Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
151
TURISTIK KORIDORLAR VA ULARNING XALQARO TURIZMNI RIVOJLANISHIDA TUTGAN O
’
RNI
G.f.n.
Tashtayeva Saida Kaxarovna
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Annotatsiya.
Maqolada turistik koridorlarning mazmun-mohiyati, turizm sanoatini
rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Bu boradagi ilmiy qarashlar tahlil qilingan, turistik koridor
tushunchasiga aniqlik kiritilgan. Geografik qamroviga ko’ra turlarga ajratilgan va ula
r asoslab berilgan.
Muammolar jahon tajribalari o’rganilgan, ularni tashkil etishning zarurati va ahamiyati batafsil yoritib
berilgan.
Kalit so’zlar
:
turistik koridor, mintaqa, ekokoridor, madaniy meros, turizm sanoati, Markaziy Osiyo,
turistik samaradorlik, mintaqa.
ТУРИСТСКИЕ КОРИДОРЫ И ИХ МЕСТО В РАЗВИТИИ МЕЖДУНАРОДНОГО ТУРИЗМА
К.г.н.
Таштаева Саида Кахаровна
Ташкентский
государственный
университет востоковедения
Аннотация.
В статье раскрыта сущность туристских коридоров и их значение в развитии
туристической индустрии. Проанализированы научные взгляды по данной тематике и уточнено
понятие туристского коридора. По географическому охвату выделены виды коридоров и
обоснованы. Изучен мировой опыт, подчеркивается необходимость и значение их организации
.
Ключевые слова
:
туристический коридор, регион, экокоридор, культурное наследие,
туристическая индустрия, Центральная Азия, эффективность туризма, регион
.
TOURIST CORRIDORS AND THEIR PLACE IN THE DEVELOPMENT OF INTERNATIONAL TOURISM
Tashtaeva S
а
ida Kakharovna
Tashkent State University of Oriental Studies
Abstract.
The article reveals the nature of tourist corridors and their importance in the development
of the tourism industry. Some scientific views are accurately analyzed and the concept of a tourist corridor
is clarified in this study paper. The types of tourist corridors have been identified and justified by their
geographic coverage. There has been studied different world experiences and the need and importance of
their organization is structurally emphasized.
Key words
:
tourist corridor, region, eco-corridor, cultural heritage, tourism industry, Central Asia,
tourism efficiency, region.
Kirish.
XX asr o’rtalaridan boshlab turizm bozori ijobiy o’sish tendensiyalarini namoyon qilib kelmoqda.
2019 yilda turistlar soni maksimal darajaga yetib, bir yilda sayohat qiluvchilar miqdori 1,5 mlrd. kishini
tashkil etdi. Shuningdek, jahon turizm bozori rivojlanayotgan mamlakatlarda yangi turistik
destinatsiyalarning paydo bo’lishi bilan qamrovi tobora kengayib bormoqda. Globallashuv jarayonining
rivojlanishi dunyo davlatlarini siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-
madaniy sohalarda bo’lgani kabi turizm
sohasida ham o’z
aro hamkorlikda faoliyat yuritishini taqozo qilmoqda. Turizm sanoatida turistik
resurslardan samarali foydalanish maqsadida uni oqilona loyihalashtirish va tashkil etishning turli
shakllari yuzaga kelmoqda.
UO’K 332.14
VII SON - NOYABR, 2023
151-155
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
152
Turistik markazlarni bog’lash, sayohat “samaradorligi” ni oshirish, turistlarga qulaylik yaratish,
sayohatchilar transchegaraviy hududlarda vaqtini behuda sarflamasligi maqsadida davlatlar tomonidan
turistik koridorlar tashkil etilmoqda va o’z o’rnida bu b
orada yaxshi natijalarga ham erishilmoqda.
Turkiyada Istanbul-
Antaliya koridori, AQShda G’arb
-Sharq, Fransiya, Ispaniya, Xitoy, Hindiston kabi
ko’plab mamlakatlarda bu borada turli tajribalar kuzatilmoqda.
