Дарслик. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги. –

Т.: «Fan va

texnologiya», 151

-

б.

Фармон (2022) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги

“2022

-

2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси

тўғрисида”ги ПФ

-60-

сонли Фармони. http

s://lex.uz/pdfs/ 5841063.

References

Алимова М.Т. (2017) Ҳудудий туризм бозорининг ривожланиш хусусиятлари ва тенденциялари (Самарқанд вилояти мисолида) // И.ф.д. дисс. - Самарқанд: СамИСИ, 25-26-б.

Бекларян Л.А., Пшенников А.С. (2001) О некоторых аспектах методики исследования региональных проблем // Журнал Аудит и финансовый анализ. - №4.

Маматқулов Х.М. (2011) Туризм инфратузилмаси. Ўқув қўлланма. – Т.: Ўзбекистон файласуфлар миллий жамияти нашриёти,. 4-5-бетлар.

Морозов М.А. (2005) Инфраструктурное обеспечение предпринимательской деятельности в туризме: монография. - М.: РосНОУ.

Тухлиев И.С., Ҳайитбоев Р., Сафаров Б.Ш., Турсунова Г.Р. (2014) Туризм асослари. Дарслик. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги. – Т.: «Fan va texnologiya», 151-б.

Фармон (2022) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги “2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги ПФ-60-сонли Фармони. https://lex.uz/pdfs/ 5841063.