Jumladan, yurtimizda ham 2022 yilda “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal
rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida” O’zR Prezidenti qarori qabul qilingan bo’lib, uning amaliy
isboti sifatida Qirg’izistondan boshlanib, Qozog’iston, O’zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon orqali
Turkiyada tugaydigan turistik koridorni shakllantirish va rivojlantirish loyihasini ko’rsatishimiz
mumkin (Qaror, 2022).
Turistik koridorlar xalqaro, shuningdek milliy miqyosda ham tashkil etilishi mumkin. Xususan,
O’zbekistonda 2019 yilda “O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora
-
tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmonida Andijon viloyatining Xonobod shahridan Surxondaryo
viloyatining Termiz shahriga bog’langan holda Qoraqalpog’iston Respublikasining Mo’ynoq shahrigacha
“O’zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorini tashkil etish to’g’risida vazifalar belgilab
qo’yilgan
(Farmon, 2019)
2022 yilda “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo’shimcha
chora-
tadbirlar to’g’risida” qarorida “O’zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori bo’ylab
avtomagistral yo’llari va yo’l bo’yidagi infratuzilma holatini o’rganish
bo’yicha ishchi guruhi takliflariga
muvofiq, belgilangan tartibda Turizm transport koridori bo’ylab yеr uchastkalarini realizatsiya qilish va
avtomagistral yo’llari bo’ylab zamonaviy standartlarga javob beradigan “karvonsaroy” larni tashkil etish
to’g’risidagi takliflariga rozilik berildi
(Qaror, 2022).
Ushbu belgilangan vazifalarni amalga oshirish turistik koridorlarga oid ilmiy tadqiqotlarni, bu
boradagi jahon tajribalarini o’rganishni taqozo qiladi va mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Adabiyotlar sharhi.
Turistik koridorlarni ilmiy o’rganish so’nggi yillardagina ommalashgan masalalardan biri bo’l
ib
hisoblanadi
. “
Koridor
” so’zi fransuzcha bo’lib, “uzun yo’lak” ma’nosini anglatadi, “
turistik koridor
” esa,
mintaqa yoki hududlarning eng diqqatga sazovor, katta ahamiyatga molik bo’lgan turistik markazlari,
shaharlarini bog’lovchi bosh yo’lak mohiyatini tushuntrib beradi. Ushbu atamaning kelib chiqishi
transport koridori, iqtisodiy koridor, ekologik kori
dor, qolaversa, turistik marshrut atamasi bilan bog’liq
degan fikrlar am mavjud. Dastavval ushbu tushuncha 1990-
yillarda landshaft ekologiyasida qo’llanilgan
(
Forman, 1995)
. Bunda
Yevropa, Shimoliy Amerika mintaqalarida daryo o’zani, daryo vodiysi,
suvayirg’ich o’rmonlar, eni bir necha km (1
-
10 km), uzunligi 3 minggacha km ni tashkil etuvchi o’rmon
mintaqalari ekokoridor sifatida ajratilgan (
Александрова, Сорокин
, 2019) . Ulardan turizm sohasida
ham foydalanish jihatlari esa Krishen, Litinskiy va boshq.
(2014)
, olimlar tomonidan o’rganilgan
(
Пономарёв, Байбаков,
2012)
. Keyinchalik dunyoning mashhur tarixiy-madaniy meroslarini
bog’lovchi “madaniy meros koridori” tushunchasi paydo bo’lib, bu sohadagi muammolar
ko`plab
olimlarning tadqiqotlarida xalq an’analari, etnomadaniy muhit, hunarmandchilik, mamlakatlar
o’rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda madaniy meros koridorini tashkil etish masalalari
sifatida yoritib berilgan (Huang, Shen and other, 2023).
Irfan Hertanto, Endang Titi, Sunarti , Murni Rachmawati (2017) tadqiqotlarida Afrikaning shimol-
janub koridorini bog’lash muammolari aniqlangan bo’lsa, Axmad Daxlan qismi bo’shlig’ini to’ldirish
usullari tushuntirib berilgan.
Xalqaro turistik koridorlarni shaklantirishdagi qiyinchiliklardan eng asosiysi chegara
hududlarida turizmdan foydalanish bo’lib, bunday masalalar dastavval Mattsettner ishlarida aks etgan.
U 1970-
yillardayoq bu holatning turizm rivojlanishiga to’siq ekanligini yozgan bo’lsada, biroq
muammoni o’rganish 2000
-
yillardan keyingina ommalasha boshladi. U “Chegaralar va turizm” asarida
turistik maskanlarning chegaraga nisbatan joylashuvini uch turini ko’rsatib bergan. Uning ishlarini
Timoti davom ettiradi va “...ch
egaralar garchi, iqtisodiy ijtimoiy siyosiy jihatdan xalqlarni chegaralasada,
ular madaniyat, meros, oila, din, millat haqida katta tarixni saqlab qoladi… Potensialga ega meros
sifatida bu ham madaniy meros hisoblanadi”
(Dallen, Timothy and other, 2022).
MDH davlatlarida mazkur mavzuga oid olib borilgan ishlar kam bo’lib, xususan, O’zbekistonda
bunday turdagi tadqiqot ishlari bajarilmagan. Shu bois mavzuning qo’yilishidan maqsad –
uning ilmiy
apparati hamda jahon tajribalarini o’rganishdan iborat bo’lib, b
unda olimlarning qarashlari tahlil
qilingan, turistik koridorlarning turlari aniqlangan, jahon tajribalari o’rganilgan, turistik koridorlarni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
153
tashkil etishning ijobiy va salbiy jihatlari aniqlangan. Tadqiqotda mintaqada “barqaror turizmni” tashkil
etish jihatidan yondashilgan, hududiy tahlil, qiyosiy, statistik, kartografik usullardan foydalanilgan.
Hozirgi kunda esa, ko’proq tabiiy
-
madaniy landshaftlarning o’zaro uyg’unlashgan shakliga katta
e’tibor berilmoqda. Sababi, aholining yashash muhiti, tabiiy sharoitidan kelib chiqib shakllangan, tabiiy
landshaftning biror etnos-
xalq tomonidan o’zlashtirilgan, ya’ni unga madaniy mazmun bag’ishlangan
shaklidir. Xalqning asosiy atributlari-
aholi yashash joyi, til, xo’jalik, madaniyati
-shu tabiiy landshaft
imkoniyatlari doirasida shakllanadi (
Калуцков
, 2008).
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Turistik resursdan foydalanish o’sha hududga buyurtma berish demakdir, ya’ni har qanday
turistik resurs asosida tashkil etiladigan maskan yoki tadbir muayyan hududda joylashgan bo’ladi. Bir
necha turistik resurs mujassam bo’lgan hudud “
turistik markaz
”
deyiladi. Ularni bir-
biri bilan bog’lash
asosida turistik koridorlar vujudga keladi. Bu maxsus yo’lak mahalliy va xorijiy fuqarolarning turizm
xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydi, tovar va xizmatlarga qo’shimcha talab orqali
iqtisodiyot
rivojiga salmoqli hissa qo’shadi, chet el valyutasining kirib kelishi, saqlanishi va ulardan
oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Natijada, davlatlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalari ham
mustahkamlanadi.
Turistik trassalar
–
avtomobil va temir yo’llar, velosiped va piyodalar yo’llari, ot yo’llari,
turistlarning harakatlanishi uchun jihozlangan suv turistik marshrutlari turistik infratuzilma ob’ektlari
kiradi.
Turistik marshrutlar
–
muayyan belgilangan hudud doirasida tashkil etilgan mintaqadir. Ular
turizm tashkilotchilari tomonidan ishlab chiqiladi va turizm dasturlariga kiritiladi. Bitta turistik
trassadan turli marshrutlar ham
o’tishi mumkin (turli mavzudagi, turistlarning turli guruhlari ).
Turistik koridor-
yo’laklar turistik trassalar bo’ylab tashkil etilgan bo’lib, transport
kommunikatsiyalari, turistik diqqatga sazovor joylar va turistik xizmatlar, turistik va rekreatsiya
zonalarini o’z ichiga oladi. Bitta turistik koridor ichida bir nechta parallel turistik trassalar bo’lishi
mumkin.
Ularni geografik qamroviga ko’ra 4 turga ajratishimiz mumkin:
Global
eng yirik koridorlar bo’lib,
qit’alarning
turistik
ob’ektlarini bir
-biri bilan
bog’laydi
Ular qit’alararo bo’lib, bunday turga, masalan,
Yevropa va Afrika qit’asini bog’lovchi koridorlar,
Osiyo va
Yevropani bog’lovchi, (masalan, Buyuk
Ipak yo’li), Yevropa va Shimoliy Amerika qit’asi
o’rtasidagi turistik yo’laklar kiritiladi.
Xalqaro
bir
qit’adagi
davlatlarni
o’zaro bog’laydi
bir qit’a yoki yirik geosiyosiy mintaqa doirasida
amalga
oshadigan turistik qatnovlarni o’z ichiga
oladi.
Milliy
bir mamlakat doirasidagi
turistik
markazlarni
bog’laydi
Mintaqaviy
mamlakat ichidagi mintaqa
doirasida bo’lishi mumkin
O’zbekiston turizm magistrali “milliy” turiga kiradi va bunda bosh maqsad –
respublikaning
barcha viloyatlaridagi eng diqqatga sazovor turistik maskanlarini bog’laydi va turistga taqdim etadi
(Tashtayeva, Qosimov, 2023)
. Global koridorlar “uchinchi dunyo” mamlakatlarining rivojlanishi bilan
ko’payib, qatnovlar intensivligi ortib bormoqda.
Turistik koridorlarning
xalqaro turida, odatda koridorlarning faoliyatiga mintaqalarda tuzilgan
integratsiyalashgan tashkilotlar (ASEAN, NAFTA, YEI va b.) eng faol ta’sir ko’rsatadi. Mazkur tur eng
keng tarqalgan tur bo’lib, bu borada jahon davlatlarida katta tajribalar to’planga
n. Masalan, Afrikada
“Shimol
-
Janub” koridori Janubiy Afrika Respublikasi va Namibiya, Zambiya, Niger davlatlari o’rtasida
tuzilgan bo’lib, bosh maqsad bioxilma
-xillikni saqlab qolish, turizmda foydalanish, boshqarish va
ekologik tarbiyani targ’ib qilishga
qaratilgan.
Shu o’rinda turkiy davlatlar tomonidan Qirg’izistonda boshlanib, Qozog’iston, O’zbekiston,
Turkmaniston (kuzatuvchi sifatida qatnashadi), Ozarbayjon davlatlarini qamrab olib, Turkiyada
tugaydigan, markaziy Osiyoning eng diqqatga sazovor turistik markazlari
ni bog’laydigan vizasiz rejim
asosida ishlaydigan maxsus turistik koridor loyihasi ustida ish olib borilayotgani haqida ham aytib
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
154
o’tishimiz lozim. Ushbu dastur transchegaraviy maqsadli yo’nalishlarni rivojlantirishdagi mavjud
bo’shliqni bartaraf etadi va strategik ishlarni moliyalashtirish uchun koridor yondashuvidan
foydalanadi hamda pirovardida yanada barqaror turizm sanoatini yaratishga xizmat qiladi. Bundan
tashqari, sayohatchilarning turli cheklov va nazoratlarni, tartib qoidalarni ixchamlashtirgan holda erkin
harakat qilishlarini ta’minlaydi. Bu konseptsiya nafaqat turizm, balki mazkur davlatlarni iqtisodiy,
siyosiy, madaniy ji
hatdan ham o’zaro yaqinlashtirish uchun ham imkon yaratadi.
Turistik koridorlar milliy miqyosda ham tashkil etilishi mumkin. Ayniqsa, katta maydonga ega
yoki hudud konfiguratsiyasi cho’zilib ketgan davlatlarda barcha hududlarning turistik markazlarini
bog’lash maqsadida tashkil etilgan ko’plab koridorlarni misol qilib keltirish mumkin: Rossiyadagi “Oltin
shoh” mamlakat g’arbiy qismidagi 12 ta turistik shaharni bir
-
biri bilan bog’laydi.
Kanadada esa mamlakatning maydoni ulkan ekani hisobga olingan hold
a “
Turistik koridorlar
strategik dasturi”
qabul qilingan
. Unda ko’rsatilicha,
turistik koridor
–
bu muayyan tarixiy-arxeologik,
tabiiy landshaftlar, madaniy-
etnologik turistik diqqatga sazovor joylarni bog’lovchi geografik marshrut
yoki mintaqadir. Bu turistlarga bir vaqtning o’zida bir yo’la ko’plab va turli
-tuman destinatsiyalarni
qisqa vaqt ora
lig’ida taqdim etadi, uni turistlar orasida ommalashtiradi, noma’lum joylarni tanitadi,
natijada
mahalliy aholi ish bilan ta’minlanadi, mamlakat byudjetiga ma’lum miqdorda daromad tushadi,
o’lka rivojlanadi, infratuzilma esa kelib tushgan soliqlar manbasi asosida sezilarli darajada yaxshilanadi.
Bunda katta turistik-
rekreatsion salohiyatga ega, ko’plab turistik resurslar mujassam bo’lgan uchta
koridor alohida ahamiyatga ega: YUNESKOning Atlantika Kanadasi
–
uning tarkibida 13 ta YUNESKO
tarkibiga kiruvchi ob’ektlar mavjud, biosfera, tabiiy landshaftlar, boy tarixga ixtisoslashgan. Ikkinchisi
esa “Prer
iyalardan-
Tinch okeanga qadar” va uchinchisi Janubiy Al’bertadan Britaniya
Kolumbiyasigacha-shimoliy hududlarda yashovchi tub joy aholisi jamoalari, gastronomik turizm, shimol
aholisi turmush tarzi va madaniyati bo’yicha tassurotlar olishga qaratilgan.
Respublikada milliy miqyosda Andijon viloyatining Xonobod shahridan Surxondaryo viloyatining
Termiz shahriga bog’langan holda Qoraqalpog’iston Respublikasining Mo’ynoq shahrigacha
«O’zbekiston turizm magistrali» turizm transport koridori” tashkil etilishi
rejalashtirilgan bo’lib, barcha
viloyatlarning eng diqqatga sazovor turistik resurslarini bog’laydi va mavjud hududiy bo’shliqlarni
to’ldiradi.
Hududlarni bog’lovchi
mintaqaviy
koridorlarga misol qilib, Farg’ona xalqasimon turistik koridori,
Zarafshon mintaqasi “Samarqand
-Navoiy-
Buxoro uchburchagi” ni keltirish mumkin.
Turistik koridorlar turistlar oqimiga ko’ra ham o’z tasnifiga ega bo’lib, xalqaro koridorlarda
millionlab turistlar qatnasa, milliy doirada yiliga bir necha minglab turistlar ishtirok etadi. Turistlarga
muayyan vaqt oralig’ida taqdim etilayotgan turistik resurslar turistik “samaradorlik”
ni belgilaydi.
Turistik ob’ektlar bilan “to’yinganligi”ga ko’ra, ko’rsatkich har 100 km dagi turistik ob’ektlar soni
bilan o’lchanadi. Agar bu ko’rsatkich har 100 km. ga 50 dan ortiq bo’lsa, yuqori, 10
-50 tani tashkil etsa,
o’rta, 10 tadan kam bo’lsa, past daraja deb hi
soblanadi. Buni esa koridorlarni tashkil etish, turistik
infratuzilmani rivojlantirishda hisobga olish
zarurdir (Тумащик,
2013).
Xulosa va takliflar.
Turistik koridorlarni tashkil etish va rivojlantirish hozirgi zamon talabi bo’lib, mavjud turistik
resurslardan to’liq va samaraliroq foydalanish turizm xizmatlari sohasini rivojlantirish va tovar hamda
xizmatlarga qo’shimcha talab hisobiga iqtisodiyot tar
aqqiyotini faollashtirish uchun shart-sharoit
yaratadi. Bu holat xususan:
- turistlarga y
еngillik yaratadi;
-
hududdagi barcha turistik resurslarni bog’laydi;
- hududlarni iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlanishini ta’minlaydi;
-
qo’shimcha ish o’rinlari yaratiladi;
- chet el valyutasi kirib keladi;
- jamiyatda ijtimoiy muhit yaxshilanadi, aholi daromadi ortadi;
- mintaqada xalqaro integratsion munosabatlar rivojlanadi;
- turistik resurslarni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid standartlar ishlab chiqilishi
asosida ekologik tarbiya, madaniyat shakllanadi;
- barcha turdagi infratuzilma rivojlanadi va b.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
155
Adabiyotlar / Литература / Literature
:
Dallen J. Timothy, Marek Wickowski (2022). Borders, Heritage, and Memory from: Routledge
Handbook of Borders and Tourism Routledge Accessed.
Farmon (2019) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm
sohasini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida” gi Farmoni
.13.08.2019. PF-5781.
Forman, R.T. (1995) Some General Principles of Landscape and Regional Ecology.
Landsc
Ecol.
№
10
, 133
–
142.
Irfan Hertanto, Endang Titi Sunarti D, Murni Rachmawati. (2017) Corridor as A Transition at
Tourism Area in Yogyakarta.// The 3rd International Seminar on Science and Technology. Postgraduate
Program Institut Teknologi Sepuluh Nopember, Surabaya, Indonesia. 42-
46 с.
Qaror (2022) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya
qilishga oid qoʻshimcha chora
-
tadbirlar to’g’risida” gi Qarori. 30.04.2022. PQ
-232.
Tashtayeva S., Qosimov X. (2023). “Oʻzbekiston turizm magistrali” turistik koridori rivojlanishining
asosiy xususiyatlari (Fargʻona xalqasimon turistik koridori misolida). // “Raqamlashtirish sharoitida xorij
mamlakatlarida turizmning rivojlanish muammolari va istiqbollari”. Халqаро анжуман материаллари.
ТДШУ.
Yihe Huang, Shouyun Shen, Wenmin Hu, Yurou Li and Guo Li
(2023) Construction of cultural heritage
tourism corridor for the dissemination of historical culture: a case study of typical mountainous multi-
ethnic area in china.
Land 2023, 12(1), 138;
https://doi.org/10.3390/land12010138
Александрова А., Сорокин Д. (2019) Зарождение и развитие туристского каркаса Рязанской
области.
Вестник Московского государственного областного университета. Серия:
Естественные науки. №2. С.115
-128.
Калуцков В. (2008). Ландшафт в културно
-
географических исследованиях// Известия
Российской академии наук. Серия географическая. №4.
-
М.: “Наука”. С 11
-19.
Крышен А., Литинский П., Геникова Н., Костина Е., Преснухин Ю., Ткаченко Ю.
(2014)
выделении экологических коридоров в пределах зеленого пояса Фенноскандии
// Труды Карелского
научного центра Российской академии наук.
№ 6.
- 2014. -
С. 157—
162.
Қарор
(2022) Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Туркий давлатлар билан туризм
соҳасидаги ҳамкорликни жадал ривожлантириш чора
-
тадбирлари тўғрисида” ги Қарори.
29.07.2022. ПҚ
-338.
Пономарёв А., Байбаков Э., Рубцов В.
(2012)
Экологический каркас: анализ понятий// Учёные
записки Казанского университета. Серия: Естественные науки
.
№ 3. Т.
154.-
Казан. С. 228—
238.
Тумащик Л.
(2013).
Архитектурное и информatsiонное обустройство туристских коридоров
// Архитектура : сборник научных трудов. Вып. 6. –
С. 181
-187.
